logo

Sovet davlati

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1072.86328125 KB
MAVZU:  SOVET DAVLATI REJA :

Bolsheviklarning kommunistik jamiyati.

Fuqarolar urushi va chet el intervensiyasi.

Frontdagi o’zgarishlar.

Sovet    Polsha urushi. Chet el intervensiyasi va 
fuqarolar urushining tugashi. 
Turkiston xalqlari milliy     ozodlik 
harakatining tor     mor etilishi.

Yangi iqtisodiy siyosat.

SSSRning tashkil etilishi.

Industrlashtirish. 
Qishloq xo’jaligining 
kolleltivlashtirish.

Madaniy inqilob.

20    30-yillarda SSSRning tashqi 
siyosati.

Kollektiv xavfsizlik tizimini vujudga 
keltirish muammosi. 1. BOLSHEVIKLARNING 
KOMMUNISTIK JAMIYATI.

Bolsheviklar  o’zlari  qurmoqchi  bo’lgan 
yangi  jamiyatni  kommunistik  jamiyat 
deb  ataganlar.  Ularning  fikricha:  bu 
jamiyat  o’z  taraqqiyotida  ikki  bosqichni 
bosib  o’tishi  kerak  edi.  Birinchi  
bosqichni   sotsializm ,  ikkinchi  bosqichni 
esa	
  kommunizm  deb ataganlar.

Sotsializm  –  kommunistik	
  jamiyatning  
quyi   bosqichi ,  kommunizm  esa  yuqori 
bosqichi  edi.  U  sotsializmning  yuksak 
tarixiy  taraqqiyoti  natijasida  vujudga 
kelar edi. 1917 – YILNING 14 – NOYABRIDA 
SOVET HUKUMATI XUSUSIY 
ZAVOD VA FABRIKALARDA ISHCHI 
NAZORATINI O’RNATISH 
TO’G’RISIDA QAROR CHIQARDI.  
NOYABR OXIRIDA YIRIK SANOATI 
MILLIYLASHTIRISH BOSHLANDI.
14-DEKABRDA ESA XUSUSIY 
BANKLARNI, TEMIRYO’L 
TRANSPORTINI 
MILLIYLASHTIRISH, TASHQI 
SAVDOGA DAVLAT 
MONOPOLIYASINI O’RNATISH, 
ICHKI VA TASHQI QARZLARNI 
BEKOR QILISH HAQIDA DEKRET 
QABUL QILDI.
  
Shu tariqa 1918-yil bahoriga kelib yirik 
xususiy sanoatning talaygina qismi: 
ko’mir, metallurgiya, neft, kimyo, 
mashinasozlik, to’qimachilik va qand 
sanoati, transport, savdo floti va tashqi 
savdo ham milliylashtirildi va Sovet 
davlati xalq xo’jaligining yetakchi 
tarmoqlarini o’z qo’liga oldi.

Bu tadbirlar shunday shiddatkorlik va 
murosasizlik, terror yo’li bilan amalga 
oshirildiki, bolsheviklar rahbari V. I. 
Lenin bu hodisani “ kapitalga qizil 
gvardiyachasiga hujum qilish”, deb 
mag’rurona baholagan edi. Mulkdorlar 
jon saqlash uchun chet ellarga qochib 
ketdilar. 
1918 – yilning bahoridan boshlab “Yer 
to’g’risida”gi dekretni amalga oshirish 
boshlandi. Barcha yer davlat mulki deb e`lon 
qilindi. Pomeshchik yer egaligi tugatildi. 
Yerni dehqonlarga taqsimlab berish 
boshlandi. Yerga ishlov berishda yollanma 
mehnatdan foydalanish taqiqlandi.

Bu esa o’rta hol (o’ziga to’q) va boy 
dehqonlar (quloqlar – yerga ishlov berishda 
yollanma mehnatdan foydalanuvchilar) ning 
keskin noroziligiga sabab bo’ldi.

Sovet hukumati siyosatdan norozi bo’lgan 
quloqlar o’z g’allalarini davlat belgilagan 
narxda davlatga sotishdan bosh tortdilar. 
Natijada , mamlakatda oziq – ovqat tanqisligi 
ro’y berdi. 
Xalq xo’jaligi davlat sektorini boshqarish maqsadida 1917 – yilning 1 – dekabrida Xalq 
xo’jaligi Oliy kengashi tuzildi. Bu Kengashga juda katta vakoltlar berildi. Jumladan, u istagan 
korxonani   musodara   qila   olar , egallab olar, shuningdek yopib qo’yar edi.

1918 – yilning bahoridan boshlab “Yer to’g’risida”gi dekretni amalga oshirish boshlandi. 
Barcha yer davlat mulki deb e`lon qilindi. Pomeshchik yer egaligi tugatildi. Yerni dehqonlarga 
taqsimlab berish boshlandi. Yerga ishlov berishda yollanma  mehnatdan foydalanish taqiqlandi.

Yerni taqsimlab berish jarayonida Sovet hokimiyati faqat kambag’al dehqonlar manfaatini 
ko’zlab ish tutdi. Bu esa o’rtahol va boy dehqonlarning keskin noroziligiga sabab bo’ldi. 
Bolsheviklar quloqlarni qishloq burjuaziyasi, deb ham atashardi. Tovar g’allaning asosiy qismi 
quloq xo’jaliklarida yetishtirilardi.  
Sovet hukumati siyosatidan norozi bo’lgan quloqlar o’z g’allalarini davlat belgilagan narxda 
davlatga sotishdan bosh tortdilar. Natijada, mamlakatda oziq-ovqat tanqisligi ro’y berdi. Barcha 
markaziy sanoat gubernalarida ochlik boshlandi. Petrograd va Moskvada ishchilarga 50 
grammdan non beriladigan bo’ldi.

Shunday sharoitda Sovet hukumati g’alla yetishtiruvchi asosiy tabaqa    quloqlar bilan sog’lom 
aql nuqtayi nazaridan til topishish o’rniga zo’ravonlik siyosatini qo’llashga o’tdi. 1918-yilning 
mayidan boshlab mamlakatda oziq-ovqat diktaturasi o’rnatildi. Oziq-ovqat komissarligiga 
(vazirligiga) favqulodda vakolatlar berildi. Mamlakatda don bilan erkin savdo qilish taqiqlandi. 
Donga qat’iy baho belgilandi. Dehqonlar o’zlariga iste’mol va urug’ uchun belgilangan 
normada g’alla qoldira olar, qolganini esa davlatga topshirishga majbur edilar. G’allani 
yashirganlar “xalq dushmani” deb e’lon qilinardi va ularni 10 yillik ozodlikdan mahrum etish 
hamda mol-mulkini musodara qilish jazosi kutardi. 
1918 yilning o’zidayoq quloqlardan 13 
mln. pud don va 50 mln. gektar yer tortib 
olindi. Davlat, ayni paytda, dehqonlarga 
bo’lib berilganidan ortibqolgan yerda 
sovet xo’jaligi (sovxoz), yani sovet 
davlatining qishloq xo’jalik korxonasini 
tuza boshladi. Sovxozda ishlovchilar 
qishloq xo’jaligi ishchilari xisoblanardi. 
1918 – yilning oxiriga kelganda 
sovxozlar soni 3 mingdan ortiq b o’lib , 
ularning yer maydoni 2 mln. Desyatinga 
yaqin edi.  
Sovxozlardan tashqari, dastlabki jamoa xo’jaligi    
yerni birgalashib ishlovchi shirkatlar ham tuzila 
boshlandi. Bu shirkatlarga asosan hech narsasi 
yo’q dehqonlar va batraklar birlashgan edilar. 

