XVII-XIX asrda o’rta osiyoda fan
Mavzu: XVII-XIX asrda o’rta osiyoda fan XVII asr oxiri XIX asr ikkinchi yarmida sanoatga fan va texnikaning ta’siri. Fan – texnika taraqqiyoti. Fan taraqqiyotiga jadidlarning qo‘shgan hissasi.
XVII asr oxiri XIX asr ikkinchi yarmida sanoatga fan va texnikaning ta’siri. • Ilmiy texnika taraqqiyoti jadallik bilan rivojlana boshlashi sanoatning ko‘plab tarmoqlarining rivojlanishiga o‘z tasirini ko‘rsatdi. Nihoyat XIX asrdan etiboran birinchi o‘ringa tadqiqot masalasi qo‘yildi. Natijada bu davrda ilm bilan texnikani sistemaga solish orqali ishlab chiqarish bilan ilmiy-texnikaviy tadqiqotlarni uzviy bog‘lash zaruriyati paydo bo‘la boshladi.
• Sababi,b u davrda Yevropaning ko‘p davlatlarida mexanik to‘quv dasgohlari ixtiro qilina boshlandi. XIX asrdagi sanoat to‘ntarashi Yevropa davlatlarida yengil sanoatning rivojlantirish uchun imkoniyatlarni kengaytirdi.Uzoq izlanishlardan so‘ng ilk to‘quv dasgohlari shu bilan birga, olingan mahsulotlarni bo‘yoq orqali rang berish usuli yo‘lga qo‘yildi. Bu jarayonni rivojlantirish uchun xom ashyo zarur edi. Natijada metall ishlab chikarish va uning sohalarini takomillashtirish zarurligi paydo bo‘ldi.
• Metal va po‘lat ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun Marten domna pechlari yuzaga keldi va sof po‘lat namunalari olina boshladi. Tayyor bo‘lgan xom ashyoni mahsulotga aylantirish uchun mexanik yo‘l bilan ishlov berishni taqozo qilardi. Shuning uchun mashinalarning detal qismlarini ishlab chiqarish maqsadida frezer dastgohlari yaratildi. Sanoat to‘ntarishi natijasida manifaktura (yarim qo‘l mehnatiga asoslangan sanoat korxonasi) relsli temir yo‘llar, bug‘ mashinalari paydo bo‘ldi. Shuning uchun bu davr XIX asr” temir va bug‘ asri ”deyiladi. Endingi masala –yoqilg‘i masalasini hal etish zaruriyati edi.
• Ilk yoqilg‘i sifatida toshko‘mirdan foydalanish yo‘lga qo‘yildi. Keyinroq neftdan olingan yoqilg‘ilarni XIX asrning 70-yillarida ichki dvigatellarga moslash yo‘lga qo‘yildi. • Sanoatni jadal rivojlanishi uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga extiyoj osha boshladi. Buning uchun Amerika o‘z paxtasini Yevropaga sota boshladi. Mahsulotning ortishi sanoatning yuksalishi yana bir jarayonga turtki bo‘ldi. Ya’ni mahsulotlarni tashish va aloqa o‘rnatishni yuzaga keltirdi. Shuning uchun XVII-XVIII asrlarda mavjud bo‘lgan bug‘ dvigateli bilan ishlaydigan paroxodlar yaratildi va aloqaning ilk telegraf jarayoniga o‘tila boshlandi.