logo

Abu Mansur Motrudiy (870-945) ilmiy merosi tarixshunosligi

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

412 KB
A b u   M a n s u r   M o t r u d i y   ( 8 7 0 - 9 4 5 )  ilmiy merosi  tarixshunosligi
MUNDARIJA
KIRISH  ………………………………………………………………………...  3-9
I BOB.   Uyg‘onish davri madaniy taraqqiyotining ijtimoiy-iqtisodiy omillari
1.1.   IX-XII   asrlarda   Movarounnahrda   ijtimoiy-iqtisodiy   hayotning
ma’naviy rivojlanishga ta’siri  ...............................…………….................... 10-17
1.2.   IX-XII   asrlarda   Movarounnahrda   fiqh   ilmining   rivojlanishi
…………........................................................................................................... 18-28
II BOB.   I m o m   M o t r u d i y n i n g   i l m i y   merosi va uning o‘rganilishi
2.1.   I m o m   M o t r u d i y n i n g   tarjimai   holi   va   ijodiy
merosi   .........................................................................................
…………………...... 29-36
2.2.   Manbalаrdа   mоturidiya   tа’limоtining   аks   etishi
........................................................................................................................... 37-44
III   BOB.   Imom   M ot rudiy   i l m i y   m e r o s i n i n g   m i l l i y - m a ’ n a v i y
y u k s a l i s h d a g i   a h a m i y a t i
3.1.   Mоturidiya   tа’limоtining   mazmun   mohiyati   ……………...
………........................................................................................  45-53
3. 2 .   Mоturidiya   tа’limоtining   hоzirgi   kundаgi   аhаmiyati
……………………………………………………. .. ………………... ............. 54-63
XULOSA  ……………………………………………………………………. 64- 67
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati  ……………………………………… 68 -   ?
  Kirish
Dissertatsiya   mavzusining   dolzarbligi .   O ‘ zbek   xalqi   o ‘ zining   boy   tarixi,
buyuk   o ‘ tmishiga   ega.   Xalqimiz   orasidan   yetishib   chiqqan   buyuk   daholar   o‘z
ilmiy-ijodiy   faoliyatlari   bilan   insoniyat   sivilizatsiyasiga   munosib   hissa
qo‘shganlar.   Biz   ular   bilan   har   qancha   faxrlansak   arziydi.   Bu   borada   o‘yg‘onish
davri olimlarining mashaqqatli mehnatlarini, ma`naviy boylik xazinasiga qo`shgan
hissalarini   e’tirof   etmaslikning   iloji   yo‘q.   Bugungi   globallashuv   jarayonida
O ‘ zbekiston insoniyat taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shgan tamaddun beshiklaridan
biri   sifatida   tan   olinmoqda.   Ayniqsa,   O ‘ zbekiston   mustaqillikka   erishgan   kundan
boshlab   milliy   davlatchilik   tarixi   hamda   boy   madaniy-ma’naviy   merosni   chuqur
o ‘ rganishga   alohida   e’tibor   qaratildi.   Natijada   ха lqimizning   ko’p   ming   yillik
t а ri х g а   eg а   b о y   m а ’n а viy,   ilmiy,   diniy   m е r о sini   tikl а sh   v а   o ‘ rg а nishg а   k е ng
imk о niyatl а r   yar а tildi.   M а zkur   q а driyatl а r   t а ri х iy   h а qiq а tini   o ‘ rg а nish   v а   uni
ха lqq а   y е tk а zish   t а dqiq о tchil а r   zimm а sig а   muhim   v а zif а l а rni   yukl а m о qd а .
Yurtimizd а   ming yill а rd а n buyon e’tiq о d qilib k е lin а yotg а n isl о m dini v а   t а ri х ini
h а md а   bu   s о h а d а   s а lm о qli   ij о d   qilg а n   а ll о m а   а jd о dl а rimiz   h а yoti   v а   b о y   ilmiy
m е r о sl а rini o ‘ rg а nish shul а r juml а sid а ndir .  
O ‘ zbеkistоn   Rеspublikаsi   Prеzidеnti   Shavkаt   Mirziyoyevning   2017   yilning
19   sеntyabridа   BMT   Bоsh   аssаmblеyasi   72-sеssiyasidаgi   nutqidа   аytilgаnidеk,
“butun  jаhоn jаmоаtchiligigа  Islоm dinining аsl insоnpаrvаrlik mоhiyatini еtkаzish
eng muhim vаzifа” 1
  hisоblаnаdi. Chunki, hаnаfiya mаzhаbidаgi оlimlаrning ilmiy
mеrоsi   bugungi   glоbаl   jаmiyatdа   hаm   sоg’lоm   e’tiqоdli   insоnni   tаrbiyalаshdа
muhim   аhаmiyatgа   egа.   O ‘ zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Shavkat
Miromonovich   Mirziyoyev   tashabbusi   bilan   2018   yil   16   aprelda   qabul   qilingan
“Diniy-ma’rifiy   soha   faoliyatini   tubdan   takomillashtirish   choratadbirlari
to ‘ g ‘ risida”gi PF-5416-sonli farmonning qabul qilinishi ko ‘ p asrlik milliy va diniy
qadriyatlarimizni   asrab-avaylashga,   dunyo   ilm-fani   va   madaniyati   rivojiga   ulkan
hissa   qo ‘ shgan   ajdodlarimizning   bebaho   merosini   o ‘ rganishga,   uning   asosida
1
  Ўзбекистон   Республикаси   Президенти   Шавкат   Мирзиёевнинг   Бирлашган   Миллатлар   Ташкилоти   Бош
Ассамблеясининг 72-сессиясидаги нутқи // Ma’rifat 2017 йил 20 сентябрь.  yoshlarni   komil   inson   etib   tarbiyalashga   shuningdek,   jamiyatda   barqaror   ijtimoiy
ma’naviy muhitni ta’minlashga huquqiy manba bo'lib xizmat qilmoqda.
O ‘ tmishimizda   o ‘ tgan   buyuk   shaxslar,   mutafakkirlarning   g ‘ oyalari   va
qarashlarini   anglab   yetish   va   tushinish   uchun   albatta   tarixiy   vaqelikka   murojaat
qilish   lozim.   Zero,   O ‘ zbekistonning   birinchi   Prezidenti   I.A.Karimov   tarix   fani
milliy   mafkuraning   shakllanishi   uchun   nechog ‘ lik   ahamiyatli   ekanligini   uqtirib:
«Tarix   saboqlari   insonni   xushyorlikka   o ‘ rgatadi,   irodasini
mustahkamlaydi   ...shakllanayotgan   jamiyatimiz   mafkurasi   ham   tarix   buloqlaridan
oziqlanadi» 2
,  –  degan edi. 
Bugungа   kеlib   bu   sоhаdа   ko’plаb   sаmаrаli   ishlаr   аmаlgа   оshirildi   vа
оshirilmоqdа.   Аllоmаlаrimizning   bizgаcha   еtib   kеlgаn   bir   qаncha   аsаrlаri   o ‘ zbеk
tiligа   tаrjimа   qilinib,   хаlqimizgа   tаqdim   qilindi   vа   ilmiy   istifоdаgа   kiritildi.
Mаzkur аsаrlаr o’tmish аjdоdlаrimiz qаdrlаb kеlgаn milliy vа diniy аn’аnаlаrning
insоnpаrvаrlik mоhiyatini оchib bеrishgа хizmаt qilаdi. 
O‘zbekiston respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning
2017   yil   24   maydagi   qarorida   ta’kidlanganidek,   “ Mustaqillik   yillarida
xalqimizning   qadimiy   tarixi   va   boy   madaniyatini   tiklash,   buyuk   allomalarimiz,
aziz-avliyolarimizning   ilmiy,   diniy   va   ma’naviy   merosini   har   tomonlama   chuqur
o‘rganish   va   targ‘ib   etish,   muqaddas   qadamjolarini   obod   qilish,   yosh   avlodni
ularning ezgu an’analari ruhida tarbiyalash bo‘yicha ulkan ishlar amalga oshirildi
va  izchil  davom  ettirilmoqda.   Ayni   vaqtda  ma’naviy-ma’rifiy  sohadagi   islohotlar
samarasini   oshirish   zarurati   bu   yo‘nalishdagi   ishlarni   sifat   jihatidan   yangi
bosqichga   ko‘tarishni   talab   etmoqda ” 3
.   Shu   jihatdan ,   magistrlik   dissertstsiyasi
uchun   tanlangan   “ A b u   M a n s u r   M o t r u d i y   ( 8 7 0 - 9 4 5 )   ilmiy   merosi
tarixshunosligi ”  mavzusi ham dolzarb ahamiyatga ega.
Mavzuning o‘rganilganlik darajasi .   Mamlakatimizda  Moturidiy merosini
o’rganishga   faqat   mustaqillikdan   keyingina   kirishildi.   O’zR   Vazirlar
Mahkamasining   qaroriga   binoan   2000   yilda   Moturidiy   tavalludining   1130   yilligi
2
 Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q  Muloqot.   –   1999.-№ 1.-B.13.
