logo

Versal-Vashington tizimi

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

3219 KB
Ver sa l-Va sh in gton  
tizim i Reja:
1. Versal-Vashington tizimining yaratilishi
2. XX asr 20-yillari boshlarida dunyodagi xalqaro jarayonlar
3. Sever shartnomasining barbod bolishi •
.    Birinchi  jahon  urushida  g’olib  chiqqan  AQSh,  Angliya,  Fransiya, 
Italiya,  Yaponiya  va  boshqa  davlatlarning  taslim  bo’lgan  Germaniya, 
Avstriya,  Vengriya,  Turkiya  va  Bolgariya  bilan  sulh  shartnomalarini 
ishlab chiqish uchun 1919 yil 18 yanvarda Parijda sulh konferensiyasi 
ochildi.  Bu  konferensiya  1920  ysl  21  yanvargacha  davom  etdi. 
Konferensiyada  Antanta  tomonida  turib  urushda  qatnashgan  27 
davlat  vakillari  ishtirok  etdi.  Germaniya  va  mag’lubiyatga  uchragan 
boshqa  davlatlar  faqat  konferensiyaning  so’nggi  bosqichida, 
tayyorlangan sulh shartnomasini toppshrish vaqtida qatnashtirildi Konferensiyada kichik davlatlarning fikrlari e’tiborga olinmadi. Konferensiyada AQSh (prezident 
Vilson), Angliya (bosh ministr Lloyd Jorj), Fransiya (Klemanso, konferensiya raisi) va Italiya 
(Orlando asosiy rol o’ynadilar. Ulardan tashkil topgan «To’rtlar soveti» eng asosiy organ bo’lib, 
bir qancha yashirin kengashlar o’tkazdi hamda ular xalqlar va davlatlarning taqdiri yuzasidan 
surbetlarcha savdolashdilar. Asosiy davlatlarning tutgan mavkelari bir-biriga zid, ko’pincha 
tamomila qarama-qarshi edi. Eng muhimi, Antanta ittifoqi avval boshdan maxfiy shartnomalar, 
yashirin bitimlar asosiga qurilgan bo’lib, yangi vaziyatda bu kelishuvlarni amalga oshirib 
bo’lmasdi. G’olib mamlakatlarning manfaatlari ham bir-biriga tamomila zid edi. Fransiya Germaniyadan 
o’zining kuchsizligini anglagan holda bu mamlakatni batamom kuchsizlantiradigan va 
Yevropada Fransiyaning ustunligini ta’minlaydigan tinchlik o’rnatilishini istar edi. Italiya 
Adriatika dengizi sohillari va orollarni qo’lga kiritishdan umidvor edi. Angliya o’zining 
imperiyasi hududlarini kengaytirishni o’ylardi. Yaponiya Osiyoda ustun mavqyega erishishni 
orzu qilardi. AQSh dengizlarda suzish erkinligini ta’minlashni talab etar, shu yo’l bilan o’zining 
okean floti ustunligidan foydalanishni mo’ljallardi . Versal — Vashington tizimi Sovet Rossiyasining ishtirokisiz yaratildi. Antanta 
sovet davlatiga dushman Germaniya bilan separat sulh tuzgan sotqin deb, 
bolshevizmga esa dushmanlik ko‘zi bilan qaradi.
Versal — Vashington tizimiga kiruvchi birorta ham shartnomani 
imzolamagan Sovet davlati bu tizimga nisbatan muxolifat bo‘lib qoldi. XX asr 20-yillari boshlarida dunyodagi 
xalqaro jarayonlar Uzoq Sharq va Tinch okeanidagi bahsli muammolarni hal qilish va dengizdagi 
qurollarni cheklash maqsadida 1921-yil 12-noyabrdan 1922-yil 6-fevralgacha to'qqiz 
davlat vakillari ishtrokida Vashington konferensiyasi bo'lib o'tdi. Konferensiyada 
asosiy rolni AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya va Yaponiya o'rtasidagi shartnoma 
imzolanib, ushbu davlatlarning Tinch okeani havzasidagi o'z orollariga egalik qilish 
huquqlari kafolatlandi. 1923-yili Lozanna tinchlik shartnomasi imzolanib, unda Turkiyaning 
urushdan keyingi chegaralari belgilab berildi va mustaqilligi tan 
olindi. U Birinchi jahon urushidan keyin yuzaga kelgan hududiy 
o'zgarishlarga qonuniy tus bergan so'nggi yirik shartnoma bo'ldi. •
1919 - 1923-yillari Lozanna tinchlik shartnomasi imzolanib, unda 
Turkiyaning urushdan keyingi chegaralari belgilab berildi va 
mustaqilligi tan olindi. U Birinchi jahon urushidan keyin yuzaga 
kelgan hududiy o'zgarishlarga qonuniy tus bergan so'nggi yirik 
shartnoma bo'ldi. 
•
1919 - 1923-yillarda imzolangan shartnomalar va jahondagi 
kuchlarning yangi nisbati xalqaro munosabatlarning Versal-
Vashington tizimi nomini oldi. Versal-Vashington tizimi bir guruh 
davlatlarning dunyoga hukmronligini o'rnatdi, dunyo siyosatida AQSH 
ta'sirining sezilarli kuchayganligini aks ettirdi.  •
Sen-Jermen sulh shartnomasiga muvofiq, Avstriya o’zining 
deyarli hamma janubiy slavyan territoriyalaridan voz kechdi: 
Yuliy Krayna, Triyest bilan birga Istriya, Karintiyaning bir 
qismi, Trentino oblasti va Janubiy Tirol Italiyaga berildi. 
Avstriya, Yugoslaviya va Chexoslovakiyaning’ mustaqilligini 
tanidi, Chexoslovakiya tarkibiga kirgan Bogemiya va 
Moraviyadan voz kechdi. Galisiya Polshaga, Bukovina 
Ruminiyaga qaytarildi. Sulh shartnomasi Avstriyaning 
mustaqil davlat bo’lib yashash xalqaro huquqiga asos soldi; 
Avstriyani Germaniyaga qo’shish (anshlyuya)ni taqiqladi. 
Lekin bu shartnoma bir qancha xalqlarning huquqlarini 
poymol qildi. Sevr shartnomasining barbod 
bolishi •
Hukmron davlatlar Turkiya bilan yangi sulh shartnomasi 
ishlab chiqish va Yaqin Sharq inqirozini bartaraf qilish 
maqsadida Lozannada (Shveysariya) xalqaro konferensiya 
chaqirdilar. Konferensiya 1922 yil 20 noyabrdan-1923 yil 24 
iyulgacha tanaffuslar bilan davom etda. Konferensiyada 
Angliya,Fransiya, Italiya, Yaponiya, Gresiya, Ruminiya, Soveg 
Rossiyasi, Yugoslaviya va Turkiya vakillari qatnashdi. AQSh 
vakili kuzatuvchi sifatida ishtirok etdi va konferensiya 
ishlariga aralashdi. Konferensiyaning asosiy masalalaridan 
biri - Bosfor va Dardanell bo’g’ozlari rejimi to’g’risidagi masala 
edi.  1928 yilga kelib Germaniya iqtisodiy jihatdan ancha tiklanib, Versal 
shartnomasi va Daues rejasi tomonidan cheklanganligiga e’tiroz bildirdi. 
1928 yil kuzida Germaniya hukumati g’arbiy davlatlar qo’shinlarining Reyn 
zonasidan evakuasiya qilinishini va Daues rejasini qayta ko’rib chiqilishini 
talab etdi. AQSh Germaniyaning bu talablarini qo’llab-quvvatladi. •
Millatlar ittifoqi Yaponiya agressiyasiga qarshi chora 
ko’rmadi: Xitoy hukumati Millatlar itgifoqiga murojaat qilib, 
Yaposhsh agressiyasiga barham berishni so’radi. Ammo 
Millatlar ittifoqi Xitoyga hyech qanday yordam ko’rsatmadi. 
AQSh hukumati esa Yaponiyaning Xitoydagi agressiyasini 
so’zdagina qoralab, Xitoy hududining dahlsizligini himoya 
qilishga qaratilgan biror tadbirni ko’zlamadi. E’t iboringiz uchun rahmat !

