logo

Yosh avlodni ma'naviy komillik istiqlolga sodiqlik ruhida tarbiyalashda falsafaning ahamiyati

Yuklangan vaqt:

13.12.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1993.3671875 KB
MAVZU:  YOSH AVLODNI MA'NAVIY KOMILLIK ISTIQLOLGA 
SODIQLIK RUHIDA TARBIYALASHDA FALSAFANING AHAMIYATI  
REJA:  
1. Yosh avlodni tarbiyalashda falsafaning o’rni. 
2. Falsafa — dunyoqarash sifatida. 
3. Falsafiy dunyoqarashning umuminsoniy va milliy xususiyatlarini o’rganishning ahamiyati.  Yosh avlodni komillikka yetaklovchi eng katta kuch - bu kitob va hayotiy saboqlardir. 
Yoshlarni milliy qadryatlar ruhida tarbiyalash kelajakni, millatni va milliyligimizni boqiy ozod 
holda ko'rishimiz mumkin. 
Vatanga sadoqat, do'stlikka ishonch, oilaga mehr - muhabbat, kattalarga hurmatda 
kichiklarga izzatda bo'lish tuyg'usini shakllantirsh milliy qadryatlarimizni asl ko'rinishidir. Insonga 
faqat dunyoda yuz berayotgan voqelik haqida, odob - u axloq qoidalari, mehr va sadoqat 
tushunchalari haqida bilim berishning o'zi uning ma'naviy-axloqiy tarbiyasi uchun yetarli bo'lib 
qolmaydi. Balki, unda iroda qudrati, mas'uliyat tuyg'usini shakllantirish, ko'nglida atrofmuhitga, 
mehnatga, kasbga, ilmga, qalban va ruhan o'zga insonlarga mehrli va oqibatli bo'lish tuyg'usini 
uyg'otishga, dilida ulug' maqsadlar tug'ilishiga va atrofida yuz berayogan hodisalarga o'z 
munosabatini bildira olishiga erishishimiz lozim. Yosh avlodni shu xislatlar bilan voyaga yetishlari 
uchun esa turli yo'llar: kattalarni o'git va nasihatlarini tinglash, undan to'g'ri xulosa chiqara olish 
qobilyatlarini rivojlantirish orqali; turli vositalar bilan va eng asosiysi yosh avlod tarbiyasiga 
samimiy (chin ko'ngildan) yondashish va tinimsiz izlanishlar natijasida erishish mumkin. 
Dunyoda har bir xalqning asrlar, zamonlar osha yashab kelayotgan milliy qadriyatlari bor. 
Yosh avlodni ma'nan barkamol etib tarbiyalashda ham shubhasiz, milliy va umuminsoniy 
qadriyatlarga asoslanamiz.  JAMIYAT  — KISHILAR O ‘RTASIDAGI MANFAATLAR VA 
MAQSADLARNI OQILONA MUSHTARAKLASHTIRISHGA 
ASOSLANGAN, AXLOQIY, HUQUQIY MEZONLAR, AN’ANA, MAROSIM, 
URF-ODATLARGA TAYANGAN, MUAYYAN BOSHQARISH TIZIMI 
ORQALI YO‘NALTIRILADIGAN IJTIMOIY, MA’NAVIY, IQTISODIY, 
SIYOSIY MUNOSABATLARDIR. Tarbiya inson umrining oxirigacha davom etadigan jarayon bo'lib (inson umrining oxirigacha o'rganadi, 
degan naql asosida tarbiyalanib), doimiy ravishda rivojlanib, takomillashib, komillikka intilib yashaydi. 
Quyida uzluksiz ravishda olib boriladigan axloqiy tarbiyaning har bir bosqichini alohida ko'rib chiqamiz. 
