logo

Yosh davrlarining psixologik xususiyatlari

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

5145.2109375 KB
Mavzu : Yosh davrlarining 
psixologik xususiyatlari             REJA:
1. Turli yosh davrlardagi anotonik tuzilishi.
2. Shartli va shartsiz reflekslar.
3. Yosh davrlarning qonuniyatlari
4. Yosh davrlarda vujudga keladigan 
sabablarning inqirozlari.                                                   Turli yosh davrlardagi anotonik tuzilishi.
Yosh davrlari psixologiyasi turli yoshdagi insonlarning psixik rivojlanishi, psixik xususiyatlari va 
ularning o‘ziga xos omillari mezonlari hamda mexanizmlari haqidagi fandir. Shuningdek, u 
muayyan yoshdagi insonlarning o‘ziga xos xususiyatlarini ham o‘rganadi. Shuning uchun ijtimoiy 
hayotda ta’lim-tarbiyada, guruhlar hamda jamoalarda, ishlab chiqarish va oilaviy munosabatlarda 
yosh davrlari psixologiyasi alohida o‘rin tutadi. Inson shaxsining tarkib topishi va bilish 
jarayonlarining rivojlanish muammosini inson psixikasining rivojlanishi qonunlarini hisobga 
olmay, oqilona hal qilib bo‘maydi. Shuning uchun hozir «inson omili» masalasi dolzarb mavzuga 
aylandi. Yosh davrlari psixologiyasi, inson psixikasining rivojlanish qonuniyatlari va
xususiyatlari hamda shu rivojlanishning bosqichlari to‘g‘risidagi fandir. Yosh davrlari 
psixologiyasining asosiy vazifasi shaxsning kamol topishi qonuniyatlari va turli yosh davridagi 
odamlarda vujudga keladigan psixik faoliyat, holat va shart-sharoitlarning o‘zaro ta’siri
xususiyatlarini aniqlashdan iboratdir.Yosh davrlari psixologiyasi ana shu vazifalarni hal qilish 
bilan amaliy maqsadlarni ro‘yobga chiqaradi                          Ta’lim-tarbiya  ishlarini  takomillashtirishga  yordam  beradi.  Moddiy  ne’matlar 
ishlab  chiqarishning  samaradorligini  oshirishga,  millatlararo  munosabatlarni 
yaxshilashga,  shaxslararo  muloqotni  to‘g‘ri  yo‘naltirishga,  jamoada  ijobiy 
psixologik  iqlim  yaratishga,  uzoq  umr  ko‘rish  sirlarini  ochishga,  oilaviy
munosabatlarni  mustahkamlashga,  ajralishlarning  oldini  olishga  xizmat
qiladi.  Mazkur  psixologiya  fanining  sohasi  XIX  asrning  boshlarida
vujudga  kelgan,  lekin  dastlabki  ildizi  qadimgi  Yunon  madaniyatiga
borib taqaladi. Uning predmeti va qonuniyatlari to‘g‘risida jahon psixologiyasi 
olamida  turli  qarashlar  va  nazariyalar  mavjud  Ularning  juda
keng  tarqalganlari  biogenetik  (V.Shtern),  sotsiogenetik  (K.Levin)
bixevoritsik  (E.Torndayk)  psixoanalitik  (Z.Freyd)  nazariyalaridir.
Shuningdek,  metodlarga  asoslanib  tadqiqotlar  olib  borgan  olimlar
ham  juda  ko‘p.  Ilmiy  psixologik  adabiyotlar  emperik  ma’lumotlar
yosh  davri  psixologiyasining  mustaqil  fan  sifatida  ajralib  chiqishiga
qator  omillar  va  holatlar  sabab  bo‘lgan  degan  xulosaga  keldik.              1.  Barcha  fanlar  negiziga  kirib  borgan  evolutsiya  g‘oyasining
(Ch.Darvin)  inson  psixikasining  rivojlanish  jarayonida  o‘rganish  zarurligi.
2.  Umuminsoniy,  umumpsixik  qonuniyatlar  turli  yoshdagi  odamlar  xatti-harakatini  psixik 
xususiyatlarini  va  bolalarning  o‘sishiga  biror
bir  faoliyatning  ta’sirini  aniqlash  uchun  yetarli  emasligini  e’tirof  etish.
3.  Yosh  davrlari  psixologiyasi  insonning  (tug‘ilganidan  umrining
oxirigacha)  kamoloti  uchun  metodologik  va  nazariy  ahamiyatga  ega
ekanligi  tan  olingani.
