logo

TINISH BELGILARINI TO‘G‘RI QO‘LLASH

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

2134.828125 KB
TINISH BELGILARINI TO‘G‘RI QO‘LLASH  KUN HIKMATI
   Agar baxtli yashashni istasangiz, baxtni maqsadga 
bog‘lang,   odamlar yoki narsalarga emas.     O‘ZBEK TILIDA TINISH BELGILARINING AHAMIYATI
Yozuv madaniyatini takomillashtirish va  
savodxonlikni ta’minlashda tinish belgilari alohida 
ahamiyatga   ega. Siz bilasizki, tinish belgilari va 
ularni yozma nutqda   to‘g‘ri qo‘llash yo‘l-
yo‘riqlarini o‘rgatuvchi tilshunoslik bo‘limi  
punktuatsiya  deb nomlanadi. Tinish belgilari 
tilning sintaktik   qurilishi bilan uzviy bog‘liq 
bo‘lib,  yozma nutqni to‘g‘ri, ifodali,   aniq bayon 
qilishda, uning uslubiy ravonligini, tez 
tushunilishini   ta’minlashda  benihoya zaruriy 
vositadir.  O‘ZBEK TILIDA TINISH BELGILARINING SONI 
            O‘zbek tilida 10 ta tinish belgi mavujd. 
Nuqta (.) 
So‘roq belgisi (?)
Undov belgisi (!)
Vergul (,)
Ikki nuqta  (:)
Nuqtali vergul (;)
Qavs  ()
Qo‘shtirnoq (“”)
Ko‘p nuqta (…)
Tire (-)  19.1  MASHQ. O’RDAK EMAS BURGUT BO‘LING 
         Burgutlar va o‘rdaklar o‘rtasidagi farqlarga diqqat qiling-a:
– „ Men buni qila olmayman“, – deyishadi o‘rdaklar. „Bu qanday 
bajariladi?“ – so‘rashadi burgutlar;
–  o‘rdaklar tez tushkunlikka tushadi, burgutlarda esa hayotsevarlik 
kuchli;
–  o‘rdaklar faqat eng keragini qilishadi, ba’zan uni ham qilishmaydi. 
Burgutlar esa keragidan ortig‘ini bajarishadi;
–  o‘rdaklar sharoitdan norozi bo‘lishadi, nolib g‘ag‘illayveradi. 
Burgutlar esa sharoitni o‘zgartira olishadi;
–  o‘rdaklar har qanday imkoniyatdan muammo topadi, burgutlar esa 
har qanday muammodan imkoniyat izlaydi.  19.1- MASHQ YUZASIDAN TOPSHIRIQLAR 
*
Berilgan matndan qanday xulosa chiqardingiz? 
*
Matndagi asosiy g‘oya nimalarda aks etadi?
*
O‘rdaklarning hayot tarzi, fe’l-atvori siz uchun 
tanish manzarami yoki yangilik?
*
Hayotda burgut bo‘lib yashash uchun insondan 
nimalar talab qilinadi?
*
  Atrofingizda „burgut“lar ko‘pmi yoki „o‘rdak“lar?    19.2-mashq. TINISH BELGILARNI QO‘YIB   KO‘CHIRING. 
MASALGA SARLAVHA QO‘YING
1. Yo‘l yoqasida bir gadoy tilanchilik qilib turar edi// 
Bir otliq odam yonidan o‘tib ketayotib qamchisi 
bilan uni bir urdi va yo‘lida davom etdi// Gadoy 
uning orqasidan qarab//
–  Baxtli bo‘l// // dedi// Buni ko‘rib turgan bir 
yo‘lovchi//
–  U seni ursa-yu// sen unga baxt tilasang// bu 
qanaqasi// // deb so‘radi//
Shunda tilanchi//
–  Agar u baxtli bo‘lmasa// meni urmas edi// // deb 
javob berdi//    19.2-mashq. TINISH BELGILARNI QO‘YIB  
KO‘CHIRING. MASALGA SARLAVHA QO‘YING
2. Katta Mushuk dumi bilan o‘ynayotgan mitti Mushukchadan so‘radi//
–  Nega dumingni quvlayapsan//
Mushuk javob berdi//
–  Bir Mushuk uchun eng asosiy narsa baxt ekanligini// baxt esa 
dumimdaligini bildim// Dumimni tutganimda// albatta// baxtga 
erishaman//
Shunda katta Mushuk//
–  Yoshligimda men ham dumimni baxt deb bilardim// keyinchalik 
shuni anglab yetdimki// uni quvlasam// mendan uzoqlashadi// 
aksincha// qachon o‘z ishim bilan xotirjam ovora bo‘lib yursam// 
doimo izimdan ergashadi// // dedi mitti Mushukchaga//  19,3- MASHQ TINISH BELGILAR BILAN BOG‘LIQ 
XATOLIKLARINI ANIQLANG 
‼
Odamning eng baxtli chog‘i: boshqalarga 
yaxshilik qilgan onlari. 
‼
Og‘ir Baxtsizliklar uzoq cho‘zilmaydi – 
maydalari esa e’tibor berishga arzimaydi.
‼
  Hayotda faqat birgina chinakam baxt bor; u 
ham bo‘lsa, – boshqalar uchun 
yashamoqlikdir. 
‼
  Haqiqiy baxt daryoga o‘xshaydi; qanchalik 
chuqur bo‘lsa – shunchalik shovqinsiz oqadi  INSON UMRINING FASLLARGA QIYOSLANISHI  
Tong.
Quyoshli ufq.
Maysazor.
Maysazorda kunning go‘dakligi
Emaklaydi qiyqirib.
Yuragida umid g‘unchasi,
Yuzlarida quvonch chechagi,
Ko‘zlarida omad shu’lasi. Tush.
Maysazor.
Maysazorda o‘spirin kun
Halloslaydi sher misol.
Yuragida shiddat to‘foni,
Yuzlarida hayrat gulxani,
Ko‘zlarida g‘ayrat chaqmog‘i.  INSON UMRINING FASLLARGA QIYOSLANISHI  
Shom.
Maysazor.
Maysazorda sukunat sayri.
Keksaygan kun
Yonboshlaydi qirga hansirab.
Yuragida xayol to‘lqini,
Yuzlarida hasrat uchquni,
Ko‘zlarida armon buluti.
  ( N. Norqul )
Nima uchun ushbu slaydda Navoiy  surati keltirilgan?   TEST SINOVI
1. Gapda tushirib qoldirilgan tinish belgilari to‘g‘ri 
berilgan qatorni toping.  „ Urush va tinchlik“ romanining 
bir joyi bor biz birovlarni bizga qilgan yaxshiligiga qarab 
emas o‘zimizning ularga qilgan yaxshiliklarimizga qarab 
yaxshi ko‘ramiz deyilgan. (T.Sodiqova) 
A. Qo‘shtirnoq, vergul, vergul, vergul, tire, nuqta. 
B. Ikki nuqta, qo‘shtirnoq, vergul, vergul, tire, nuqta. 
C. Ikki nuqta, vergul, qo‘shtirnoq, tire, nuqta. 
D. Ikki nuqta, qo‘shtirnoq, vergul, qo‘shtirnoq, vergul, tire, 
nuqta.   TEST SINOVI 
  2. Qo‘shtirnoq noto‘g‘ri qo‘llangan javobni 
toping. 
A. „Baxt kulgi bor uyga kirar“, – deb yozadi Erkin 
Vohidov. 
B. „Baxt“ o‘zi nimadir, anglay olmadim. 
C. Yangasining „shirin“ tili sababli Kozimjon baxtini 
izlab shaharga ketdi. 
D. Deyl Karnegining „Baxtli bo‘lish sirlari“ kitobini 
o‘qiganmisiz?   TINISH BELGILAR JILOSI 
 

