Turkiy tillarda sanoq va tartib sonlar
Mavzu: Turkiy tillarda sanoq va tartib sonlar.
Reja: 1. Turkiy tillarda son. 2. Sonning ma ʼ no turlari. 3. Turkiy tillarda tartib sonlarning hosil boʻlishi. 4. Sanoq son va uning turlari.
Otga bogʻlanib, uning miqdorini, sanog‘ini, tartibini; otga bog‘lanmagan holda mavhum miqdor tushunchasining nomini bildirgan so‘zlar turkumi sondir. Sonlar harf bilan yoziladi (besh, yetti) yoki arab raqami (2 ,7 ,8) yoxud rim raqami (V, VII, XXI) bilan ko‘rsatiladi.
Son soʻz turkumining xususiyatlari 1. Son boshqa so‘z turkumidan yasalmaydi. Son yasovchi qo‘shimcha - lar ham mavjud emas. Sonda so‘z yasalish hodisasi yo‘q. 2. Sonning ma’no turlari va modal shakllari maxsus affiks l ar qo‘shish bilan hosil qilinadi: altav. 3.Son turlovchi affikslami qabul qilmaydi, sifatlovchi olma y di. O ‘zi otning sifatlovchisi bo'lib keladi. 4. Son miqdor tushunchasining nomini anglatganda va otlashganda kelishik, egalik affikslarini qabul qiladi, ot bajargan vazifada keladi: Sakkiz ikkiga teng bo 'linadi. 5. Son hisob so‘zlari- numerativlar bilan ham qo‘llanadi.
Sonlar ma’no va grammatik xususiyatlariga ko‘ra, dastlab ikki guruhga bo‘linadi: 1) sanoq son; 2) tartib son .