logo

islom sivilizatsiyasining asosiy xarakterlari, o’z belgilari, o’ziga xos xususiyatlari va rivojlanishi bosqichlari

Yuklangan vaqt:

15.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1206.9482421875 KB
ISLOM  SIVILIZATSIYASINING ASOSIY 
XARAKTERLARI, O’Z BELGILARI, O’ZIGA 
XOS XUSUSIYATLARI VA RIVOJLANISHI 
BOSQICHLARI    ISLOM SIVILIZATSIYASI RIVOJLANISHING APOGEYASI (O’Z TARAQQIYOTINING 
CHO’QQISI) HAMDA UNING TARAQQIYOTI VIII ASRDAN XII ASRGACHA BO’LGAN 
DAVRNI O’Z ICHIGA OLADI. BUNGA HAMMA ROZI. FAQAT ISLOM SIVILIZATSIYASI 
SO’NISHINING SANASINI ANIQLASH MUAMMOLIDIR. DOIMIY FIKRGA 
ASOSLANADIGAN BO’LSA, UNDA ISLOMNING SO’NISHI XIII ASRDA BOSHLANGAN. 
BIROQ BUNDAY O’YLASH – IKKITA UMUMAN HAR XIL HOLATLARNI 
CHALKASHTIRISHDIR: ISLOM QUDRATINING SO’NISHI HAMDA ISLOM 
SIVILIZATSIYASINING SO’NISHI.  
Shubhasizki, XIII asrda aniq ravshanki islom o’zining liderlik 
pozitsiyasini yo’qotdi. Sodir bo’lishi mumkin bo’lgan eng 
yomoni, islom tomonidan rivojlanish dinamikasining 
yo’qotilishi XVIII asrda boshlangan. Agar sivilizatsiyaning 
sekinlik bilan rivojlanishini hisobga oladigan bo’lsak, bu 
unchalik uzoq vaqt emas. Islom sivilizatsiyasining taqdiri – bu 
ko’plab millatlarni taqdiridir. Bu millatlarni hozirda sust 
rivojlangan deb aytishadi, sababi ular industrial revolyutsiyani – 
xalqaro rivojlanishni juda tezlashtiradigan birinchi 
revolyutsiyani o’tkazib yuborishgan. Bu sohadagi yutuqlarning 
yo’q bo’lishiga qaramasdan, islom sivilizatsiya sifatida 
tanazzulga yuz tutmagan. U faqat Yevropadan moddiylik 
nuqtayi nazaridan ikki asrga ortda qolgan. Islom siyosiy reallik sifatida bi 
necha yil ichida shakllandi. 
Arablar bosqinchilik urushlari 
vositasida imperiyani yaratishdi. 
Biroq islom sivilizatsiyasi shu 
imperyianing hamda qadimdan 
mavjud bo’lgan sivilizatsiyalar 
qorishmasining nattijasi bo’ldi. 
Bunga ko’p vaqt hamda ko’p 
avlod kerak bo’ldi. Arablarning 
o’z diniga e’tiqodlar kam edi, 
ko’o narsa o’sha davrda 
ketayorgan jarayonlarga bog’liq 
edi: arablarning birinchi 
bosqinchilik davri davlatni, 
imperiyani yaratdi, biroq 
sivilizatsiyani emas.   Вставка рисунка Ba’zi bir tadqiqotchilarga 
ko’ra , dastlab arab bosqinchilari 
mag’lub bo’lganlarni o’z e’tiqodiga 
o’tkazishga ham, ularning e’tiqodiga 
o’tishga ham harakat qilishmagan. 
Ular faqat bo’ysundirilgan 
sivilizatsiyalardan foydalanishgan, 
undan ziyotisi emas: Fors, Suriya, 
Misr, Rim Afrikasi (arablar bu yerni 
Ifrika deb atashgan, uning hududi 
bugungi kunda Tunisga to’g’ri 
keladi), Ipaniya (hozirgi Andaluziya). 
Agar o’sha davrda xristianlar islomni 
qabul qilishga harakat qilishsa, ularni 
tayoq bilan jazolashgan. Bu jarayon 
soliqlar faqat musulmon 
bo’lmaganlardan olingani uchun 
bo’lgan, yangi xo’jayinlar esa 
o’zlarining doromadining 
kamayishiga qarshi edi.       
To’rt yoki besh asr davomida Islom Eski Dunyoning 
eng zo’r sivilizatsiyasi bo’lib qoldi. Umuman va 
xususan olganda, Xalifalikning oltin asri Xorun ar- 
Rashidning o’g’li Al – Ma’mun (813 – 833) 
davridan boshlanadi, u Bog’dodda Donishmandlik 
uyiga (bir vaqtning o’zida ham kutubxona, ham 
tarjima markazi va astronomik abservatoriya edi) 
asos soladi, va oltin asr Avveroesa (Ibn Rushda) 
ning o’limigacha davom etgan, u mashhur arab 
faylasuflaridan biri bo’lib, 1198 – yili Marokashda 
olamdan o’tadi (o’sha payt u 72 yoshda bo’lgan). 
Biroq g’iya va san’at tarixi o’zi bilan Islomning 
buyukligini tushuntirib bermaydi.  
Musulmon falsafasining tadqiqotchisi Leon Gotyening fikricha, islom 
g’oyasining rivojlanishi uchun eng qulay payt hamma narsaga qodir va 
ma’rifatlangan xalifaning himoyasiga umid qiladigan paytda – «tinchlik va 