3
  “Қадимий   ёзма   манбаларни   сақлаш,   тадқиқ   ва   тарғиб   қилиш   тизимини   янада   такомиллаштириш   чора
тадбирлари тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси Президентининг қарори // XXI ASR 2017 yil 25 may O’zbekistonda   keng   nishonlandi.   Prezident   I.A.Karimov   tashabbusi   bilan
Samarqandda   alloma   xotirasiga   yodgorlik   majmui   bunyod   etildi.   Toshkent   va
Samarqandda   Moturidiy   ta’limoti   va   uning   islom   olamida   tutgan   mavqeiga
bag‘ishlangan   xalqaro   ilmiy   anjumanlar   o tkazildi.  ʻ Moturidiy   hayotining   turli
qirralarini   yorituvchi   maqolalar,   risolalar   va   tadqiqotlar   chop   etildi.   Moturidiy
merosini   o‘rgangan   xorijlik   olimlar   bilan   samarali   hamkorlik   aloqalari   o‘rnatildi.
2001 yilda Gyottingen (GFR) untining prof. Ulrix Rudolf qalamiga mansub «Al-
Moturidiy va Samarqand sunniylik ilohiyoti» kitobi o‘zbek tilida nashr etildi.  2002
yilda mazkur kitobning keng ommaga, jumladan, oliy o‘quv yurtlarining talabalari
va   o‘rta   maktablarning   yuqori   sinf   o‘quvchilariga   mo‘ljallangan   nashri   amalga
oshirildi.   Endilikda   xalqimiz   Moturidiy   merosi   bilan   o‘z   ona   tilida   tanishish
imkoniga ega bo ‘ ldi.
Mоvаrоunnаhr tаriхi vа undа yashab ijоd etgаn оlimlаr hаyoti vа fаоliyati,
хususаn, Imom Motrudiyning bоy ilmiy-mа’nаviy mеrоsini to‘liq   qamrab oluvchi
tadqiqotlar   hozirgacha   yaratilmagan.   Shunga   qaramasdan   bunday   ma’lumotlar
tarqoq holda bo‘lsada ko‘plab manba va adabiyotlarda uchraydi. 
Аbu Sа’d Sаm’оniy, Yoqut Hаmаviy, Ibn Qutlubug ‘ о, Аbdulhаy Lаknаviy,
Аbu Muhаmmаd Qurаshiy, Jаlоluddin Suyutiy, Hоji Хаli fа, Muhаmmаd Zаhаbiy,
Sharаfuddin   Rоqimiy,   Zirikliy,   Ibn   Хаldun   kаbi   tаbаqоt   vа   biо-bibliоgrаfik
jаnrlаridаgi   аsаrlаrni   bitgаn   оlimlаr   o’z   ishlаridа   Sа’duddin   Tаftаzоniy   hаqidа
аlоhidа to’хtаlgаnlаr . 
Shuningdеk,   Shantоviy,   Аbdurrаhmоn   Umаyrа,   Dоktоr   Ibrоhim
Shamsuddin,   Dоktоr   Аkmаliddin   Ehsоn   o ‘ g ‘ li,   Kаrl   Brоkkеlmаn,   Аbdulhusаyn
Nаvоtiy   kаbilаr   esа   o’zlаrining   qo’lyozmа   mаnbаlаr   ilmiy   tаvsiflаri   vа
kаtаlоglаrigа bаg’ishlаngаn tаdqiqоtlаridа   Sа’duddin   Tаftаzоniy hаyoti vа yozgаn
аsаrlаrigа to’хtаlib o’tgаnlаr 4
. 
4
  Аҳмад   Шантовий.   Доират   ал-маъориф   ал-исломия.   XV   жилдли.   –   Байрут:   Муассасат   ар-рисола,
1992(бундан  кейин:   Аҳмад  Шантовий.  Доират  ал-маъориф  ал-исломия);   Саъдуддин  Тафтазоний.  Шарҳ  ал-
мақосид. III  жилдли. /   Шарҳ ва ҳошиялар муаллифи  Доктор Иброҳим Шамсуддин. – Байрут: Дор ал-кутуб
ал-илмия, 2001   (бундан кейин: Саъдуддин Тафтазоний. Шарҳ ал-Мақосид); Доктор Акмалиддин Эҳсон ўғли.
Фиҳрис   махтутот   мактабат   Копрулу.   –   Истамбул:   1406/1986.   Ж .   I.   –   Б .   409-410,   419;   Brockelmann   C.
Geschichte  der arabischen  Litteratur.  –   Ж . II.   –   Б .   216;   Абдулҳусайн   Навотий .   Рижоли  китоб  ҳабиб ас-сияр. –
Теҳрон: Ширкате Само, 1324/1946 . O ‘ zbеkistоnlik   оlimlаrdаn   o ‘ z   tаdqiqоt   vа   mоnоgrаfiyalаridа  
Sа’duddin   Tаftаzоniy   shaхsiyati   vа   ilmiy   mеrоsigа   murоjааt   qilgаn   оlimlаr
qаtоridа   U.Uvаtоv 5
,   S.Оqilоv 6
,   SH.Ziyodоv 7
,   А.Аllоqulоv 8
  kаbilаrni   kеltirish
mumkin .   Shuningdеk,   Shayх   Muhаmmаd   Sоdiq   Muhаmmаd   Yusuf
9
,   D.Yusupоvа 10
,   M.Qоdirоv 11
,   N.Nаsrullаеv 12
  kаbi   muаlliflаr   Tаftаzоniyning
hаyoti   vа   ijоdigа   оid   аlоhidа   mахsus   mаqоlаlаr   yozgаnlаr.   Sа’duddin
Tаftаzоniyning “Sharh аl-Mаqоsid” аsаri bo ‘ yicha S.Siddiqоv tоmоnidаn mахsus
mаgistrlik dissеrtацiyasi hаm yozilgаn 13
. 
Xorijlik   olimlar ning   aynan   biz   o‘rganayotgan   mavzuga   oid   tadqiqotlarini
uchratmadik.   Lekin   shunga   R.Sаfiullinа   hаm   Tаftаzоniyning   “Sharh   аl-аqоid   аn-
nаsаfiya” аsаri hаqidа ilmiy tаdqiqоt   ishini аmаlgаn оshirgаn   vа mаqоlа yozgаn 14
.
Intеrnеt tаrmоg’idа hаm   Imom Motrudiy   vа uning аsаrlаri bo’yicha mаqоlаlаr vа
mа’lumоtlаr mаvjud   15
. Аmmо, shungа qаrаmаy, аllоmа Sа’duddin Tаftаzоniy vа
uning bоy ilmiy-mа’nаviy mеrоsi bo ‘ yicha аmаlgа оshirilgаn ishlаr еtаrli dаrаjаdа
emаs.   Mutаfаkkirning   o’rgаnilmаgаn   аsаrlаri   hаli   o ‘ z   tаdqiqоtchilаrini   kutib
turibdi. Оlimning “Sharh аl-аqоid аn-nаsаfiya” аsаri hаm shulаr jumlаsidаn bo’lib,
Sа’duddin   Tаftаzоniy   o’zining   ushbu   kitоbidа   Аbu   Hаfs   Umаr   Nаsаfiyning
“Аqоid   аn-Nаsаfiy”   аsаrini   yurtimizdа   аsоsiy   e’tiqоd   qilinаdigаn   vа   dunyo
5
  Уватов У. Имом Мотуридий ва унинг таълимоти. – Т.: Фан, 2000. – 48 б .
6
  Оқилов   С.   Абул   Муъин   Насафий   мотуридия   таълимотининг   давомчиси   //   Тошкент   ислом   университети
илмий таҳлилий ахборот бюллетени. – 2004. - № 1. – Б. 13-19. .
7
  Зиёдов Ш. Абу Мансур ал-Мотуридий ва унинг “Китоб ат-таъвилот” асари.   – Т.:   Фан, 2009. – 140 б .
8
  Аллоқулов  А. “Ақоиду-н-насафий”  ва унга ёзилган  шарҳлар //  Имом  Бухорий  сабоқлари:  №2. –Тошкент:
2009.   – Б.   156-158 .
9
  Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф. Самарқанднинг сара уламолари.   – Т.:   Ҳилол-Нашр, 2014.– 112 б .
10
  Юсупова Д. К вопросу о творческой деятельности ученого-энциклопедиста Са ‘ д ад-Дина ат-Тафтазани //
“Шарқшунослик” илмий тўплами: №13. – Тошкент, 2008.   – Б.   69-76 .
11
  Қодиров   М.   Марказий   Осиё,   Яқин   ва   Ўрта   Шарқнинг   фалсафий   тафаккури   (ўрта   асрлар).   Ўқув   қўл.   /
Масъул   муҳаррирлар:   ф.ф.д.,   проф.   Ахмедова   М.,   ф.ф.н.,   доц.   Пўлатова   Д.   –   Тошкент:   ТошДШИ
нашриёти,   2010. – 212 б. 
12
  Насруллаев   Н.   Лутфуллоҳ   Насафийнинг   “Фиқҳи   Кайдоний”   асари   ва   унга   ёзилган   шарҳ,   ҳошиялар
талқини. Тарих фанлари номзоди...дис. – Т.: Тошкент ислом университети, 2012. –172 б. .