4.  Turli  yoshdagi  odamlar  (maktabgacha  yoshdagi  bolalar,  maktab
o‘quvchilari,  o‘rta  va  oliy  o‘quv  yurtlarining  talabalari,  ishchilar,
xodimlar,  qariyalar  har  xil  psixologik  xususiyatlarga  ega  ekanligi
sababli  tarbiya,  ishlab  chiqarish,  ijtimoiy  ta’minot  muassasalari,
yetimxonalar,  bolalar  uyi,  kaloniyalar  maxsus  maktablar,  internatlar,
psixonevrologik  dispanserlar,  qariyalar  uylari,  shifoxonalar  va
boshqalar)  ning  xodimlarida  ehtiyojlar  ortib  borayotgani  .
5.  Tibbiyot  fani  va  uning  tarmoqlari  rivojlanishi  psixiatriya,  psixonevralogiya, 
psixogigiyena,  neyroxirurgiya,  sangigiyena  bolalar  va
kattalar  patalogiyasi,  genetika,  oliy  nerv  faoliyati  va  hokazolar
bo‘yicha  kopleks  tadqiqotlarning  vujudga  kelishi,  psixologiya
biologiya,  meditsina,  sotsiologiya  fanlarining  hamkorligida  ilmiy
tadqiqot  ishlari  olib  borilishi.                         Shartli va shartsiz reflekslar .                                       Shartsiz reflekslar , — organizmning ichki va tashqi qo zg atuvchilar ta siriga nisbatan ʻ ʻ ʼ
o zgarmas, genotip bilan bog liq bo lgan, ya ni irsiylanadigan reaksiyasi. "SH	
ʻ ʻ ʻ ʼ artsiz .r efleks ." 
terminini I.P. Pavlov muayyan qo zg atuvchilarning retseptorlarga ta siri natijasida yuzaga 	
ʻ ʻ ʼ
keladigan reflekslar (og izga ovqat tushganida so lak ajralishi, barmoqqa o tkir narsa 	
ʻ ʻ ʻ
sanchilganida tortib olinishi va boshqalar)ni ifodalash uchun fanga kiritgan (1903). Shartsiz 
reflekslar, asosan, markaziy nerv sistemasining quyi bo limlari (gangliylar, orqa miya, bosh miya 	
ʻ
dastasi va boshqalar) bilan bog liq. Shartsiz reflekslarda qo zg alishning retseptorlardan 	
ʻ ʻ ʻ
effektorga o tadigan yo li reflektor yoyi deyiladi. Shartsiz reflekslar turning barcha individlari 	
ʻ ʻ
uchun umumiy bo lib, organizm xattiharakatini doimiy (o zgarmas) muhit sharoitiga moslanishini 	
ʻ ʻ
ta minlaydi.	
ʼ
S h artsiz  .r eflekslar  ontogenez va filogenezla. o zgarib boradi. Chaqaloqlarda hayot davomida 	
ʻ
yo qolib boradigan emish refleksi sof holdagi Shartsiz reflekslarga misol bo la oladi. Odam 	
ʻ ʻ
voyaga yetgan sari yangi (mas, jinsiy) reflekslar paydo bo la boradi. Voyaga yetgan odam va 	
ʻ
hayvonlarda Shartsiz reflekslar sof holda uchramaydi; Shartsiz reflekslar shartli reflekslar bilan 
qo shilib ketadi. Shartsiz va shartli reflekslar o rtasidagi farq nisbiy bo lganidan ularni tasnif 	
ʻ ʻ ʻ
qilish ancha qiyin Ta sirlovchi ta siri xususiyatiga va javob reaksiyasining biologik mohiyatiga 	
ʼ ʼ
binoan Shartsiz reflekslarni himoya, oziqlanish, jinsiy, mo ljal olish va boshqa xillarga ajratiladi. 	
ʻ
Murakkab bir xil xatti harakatlardan iborat tugma reflekslar instinkt deyiladi                                       1. Yosh davrlarning qonuniyatlari
Shu vaqtgacha psixologiya ilmida shaxs taraqqiyotini davrlarga bo’lib o’rganishga juda 
katta e’tibor qaratilgan. Bir qancha davriy sxemalar ham taklif etilgan. Lekin shu sohada 
astoydil ijod qilgan har qanday olim o’zining «davrlarini»  taklif etavergan. Bu tushunarli, 
zero insonning hayotiy yo’li va uning asosiy lahzalari tarixiy taraqqiyot mobaynida 
o’zgaradi, bir avloddan ikkinchi avlod taraqqiyotiga o’tishning o’zi ham qator 
o’zgarishlarni keltirib chiqaradi.
