XORAZIMNING XVII-XIX VA XX ASR BOSHLARI TARIXNAVISLIGI
MAV ZU: X ORA ZIMN I N G X V I I-X IX VA X X ASR BOSHLARI TA RI X N AVI SLI GI
MUN DARE J A: KI RI SH I BOB X V II -X I X VA X X A SR BOSHLARI X ORA ZM TA RI X I VA UN GA DOIR YOZILGAN TARIX I Y ASA RLA RN I O‘RGAN ILI SHI 1.1 X V I I-X IX v a X X asr boshl ari X orazm t arix i 1.2 X orazm da y ozi lgan t arix iy asarlarni o‘rgani l ishi I I BOB X VI I -X I X VA X X A SR BOSHLA RI X ORA ZMDA YASHAGA N TA RI X N AVI S OLI MLARN I N G HAYOTI VA I J ODI 2.1 A bul g‘oziy xoni ng v a Muni sni ng hay ot i v a i j odi 2.2 X orazm t ari x na v islari dan Ogahiy ning v a Bay oniy ning hay ot i v a ij odi III BOB X VII-X IX VA X X ASR BOSHLA RI X ORAZMDA YOZILGAN TA RIX IY ASA RLARDA X IVA X ON LIGIN IN G SIYOSIY VA MA DA N IY X AYOTI 3.1 X i v a xonli gi siy osi y t arix iga oid X V I I-X IX v a X X asr boshl ari da y ozi lgan t arix iy asarlar 3.2 X i v a xonli gi da hunarmandchi li k , sav do-sot iq v a madani y hay ot X ULOSA FOY DA LA N ILGA N A DA BIYOTLA R RO‘Y X ATI
KIRISH • Mavzuning dolzarbligi. Xorazmda juda ko‘plab olimlar, tarixnavislar, Shoirlar, naqqoshlar, musiqashunoslar etishib Chiqqan. Ularning o‘rta asr fanining turli sohalariga asos solganligi ma’lum. • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek “Mustaqillik yillarida xalqimizning qadimiy tarixi va boy madaniyatini tiklash, buyuk allomalarimiz, aziz-avliyolarimizning ilmiy, diniy va ma’naviy merosini har tomonlama chuqur o‘rganish va targ’ib etish, muqaddas qadamjolarini obod qilish, yosh avlodni ularning ezgu an’analari ruhida tarbiyalash bo’yicha ulkan ishlar amalga oshirildi va izchil davom ettirilmoqda” . • O‘rta Osiyoning katta madaniyat markazlaridan biri bo‘lgan Xorazmda Muhammad Muso al- Xorazmiy, Abu Abdulla al-Xorazmiy, Abu Rayhon Muhammad al-Beruniy, alloma Zamaxshariy kabi olimlar etishgan va ijod etgan. • Dunyoga mashhur olimlar etishtirib bergan Xorazm XVII-XIX va XX asr boshlarida xorazmlik tarixnavis olim Abulg‘oziy, Shermuhammad Munis, Muhammad Rizo Ogahiy, Muhammad yusuf Bayoniy, Shuningdek, qator Shoir va adiblarning vatani edi.
• Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Olimlar va tarixchilar tomonidan Xorazm tarixini o‘rganish borasida anchagina ilmiy-tadqiqot ishlari olib borildi. Qator ilmiy-monografik asarlar maydonga keldi. Shu bilan birga, hali qator qo‘lyozma asarlar borki, Xorazm tarixini yoritishda ularni o‘rganish, ularda keltirilgan daliliy ma’lumotlardan to‘liq foydalanish va nashr qilish zarur. 1954 yili Toshkentda bo‘lib o‘tgan qo‘shma ilmiy sessiyada tarixni yoritish uchun Sharq qo‘lyozmalarini va arxiv hujjatlarini muntazam ravishda o‘rganish va nashr etish zarurligi uqdirib o‘tilgan edi. • Prof. S.P.Tolstov, prof. Ya.G‘.G‘ulomov va boshqa qator olimlar o‘zlarining ilmiy tadqiqotlarida Xorazmning boy madaniyatga ega ekanligini etarli dalillar bilan isbotlab berdilar.
• Tadqiqot oby ek t i v a predmet i. Xorazmning XVII-XIX va XX asr boshlari tarixnavislari qoldirgan ilmiy merosi Shu qadar boyki, ularning ilmiy merosini har tomonlama va maxsus tadqiq etish tadqiqot ishining ob’yekti qilib olindi. Xorazm tarixnavislarining jahon ilm-fani xazinasiga qo‘shgan hissasini, hozirgi kundagi ahamiyatini tarixiy manbalar, ilmiy adabiyotlar asosida o‘rganish tadqiqot ishining predmeti hisoblanadi.