13
  Сиддиқов С. Саъдуддин Тафтазоний “Шарҳ ал-мақосид” асарининг ислом ақидасини ўрганишдаги ўрни.
Магистрлик академик даражасини олиш учун ёзилган диссертация. – Т.: Тошкент ислом университети, 2011.
– 68 б. .
14
  Сайфуллина Р.Р. Арабская книга в духовной культуре татарского народа. – Казань: Алма-Лит, 2003. –214
с;   Исламоведческие   исследования   в   современной   России   и   СНГ:   достижения,   проблемы,   перспективы:
материалы I международного научно-практического симпозиума (19-20 февраля  2009 г.):  в 2 томах. – Том
II / Под ред. Б.М. Ягудина. – Казань:   Intelpress, 2009. – 306 с .
15
  www.en.wikipedia.org; www.archive.org;   www.wdl.org ; www.hrono.ru . bo’yicha   sunniylikdаgi   eng   kеng   tаrqаlgаn   hаnаfiy   mаzhаbi   vа   mоturidiy
аqidаsigа ko’rа sharhlаgаn . 
Shuningdеk,   Imom   Motrudiy   bоy   mа’nаviy   mеrоsini   ilmiy   tаdqiq   etish
Sоhibqirоn   Аmir   Tеmur   vа   tеmuriylаr   dаvridа   bo’lgаn   “Ikkinchi   Sharq
Uyg’оnish” dаvri ilm-fаnini o’rgаnishdа   kаttа   аhаmiyat   kаsb   etаdi.
Dissertatasiya   ishining   ilmiy   tadqiqot   rejalariga   aloqalari .   Dissertatsiya
ishi   Samarqand   davlat   universiteti   tarix   fakulteti   “Tarixshunoslik   va
manbashunoslik,   tarixiy   tadqiqot   usullari”   kafedrasining   ilmiy   tadqiqot   rejalari
asosida olib borilgan. 
Tadqiqotning   maqsadi   Imom   Motrud iyning     hаyoti   tarixi   va   ilmiy
merosining ‘rganilishini ochib berishdan iborat. 
Buning   uchun   Imom   Motrudiyning   hаyoti   vа   ilmiy-mа’nаviy   mеrоsini
tаdqiq etib, uning bizgаcha еtib kеlgаn аsаrlаrini аtrоflicha o’rgаnilаdi. Shu bilаn
bir   qаtоrdа   Imom   Motrudiyning   аsаrlarini   ilmiy   аsоsdа   tаhlil   qilib,   hоzirgi   dаvr
uchun   unining   аhаmiyati   yoritib   bеrilаdi   hаmdа   ungа   yozilgаn   sharhlаrni
mаnbаshunоslik jihаtidаn tаhlil qilinаdi.
Tadqiqotning   vazifalari   qilib   quyidagilar   belgilangan:   Tanlangan
mavzuning dolzarbligini aniqlab, ishning nazariy ahamiyatini asoslash; 
–   IX-XII   аsrlаrdа   Mоvаrоunnаhrdаgi   ijtimоiy-mа’nаviy   hаmdа   diniy
hаyotni o’rgаnish; 
–   IX-XII   аsrlаrdа   kаlоm   ilmini   rivоjlаnishi   hаmdа   mоturidiya   tа’limоtini
Mоvаrоunnаhr hаyotidа tutgаn o ‘ rnini ko’rsаtib bеrish; 
–   IX-XII   аsrlаrdа   kаlоm   ilmining   rivоjlаnishidа   Imom   Motrudiy   ilmiy
mеrоsining tutgаn o ‘ rnini аniqlаsh; 
–   Imom   Motrudiyning   mоturidiya   mаktаbining   nоmоyondаsi   sifаtidаgi
fаоliyatini tаhlil qilish; 
–   Imom  Motrudiyning ilmiy mеrоsini  o’rgаnish оrqаli оlimning mоturidiya
mаktаbining rivоjlаnishidа tutgаn o ‘ rnini аniqlаsh; 
–   “Sharh   аl-аqоid   аn-nаsаfiya”   аsаridа   mоturidiya   kаlоm   mаktаbi   аsоsidа
yozilgаn muhim mаnbа ekаnligini hаr tоmоnlаmа оchib bеrish;  –   “Sharh аl-аqоid аn-nаsаfiya” аsаridаgi аqidаviy mаsаlаlаrning mоturidiya
аqidаsigа muvоfiq kеlishini kuzаtish; 
–   “Sharh   аl-аqоid   аn-nаsаfiya”   аsаrini   islоm   оlаmidаgi   аhаmiyatini   оchib
bеrish. 
Dissertatsiya  mavzusining   ob’yekti   Imom Motrudiyning hаyoti vа ilmiy
mеrоsi   tashkil qiladi.
Tadqiqotning   predmeti   qilib   bu   haqdagi   tarixiy   manbalar,   manbashunos
olimlarning   maqola   va   taqiqotlarida   aks   ettirilgan   tarixiy   munosabatlar
belgilangan.
Dissertatsiya   ishining   uslubi .   Mustaqillik   yillarida   ijtimoiy-siyosiy
tafakkurni   sovet   mafkurasi   va   uning   g ‘ oyaviy   qoliplaridan   xalos   etish,   ilgari
soxtalashtirilib   kelingan   tarixni   tiklash,   uni   haqqoniy   va   xolisona   yoritish   uchun
keng   imkoniyatlar   yaratildi.   Bu   masala   o’z   mazmun,   mohiyatiga   ko ‘ ra   davlat
siyosati   darajasiga   ko ‘ tarildi.   O ‘ zbekiston   Respublikasining   birinchi   Prezidenti
Islom Karimovning 1998 yil yozida tarixchilar bilan uchrashuvi 16
 va uning dasturiy
vazifalarini nazarda tutgan asosdagi hukumat qarorining 17
 qabul qilinishi natijasida
O ‘ zbekiston tarixining ko ‘ pgina masalalari o ‘ zining yangi, ilmiy jihatdan haqqoniy
echimini topa boshladi.
O’zbekiston   Respublikasi   prezidentining   nutqlari   va   asarlarida   keltirilgan
fiklari tarixchilar uchun uslubiy dasturilamal bo ‘ lib xizmat qilmoqda.
Shulardan   biri   O ‘ zbekiston   Respublikasining   birinchi   Prezidenti   Islom
Karimovning   2012   yil   27   yanvarda   “O ‘ zbekiston   Respublikasi   Oliy   va   o ‘ rta
maxsus   ta’lim   vazirligi   huzuridagi   O’zbekistonning   eng   yangi   tarixi   bo ‘ yicha
jamoatchilik   kengashini   tuzish   to ‘ g ‘ risida”gi   hisoblanadi.   Qarorda   Kengashga
“tarixiylik   va   xolislik   tamoyillari   asosida   O’zbekistonning   eng   yangi   tarixini
tizimli   ravishda   o ‘ rganishni   tashkil   etish,   shuningdek,   jahon   sivilizasiyasi
taraqqiyotiga   ulkan   hissa   qo’shgan   hamda   boy   tarixiy-madaniy   merosga   ega
bo’lgan   o ‘ zbek   xalqining   o ‘ tmishi   va   hozirgi   davrini   baholashda   bir   yoqlama
16
  Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ.  – Т.:  Шарқ , 199 8 .
17
  Ўзбекистон   Республикаси   Вазирлар   Маҳкамасининг   1998   йил   23   июлдаги   «ЎзР   ФА   Тарих   институти
фаоли яти ни такомиллаштириш тўғрисида»ги Қарори // Халқ сўзи. 1998  йил  27 июль. yondoshuv, dogmalarga yo ‘ l qo ‘ ymaslik” kabi muhim vazifalarga e’tibor qaratish
mas’uliyati yuklatildi.
Tarixiylik,   xolislik   tamoyillarini   o’zida   aks   ettiruvchi   O ‘ zbekiston
Respublikasi   Prezi dentining   asarlari,   nutq   va   suhbat la ri   mazkur   dissertaesiyani
yozishda na za riy-uslubiy asos bo ‘ lib xizmat qildi.
Dissertatsiyaning   ilmiy   yangiligi:   Mоvаrоunnаhr   kаlоm,   hаdis,   fiqh,   tаriх
ilmlаri   tаrаqqiyotidа   muhim   o’rin   egаllаgаn   Sа’duddin   Tаftаzоniyning   ilmiy
mеrоsini   tаdqiq   qilish   yurtimizdа   mа’nаviy   qаdriyatlаr   qаytа   tiklаnаyotgаn   bir
vаqtdа nihоyatdа muhim аhаmiyat kаsb etаdi. 
–   Tаdqiqоtdа   Imom   Motrudiyning   asarlari   va   ulargа   yozilgаn   sharhlаr   vа
ulаrning   bа’zi   qo’lyozmа   nusхаlаri   birinchi   mаrоtаbа   ilmiy   muоmаlаgа
kiritilmоqdа ; 
–   Tаdqiqоtdа hоzirdа fаоliyat yuritаyotgаn bа’zi оqimlаr “Sharh аl-аqоid аn-
nаsаfiya” аsаrining zаmоnаviy nаshrlаridа o’zlаrining nоto’g’ri аqidаlаrigа to ‘ g ‘ ri
kеlmаydigаn jumlаlаrni аtаylаb tushirib chоp qildirаyotgаnligi аniqlаndi ; 
–   Tаdqiqоtdа   Imom   Motrudiyning   аsаrlarigа   оlimlаrning   qiziqishi   vа   ungа
yozilgаn sharhlаr ilmiy dаlillаr аsоsidа o’rgаnildi. 
