logo

Vizantiya siviliatsiyasi

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

836.12890625 KB
Vizantiya 
siviliatsiyasi   
Vizant iy a  (Vizantiya imperiyasi) — Rim imperiyasi parchalangach, uning iqtisodiy 
jihatdan rivojlangan sharqiy qismida vujudga kelgan davlat (4—15-asrlar). Eng 
ravnaq topgan davrida uning tarkibiga Bolqon ya.o.ning katta qismi, Kichik Osiyo, 
Suriya, Falastin, Misr, Kirenaika, Mesopotamiyaning bir qismi, Gʻarbiy Armaniston va 
Gurjiston, Xersones, Qibris va Krit o.lari kirgan. Poytaxti — Konstantinopol sh. 
boʻlgan. Mamlakatning nomi Bosfor sohilidagi yunon polney — Vizantiyizm olingan. 
Axrlisi — yunonlar, suryoniylar, qibtiylar, armanlar, gurjlar va boshqa Davlat tili 4—6-
asrlarda lotin tili, keyinchalik yunon tili boʻlgan. Hunarmandchilik va savdo-sotiqning 
rivojlanish darajasi, shahar turmushining joʻshqinligi jihatidan oʻsha davrda V. 
Gʻarbiy Yevropa mamlakatlaridan ancha ilgarilab kettan edi. Arabiston, Qora dengiz 
boʻyi, Eron, Hindiston, Xitoy bilan savdo-sotiq bir oz koʻpaydi. V. geografik jihatdan 
qulay joylashganligi tufayli Sharq bilan Gʻarb oʻrtasida madaniy-iktisodiy 
aloqalarning kuchayishiga sabab boʻldi, siyosiy va harbiy markazga aylandi.      
Imperator Yustinian I hukmronligi davri (527—565)da maʼmuriy va huquqiy 
islohotlar oʻtkazildi, markaziy davlat mustahkamlandi, kuchli armiya vujudga 
keltirildi. Bu esa Yustinianga 533—534 yillarda Shim. Afrikadagi vandallar davlatini, 
555 yilda Italiyadagi ostgotlar qirolligini, Jan.-Sharqiy Ispaniyani bosib olish imkonini 
berdi. 6-asrning soʻnggi oʻn yilligi va 7-asr boshlarida ichki tanazzul va tashqi 
siyosatda muvaffaqiyatsizliklar roʻy berdi. Armiyada gʻalayon boshlandi, keng xalq 
ommasi unga qoʻshildi. 6-asr oxiri —7-asr boshlarida V. hududining anchagina 
qismini slavyanlar ishgʻol etdi. 7-asrning 70-yillarida V.ning shim.gʻarbiy chegarasida 
qad. bulgʻorlar davlati — Bulg'oriston barpo boʻldi. 636—642 yillarda arablar V.dan 
Suriya, Falastin, Yukrri Mesopotamiya va Misrni, 693— 698 yillarda Shim. Afrikadagi 
yerlarni tortib oldi. Italiyadagi langobardlar V. hududining anchagina qismini bosib 
oldi. 8—9-asrlarda V. hududiga slavyanlar koʻchib kelishi munosabati bilan ulardagi 
hukmron jamoa munosabatlari taʼsirida erkin qishloq jamoalari mustahkamlandi.       
Biroq 10-asrda yirik yer egaligi kuchayib, V. shaharlari 7—9-asrlardagi tanazzuldan 
soʻng yana qad rostladi, savdo-hunarmandchilik uyushmalari vujudga keldi, davlat 
ularning faoliyatini qoʻllab-quvvatladi. 10-asr oʻrtalarida V. arablardan Yuqori 
Mesopotamiyani, Kichik Osiyo va Suriyaning bir qismini, Krit va Qibris o.larini 
qaytarib oldi. Armaniston va Gurjistonda V.ning taʼsiri kuchaydi. V. Gʻarbiy Bolgar 
podsholigini bosib oldi (1018). 13-asr boshlaridan ichki tarqoqpik avj oldi, markaziy 
hokimiyat inqirozga yuz tutdi, chet ellik istilochilarning xuruji kuchaydi. Salib yurishi 
qatnashchilari V. hududining bir qismini bosib olib, Lotin imperiyasita asos soldilar. 
Shu bilan birga V. yerlarida mustaqil yunon davlatlari: Nikey, Trapezund 
imperiyalari, Epir davlati paydo boʻldi. 1261 yilda Nikey imperatori Mixail VIII 
Paleolog V. imperiyasini qayta tikladi. Paleologlar sulolasi (1261—1453) qaror topdi. 
Biroq V. oʻzining qad. qudratini tiklay olmadi. 1453 yilda Konstantinopol usmonli 
turklar tasarrufiga oʻtgan.       
15-asrning 60-yillari boshida V. imperiyasi barham topdi, uning hududi Usmonli 
turk imperiyasi tarkibiga kirdi. V. Rim, yunon va ellinizm anʼanalari taʼsirida vujudga 
kelgan oʻziga xos madaniyat markazi boʻlgan edi. Maorifi. V.da antik davr taʼlimi 
anʼanalari saqlanib qoldi va 12-asrgacha maorif Yevropaning boshqa joylariga 
qaraganda yuqori saviyada edi. Boshlangʻich taʼlim (oʻqish va yozishni oʻrgatish) 
xususiy maktablarda 2—3 yil davomida amalga oshirilgan. 7-asrgacha oʻquv dasturi 
majusiy dinlar afsonalariga, keyinroq Bibliya kitoblariga asoslangan. Oʻrta maʼlumot 
grammatika oʻqituvchisi rahbarligida olingan. Dasturga orfografiya (imlo kridalari), 
grammatika normalari, talaffuz, sheʼr yozish qoidalari, notiqlik sanʼati, shuningdek 
hujjatlar tuzish uslubiyati kiritilgan. Falsafa ham oʻquv darslari jumlasiga kirgan. 
Ayrim maktablar dasturida tarix darsi ham boʻlgan. V. da monastir maktablari ham 
bor edi. 4—6-asrlarda qad. davrdan qolgan oliy maktablar (Afrika, Iskandariya, 
Bayrut, Antioxiya, Gʻazo, Falastin Kesariyasida) oʻz faoliyatini davom ettirdi.       
Sharqiy  Rim imperiy asi  ( 395 — 1453 ) — 395-yilda  Theodosius  Ining  oʻlimidan  Rim  imperiyasining  gʻrbiy va 
sharqiy qismlarga boʻlinib ketishidan yuzaga kelgan davlat. Boʻlinishdan sakson yil oʻtgach  G'arbiy  Rim 
imperiyasi  yoʻq boʻlib ketib, Vizantiyani  Qadimgi   Rimning  tarixiy, madaniy va tamadduniy davomchisi 
sifatida qoldirdi.

