Yevropaning tabiiy sharoiti va resurslari, aholisi
Yevropaning tabiiy sharoiti va resurslari, aholisi Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм
Yoqilg‘i-energetika, agroiqlimiy, o‘rmon resurslari, tug‘ilish, aholining tabiiy kamayishi, aholi qarishi, migratsiya, aholi zichligi, megalopolis, katoliklar, protestantlar, pravoslavlar.
Tabiiy sharoiti va resurslari. Yevropa mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga tabiiy sharoitining ma’lum xususiyatlari ta’sir ko‘rsatgan.
Bunday tabiiy geografik omillar qatoriga nisbatan iliq va nam iqlim, transport sharoiti murakkab bo‘lgan baland tog‘ tizmalarining kamligi, suv va o‘rmon resurslarining yetarliligi, dengiz portlarini qurish uchun qulay qirg‘oqbo‘yi hududlarning ko‘pligini kiritish mumkin.
Yevropada yoqilg‘i-energetika resurslaridan toshko‘mir, qo‘ng‘ir ko‘mir, neft, tabiiy gaz, yonuvchi slaneslar yirik konlari mavjud. Ko‘mir Neft Tabiiy gaz Torf Slanets