logo

Yaqin sharq mamlakatlari

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

9691.484375 KB
“ Yaqin sharq mamlakatlari tarixi”              «Sahrodagi bo‘ron». AQSh-Iroq birinchi urushi qanday sodir bo‘lgan edi?
32 yil muqaddam Iroq Quvaytni bosib olib, o‘zi uchun halokatli tugashi 
muqarrar bo‘lgan AQSh bilan qarama-qarshilikni boshlab bergandi.  Oq 
uy o‘shanda ilk bor arab davlatlari ishiga aralashishni boshlagan va bu 
ish hamon davom etmoqda.                1988-yilda,  Iroq-Eron urushi tugaganidan so‘ng Iroq 
iqtisodiy muammolarga duch kela boshlaydi.  Mamlakat 
Eron bilan urishib yurganida Saudiya Arabistoni va 
Quvaytdan katta miqdorda qarz bo‘lgan, endi o‘sha 
qarzlarini qaytarishi kerak edi. Urushdan charchab 
chiqqan Iroqda o‘sha qarzlarni qaytarishga yetarli 
mablag‘ yo‘q edi.
Bu muammoni yechishda Iroq prezidenti Saddam 
Husayn agressiv yo‘ldan ketadi.  U Quvaytni bahsli 
hududlardan biri bo‘lgan Rumeyladan noqonuniy neft 
qazib olishda ayblab, undan Iroq-Eron urushi paytida 
berilgan 17 milliard dollar miqdoridagi qarzdan kechishni 
va yana 2,4 milliard dollar miqdorida tovon puli to‘lashni 
talab qila boshlaydi. Tabiyki, Quvayt buni rad etadi.              Urushning boshlanishi               1990-yil 31-iyul kuni Saudiya Arabistonining Jyezde 
shahrida o‘zaro nizolar yuzasidan Iroq-Quvayt muzokaralari 
bo‘lib o‘tadi.  Ammo muzokara natijasiz tugaydi. Oradan ikki 
kun o‘tib, 1990- yil 2-avgust kuni Iroq qo‘shinlari Kuvaytga 
bostirib kiradi,  Quvayt amiri Jobir as-Saboh Saudiya 
Arabistoniga qochib ketadi.
Iroq qo‘shinlari Kuvaytni bosib olgan kunning o‘zida BMT 
Xavfsizlik Kengashi 660-sonli rezolyutsiyani qabul qiladi.  Unda 
Iroqqa Kuvaytdan o‘z qo‘shinlarini darhol olib chiqib ketish 
talabi qo‘yiladi.  Iroq BMT talabini rad etdi va Quvaytni o‘z 
tarkibiga qo‘shib olib, uni o‘zining 19-provinsiyasi deb e'lon 
qiladi.
O‘sha paytda ko‘plab xalqaro tashkilotlar va davlat 
rahbarlari Saddam Husayndan o‘z qo‘shinlarini Quvaytdan 
darhol olib chiqib ketishni talab qilishadi.  U bu talablarni 
e'tiborsiz qoldiradi.              « Sahrodagi bo‘ron operat siy asi»
«Sahrodagi bo‘ron» amaliyoti rahbari general Norman 
Shvarskopf                Iroq BMT rezolyutsiyasini pisand qilmaganidan keyin, AQSh Qurolli 
kuchlari Markaziy qo‘mondonligi zudlik bilan Iroqqa qarshi harbiy harakatlar 
boshlash rejasini tuza boshaydi.  Rejaga shartli ravishda «Sahrodagi bo‘ron» deb 
nom beriladi. Rejada avval Iroqdagi muhim obektlarga havodan zarba berish, 
so‘ng quruqlikdagi qo‘shinlarni harakatga keltirish belgilangan edi.
1990-yil 7-avgust kunidan boshlab AQSh o‘z harbiylari va harbiy 
texnikalarini Fors ko‘rfaziga ommaviy tarzda jo‘nata boshlaydi.  BMT o‘shanda 
Iroqqa qarshi jami 12 rezolyutsiya qabul qiladi. Ularda Iroqqa nisbatan iqtisodiy 
va harbiy sanksiyalar, shuningdek Kuvaytdan qo‘shinlarni darhol olib chiqib ketish 
talablari qo‘yilgandi.
Ammo, Saddam Husayn bu rezolyutsiyalarga parvo qilmaydi.
1990-yil 27-noyabrda BMT Iroqqa qarshi harbiy kuch ishlatish haqida 678-sonli 
maxsus rezolyutsiyani qabul qiladi.  Unda Iroqqa 1991-yil 15-yanvargacha 
Kuvaytdan chiqib ketish uchun so‘nggi muddat beriladi. Agar bu shart 
bajarilmasa, unga qarshi harbiy kuch ishlatilishi belgilanadi.