Sovet davlati o’zining74-yillik umrining eng 
gullab-yashnagan davrida ham aholisini chet 
eldan g’alla sotib olib ta’minlashga majbur 
bo’lgan edi. Buning ildizi 1918- yilga borib 
taqaladi Chunki xuddi shu yildan boshlab g’alla 
yetishtiruvchi asosiy qatlam    boy dehqonlar 
yo’qotila boshlangan edi. Bu boy dehqonlar, 
aslida, bugungi rivojlangan davlatlardagi 
ishbilarmon, tadbirkor fermerlar kabi edi. 
Umumiy ko’lamdagi fuqarolar urushi 1918 – 
yilning yozidan boshlandi va 1920 – yilning 
oxirigacha davom etdi. Ayni shu yillar 
davomida Antanta davlatlari bosqinchilik 
yurishlari ham uyushtirildi. Shuning uchun. 
1918 – yilning yozidan 1920 – yilning 
oxirigacha bo’lgan davr Sovet davlati tarixiga 
fuqarolar urushi va chet el interferensiyasi 
davri sifatida kirdi.

1918 – yilning yanvar oyida Ruminiya Sovet 
hokimiyatining og’rir  ahvolidan   foydalanib , 
Bessarabiyani bosib oldi. Mart – aprel 
oylarida Buyuk Britaniya, Fransiya va	
 
AQSH  Murmansk   va   Arxangelskka , 
Yaponiya, AQSH, Buyuk Britaniya Uzoq 
sharqqa qo’shin tashladi. Turkiya esa 
Armanistonni va Ozarbayjonni katta qismini 
bosib oldi.  2. Fuqarolar urushi va chet el 
intervensiyasi. 
Antanta rahbarlari birinchi jahon urushi yillarida Avstriya — Vengriyaning asir olingan 
Rossiyadagi chex va slovak millatiga mansub askarlaridan foydalanishga ham qaror qildilar. 
Antanta Muvaqqat hukumat bilan kelishgan holda ulardan alohida chexoslovak korpusi deb 
atalgan korpus tuzdi va qurollantirildi. 45 ming kishilik bu korpus Antanta qo‘mondonligiga 
bo‘ysunar edi.

Biroq sovet hukumati urushdan chiqqach, bu harbiy korpusning urush harakatlarida 
qatnashishiga yo‘l qo‘ymadi va bu korpusni mamlakat hududidan chiqarib yuborishni istadi 
hamda uning Vladivostok orqali Fransiyaga jo‘nab ketishiga ruxsat berdi. Korpusning 
eshelonlari Volgadan to butun Transsibir temir yo‘l magistrali bo‘ylab cho‘zilib ketgan edi. 
1918yilning may oyi oxirida korpus Sovet hokimiyatiga qarshi isyon ko‘tardi. Aslida bu sovet 
davlatiga qarshi Antanta uyushtirgan ochiq harbiy hujum edi. Ularga Sovet hokimiyatining 
barcha ichki dushmanlari qo‘shildi. Isyonchilar qisqa vaqt ichida Volgabo‘yi, Ural, Sibir va 
Uzoq Sharqni egalladilar va u yerlarda Sovet hokimiyatini ag‘darib tashladilar.

Shu tariqa Sovet Rossiyasi tarixida fuqarolar urushi va chet el intervensiyasi davri boshlandi. 
Bolsheviklar armiyasi qizil armiya deb, ularning ichki dushmanlari armiyasi esa oq 
gvardiyachilar, deb atala boshlandi. 
1918- yilning yozi oxiriga kelganda Sovet 
hokimiyati ahvoli nihoyatda og‘irlashdi. Ana 
shunday sharoitda Sovet hokimiyati o‘zini 
saqlab qolish uchun qator qat’iy va favqulodda 
choralar ko‘rdi. Qizil armiyada mustahkam 
tartib o‘rnatdi. 1918-yil oxiriga kelib qizil 
armiya soni 1 mln kishiga yetkazildi. Sobiq 
podsho Rossiyasining 75000 general va zobitini 
o‘z tomoniga tortishga erishdi. Ularsiz 
zamonaviy muntazam armiyani tuzib bo‘lmas 
edi. Armiyadan qochganlar uchun eng og‘ir 
jazo belgilandi. Bundan tashqari, Sovet 
hukumati Sovet davlatini «yagona harbiy lager» 
deb e’lon qildi.

1918- yilning sentabr oyida V. I. Leninga 
uyushtirilgan suiqasddan so‘ng mamlakatda 
qizil terror tartibi joriy etildi. 80 mingdan ortiq 
kishi konsentratsion lagerlarga tashlandi. 
Ayni paytda  Sovet hukumati 1919 – yildan 
boshlab mamlakatda “harbiy kommunizm” 
siyosatini joriy etdi. Uning mazmunini oziq – 
ovqat razvyorstkast deb atalgan tartib joriy 
etilganligi tashkil etdi. Oziq – ovqat razvyorstkasi 
– bu dehqonlarning o’zlaridan ortiqcha qishloq 
xo’jalik mahsulotlarining hammasini davlatga 
majburiy tartibda topshirishdir. Davlatga g’alla 
och qolayotgan shahar aholisini (Sovet 
hokimiyatining asosiy tayanchi bo’lgan 
ishchilarni) va qizil armiyani non bilan ta`minlash 
uchun zarur edi . 
Bundan tashqari, «harbiy kommunizm» — bu xususiy savdoning batamom taqiqlanishi, 
pulning bekor qilinishi, oziq-ovqat mahsulotlarini tenglik tamoyili asosida taqsimlash, faqat 
yirik va o‘rta sanoatgina emas, hatto mayda sanoatni ham milliylashtirish, boshqaruvning o‘ta 
markazlashtirilishi ham edi.

Xo‘sh, nega bu siyosat «harbiy kommunizm» siyosati deb atalgan?

Bu iboradagi «harbiy» so‘zi — bu siyosatning fuqarolar urushi va harbiy intervensiya davrida 
qo‘llanilganligini anglatadi.

«Kommunizm» so‘zi esa 1919—1921-yillarda Sovet Rossiyasida marksizm-leninizm ta’limoti 
tasavvuridagi kommunizmga xos quyidagi xususiyatlar amal qilganligini anglatadi: savdoning 
tugatilganligi; pulning bekor qilinganligi, binobarin, mehnat uchun pul to‘lanmasligi; aholiga 
iste’mol mollarini taqsimlab berishning amal qilishi; barcha xizmat turlarining tekinligi. 3. FRONTDAGI 
O’ZGARISHLAR
To‘rtlar ittifoqining yengilishi Antantaga 
Sovet Rossiyasi hududiga kiritilgan 
qo‘shinlarining sonini ko‘paytirishga imkon 
berdi. Chunonchi, 1919yilning fevral oyida 
Antantaning Rossiya janubiy hududiga 
tashlangan qo‘shinining soni 130 ming, Uzoq 
Sharq va Sibirdagi qo‘shini esa 20 ming 
kishiga yetkazildi. Ayni paytda, Antanta oq 
gvardiyachilarni qo‘llabquvvatlay boshladi.

