Islom sivilizatsiyasining asosiy harakterlari belgilari o'ziga xos xususiyatlari
ISLOM SIVILIZATSIYASINING ASOSIY HARAKTERLARI BELGILARI O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Islom ( arabcha — bo ysunish, itoat etish, o zini ʻ ʻ Alloh irodasiga topshirish) — jahonda keng tarqalgan uch dindan ( buddizm va xristianlik bilan bir qatorda) biri. Islom diniga e tiqod qiluvchilar ʼ arabcha „muslim“ („sadoqatli“; ko pligi „muslimun“) deb ataladi. „Muslim“, „muslimun“ ʻ so zining boshqa xalqlar orasida o zgacha talaffuz etish ʻ ʻ (masalan, forslarda — musalmon, o zbeklarda — ʻ musulmon, qirg iz va qozoqlarda — musulmon, ʻ Ukraina va Rossiyada — basurman) natijasida bu dinga e tiqod ʼ qiluvchilar turli nom bilan ataladi. Lekin bularning ichida hozir musulmon iborasi keng tarqalgan.
Jahonda qariyb 1,2 milliard kishi Islomga e tiqod qiladi. ʼ Musulmonlarning 2/3 qismidan ko prog i ʻ ʻ Osiyoda yashaydi va bu qit a ʼ aholisining 20 % idan ortiqrog ini tashkil etadi. Qariyb 30 % ʻ musulmonlar Afrikaga to g ri keladi (qit a aholisining deyarli yarmi). ʻ ʻ ʼ Dunyoda musulmon jamoalari mavjud bo lgan 120 dan ortiq ʻ mamlakatdan 40 dan ziyodida musulmonlar aholining ko pchiligini ʻ tashkil qiladi — Shimoliy Afrika, G arbiy Osiyoning barcha ʻ mamlakatlarida ( Kipr , Livan , Isroil mustasno), Senegal , Gambiya , Niger , Somali , Afg oniston ʻ , Pokiston , Bangladesh , Indoneziya va boshqa ba zi mamlakatlarda aholining 80 % dan ortig i ʼ ʻ musulmonlardir.
Bir qancha mamlakatlarda musulmonlar aholining yarmidan 80 % igacha tashkil qiladi ( Gvineya , Mali , Livan , Chad , Sudan ). Malayziya va Nigeriyada qariyb yarmi, ba zi bir mamlakatlar ( ʼ Gvineya-Bisau , Kamerun , Burkina- faso , Syerra-Leone va boshqa)da musulmonlar ozchilikni tashkil qilsa ham, ta sir ʼ doirasi kuchli. Musulmonlarning soni jihatdan eng yirik davlatlar — Indoneziya , Hindiston , Pokiston va Bangladesh ; musulmonlarning anchasi Markaziy Osiyo mamlakatlari, Xitoy , Tailand , Efiopiya , Tanzaniya , Kiprda , Yevropaning ayrim mamlakatlari ( Bosniya va Gersegovina , Albaniya , Buyuk Britaniya , GFR, Fransiya va boshqa), Shimoliy va Janubiy Amerika qit asi ʼ mamlakatlari ( AQSH , Kanada , Argentina , Braziliya , Gayana , Surinam , Trinidad va Tobago)da, Avstraliyada , Fiji orollarida yashaydi.