Natijalarning   e’lon   qilinishi.   Dissertatsiyaning   asosiy   mazmuni   ikkita
ilmiy maqolada o’z ifodasini topgan.  
Tadqiqot   ishining   tuzilishi .   Magistrlik   dissertatsiyasi   kirish,   uchta   asosiy
bob,   xulosa   va   foydalanilgan   adabiyotlar   ro’yxatidan   iborat.   Har   bir   bob   o ‘ z
navbatida paragraflarga bo ‘ lingan. Tadqiqotning umumiy hajmi  &   bet dan iborat .  I - BOB.  Uyg‘onish davri madaniy taraqqiyotining ijtimoiy-iqtisodiy omillari
1.1. IX-XII asrlarda Movarounnahrda ijtimoiy-iqtisodiy hayotning
ma’naviy rivojlanishga ta’siri
IX   asr   boshlariga   kelib   arab   xalifaligida   yuzaga   kelgan   bo’hronli   vaziyat,
siyosiy tanglik Xuroson va Movarounahrda kechayotgan ziddiyatli jarayonlar, eng
muhimi, bu hududda yuz bergan Rofe ibn Lays qo'zg'oloni (806-810) mazkur o'lka
xalqlari   uchun   xalifalik   tobeligidan   qutulish   yurt   mustaqilligini   qo'lga   kiritish
yo'lida   qulay   imkoniyatlarni   vujudga   keltirgan.   Gap   shundaki,   mashhur   xalifa
Xorun  ar-Rashid   (786-809)   vafotidan  so'ng  xalifalik  taxtini  egallash  uchun  uning
o'g'illari-Amin va Ma'mun o'rtasida qizg'in kurash boshlangan edi. Bir necha yilga
cho'zilgan   bu   siyosiy   mojaro   nafaqat   xalifalik   markazini   tang   ahvolga   solib
qolmasdan   balki   unga   tob'e   bo'lgan   hududlardagi   voqealar   rivojiga   ham   sezilarli
ta'sir ko'rsatgan. 
Xuroson   noibi   Ma'mun   o'z   kurashida   Xuroson   va   Movarounahrning   nufuzli
kuchlariga   tayanib,   nihoyat,   813   yilda   xalifalik   hokimiyatini   egallaydi.   Bundan
avvalroq   Ma'mun   bu   o'lkada   xila   uzoq   davom   etgan   Rofe   ibn   Lays   qo'zg'olonini
bostirishda   mahalliy   feodal   kuchlar   madadidan   foydalangandi.   Ma'munning
xalifalik   taxtiga   chiqishga   katta   harbiy   yordam   ko'rsatgan   Xuroson   nufuzli
doiralarining  yirik  nomoyondasi   Tohir   ibn  Xusayn   bir  qancha   muddat   Bag'dodda
xalifalik qo'shinlariga ham boshchilik qilgan edi 18
.
Xalifa Ma'mun Xuroson va Movarounahrda davom etayotgan arablarga qarshi
kuchli muxolifatchilik harakatlarini bartaraf etish qiyinligini anglab yetganidan, bu
hududlarni   boshqarish   huquqini   mahalliy   zodogonlar   vakillari   ixtiyoriga   berishga
majbur bo'ladi.   Shu yo'l bilan u mazkur o'lkalarning xalifalikka tobeligini   saqlab
qolmoqqa intiladi.
Mahalliy hukmdorlar esa uddaburonlik bilan, halifalikning zaiflashgan ligidan,
shuningdek,   yangi   xalifa   ma'munning   "iltifoti"dan   foydalanib,   boshqaruv   jilovini
18
 O`zbekiston tarixi. Ma`ruzalar matni. – Namangan, 2006.-B.23.  qo'lga   kiritgach,   undan   yurt   mustaqilligi,   uning   ravnaqi   va   qudratini   oshirish
yo'lida foydalanishga qat’iyan yo'l tutdilar.
Xurosonda Tohir ibn Xusayn va uning avlodlari, Movarounnahrda esa Samon
Xudot va uning vorislari tomonidan siyosiy hokimiyatni qo'lga kiritilishi mana shu
tarzda amalga oshdi. 
Tohiriylar   sulolasining   asoschisi   Tohir   ibn   Xusayn   821-yildan   e’tiboran
Xuroson noibligini qo'lga kiritadi. Dastlab Movarounnahrning ko'pgina viloyatlari
ham   uning   tasarrufida   edi.   Buning   boisi,   ikkala   o'lkaning   noiblik   markazi
Xurosonning  Nishopur  shahri  bo'lgan. Tohir  ibn Xusayn  davlat  ishlarini  mustaqil
idora   etish   maqsadida   822   yilda   xalifa   nomini   xutba     namozidan   chiqarib
tashlashga   amr   qiladi.   Biroq   tez   orada   uning   sirli   o'limi   bu   borada   katta   ishlar
qilinishiga   imkon   bermaydi.   Uning   vorislari   Talha   (822-828),   Abul   Abbos
Abdulloh   (830-844),   Tohir   ibn   Abdulloh   (844-862),   Muhammad   ibn   Tohir   (862-
873)   davrida   Tohiriylar   sulolasining   mustaqilligi   xiyla   ta'minlandi.   Tohiriylar
ijtimoiy-iqtisodiy   va   madaniy   hayotni,   mulkiy   munosabatlarni   rivojlantirish,
qishloq xo'jaligini tartibga keltirish, suv resurslaridan foydalanishni yaxshilash, suv
inshootlarini   barpo   etish,   shuningdek.   Fuqarolardan   olinadigan   soliqlarni
mo'tadillashtirishga ahamiyat beradilar.
Movarounnahrdan   Somoniylar   sulolasi   hukmronligining   yuzaga   kelish
jarayoni   ham   IX   asr   boshlariga   to'g'ri   keladi.   Bunda   ham   xalifa   Ma'mun   o'ziga
sodiq   xizmat   qilgan   mahalliy   hukmdorlardan   Somonxudot   avlodlari(uning
nabiralari)ga   Movarounnahr   hududlarini   boshqarish   huquqini   topshiradi.
Chunonchi, Asad ibn Somon o'g'illaridan – Nuh Samarqandga, Ahmad Farg'onaga,
Yahyo Shosh va Ustrushonaga, Ilyos Chog'aniyon va Hirotga hokimlik qiladilar 19
.
IX   asr   o'rtalariga   kelib   Ahmad   va   uning   katta   o'g'li   Nasr   Somoniylar
Movarounnahrning ko'pchilik hududlarini birlashtirishga muvaffaq bo'ladilar. Nasr
Somoniy   (856-888)   davrida   Movarounnahr   mavqei   yanada   kuchayib   bordi.
Xurosonda Tohiriylar sulolasi ag'darilgach (873 y), uning tarkibiga kirgan Buxoro
19
 Murtazayeva R.H. O`zbekiston tarixi. Ma`ruzalar matni. – Toshkent, 2000.-B.22. yerlari   Somoniylar   tasarrufiga   olinadi.   Nasr   ukasi   Ismoilni   Buxoroga   noib   etib
tayinlaydi   (874   y)   va   Somoniylar   hukmronligi   deyarli   Movarounnahrning   barcha
hududlariga   yoyiladi.   Ammo,   ko'p   o'tmay   Ismoil   o'z   hokimiyatini   kuchaytira
borgach,   u   o'zining   vassallik   mavqeini   tan   olmay,   Nasr   hokimiyati   xazinasiga
to'laydigan   yillik   daromad   miqdorini   keskin   kamaytiradi.   Buning   natijasida   aka-
ukalar   o'rtasida   uzoq   muddatli   o'zaro   kurash   boshlanadi.   Oqibatda   888   yilda   ular
o'rtasida   katta   urush   bo'lib   unda   Ismoil   g'olib   chiqadi   va   hokimiyatni   o'z   qo'liga
oladi.   Akasi   Nasr   vafotidan   so'ng   (892   y)   Ismoil   Somoniy   Movarounnahrning
yagona   hukmdoriga   aylanadi.   Shu   tariqa,   o'zbek   davlatchiligi   qayta   tiklanadi   va
yuksalib boradi. Mamlakat aholisining mutloq ko'pchiligi turkiy qavmlardan iborat
bo'lib,   davlat   ishlarini   yuritishda   turkiy   qo'shinlar   va   lashkarboshilarning   mavqei
yuqori bo'lgan.
