Tarbiya tizimini ijtimoiylashtirish
Mavzu: Tarbiya tizimini ijtimoiylashtirish Reja: 1. Tarbiya –jamiyat rivoji 2. Tarbiyaning kuchi ,xosiyati 3. Tarbiya qonuniyatlari va qoidalari
Hozirgi kunda har tomonlama rivojlangan komil insonni tarbiyalash maqsad vazifalari ma’naviy boylikni, axloqiy poklik, jismoniy mukammallikni o’zida mujassamlashgan ijtimoiy faol kishilarni tarbiyalashni taqazo etadi . Mustaqil O’zbekiston millliy maktabida yoshlarni komil inson qilib tarbiyalash o’z ichiga quyidagilarni oladi:
1. Yuqori aqliy madaniyat, malakali ijodiy mehnat qila olish qobiliyati 2. Shaxsning ijtimoiy yetukligi 3. Faol xayotiy yo’l tutish 4. Ma’naviy fazilatga ega bo’lish 5. Yuqori darajali estetik madaniyat 6. Mukammal jismoniy kamolatga erishish
Tarbiya kuchi, xosiyati haqidagi sharq buyuk olimlarining pedagogic qarashlari katta ahamiyat kasb etadi . Ma’lumki ,Forobiy, Ibn Sino , Beruniy, Al Xorazmiy va boshqalarning g’oyalari hamda pedagogic qarashlari ijtimoiy pedagogic fikr taraqqiyotining dunyoviy jarayoniga ko’p jihatdan ta’sir o’tkazadi.