Yosh davirlar va ularning o’ziga xos psixologik xususiyatlari
Yosh dav irlar v a ularning o’ziga xos psixologik xususiy at lari
Yosh davrlari psixologiyasi va tarbiya jarayoni Yosh davrlari klassifikastiyasi. Yosh davrlarining xususiyatlari. Yosh davrlari muammolari haqida. Maktabgacha yoshdagi bolalarning psixologik xususiyatlari. Shaxs xususiyatlarining shakllanishi. O’smirlik va o’spirinlik davrlarida shaxs taraqqiyotining qonuniyatlari. O’spirinlik davrida dunyoqarashning va ma’naviy qadriyatlarning shakllanishi. Shaxs dunyoqarashi. E’tiqodni o’zgartiruvchi psixologik omillar. Ma’naviy tasavvurlarni shakllantirishda ma’rifiy ishlarning o’rni. Milliy, umuminsoniy qadriyatlar va ulardan yoshlar tarbiyasida samarali foydalanish.
Yosh davrlari klassifikastiyasi. Shu vaqtgacha psixologiya ilmida shaxs taraqqiyotini davrlarga bo’lib o’rganishga juda katta e’tibor qaratilgan. Bir qancha davriy sxemalar ham taklif etilgan. Lekin shu sohada astoydil ijod qilgan har qanday olim o’zining «davrlarini» taklif etavergan. Bu tushunarli, zero insonning hayotiy yo’li va uning asosiy lahzalari tarixiy taraqqiyot mobaynida o’zgaradi, bir avloddan ikkinchi avlod taraqqiyotiga o’tishning o’zi ham qator o’zgarishlarni keltirib chiqaradi. Davrlarga bo’lishga qaratilgan klassifikastiyalarning o’zi ham ikki turli bo’ladi: juz’iy (alohida davrlarni yana qo’shimcha davrlarga bo’lish — «davrlar ichidagi davrlar») va umumiy (inson umrining barcha bosqichlarini o’z ichiga olgan).