Turkiy tillarda olmosh so`z tukumi
MAVZU:Turkiy tillarda olmosh so`z tukumi
Darsning rejasi: 1. Turkiy tillarda olmosh so`z tukumi 2.Olmoshlar va ularning ma’no turlari. 3. Kishilik, ko`rsatish va o`zlik olmoshlari. 4. So`roq, belgilash, bo`lishsizlik va gumon olmoshlari.
Ot, sifat, son, ravish o`rnida qo`llanilib, ularga ishora qiluvchi va ularning vazifasini bajaruvchi so`z turkumi olmoshlardir. Olmoshlarning quyidagi xususiyatlari mavjud: 1. Olmoshlarda yasalish yo`q, ya’ni yasalmaydi. Ammo olmoshlardan sanoqli affikslar orqali ot, ravish va fe’l yasalishi mumkin. Kamlik, manmanlik, sensiramoq, shunday. 2. Olmoshlar otlarga xos so`z o`zgaruvchilar bilan o`zgaradi, ya’ni turlanadi. Olmoshlar kelishik affikslarini oladi va belgili qo`llanadi.
3. Kishilik olmoshlari egalik affiksini olmaydi. Unisi, shunisi olmoshlari tarkibida ikkitadan egalik affiksi mavjud. Bu hodisa affiksal pleonazm deyiladi. 4. Olmoshlar gapda bajargan vazifaisga ko`ra 4 guruhga bo`linadi: a) ot xarakteridagi olmoshlar: men, sen, biz,siz, ular, kim, nima, hech kim, hech nima; b) sifat xarakteridagi olmoshlar: qanday, qaysi, bu, shu, shunday, qancha, hech qancha; c) son xarakteridagi olmoshlar: necha, nechanchi, qancha, shuncha, o’shancha. d) ravish xarakteridagi olmoshlar:nega, qani, hech qachon.
Ayrim turkiy tillardagi olmoshlar oltoy tillaridagi olmoshlarga mos keladi. Qadimgi turkiy tilda olmosh turlari deyarli farqlanmagan. Ularning vazifasini ayrim fe’l shakllari, ko`makchilar, yuklamalar bajargan. Olmoshlar kelib chiqishi, tarixiylik darajasi va ma’nosiga ko`ra turkiy tillarda 2 katta guruhga ajratilgan. 1. Olmoshlar(kishilik, ko`rsatish va so`roq). 2. Olmosh so`zlar(belgilash, bo`lishsizlik, gumon va jamlash). Bunday guruhlanish kelishik qo`shimchalari bilan turlanishdagi o`ziga xoslikka asoslanadi.