1918- yilning 18-noyabrida Sibirda 
hokimiyat oq gvardiyachi admiral A. V. 
Kolchak qo‘liga o‘tdi. U o‘zini Rossiyaning 
Oliy hukmdori deb e’lon qildi. 1919-yilning 
yanvarida Shimolda general Ye. K. Miller, 
shimoli-g‘arbda general N. N. Yudenich, 
janubida A. I. Denikin diktaturasi o‘rnatildi. 
Biroq Antanta o‘z niyatiga erisha olmadi. Uning qo‘shinlari mahalliy aholi, qizil armiya 
qismlarining qattiq qarshiligiga duch keldi. Bundan tashqari, ularga bolsheviklarning tinimsiz 
tashviqotlari ham qattiq ta’sir ko‘rsatdi. Natijada ular Sovet hokimiyatiga qarshi kurashdan 
bosh torta boshladilar. Ish hatto ularning o‘z hukumatlari intervensiya siyosatiga qarshi isyon 
ko‘tarishlarigacha borib yetdi. Isyonning eng yirigi Odessa va Sevastopol shaharlari portlarida 
turgan fransuz harbiy kemalarida yuz berdi. Jangchilarning to‘la bolsheviklashuvidan xavfsirab 
qolgan Antanta Oliy kengashi 1919- yilning aprelidan boshlab o‘z qo‘shinlarini Sovet 
Rossiyasi hududidan olib chiqib ketdi.

Endi ularning asosiy umidi oq gvardiyachilar edi. Antanta davlatlari ularga har tomonlama 
yordam ko‘rsatdilar. 1919-yilning mart oyida A.V.Kolchak qo‘mondonligidagi yaxshi 
qurollangan 300 ming kishilik armiya hujumga o‘tdi. S. S. Kamenev va M. V. Frunze 
qo‘mondonligidagi sovet armiyasi 1920-yil boshida A.V. Kolchak armiyasini tor-mor etdi. 
Uning o‘zi asir olindi va otib tashlandi. 
1919- yilning yozida Janubiy frontda hal 
qiluvchi janglar boshlandi. 3-iyul kuni general 
A. I. Denikin armiyasi hujum boshladi. Biroq 
u ham maqsadiga erisha olmadi. A. I. Yegorov 
qo‘mondonligidagi Janubiy front qo‘shinlari 
oktabr oyida A. I. Denikin armiyasining asosiy 
qismini tor-mor etdi. Uning qolgan qismiga 
qo‘mondonlik qilish 1920-yilning aprel oyida 
general P. N. Vrangel qo‘liga o‘tdi va ular 
Qrimda mustahkamlanib oldilar. 1920-yilning 
iyun oyida P.N. Vrangel armiyasi hujumga 
o‘tdi. Biroq M. V. Frunze qo‘mondonligidagi 
Janubiy front qo‘shinlari uning hujumini 
to‘xtatdi. 28-oktabrda esa qarshi hujumga 
o‘tib, Qrimni to‘la egalladi. Oq 
gvardiyachilarning qolgan-qutganlari va ularga 
tarafdor fuqaro qochoqlar kemalarda chet 
ellarga jo‘nab ketdilar. 4. SOVET    POLSHA URUSHI.
CHET EL INTERVENSIYASI 
VA FUQAROLAR 
URUSHINING TUGASHI.
Fransiyaning mablag‘iga qurollantirilgan 
Polsha armiyasi 1920-yilning 25-aprelida 
Sovet Ukrainasiga hujum qildi va 6-mayda 
Kiyev shahrini bosib oldi. Polsha hukmron 
doiralarining maqsadi Boltiq dengizidan Qora 
dengizgacha cho‘zi-

ladigan Buyuk Polsha davlatini vujudga 
keltirish edi. Biroq bu maqsad amalga oshgani 
yo‘q. 1920-yil 14-may kuni M. N. 
Tuxachevskiy qo‘mondonligidagi G‘arbiy 
front va A. I. Yegorov qo‘mondonligidagi 
Janubi-G‘arbiy front qo‘shinlari qarshi 
hujumga o‘tdilar. Iyul oyida Polsha armiyasi 
mamlakat hududidan surib chiqarildi. 
Shunday bo‘lsa-da, Sovet davlati rahbariyati 
urush harakatlarini to‘xtatmadi. 
Hukumat Qizil Armiya oldiga hujumni davom ettirish, Polsha poytaxtini egallash va Polshada 
sovet hokimiyatini e’lon qilish uchun barcha zarur harbiy-siyosiy sharoit yaratish vazifasini 
qo‘ydi. Hujum davom etayotgan bir sharoitda hatto F. E. Dzerjinskiy (Butunrossiya favqulodda 
komissiyasi raisi) boshchiligida bo‘lajak Sovet Polshasi hukumati tuzildi. Biroq barcha zarur 
ta’minotdan ajralib qolgan sovet davlatining G‘arbiy front qo‘shinlari Varshava shahri 
ostonalarida mag‘lubiyatga uchradi va, shu tariqa, Polshani sovetlashtirish siyosati barbod 
bo‘ldi. 1920-yilning oktabr oyida Polsha— Rossiya yarash bitimi, 1921-yilning mart oyida esa 
tinchlik shartnomasi imzolandi. Unga ko‘ra, Ukraina va Belorussiyaning g‘arbiy qismlari 
Polshaga o‘tdi.

Polshani «sovetlashtirish» siyosati barbod bo‘lgan bo‘lsa-da, Sovet hukumati bu siyosatni 
boshqa chekka o‘lkalardagi xalqlarning milliy-ozodlik harakatini qonga botirish orqali amalga 
oshirdi. Chunonchi, 1920-yilning aprel oyida Ozarbayjonda, noyabr oyida esa Armanistonda, 
1920-yilning fevral-mart oylarida Gruziyada shunday qilindi. 
O‘rta  Osiyoni  sovetlashtirish  maqsadida  Turkiston  ASSR  tuzildi.  Buxoro  amirligi  va  Xiva 
xonligi  o‘rnida  1920-yilning  fevralida  Xorazm,  oktabr  oyida  esa  Buxoro  Xalq  Respublikalari 
tuzilganligi e’lon qilindi.

A.  B.  Kolchak  armiyasi  tor-mor  etilgach,  Qizil  Armiya  1920-yilning  bahorida  Uzoq  Sharq 
tomon  yurish  boshladi.  Uzoq  Sharqni  bu  davrda Yaponiya  egallab  olgan  edi.  1922-yilda  Qizil 
Armiya Vladivostok  shahrini  egalladi  va  Uzoq  Sharq  oq  gvardiyachilar  hamda  interventlardan 
to‘la tozalandi.

Shu  tariqa  fuqarolar  urushi  va  chet  el  intervensiyasi  bolsheviklar  g‘alabasi  bilan  tugadi. 
Bolsheviklar  g‘alabasining  asosiy  sababi  —  ularning  mamlakat  aholisi  asosiy  qismi  bo‘lgan 
mayda va o‘rtahol dehqonlar tomonidan qo‘llabquvvatlanishiga erishganliklari edi. Ayni paytda 
milliy chekka o‘lkalarda ham ularni qo‘llab-quvvatlovchi kuchlar bo‘lgan edi. 
  Oq gvardiyachi hukumatlar esa Rossiya 
hududining bo’linmasligi va davlatning 
yagonaligini e’lon qilganlar. Bu esa, tabiiyki, 
ularning milliy chekka o’lkalarda qo’llab-
quvvatlashmasligiga sabab bo’lgan

1919- yildan Sovet hokimiyati o‘rtahol 
dehqonlarga nisbatan siyosatni o‘zgartirdi. 
Agar avvalgi yillarda u o‘rtahol dehqonlarni 
betaraf qoldirish siyosatini yuritgan bo‘lsa, 
endi uni o‘z tomoniga og‘dirish siyosatini 
yurita boshladi. Ayni paytda Sovet davlati 
Antanta davlatlari o‘rtasidagi ziddiyatlardan 
ustalik bilan foydalana oldi. Chunonchi, 
o‘ziga qo‘shni davlatlar — Finlandiya, 
Estoniya, Latviya va Litva bilan tinchlik 
shartnomalari, Shvetsiya va Daniya bilan 
o‘zaro manfaatli savdo shartnomalari imzolay 
oldi. 5. T URKISTON XALQLARI MILLIY    
OZODLIK HARAKATINING TOR    MOT 
ETILISHI.

