logo

Markaziy Osiyo

Yuklangan vaqt:

15.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

4702.013671875 KB
    MARKAZIY OSIYO    Geografik o‘rni
•
Markaziy Osiyo tabiiy geografik o‘lkasi Osiyoning markaziy qismini egallaydi. 
Bu o‘lkada Xitoy va Mongoliya hududidagi tog‘ va cho‘llar joylashgan. Markaziy Osiyo •
O‘lkaning markaziy va janubiy qismidan Yer po‘stining 
faol Alp-Himolay seysmik mintaqasi o‘tadi. O‘lkada keksa, 
lekin yoshargan tog‘lar bilan birga eng yosh tog‘lar ham 
bor.  Relyefi
•
Markaziy Osiyo o‘lkasining relyefida, asosan, tog‘,tog‘lik, tog‘ 
oralig‘idagi botiqlar va baland tekisliklar uchraydi.Tibet tog‘ligi, 
Qoraqurum, Sharqiy Tyanshan yoki Xitoy Tyan-shani, Oltoy 
(Mongoliya Oltoyi), Kunlun tog‘lari, Taklamakon botig‘i, Gobi cho‘li 
joylashgan baland tekislik o‘lka relyefining asosiy shakllari hisoblanadi. 
O‘lkaning eng baland joyi (8 611 m) Qoraqurum tizmasidagi Chogori 
cho‘qqisi bo‘lsa, eng past nuqtasi Taklamakon cho‘lidagi To‘rfon 
botig‘iga (–154 m) to‘g‘ri keladi.   Tibet tog`lari Kunlun tog`lari Taklamakon cho`li Gobi cho`li Iqlimi
•
O‘lka hududi mo‘tadil va subtropik iqlim mintaqalarida joylashgan. 
Osiyo maksimumi (qish oylarida) va Tinch okeandan esadigan havo 
massalarining hissasi katta. Yillik yog‘in-sochin Tibet tog‘ligining 
markazida, Taklamakon va Gobi cho‘llarida 100 mm dan kam. Iqlimi
•
  O‘lkaning janubi-sharqiy qismidagi tog‘larning (Tibet, Kunlun) 
sharqiy yonbag‘riga 1 000 mm va undan ko‘p yog‘in tushadi. 
Yanvarning o‘rtacha harorati o‘lka shimolida –24 °C (iyulda +16 °C), 
markazida (Taklamakon cho‘lida) –8 °C (iyulda +24 °C), janubida 
(Tibet tog‘ligida) –20 °C (iyulda +10 °C) atrofida bo‘ladi. •
O‘lkada yirik daryolar yo‘q, ammo mavjud kichik daryolari Tinch va Hind 
okeanlariga quyiladigan daryolarning yuqori oqimidagi irmoqlaridan iborat. 
Suvsiz va qurib qoladigan ko‘pgina daryolar (Tarim, Zulayho va b.) berk 
havzada joylashgan.  Ko‘llaridan Lobnor (maydoni o‘zgarib turadi), Kuku-Nur, 
Ubsu-Nur sho‘r ko‘llar bo‘lsa, Bagrashko‘l, Orin-Nur chuchuk ko‘llardir. Tarim daryosi  •
Markaziy Osiyoda mo‘tadil va quruq subtropik iqlim 
mintaqalarining o‘rmon-dasht (tog‘ etaklari), chalacho‘l, cho‘l 
zonalari hosil bo‘lgan. Tog‘larning 6 000 m dan baland qismlari qor 
va muzlar bilan qoplangan.

MARKAZIY OSIYO

Geografik o‘rni • Markaziy Osiyo tabiiy geografik o‘lkasi Osiyoning markaziy qismini egallaydi. Bu o‘lkada Xitoy va Mongoliya hududidagi tog‘ va cho‘llar joylashgan.

Markaziy Osiyo

• O‘lkaning markaziy va janubiy qismidan Yer po‘stining faol Alp-Himolay seysmik mintaqasi o‘tadi. O‘lkada keksa, lekin yoshargan tog‘lar bilan birga eng yosh tog‘lar ham bor.