logo

SIRTDAN ISH YURITISH

Yuklangan vaqt:

16.11.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

2858.4072265625 KB
SI RTDAN  ISH Y URITI SH REJA:

SIRTDAN ISH YURITISH TUSHUNCHASI VA UNING 
AHAMIYATI

SIRTDAN ISH YURITISH ASOSLARI VA TARTIBI

SIRTDAN CHIQARILGAN HAL QILUV QARORI VA UNING 
MAZMUNI

SIRTDAN CHIQARILGAN HAL QILUV QARORI  USTIDAN 
ARIZA VA SHIKOYAT BERISH (PROTEST KELTIRISH) 
UCHUN ASOSLAR, UNI QAYTA KO’RISH TARTIBI TAVSIYA ETILADIGAN ADABIYOTLAR:
1. Shoraxmetov Sh.Sh. O`zbekiston Respublikasining 
fuqarolik protsessual huquqi. –
Toshkent, Adolat, 2007. 
2. Mamasiddiqov M.M. Fuqarolik protsessual huquqi. 
Darslik. Umumiy qism. – Toshkent, TDYUI, 2020.
3. Xabibullayev D.Yu. Fuqarolik protsessual huquqi (savollar 
va javoblar). –Toshkent, TDYU, 2014.
4. Fuqarolik protsessual huquqi. Darslik. Mualliflar 
jamoasi // Mas'ul muharrirlar yu.f.d., prof. 
M.M.Mamasiddiqov, yu.f.n., prof. D.YU.Xabibullaev. –
Toshkent. “Lesson press” nashriyoti. 2020. – 607  b. Sirtdan ish yuritish tushunchasi va ahamiyati
Sirtdan ish yuritish deganda sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida qonunda 
belgilangan tartibda xabardor qilingan javobgarningsud majlisiga kelmaganligi, 
kelmaganligining uzrli sabablari borligi haqida xabar bermaganligi, ishni uning 
ishtirokisiz ko‘rish to‘g‘risida murojaat qilmaganligi, da'vogarning ishni sirtdan 
ko‘rib hal qilishga e'tiroz bildirmaganligi va natijada ishni javobgarning 
ishtirokisiz  sirtdan ko‘rib hal qilish tushuniladi. Bunday sud majlisida hech qaysi 
tarafning huquq va manfaatlari buzilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bunda, birinchidan, 
tegishli protsessual tartib va qoidalar buzilmaydi;ikkinchidan, da'vogarning 
roziligi asosida ish ko‘rishga yo‘l qo‘yiladi;uchinchidan, javobgarning huquqlari 
buzilmasligi ta'minlanadi; to‘rtinchidan, ishni bunday tartibda ko‘rishga sud 
ajrimi asosida yo‘l qo‘yiladi; beshinchidan, javobgar tegishli tarzda xabardor 
qilinganligi haqida ishda ma'lumot bo‘lishi kerak. •
Sirtdan hal qiluv qarori 
chiqarish”  nomli 19-bob(224-236-
moddalar) fuqarolik protsessual 
qonunchiligida yangi institut 
hisoblanib, mustaqil O‘zbekiston 
Respublikasining 1997 yil 30 avgustda 
qabul qilingan va 1998 yil 1 yanvardan 
amalga kiritilgan Fuqarolik protsessual 
kodeksida ilk bor o‘z aksini topgan edi. 
2018 yil 1 apreldan e'tiboran kuchga 
kirgan O‘zbekiston Respublikasining 
Fuqarolik protsessual kodeksida 
“Sirtdan ish yuritish” ga bag‘ishlangan 
26-bob (280-292-moddalar) o‘z 
ifodasini topgan. Sirtdan ish yuritishning ahamiyati quyidagicha ifodalanadi:
 