Bolsheviklar ilgari surgan kommunistik mafkura Turkiston xalqlari uchun mutlaq yot tushuncha edi. 
Shuning uchun ham mahalliy aholi bu mafkurani avval boshdanoq o‘ziga singdira olmadi. 
Ikkinchidan, Sovet hukumati o‘rnatilgan

dastlabki kundanoq unga mahalliy aholi vakillari jalb etilmadi. Bu bilan bobolarimiz milliy g‘ururi 
va haq-huquqi inkor qilindi. Shu tariqa, Turkistonda o‘rnatilgan sovet tuzumi podsho Rossiyasi 
mustamlakachiligining yangi shakli ekanligi dastlabki kunlardanoq oshkor bo‘lib qolgan edi. 
Uchinchidan, Sovet hokimiyati mahalliy xalqning asrlar davomida shakllangan urf-odatlari, milliy 
qadriyatlarini toptagan, oyoqosti qilgan edi. Shuning uchun ham millatparvar, erksevar kuchlar 
1917-yilda Turkiston Muxtoriyatini tuzdi. Biroq u Sovet hokimiyati tomonidan qonga botirilganligi 
sizga avvalgi darslardan ma’lum. 
Turkiston Muxtoriyatining tugatilishi bilan farg‘onaliklar Turkistonda birinchi bo‘lib 
bolsheviklar hokimiyatiga qarshi qurolli kurashga otlandilar. Turkistonda milliy-ozodlik 
harakati 1918-yilning fevral oyida boshlandi. Katta Ergash, Kichik Ergash, Madaminbek, 
Shermuhammadbek, Islom pahlavon va Yormat Maxsum kabilar bu harakat yo‘lboshchilari 
bo‘ldilar. Sovet hokimiyati Turkiston xalqlari milliy-ozodlik harakatini bosmachilik harakati, 
deb tahqirladi.

«Bosmachi» deyilganda xalq o‘rtasida harbiy sohaga aloqasi bo‘lmagan jinoyatchi unsurlar, 
o‘g‘rilar va bezorilar to‘dasi tushunilgan. Xo‘sh, Turkistondagi milliy-ozodlik harakatining 
harakatlantiruvchi kuchlari ana shunday jinoyatchi to‘dalar edimi? Aslo unday emas. Ular 
Turkistonni bosqinchi bolsheviklar armiyasidan tozalash, Sovet hokimiyatini tugatish, milliy 
mustaqil davlatga ega bo‘lish uchun kurashganlar. Bu kurash 1935yilgacha davom etdi. Biroq 
bu harakat Sovet hokimiyati tomonidan shafqatsizlarcha bostirildi. 6. Y ANGI IQTISODIY 
SIYOSAT.

Fuqarolar urushi va chet el intervensiyasi natijasida Sovet Rossiyasi katta talofat ko’rdi.

Chunonchi, xalq xo‘jaligiga yetkazilgan zarar 50 mlrd oltin so‘mni tashkil etdi. Sanoat ishlab 
chiqarishi 1920-yilda 1913yilga nisbatan 7 baravar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab 
chiqarish esa 3 foizga kamaydi. Urush maydonlarida, shuningdek, ochlik va kasallik, oq va 
qizil terror natijasida 8 mln kishi halok bo‘ldi. 2 mln kishi siyosiy boshpana izlab mamlakatdan 
chiqib ketdi.  Ularning 75 mingdan ortig‘i ilg‘or va talantli ziyolilar edi.

Ishchilarning soni 2 baravar kamaydi. Ularning ma’lum qismi sinfiy qiyofasini yo‘qotdi. 
Ishsizlik kuchaydi, bu hol ularda afsuslanish, loqaydlik, tushkunlik kayfiyatini kuchaytirdi. 
Ayni paytda, ishchilar orasida sovet hokimiyati siyosatidan norozilik ham kuchayib bordi. 
Ishchilar madadidan ayrilish sovet hokimiyati uchun hayot-mamot masalasi edi. 1920-yilning 
oxiriga kelganda dehqonlar oziq-ovqat razvyorstkasi siyosatiga ochiqdanochiq qarshi chiqa 
boshladi. 
Bu tahdid sovet hokimiyati uchun qanday oqibatga olib kelishi mumkinigini 
3,5 millionli Qizil Armiyaning 77 foizini dehqonlar tashkil etganligidan bilsa ham bo‘lar edi. 
Ahvol shaharlarda ish tashlashga, qishloqlarda esa dehqonlarning isyoni kuchayishigacha borib 
yetdi.

Norozilik armiyaga ham kirib bordi. Chunonchi, 1921-yilning fevral oyida Kronshtadt harbiy-
dengiz qal’asida isyon ko‘tarildi. Sovet hukumati isyonni kuch bilan bostirdi. Sovet hukumati 
«harbiy kommunizm» siyosatini bekor qilishga, 1921-yil bahorida uning o‘rniga yangi 
iqtisodiy siyosat (nep)ni joriy etish yo‘lini tutishga majbur bo‘ldi. Yangi iqtisodiy siyosatning 
asosiy yo‘nalishlarini mashhur iqtisodchi M. A. Lorin ishlab chiqqan.

Xo‘sh, yangi iqtisodiy siyosat «harbiy kommunizm» siyosatidan qanday asosiy xususiyatlari 
bilan farq qiladi?

Razvyorstka o‘rniga oziq-ovqat solig‘i joriy etildi. Bu soliq, birinchidan, razvyorstkadan 2 
baravar kam edi. Ikkinchidan, u oldin e’lon qilib qo‘yildi. Ayni paytda, uning miqdori qat’iy va 
o‘zgarmas edi. Bu hol, o‘z navbatida, dehqonga soliq uchun to‘langan miqdordan ortib qolgan 
donni o‘ziga olishga imkon berardi. Endi, dehqon uni bozor narxida erkin sotish imkoniga ega 
bo‘ldi.  Yakka hol dehqonlar qishloq xo‘jalik mahsulotining 98,5 foizini ishlab chiqaradigan 
bo‘ldi. 
Sovet hokimiyatining dastlabki yillarida milliylashtirilgan mayda va o‘rta korxonalar egalariga 
qaytarib berildi. Xususiy shaxslarga bunday korxonalarni ochishga ruxsat etildi. Bundan 
tashqari, ishlab chiqarish vositalari ijarasi joriy etildi.

Chet el kapitali kirib kelishiga ruxsat etildi. Ular Sovet davlati korxonalarini ijaraga ola 
boshladilar. Ayni paytda qo‘shma korxonalar qurishga ruxsat etildi. 20-yillarning o‘rtalariga 
kelganda, kapitalistik sektor sanoat mahsulotining 27 foizini ishlab chiqara boshladi.  Chakana 
savdoning 75 foizi, ulgurji savdoning esa 18 foizi xususiy soha qo‘lida to‘plandi.

Korxonalarning xo‘jalik hisobi asosida ishlashi joriy etildi. Bu esa, o‘z navbatida, 
korxonalarning asta-sekin o‘z xarajatlarini o‘zi qoplash, o‘zini o‘zi pul bilan ta’minlash 
imkonini berar edi.

Mehnatga qarab ish haqi to‘lash qayta tiklandi.