Oilada axloqiy tarbiya. Bola tarbiyasini ona qornidan boshlash maqsadga muvofiq bo'ladi. Ushbu fikrni bir 
qator Sharq mutafakkirlari ham tahkidlab o'tishgan. Bolani tarbiyalash uchun, avvalo ota-onaning o'zi 
tarbiyalangan bo'lishi kerak. Faqatgina ham jismonan, ham mahnan sog'lom otaonadan sog'lom farzand 
dunyoga keladi.Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov sog'lom avlod to'g'risida fikr yuritib: «Sog'lom avlod 
deganda, shaxsan men, eng avvalo sog'lom naslni, nafaqat jismonan baquvvat shu bilan birga ruhi-fikri 
sog'lom, imon-ehtiqodi butun, bilimli, ma'naviyati yuksak, mard va jasur, vatanparvar avlodni 
tushunaman», deb tahkidlaganlar. Farzand tug'ilgan kunidan boshlab dastlab oila muhitida tarbiyalanadi. 
Bu davrda bolani to'g'ri ovqatlantirish, to'g'ri parvarish qilish juda muhim. Bir yoshgacha bo'lgan davrda 
bola o'ziga yaqin kishilarni ko'rganda xursand bo"ladi, rangdor o'yinchoqlarni xush ko"radi. Bu davrda 
bolani alla, mahnoli erkalashlar, chiroyli o'yinchoqlar orqali tarbiyalab borish lozim. 1 yoshdan 3 
yoshgacha bo'lgan bolalar esa turli o'yinchoqlarni o'ynay boshlaydilar, asta-sekin nutqi rivojlana boshlaydi. 
Bu davrda bolalar o'yin orqali bir-birlari bilan aloqa bog'laydilar, tasavvur, fikrlash jarayoni shakllanadi. 
Ota-ona yoki tarbiyachilarning bolalarni sevishi, ularning xatti-harakatiga ziyraklik va mehribonlik bilan 
munosabatda bo"lishi, bolaning sog'lom o'sishiga, odob-axloqli bo'lishiga olib keladi.  Dunyoqarash  - Kishilarning olam va uning o`zgarishi, rivojlanishi haqidagi 
ilmiy, falsafiy, siyosiy, huquqiy, estetik, diniy va hakazo qarashlar va 
tasavvurlar majmuasidir.
Dunyoqarash  - bu olam haqidagi yaxlit umumlashtrilgan bilimlar to`plami. Maktabgacha ta'lim muassasalarida axloqiy tarbiya. Maktabgacha bo'lgan ta'lim muassasasidagi 
davr bola tarbiyasidagi eng muhim davr hisoblanadi. Chunki, bu davrda paydo bo'lgan taassurotlar izi 
inson xotirasida umrbod saqlanib qoladi. Bu davr bolaning aqliy va jismoniy jihatdan tez o'sishi, dunyoni 
bilishga intilishi, atrof-muhitga o'z munosabatini bildirish istagi kuchayib borayotgan davrdir. 
Boshlang'ich ta'limda axloqiy tarbiya. Boshlang'ich ta'limda bola hayotida yangi, qiziqarli va 
muhim davr boshlanadi. Chunki, bola maktabga kelgach yangi muhit, yangi tartib-qoida, yangi talablarga 
duch keladi. Bu davrda bolalar hali o'yin faoliyatini to'liq tark etmaganligini inobatga olib, o'tiladigan 
dars mashg'ulotlarini qiziqarli qilib olib borish lozim. Bu davrga kelib bolaga tarbiyaviy tahsir yo'llari bir 
muncha aniq va tizimli ravishda bo'lib qoladi. Chunki endi xususan odobnoma darslari o'tila boshlaydi, 
bundan tashqari boshqa fanlarda ham muntazam ravishda axloqiy tarbiya berib boriladi. 
Bu davrda turli to'garaklarni uyushtirish ham o'zining ijobiy natijalarini beradi. 