umumrivojlanish davrida» bo’lgan. VIII – IX asrlarda Sharqda Al – 
Mansurdan tortib toki Al – Mutavakkilgacha bo’lgan xalifalar shunday 
hukmdor bo’lishgan, ular deyarli yuz yil davomida musulmon olamida grek 
ilm – fani va falsafasining rivojlanishi uchun zamin yaratishdi, avvalo betaraf 
– xristianlar tomonidan qilingan ko’p sonli tarjimalar tufayli bo’ldi; xuddi 
shu gapni Almoxadax xalifalari (XII asr) haqida ham aytsa bo’ladi, ular 
o’ziga yaqin faylasuf va shifokorlar bilan yuzma – yuz suhbat qurish odati 
bor edi. Xuddi shunday qulay dave sifatida yagona imperiyasining so’nishi 
vaqtini ko’rsatish mumkin, chunki bu davrda jasur bilim sohiblar mahalliy 
hukmdorlar orasidan u yoki bu hukmdorni homiy sifatida tanlashi mumkin 
edi; Al – Farobiy uchun IX asrning birinchi yarmida shunday homiy Aleppo 
amiri Sayf ad – Daula bo’ldi.    
Leon Gotye o’zingiz ko’rib 
turganingizdek, muammoni siyosiy tarix 
terminlarida deb ko’rsatmoqda. 
Sivilizatsiya hukmdorlarga, 
“ma’rifatlangan despotlarga” bog’liq edi. 
Bog’dod xalifaligining tezlik bilan 
qulashi aqlbovar qilmas siyosiy 
tarqoqlikni keltirib chiqardi, biroq 
g’oyaning tarqalishiga zarar yetkazmadi. 
Aksincha, u ma’lum darajada intelektual 
erkinlikka yordam berdi, chunki 
o’qimishli odamlarga qudratli homiylarni 
va davlatlarni almashtirish imkonini 
bergan. Natijada xuddi shudnay jarayon 
uyg’onish davrida italiyada, XVII va 
XVIII asrlarda Yevropada takrorlanadi. 
Islom sivilizatsiyasida bu ma’rifatlangan 
odamlarning imtiyozi bo’lgan.        
Abbosiylar boshqaruv davrida tub o’zgarish: VIII asr 
o’rtalarida qat’iyatli o’zgarishlar ro’y beradi. Bular 
siyosiy, ijtimoiy va keyinchalik intelektual sohadagi 
burilishlar edi. Bu xalifalik Abbosiylarga o’tayotagan 
paytda hamda ularning qora shtandarti (davlat bayrog’i) 
oq shtandart o’rniga kelayotgan paytda yuz bergan.  Bu 
davrda arab dunyosi Sharqqa qadam quyadi va uni oldin 
o’ziga tortgan O’rtayer dengizidan sekinlik bilan 
uzoqlashadi. Yangi xaliflar davrida islom dunyosining 
poytaxti Damashqdan Bog’dodga ko’chiriladi. Bu holat 
eronliklarning hamda boshqa bosib olingan xalqlarning 
kuchayishiga olib keladi. Bu hokimiyat tepasida bir asr 
turgan, “qoni toza” arablar hukmronligining yakunini 
englatar edi, ular uch yoki to’rt avlod boshqargan. Shu 
davr mobaynida “yuqori tabaqa” boylik va hashmat 
botqog’iga botib qoldi, sivilizatsiya rohatida o’z 
afzalliklarini yo’qotadi. Ibn Xaldun, Andalusiyalik 
aslzoda arab, keyinchalik bu sivilizatsiyani 
“personifitsiyalashgan yovuzlik” (shaxslantirilgan, 
jonlantirilgan) deb ataydi.  
Tabiiyki, moddiy taraqqiyot hamma joyga 
yetib borgan sharoitida birinchi o’ringa 
eski sivilizatsiyalashgan mamlakatlar 
chiqadi. 820 – yilga kelib xalifaning 
daromadi o’sha davrdagi Vizantiya 
imperiyasining yillik daromadidan 5 marta 
ko’p daromad kelgan. Katta boylik ilk 
savdo kapitalizmi, Xitoy va Hindiston, For 
ko’rfazi davlatlari, Efiopiya, Qizil dengiz 
mamlakatlari, Ifrika, Andaluziya va 
boshqa mamlakatlar bilan savdo aloqalari 
rivojlanganligi tufayli to’plangan .  
Shunday qilib Islomning asoslari qadimgi 
Sharq va O’rtayer dengizi 
sivilizatsiyalaridan olish hisobiga 
boshqacha talqin qilinadi, ular esa o’z 
navbatida yosharish jarayoniga uchraydi. 
Bu sivilizatsiyalarning hammasi umumiy 
til bilan bog’liq holda yagona va 
imtelektual vazifani bajaradi; Arabiston 
tarixiy epizodlarning biri, xolos; ma’lum 
nuqtayi nazardan qaralsa, musulmon 
sivilizatsiyasi arab bo’lmagan xalqlarning 
islomga o’tishi, musulmon 
maktablarining ko’payishi, Anlantikadan 
to Pomirgacha bo’lgan hududda islomga 
e’tiqod qiluvchilarning birlashmasi 
vujudga kelishining natijasida paydo 
bo’lgan.

