1870-1871-yillarda Fransiya va Prussiya o‘rtasidagi urush
1870-1871-yillarda Fransiya va Prussiya o‘rtasidagi urush Reja: KIRISH. ................................................................................................... ASOSIY QISM ........................................................................................ I BOB. FRANSIYA-PRUSSIYA URUSHINING KELIB CHIQISH SABABLARI, BOSHLANISHI, BORISHI VA URUSHNING YAKUNLARI 1.1 Fransiya- Prussiya urushining kelib chiqish sabablari........................ 1.2 Urishning borishi va harbiy harakatlarning jadallashuvi ................... 1.3 Fransiya- Prussiya urushining yakunlari............................................ II BOB. FRANSIYA-PRUSIYA URUSHI MAVZUSINI O‘QITISH METODIKASI 2.1 Fransiya- Prussiya urushini zamonaviy interfaol metodlar orqali o’rgatish ................................................................................................... 2.2 Fransiya-Prussiya urushining mohiyatini Uchta to’g’ri bitta noto’g’ri,Svetafor metodlari orqali ifodalash .......................................... XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ILOVA 1
Kirish Xalqimizning asrlar sinovida yanada kuchayib, toblanib borgan mustahkam irodasi, iymon-e’tiqodi nafaqat qadimiy ma’naviyatimiz, balki milliy o‘zligimizni saqlab qolishga asos bo‘ldi. “Agar biz dunyo tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, boshqa xalqlar ham ozodlik va mustaqillikni qo‘lga kiritish, milliy tiklanish, o‘z davlatchiligini, havas qilsa arziydigan fuqarolik jamiyatini mustahkamlash jarayonida ana shunday fazilatlarga tayanib va suyanib, barcha sohalarda – bu iqtisodiyot yoki ijtimoiy hayot bo‘ladimi, madaniyat, ta’lim-tarbiya va ilm-fan bo‘ladimi — o‘zining beqiyos ichki qobiliyat va salohiyatini ishga solish, uni ro‘yobga chiqarish hisobidan taraqqiyotga erishganini ko‘ramiz.” 1 Masalan, Yaponiya yoki Janubiy Koreyani olaylik. Bu mamlakatlarning Ikkinchi jahon urushidan keyin qanday og‘ir ahvolga tushib qolganini hammamiz yaxshi bilamiz. Xo‘sh, ular nimaning evaziga qisqa davr ichida bu qadar rivojlanishga erisha oldi? Axir, bu o‘lkalarda mo‘l-ko‘l tabiiy xomashyo manbalari, mineral resurslar deyarli yo‘q-ku! Albatta, bu borada o‘sha paytda dunyoda mavjud bo‘lgan siyosiy omillar, xalqaro vaziyatning ta’sirini inkor etib bo‘lmaydi. Lekin yapon va koreys xalqi asrlar davomida shakllanib, katta bunyodkor kuchga aylangan o‘ziga xos milliy ma’naviyati hisobidan ham rivojlangani bugungi kunda hech kimga sir emas. Shuning uchun «yapon mo’jizasi» yoki «koreys mo’jizasi» haqida gap ketganda, taniqli ekspert va mutaxassislar ham birinchi galda «yapon xarakteri», «koreys tabiati» degan iboralarni tilga oladi. Tabiiyki, ular bu o‘rinda avvalo mazkur xalqlarga mansub ma’naviy fazilatlarni nazarda tutadi. Ya’ni, bu xalqlarning ichki dunyosi va irodasi ma’naviyat negizida yanada toblangan, kamolga yetgan. Bunday 1 Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. T., 1998. 2“ Tarixiy xot ira t ug’usi t o’laqonli rav ishda t ik langan xalq bosib o’t gan y o’l o’zining barcha muv aff aqiy at , y o’qot ish v a qurbonlari, quv onch v a izt iroblari bilan xolis v a haqqoniy o’rganilgan t aqdirdagina chinak am t arix bo’ladi.”