Ismoilning   893   yilda   Sharqdagi   turkiy   qabilalarga   qarshi   qilgan
muvaffaqqiyatli   yurishi,   Tarozni   egallab,   katta   o'lja,   asirlar   bilan   qaytishi   ham
Somoniylar   qudrati   yuksakligidan   yaqqol   dalolat   beradi.   Ismoil   Somoniy
qudratining   o'sib   borishidan   cho'chigan   va   uni   zaiflashtirishni   ko'zlagan   Bag'dod
xalifasi   Mu'tazit   (892-902)   Xurosondagi   Safforiylar   hukmdori   Amr   ibn   Laysga
Xuroson bilan birga Movarounnahr ustidan hukm yuritish huquqi berilgani haqida
farmon chiqardi va uni Ismoilga qarshi gij-gijlaydi. Bu esa 900 yilda ular o'rtasida
katta   urushga   sabab   bo'ladi.   Urush   natijasi   Ismoil   Somoniy   foydasiga   xal   bo'lib,
buning   oqibatida   Xuroson   yerlari   Somoniylar   qo'l   ostiga   o'tadi.   Xalifalikning   esa
bu   yerdagi   ta'siri   keskin   pasayadi.   Ismoil   Somoniy   uzoq   yillik   davlatchiligimiz
tajribasiga   suyanib,   markaziy   boshqaruv   tizimini   va   shunga   muvofiq   keladigan
mahalliy idora organlarini vujudga keltiradi. Bu tizim uning o'g'li Nasr II davrida
(914-943) davrida ham takomillashib bordi.
Bunga   ko'ra   davlat   boshqaruvi   oliy   dargoh   va   devonlar   (vazirliklar)   ga
bo'linadi. Bunda  eng asosiy  siyosiy-ma'muriy va xo'jalik boshqaruvi vazir  devoni
tasarrufida bo'lgan. Boshqa devonlar esa unga bo'ysungan.  Markaziy   Osiyoning     o'rta   asrlar   tarixida   muhim   o'rin   tutgan   va   xiyla   uzoq
davr   hukm   surgan   (X-XII   asrlar)   Qoraxoniylar   sulolasi   to'g'risida   so'z   yuritar
ekanmiz,   bunda   shu   narsani   chuqurroq   anglamoq   joizki,   hozirgi   Markaziy   Osiyo
mintaqasining   Yettisuv   va   Qoshg'ar   qismida   yangi   bir   siyosiy   sulola   kuchayib
bordi.   Bular   Turkiy   qabilalar   elatlar   orasidan   yetishib   chiqqan   Qoraxoniylardir.
Mintaqaning sharqiy qismida yashagan bu elatlar Movarounnahrdagi xalqlar bilan
doimo   yonma-yon   yashab,   ijtimoiy-iqtisody   va   madaniy   hamkorlik   va   aloqalarda
bo'lib   birgalashib   tarix   yaratganlar.   Ijtimoiy   taraqqiyot   jarayoni   tezlashuviga
munosib ta'sir ko'rsatganlar. 
Bu   davlatning   tayanch   negizining   yaratilishida   ayniqsa,   qorluq,   chigil   va
yag'mo elatlarining roli va ta'siri katta bo'lgan. Mazkur davlatga asos solgan siymo
Satuq   Abdulkarim   Bug'roxon   (Qoraxon)   yag'molar   qavmiga   mansub   bg'lgan.
Qoraxon   so'zining   lug'aviy   ma'nosi   esa   turkiy   qabilalalarda   «Ulug'»,   «Buyuk»
degan tushunchani anglatgan. 
Bu   davlatning   qudrati   yuksalib   u   tez   orada   katta   hududlarni   o'z   qo'l   ostiga
kirita   boradi.   Uning   poytaxti   Sharqiy   Turkistonning   Bolasog'un   shahri   bo'lgan.
Abdulkarim   Bug'roxon   vafotidan   keyin   (955   y)   uning   vorislari   davrida   Markaziy
Tyanshan   va   Yettisuv   o'lkalari     egallandi.   Endilikda   Qoraxoniylar   Somoniylar
hukmronlik qilayotgan Movarounnahr yerlarini butunlay egallashga kirishdilar. Bu
davrda   Somoniylar   sulolasi   chuqur   ichki   ziddichtlar   girdobiga   tushib   qolgan   edi.
Mahalliy   hukmdorlar   va   oliy   ruhoniylar   tabaqasi   orasida   ham   somoniylar
siyosatidan norozilik kuchaygan edi 20
. 
Mahalliy hukmdorlar hayrixohligidan foydalangan Qoraxoniylar sulolasining
hukmdorlari   –   Xasan   va   Nasr   Bug'raxonlar   yetakchiligidagi   qo'shin   somoniylar
qarshiligini   qiyinchiliksiz   yengib,   ikki   bor   (992-999   yillarda)   poytaxt   Buxoroni
egallaydi.   Oqibatda   butun   Movarounnahr   hududlari   Qoraxoniylar   tasarrufiga
o'tadi.   Bu   voqea   XI   asr   boshlarida   sodir   bo'ladi.   Bu   jarayonni   xalq   hokimiyat
tepasiga bir sulola o'rniga ikkinchi bir sulolaning kelishi qabilida e'tirof etadi. Shu
20
 O`zbekiston tarixi. Ma`ruzalar matni. – Namangan, 2006.-B.20. tariqa,   Qoraxoniylar   hukmronligi   Amudaryogacha   bo'lgan   katta   hududlarga
yoyiladi. 1041 yilga kelib qoraxoniylar hokimiyati ikkiga: markazi Buxoro bo'lgan
g'arbiy   xonlikka   va   markazi   Bolasog'un   bulgan   sharqiy   xonlikka   bo'linib   ketadi.
Keyingi   xonlik   tarkibiga   Talas,   Isfijob,   Shosh,   Sharqiy   Farg'ona,   Yettisuv   va
Qoshg'ar yerlari kirgan.
Qoraxoniylar   davlatining   boshqaruv,   idora   qilish   tizimini   ko'zdan
kechirarkanmiz, ularda somoniylardan farqli o'laroq, markaziy boshqaruv tizimiga
qaraganda   hududiy   boshqarish   tartibi   ko'proq   o'rin   tutgan.   Buning   asosiy   sababi
shuki,   har   bir   yirik   hudud   yoki   viloyat   iloqxonlar   tomonidan   nisbatan   mustaqil
idora   qilingan   (masalan,   Samarqand,   Buxoro,   Yettisuv   va   boshq).   Iloqxonlar
tegishli   miqdordagi   yillik   xiroj   yoki   to'lovlarni   markaziy   hokimiyat   hukmdori-
Tamg'ochxonga yuborib, amalda o'z mulklarini mustaqil boshqarganlar.
Qoraxoniylarning Movarounnahrdagi hukmronligi murakkab ijtimoiy-siyosiy
vaziyatda,   turli   sulolaviy   urushlar,   ziddiyatli   jarayonlarda   kechganligini
ta'kidlamoq   joizdir.   Ayniqsa,   xonlikning   muqim   hayotiy   markazlari   hisoblangan
Samarqand,   Buxoro,   Balx   va   Termiz   kabi   joylarni   qo'lga   kiritish   uchun
G'aznaviylar,   Saljuqiylar   bilan   ko'p   bor   urush   harakatlari   olib   borishga   to'g'ri
kelgan.
Xususan   Saljuqiylarning   so'nggi   podshohi   Sulton   Sanjar   (1118-1157)
Qoraxoniylarning   Movarounnahrdagi   hukmdori   Arslonxon   (1102-1130)   ning
zaiflashib   qolganligidanva   mahalliy   ruhoniylar   fitnasidan   foydalanib,   Samarqand
va   uning   atrofini   bosib   oladi.   Shundan   so'ng   Qoraxoniylar   sulolasiga   mansub
mahalliy xonlar amalda Sulton Sanjarga tobe bo'lib qoladilar. Biroq ko'p o'tmay bu
hududlar yangidan sharqdan bostirib kelgan Qoraxitoylar ta'siriga tushib qoladi.
Faqat   1011   yilga   kelib,   ya'ni   so'nggi   Xorazmshoh-Alouddin   Muhammad
(1200-1220)   davrida   Qoraxoniylarning   Movarounnahrdagi   rasmiy   boshqaruvi
butunlay barham topadi.
Xorazm vohasi o'zining qulay strategik va jug'rofiy mavqei hamda qadimdan
rivojlangan   hudud   bo'lganligidan,   u   Markaziy   Osiyo   mintaqasida   turli   davrlarda kechgan   muhim   tarixiy   jarayonlarda   alohida   o'rin   tutib,   o'z   muayyan   ta'sirini
o'tkazib   borgan.   Vatanimiz   hududida   miloddan   avvalgi   so'nggi   ming   yillik
boshlaridagi ilk o'zbek davlatchilik tuzilmalari  ham  shu hududda vujudga kelgan.
Tariximizning   turli   bosqichlarida   ham   Xorazmshohlar   sulolasi   nomi   bilan
hukmronlik   qilgan   hukmdorlar   xonadoni   tarixda   ma'lum.   Bular   IV-X   asrlarda
afrig'iylar   xonadoni,   995-1017   yillarda   ma'muniylar   (Ma'mun   I,   Abdulxasan   Ali,
Ma'mun   II),   1017-1041   yillarda   esa   oltintoshiylar   (Oltintosh,   Horun,   Handon)
sulolalari Xorazmshohlar unvoni bilan davlat boshqaruvini amalga oshirganlar 21
.