Baxtli-taxtli bo‘lgin, onang kabi baxtsiz bo‘lma .(Onang kabi 
baxtsiz bo‘lma. ) 

  Baxtli-taxtli bo‘lgin onang kabi, baxtsiz bo‘lma.  (Onang kabi 
baxtli-taxtli bo‘l) .

  Erta tong. Yuzingda baxt shu’lasi o‘ynar.    (Atov gap)

–  Erta tong(da) yuzingda baxtning  shu’lasi o‘ynar.  (Erta tong 
payt holi )  MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR
1. Qaysi tinish b е lgilari qo‘shaloq holda ishlatiladi? 
2. Nashriyot ishlarida qisqartirilgan so‘zlar qanday tinish belgilari 
bilan qo‘llanadi? 
3. Inson ruhiyati bilan bog‘liq o‘rinlarda qanday tinish belgilari 
ishlatasiz?   UYGA VAZIFA  
19.1  va 19.2- topshiriqlar bajarib kelish.    E’TIBORINGIZ UCHUN
 RAHMAT

TINISH BELGILARINI TO‘G‘RI QO‘LLASH

KUN HIKMATI Agar baxtli yashashni istasangiz, baxtni maqsadga bog‘lang, odamlar yoki narsalarga emas.

O‘ZBEK TILIDA TINISH BELGILARINING AHAMIYATI Yozuv madaniyatini takomillashtirish va savodxonlikni ta’minlashda tinish belgilari alohida ahamiyatga ega. Siz bilasizki, tinish belgilari va ularni yozma nutqda to‘g‘ri qo‘llash yo‘l- yo‘riqlarini o‘rgatuvchi tilshunoslik bo‘limi punktuatsiya deb nomlanadi. Tinish belgilari tilning sintaktik qurilishi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, yozma nutqni to‘g‘ri, ifodali, aniq bayon qilishda, uning uslubiy ravonligini, tez tushunilishini ta’minlashda benihoya zaruriy vositadir.

O‘ZBEK TILIDA TINISH BELGILARINING SONI O‘zbek tilida 10 ta tinish belgi mavujd. Nuqta (.) So‘roq belgisi (?) Undov belgisi (!) Vergul (,) Ikki nuqta (:) Nuqtali vergul (;) Qavs () Qo‘shtirnoq (“”) Ko‘p nuqta (…) Tire (-)

19.1 MASHQ. O’RDAK EMAS BURGUT BO‘LING Burgutlar va o‘rdaklar o‘rtasidagi farqlarga diqqat qiling-a: – „ Men buni qila olmayman“, – deyishadi o‘rdaklar. „Bu qanday bajariladi?“ – so‘rashadi burgutlar; – o‘rdaklar tez tushkunlikka tushadi, burgutlarda esa hayotsevarlik kuchli; – o‘rdaklar faqat eng keragini qilishadi, ba’zan uni ham qilishmaydi. Burgutlar esa keragidan ortig‘ini bajarishadi; – o‘rdaklar sharoitdan norozi bo‘lishadi, nolib g‘ag‘illayveradi. Burgutlar esa sharoitni o‘zgartira olishadi; – o‘rdaklar har qanday imkoniyatdan muammo topadi, burgutlar esa har qanday muammodan imkoniyat izlaydi.