Yangi iqtisodiy siyosat tez orada o‘z samarasini ko‘rsata boshladi. Chunonchi, 1922-yilda 
mahsulotlarni taqsimot asosida berish bekor qilindi. 1925- yilga kelib don yetishtirish 1909—
1913-yillar oralig‘idagi yillik ko‘rsatkich darajasidan oshdi. Chorvachilik mahsulotlari 
yetishtirish bo‘yicha 1926- yilda 1913-yilgi ko‘rsatkichga erishildi. Sanoat mahsulotlarining 
asosiy turlarini ishlab chiqarishda 1913-yil ko‘rsatkichiga 1926—1927-yillarda erishildi. 
Iste’mol buyumlari ishlab chiqarisda 1913-yil ko’rsatkichning 72 foizini tashkil etdi. 

7. SSSRning tashkil etilishi.

Bolsheviklar partiyasi har bir millatga o’z taqdirinio’zi belgilash huquqini berish haqidagi 
va’dasidan tez orada voz kechdi.

Sovet davlati (RSFSR) rahbarlari sobiq Rossiya imperiyasi hududini mumkin qadar yana 
avvalgi chegaralarda saqlab qolishga urindilar. Xo‘sh, nega shunday bo‘ldi? Bolsheviklar 
fikricha, birinchidan, yagona imperiya saqlanmasa, Rossiya jahon inqilobi tayanchi va 
harakatlantiruvchi kuchi bo‘lishdek strategik vazifaning uddasidan chiqa olmas edi.

Ikkinchidan, dunyoda faqatgina mehnatkashlar davlati bo‘lgan bolsheviklar davlati, ularning 
o‘z so‘zlari bilan aytganda, kapitalistik qurshov siquviga bardosh bera olmaydi. Bolsheviklar 
o‘zlarining bu maqsadlari yo‘lida hech narsadan qaytmadilar.

1922- yilning 30-dekabrida to‘rtta respublika yagona davlat — SSSRga — Sovet Sotsialistik 
Respublikalari Ittifoqiga birlashdilar. Bular: RSFSR, Ukraina, Belorussiya va Zakavkaze Sovet 
Federativ Sotsialistik Respublikasi Ozarbayjon, Armaniston va Gruziyani birlashtirgan edi. 
Ularning vakolatli vakillari syezdi (SSSR sovetlarining I syezdi) 1922-yilning 30dekabrida 
SSSR tuzilganligi haqida Deklaratsiya va Shartnoma qabul qildi. 1924- yilda esa bu yangi 
davlatning Konstitutsiyasi qabul qilindi. 
Sobiq SSSRdan tashqari boshqa davlatlar tarixshunosligida bu davlat Qizil imperiya deb 
ataladi. Sovet davlati qon to‘kish hisobiga vujudga kelganligi uchun ular o‘z bayroqlarini qizil 
rangda tanlagan edilar. Qon rangi bolsheviklar tuzgan imperiyaga nisbatan ham ishlatilgan.

Bu imperiya 1940-yilgacha boshqa millatlar haq-huquqlarini poymol qilish hisobiga kengaya 
bordi. Ular Turkistonni 5 ta «davlat»ga bo‘lib yubordilar. Bu yerda O‘zbekiston, Tojikiston, 
Turkmaniston, Qirg‘iziston va Qozog‘istonni tuzdilar.  1925—1936-yillar oralig‘ida ular birin-
ketin «ixtiyoriy ravishda» qizil imperiya tarkibiga kiritildi. Bu imperiya 15 ta «mustaqil», 
«tenglar ichida teng» respublikalardan iborat edi. Aslida esa ular Rossiya tarkibidagi 
mustamlakalar edi.

Bolsheviklar (kommunistlar) Qizil imperiya hududida yashayotgan millatlar o‘zligini 
unutishlari uchun barcha yovuz ishlarni amalga oshirishdi. Biroq bu imperiya tarkibiga kiruvchi 
hech bir millat, shu jumladan o‘zbek millati bolsheviklar o‘ylab topgan yangi birlik — sovet 
xalqi bo‘lib shakllanmadi. 8. Industrlashtirish va qishloq 
xo’jaligini kollektivlashtirish.•
Sobiq  Sovet  davri  tarix  kitoblarida  bu  reja 
«sotsializm  qurishning  lenincha  plani»  deb 
ataladi  va  uch  qismdan,  ya’ni  mamlakatni 
industrlashtirish,  qishloq  xo‘jaligini 
kollektivlashtirish  va  madaniy  inqilobni 
amalga oshirishdan iborat edi.
•
Bolsheviklar (kommunistlar) partiyasining 
1925-yilda bo‘lib o‘tgan XIV syezdi 
industrlashtirish yo‘lini e’lon qildi. 
Industrlashtirish, yirik mashinalashgan ishlab 
chiqarishni yaratish jarayoni degani edi. Bu 
jarayon, eng avvalo, og‘ir sanoatni 
(energetika, metallurgiya, mashinasozlik, 
neft kimyosi va boshqalar) rivojlantirishni 
ko‘zda tutardi.  
Chunki, davlat rahbarlari fikricha, bu 
sohalarni rivojlantirmay turib «kapitalistik 
qurshov»ga qarshi turib bo‘lmas edi. Bu 
maqsadga erishish yo‘lida yangi iqtisodiy 
siyosatdan ham voz kechildi. Xo‘jalikni 
boshqarish o‘ta markazlashtirildi.

Xalq xo‘jaligi «besh yillik planlar» deb 
atalgan direktiv rejalar asosida faoliyat 
ko‘rsatadigan bo‘ldi. Hukumat o‘z maqsadini 
ro‘yobga chiqarishni qattiq repressiya 
siyosati bilan qo‘shib olib bordi. Mamlakatda 
amalda qullik mehnati joriy etildi. Bu 
tadbirlar o‘z samarasini bermay qolmadi. 
1929—1937- yillar oralig‘ida jami 6 mingga 
yaqin yirik sanoat korxonasi ( yiliga 600—
700) qurildi. 1937-yilga kelib Sovet davlati 
sanoat mahsuloti ishlab chiqarish bo‘yicha 
dunyoda AQSH dan so‘ng ikkinchi o‘ringa 
chiqib oldi. Chetdan 100 turdan ortiq 
mahsulot sotib olinmaydigan bo‘ldi va 
texnikiqtisodiy jihatdan boshqa davlatlarga 
qaramlikdan qutuldi.

Biroq shuni ham ta’kidlash adolatli bo‘ladiki, 
Sovet davlati sanoat mahsuloti ishlab 
chiqarish bo‘yicha dunyoda 2-o‘ringa 
chiqqan bo‘lsa-da, aholi jon boshiga 
mahsulot ishlab chiqarishda boshqa buyuk 
davlatlardan ancha orqada qolgan edi. Qizil 
imperiya o‘zining butun umri davomida ana 
shu qoloqlikni bartaraf eta olmadi. 9.  QISHLOQ XO’JALIGINI KOLLEKTIVLASHTIRISH.

Bolsheviklar partiyasining XV syezdi 1927-yilda qishloq xo’jaligini to’la kollektivlashtirish 
to’g’risida qaror qabul qildi. Qishloq 30-yillarning oxi rigacha to‘la kollektivlashtirildi. Ular 
o‘zlarining bu siyosatini qishloqni sotsialistik asosda qayta qurish, deb atadilar. Xo‘sh, 
kollektivlashtirish nima edi?

Kollektivlashtirish natijasida qishloqda yakka tartibda faoliyat yurituvchi o‘rtahol dehqon 
xo‘jaliklarini tugatib, ularning o‘rnida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini kollektiv (jamoa) 
mehnat asosida yetishtiruvchi xo‘jalik ( kolxoz deb atalgan) vujudga keltirildi.

