Xo'jaligi, transporti, ichki tafovutlari
Xo'jaligi, transporti, ichki tafovutlari
• Xitoy yillik ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari hajmiga ko‘ra jahonda uchinchi o‘rinda turadi. Ammo ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning aholi jon boshiga to‘g‘ri kelish ko‘rsatkichlariga ko‘ra, u oddiy rivojlanayotgan davlatlar darajasidadir. Shuni ta’kidlash lozimki, so‘nggi yillarda Xitoy iqtisodiyoti ancha tez o‘smoqda.
• YIM ishlab chiqarishda industrial tarmoqlar hissasi 41 % ni, qishloq xo‘jaligi 12 % ni, xizmat ko‘rsatish sohasi 47 % ni tashkil etadi. Tashqi iqtisodiy aylanmasi 2012-yilda 2300 mlrd. AQSH dollarini yoki jahon bo‘yicha 7,9 % ni tashkil etdi. Shundan, 1290 mlrd. dollarga teng qismi (56,1 %) eksportga to‘g‘ri keladi. Sanoati hozirgi tarmoqlarning deyarli barcha turlariga ega. Hozirgi industriyasining asosini neft va neft kimyosi, atom energetikasi, samolyotsozlik, avtomobilsozlik, elektrotexnika, metallurgiya kabi eng ilg‘or sanoat tarmoqlari tashkil qiladi.