logo

YOG'OCHNI QAYTA ISHLASH SANOATI

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

6810.587890625 KB
YOG‘OCHNI QAYTA ISHLASH SANOATI Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм  11-dars mavzusidan o‘rm о n san о atining yalpi san о at mahsul о tidagi salm о g‘ini aniqlang.  
O‘rmon sanoati yog‘och tayyorlash va yog‘ochni qayta ishlash tarmoqlariga bo‘linadi. Yog‘ochni qayta ishlash hunarmandchilik turi sifatida qadimdan ma’lum. 
Hunarmandlar yog‘ochga ishlov berib undan arava, egar, panjara, sandiq, 
eshik, beshik, rom kabilarni yasashgan, uylar qurishgan. Yog‘ochsozlik yillar davomida takomillasha borib, undan yangi-yangi sanoat 
tarmoqlari vujudga keldi  (40-rasm). Ayniqsa, yog‘ochni kimyoviy qayta 
ishlash tufayli yog‘ochsozlikda tub(inqilobiy) o‘zgarish yasaldi. Mamlakatning yog‘och-taxta xomashyosiga bo‘lgan yillik ehtiyoji 10 mln 
kub metrdan ortmoqda. Ammo yog‘och xom ashyosi bo‘ladigan tabiiy 
o‘rmonlar bizda nihoyatda cheklangan. Shu bois har yili millionlab nihol ekiladi, «ko‘kalam-zorlashtirish oyligi» 
o‘tkaziladi. O‘rmonlar barpo etish va yog‘och boyliklaridan oqilona 
foydalanish bilan maxsus o‘rmon xo‘jaliklari shug‘ullanadi. Respublikamizda 100 ga yaqin o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, qo‘riqxonalar va 
milliy bog‘lar bor. O‘rmon sanoati mahsulotlaridan mashinasozlik, kimyo sanoati, yengil sanoat, 
transport va qurilishda foydalaniladi. O‘z navbatida o‘rmon sanoati ham boshqa tarmoqlardan laklar, bo‘yoqlar 
(mebel ishlab chiqarish uchun), soda, natriy, oqartiruvchi ximikatlar (qog‘oz 
tayyorlash uchun),  avtomashinalar, traktorlar, stanoklar (yog‘och tayyorlash va ishlov berish 
uchun) oladi. Boshqacha qilib aytganda, o‘rmon sanoati bilan boshqa 
tarmoqlar orasida keng tarmoqlararo aloqalar mavjuddir . Mustaqillik yillarida Toshkent va Asakada  duradgorlik buyumlari zavodlari , 
Toshkentdagi quyoshdan himoya uskunalari zavodida esa plastmassadan 
deraza romlari ishlab chiqaradigan sex ishga tushirildi.  Toshkentda O‘zbekiston–Gretsiya qo‘shma korxonasi «O‘z Ellas» gugurt 
zavodi mahsulot bera boshladi. Yog‘och xomashyosi tanqisligi sanoatga jiddiy qiyinchilik tug‘dirmoqda. 
Yog‘ochlardan tejamkorlik bilan foydalanish maqsadida selluloza sanoati
ham rivojlanmoqda . Selluloza  – maydalangan va kimyoviy yo‘l bilan ishlangan yog‘ochmassasi, u 
sun’iy tola va qog‘oz ishlash uchun xom ashyo bo‘ladi. Mamlakatimizning turli burchaklarida selluloza va qog‘oz ishlab chiqaradigan 
kichik korxonalar ishga tushmoqda.  Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumanida mahalliy 
xomashyo qamish, bug‘doy, sholi somoni, paxta g‘o‘zapoyasidan selluloza va 
qog‘oz ishlab chiqarishga ixtisoslashgan xorijiy sarmoya ishtirokidagi 
korxona tashkil etiladi.  Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 8-fevraldagi  «Sanoat terakchiligini 
rivojlantirish va boshqa tez o‘suvchi yog‘ochbop daraxtlarni barpo etishga 
oid chora-tadbirlar to‘g‘risida» gi maxsus Qarori o‘rmon sanoatida keskin 
o‘zgarish yasadi. Qarorga muvofiq terakzorlar maydoni har yili 10 ming gektarga 
kengaymoqda. Yaqin kelajakda har yili 5 mln m kub sanoatbop yog‘och 
tayyorlanishi rejalashtirilgan.  Yog‘och tayyorlash korxonalari taxta tilish zavodlariga g‘o‘la yog‘och 
yetkazib beradi. Tilingan yog‘och, ya’ni taxta mebel sanoati uchun xom 
ashyodir.  Yog‘och tayyorlash va yog‘ochsozlik chiqindilari (shox-shabba, qipiq, 
payraxa, po‘stloq)dan o‘rmon-kimyo sanoatida spirt, moylar, bo‘yoqlar ishlab 
chiqariladi. Shu sababli o‘rmon-kimyo kombinatlari qurish o‘ta samaralidir. Yog‘och 
xomashyosi taqchil O‘zbekistonda chiqindilarni to‘la qayta ishlaydigan 
yog‘ochsozlik kombinatlari ayniqsa o‘ta muhim hisoblanadi. Foydalanilgan adabiyotlar:
•
P. Musayev, J. Musayev – Geogragfiya (O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy 
geografiyasi) – umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8-sinfi uchun darslik – 
“Sharq” nashriyoti – Toshkent – 2014,2019 /  www.eduportal.uz

YOG‘OCHNI QAYTA ISHLASH SANOATI Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм

11-dars mavzusidan o‘rm о n san о atining yalpi san о at mahsul о tidagi salm о g‘ini aniqlang. O‘rmon sanoati yog‘och tayyorlash va yog‘ochni qayta ishlash tarmoqlariga bo‘linadi.

Yog‘ochni qayta ishlash hunarmandchilik turi sifatida qadimdan ma’lum. Hunarmandlar yog‘ochga ishlov berib undan arava, egar, panjara, sandiq, eshik, beshik, rom kabilarni yasashgan, uylar qurishgan.

Yog‘ochsozlik yillar davomida takomillasha borib, undan yangi-yangi sanoat tarmoqlari vujudga keldi (40-rasm). Ayniqsa, yog‘ochni kimyoviy qayta ishlash tufayli yog‘ochsozlikda tub(inqilobiy) o‘zgarish yasaldi.

Mamlakatning yog‘och-taxta xomashyosiga bo‘lgan yillik ehtiyoji 10 mln kub metrdan ortmoqda. Ammo yog‘och xom ashyosi bo‘ladigan tabiiy o‘rmonlar bizda nihoyatda cheklangan.