Ver sa l-Va sh in gton tizim i

Reja: 1. Versal-Vashington tizimining yaratilishi 2. XX asr 20-yillari boshlarida dunyodagi xalqaro jarayonlar 3. Sever shartnomasining barbod bolishi

• . Birinchi jahon urushida g’olib chiqqan AQSh, Angliya, Fransiya, Italiya, Yaponiya va boshqa davlatlarning taslim bo’lgan Germaniya, Avstriya, Vengriya, Turkiya va Bolgariya bilan sulh shartnomalarini ishlab chiqish uchun 1919 yil 18 yanvarda Parijda sulh konferensiyasi ochildi. Bu konferensiya 1920 ysl 21 yanvargacha davom etdi. Konferensiyada Antanta tomonida turib urushda qatnashgan 27 davlat vakillari ishtirok etdi. Germaniya va mag’lubiyatga uchragan boshqa davlatlar faqat konferensiyaning so’nggi bosqichida, tayyorlangan sulh shartnomasini toppshrish vaqtida qatnashtirildi

Konferensiyada kichik davlatlarning fikrlari e’tiborga olinmadi. Konferensiyada AQSh (prezident Vilson), Angliya (bosh ministr Lloyd Jorj), Fransiya (Klemanso, konferensiya raisi) va Italiya (Orlando asosiy rol o’ynadilar. Ulardan tashkil topgan «To’rtlar soveti» eng asosiy organ bo’lib, bir qancha yashirin kengashlar o’tkazdi hamda ular xalqlar va davlatlarning taqdiri yuzasidan surbetlarcha savdolashdilar. Asosiy davlatlarning tutgan mavkelari bir-biriga zid, ko’pincha tamomila qarama-qarshi edi. Eng muhimi, Antanta ittifoqi avval boshdan maxfiy shartnomalar, yashirin bitimlar asosiga qurilgan bo’lib, yangi vaziyatda bu kelishuvlarni amalga oshirib bo’lmasdi.

G’olib mamlakatlarning manfaatlari ham bir-biriga tamomila zid edi. Fransiya Germaniyadan o’zining kuchsizligini anglagan holda bu mamlakatni batamom kuchsizlantiradigan va Yevropada Fransiyaning ustunligini ta’minlaydigan tinchlik o’rnatilishini istar edi. Italiya Adriatika dengizi sohillari va orollarni qo’lga kiritishdan umidvor edi. Angliya o’zining imperiyasi hududlarini kengaytirishni o’ylardi. Yaponiya Osiyoda ustun mavqyega erishishni orzu qilardi. AQSh dengizlarda suzish erkinligini ta’minlashni talab etar, shu yo’l bilan o’zining okean floti ustunligidan foydalanishni mo’ljallardi .