logo

Osiyo mamlakatlari tabiiy resurslari va aholisi

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

14520.594726562 KB
Osiyo mamlakatlari tabiiy resurslari va 
aholisi                     Mineral, suv, agroiqlimiy, o‘rmon resurslari, 
                 sug‘orma dehqonchilik, ish lov beriladigan 
                 yerlar, aholi joylashuvi, tabiiy ko‘payish, 
                 urbanizatsiya, janubiy yevropeoidlar, 
                 mongoloidlar, din.   Tabiiy sharoiti va resurslari. 
Osiyo davlatlarining 
ko‘pchiligi mineral 
boyliklar bilan yaxshi 
ta’minlangan. Jahon 
neft   zaxiralarining 
70 %i, gaz ning 80 % 
dan ortig‘i, ko‘mirning 
50 % dan ko‘pi 
Osiyoning hissasiga 
to‘g‘ri keladi.        Neft va tabiiy gazga Fors qo‘ltig‘i va uning qirg‘oqlari, 
Kaspiy dengizi, Turon tekisligi, Janubi-sharqiy Osiyoning 
dengiz sayoz liklari boy. 
2
1 3
4       Xitoy, Hindiston, Qozog‘istondagi qadimiy platformalar 
hu dudida yirik toshko‘mir, temir, marganes, xrom va 
turli rangli metall konlari joylashgan. 
toshko‘mir temir
xrommarganes3
1
2          Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlarida jahonning eng 
yirik qalayi konlari «qalayi belbog‘i»ni hosil qiladi.     Osiyoda boshqa turdagi tabiiy resurslar (suv, yer, 
agroiqlimiy) hududiy tarqalishida katta farqlar bor. Suv 
resurslari bilan yaxshi ta’minlangan hududlar (misol 
uchun, Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari) bilan birga, be 
poyon qurg‘oqchil cho‘llar ham bor.    Katta tafovutlar tabiiy namlik, ishlov beriladigan 
(haydaladigan) yer lar kabi resurslarning taqsimlanishida 
ham ko‘zga tashlanadi.    Osiyodagi ko‘plab davlatlarda yer resurslari (avvalo, ekin 
maydonlari) yetishmay di, yirik tog‘ massivlari, qurg‘oqchil 
cho‘llar keng tarqalganligi, aholi zichligi yuqori bo‘lganligi uchun 
ishlov beriladigan maydonlar ancha cheklangan. 
ekin maydonlari yetishmasligi
Tog‘ massivlari
Aholi zichligiQurg‘oqchil cho‘llar       Osiyo hududining katta qismida quyosh tafti, uning issiqlik 
imkoniyatlari o‘simliklarning vegetatsiya mavsumining uzoq, 
hatto yil bo‘yi davom etishiga imkon beradi. Ammo tabiiy namlik 
qit’ada notekis taqsimlangan.    Bu holat qadimdan Osiyo mamlakatlarida har tomchi 
suvdan unumli foydalanishga undagan va bu qit’ani 
sun’iy sug‘orish dehqonchiligining beshigiga aylantirgan.    Tarixiy ma’lumotlar Markaziy Osiyo, Janubiy va Janubi-
g‘arbiy Osiyoda sug‘orma dehqonchilik madaniyati 4–5 
ming yil lar oldin shakllanganini tasdiqlaydi.    Yer yuzasidagi barcha sug‘oriladigan yerlarning 3/4 
qismi Osiyo mamlakatlarining hissasiga to‘g‘ri keladi. 
Sug‘oriladigan yerlarning kattaligiga ko‘ra jahonda Xitoy 
birinchi, Hin diston esa ikkinchi o‘rinda turadi.   Aholisi. 
  Osiyo aholisi eng 
ko‘p bo‘lgan qit’a 
hisoblanadi. 
Mintaqada 4,5 mlrd. 
kishidan ortiq, ya’ni 
jahon aholisining 
deyarli 60 % i 
yashaydi (2018-y.).     Osiyoda, qolaversa jahon davlatlari orasida aholi soni 
jihatidan alohida ajralib turadigan davlatlar Xitoy va 
Hindiston hisoblanadi.    Ularning aho lisi, 2018-yil ma’lumotlariga ko‘ra, mos 
ravishda, 1 mlrd. 394 mln. va 1 mlrd. 371 mln. kishiga 
teng bo‘lgan. Demak, Xitoy va Hindistonda Osiyo 
aholisining 61%, yoxud butun insoniyatning 36 % i 
istiqomat qiladi.    Aholi soni jihatidan, 2018-yil holatiga ko‘ra, Xitoy va Hindiston 
dan keyingi yetakchi o‘rinlarni Indoneziya (265 mln. kishi), 
Pokiston (201 mln. kishi), Bangladesh (166 mln. kishi), Yaponiya 
(126 mln. kishi), Filippin (107 mln. kishi), Vyetnam (95 mln. kishi), 
Eron (82 mln. kishi) va Turkiya (81 mln. kishi) kabi davlatlar 
egallaydi. 
8
7 6
54
32 110
9             Osiyo aholisi hozirgi bosqichda, umumiy olganda, yiliga 
1–1,1 % ga o‘smoqda. Ammo aholi ko‘payish sur’atlari 