1. F uqarolik ishlarini ko‘rib hal qilish tartibining xilma-xilligini ko‘rsatadi;
2. T araflarning sud oldidagi huquq va majburiyatlarini to‘g‘ri anglashlariga 
imkoniyat yaratadi;
3. I shda ishtirok etuvchi shaxslarning mavjud protsessual tartibga rioya 
qilishlarini ta'minlaydi;
4. J ismoniy va yuridik shaxslarning odil sudlovni amalga oshirishga bo‘lgan 
mas'uliyatini yanada kuchaytiradi;
5. V aqtni tejash, protsessual muddatlarga rioya qilishni ta'minlashga qaratilgan.  SIRTDAN ISH YURITISH ASOSLARI VA TARTIBI
Fuqarolik ishini sirtdan ko‘rib chiqish 
jarayonida qonunda nazarda tutilgan 
shartlar mavjud bo‘lib, o‘z navbatida 
ularga rioya qilinishi ish yuzasidan 
chiqarilajak hal qiluv qarorining 
qonuniy, asosli va adolatli bo‘lishining 
kafolati hisoblanadi. Javobgar sud 
jarayonida ishtirok etmagan taqdirda, 
ishni sirtdan ko‘rib hal qilish mumkin 
bo‘ladi va bu sirtdan ish yuritishning 
birinchi sharti hisoblanadi. •
Sirtdan ish yuritishning shartlari (asoslari) 
quyidagicha tasniflanadi:
Birinchidan, sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tartibda 
xabardor qilingan javobgar sud majlisiga kelmasa;
Ikkinchidan, javobgar tegishli tartibda xabardor qilinganligi haqida ishda 
ma'lumot mavjud bo‘lsa;
Uchinchidan, ishni sirtdan javobgarsiz ko‘rishga da'vogar e'tiroz bildirmasa;
To‘rtinchidan,tegishli tarzda xabardor qilingan javobgar sud majlisiga 
takroran kelmasa, sud da'vogarning fikridan qat'i nazar, sirtdan ish 
ko‘rishga kirishadi;
Beshinchidan, ishni sirtdan ko‘rish haqida sud ajrim chiqarsa, ishni sirtdan 
ish yuritish tartibida ko‘radi. •
Sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarori 
va uning mazmuni
Sudning hal qiluv qarori – odil sudlov akti bo‘lib, ishga oid dalillardan foydalangan holda ishning haqiqiy 
holatini ochish, moddiy va protsessual huquq normalarini tadbiq etish orqali fuqarolarning hamda yuridik 
shaxslarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan maqsad va vazifalarni o‘zida 
ifodalaydi.
Umumiy qoidaga ko‘ra, hal qiluv qarori kirish, bayon, asoslantiruvchi va xulosa qismlaridan iborat bo‘ladi.
Sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorining kirish qismida hal qiluv qarorining chiqarilgan vaqti va joyi, hal 
qiluv qarorini chiqargan sudning nomi, sudyaning familiyasi (sud tarkibi), sud majlisining kotibi, taraflar, 
ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar, shuningdek nizo predmeti ko‘rsatiladi. SHuningdek, hal qiluv 
qarorining boshida “Sirtdan” degan jumla ishlatiladi. •
Sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorining bayon 
qismida javobgarning e'tirozlari mavjud bo‘lmaydi.
•
  Agar ishda javobgarning tushuntirishlari mavjud bo‘lsa, u qatnashmagan 
holda ushbu tushuntirishlar va e'tirozlar tahlil etilganligi albatta belgilab 
qo‘yilishi lozim bo‘ladi.
Sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorining asoslantiruvchi qismida, umumiy 
asoslarda chiqarilgan sud hal qiluv qarorlaridan farqli ravishda javobgarning 
tushuntirish va e'tirozlarini aks ettiruvchi holatlar va ushbu holatlarni 
tasdiqlovchi dalillar berilmaydi, chunki sud bunday ma'lumotga ega bo‘lmaydi, 
jumladan hal qiluv qarorining ushbu qismida ishning sud tomonidan 
aniqlangan holatlari, ishning holatlari to‘g‘risidagi sud xulosalariga asos 
bo‘lgan dalillar, sud u yoki bu dalilni rad qilishda asoslangan xulosalari, 
shuningdek nizoli munosabatni tartibga soluvchi moddiy huquq me'yorlari 
(fuqarolik, oila, mehnat, uy-joy, er to‘g‘risidagi va boshqa qonunlar) 
keltirilmog‘i, qonunning nomi, moddasi, bandi hamda protsessual huquq 
normalari ko‘rsatilmog‘i lozim. Zarur holatlarda sud O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy sudi Plenumining tegishli qarorlarini ham qo‘llashi lozim bo‘ladi. •
Hal qiluv qarorining xulosa qismida taraflarning 
familiyasi, ismi, otasining ismi yoki yuridik
•
  shaxsning nomi to‘liq keltirilishi, da'vo talablarini qanoatlantirilganligi (to‘liq 
yoki qisman) haqidagi sudning qisqa va aniq xulosasi aks ettirilishi lozim. 