Davrlarga bo’lishga qaratilgan klassifikastiyalarning o’zi ham ikki turli bo’ladi: juz’iy 
(alohida davrlarni yana qo’shimcha davrlarga bo’lish — «davrlar ichidagi davrlar») va 
umumiy (inson umrining barcha bosqichlarini o’z ichiga olgan).  Masalan, juz’iy 
klassifikastiyaga J. Piajening intellektning rivojlanishini bosqichlarga bo’lishini kiritish 
mumkin. U bu taraqqiyotni 3 bosqichda tasavvur qilgan: sensomotor intellekt bosqichi (0 — 
2 yosh). Bunda asosan olti bosqich farqlanadi;
konkret operastiyalarni bajarishga tayyorlash va uni tashkil etish bosqichi (3 — 11 yoshlar);
formal operastiyalar bosqichi (12 — 15 yoshlar). Bu davrda bola nafaqat bevosita ko’rib 
turgan narsasi, balki mavxum tushunchalar va so’zlar vositasida ham fikr yurita oladi.                                       Inson hayotining barcha davrini yaxlit tarzda qamrab olgan klassifikastiyalardan biri butun jahon 
olimlarining qaroriga ko’ra, 1965 yili Fanlar Akademiyasining maxsus simpoziumida qabul 
qilingan sxema hisoblanadi. U quyidagi 6 — jadvalda keltirilgan. U B.G. Ananev, chet ellik olim 
Birrenlar taklif etgan klassifikastiyaga yaqin bo’lib, umumlashtirilgan toifalashdir .
Chaqaloqlik 1 – 10 kun 
Emiziklik davri 10 kundan 1 yoshgacha ,
Ilk bolalik 1 – 2 yosh ,
Bolalikning 1 — davri 3 – 7 yosh
Bolalikning 2 — davri 8 — 12 yosh 
O’smirlik davri 13 — 16 yosh 
O’spirinlik davri  17 — 21 yosh  
O’rta etuklik davri:  
birinchi bosqich  22 — 35 yosh 
ikkinchi bosqich  36 — 60 yosh  
Keksalik davri  61 — 75 yosh  
Qarilik davri  76 — 90 yosh  
Uzoq umr ko’ruvchilar  90  yoshdan ortiq                                                 Yosh davrlarda vujudga keladigan sabablarning inqirozlari.
SHaxsning kamol topishi murakkab jarayon ekanligini unda Yosh o‘sishi bilan bog‘liq xolda 
sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar va yangilanishlarning xilma-xilligi hamda o‘ziga xosligida ko‘rish 
mumkin. Ma’lumki Yosh o‘sishi bilan bola faqat miqdor jihatdar emas, balki sifat jihatdan ham 
o‘sib boradi. Demak bolaning biologik jihatdan o‘sishi uning psixikasida ham o‘sish va 
o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi. Ammo biologik o‘sish bilan psixik o‘zgarishlar har doim ham 
mutanosiblikka ega bo‘lavermaydi. CHunki psixik o‘sish bir tomondan individuallik xarakteriga 
ega bo‘lsa, ikkinchi tomondan u ma’lum ijtimoiy va psixik shart-sharoitlarga ham bog‘liq 
bo‘ladi.
Bolada sodir bo‘ladigan psixik o‘sish, o‘zgarish real hayotda o‘z o‘rni va mavqeiga ega bo‘lishi 
biroz murakkabroq kechadi. Buning sababi bir tomondan bolada hali etarlicha tajribaning 
etishmasligi bo‘lsa, ikkinchi tomondan kattalarning boladagi ehtiyoj va intilishlari ortida turgan 
rivojlanish xususiyatlarini to‘liq anglab etmasliklaridadir.  Natijada esa bolalar va kattalarning 
munosabatlarida keskin vaziyatlar vujudga keladi. Bunday vaziyatlar tufayli bolalar va 
kattalarning boshdan kechiradigan psixik kechinmalari, xolatlari psixologik tilda inqiroz 
tushunchasi bilan ifodalanadi. Demak, inqiroz tushunchasining mazmuni psixik o‘sishdagi 
ziddiyat, qarama-qarshilikdan iborat. Bu jarayonda bolalar bilan kattalar o‘rtasida 
kelishmovchiliklar yuzaga kelad                            Inqiroz bolalarda xilma-xil ehtiyojlarning paydo bo‘lishi bilan ularning qondirilishi imkoniyatlari 
o‘rtasida to‘siq sifatida vujudga kelar ekan albatta uning ta’sirida u yoki bu tomonga o‘zgarish 
ro‘y beradi. Masalan, ma’lum taraqqiyot bosqichida bolada vujudga kelgan mustaqil harakat qilish 
ehtiyoji uni mustaqillikka erishishi uchun turtki bo‘lib xizmat qiladi va bola muayyan darajada 
mustaqillikka erishadi. Ikkinchidan, kattalarning bu jarayonda yo‘l qo‘yishi mumkin ta’lim va 
tarbiyaviy xatolari oqibatida ular ruhiyatida ayrim salbiy illatlar paydo bo‘lishi mumkin. Demak 
inqirozni na salbiy va na ijobiy jarayon deb baholashga to‘g‘ri keladi. SHu tufayli ota-onalar, 
tarbiyachilar va pedagoglar bundan to‘g‘ri xulosa chiqargan xolda bolalar bilan inqiroz davrlarida 
ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish talab etiladi.
