logo

MUSTAQILLIK DAVRI ADABIYOTI

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

444.38671875 KB
MUSTAQILLIK 
DAVRI  ADABIYOTI •
Mustaqillik  davri  milliy  adabiyot  taraqqiyoti 
tarixidagi  oddiy  xronologik  bosqich  emas, 
balki  bir  qator  jiddiy  o‘ziga  xos  jihatlarga  ega 
bo‘lgan  alohida  badiiy-estetik  hodisadir. 
Istiqlol  davri  o‘zbek  adabiyoti  tamomila 
yangilanayot gan  estetik  tafakkurning  mahsuli 
o‘laroq tug‘ildi. 
•
U  yagona  hukmron  mafkura  tazyiqidan 
qutulgan,  dunyoni  har  xil  anglash,  izohlash 
hamda  tasvirlash  imkoniyatiga  ega  bo‘lgan 
millat  ijodiy  dahosining  samarasi  sifatida 
dunyoga keldi. Ijtimoiy taraqqiyot yo‘sinlarini, 
muayyan  shaxs  ruhiyati  manzaralarini  sinfiy 
kurash  va  partiyaviy  yondashuvsiz  ham 
tasvirlash natijasi bo‘lib yaratildi. Mustaqillik  davri  adabiyotining                   
           10 xususiyati
•
1.  Bu  davr  adabiyoti  hukmron  mafkura  tazyiqidan  qutulgan,  olam  va  odam 
ruhiyatiga  mansub  hodisalarga  xilma-xil  qarashlarning  mahsuli  bo‘lgan 
adabiyotdir;
•
2.  Mustaqil  o‘zbek  davlati  badiiy  adabiyotni  sho‘ro  zamonida  bo‘lgani  kabi 
o‘z monopoliyasiga aylantirishga urinmadi. Shu bois ijod erkinligiga ob’yektiv 
sharoit yaratildi. Adabiyot ijodkorning ko‘ngil ishiga aylandi va aylanmoqda;
•
3.  Istiqlol  davri  adabiyoti  odamga  ishchi  kuchi,  ishlab  chiqaruvchi, 
mehnatkash sifatida yondashish tarzidan qutuldi;
•
4.  Mustaqillik  davri  o‘zbek  adabiyoti  biror  ijtimoiy  tuzumning  afzalligini 
ko‘rsatish,  siyosiy  tizimlarni  takomillashtirishga  emas,  alohida  inson 
shaxsining ma’naviyatini mukammallashtirishga yo‘naltirildi. 
•
5.  Bu  adabiyot  inson,  insonlararo  munosabatlar  g‘oyat  mu rakkab,  chigal  va 
izohlash  mushkul  ekanligi  chuqur  anglagan  va  ularni  butun  murakkabliklari 
bilan aks ettirishga harakat qilayotgan adabiyotdir. •
6.  bu davr adabiyoti mavzu dolzarblik, hozirjavoblik, zamonaviylik 
singari sirtqi belgilardan baland turishga va lahzalik holatlarning 
mangulikka suratlanishiga yo‘naltirilmoqda;
•
7. Xilma-xil badiiy asarlarning vujudga kelishi tufayli xilma-xil 
o‘quvchilar paydo bo‘ladi. Badiiy didi yuksak, so‘zni nozik his 
etadigan, sezimlardagi yengil tebranishlarni ham ilg‘ay oladigan 
kitobxon shakllanishiga turtki bo‘ladi;
•
8. Bu davr adabiyo ti jo‘nlikdan, anchayinlikdan, to‘porilikdan qutildi 
va uning asl namunalarini hamisha ham izohlash, tushuntirish, 
mantiqiy qoliplarga solish mumkin bo‘lmay qoldi;
•
9. Ijod erkinligi, xilma-xil fikrlash imkoniyati, badiiy so‘zga davlat 
miqyosida xo‘jayinlik qilishning barham topganligi 
iste’dodsiz(o‘rtamiyona) asarlarning ham yaratilishi hamda chop 
etilishiga imkon tug‘dirdi;