„ Rim“ va „Vizantiya“ni ajratish zamonaviy rasm sanalsada, boʻlinish muddatini aniqlash qiyinchilik 
tugʻdiradi. Shunga qaramasdan bir nechta muhim sanalar mavjud. 285-yilda imperator  Diocletian  Rim 
imperiyasi boshqaruvini gʻarbiy va sharqiy boʻlaklarga ajratdi.  
324-330-yillar orasida imperator 
Constantine I  asosiy poytaxtni  Rimdan Konstantinopolga  koʻchirdi. Shahar „Konstantinopol“ („Constantine 
shahri“) yoki „Nova Roma“ („Yangi Rim“)ga aylandi.{{#tag:ref|The first instance of the designation "New 
Rome" in an official document is found in the canons of the  First Council of Constantinople  (381), where it 
is used to justify the claim that the patriarchal seat of Constantinople is second only to that of Rome.  
Imperator  Theodosius I  davrida  nasroniylik  imperiyaning davlat diniga aylandi. Boʻlinishning ohirgi davri 
imperator   Heraclius  hukmronligida yangi imperiyada yangi harbiy va boshqaruv tuzilishlarini joriy etib, 
lotin tili oʻrniga yunon tilini davlat tiliga oʻzgartirgach boshlandi. Andoza:Sfnm  Bu oʻzgarishlarning sababi 
Oʻrta Sharq va Shimoliy Afrikadagi koʻplab yunon tilida soʻzlashmaydigan hududlar kuchayib borayotgan 
Arab  xalifaligi  tomonidan bosib olinib, imperiya faqat yunon hudularidan iborat boʻlib qolayotganligi edi. 
Shunday qilib Vizantiya  qadimgi   Rimdan  lotin madaniyati oʻrniga yunon madaniyatiga va Rim 
butparastligidan pravoslaviega oʻtganligi bilan farq qiladi.      
Justinian I  hukmronligi davrida (527-565-yillar) imperiya gʻarbiy imperiyaga tarixan 
tegishli boʻlgan Shimoliy Afrika, Italy va Rimni egallab oʻzining tarixidagi choʻqqisiga 
chiqqan. 6-asr oʻrtalaridagi  Justinian  vabosi  davrida imperiya aholisining uchdan bir 
qismi qirilib ketib harbiy va moliyaviy muammolarga sababchi boʻldi. Shunday boʻlsa 
ham, imperator  Maurice  davrida imperiyaning sharqiy chegaralari kengaytirilib, gʻarbiy 
chegaralari barqarorlashtirildi. 602-yilda Mauricening oʻldirilishi imperator Heracliusning 
gʻalabalariga qaramasdan imperiya ishchi kuchi va resurslarini kamaytirgan sosoniylar 
Eroni bilan  yigirma   yillik   urushga  sabab boʻldi. Bu urushda imperiyaning kuchsizlanishi 7-
asrdagi  Vizantiya -Arab  urushlaridagi  magʻlubiyatlarga sabab boʻldi. Bu magʻlubiyatlarda 
imperiya katta hududlarni yoʻqotdi. Bu omadsizliklarga qaramasdan imperiya 10-asr 
davomida  Macedonian  sulolasi  boshchiligida tuzalib, yana Yevropaning va Oʻrta Yer 
dengizining eng kuchli davlatiga aylandi. 1071-yildan soʻng imperiyaning yuragi sanalgan 
Kichik Osiyoning katta qismi  Saljuqiy   turklar  tomonidan egallandi.      
12-asrdagi  Komninlar   restavratsiyasi  imperiyaga yerlari va qudratini qaytardi. Lekin 
imperator  Manuel I  Komnin  oʻlimi va  Komninlar  sulolasining 12-asr ohirida 
tugashidan soʻng imperiya yana pastga shoʻngʻidi. Imperiya yoʻq qiladigan zarba 
1204-yilda  To`rtinchi   salib   yurishida  Konstantinopol egallanib, vayron etilganda va 
Vizantiya bir-biriga raqobatchi yunon va lotin davlatlariga boʻlib yuborilganda 
berildi. 1261-yilda Konstantinopol va Imperiya  Paleolog  imperatorlari tomonidan 
qayta tiklanishiga qaramay imperiya avvalgi qudratini tiklay olmadi. Shunga 
qaramay, bu davrlar imperiya madaniyati eng yuksalgan davrlar boʻlgan. [6]
 14-
asrdagi toʻxtovsiz fuqarolar urushlar imperiya kuchini yoʻqotdi va uning qolgan 
hududlari 1453-yilda  Konstantinopol   qulaguncha  davom etgan  Vizantiya-Usmonli  
urushlari  davomida  Usmonli   imperiyasi  tomonidan bosib olindi.

