TEZKOR-QIDIRUV FAOLIYATI
TEZKOR-QIDIRUV FAOLIYATI
1.Tezkor qidiruv faoliyatining asosiy vazifalari,prinsiplari 2.Tezkor qidiruv faoliyatini amalga oshiruvch organlar 3. Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning huquqlari 4. Tezkor-qidiruv faoliyatidagi cheklovlar 5. Tezkor-qidiruv tadbirlarining turlari va o‘tkazish REJA:
Tezkor-qidiruv faoliyatining asosiy vazifalari Tezkor-qidiruv faoliyatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki himoya qilinishini, shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini ta’minlash; jinoyatlarning oldini olish, ularni aniqlash, ularga barham berish va ularni fosh etish, shuningdek jinoyatlarni tayyorlash va sodir etishga daxldor shaxslarni aniqlash hamda topish
Tezkor-qidiruv faoliyatining asosiy prinsiplari Tezkor-qidiruv faoliyatining asosiy prinsiplari qonuniylik, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi, konspiratsiyadan, oshkora va nooshkora usullar uyg‘unligidan iborat. • Qonuniylik prinsipi Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar hamda ularning xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi , ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga aniq rioya qilishi va ularni bajarishi shart. Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirishda qonunchilikka aniq rioya qilishdan hamda ularni ijro etishdan chekinish qonuniylikni buzish hisoblanadi va belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi. • Inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi prinsipi Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar hamda ularning xodimlari tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazishda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etishi shart.
• Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar hamda ularning xodimlari tomonidan inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilgan taqdirda, mazkur organlar hamda ularning rahbarlari ushbu huquqlar, erkinliklar va qonuniy manfaatlarni tiklash, yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash hamda aybdorlarni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish choralarini ko‘rishi shart. • Tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazish natijasida olingan, jinoyat yoki boshqa huquqbuzarlik sodir etish bilan bog‘liq bo‘lmagan axborotdan inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini cheklash uchun foydalanilishi mumkin emas. • Hech kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka, shafqatsiz yoki inson sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas. • Insonning shaxsiy hayoti holatlariga oid ma’lumotlarning oshkor etilishiga olib keladigan, uning hayotini, sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yadigan, sha’ni va qadr- qimmatini kamsitadigan harakatlarni amalga oshirish taqiqlanadi.