Xususan Saljuqiy hukmdorlardan Malikshoh (1071-1092) davrida katta obro'-
martabaga   erishgan   harbiy   lashkarboshi   Anushtaginning   Xorazm   hukmdori   etib
tayinlanishi (1077-1097) hamda ko'p o'tmay uning Xorazmshoh unvoniga sozovor
bo'lishi-bu   Xorazmning   mustaqillikka   erishishida   jiddiy   qadam   bo'lgan   edi.   1097
yilda   Xorazm   hokimi   bo'lgan   va   Xorazmshoh   unvonini   olgan   Qutbiddin
Muhammad   o'lka   mustaqilligini   ta'minlashda   muhim   rol   o'ynagan.   Qutbiddin
Muhammad ham Saljuqiylar hukmronligini tan olgan holda Xorazmni idora qildi.
Biroq, shunga qaramay o'lkaning har tomonlama rivojlanishi, ijtimoiy-iqtisodiy va
madaniy yuksalishi uchun ham muhim imkoniyatlar topa bildi.
Xorazm mustaqilligini ta'minlash, uning sarhadlarini kengaytirishda Qutbidin
Muhammadning   o'g'li   Jaloliddin   otsizning   (1127-1156)   roli   alohidadir.   Negaki   u
Qoraxniylar   kuchsizlgidan   va   Saljuqiylar   zaifligidan   foydalanib   o'z   qudratini
yuksaltira   bordi.   Uning   1141   yilda   oltin   tangalar   zarb   ettirib,   muomilaga
chikarilishi ham Xorazm mustaqilligini muhim belgisi bo'lgan. 
U Qoraxitoylar bilan kelishib, ularga har yili 30 ming darham miqdorda to'lov
to'lash   sharti   bilan   amalda   o'z   davlatiining   ichki   mustaqilligini   ta'minlaydi.
Xorazmning   mustaqil   davlat   sifatidagi   ravnaqi,   hududlarning   benihoya   kengayib
borishida   Alouddin   Takashning   o'rni   va   roli   katta   bo'lgan.   Uning   hukmronlik
davrida   (1172-1200)   Xorazm   vohasida   katta   ijobiy   o'zgarishlar   yuz   berdi.
Yangidan   qad   rostlagan   o'nlab   shaharlarning   obodonlashuvidan   tashqari   ularning
21
  Sha h obiddin an- Н asaviy.  S iyrat as-sulton  J aloliddin  Mengburn . – Toshkent:  F an, 1999 . - B.14. savdo-sotiq   hunarmandchilik   karvon   savdosi   bobidagi   dovrug'i   yanada   ortdi.
Qishloq xo'jaligi ziroatchilik tarmoqlar rivojlandi. Ko'plab kanallar suv inshootlari
barpo etildi. Bunday tarzdagi ijobiy jarayonlar Alouddin Muhammad Xorazmshoh
(1200-1220)   davrida   ham   davom   ettirildi.   Ayni   zamonda   o'ziga   xos   markaziy   va
mahalliy davlat boshqaruvi tizimi vujudga keltirib takomillashtirib borildi. Bu esa
mamlakatning   ijtimoiy-siyosiy   hayotini   mustahkamlash,   uning   ichki   taraqqiyotini
ta'minlash hamda izchil tashqi siyosat olib borishda muhim ahamiyatga ega bo'ldi.
Anushteginlarning   davlat   boshqaruvi   ham   ikki   tizimdan:   dargoh   va   devonlar
majmuidan iborat bo'lgan. 
Devonlar  ham   o'z  vakolat  doirasida  faoliyat  yuritganlar. Masalan   insho  yoki
tug'ro   devoni   rasmiy   hujjatlar,   yozishmalarni   tuzish   bilan     shug'ullangan.
Shuningdek   moliya   ishlari   bilan   istefo   devoni,   davlat   nazorati   tadbirlari     bilan
ishrof   devoni,   harbiy   ishlar   bilan   devoni   Arz   yoki     Jaysh   shug'ullangan.   Sulton
xonadoni hayotiga, iqtisodiyotiga tegishli yana bir muhim devon mavjud bo'lib, u
devoni xos nomi bilan atalgan 22
. 
So'nggi   Xorazmshohlar   davrida   harbiy   sohaga   alohida   ahamiyat   berilgan.
Bunda   bir   necha   yuz   minglik   qo'shindan   tashqari   oliy   hukmdorning   maxsus
shaxsiy     gvardiyasi   (Xaros)   katta   mavqeiga   ega   bo'lgan.   Sulton   Muhammadning
shaxsiy   gvardiyasi   10   ming   kishidan   tashkil   topgan.   Xarbiy   qismlarda   harbiy
nazoratchi   sinoh-salot,   sohibi-jaysh   (viloyat   qo'shini   boshlig'i),   amir   ul-umaro,
malik   (10   ming   qo'shin   boshligi),   chovush   (chopar),   josus   (razvedkachi)   askar
qozisi kabi mansablar ham mavjud bo'lgan. 
Takash   vafotidan   so'ng   davlat   hukmdori   bo'lgan   Alouddin   Muhammad
Xorazmshoh   davrida   ham   mamlakat   hududlari   kengayishda   davom   etadi.     Bu
vaqtga   kelib   Eron,   Ozarbayjon,   Xurosondan   Hindistongacha   bo'lgan   yerlar
Xorazmshohlarga   bo'ysundirilgan   edi.   Uning   tarkibiga   400   dan   ziyod   shaharlar
kirardi.   Somoniylar,   Qoraxoniylar,   G'aznaviylar,   Saljuqiylar   va   Xorazmshohlar
sulolalari hukmronlik qilgan IX-XII asrlarda Movarounnahr sarhadlarida yashagan
22
 Mo’minova R.G. O`zbekiston tarixi. – Toshkent: O`qituvchi, 1997.-B.48.  ulus-elatlar   o'rtasida   nisbatan   osoyishtalik,   totuvlik,   yaqinlik   va   hamjihatlik
vujudga   keldiki,   buning   orqasida   o'lkada   moddiy   ishlab   chiqarish,   madaniy
rivojlanish   jarayoni   ancha   tezlashdi,   shaharlar   hayoti   yuksaldi,   savdo-sotiq,
hunarmandchilik o'sdi, aholi farovonligi ko'tarila bordi. 
Movarounnahr shaharlarining jug'rofiy nuqtai nazaridan Buyuk ipak yo'lining
eng muhim tutash nuqtalarida joylashganligi, shu bois bu yerda ishlab chiqarilgan,
yetishtirilgan   har   turli   ziroatchilik,   chorvachilik,   hunarmandchilik   mahsulotlari,
zargarlik,   zeb-ziynat   mollarining   ayirbosh   qilib   turilganligi   orqasida   o'lkaning
ijtimoiy-iqtisodiy     va   madaniy   hayoti   jiddiy   yuksalishga   yuz   tutdi.   Buyuk   ipak
yo'liga   tutash   aholi   manzilgohlarida   obod   va   ko'rkam   shaharlar   vujudga   keldi.
Jumladan, birgina Xorazm vohasida X asr boshlarida 10 ga yaqin shaharlar mavjud
bo'lsa, XI asr o'rtalariga kelib bunday shaharlar soni 40 taga yetdi. 
Somoniylar   hukmronlik   qilgan   IX-XI   asrlarda   ishlab   chiqarish   tarmoqlari
to'xtovsiz   kengayib   borgan,   ko'plab   irrigasiya   inshootlari,   sug'orish   kanallari,   suv
ayirgichlar   qurilishi   natijasida   dehqonchilik   madaniyati   ancha   o'sadi.   Somoniylar
poytaxti   Buxoroga   har   tomondan   olimu-donishmandlar,   sayyohu-tijoratchilar,
me'moru-hunarmandlar  oqib kela boshlagan.
Somoniylar,   G'aznaviylar,   Saljuqiylar,   Xorazmshohlar   sulolasiga   mansub
ma'rifatparvar   hukmdorlarning   ilm-fan   va   madaniyatga   doimiy   rag'bat   berishlari
orqasida   ko'plab,   iste'dod   sohiblarining   salohiyati,   ijodi   o'sib,   yuksalib   borgan.
O'sha   davr   hukmdorlari   tashabbusi   bilan   bunyod   etilgan   va   faoliyat   ko'rsatgan
kutubxonalarda   son-sanoqsiz   noyob,   qimmatbaho   kitoblar,   qo'lyozmalar
to'planganki,  bulardan hozirgi avlod kishilari ham bahramand bo'lmoqdalar. 
IX-XII   asrlarda   Movarounnahrda   ilm-fan   yuksaldi,   hozirgi   zamon   fanining
ko'plab   tarmoqlari   va   yo'nalishlariga   chinakam   poydevor   yaratildi.   Xususan,
matematika,   algebra,   astronomiya,   tibbiyot,   biologiya,   geodeziya,   jug'rofiya,
falsafa singari dunyoviy fanlarning ta'mal toshi shu davrda qo'yildi.  1 . 2 .   IX-XII asrlarda  Movarounnahrda fiqh ilmining rivojlanishi 
IX-XII   asrlarda   mamlakat   ma`naviy   hayotining   asosi   islom   mafkurasi   edi.