•
10. Bozor munosabatlari badiiy ijod sohasida ham namoyon bo‘la 
boshladi. Natijada xaridorgir, ommaning o‘tkinchi talablariga mos 
keladigan asarlar yaratishga harakat kuchaydi. She’riy at
•
Abdulla  Oripov,  Rauf  Parfi,  Shavkat  Rahmon, 
Azim  Suyun,  Usmon  Azim,  Ikrom  Otamurod, 
Abduvali  Qutbiddin,  Farida  Afro‘z,  Aziz  Said, 
Muhammad  Yusuf,  Faxriyor,  Bahrom 
Ro‘zimuhammad,  Rauf  Subhon,  Iqbol  Mirzo, 
Zebo  Mirza,  Tursun  Ali,  Ulug‘bek  Hamdam, 
Xosiyat  Rustamova  singari  shoirlarning 
she’rlarida  olamni  poetik  idrok  etish  yangi 
bosqichga ko‘tarilgani namoyon bo‘ladi. •
R.  Parfining  «Adashgan  ruh»,  «Qora  devor», 
«Munojot»,  «Sensiz»,  Sh.  Rahmonning 
«Turkiylar»,  «Iqror»,  A.  Suyunning 
«Istig‘for»,  «Oq  va  qora»,  A.  Qutbiddinning 
«Izohsiz  lug‘at», A.  Saidning  «Tush»,  «Yo‘l», 
Faxriyorning  «Ayolg‘u»,  «Bo‘g‘zimdan 
sirqirar  tovush  -  qon...»,  «Oyloq  kecha...» 
she’riy  asarlari  mustaqillik  davri  o‘zbek 
nazmining yetuk namunalaridan hisoblanadi.  N asr
•
Hozirgi  adabiy  jarayonda  Shukur  Xolmirzaev,  O‘tkir 
Hoshimov,  Omon  Muxtor,  Muhammad  Ali,  Tohir 
Malik,  Tog‘ay  Murod,  Murod  Muhammad  Do‘st, 
Asad  Dilmurod,  Xayriddin  Sultonov,  Normurod 
Norqobilov,  Xurshid  Do‘stmuhammad,  Nazar 
Eshonqul,  A.  Yo‘ldoshev,                                                           
Ulug‘bek  Abdulvahob,  Luqmon  Bo‘rixon,  Zulfiya 
Qurolboy  qizi  singari  ijodkorlar  o‘ziga  xos  yo‘sinda 
qalam tebratib, milliy nasr taraqqiyotini ta'minladilar. •
Omon  Muxtorning  "Ming  bir  qiyofa",  "Ko‘zgu 
oldidagi  odam",  "Tepalikdagi  xaroba",  "Ffu", 
"Ayollar  saltanati  va  mamlakati",  "Maydon" 
romanlari, Nazar Eshonqulning jahon prozasining 
eng  ilg‘or  tajribalari  asosida  sof  milliy  obrazlar 
yarata olgan "Qora kitob" qissasi, "Shamolni tutib 
bo‘lmaydi",  "Tobut  shahar",  "Quyun"  hikoyalari, 
Xurshid  Do‘stmuhammadning  “Bozor”,  Luqmon 
Bo‘rixonning  "Jaziramadagi  odamlar",    Salomat 
Vafoning  “Tilsim  saltanati”,  A.  Nurmurodovning 
“Qon hidi” romanlari… Dramat urgiy a 
•
Usmon Azimning «Bir qadam yo‘l», Erkin 
Samandarning  «Arabmuhammad 
Bahodirxon», Ilhom Hasanning «Bir kam 
dunyo», Abdulla A’zamning «Dugohi 
Husayniy», «Jek London hikoyasidan 
so‘ng», O. Yoqubovning «Bir koshona 
sirlari» kabi asarlari hozirgi o‘zbek 
dramaturgiyasida erishilgan yutuqlardan 
bo‘ldi.  X ULOSA O` RNI DA 
•
Mustaqillik davri adabiyoti sog‘lom tamoyillar 
asosida  rivojlanmoq-da.  Hozir  yaratilayotgan 
turli  janrlardagi  asarlarda  zamondoshlar 
ruhiyatini  tasvirlashning  eng  ta’sirchan 
usuliarini  kashf  etishga  jiddiy  e’tibor 
berilyapti. E	’	T	I	B	O	R	I	N	G	I	Z	D	A	N	 	
X	U	R	S	A	N	D	M	
I	Z	!

