XX-asr ikkinchi yarmida Migratsiyon jarayonlarning òziga xos xususiyatlari
Mavzu:XX-asr ikkinchi yarmida Migratsiyon jarayonlarning òziga xos xususiyatlari
Reja: 1. Kontinentlararo migratsiyaning globallashuvi 2. Migratsiya jarayonlari globallashuvining yangi va tabiiy resurslarni egallashdagi roli. 3.Migratsiyaning asosiy xususiyatlari
Aholi va uning eng faol qismi bo`lgan mehnat resurslari makroiqtisodiyotning asosiy qismi hisoblanadi. Dunyo aholisining qandaydir qismi, har xil ta`sirlar yordamida ish va yashash joyini almashtirib turadi. Bu omil migratsiya deb atalib, u bir paytning o`zida ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, diniy, ekologik xarakterga ega. Fanda migratsiyaning turli ta`riflari mavjud. Migratsiyaga mavjud ta`riflar orasida umumiy tarzda, quyidagi ta`rifni ajratib ko`rsatish mumkin: jismoniy shaxs (aholi) ning ma`lum bir geografik hududdan boshqa bir muayyan hududga ko`chishi migratsiya deyiladi.XX asr oxiri va XXI asr boshlarida dunyoda aholi migratsiyasi kuchaydi. Agar oldinlari migratsiya ma`lum bir hududlardagina (Afrika, Osiyo, AQSH, G`arbiy Yevropa) ro`y bergan bo`lsa, endilikda migratsiya tobora xalqaro global jarayonga aylanib bormoqda.Aholining migratsion jarayonlari motivi, ko`pchilik hollarda, siyosiy va iqtisodiy omillar hisoblanadi. XX asr oxirida dunyo siyosiy xaritasidagi o`zgarishlar migratsion jarayonlarga yangi turtki berdi. YAngi yosh mustaqil davlatlardan rivojlangan mamlakatlarga migratsiya shu yillarda yanada o`sdi. Bu o`rinda, bir vaqtning o`zida, siyosiy va iqtisodiy omillarning kesishuvi natijasidagi migratsion jarayonni kuzatishimiz mumkin.
Dunyo bo`ylab migratsion jarayonlarning ortishi ko`plab muammolarni keltirib chiqarmoqda. Jumladan, boshqa davlatlarga kelayotgan kishilarning til bilmasligi, mahalliy aholi urf-odatlarini bilmasligi, mahalliy aholi bilan turli nizolarning kelib chiqishi, diniy omil , ishchilarning oddiy gigienik qoidalarga rioya qilmasliklari, turli yuqumli kasalliklarning kelib chiqishi, tibbiy xizmatning vaqtida olinmasligi, shuningdek, turli jamoat joylarida o`zini tutish qoidalarini bilmasligi yoki rioya qilmasligi kabi omillarni ko`rsatish mumkin.YUqoridagi holatlarning avj olib ketmasligi uchun migratsion jarayonlarni boshqarish tushunchasi qo`llaniladi. Bunday boshqarish tagzamirida, ish kuchi resurslarini birinchi navbatda, qonuniylashtirish, tartibga solish yotadi.Ishchi kuchi migratsiyasini tartibga solishda xalqaro tashkilotlarning ahamiyati kattadir.