O'rta umumiy ta'limda axloqiy tarbiya. O'rta maktab davriga kelib o'quvchi o'rganadigan fanlar 
ham asta-sekinlik bilan murakkablasha boradi, shunga ko'ra o'quvchining fikrlashi va dunyoqarashi ham 
kengayib boradi. Bu davrda o"quvchilarga o'zaro odob-axloqqa doir maqollar va hadis namunalaridan 
ko'proq aytish orqali musobaqa uyushtirish hamda ushbu maqol va hidislarga o'zlari ham amal 
qilishlarini tarbiyalash mumkin. Endi o'quvchilar burch, vijdon, nomus, adolat, ezgulik kabi axloqiy 
tushunchalarning mahnisini tushunib yetadilar.  Oliy o'quv yurtlarida axloqiy tarbiya. Oliy ta'limda yoshlar endi 
biror mutaxassislikni tanlagan holda, o'zining mustaqil fikri, dunyoqarashi, 
intellektual qiziqishiga ega bo'ladilar. Shu sababli bu davrda bo'lajak 
mutaxassislarni axloqiy jihatdan tarbiyalash muhim. Chunki bu davrda yosh 
o'zining madaniy-ma'naviy saviyasini oshirishga intiladi, o"z ustida qunt 
bilan ishlaydi, radio, televidenie, Internet va barcha informatsion 
vositalardan unumli foydalanadi, turli asarlar bilan tanishadi. Bu esa 
yoshlarni axloqiy jihatdan tarbiyalash uchun yordam beradi. 
Ta'limdan keyingi faoliyatda axloqiy tarbiya. Yosh uzoq muddatli 
va tizimiy ta'lim natijasida mutaxassis sifatida shakllandi. Endi u nazariy 
jihatdan egallagan bilimlarini amaliyotda qo'llab yosh avlodga ta'lim-tarbiya 
beradi, uning o'zi boshlang'ich sinf o'quvchilarini axloqiy ruhda tarbiyalay 
boshlaydi. Uzluksiz ravishda uzoq muddatli olib borilgan ta'lim-tarbiya 
samarasi mana endi ko'zga tashlanadi. 
Jamiyat taraqqiyoti, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi 
uchun xizmat qiladigan vijdoni pok, iymoni butun, sofdil, vatan'arvar, 
xalqsevar, mard, har tomonlama sog'lom, intellektual salohiyatli, bir so'z 
bilan aytganda sog'lom avlodni tarbiyalash davr talabi ekan. Bu ishni 
amalga oshirish esa barchamizning Vatan oldidagi muqaddas burchimizdir. 
Shunday ekan, yoshlarimiz tarbiyasiga doimo ehtiborli bo'laylik.  Sharq mamlakatlarida farzandni barkamol inson etib tarbiya qilish eng muhim vazifa hisoblanadi. 
Xususan, tarbiyada diniy talimotlardan, hadislardan, badiiy asarlardan, xalq og'zaki ijodidan foydalanish 
maqsadga muvofiq. Masalan, birgina shariatda musulmonlar amal qilishi zarur bo'lgan 934 ta talab 
mavjud. Bundan bola tana va ruh pokligini, insonparvarlikni o'rgansa. Kitob mutoala qilish yordamida 
o'sib kelayotgan bola odamiylik, sadoqat, rahm - shafqat, mehr -muruvvat kabi ezgu fazilatlarni ozida 
shakllantiradi. 
Sobiq ittifoq mafkurasi inqirozga uchraganidan keyin yangi jamiyatni mafkuraviy, ma'naviy, 
mahrifiy asoslash, xususan, tarbiyaviy ishlarning metodologiyasi bo'lmish milliy istiqlol g'oyasini ishlab 
chiqish eng muhim vazifalardan biri bo'lib qoldi. Bu jarayonda tub o'zgarishlarni amalga oshirishda 2000-
yil 6-aprelda o"zbekiston respublikasining birinchi prezidenti. 
I.A.Karimovning rahbarligida o'tkazilgan kengash alohida o'rin egalladi. Natijada, 2000-yil davomida 
"milliy istiqlol g'oyasi" fanini ta"lim tizimiga kiritish uchun o"quv qo'llanmalari, o'quv dasturlari va 
boshqa zaruriy adabiyotlar o'zbekiston milliy faylasuflar jamiyatining ishchi guruhlari tomonidan ishlab 
chiqildi. Endigi vazifa esa uni aholi, xususan, yoshlar qalbi va ongiga singdirish masalasi bo'lib qoldi. 
