XX-asr oxiri XXI-asr boshlarida Daniya
XX-asr oxiri XXI-asr boshlarida Daniya
Daniya (Danmark), Daniya qirolligi (Konqeriqet Danmark) — Yevropaning shimoli-gʻarbidagi davlat, Yutlandiya ya. orolning katta qismini va unga yaqin orollar guruhi (Zelandiya, Fyun, Lollann, Falster va boshqa)ni oʻz ichiga oladi. Maydon 43043 km2 (Grenlandiya va Farer orollaridan tashqari); Aholisi 6,8 mln. kishi (2023). Poytaxti — Kopengagen shahri. Maʼmuriy jihatdan 14 amt (viloyat)ga, amtlar esa kommunalarga boʻlinadi. Kopengagen va Frederikeberg shaharlari mustaqil maʼmuriy birlikka ajratilgan boʻlsa ham, ammo amtlarga tenglashtirilmagan. Ichki muxtoriyatdan foydalanuvchi Farer orollari va Grenlandiya orol Daniya qirolligi tarkibiga kiradi. Daniya aholisi 2023-yil 1-oktabr ma‘lumotlariga ko‘ra,5 804 228 kishini tashkil etdi.
Daniya— konstitutsiyali monarxiya. Amaldagi konstitutsiyasi 1953 yil 5 iyunda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — qirol (qirolicha, 1972 yildan qirolicha Margrete II). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni qirolicha bilan folketing (bir palatali parlament) amalga oshiradi. Folketing 179 deputatdan iborat. Ular umumiy toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 4 yil muddatga saylanadi. Ijroiya hokimiyatni qirol (qirolicha) amalga oshiradi. U bosh vazir va hukumat aʼzolarini tayinlaydi hamda lavozimidan ozod etadi.