davlatlarda turlicha. Shu bilan birga, Iroq, Yaman, 
Tojikiston, Afg‘oniston, Sharqiy Timor davlatlarida tabiiy 
ko‘payish sur’atlari juda yuqori (yiliga 2,5–3 %). 
    Yaponiya, Shimoliy va Janubiy Koreya, Xitoy, Singapur, 
Tailand, Gruziya, Armanis ton, Kiprda aholining tabiiy 
ko‘payishi ancha past (yillik hisobda 0,5 % dan 
oshmaydi).    Osiyoning umumiy 
urbanizatsiya 
ko‘rsatkichi XXI asrning 
dastlabki yillarigacha 
Afrikaga nisbatan ham 
past bo‘lib, 30 % ga 
yetmas edi. Ammo 
2018-yilga kelib, bu 
ko‘rsatkich mintaqa 
bo‘yicha 50 % ga yetdi.    Bunday keskin 
o‘zgarish, ko‘p jihatdan 
Xitoyda shaharlashuv 
jarayoni ning oxirgi 
yillardagi jadallashuvi 
bilan bog‘liq. So‘nggi 
15–20 yilda bu 
davlatning urbanizatsiya 
darajasi 2 barobarga 
ortib, jahon bo‘yicha 
o‘rtacha ko‘rsatkichdan 
oshdi.    Urbanizatsiya darajasi, ayniqsa, Singapur, Yaponiya, 
Koreya Respublikasi, Isroil kabi sanoatlashgan davlatlar 
ham da Janubi-g‘arbiy Osiyoning neftni qazib oluvchi 
mamlakatlarida juda yuqori (85–100 %). 
3 2
14
5        Afg‘oniston, Tojikiston, Shri-Lanka, Nepal, Kam 
bodja, Myanma, Sharqiy Timorda esa 
urbanizatsiya ko‘rsatkichi 20– 30 % oralig‘ida. 
2
1
34
5
76          Osiyo aholisi hududiy jihatdan notekis joylashgan. 
Bunga tabiiy sharoit, ayniqsa, iqlim va suv resurslari 
omillari katta ta’sir ko‘rsatgan.    Osiyo ning aholi eng zich joylashgan qismlari Buyuk Xitoy tekisligi, 
Hind-Gang pasttekisligi, Hindiston yarimoroli, Yapon va Filippin 
orollari, Koreya yarimorolining janubi, Yava oroli hisoblanadi. 
Ayni paytda, Arabiston yarimoroli, Gobi va Taklamakon cho‘llari, 
baland tog‘li o‘lkalarda aholi zichligi o‘ta pastdir.     Osiyo barcha yirik dinlar – buddizm, xristianlik, islom, 
induizm, kon futsiylik, yahudiylik, sintoizmning beshigi 
hisoblanadi va bu qit’ada ta	
 rixan dinlarning o‘ziga xos 
geografiyasi shakllangan.    Janubi-g‘arbiy va Markaziy Osiyoda, Pokiston, Bangla-
desh, Maldiv Respublikasi singari Janubiy Osiyo hamda 
Indoneziya, Malayziya, Bruney kabi Janubi-sharqiy Osiyo 
davlatlarida islom dini asosiy ahamiyatga ega.    Hindixitoy yarimoro lidagi davlatlar, Mongoliya, 
Shri-Lanka va Butanda buddistlar ko‘pchilikni 
tashkil etadi.    Armaniston, Gruziya, Kipr, Filippin, Sharqiy 
Timorda xris tianlikning turli mazhablari 
yetakchilik qiladi.    Mahalliy dinlardan Hindis ton va Nepalda induizm, 
Xitoyda konfutsiylik va daosizm, Yaponiyada sintoizm, 
induizm konfutsiylik
daosizm
sintoizm   Isroilda esa iudaizm keng tarqalgan.    © Foydalanilgan adabiyotlar:
•
A. AbduQayyumov, I. Safarov, M. Tillaboyeva, V. 
Fedorko  – Geografiya (Jahon iqtisodiy-ijtimoiy 
geografiyasi), umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9- 
sinf o‘quvchilari uchun darslik, Toshkent – 
“O‘zbekiston” – 2019
•
Atlas (Materik va Okeanlar geografiyasi), 6-sinf, 
O‘zbekiston Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va 
davlat kadastri qo‘mitasi, Toshkent 2020

Osiyo mamlakatlari tabiiy resurslari va aholisi

Mineral, suv, agroiqlimiy, o‘rmon resurslari, sug‘orma dehqonchilik, ish lov beriladigan yerlar, aholi joylashuvi, tabiiy ko‘payish, urbanizatsiya, janubiy yevropeoidlar, mongoloidlar, din.

Tabiiy sharoiti va resurslari. Osiyo davlatlarining ko‘pchiligi mineral boyliklar bilan yaxshi ta’minlangan. Jahon neft zaxiralarining 70 %i, gaz ning 80 % dan ortig‘i, ko‘mirning 50 % dan ko‘pi Osiyoning hissasiga to‘g‘ri keladi.

Neft va tabiiy gazga Fors qo‘ltig‘i va uning qirg‘oqlari, Kaspiy dengizi, Turon tekisligi, Janubi-sharqiy Osiyoning dengiz sayoz liklari boy. 2 1 3 4

Xitoy, Hindiston, Qozog‘istondagi qadimiy platformalar hu dudida yirik toshko‘mir, temir, marganes, xrom va turli rangli metall konlari joylashgan. toshko‘mir temir xrommarganes3 1 2