Sudralib yuruvchilarning koʻpayishiga taʼsir etuvchi cheklovchi omillar 2
![Mavzu: Sudralib yuruvchilarning ko payishiga ʻ
ta sir etuvchi cheklovchi omillar
ʼ
Reja
Kirish
Sudralib yuruvchilar sinfi haqida
Asosiy qism
Umumiy tushunchalar
Tashqi muhitdagi orni
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro yxati
ʻ](/data/documents/44a67adf-ee1c-4600-aef3-41f9897523a1/page_1.png)
![Sudralib yuruvchilar – birlamchi quruqlikda yashovchi hayvonlar.
Terisi quruq, nafas olishda ishtirok etmaydi. Tuxumini quruqlikka
qo‘yadi. O‘pka orqali nafas oladi. Bu sinf tangachalilar,
toshbaqalar, timsohlar turkumlariga ajratiladi.
Yashash muhiti va tashqi tuzilishi. Ildam kaltakesak O‘rta Osiyoning
cho‘l va tog‘oldi mintaqalarida tarqalgan. Terisi kulrang yoki
yashil-kulrang tusda bo‘lganligi tufayli uni o‘tlar orasida yirtqich
hayvonlar yaxshi payqamaydi. Ular juft-juft bo‘lib yashaydi, turli
hasharotlar bilan oziqlanadi. Ildam kaltakesakning uzunligi dumi
bilan birga 15–20 sm ga yetadi. Konussimon boshi harakatchan,
qisqa bo‘yni orqali tanasiga birikkan. Tumshug‘ining uchida ikkita
burun teshigi, undan orqaroqda – boshining ikki yonida ko‘zlari
joylashgan](/data/documents/44a67adf-ee1c-4600-aef3-41f9897523a1/page_2.png)
![](/data/documents/44a67adf-ee1c-4600-aef3-41f9897523a1/page_3.png)
![
Ko‘zida yuqori va pastki qovoqlari bilan birga yupqa pardaga o‘xshash
pirpiraydigan uchinchi qovog‘i ham bo‘ladi. Dam-badam ochilib va yopilib
turadigan bu uchinchi qovoq kaltakesak ko‘zini doimo 130 8.3. Sudralib
yuruvchilar sinfi namlab turadi. Ko‘zlaridan orqaroqda joylashgan
doirasimon nog‘ora parda tashqi quloq teshigini yopib turadi. Kaltakesak
juda yaxshi eshitadi. Hatto hasharotlar o‘rmalayotganda chiqadigan tovushni
ham sezadi. Kaltakesakning tili tuyg‘u va ta’m bilish organi hisoblanadi. U
uzun ayri tilini tez-tez chiqarib, atrofidagi narsalarni bilib oladi.
Kaltakesakning oyoqlarida 5 tadan panjasi bo‘ladi. Oyoqlar tanaga ikki yon
tomondan birikkan bo‘lganidan tanasini dast ko‘tarib turmaydi. Shuning
uchun harakatlanayotgan kaltakesakning qorni yerda sudraladi; dumi
yurishga yordam beradi. Kaltakesakning quruq terisi muguz tangachalar
bilan qoplangan.](/data/documents/44a67adf-ee1c-4600-aef3-41f9897523a1/page_4.png)
![](/data/documents/44a67adf-ee1c-4600-aef3-41f9897523a1/page_5.png)
![
Ichki tuzilishi. Kaltakesakning ichki tuzilishi ko‘p jihatdan baqanikiga
o‘xshasa-da, ayrim organlari undan farq qiladi. Xususan, uning boshi 8 ta
umurtqalar orqali tanasiga harakatchan birikkan. Ko‘krak umurtqalarining
har biriga ikki yon tomondan bittadan qovurg‘alar tutashgan.
Qovurg‘alarning ikkinchi uchi esa to‘sh suyagiga tutashgan. Ko‘krak
umurtqalari, qovurg‘alar va to‘sh suyagi birgalikda ko‘krak qafasini hosil
qiladi. Ko‘krak qafasida o‘pka va yurak joylashgan. Kaltakesak faqat o‘pkasi
orqali nafas oladi. Kaltakesakning o‘pkasi baqanikiga nisbatan murakkab
tuzilgan, ya’ni o‘pka devori ko‘plab katakchalarga bo‘lingan.](/data/documents/44a67adf-ee1c-4600-aef3-41f9897523a1/page_6.png)
![
Ko‘payishi va rivojlanishi. Sudralib yuruvchilarning tuxumi urg‘ochisi jinsiy yo‘lida urug‘lanadi.
