Zamonaviy odamlarning kelib chiqishi
Zamonaviy odamlarning kelib chiqishi
Reja: 1. Neandertal odamlar haqida 2. Neandertallar anatomiyasi 3. Homo sapienslar vujudga kelishi
Neandertal Suyak qoldiqlarining topilishi 1856-yil esa Germaniya Federativ respublikasining Neandertal vodiysidagi Dyuseldorf shahri yaqinida joylashgan Filgafer g‘oridan yer qazish ishlari vaqtida odamning bosh suyak qopqog‘i va skeletining bir qancha suyaklari topildi. Mazkur suyaklar Neandertal vodiysidan topilgani uchun shu joyning nomi bilan ataladi. Filgaferdan topilgan neandertallik odam suyagining qoldig‘i o‘sha vaqtdagi ko‘pgina olimlaming e’tiborini o‘ziga tortdi. o‘sha davrda yashagan I. K. Fulrot va Shaafgauzenlar tabiatshunos va vrachlarning Bonndagi syezdida neandertaldan topilgan bu skelet qachonlardir о‘ lib bitgan qadimgi odam tiplaridir, deb aytgan edilar.