Hozirgi vaqtda bu jarayonni yanada takomillashtirish borasida katta ishlar olib borilmoqda.  Milliy qadriyatlarni yoshlari ongi va qalbiga 
singdirish usullari to'g'risida fikr bildirganda shuni alohida 
qayd qilmoq kerakki, avvalo mahmuriy yo'l va zo'rlik usuliga 
ehtiyotkor bo'lish talab qilindi. Chunki imkoni boricha zo'rlik 
qilish, majbur qilish usulidan foydalanmaslik maqsadga 
muvofiqdir. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov 
tahkidlaganidek, "g'oyaga qarshi faqat g'oya, fikrga qarshi 
faqat fikr, jaholatga qarshi faqat ma"rifat bilan bahsga 
kirishish, olishish mumkin". Bu mustaqil O'zbekistonda 
ma'naviy-mahrifiy sohada olib borilayotgan tarbiyaviy 
ishlarning bosh tamoyillaridan biri hisoblanadi. 
Xullas, g'oyaviy dunyoqarash, yoshlarni milliy 
qadriyatlar ruhida tarbiyalash zudlik bilan hal qilinadigan ish 
emas, g'oyaviy dunyoqarashni shakllantirish, yoshlar ongi va 
qalbiga milliy qadriyatlarni singdirish uchun tarbiyaviy 
ishning mavjud barcha usullari, shakllari, vositalaridan o'z 
o'rnida samarali foydalanish umumiy maqsadlarmizni amalga 
oshirishda muhim o'rin egallaydi.  Ilk falsafiy ta limotlar qad. Hindiston, Xitoy, Markaziy Osiyo va Yunonistonda paydo bo lgan, keyin ʼ ʻ
G arb mamlakatlariga yoyilgan. Qad. Hindistondagi falsafiy maktablar 2 turga bulinib, biri vedalaraxm kelib 	
ʻ
chiqqan va ularga suyanuvchi maktablar (vedanta, yoga, vaysheshika, nyaya, sankxya), ikkinchisi vedalarni 
rad etuvchi maktablar (jaynizm, buddizm, lokoyata) x,isoblanadi. Qad. Xitoydagi dastlabki falsafiy ta limotlar 	
ʼ
miloddan avvalgi 7-asrda vujudga kelgan. U Qad.	
 Xitoy yozma manbalarida uchrab, bu manbalarga 
"Qo shiqlar kitobi", "Bahor va kuz" kabi qad. yodgorliklar va Konfutsiynnng "Aforizm"larini, daosizmni 	
ʻ
kiritish mumkin. 
Markaziy Osiyodagi falsafiy qarashlar qad. turkiy yozuvlar, tangriga e tiqod qilish tamoyillarida va 	
ʼ
zardushtiylikning muqaddas kitobi Avestodya o z ifodasini topgan. Bundan tashqari, Sharq xalklarining 	
ʻ
tabiatning asosiy unsurlari yer, suv, havo va olovni e zozlash haqidagi naturfalsafiy qarashlari va g oyalari 	
ʼ ʻ
Yaqin va O rta Sharq mamlakatlariga keng yoyilib Qad. Misr, Bobil, Lidiya mamlakatlari xalklarining 	
ʻ
tafakkur tarziga singib ketgan. Yunonistonning ilk falsafiy maktabi — Milet maktabi ham o z g oyalarini 	
ʻ ʻ
Sharkdan olganligi tadqiqotchilarga ma lum. Miloddan avvalgi 2—1-asrlarda Marv, Balx, Termiz, 	
ʼ
Sig noq,	
 Samarkand, Buxoro zaminini o ziga qamrab olgan hududda kushonlar saltanati qaror topib, unda 	ʻ ʻ
budda dini xukm suradi, uning falsafasi bu joyda yashovchi xalqning tafakkur tarziga o z ta sirini o tkazadi. 	