Erkagining spermatozoidlari urg‘ochisining kloakasiga tushadi. Sudralib yuruvchilarda boshqa haqiqiy
quruqlikda yashovchi hayvonlar singari ichki urug‘lanish sodir bo‘ladi. Urg‘ochi kaltakesak 5 dan 15
tagacha urug‘langan tuxumlarini oftob tushib turadigan joyga qo‘yadi. Tuxumlar tuproqqa yuzaroq
qilib ko‘mib qo‘yiladi. Tuxumlar ancha yirik va sariqligi ko‘p bo‘lib, sirti qalin po‘choq bilan
qoplangan. Po‘choq tuxumni qurib qolishdan saqlaydi. Tuxumning sariqligi rivojlanayotgan murtak
uchun oziq hisoblanadi. Kaltakesak tuxumidan voyaga yetgan hayvonga o‘xshaydigan kichik kaltakesak
chiqadi. Regeneratsiyasi. Agar yirtqich hayvon kaltakesak dumidan tutib oladigan bo‘lsa, u dumining
bir qismini tashlab, qochib qoladi. Uzilib qolgan dum birmuncha vaqt qimirlab turadi. Bu hodisa dum
umurtqalaridan birining o‘rtasidan sinishi natijasida yuz beradi. Keyinroq dum yana qaytadan o‘sib
chiqadi, ya’ni regeneratsiya sodir bo‘ladi.](/data/documents/44a67adf-ee1c-4600-aef3-41f9897523a1/page_7.png)
![](/data/documents/44a67adf-ee1c-4600-aef3-41f9897523a1/page_8.png)
![Xulosa
Kaltakesaklarning yuragi baqaniki singari ikkita bo‘lma va bitta qorinchadan
iborat, lekin birmuncha murakkab tuzilganligi bilan suvda hamda quruqlikda
yashovchilarnikidan farq qiladi. Shunga qaramay, ular organizmida moddalar
almashinuvi sust boradi. Kaltakesaklar sovuqqonli hayvonlar bo‘lganidan
tanasining harorati atrof-muhit haroratiga bog‘liq. Shunga ko‘ra sovuq tushishi
bilan ularning harakati sustlashib, hamma sudralib yuruvchilar singari karaxt
bo‘lib qoladi. Kaltakesakning hazm qilish, ayirish va nerv sistemasining
tuzilishi suvda hamda quruqlikda yashovchilarnikiga o‘xshaydi. Lekin tana
muvozanatini saqlaydigan va harakatini boshqaradigan miyachasi ancha kuchli
rivojlangan. Shuning uchun kaltakesaklar suvda hamda quruqlikda
yashovchilarga nisbatan chaqqon va xilma-xil harakat qiladi.](/data/documents/44a67adf-ee1c-4600-aef3-41f9897523a1/page_9.png)
Mavzu: Sudralib yuruvchilarning ko payishiga ʻ ta sir etuvchi cheklovchi omillar ʼ Reja Kirish Sudralib yuruvchilar sinfi haqida Asosiy qism Umumiy tushunchalar Tashqi muhitdagi orni Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro yxati ʻ
Sudralib yuruvchilar – birlamchi quruqlikda yashovchi hayvonlar. Terisi quruq, nafas olishda ishtirok etmaydi. Tuxumini quruqlikka qo‘yadi. O‘pka orqali nafas oladi. Bu sinf tangachalilar, toshbaqalar, timsohlar turkumlariga ajratiladi. Yashash muhiti va tashqi tuzilishi. Ildam kaltakesak O‘rta Osiyoning cho‘l va tog‘oldi mintaqalarida tarqalgan. Terisi kulrang yoki yashil-kulrang tusda bo‘lganligi tufayli uni o‘tlar orasida yirtqich hayvonlar yaxshi payqamaydi. Ular juft-juft bo‘lib yashaydi, turli hasharotlar bilan oziqlanadi. Ildam kaltakesakning uzunligi dumi bilan birga 15–20 sm ga yetadi. Konussimon boshi harakatchan, qisqa bo‘yni orqali tanasiga birikkan. Tumshug‘ining uchida ikkita burun teshigi, undan orqaroqda – boshining ikki yonida ko‘zlari joylashgan
Ko‘zida yuqori va pastki qovoqlari bilan birga yupqa pardaga o‘xshash pirpiraydigan uchinchi qovog‘i ham bo‘ladi. Dam-badam ochilib va yopilib turadigan bu uchinchi qovoq kaltakesak ko‘zini doimo 130 8.3. Sudralib yuruvchilar sinfi namlab turadi. Ko‘zlaridan orqaroqda joylashgan doirasimon nog‘ora parda tashqi quloq teshigini yopib turadi. Kaltakesak juda yaxshi eshitadi. Hatto hasharotlar o‘rmalayotganda chiqadigan tovushni ham sezadi. Kaltakesakning tili tuyg‘u va ta’m bilish organi hisoblanadi. U uzun ayri tilini tez-tez chiqarib, atrofidagi narsalarni bilib oladi. Kaltakesakning oyoqlarida 5 tadan panjasi bo‘ladi. Oyoqlar tanaga ikki yon tomondan birikkan bo‘lganidan tanasini dast ko‘tarib turmaydi. Shuning uchun harakatlanayotgan kaltakesakning qorni yerda sudraladi; dumi yurishga yordam beradi. Kaltakesakning quruq terisi muguz tangachalar bilan qoplangan.