SHuningdek, sud xarajatlarining taqsimlanishi, sirtdan hal qiluv qarori ustidan 
shikoyat va protest keltirish muddati va tartibi aniq ko‘rsatilishi lozim. •
Sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarori ustidan ariza va 
shikoyat berish (protest keltirish) uchun asoslar, uni qayta 
ko‘rish tartibi
Fuqarolik protsessual qonunchiligida sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini qayta ko‘rishning 
o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Bunda ham da'vogarning, ham javobgarning manfaatlari 
e'tiborga olinib, shikoyat berish (protest keltirish)ning turli usullaridan foydalanish huquqi 
kafolatlangan.
Fuqarolik protsessual kodeksining 285-moddasiga asosan, javobgar hal qiluv qarorini 
sirtdan chiqargan sudga shu hal qiluv qarori chiqarilganidan keyin 15 kun ichida uni qayta 
ko‘rish haqida ariza berishga haqli.
Sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarni sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorini qayta ko‘rib 
chiqish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish vaqti va joyi haqida xabardor qiladi, ularga ushbu 
ariza va unga ilova qilingan materiallarning ko‘chirma nusxalarini yuboradi (FPKning 287-
moddasi).  •
Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorini qayta ko‘rib 
chiqish to‘g‘risidagi ariza u kelib tushgan  
•
paytdan e'tiboran o‘n kun ichida sud majlisida ko‘rib chiqiladi. Sud majlisining vaqti va 
joyi haqida xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi arizani ko‘rib chiqish uchun 
to‘sqinlik qilmaydi.
Sud arizani ko‘rib chiqib, ajrim chiqaradi. Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorini bekor 
qilish haqidagi yoki sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorini bekor qilishni rad etish 
to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinmaydi (protest keltirilmaydi)(FPKning 288-
moddasi).
Sud sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorini qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi arizani 
ko‘rib chiqib, o‘zining ajrimi bilan:
arizani qanoatlantirmay qoldirishga;
sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorini bekor qilish va ishni ilgarigi tarkibdagi yoki 
boshqa tarkibdagi sud tomonidan mazmunan ko‘rib chiqishni tiklashga haqli(FPKning 
289-moddasi). •
Agar sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorini 
bekor qilish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib 
chiqishda
•
  sud tarafning sud majlisiga kelmaganligiga uzrli sabablar borligini va 
bu haqda sudni o‘z vaqtida xabardor qilish imkoniyati bo‘lmaganligini 
hamda taraf sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorining mazmuniga 
ta'sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan dalillarni taqdim qilayotganligini 
aniqlasa, sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarori bekor qilinib, ishni 
mazmunan ko‘rib chiqish tiklanishi lozim(FPKning 290-moddasi).
Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarori ushbu qarorni qabul qilgan sud 
tomonidan bekor qilingan taqdirda, ishni mazmunan ko‘rib chiqish 
tiklanadi va FPKda nazarda tutilgan qoidalar asosida olib boriladi.
Sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tartibda xabardor 
qilingan javobgar sud majlisiga kelmagan taqdirda, ish yangidan ko‘rib 
chiqilganda qabul qilingan hal qiluv qarori sirtdan qabul qilingan deb 
tan olinmaydi. Javobgar bu hal qiluv qarori sirtdan qabul qilingan 
qaror sifatida qayta ko‘rib chiqilishini so‘rab, ariza berishga haqli 
emas(FPKning 291-moddasi). •
Sirtdan hal qiluv qarori ham umumiy qoidaga ko‘ra, 
FPKning 43-bobida ko‘rsatilgan sud
•
  hujjatining qonuniy, asosli, va adolatli ekanligi yuzasidan tekshiruv 
qo‘zg‘atish tartibida qayta ko‘riladi hamda sirtdan chiqarilgan hal qiluv 
qarori ham qonuniy kuchga kirganidan so‘ng ijro etiladi.
“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi 
Qonunning 7-moddasiga asosan, sudlar o‘zlari qabul qiladigan sud hujjatlari 
(hal qiluv qarori, ajrim, qaror) asosida ijro varaqalari beradi va bu bevosita 
ijro hujjati sanaladi. E’tiboringiz uchun 
rahmat!