ʻ ʼ ʻ
Ammo Avesto g oyalari xalq ongidan butunlay chiqib ketmaydi. Milodiy 3-asrga kelib tenglik g oyalarini 	
ʻ ʻ
ilgari suruvchi moniylik ta limoti paydo bo ldi. Bu ta limot mazdakiylar harakati	
ʼ ʻ ʼ ning  ma naviy tayanchi 	ʼ
bo lgan. 	
ʻ 1. Quyidagi ma`lumot kim haqida: O‘rta asrlarda yashagan 0 ‘rta qsiyolik olimlar orasida buyuk astronom, 
matematik, geograf sifatida salmoqli o‘rinni egallaydi. U farg‘onaning qubo (hozirgi quva) shahrida tug‘ilib 
o‘sib, o'zining dastlabki ma’lumotini shu yerda oladi .  (Farg` oniy )
2.   Vedalar taiim otini talqin etuvchi dastlabki diniy - falsafiy maktablard an biri.( mimansa )  
3. Konfutsiy qarashlarida qaysi tushuncha alohida ahamiyat kasb etadi.   U  — tartib, qoida degan ma’noni 
anglatadi . (Li)
4.  Sharq musulmon dunyosi xalqlari ma’naviyatiga, inson, jamiyat rivojlanishi muammolarini hurfikrlilik, 
insonparvarlik nuqtayi nazaridan talqin etishga ta’sir ko‘rsatib kelgan falsafiy, diniy-orifiy ta’limotlardan 
biri   qaysi ?  (  tasavvufdir . )
5.  Jamiyatda hamma zamonlarda yetuk bilimli, axloq-odobli, insoniyat crishgan ilmiy, amaliy yutuqlarni 
aqliy umumlashtirib, ulardan istiqbol yo'lini ko‘rsata oladigan teran xulosalar chiqarish imkoniga cga 
b o`l gan kishilar  nima  deb atalgan . ( faylasuf )
6.  Qaysi   so‘zidan ,,tasavvuf“, ,,mutaassuf“, ,,mutasavvuf“ so‘zlari hosil bo'lgan ?  (So`fiy)
7. Zardushtiylikning muqaddas kitobi qaysi?  (Avesto)
  F A L S A F A1 2
3 4
5 6
7

MAVZU: YOSH AVLODNI MA'NAVIY KOMILLIK ISTIQLOLGA SODIQLIK RUHIDA TARBIYALASHDA FALSAFANING AHAMIYATI REJA: 1. Yosh avlodni tarbiyalashda falsafaning o’rni. 2. Falsafa — dunyoqarash sifatida. 3. Falsafiy dunyoqarashning umuminsoniy va milliy xususiyatlarini o’rganishning ahamiyati.

Yosh avlodni komillikka yetaklovchi eng katta kuch - bu kitob va hayotiy saboqlardir. Yoshlarni milliy qadryatlar ruhida tarbiyalash kelajakni, millatni va milliyligimizni boqiy ozod holda ko'rishimiz mumkin. Vatanga sadoqat, do'stlikka ishonch, oilaga mehr - muhabbat, kattalarga hurmatda kichiklarga izzatda bo'lish tuyg'usini shakllantirsh milliy qadryatlarimizni asl ko'rinishidir. Insonga faqat dunyoda yuz berayotgan voqelik haqida, odob - u axloq qoidalari, mehr va sadoqat tushunchalari haqida bilim berishning o'zi uning ma'naviy-axloqiy tarbiyasi uchun yetarli bo'lib qolmaydi. Balki, unda iroda qudrati, mas'uliyat tuyg'usini shakllantirish, ko'nglida atrofmuhitga, mehnatga, kasbga, ilmga, qalban va ruhan o'zga insonlarga mehrli va oqibatli bo'lish tuyg'usini uyg'otishga, dilida ulug' maqsadlar tug'ilishiga va atrofida yuz berayogan hodisalarga o'z munosabatini bildira olishiga erishishimiz lozim. Yosh avlodni shu xislatlar bilan voyaga yetishlari uchun esa turli yo'llar: kattalarni o'git va nasihatlarini tinglash, undan to'g'ri xulosa chiqara olish qobilyatlarini rivojlantirish orqali; turli vositalar bilan va eng asosiysi yosh avlod tarbiyasiga samimiy (chin ko'ngildan) yondashish va tinimsiz izlanishlar natijasida erishish mumkin. Dunyoda har bir xalqning asrlar, zamonlar osha yashab kelayotgan milliy qadriyatlari bor. Yosh avlodni ma'nan barkamol etib tarbiyalashda ham shubhasiz, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslanamiz.