MUSTAQILLIK DAVRI ADABIYOTI

• Mustaqillik davri milliy adabiyot taraqqiyoti tarixidagi oddiy xronologik bosqich emas, balki bir qator jiddiy o‘ziga xos jihatlarga ega bo‘lgan alohida badiiy-estetik hodisadir. Istiqlol davri o‘zbek adabiyoti tamomila yangilanayot gan estetik tafakkurning mahsuli o‘laroq tug‘ildi. • U yagona hukmron mafkura tazyiqidan qutulgan, dunyoni har xil anglash, izohlash hamda tasvirlash imkoniyatiga ega bo‘lgan millat ijodiy dahosining samarasi sifatida dunyoga keldi. Ijtimoiy taraqqiyot yo‘sinlarini, muayyan shaxs ruhiyati manzaralarini sinfiy kurash va partiyaviy yondashuvsiz ham tasvirlash natijasi bo‘lib yaratildi.

Mustaqillik davri adabiyotining 10 xususiyati • 1. Bu davr adabiyoti hukmron mafkura tazyiqidan qutulgan, olam va odam ruhiyatiga mansub hodisalarga xilma-xil qarashlarning mahsuli bo‘lgan adabiyotdir; • 2. Mustaqil o‘zbek davlati badiiy adabiyotni sho‘ro zamonida bo‘lgani kabi o‘z monopoliyasiga aylantirishga urinmadi. Shu bois ijod erkinligiga ob’yektiv sharoit yaratildi. Adabiyot ijodkorning ko‘ngil ishiga aylandi va aylanmoqda; • 3. Istiqlol davri adabiyoti odamga ishchi kuchi, ishlab chiqaruvchi, mehnatkash sifatida yondashish tarzidan qutuldi; • 4. Mustaqillik davri o‘zbek adabiyoti biror ijtimoiy tuzumning afzalligini ko‘rsatish, siyosiy tizimlarni takomillashtirishga emas, alohida inson shaxsining ma’naviyatini mukammallashtirishga yo‘naltirildi. • 5. Bu adabiyot inson, insonlararo munosabatlar g‘oyat mu rakkab, chigal va izohlash mushkul ekanligi chuqur anglagan va ularni butun murakkabliklari bilan aks ettirishga harakat qilayotgan adabiyotdir.

• 6. bu davr adabiyoti mavzu dolzarblik, hozirjavoblik, zamonaviylik singari sirtqi belgilardan baland turishga va lahzalik holatlarning mangulikka suratlanishiga yo‘naltirilmoqda; • 7. Xilma-xil badiiy asarlarning vujudga kelishi tufayli xilma-xil o‘quvchilar paydo bo‘ladi. Badiiy didi yuksak, so‘zni nozik his etadigan, sezimlardagi yengil tebranishlarni ham ilg‘ay oladigan kitobxon shakllanishiga turtki bo‘ladi; • 8. Bu davr adabiyo ti jo‘nlikdan, anchayinlikdan, to‘porilikdan qutildi va uning asl namunalarini hamisha ham izohlash, tushuntirish, mantiqiy qoliplarga solish mumkin bo‘lmay qoldi; • 9. Ijod erkinligi, xilma-xil fikrlash imkoniyati, badiiy so‘zga davlat miqyosida xo‘jayinlik qilishning barham topganligi iste’dodsiz(o‘rtamiyona) asarlarning ham yaratilishi hamda chop etilishiga imkon tug‘dirdi; • 10. Bozor munosabatlari badiiy ijod sohasida ham namoyon bo‘la boshladi. Natijada xaridorgir, ommaning o‘tkinchi talablariga mos keladigan asarlar yaratishga harakat kuchaydi.

She’riy at • Abdulla Oripov, Rauf Parfi, Shavkat Rahmon, Azim Suyun, Usmon Azim, Ikrom Otamurod, Abduvali Qutbiddin, Farida Afro‘z, Aziz Said, Muhammad Yusuf, Faxriyor, Bahrom Ro‘zimuhammad, Rauf Subhon, Iqbol Mirzo, Zebo Mirza, Tursun Ali, Ulug‘bek Hamdam, Xosiyat Rustamova singari shoirlarning she’rlarida olamni poetik idrok etish yangi bosqichga ko‘tarilgani namoyon bo‘ladi.