SI RTDAN ISH Y URITI SH

REJA:  SIRTDAN ISH YURITISH TUSHUNCHASI VA UNING AHAMIYATI  SIRTDAN ISH YURITISH ASOSLARI VA TARTIBI  SIRTDAN CHIQARILGAN HAL QILUV QARORI VA UNING MAZMUNI  SIRTDAN CHIQARILGAN HAL QILUV QARORI USTIDAN ARIZA VA SHIKOYAT BERISH (PROTEST KELTIRISH) UCHUN ASOSLAR, UNI QAYTA KO’RISH TARTIBI

TAVSIYA ETILADIGAN ADABIYOTLAR: 1. Shoraxmetov Sh.Sh. O`zbekiston Respublikasining fuqarolik protsessual huquqi. – Toshkent, Adolat, 2007. 2. Mamasiddiqov M.M. Fuqarolik protsessual huquqi. Darslik. Umumiy qism. – Toshkent, TDYUI, 2020. 3. Xabibullayev D.Yu. Fuqarolik protsessual huquqi (savollar va javoblar). –Toshkent, TDYU, 2014. 4. Fuqarolik protsessual huquqi. Darslik. Mualliflar jamoasi // Mas'ul muharrirlar yu.f.d., prof. M.M.Mamasiddiqov, yu.f.n., prof. D.YU.Xabibullaev. – Toshkent. “Lesson press” nashriyoti. 2020. – 607  b.

Sirtdan ish yuritish tushunchasi va ahamiyati Sirtdan ish yuritish deganda sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida qonunda belgilangan tartibda xabardor qilingan javobgarningsud majlisiga kelmaganligi, kelmaganligining uzrli sabablari borligi haqida xabar bermaganligi, ishni uning ishtirokisiz ko‘rish to‘g‘risida murojaat qilmaganligi, da'vogarning ishni sirtdan ko‘rib hal qilishga e'tiroz bildirmaganligi va natijada ishni javobgarning ishtirokisiz  sirtdan ko‘rib hal qilish tushuniladi. Bunday sud majlisida hech qaysi tarafning huquq va manfaatlari buzilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bunda, birinchidan, tegishli protsessual tartib va qoidalar buzilmaydi;ikkinchidan, da'vogarning roziligi asosida ish ko‘rishga yo‘l qo‘yiladi;uchinchidan, javobgarning huquqlari buzilmasligi ta'minlanadi; to‘rtinchidan, ishni bunday tartibda ko‘rishga sud ajrimi asosida yo‘l qo‘yiladi; beshinchidan, javobgar tegishli tarzda xabardor qilinganligi haqida ishda ma'lumot bo‘lishi kerak.

• Sirtdan hal qiluv qarori chiqarish” nomli 19-bob(224-236- moddalar) fuqarolik protsessual qonunchiligida yangi institut hisoblanib, mustaqil O‘zbekiston Respublikasining 1997 yil 30 avgustda qabul qilingan va 1998 yil 1 yanvardan amalga kiritilgan Fuqarolik protsessual kodeksida ilk bor o‘z aksini topgan edi. 2018 yil 1 apreldan e'tiboran kuchga kirgan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksida “Sirtdan ish yuritish” ga bag‘ishlangan 26-bob (280-292-moddalar) o‘z ifodasini topgan.