JAMIYAT — KISHILAR O ‘RTASIDAGI MANFAATLAR VA MAQSADLARNI OQILONA MUSHTARAKLASHTIRISHGA ASOSLANGAN, AXLOQIY, HUQUQIY MEZONLAR, AN’ANA, MAROSIM, URF-ODATLARGA TAYANGAN, MUAYYAN BOSHQARISH TIZIMI ORQALI YO‘NALTIRILADIGAN IJTIMOIY, MA’NAVIY, IQTISODIY, SIYOSIY MUNOSABATLARDIR.

Tarbiya inson umrining oxirigacha davom etadigan jarayon bo'lib (inson umrining oxirigacha o'rganadi, degan naql asosida tarbiyalanib), doimiy ravishda rivojlanib, takomillashib, komillikka intilib yashaydi. Quyida uzluksiz ravishda olib boriladigan axloqiy tarbiyaning har bir bosqichini alohida ko'rib chiqamiz. Oilada axloqiy tarbiya. Bola tarbiyasini ona qornidan boshlash maqsadga muvofiq bo'ladi. Ushbu fikrni bir qator Sharq mutafakkirlari ham tahkidlab o'tishgan. Bolani tarbiyalash uchun, avvalo ota-onaning o'zi tarbiyalangan bo'lishi kerak. Faqatgina ham jismonan, ham mahnan sog'lom otaonadan sog'lom farzand dunyoga keladi.Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov sog'lom avlod to'g'risida fikr yuritib: «Sog'lom avlod deganda, shaxsan men, eng avvalo sog'lom naslni, nafaqat jismonan baquvvat shu bilan birga ruhi-fikri sog'lom, imon-ehtiqodi butun, bilimli, ma'naviyati yuksak, mard va jasur, vatanparvar avlodni tushunaman», deb tahkidlaganlar. Farzand tug'ilgan kunidan boshlab dastlab oila muhitida tarbiyalanadi. Bu davrda bolani to'g'ri ovqatlantirish, to'g'ri parvarish qilish juda muhim. Bir yoshgacha bo'lgan davrda bola o'ziga yaqin kishilarni ko'rganda xursand bo"ladi, rangdor o'yinchoqlarni xush ko"radi. Bu davrda bolani alla, mahnoli erkalashlar, chiroyli o'yinchoqlar orqali tarbiyalab borish lozim. 1 yoshdan 3 yoshgacha bo'lgan bolalar esa turli o'yinchoqlarni o'ynay boshlaydilar, asta-sekin nutqi rivojlana boshlaydi. Bu davrda bolalar o'yin orqali bir-birlari bilan aloqa bog'laydilar, tasavvur, fikrlash jarayoni shakllanadi. Ota-ona yoki tarbiyachilarning bolalarni sevishi, ularning xatti-harakatiga ziyraklik va mehribonlik bilan munosabatda bo"lishi, bolaning sog'lom o'sishiga, odob-axloqli bo'lishiga olib keladi.

Dunyoqarash - Kishilarning olam va uning o`zgarishi, rivojlanishi haqidagi ilmiy, falsafiy, siyosiy, huquqiy, estetik, diniy va hakazo qarashlar va tasavvurlar majmuasidir. Dunyoqarash - bu olam haqidagi yaxlit umumlashtrilgan bilimlar to`plami.