Iroqqa qarshi harbiy amaliyotlar olib borish uchun o‘sha paytda  AQShga 
yana ko‘plab davlatlar qo‘shiladi va qisqa fursatda ularning soni 28ta bo‘ladi. 
Ittifoqchilar qo‘shinlarga qo‘mondonlik qilish AQSh generali Norman 
Shvarskopfga topshiriladi.              Quruqlik dagi harbiy  amaliy ot lar               Iroqqa qarshi xalqaro kuchlar tarkibiga bir qator arab 
davlatlari, jumladan Misr, Suriya va Saudiya Arabistoni ham 
qo‘shiladi.
Xalqaro kuchlar tarkibida 600 ming askar, 8 mingga yaqin harbiy 
texnika, 2 ming samolyot va ko‘plab harbiy kemalardan iborat 
katta armiya jamlanadi.
Harbiy aviatsiyani boshqarish uchun AQShning 9-havo 
qo‘shinlari armiyasi qoshida yagona boshqaruv shtabi tuzildi va 
xalqaro kuchlar avitsiyasi ana shu boshqaruv shtabi orqali 
boshqariladi.  Iroqqa qarshi xalqaro koalitsiyaning asosiy bazasi 
Saudiya Arabistoni shimolida, Iroq chegarasidan 20-50 kilometr 
uzoqlikda joylashtiriladi.
O‘sha paytda Iroq armiyasida 1 millionga yaqin askar, 5 
ming tank, 8 ming minomyot, 700 samolyot va «Yer-Yer» tipidagi 
400 kilometrdan 1200 kilometr uzoqlikkacha ucha oladigan 
raketalar bo‘lgan.              Iroq hav o zarbalari ost ida               1991-yil 15-yanvarda Iroqqa berilgan so‘nggi muddatgacha Saddam 
Husayn Quvaytdan o‘z qo‘shinlarini olib chiqmaydi. 17 yanvar kuni soat 00:00da 
xalqaro kuchlar aviatsiyasi Iroq bo‘ylab keng qamrovli havo hujumini amalga 
oshirishga kirishadi va muhim obektlarga bomba tashlay boshlaydi.
Ittifoqchilar aviatsiyasi 24 yanvargacha sutkasiga 700-800tadan, jami 
4700ta parvozni amalga oshiradi. Asosiy aviazarbalar Iroq poytaxti Bag‘dod 
shahri va yana bir qator shaharlardagi muhim obektlarga beriladi.  Iroq tomoni 
ham qarab turmaydi va «Al Husayn» va «Al Abbos» deb nomlangan «Skad» 
tipidagi raketalar bilan ittifoqchilarning Saudiya Arabistoni hamda Isroildagi 
bazalariga zarba berishga urinadi. Bu turdagi raketalarni Iroqqa urushdan avval 
SSSR yetkazib bergan edi.
Iroq tomonidan uchirilgan raketalarning bir qismi mo‘ljalga yetib borgan, yana 
bir qismi  AQSh harbiy havo kuchlariga qarashli raketa tutqichlar tomonidan 
urib tushirilgan.
Olti kunlik havo hujumi natijasida Iroq hududidagi aksariyat muhim obektlar 
vayron qilinadi. Iroqqa havodan zarba berish fevral oyida ham davom ettiriladi.
Nihoyat 15-fevralda Saddam Husayn xalqaro koalitsiyaga Kuvaytdan 
qo‘shinlarini olib chiqishga tayyor ekanini bildiradi. Ittifoqchilar Iroqqa 
quruqlikdan ham hujum qilishga kelishib olishgani tufayli Saddam Husaynning 
sulh haqidagi taklifini e'tiborsiz qoldirib, hujum qilishda davom etishadi.              Quruqlik dagi harbiy  amaliy ot lar 
v a Iroqning y engilishi               1991-yil 24-fevral kuni xalqaro kuchlar Iroqqa 
qarshi quruqlikdagi harbiy amaliyotlarni boshlaydi. 
27-fevral kuni ittifoqchilar tomonidan Quvayt 
hududi Iroq harbiylaridan tozalanadi va harbiy 
harakatlar endi Iroq hududida davom ettiriladi.
28-fevral kuni Iroq Bosh qo‘mondonligi oq 
bayroq ko‘taradi va shu tariqa  «Sahrodagi bo‘ron» 
operatsiyasi yakunlanadi.              Urushning AQSh uchun ahamiy at i
Quvaytdagi Iroqning zirhli texnikalarining “qabristoni”               «Sahrodagi bo‘ron» operatsiyasida xalqaro 
kuchlarning Iroq ustidan g‘alaba qozonishining AQSh 
