logo

XAYRIDDIN SALOH

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

481.130859375 KB
XAYRIDDIN 
SALOH
1934 —1969 •
Xayriddin Saloh               
    (Xayriddin Salohiddinov) 
1934-yilning                        
    15-yanvarida 
Toshkentda tug’ilgan.  •
Maktabda o’qib yurgan 
paytlaridayoq badiiy so’zga 
bo’lgan qiziqish Xayriddinni 
shoir G’ayratiy rahbarlik 
qilgan adabiyot to’garagi ga 
boshlab keldi. 
•
To’garakda shoir Erkin 
Vohidov, Yusuf Shomansur, 
Sayyor kabi tengdoshlari 
bilan ijod sirlarini o’rganadi.  ILK SHE’R
•
Yosh shoirning ilk she’ri 
1950- yilda e’lon qilindi 
va bu  ko`pchilikning 
e’tiborini tortadi.  Ta’lim
•
O’rta maktabdan keyin Nizomiy nomidagi 
Toshkent pedagogika institutining tarix-
filologiya fakultetini tugatgan (1957).
•
«O’zbekiston madaniyati» (1963—66) 
gazetasi va «Gulxan» jurnalida (1968—69) 
adabiy xodim bo’lib ishlagan. Asarlari 
•
«Chashma» (1959);
•
«Ikkinchi imtihon» (1961);
•
«Ishqim va rashkim» (1965);
•
«Tug’yon», «Na’matak» (1969);
•
«Izlar va hislar» (1974);
•
«Shu’lalar qo’shig’i» (1975);
•
«Lirika» (1985)  kabishe’riy 	
kitoblari chop etilgan. •
Vafotidan so’ng esa,  «Izlar 
va hislar» (1974), «Lirika» 
(1985)  kabi she’r va 
dostonlardan tarkib topgan 
kitoblari bosilgan.•
«Laylo»;
•
«Yangroq hayot» (1969);
•
«Toshkent bilan suhbat» (1966,Toshkent 
zilzilasiga bag’ishlangan) kabi dostonlar 
muallifi. 
Eslab 
qoling! XAYRIDDIN SALOH - 
TARJIMON
•
G. Geyne, Bayron, M. Lermontov,        
                            T. Shevchenko, R. 
Hamzatov va boshqalarning ayrim 
asarlarini o’zbek tiliga tarjima qilgan. Xayriddin Saloh 
lirikasidan 
namunalar KO’KR AK OC HDIM 
SHAMOLLARG A
•
Ko’krak ochdim shamollarga,
Bisotimni sarf etdim.
Ular shirin xayollarga
Meni butkul g`arq etdi.
•
Shamollarga bitib sho’x kuy
Taklif etdim bog’imga.
Chamanlardan ular xushbo’y
Sepishdi dimog’imga.
•
Tunda uyqum qochib ketdi
Xushlab yellar ta’bini.
Ular tongda ochib ketdi
G’unchalarim labini. Y UR AKLAR NI Z ABT                              
ETMOQ UC HUN
Y uraklarni zabt etmoq uchun
Ikki yo`l bor yorug` dunyoda.
Ikkisidan tanlasang birin,
Qalbim, hech vaqt qolmaysan dog`da.
Doim do`st-u yor yuragiga
Oqib kirgin bo`lib kuy, g`azal.
Yo bo’lmasa yov yuragiga
Xanjar bo`lib, tig` bo`lib qadal!
1964 G O’Z ALLIK
•
Tasma-tasma ko’kda kamalak,
Kamalakni seving, do’stlarim.
Charx uradi gulda kapalak,
Kapalakni quving, do’stlarim!
•
Tog` boshidan sakrar sharshara,
Sharsharaga solingiz quloq.
Yashillikka cho’mmish tog’, dara,
Daralardan uzmangiz nigoh.
•
Ufqlarning etagi yal-yal,
Ufqlarni ko’zlangiz faqat.
Neki bo’lsa hayotda go’zal,
Go’zallikdan so’zlangiz faqat! “ BARCHASIDAN 
BARVAQT 
TURAMAN”Bugun turib hammadan barvaqt,
Dala tomon yo’l lodim xushvaqt.
Ammo borsam tamom o’zga hol,
Hayrat bilan turib qoldim lol.
Mendan barvaqt uyg’onib shamol,
G’uncha labin ochibdi xushhol.
Mendan barvaqt uyg’onib shudring
Maysalar-la, boshlabdi gurung.
Mendan barvaqt uyg’onib so’qmoq,
Cho’zilibdi uzundan – uzoq.
Xoh… ertaga barin ko’raman,
Barchasidan barvaqt turaman. Bilimingizni sinang!
•
Ijodkorning dostonlarini bilasizmi?
•
“ Yer va ter” she’rida qanday g`oya 
ilgari surilgan?
•
“ Yulduzlar afsonasi” she’riy-hikoyasi 
sizda qanday taassurot qoldirdi?
•
Xayriddin Saloh qaysi ijodkorlarning 
asarlarini o`zbekchaga tarjima 
qilgan?

XAYRIDDIN SALOH 1934 —1969

• Xayriddin Saloh (Xayriddin Salohiddinov) 1934-yilning 15-yanvarida Toshkentda tug’ilgan.

• Maktabda o’qib yurgan paytlaridayoq badiiy so’zga bo’lgan qiziqish Xayriddinni shoir G’ayratiy rahbarlik qilgan adabiyot to’garagi ga boshlab keldi. • To’garakda shoir Erkin Vohidov, Yusuf Shomansur, Sayyor kabi tengdoshlari bilan ijod sirlarini o’rganadi.

ILK SHE’R • Yosh shoirning ilk she’ri 1950- yilda e’lon qilindi va bu ko`pchilikning e’tiborini tortadi.