Vizantiya siviliatsiyasi

 Vizant iy a  (Vizantiya imperiyasi) — Rim imperiyasi parchalangach, uning iqtisodiy jihatdan rivojlangan sharqiy qismida vujudga kelgan davlat (4—15-asrlar). Eng ravnaq topgan davrida uning tarkibiga Bolqon ya.o.ning katta qismi, Kichik Osiyo, Suriya, Falastin, Misr, Kirenaika, Mesopotamiyaning bir qismi, Gʻarbiy Armaniston va Gurjiston, Xersones, Qibris va Krit o.lari kirgan. Poytaxti — Konstantinopol sh. boʻlgan. Mamlakatning nomi Bosfor sohilidagi yunon polney — Vizantiyizm olingan. Axrlisi — yunonlar, suryoniylar, qibtiylar, armanlar, gurjlar va boshqa Davlat tili 4—6- asrlarda lotin tili, keyinchalik yunon tili boʻlgan. Hunarmandchilik va savdo-sotiqning rivojlanish darajasi, shahar turmushining joʻshqinligi jihatidan oʻsha davrda V. Gʻarbiy Yevropa mamlakatlaridan ancha ilgarilab kettan edi. Arabiston, Qora dengiz boʻyi, Eron, Hindiston, Xitoy bilan savdo-sotiq bir oz koʻpaydi. V. geografik jihatdan qulay joylashganligi tufayli Sharq bilan Gʻarb oʻrtasida madaniy-iktisodiy aloqalarning kuchayishiga sabab boʻldi, siyosiy va harbiy markazga aylandi.

 Imperator Yustinian I hukmronligi davri (527—565)da maʼmuriy va huquqiy islohotlar oʻtkazildi, markaziy davlat mustahkamlandi, kuchli armiya vujudga keltirildi. Bu esa Yustinianga 533—534 yillarda Shim. Afrikadagi vandallar davlatini, 555 yilda Italiyadagi ostgotlar qirolligini, Jan.-Sharqiy Ispaniyani bosib olish imkonini berdi. 6-asrning soʻnggi oʻn yilligi va 7-asr boshlarida ichki tanazzul va tashqi siyosatda muvaffaqiyatsizliklar roʻy berdi. Armiyada gʻalayon boshlandi, keng xalq ommasi unga qoʻshildi. 6-asr oxiri —7-asr boshlarida V. hududining anchagina qismini slavyanlar ishgʻol etdi. 7-asrning 70-yillarida V.ning shim.gʻarbiy chegarasida qad. bulgʻorlar davlati — Bulg'oriston barpo boʻldi. 636—642 yillarda arablar V.dan Suriya, Falastin, Yukrri Mesopotamiya va Misrni, 693— 698 yillarda Shim. Afrikadagi yerlarni tortib oldi. Italiyadagi langobardlar V. hududining anchagina qismini bosib oldi. 8—9-asrlarda V. hududiga slavyanlar koʻchib kelishi munosabati bilan ulardagi hukmron jamoa munosabatlari taʼsirida erkin qishloq jamoalari mustahkamlandi.