xulosaning tasdig‘ini nafaqat mazkur ikki davlat, balki boshqa mamlakat va xalqlar misolida ham ko‘rish qiyin emas. Vijdon pokligi va bedorligi asrlar, zamonlar osha inson ma’naviyatining tayanch ustunlaridan biri bo‘lib kelmoqda. Jahon xalqlari tajribasi, ularning bosib o‘tgan murakkab rivojlanish yo‘llari, bu boradagi saboq va xulosalar shundan dalolat beradi-ki, qaerda davlat va jamiyat taraqqiy topsa, xalqning tinch-osoyishta hayot kechirishi, o‘z oldiga ezgu va buyuk maqsadlar qo‘yib yashashi uchun Yurtboshimiz Islom Karimov 1998-yil 14-iyulda bir guruh tarixchi olimlar va yetakchi jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tarix fanini, bugungi ahvoli va istiqbolini chuqur tashkil etish haqidagi o‘z fikrmulohazalarini bildirib, bu yo‘nalishda tarixchi olimlar oldiga qator vazifalarni qo‘ydi. Prezidentimiz: ”Muayyan masalada turli fikrlarni berish, bahs orqali haqiqat oydinlashuviga erishish lozim. Tarixiy voqealarni, shaxslar faoliyatini izohlash yo‘li bilan odamlarni asl haqiqatdan ogoh etishimiz kerak”, - deb ta’kidladi. 2 Ushbu vazifalardan eng muhimi - yangi jamiyatimizni isloh, qilish va yangilash jarayonini boshqaradigan va ta’minlaydigan, hozirgi davr talabi asosida yangicha fikrlaydigan yoshlarni tarbiyalash, muhimi, ular ongiga milliy istiqlol, Vatanga sadoqat va yurtparvarlik g‘oyalarini yanada chuqurroq, singdirish va teran anglatishdan iboratdir. Prezidentimiz o‘zining “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” nomli asarida shunday yozadi:” O‘z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo‘q. Bu haqiqat tarixida ko‘p bora o‘z isbotini topgan.” O‘zbekistan Respublikasi istiqlolga erishishi natijasida jamiyatimizning barcha sohalarda tubdan o‘zgarishlar amalga oshirilmoqdi. Xususan, Vatanimiz tarixiga milliy vatanparvarlik nuqtai-nazaridan qiziqish ortmoqda. Sovet mustamlakachiligi yillarida eng qadimgi davrlardan to O‘zbekiston mustaqillika erishguniga qadar bo‘lgan tariximiz soxtalashtirildi. Endilikda, ya’ni mustaqillik yillarida tarixshunosligimizda bir qator amaliy ishlar amalga oshirildi va amalga oshirilmoqda. Yangi tarixning ko‘rib chiqiladigan davri - 1871 yilgi Parij Kommunasidan to Oktabr davlat to'ntarishigacha bo‘lgan vaqtni o'z ichiga oladi. U oldingi davrning uzviy davomidir, chunki kapitalizmning rivojlanishi bu davrning asosiy mazmuni bo'lib qolaveradi. “Boyliklar va hokimiyat eng yirik burjuaziya — kapitalistik monopoliyalar qo‘lida to‘planishining tezlashuvi yangi tarixning qarab chiqilayotgan davrga xos eng muhim jihatidir. XIX asr oxiriga kelganda bunday monopoliyalar hukmron kuchga 2 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch. – T., 2008. 3
aylandi — kapitalizm o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga — imperializm bosqichiga qadam ko‘ydi. Bu hol jahon xalqlarini kapitalistik ekspluatatsiya qilishning kuchayishiga va kapitalizmning barcha ziddiyatlari chuqurlashuviga olib keldi. Ishchilar sinfi ancha o‘sdi va uning ijtimoiy-siyosiy roli kuchaydi.1871-yilgi Parij Kommunasi mag‘lubiyatga uchradi, lekin burjuaziya hokimiyatini ishchilar sinfi hokimiyati bilan almashtirish mumkinligini isbot kilib berdi.” 