ISLOM SIVILIZATSIYASINING ASOSIY XARAKTERLARI, O’Z BELGILARI, O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA RIVOJLANISHI BOSQICHLARI

ISLOM SIVILIZATSIYASI RIVOJLANISHING APOGEYASI (O’Z TARAQQIYOTINING CHO’QQISI) HAMDA UNING TARAQQIYOTI VIII ASRDAN XII ASRGACHA BO’LGAN DAVRNI O’Z ICHIGA OLADI. BUNGA HAMMA ROZI. FAQAT ISLOM SIVILIZATSIYASI SO’NISHINING SANASINI ANIQLASH MUAMMOLIDIR. DOIMIY FIKRGA ASOSLANADIGAN BO’LSA, UNDA ISLOMNING SO’NISHI XIII ASRDA BOSHLANGAN. BIROQ BUNDAY O’YLASH – IKKITA UMUMAN HAR XIL HOLATLARNI CHALKASHTIRISHDIR: ISLOM QUDRATINING SO’NISHI HAMDA ISLOM SIVILIZATSIYASINING SO’NISHI.

 Shubhasizki, XIII asrda aniq ravshanki islom o’zining liderlik pozitsiyasini yo’qotdi. Sodir bo’lishi mumkin bo’lgan eng yomoni, islom tomonidan rivojlanish dinamikasining yo’qotilishi XVIII asrda boshlangan. Agar sivilizatsiyaning sekinlik bilan rivojlanishini hisobga oladigan bo’lsak, bu unchalik uzoq vaqt emas. Islom sivilizatsiyasining taqdiri – bu ko’plab millatlarni taqdiridir. Bu millatlarni hozirda sust rivojlangan deb aytishadi, sababi ular industrial revolyutsiyani – xalqaro rivojlanishni juda tezlashtiradigan birinchi revolyutsiyani o’tkazib yuborishgan. Bu sohadagi yutuqlarning yo’q bo’lishiga qaramasdan, islom sivilizatsiya sifatida tanazzulga yuz tutmagan. U faqat Yevropadan moddiylik nuqtayi nazaridan ikki asrga ortda qolgan.

Islom siyosiy reallik sifatida bi necha yil ichida shakllandi. Arablar bosqinchilik urushlari vositasida imperiyani yaratishdi. Biroq islom sivilizatsiyasi shu imperyianing hamda qadimdan mavjud bo’lgan sivilizatsiyalar qorishmasining nattijasi bo’ldi. Bunga ko’p vaqt hamda ko’p avlod kerak bo’ldi. Arablarning o’z diniga e’tiqodlar kam edi, ko’o narsa o’sha davrda ketayorgan jarayonlarga bog’liq edi: arablarning birinchi bosqinchilik davri davlatni, imperiyani yaratdi, biroq sivilizatsiyani emas.

Вставка рисунка Ba’zi bir tadqiqotchilarga ko’ra , dastlab arab bosqinchilari mag’lub bo’lganlarni o’z e’tiqodiga o’tkazishga ham, ularning e’tiqodiga o’tishga ham harakat qilishmagan. Ular faqat bo’ysundirilgan sivilizatsiyalardan foydalanishgan, undan ziyotisi emas: Fors, Suriya, Misr, Rim Afrikasi (arablar bu yerni Ifrika deb atashgan, uning hududi bugungi kunda Tunisga to’g’ri keladi), Ipaniya (hozirgi Andaluziya). Agar o’sha davrda xristianlar islomni qabul qilishga harakat qilishsa, ularni tayoq bilan jazolashgan. Bu jarayon soliqlar faqat musulmon bo’lmaganlardan olingani uchun bo’lgan, yangi xo’jayinlar esa o’zlarining doromadining kamayishiga qarshi edi.