Jamoa xo‘jaligining yeri davlatniki edi. Davlat yerni kollektiv xo‘jaliklarga tekinga ijaraga 
berdi. Jamoa xo‘jaligi xo‘jalik hisobi asosida faoliyat yuritdi. Davlat yeridan foydalanganligi 
uchun hamda topgan daromadlari yuzasidan davlatga soliq to‘lagan. Aholi biror-bir 
tabaqasining xususiy mulk shaklida yeri bo‘lmagan.

Kolxoz o‘ziga berilgan yerda davlat rejasiga ko‘ra mahsulot yetishtirgan. Mahsulot davlat 
tomonidan qat’iy belgilangan narxda sotib olingan. Soliq to‘lovidan hamda mahsulot 
yetishtirish uchun yil davomida qilgan xarajatlaridan ortgan mablag‘ kolxozning mulki bo‘lgan. 
Kolxoz o‘z ixtiyori bilan mahsulot yetishtira olmagan. O‘z ixtiyori bilan mahsulot sota olmagan. 
Shuning uchun ham sobiq qizil imperiya o‘z aholisini sifatli, zarur qishloq xo‘jaligi mahsulotlari 
bilan to‘la ta’minlay olmadi va chetdan sotib olishga majbur bo‘ldi. Kollektivlashtirish 
shafqatsiz jazo qo‘llash yo‘li bilan olib borildi. Mulkdorlar o‘z mulklarini kolxozga topshirishni 
istamaganliklari uchun ular qatag‘on qilindi. Mol-mulklari esa tortib olindi. Qishloq aholisi o‘z 
chorva mollarini kolxozga topshirmaslik uchun ko‘plab miqdorda so‘yib yubordi. Bu esa 
chorvachilikka o‘nglab bo‘lmas darajada ziyon yetkazdi. Dehqonlar majburan kolxozlarga 
birlashtirila boshlandi. Bunga qarshi dehqonlarning 1930-yilda 1600 marta qurolli chiqishlari 
bo‘lib o‘tdi. Kollektivlashtirish jarayonida jami 9 mln kishi quloq qilindi.

Xususan, O‘zbekistonda quloq qilinganlarning katta qismi Ukrainaning Xerson viloyatiga 
surgun qilindi. U yerda ular paxta yetishtirishga majbur etildi. Qolgan dehqonlar jon saqlash 
maqsadida kolxozlarga kirishga majbur bo‘ldilar. 
Majburiy kollektivlashtirish oqibatida qishloq 
xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish keskin ravishda 
kamayib ketdi. Natijada 1932—1933-yillarda 
ocharchilik bo‘ldi va 5 mln dan ortiq kishi 
ochlikdan qirilib ketdi. Kollektivlashtirish 
natijasida dehqonlar soni uchdan bir qismga 
kamaydi, jami g‘alla yetishtirish amalda 
ko‘paymagan bo‘lsa-da, davlatga g‘alla sotish 
1937- yilga kelib 1928-yilga nisbatan 3 baravar 
ko‘paydi. Bunga qishloq aholisini xonavayron 
qilish hisobiga erishildi. O‘zbekistonda paxta 
yetishtirishni ko‘paytirish hisobiga Sovet 
davlatining paxta mustaqilligi ta’minlandi. 10.MADANIY INQILOB.

Madaniy inqilobning asosiy vazifasi eski tuzumdan meros qolgan madaniy qoloqlikni tugatish, 
sotsialistik ziyolilarni shakllantirish, madaniyatni partiya siyosatiga bo‘ysundirish va jamiyatda 
yagona mafkura — kommunistik mafkura hukmronligini qaror toptirishdan iborat bo‘ldi.

Bolsheviklar yangi sotsialistik madaniyat asosini marksistik mafkura tashkil etadi, deb 
hisoblardilar. Binobarin, sotsialistik madaniyat proletariatning ( ishchilarning) sinfiy kurashi 
vazifalariga xizmat qilishi zarur edi. Bolsheviklarning madaniyat sohasidagi siyosatiga ziyolilar 
qarshi turdilar. Ular aholining 2,2 foizini tashkil etardi. 1917-yilda ziyolilarning 10 foizdan 
kamrog‘i bolsheviklar partiyasi, bir qismi kadetlar va liberal sotsialistlar partiyalari safida 
bo‘lsa, asosiy qismi esa betaraf pozitsiyada turdi. Sovet davlati o‘zining jazo organi BFK — 
(Butunrossiya favqulodda komissiyasi) 1922- yildan DSB (Davlat siyosiy boshqarmasi), 1923-
yildan BDSB ( Birlashgan Davlat siyosiy boshqarmasi) yordamida ziyolilarni ta’qib etish 
siyosatini yuritdi. 
NEPga o‘tish ziyolilarning bir qismi sovetlar tarafiga o‘tishiga sabab bo‘ldi. Ziyolilarning bir 
guruhi Rossiyaning iqtisodiy va madaniy jihatdan qayta uyg‘onishi uchun Sovet hokimiyati 
bilan hamkorlik qilishni afzal deb bilganlar. Ayni paytda, marksistik mafkuraga tarafdor 
bo‘lmagan ziyolilar egallab turgan vazifalaridan ozod etilgan.

1922- yilda alohida senzura organi — Glavlit tashkil etildi. Uning ruxsatisiz gazeta, jurnal 
chiqarish va kitoblar chop etish mumkin emas edi.

Bolsheviklar partiyasi hokimiyat tepasida mustahkamlanib olgach, sotsialistik ziyolilarni 
shakllantirish siyosatini yurita boshladi. Bu ziyolilar yangi tuzumga sadoqat bilan xizmat 
qilishga da’vat etildi. 1927-yilga kelib mamlakatda 148 ta institut va universitet ishlay boshladi 
(1917-yilda ularning soni 95 ta bo‘lgan).

Mafkura kadrlarini tayyorlash uchun 1918-yilda kommunistik universitet; 1921- yilda esa K. 
Marks va F. Engels instituti, Qizil professorlar instituti, Sharq mehnatkashlarining kommunistik 
universiteti; 1923-yilda V. I. Lenin instituti ochildi. 
Madaniy inqilob siyosatida umumta’lim maktablarini qayta qurish masalasi alohida e’tiborda 
turdi. O‘quv dasturlari va darsliklari, o‘tmish va hozirgi tarix sinfiylik va partiyaviylik nuqtayi 
nazaridan qayta ko‘rib chiqildi. Madaniy inqilob natijasida, bolsheviklar so‘zi bilan aytganda, 
«shaklan milliy, mazmunan sotsialistik» adabiyot shakllantirildi.

Ijodkorlar «sotsialistik realizm» ruhida asar bitishlari zarur edi. Bunday asarlar o‘zining 
inqilobiy ruhi, asar qahramoni mafkurasini tubdan o‘zgartirib borish hamda mehnatkashlarni 
sotsialistik ruhda tarbiyalashga xizmat qilish kabi xususiyatlari bilan ajralib turishi lozim edi.

Milliy adabiyotlarda proletar internatsionalizmi g‘oyalari ustun turishi zarur edi. Milliy o‘ziga 
xoslikni saqlashga uringan ijodkorlar qatag‘on qilindilar. Chunonchi, O‘zbekistonda Abdulla 
Qodiriy, Usmon Nosir, Abdulhamid Cho‘lpon, Munavvarqori Abdurashidxonov va boshqalar 
qatl etildi. 
Bolsheviklar partiyasi tarixi bo‘yicha o‘quv darsligi va qo‘llanmalari o‘ziga xos «yo‘lchi 
yulduz» vazifasini o‘tay boshladi. Tabiiy, aniq va texnika fanlarini ham imkoni boricha 
kommunistik mafkuraga xizmat qildirishga harakat qilindi.