3 Biz o‘rganishni o‘z oldimizga maqsad qilib olgan mavzu, ya’ni “Fransiya-Prussiya urushi (1870- 1871) davri diplomatiyasi” mavzusini tadqiq qilish orqali Fransiya-Prussiya urushi urushi davrida dunyodagi xalqaro vaziyat qay tarzda o‘zgardi, o‘zaro kuchlar nisbati nima sababdan o‘zgardi, nima sababdan Fransiya-Prussiya urushi (1870-1871) urushi kelib chiqdi, urushning boshlanishiga asosan qaysi davlatlar va shaxslar sababchi bo‘lganligini dalil-isbotlar orqali bayon qilib, mavzuning dolzarbligini ochib berish mumkin. Ishning maqsad va vazifalari. Har bir inson biron bir ishga kirishsa, inson o‘sha olib boryotgan ishiga nisbatan o‘z oldiga maqsad va vazifalar qo‘yib oladi. Jumladan, meni xalqaro munosabatlar tarixiga qiziqishim tufayli 1870-1871- yillarda sodir bo‘lgan Fransiya-Prussiya urushi davri diplomatiyasi tarixini va o‘sha davrdagi Yevropa davlatlarning turli sohadagi olib borgan ishlarini, xalqaro miqyosdagi bir- biri bilan olib borgan diplomtik va hamkorlik (ittifoqchilik, sherikchilik) aloqalarini, XIX asr oxiri-XX asr boshlaridagidagi dunyoning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy manzarasini imkon qadar o‘rganishni o‘z oldimga maqsad qilib qo‘ydim. Ishning davrlashtirilishi. Kurs ishining xronologik davri XIX asrning 60- yillar oxiri-70-yillari boshlaridagidagi dunyoning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy manzarasi, ya’ni asosan Fransiya- Prussiya urushiga oid voqealardan iboratdir. Bunga sabab: aynan 1868-yil Ispaniya taxtiga nomzod masalasidagi murosasizlik, Yevropada gegemonlik uchun kurash, birinchi darajali davlatga aylanish borasidagi kurashlar pirovardi Frans- Pruss urushini yuzaga kelishini muqarrar qilib qo’ydi. Natijada 1870-yil 17—iyulda Fransiya Shimoliy Germaniya ittifoqiga urush e’lon qildi, mustaqillik va bosqinchilik xarakteridagi qirg’inbarot urush ro’y berdi. Bu dahshatli urush 1871-yilga qadar davom etdi. Tadqiqotning obekti va predmeti. Tadqiqotning nazariy asosini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning asarlari tashkil qiladi. Mazkur tadqiqot ishi 3 Yangi tarix . I.S.Galkin tahriri ostida. – T.. 1964, t. III. 4
1870- yildan 1871- yilgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olganligi sababli asosiy e’tibor o‘sha davrda hamda keyingi yillarda nashrdan chiqqan adabiyotlar, maqolalar, ilmiy ishlar; mustaqillik davrida e’lon qilingan xolis yoritilgan tarixiy materiallar maqola va monografiyalar shu kabilarga qaratilgan. Kurs ishining ilmiy yangiligi. Biz o‘rganishni o‘z oldimizga maqsad qilib olgan mavzu, ya’ni “Fransiya-Prussiya urushi (1870-1871) davri xalqaro munosabatlar” mavzuiga ko‘plab tarixchilar tomonidan juda ko‘plab murojaat qilinganligi ma’lum. Ushbu kurs ishimizni tayyorlash jarayonida, biz ko‘proq tarixiy material va manbalarga, xrestomatik asarlarga va Internet saytlaridan olingan ma’lumotlarga tayangan holda voqea-hodisalarni qiyosiy tahlil asosida yoritishga harakat qildik. Ishning amaliy ahamiyati. Kurs ishining amaliy ahamiyati shundaki,jahon tarixidagi bu qisqa davr tarixi, undagi ro‘y bergan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlar, turli xil nazariyalarning vujudga kelishini, ularning sabab va mohiyatini chuqur va har tomonlama o‘rganish orqali tarix yangi-yangi ma’lumotlar olib keladi. Kurs ishining natijasiga ko‘ra, bayon etilgan faktik materiallar va ilmiy xulosalardan Tarix va ijtimoiy fanlar fakulteti “Tarix” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun o‘tiladigan “Jahon tarixi (Yangi tarix II va III tom)” fanidan ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarida, talabalarning mustaqil va kurs ishlarini tayyorlashlarida, to‘garak ishlarini olib borishda manbaa bo‘lib xizmat qilishi mumkin. 5