Somoniylar islom mafkurasining rivojiga katta ahamiyat berdilar. Buxoro Sharqda
islom   dinining   eng   nufuzli   markaziga   aylandi.   Masjid,   madrasa   va   xonaqolar
qurish uchun maxsus joylar ajratildi. Arab tili va uning imlosi joriy etildi.
Movarounnahrda   ko`p   o`tmay   hatto   ona   tilidan   ko`ra   arab   tili   va   yozuvini
yaxshiroq   bilgan   bilimdonlar   paydo   bo`ldi.   Mahalliy   bilimdonlar   o`z   vatanida
quvg`in   ostiga   olinib,   ko`pgina   tolibi   ilmlar   xalifalikning   markaziy   shaharlari-
Damashq, Qohira, Bag`dod, Kufa va Basraga borib bilim olishga va arab tilida ijod
qilishga majbur  bo`ladilar. Davlatni  boshqarishda abbosiylar  ma`muriyati ko`plab
bilimdon   siymolarga   muhtoj   edi,   chunki   arablar   orasida   shu   davrda   davlat   ishiga
yaroqli bo`lgan bilimdorlar hali oz, borlari ham zaif edi.
Eng mashhur madaniyat  markazi shu davrda Bag`dod shahri edi. Bag`dodda
«Bayt   ul   hikma»   (donishmandlar   uyi)   tashkil   etilgan   edi.   «Bayt   ul   hikma»da
Ahmad   Farg`oniy,   Muhammad   ibn   Muso   Xorazmiy,   Ahmad   ibn   Abdulloh
Marvaziylar ta`lim olganlar. 
IX-X asrlarda O`rta Osiyoda fan ilmiy asoslarga ega edi. Uning ildizlari O`rta
Osiyo,   ayniqsa,   Xorazm,  shuningdek   Bobil,  Eron,   Hindistonning   antik  dunyosiga
va   qadimgi   madaniyatiga   borib   taqalar   edi.   IX-XII   asrlarda   arab   tilida   asarlar
yozgan eng mashhur  olimlar  Ahmad Farg`oniy,  Muhammad ibn Muso Xorazmiy,
Abu   Nasr   Farobiy,   Abu   Ali   ibn   Sino,   Abu   Rayhon   Beruniy,   Abusalx   Masihiy,
Abulhayr Xammor, Abunosir Arron va boshqalar edi 23
.
Buyuk matematik, astronom va geograf olim Muhammad Muso al-Xorazmiy
(783-850)   nomi   fan   tarixida   alohida  o'rin   tutadi.  Olim   o'zining   «Hisob   al-Jabr   va
al-Muqobala»,   «Hind   hisobi   haqida   kitob»,   «Quyosh   soatlari   haqida   risola»,
«Astronomik jadvallar»   singari asarlari bilan «Algebra» faniga asos soldi. Uning
arifmetika   risolasi   hind   raqamlariga   asoslangan   bo'lib,   hozirgi   paytda   biz
foydalanayotgan   o'nlik   hisoblash   sistemasining   Yevropada   tarqalishiga   sabab
bo'ldi.   Allomaning   «al-Xorazmiy»   nomi   «algoritm»   shaklida   fanda   abadiy
23
 Murtazayeva R.H. O`zbekiston tarixi. Ma`ruzalar matni. – Toshkent, 2000.-B.24. muhrlanib qoldi. Olimning «Kitob surat al-arz» nomli geografiyaga doir asari shu
qadar   fundamental   ahamiyatga   egaki,   u   arab   tilida   ko'plab   georafik   asarlarning
yaratilishiga   zamin   yaratdi.   Uning   Sharq   geografiya sining   otasi   deb   nomlanishi
ham shundan Xorazmiy yaratgan «Zij» Ovro'pada ham, Sharqda ham astronomiya
fanining rivojlanish yo'llarini belgilab berdi. Alloma qalamiga mansub «Kitob at-
tarix» («Tarix kitobi») asari Movarounnahr, Xuroson va Kichik Osiyo xalqlarining
VIII-IX     asrlarga   oid   tarixini   to'laqonli   yoritishda   muhim   qo'llanmadir.   Al-
Xorazmiyning   arab   ilmiy   dunyosining   yirik   markazi   Bag'doddagi   Ma'mun
akademiyasida ishlagan davrlari  uning iste'dodining eng barq urgan payti bo'ldi. U
shu akademiyaning rahbari sifatida ilm ahliga ibrat bo'ldi 24
. 
O'rta   Osiyolik   buyuk   allomalar   orasida   Ahmad   al-Farg'oniy   (797-865)   nomi
alohida   ko'zga   tashlanib   turadi.   Olimning   to'liq   ismi   Abul   Abbos   Ahmad   ibn
Muhammad   ibn   Kasir   al-Farg'oniy   bo'lib   aslida   Farg'onaning   Quva   shahrida
tavallud   topgan.   Ilm   yo'lida   zahmat   chekib   ko'p   yurtlarni   kezgan.   Umrining   ko'p
qismini xorijiy ellarda, xalifalik markazlari o'tkazgan. Uning butun ongli hayoti va
faoliyati fan yo'liga bag'ishlangan. Ahmad al-Farg'oniy yetuk astronom, matematik
va   geograf   olim   sifatida   shuhrat   topgan.   Juda   ko'plab   fundamental   asarlarning
muallifi  Bag'doddagi  Baytul  Hikma   (akademiya)  ning  nomdor   namoyondalaridan
biridir. 
U   xalifalik   poytaxti   Bag'dodda   yoki   Suriya,   Misrda   bo'lmasin   o'sha   joydagi
ilm   ahli   bilan   bahamjihat   bo'lib   o'sha   davr   fanining   turli   yetilgan   dolzarb
muamolarini   hal   etishda   faol   ishtirok   etdi.   Jumladan,   uning   Yer   shari   xaritasini
tuzishdagi   Suriya   shimolida,   Sinjor   sahrosida   yer   meridiani   bir   darajasining
uzunligini   o'lchashdagi   yohud   Misrning   qon   tomiri-Nil   daryosi   suvi   sathini
o'lchashdagi ulkan xizmatlari benazirdir. Al-Farg'oniy ilmiy salohiyatining mahsuli
bo'lgan «Astronomiya asoslari haqida kitob», «Asturlob yasash haqida kitob», «al-
Farg'oniy   jadvallari»,   «Oyning   Yer   ostida   va   ustida   bo'lish   vaqtlarini   aniqlash
haqida   risola»,   «Yetti   iqlimni   hisoblash   haqida»,   «Al-Xorazmiy»,   «Zij»ining
24
 Buyuk siymolar, alomalar . – Toshkent: Meros, 1995.-B.38. nazariy qarashlarini asoslash nomli kitoblari haqli ravishda jahon fani xazinasining
noyob   durdonalari   sanaladi.   Al-Farg'oniyning   fandagi   ulkan   shuhrati,   Sharqu
G'arbda   ham   birdek   ulug'lanib   kelinadi.   U   g'arb   olimlari   orasida   «Alfraganus»
nomi bilan mashhur. 
Mustaqil O'zbekiston zaminida bu alloma nomini e'zozlab, 1998 yilda bu zoti
sharif   tavalludining   1200   yilligini   shodiyona   sifatida   nishonlaganimiz   tarixiy
haqiqatning   tiklanganligi   bo'ldi.   «Ahmad   al-Farg'oniy,-deb   ta'kidlagandi
I.A.Karimov  alloma yubileyi tantanalarida so'zlagan nutqida, kishilik tarixidagi ilk
uyg'onish  davrining  eng  zabardast   va  yorqin  namoyondalaridan   biri   o'z  zamonasi
fundamental fani asoschilaridan edi.
Uning   merosi   insoniyatning   yangi   ilm   cho'qqilariga   ko'tarilishiga   sababchi
bo'ldi butun ma'rifiy dunyo olimlari uchun dasturulamal bo'lib xizmat qildi». 
Jahon   fani   ravnaqiga   benazir   hissa   qo'shgan   uyg'onish   fani   davri   daholari
orasida   buyuk   yurtdoshimiz   Abu   Nasr   Farobiy   (873-950)   siymosi   yorug'
yulduzdek   fan   osmonida   charaqlab   turadi.   O'zining   qomusiy   bilimlari,   ayniqsa,
falsafa   sohasidagi   betimsol     xizmatlari   bilan   «Muallim   us-soniy»   («Ikkinchi
Muallim» Aristoteldan keyin), «Sharq Arastusi» nomi bilan mashhurdir. 
