Tinish belgilari
Mavzu :Tinish belgilari.
Reja: 1. Punktuatsiya.Tinish belgilarining ahamiyati. 2. Nuqta va vergulning ishlatilishi. 3. So'roq va undov belgilarining ishlatilishi. 4. Ikki nuqta va nuqtali vergulning qo'llanilishi. 5. Tire va qo'shtirnoqning qo'llanilishi. 6. Ko'p nuqta va qavsning ishlatilishi.
Punktuatsiya.Tinish belgilarining ahamiyati Yozuv madaniyatini takomillashtirish va savodxonlikni ta'minlashda tinish belgilari alohida ahamiyatga ega. Tinish belgilari va ularni yozma nutqda to'g'ri qo'llash yo'l -yo'riqlarini o'rgatuvchi tilshunoslik bo'limi punktuatsiya deb nomlanadi. Tinish belgilari tilning sintaktik qurilishi bilan uzviy bog'liq bo'lib , yozma nutqni to'g'ri ,ifodali , aniq bayon qilishda, uning uslubiy ravonligini , tez tushunilishini ta'minlashda benihoya zaruriy vositadir.
Nuqta va vergulning ishlatilishi Nuqta o'zbek tilida , odatda,his-hayajonsiz aytilgan darak gaplardan so'ng qo'yiladi. Misol Yo'ragida qo'ri bor odamning qo'llari ham issiq bo'ladi. Vergul uyushiq bo'laklar,undalmalar ,kirish so'z va birikmalar , ajratilgan bo'laklar , tasdiq , inkor , ta'kid va shu kabi ma'nolarni bildiruvchi ha ,yo'q,rahmat,xo'sh , qani , xayr, ofarin ,salom kabi so'zlardan keyin qo'yiladi. Misol Ish vaqtida ayyor , osh vaqtida tayyor bo'lib, sirting yaltirab, iching qaltirab turib , tirikman degandan ko'ra o'lim afzal
So'roq va undov belgilarining ishlatilishi. • So'roq belgisi so'roq gaplarning oxiriga qo'yiladi. Shuningdek, gap yoki matn ichidagi birorta so'z yoki jumla mujmal , noaniq , tushunarasiz bo'lsa,undan so'ng qavs ichiga so'roq belgisi qo'yilishi mumkin. - Eshagim , harom o'lgur , hangrayverib jonga tegyapti. Mamarayim , nima qilsam bo'ladi-a? • Undov belgisi kuchli his-hayajon bilan aytilgan gaplardan so'ng qo'yiladi. Buyurish , yalinish , istak , xohish va shu kabi ma'nolarni ifodalovchi gaplarning oxirida ham ishlatiladi. -Nima qilay? -O'qi!