Sovet davlati 30-yillarning oxiriga kelib xalq xo‘jaligi uchun o‘zining sof mutaxassislarini 
kerakli miqdorda tayyorlashga muvaffaq bo‘ldi va 1930yilda umumiy majburiy boshlang‘ich 
ta’lim joriy etildi. 1932-yilda 8—11 yoshli bolalarning 98 foizi maktablarga qatnay boshladi. 
1934-yilda esa 10 yillik ta’lim joriy etildi. 1939-yilga kelib, SSSR aholisining 81,2 foizi 
savodli edi.

Bolsheviklar partiyasi omma o‘rtasida ateistik targ‘ibot ishini zo‘r kuch bilan olib bordi. 
Cherkov va masjidlar mol-mulkdan mahrum etildi. Dinning jamiyat hayotidagi ijobiy o‘rni 
butunlay inkor etildi hamda din va dindorlarga qarshi kurash avj oldirildi. Ko‘plab din arboblari 
qatag‘on qilindi. 
Sovet jamiyatining har bir a’zosi 
mafkuralashtirilgan biror-bir tashkilotga jalb 
etilgan edi. Masalan, eng ishonchli kishilar 
kompartiya safiga (2 mln kishi), ongli yoshlar 
komsomolga (9 mln kishi), bolalar — pioner 
tashkilotiga, ishchi va xizmatchilar kasaba 
uyushmalariga (22,5 mln kishi), adabiy va 
badiiy ijodkorlar uyushmalariga 
birlashtirilgan edi.  Ular sovet davlatining 
navbatdagi har qanday vazifalariga safarbar 
etilishga tayyor edilar.

Xulosa qilib aytganda, 30-yillar oxiriga kelib 
jamiyatda yagona mafkura — marksizm-
leninizm (kommunistik) mafkurasining to‘la 
hukmronligi qaror toptirildi. Boshqa barcha 
mafkuralar to‘la inkor etildi. 
1921-yilda sovet davlati o’zining janubiy qo’shnilari    Turkiya, Eron va Afg’oniston bilan 
diplomatik munosabatlar o‘rnatishga erishdi. 1922yilda Germaniya amalda sovet davlatini tan 
oldi

va ikki davlat o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalar rivojlana boshladi.

1924yilda Buyuk Britaniya Sovet davlatini tan oldi. Buyuk davlatlardan faqat AQSH qizil 
imperiyani tan olishni paysalga sola boshladi. Sovet davlati o‘z tashqi siyosatining strategik 
yo‘nalishini belgilashda o‘z xavfsizligiga sobiq Antanta davlatlari tahdid solishi mumkinligini 
hisobga oldi va shuning uchun ham u g‘arb davlatlari, birinchi navbatda, Buyuk Britaniya va 
Fransiya siyosatini diqqat bilan kuzatib bordi. Ayni paytda g‘arb davlatlari o‘rtasida 
imzolangan Lokarno shartnomasiga qarshi chiqdi. Lokarno shartnomasi Buyuk Britaniya, 
Fransiya, Italiya, Belgiya, Chexoslovakiya va Polsha o‘rtasida imzolangan va Germaniyani 
Millatlar Ligasiga qabul qilishga kelishilgan edi. 1925—1927-yillarda Sovet hukumati 
Turkiya, Litva, Eron va Afg‘oniston bilan betaraflik va bir-biriga hujum qilmaslik haqida 
shartnomalarni imzolashga muvaffaq bo‘ldi. 11. 20 – 30 yillarda SSSRning tashqi siyosati. 
1928- yilda buyuk davlatlar o‘rtasida «Siyosatda urushdan voz kechish va barcha 
kelishmovchilik hamda nizolarni tinch vositalar yordamida hal etish to‘g‘risida» shartnoma 
imzolandi. Sovet hukumatining qat’iy talabi bilan g‘arb davlatlari shartnomani uning ham 
imzolashiga rozilik berishga majbur bo‘ldilar. 1932-yilda Sovet davlati Finlandiya, Estoniya, 
Polsha va Fransiya bilan o‘zaro hujum qilmaslik to‘g‘risida shartnoma imzolanishiga muvaffaq 
bo‘ldi.

1931- yilda Uzoq Sharqda Yaponiya harbiy harakatlarni boshlab yubordi. 1933- yilda 
Germaniyada fashizmning hokimiyat tepasiga kelishi xalqaro ahvolga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.

Endi, Sovet davlati Germaniya va Yaponiya bilan munosabatlarni ehtiyotkorlik, ehtiroslarga 
berilmaslik tamoyili asosida qurish lozim, deb hisoblardi.

3 — Jahon tarixi

Sovet hukumati 1935-yilda Italiyaning Efiopiyaga qarshi agressiyasini qoraladi. General F. 
Frankoning Ispaniyada fashistik diktaturasini o‘rnatishiga qarshi kurashayotgan kuchlarga 
harbiy va moliyaviy yordam ko‘rsatdi. Ularga yordam uchun ko‘ngillilarni jo‘natdi. 12. KOLLEKTIV XAVFSIZLIK TIZIMINI VUJUDGA 
KELTIRISH MUAMMOSI.

Fashizm xavfi kuchayib borayotgan bir davrda,  
Fransiya kollektiv xavfsizlik tizimini vujudga 
keltirish taklifi bilan chiqqan edi.  Sovet davlati

1933yildan boshlaboq bu g‘oyaning faol taraf-

dorlaridan biriga aylandi. Chunki Germaniya 
fashizmining antikommunistik tig‘i, uning 
nemis kommunistlariga nisbatan tutayotgan 
siyosati Sovet hukumatini befarq qoldirmadi.

Xavfsizlik tizimi uchun kurash Sovet davlati 
xalqaro ahvolining yaxshilanishiga xizmat qildi. 
Chunonchi, 1933-yilda AQSH Sovet davlatini 
tan oldi va u bilan diplomatik aloqa o‘rnatdi. 
1934-yilda esa Qizil imperiya Millatlar Ligasiga 
qabul qilindi. 
Biroq, kollektiv xavfsizlik tizimini vujudga keltirish ishiga qo‘shilgan real hissa 1935-yilda Sovet 
davlatining Fransiya va Chexoslovakiya bilan o‘zaro yordam to‘g‘risidagi shartnomani imzolashi bilan 
cheklanib qolgan. Vaholanki, qudratli siyosiy doiralar bu shartnomalarning amalda bajarilishiga 
ishonmas edilar. Fransiya Buyuk Britaniyaning Germaniyaga nisbatan qo‘llayotgan «tinchlantirish» 
siyosatiga qo‘shildi (qarang 1—2-§). 1938yilda Myunxen shartnomasi imzolangach, Sovet davlati 
kollektiv xavfsizlik tizimini yaratib bo‘lmasligiga qat’iy ishondi. Myunxen shartnomasi 1935yilda Sovet 
davlatining Fransiya va Chexoslovakiya bilan imzolagan shartnomalarini amalda quruq qog‘ozga 
aylantirib qo‘ydi. Buning ustiga, Fransiya tez orada Germaniya bilan shartnoma imzoladi. Moskvada 
«imperialistik davlatlar» o‘zaro nizolarini Sovetlar hisobidan hal etmoqchi, degan qat’iy fikr paydo 
bo‘ldi.