Yosh davrlar psixologiyasida asosiy inqiroz davrlari sifatida bolalarning 3 yoshli, 7 yoshli hamda 
o‘smirlik davri inqirozlari alohida e’tirof etiladi.
Uch yoshli bolaga to‘g‘ri tarbiya berish, ta’sir o‘tkazish, ularning harakatlarini maqsadga muvofiq 
yo‘naltirish orqali ularda mustaqil xolda ovqatlanish, kiyinish, yuvinish, o‘z o‘rnini yig‘ishtirishga 
ayrim topshiriq va vazifalarni puxta bajarishga o‘rgatish mumkin. Psixolog olimlarning 
ta’kidlashicha bolaning uch yoshgacha o‘sishida erishgan yutuqlari uning xulq-atvorini, bilish 
jarayonlarini sifat jihatdan ancha o‘zgartirib yuboradi. SHunga qaramay, bolaning o‘sishida 
kattalarning ta’siri, roli etakchiligicha qolaveradi, lekin asta-sekin o‘sib borishi bolaning 
mustaqilroq bo‘lishini ta’minlaydi.             Bolaning mustaqilligi faqat uning jismoniy hamda aqliy imkoniyatida, kuchi etadigan 
jarayonga nisbatan o‘z munosabatini kattalarning ko‘magisiz amalga oshirishida emas, balki 
o‘zining kuch quvvati, qurbi etmaydigan, muayyan amaliy ko‘nikmalarini egallay olmagan 
turmush muammolarini hal etishda ham ko‘rinadi.
Psixologlar N.A.Menchinskaya, V.S.Muxinalarning ta’kidlashlaricha, bu davrdagi ziddiyatda 
bolalardagi injiqliklarning bosh omili atrofdagi odamlarning ular shaxsiga adolatsiz, noto‘g‘ri, 
mensimay munosabatda bo‘lishidan iboratdir.
Kichik maktab yoshidagi bolalarning psixologik xususiyatlarini o‘rgangan A.N.Golubevaning 
fikricha, noqulay sharoitda bolaga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish unda o‘jarlikni paydo qiladi. 
SHuningdek bu yoshdagi bolalarning o‘jarligi doimiy bo‘lmaydi, masalan o‘z tengdoshlariga 
nisbatan o‘jarlik qilish ahyon-ahyondagini ro‘y beradi. Ular asosan katta yoshdagi odamlarga, 
shunda ham muayyan tarbiyachiga yoki oila a’zolarining birortasiga o‘jarlik qiladilar.  
A.N.Golubeva bolalardagi o‘jarlik barqaror emasligi sababli uning oldini olish mumkinligini 
uqtirib o‘tadi.
A.P.Larinning tadqiqotlarida esa noqulay va nomaqbul tarbiyaviy shart-sharoitlarda qaysarlik 
juda erta, hatto uch yoshda ham paydo bo‘lishi ifodalangan. Dastlab bu xususiyat ba’zi-
ba’zida ro‘y beradi, lekin u hech qachon barcha katta yoshdagi kishilarga qaratilgan 
bo‘lmaydi, ya’ni uning ob’ekti aloxida shaxs xisoblanadi.             Ko‘pchilik psixologlarning tadqiqotlaridan ma’lumki, bolalar mazkur inqiroz davrida bir 
nechta ko‘rinishdagi qaysarlikni namoyon etadi. Ana shunday ko‘rinishlarninsh bittasi biz 
nazarda tutgan 3 yoshli inqirozga to‘g‘ri keladi. SHu davrda uning ruhiy dunyosida sifat va 
miqdor jihatdan turli o‘zgarishlar ro‘y beradi. Bu o‘zgarishlar uning olamni boshqacha kashf 
qilayotganiga, psixikasi ma’lumot va axborotlar bilan kun sayin boyib borayotganligiga 
bog‘liqdir. Ayni shu yoshda boladao‘z irodasiga ishonch hissi tug‘iladi, u o‘zligini anglay 
boshlaydi. O‘zligini anglash qarama-qarshiliklarni, ziddiyatlarni engish bilan amalga oshadi.