uchun ahamiyati juda katta edi.
1964-1975-yillarda bo‘lib o‘tgan Vetnam urushida 
mag‘lubiyatga uchraganidan so‘ng xalqaro maydonda 
AQSh harbiylarining obro‘si ancha tushib ketgan edi.
Iroqqa qarshi urushdagi g‘alaba AQSh harbiylariga ana 
shu ishonchni qaytaradi.
Iroq tomoni esa bu urushgacha sakkiz yil Eron 
bilan urushgan, armiyasi chiniqqan edi. Ammo, 
chiniqqan armiya xalqaro kuchlarning havo hujumlari 
ostida «tutday to‘kilib» ketadi.              Saddam Husay n nimasiga ishongan 
edi?
Saddam Husaynning Bog’doddagi haykalining qulatilishi                O‘sha paytda Quvaytni bosib olib, uni o‘z davlatining bir bo‘lagi deb 
e'lon qilgan Saddam Husayn nimaga ishonib BMT rezolyutsiyalari va xalqaro 
hamjamiyatning ogohlantirishlarini e'tiborsiz qoldirgan?  Bu savolga aniq 
javob yo‘q. Ammo ko‘plab taxminlar bor. Birinchi taxminga ko‘ra, u Iroq-Eron 
urushida o‘z armiyasi ancha toblangan va janglarda tajriba orttirgan, shu 
sababli xalqaro kuchlar tomonidan yo‘llanadigan harbiylarga bas kela oladi 
deb hisoblagan.  Yana bir taxminga ko‘ra, o‘sha paytda SSSR Afg‘onistonda olib 
borilgan 10 yillik urushda mag‘lub bo‘lib, o‘z harbiylarini olib chiqqaniga uncha 
ko‘p bo‘lmagan va bu ish ham Saddamni ilhomlantirgan.  Ya'ni u SSSRdek 
qudratli davlat harbiylari Afg‘onistonda yengilgan ekan, Iroq armiyasi ham 
AQSh harbiylarini mag‘lub eta oladi deb ishongan. Yana bir taxminga ko‘ra, 
o‘sha paytda agar urush boshlanadigan bo‘lsa, SSSR harbiy yordam berishni 
va'da qilib , Saddam Husaynni ishontirgan. Urush boshlangandan so‘ng 
xalqaro hamjamiyat bosimi bilan Moskva o‘z va'dasida turmagan.
Nima bo‘lganda ham o‘sha paytda Saddam Husayn o‘z kuchiga 
oshiqcha baho berib yuborgan.  Aks holda BMT Xavfsizlik kengashining so‘nggi 
ogohlantirishidan so‘ng unda vaziyatni o‘nglash va Quvaytdan qo‘shinlarini 
olib chiqib ketib, hammasini tinch yo‘l bilan hal qilish uchun bir yarim oy vaqt 
bor edi.              Xulosa
Bu urush sodir bo‘lgandan biroz o‘tib SSSR tarqalib ketadi. AQSh esa urush 
g‘olibi sifatida jahon siyosiy maydonida yana yetakchilikni o‘z qo‘liga oladi.
Iroq Saddam Husaynning manmanligi oqibatida juda og‘ir vaziyatga tushib 
qoladi.
Mamlakat xalqaro kuchlarga tegishli avitsiya tomonidan vayron qilingani 
yetmaganday, keyinchalik Iroq bu urushda jabrlanganlarga tovon puli to‘lashga 
majburlanadi.
Shuningdek, xalqaro hamjamiyat tomonidan Iroqqa nisbatan iqtisodiy 
sanksiyalar joriy qilinadi. Ana shu sanksiyalar tufayli Iroq neft eksport qilishda 
muammolarga duch kela boshlaydi.  Sanksiyalarga ko‘ra, Iroqqa neft eksport qilishda 
ma'lum limit joriy qilinadi. Shundan so‘ng Iroq ana shu limitda belgilangandan oshiq 
neft eksport qila olmay qoladi. Buning oqibatida mamlakat iqtisodiyoti orqaga ketib, 
aholining turmush darajasi pasayib boradi.
AQSh va Iroq o‘rtasida boshlangan qarama-qarshilik bu urushdan keyin ham 
davom etadi. Oradan 13 yil o‘tib AQSh Iroqqa yana bostirib kiradi. AQSh harbiylari 
tomonidan Saddam Husayn asir olinadi va sud qilinib dorga osib o‘ldiriladi.
Endi esa bu boshqa mavzu...                Foydalanilgan manbalar!
1.   Kun.uz – G’ayrat Yo’ldosh maqolasi, 2020-
yil;
2.   Wikipedia.com veb sayti – “Sahrodagi 
bo’ron operatsiyasi maqolasi”;              E’tiboringiz uchun rahmat!