1938yilda Yaponiya bilan yuz bergan harbiy to‘qnashuv Sovet davlatining bu fikrini yanada 
mustahkamladi. Moskva endi ikki frontda — G‘arbda Germaniya bilan, Sharqda esa Yaponiya bilan 
urushga tortilishdan xavfsirab qoldi. Bu xavfsizlik Sovet davlati rahbariyatini o‘z tashqi siyosati 
yo‘nalishini qayta ko‘rib chiqishga undadi. 
1939- yilda Yaponiyaning Mo‘g‘ulistonga 
hujum qilishi Moskvaning Germaniya bilan 
yaqinlashishga bo‘lgan moyilligini yanada 
kuchaytirdi. Chunki Yaponiya bilan 
to‘qnashish muqarrar edi. Holbuki, Moskva 
ikki frontda urushga tortilishni aslo istamas 
edi. Sovetlarning Germaniya bilan 
yaqinlashuvi shu tariqa ro‘y berdi.

1939- yilning 23-avgustida Sovet davlati 
bilan Germaniya o‘rtasida  10 yil muddatga 
o‘zaro hujum qilmaslik to‘g‘risida shartnoma 
imzolandi. 
Bu shartnoma Buyuk Britaniya va Fransiyaning 
Sovetlar hisobiga Germaniya bilan kelishishdek 
mash’um niyatlarini puchga chiqardi. Ayni 
paytda bu shartnoma Germaniyaga urush 
harakatlarini boshlashga yo‘l ochib berdi.

Shunday qilib, ikki jahon urushi oralig‘ida 
Sovet davlati tashkil topdi, mustahkamlandi. 
Bolsheviklar yangi jamiyat qurdilar. Lekin bu 
jamiyat qilich va qon bilan qurildi. Dunyoda 
inqilob qilmoqchi bo‘ldi. Qatag‘onlarni amalga 
oshirdi. Ma’naviy tubanlikka ketib, fashizm 
bilan til biriktirdi. SAVOL VA TOPSHIRIQLAR.

Bolsheviklar qurmoqchi bo’lgan jamiyatni ta’riflab bering. O’ylab ko’ring, ularning qaysi 
g’oyalari umuminsoniy va milliy qadriyatlarga zid edi ?

Bolsheviklar “eng adolatli jamiyat” qurish ishini nimadan boshlaganlar?

Sovet hokimiyati masalasi qanday l etildi?

Rossiyada fuqarolar urushi va chet el intervensiyasining boshlanishiga nimalar sabab bo‘ldi?

«Harbiy kommunizm» siyosatining mazmunini ta’riflab bering.

Qanday sabablarga ko‘ra bolsheviklar fuqarolar urushida g‘alabaga erishdilar?

Sovet hukumati sobiq Rossiya imperiyasi milliy chekka o‘lkalarini sovetlashtirish siyosatini 
qanday usullarda amalga oshirdi?

Turkiston xalqlari milliy-ozodlik harakati haqida nimalarni bilib oldingiz?

Sovet hukumati nega «harbiy kommunizm» siyosatini bekor qilishga majbur bo‘lgan?

Yangi iqtisodiy siyosatning mazmunini tushuntirib bering. 
Sovet davlati nima uchun imperiya hisoblanadi?

SSSR tashkil topishining Turkiston xalqlari taqdirida o‘ynagan mash’um oqibatlari haqidagi 
Sizning fikringiz?

Sotsializm qurishning lenincha rejasi haqida nimalarni bilasiz?

Industrlashtirish nima?

Qishloq xo‘jaligini kollektivlashtirishning fojiaviy oqibatlari haqida so‘zlab bering.

Madaniy inqilobdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima edi?

Lokarno shartnomasida qanday masalalar ko‘rilgan edi?

Nima uchun Yevropada kollektiv xavfsizlik tizimini vujudga keltirib bo‘lmadi?

Nega Sovet davlati, Buyuk Britaniya va Fransiya Germaniya agressiyasi boshlanishining oldini 
ololmadilar?

1939- yil 23-avgustda imzolangan sovet — german shartnomasi haqida nimalarni bilib 
oldingiz? FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR :

Karimov I. A. O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li. 1-jild. Ò., «O‘zbekiston», 1996.

Karimov I. A. O‘zbekiston – ulkan imkoniyatlar mamlakati. 1-jild. Ò., «O‘zbekiston», 1996.

Karimov I.A. Mintaqada xavfsizlik va hamkorlik uchun. 4-jild. Ò., «O‘zbekiston», 1996.

Karimov I.A. O‘tmishsiz kelajak, hamkorliksiz taraqqiyot bo‘lmaydi. 4-jild. Ò., «O‘zbekiston», 
1996.

Karimov I.A. Yevropa Ittifoqi mamlakatlari davlat va hukumat boshliqlari kengashida 
so‘zlagan nutq. 5-jild. Ò., «O‘zbekiston», 1997.

Karimov I.A. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo‘lida. 6-jild. Ò., «O‘zbekiston», 1998.

Karimov I. A. Yevropa–Kavkaz–Osiyo (ÒRASEKA) transport tarmog‘ini rivojlantirishga 
bag‘ishlangan nutq. 7-jild. Ò., «O‘zbekiston», 1999.

Karimov I.A. Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Istambul sammitida so‘zlangan 
nutq. 8-jild. Ò., «O‘zbekiston», 2000. 
Karimov I.A. BMÒ Bosh Assambleyasida so‘zlangan nutq. 9-jild. Ò., «O‘zbekiston», 2001.

Karimov I.A. Amerikalik ishbilarmonlar bilan bo‘lgan uchrashuvda so‘zlangan nutq.  10-jild. 
Ò., «O‘zbekiston», 2002.

Karimov I.A. Yevroatlantika hamkorlik kengashi sammitida so‘zlangan nutq. 11jild. Ò., 
«O‘zbekiston», 2003.

Karimov I.A. O‘zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo‘lmaydi. 13-jild. Ò., 
«O‘zbekiston», 2005.

Karimov I.A. Mintaqada xavfsizlik va barqarorlik yo‘lida. 13-jild. Ò., «O‘zbekiston», 2005.

Karimov I.A. O‘zbekiston va Rossiya ittifoqchi davlatlar. 14-jild. Ò., «O‘zbekiston», 2006.

Karimov I. A. O‘zbek xalqining Islom madaniyati rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasining 
yuksak e’tirofi. 15-jild. Ò., «O‘zbekiston», 2007

Karimov I.A. Shanxay hamkorlik tashkiloti davlat rahbarlari kengashining kengaytirilgan 
tarkibdagi majlisida so‘zlangan nutq. 15-jild. Ò., «O‘zbekiston», 2007. 
E’TIBORINGIZ 
UCHUN RAHMAT

MAVZU: SOVET DAVLATI

REJA :  Bolsheviklarning kommunistik jamiyati.  Fuqarolar urushi va chet el intervensiyasi.  Frontdagi o’zgarishlar.  Sovet  Polsha urushi. Chet el intervensiyasi va fuqarolar urushining tugashi.

 Turkiston xalqlari milliy  ozodlik harakatining tor  mor etilishi.  Yangi iqtisodiy siyosat.  SSSRning tashkil etilishi.  Industrlashtirish.

 Qishloq xo’jaligining kolleltivlashtirish.  Madaniy inqilob.  20  30-yillarda SSSRning tashqi siyosati.  Kollektiv xavfsizlik tizimini vujudga keltirish muammosi.

1. BOLSHEVIKLARNING KOMMUNISTIK JAMIYATI.  Bolsheviklar o’zlari qurmoqchi bo’lgan yangi jamiyatni kommunistik jamiyat deb ataganlar. Ularning fikricha: bu jamiyat o’z taraqqiyotida ikki bosqichni bosib o’tishi kerak edi. Birinchi bosqichni sotsializm , ikkinchi bosqichni esa kommunizm  deb ataganlar.  Sotsializm – kommunistik jamiyatning quyi bosqichi , kommunizm esa yuqori bosqichi edi. U sotsializmning yuksak tarixiy taraqqiyoti natijasida vujudga kelar edi.