Psixik o‘sishning boshqa davrlarida ro‘y beradigan inqiroz davri ham xuddi shunday tarzda 
kechadi, ammmo turli davrda inqirozlarning sabablari turlicha bo‘ladi. Jumladan: kichik 
maktab yoshida sodir bo‘ladigan inqiroz ko‘proq bolaning o‘quv faoliyati jarayoni va uning 
kechishi bilan bog‘liq xolda kechadi.
Maktab ta’limi o‘quvchining turmush tarzini, ijtimoiy mavqeini, sinf jamoasi va oila 
muhitidagi ahvolni o‘zgartiradi, uning asosiy vazifasi o‘qishdan, bilim olish, ko‘nikma va 
malakalarni egallash, tabiat va jamiyat to‘g‘risidagi qonuniyatlarni o‘zlashtirishdan iborat 
bo‘lib qoladi. Ta’lim muayyan darajada uyushqoqlik, intilish, irodaviy zo‘r berish, faollik va 
maqsadga muvofiq faoliyatni talab etadi.

Mavzu : Yosh davrlarining psixologik xususiyatlari

REJA: 1. Turli yosh davrlardagi anotonik tuzilishi. 2. Shartli va shartsiz reflekslar. 3. Yosh davrlarning qonuniyatlari 4. Yosh davrlarda vujudga keladigan sabablarning inqirozlari.

Turli yosh davrlardagi anotonik tuzilishi. Yosh davrlari psixologiyasi turli yoshdagi insonlarning psixik rivojlanishi, psixik xususiyatlari va ularning o‘ziga xos omillari mezonlari hamda mexanizmlari haqidagi fandir. Shuningdek, u muayyan yoshdagi insonlarning o‘ziga xos xususiyatlarini ham o‘rganadi. Shuning uchun ijtimoiy hayotda ta’lim-tarbiyada, guruhlar hamda jamoalarda, ishlab chiqarish va oilaviy munosabatlarda yosh davrlari psixologiyasi alohida o‘rin tutadi. Inson shaxsining tarkib topishi va bilish jarayonlarining rivojlanish muammosini inson psixikasining rivojlanishi qonunlarini hisobga olmay, oqilona hal qilib bo‘maydi. Shuning uchun hozir «inson omili» masalasi dolzarb mavzuga aylandi. Yosh davrlari psixologiyasi, inson psixikasining rivojlanish qonuniyatlari va xususiyatlari hamda shu rivojlanishning bosqichlari to‘g‘risidagi fandir. Yosh davrlari psixologiyasining asosiy vazifasi shaxsning kamol topishi qonuniyatlari va turli yosh davridagi odamlarda vujudga keladigan psixik faoliyat, holat va shart-sharoitlarning o‘zaro ta’siri xususiyatlarini aniqlashdan iboratdir.Yosh davrlari psixologiyasi ana shu vazifalarni hal qilish bilan amaliy maqsadlarni ro‘yobga chiqaradi

Ta’lim-tarbiya ishlarini takomillashtirishga yordam beradi. Moddiy ne’matlar ishlab chiqarishning samaradorligini oshirishga, millatlararo munosabatlarni yaxshilashga, shaxslararo muloqotni to‘g‘ri yo‘naltirishga, jamoada ijobiy psixologik iqlim yaratishga, uzoq umr ko‘rish sirlarini ochishga, oilaviy munosabatlarni mustahkamlashga, ajralishlarning oldini olishga xizmat qiladi. Mazkur psixologiya fanining sohasi XIX asrning boshlarida vujudga kelgan, lekin dastlabki ildizi qadimgi Yunon madaniyatiga borib taqaladi. Uning predmeti va qonuniyatlari to‘g‘risida jahon psixologiyasi olamida turli qarashlar va nazariyalar mavjud Ularning juda keng tarqalganlari biogenetik (V.Shtern), sotsiogenetik (K.Levin) bixevoritsik (E.Torndayk) psixoanalitik (Z.Freyd) nazariyalaridir. Shuningdek, metodlarga asoslanib tadqiqotlar olib borgan olimlar ham juda ko‘p. Ilmiy psixologik adabiyotlar emperik ma’lumotlar yosh davri psixologiyasining mustaqil fan sifatida ajralib chiqishiga qator omillar va holatlar sabab bo‘lgan degan xulosaga keldik.