“ Yaqin sharq mamlakatlari tarixi”

«Sahrodagi bo‘ron». AQSh-Iroq birinchi urushi qanday sodir bo‘lgan edi? 32 yil muqaddam Iroq Quvaytni bosib olib, o‘zi uchun halokatli tugashi muqarrar bo‘lgan AQSh bilan qarama-qarshilikni boshlab bergandi. Oq uy o‘shanda ilk bor arab davlatlari ishiga aralashishni boshlagan va bu ish hamon davom etmoqda.

1988-yilda, Iroq-Eron urushi tugaganidan so‘ng Iroq iqtisodiy muammolarga duch kela boshlaydi. Mamlakat Eron bilan urishib yurganida Saudiya Arabistoni va Quvaytdan katta miqdorda qarz bo‘lgan, endi o‘sha qarzlarini qaytarishi kerak edi. Urushdan charchab chiqqan Iroqda o‘sha qarzlarni qaytarishga yetarli mablag‘ yo‘q edi. Bu muammoni yechishda Iroq prezidenti Saddam Husayn agressiv yo‘ldan ketadi. U Quvaytni bahsli hududlardan biri bo‘lgan Rumeyladan noqonuniy neft qazib olishda ayblab, undan Iroq-Eron urushi paytida berilgan 17 milliard dollar miqdoridagi qarzdan kechishni va yana 2,4 milliard dollar miqdorida tovon puli to‘lashni talab qila boshlaydi. Tabiyki, Quvayt buni rad etadi.

Urushning boshlanishi

1990-yil 31-iyul kuni Saudiya Arabistonining Jyezde shahrida o‘zaro nizolar yuzasidan Iroq-Quvayt muzokaralari bo‘lib o‘tadi. Ammo muzokara natijasiz tugaydi. Oradan ikki kun o‘tib, 1990- yil 2-avgust kuni Iroq qo‘shinlari Kuvaytga bostirib kiradi, Quvayt amiri Jobir as-Saboh Saudiya Arabistoniga qochib ketadi. Iroq qo‘shinlari Kuvaytni bosib olgan kunning o‘zida BMT Xavfsizlik Kengashi 660-sonli rezolyutsiyani qabul qiladi. Unda Iroqqa Kuvaytdan o‘z qo‘shinlarini darhol olib chiqib ketish talabi qo‘yiladi. Iroq BMT talabini rad etdi va Quvaytni o‘z tarkibiga qo‘shib olib, uni o‘zining 19-provinsiyasi deb e'lon qiladi. O‘sha paytda ko‘plab xalqaro tashkilotlar va davlat rahbarlari Saddam Husayndan o‘z qo‘shinlarini Quvaytdan darhol olib chiqib ketishni talab qilishadi. U bu talablarni e'tiborsiz qoldiradi.