Markaziy Osiyo mamlakatlari


Markaziy Osiyo mamlakatlari
• Markaziy Osiyo siyosiy-geografik subregioni Yevrosiyo materigining ichkarisida joylashgan. 1991-yildan buyon mustaqil davlatlar sifatida rivojlanayotgan 5 ta sobiq ittifoqdosh respublika - Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonni birlashtiradi. Sanab o‘tilgan davlatlar iqtisodiy- geografik o'rnining umumiy jihati shundan iboratki, birortasida ham Dunyo okeaniga bevosita chiqish imkoniyati yo‘q, ya’ni beshtasining barchasi ichki kontinental mamlakatlar hisoblanadi. Jumladan, Qozog‘iston Respublikasi dunyodagi jami 44 ta bunday geografik joylashuvga ega davlatlardan maydoni bo‘yicha eng yirigi hisoblanadi. Subregionning o`rta qismida joylashgan O'zbekiston Respublikasi geografik o‘rnining o'ziga xosligi esa, nafaqat o`zi, balki biror bir qo'shni mamlakati ham dengizga tutash emasligidir. Bunday geografik xususiyat jahon mamlakatlari ichida, respublikamizdan tashqari, faqatgina G‘arbiy Yevropadagi "mitti” davlatlaridan biri - Lixtenshteyn knyazligiga xos, hududi kattaroq davlatlardan esa hech qaysi birida geografik joylashuvining bunday jihati mavjud emas.