Ilmu   urfonga   oshuftalik,   insoniyat   baxtu   saodati   yo'liga   o'zini   baxshida
etishlik Forobiy o'z tug'ilgan ona yurti-Farob (O'tror)ni o'smirlik chog'idanoq tark
etib,   o'sha   davrning   eng   mashhur   ilm   maskanlari   hisoblangan   Eron   va   Arabiston
shaharlariga   borib   bir   umr   ilm-fan   bilan   mashg'ul   bo'lishga   undaydi.   U   tabiiy   va
ijtimoiy fanlarga oid  160 dan  ziyod asarlar yaratgan 25
. O'rta asrlar davri sharoitida
vatanimiz sharafini  o'zining beqiyos dunyoviy asarlarida ulug'lagan, astronomiya,
fizika,   matematika,   geologiya,   geodeziya,   geografiya,   mineralogiya,   tarix   singari
fanlar yo'nalishida mislsiz kashfiyotlar qilgan qomusiy bilim sohiblaridan yana biri
Abu   Rayxon   Beruniy   (973-1048)   dir.   Asli   Xorazm   yurtida   bo'lgan   allomaning
butun hayoti to'laligicha ilm-fanga bag'ishlangan. Uning qalamiga  mansub yuzlab
noyob   asarlar   ichida   bizning   davrimizgacha   saqlanib   o'z   bebaho   ahamiyatini
25
 Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. – Toshkent: Xalq merosi, 1993.-B.4.  yo'qotmay,   bugungi   avlod   kishilari   uchun   o'rganish   manbai   bo'lib,   kelayotganlari
ham   talaygina.   Bular   jumlasiga   «Qadimgi   xalqlardan   qolgan   yodgorliklar»,
«Xorazmning mashhur kishilari», «Hindiston», «Ma'sud qonuni», «Mineralogiya»,
«Saydona»,   «Astrologiyaga   kirish»,   «Astronomiya   kaliti»,   «Jonni   davolovchi
quyosh   kitobi»,   «Foydali   savollar   va   to'g'ri   javoblar»,   «Ibn   Sino   bilan
yozishmalar» singari tarixiy kitoblarni kiritish mumkin.  Beruniy asarlari asrlardan
buyon Sharqu G'arbda keng tarqalgan bo'lib ular yuksak qadr topgan.  «Hindiston»
asari to'g'risida so'z yuritgan olim V.R.Rozin «Sharq va G'arbning qadimgi va o'rta
asrdagi   butun   ilmiy   adabiyoti   orasida   bunga   teng   keladigan   asar   yo'q»   deb   baho
beradi.   Beruniyning   «Mineralogiya»   asari   ham   o'z   zamonasi   uchun   O'rta   Osiyo
Yaqin Sharq, hatto Yevropada ham mineralogiya sohasidagi tengi yo'q asar sifatida
e'tirof  topgan. Alloma merosi uning bugungi mustaqil yurtida minnatdor avlodlari
nigohida, doimiy e'tiborida, e'zozidadir. 
Abu   Rayxon   Beruniyning   zamondoshi   va   safdoshi   Abu   Ali   Ibn   Sino   (980-
1037)  ham  o'z davrining yetuk allomasi  fan fidoyisi  sifatida mashhurdir. Buxoroi
sharifning   Afshona   qishlog'ida   tug'ilib   voyaga   yetgan   ibn   Sino   18   yoshlik
chog'idanoq   el   orasida   yetuk   tabib,   olim     sifatida   tan   olingan,   uning   dovrug'i
Somoniylar   saroyida   ham   ma'lum   va   mashhur   bo'lgan 26
.   Taqdir   hukmi   uni
qayerlarda   yashashga   umr   guzaronlik   qilishga   maxkum   etmasin,   u   dunyoviy
ilmlarni o'rganishdan, ularni chuqur tadqiq etishdan charchamadi. Ibn Sino asarlari
umumiy   sonining   450   dan   oshishi   ham   bunga   guvohdir.   Biroq   bulardan   160   ga
yaqini   bizgacha   yetib   kelgan,   xolos.   Alloma   nomini   dunyoga   tanitgan   narsa,   bu
uning tibbiyot sohasidagi mislsiz kashfiyotidir. Ibn Sinoning  arab tilida yaratgan 5
jildli «Tib qonunlari» asari tibbiyotga oid benazir dasturul amaldir.  Besh mustaqil
kitobdan   iborat   bu   majmuani   ko'zdan   kechirar   ekanmiz,   allomaning   yuksak
tabiblik   salohiyatiga,   kasalliklarni   aniqlash,   ularni   davolash   borasida   maxoratiga,
bilimdonligiga tan beramiz. Jumladan «Tib qonunlari» ning ikkinchi kitobida 800
ga yaqin dorining xususiyatlari bayon etilganligi buning ayni isbotidir. 
26
 Irisov A. Hakim ibn Sino. – Toshkent: O`zbekiston, 1992.-B.4.  Olimning   tibbiyotga   doir   22   jildan   tashkil   topgan   «Kitob   ush-shifo»   («shifo
kitobi»)   asari   ham   mavjud.   Abu   Ali   Ibn   Sino   faoliyatining   ko'p   qirraligi   yana
shundaki   u   ilm   fanning   boshqa   sohalarida   ham   barakali   ijod   qilgan.   Uning
"Donishnoma   ",   «Insof   kitobi»,   «Najot   kitobi»,   «Tayr   qissasi»,   «Salomon   va
ibsol», «Xayy ibn yaqzon» kabi falsafiy asarlari, 10 jildli «Arab tili kitobi» buning
yorqin ifodasidir 27
. 
Tarix   ilmida   benazir   bo'lgan   Muhammad   Narshaxiy   (899-959)   o'zining
«Buxoro   tarixi»   («Tarixi   Narshaxiy»)     asari   orqali   o'z   davrining   katta,   ko'lamli
masalalarini   o'rtaga   ko'yib,   ularni   xaqqoniy   tarzda   yoritib   berdi 28
.   Kitobda
arablarning   O'rta   Osiyoni   zabt   etib   kirib   kelishi   mashhur   Muqanna   qo'zg'oloni,
shuningdek     Somoniylar   davridagi   davlat   boshqaruvi   tizimi   pul   munosabatlari,
soliq   tizimi,   Buxoroning   ijtimoiy-iqtisodiy   va   madaniy   hayotiga   oid   ko'plab
qiziqarli   ma'lumotlar   aks   etgan.   Buxoro   vohasida   sug'orish   tarmoqlari   to'g'risida,
shaharsozlik, obodonchilik ishlari haqida   noyob materiallar  berilganligi  «Buxoro
tarixi»ning qimmatli manba ekanligidan dalolat beradi. 
O'z   zamonasi   olimlari   orasida   peshqadam   sanalgan   tilshunoslik,   qonun -
shunoslik,   hadisshunoslik,   mantiq   kabi   kabi   sohalarda   nodir   asarlar   yaratgan.
Kaffol   ash-Shoshiy   (903-976)   ijodi   ham   ko'p   qirralidir.   Allomaning   «Odob   al-
qozi»   («Qozining   fe'l-atvori»),   «Odob   al-bahs»,   («Bahs   odobi»),   «Xusni   jadal»,
(«Dialektika   go'zalligi»)   kabi   asarlari   unga   katta   shuhrat   keltirgan.   U   she'riyat
sohasida ham o'z uslubi va yo'liga ega yetuk ijodkor bo'lgan. 
Ko'hna  Xorazm diyoridan chiqib, o'zining betakror ilmiy ijodiyoti bilan O'rta
Osiyo Uyg'onish jarayoniga jiddiy ta'sir ko'rsata olgan nuqtadon olim Mahmud az-
Zamahshariy   (1075-1144)   nomi   ham   fan   osmonidagi   yorqin   yulduz lardan   biridir.
Buyuk   mutafakkir   arab   grammatikasi,   lug'atshunoslik,   adabiyot,   aruz   ilmi,
jug'rofiya, tavsir, hadis va fiqh (qonunshunoslik)ka oid 50 dan ziyod noyob asarlar
muallifidir.   Uning   «Al   Mufassal»,   «Muqaddimat   ul-adab»,   «Asos   al-balog'a»,
(«Notiqlik   asoslari»),   «Xutbalar   va   va'zlar   bayonida   oltin   shodalar»,   «Ezguliklar
27
 Buyuk siymolar, alomalar . – Toshkent: Meros, 1995.-B.113.
28
 Narshahiy. Buxoro tarixi. – Toshkent: Meros, 1992.-B.169. bahori   va   yaxshilar   bayoni»,   «Aruzda   o'lchov   (mezon)»,   «Nihoyasiga   yetgan
masalalar»,   «Nozik   iboralar»,   «Qur'on   haqiqatlari   va   uni   sharhlash   orqali   so'zlar
ko'zlarini osish» kabi asarlari butun Sharq va Arab dunyosida e'tirof topgan. 
Uyg`onish   davrida   Movarounnahr   va   Xurosonda   nafaqat   dunyoviy   ilm-fan,
balki   diniy   ilmlar   ham   rivoj   topdi.   Ismoil   Jurjoniy,   Mahmud   Chag'miniy,
Burxoniddin   al-Marg'inoniy       kabi   allomalarimiz   yaratgan   ilmiy-ma'naviy   meros
ham vatanimiz shuhratini olamga taratdi. 
Shunday   qilib,   O'rta   Osiyo   hududida   yuz   bergan   uyg'onish   davrida   ko'plab
favqulodda   iste'dod   sohiblari   yetishib   chiqdiki,   ular   jahon   fanining   turli
yo'nalishlarida betakror kashfiyotlar, chinakam mo'jizalar yaratdilar.   Bu bilan ular
Vatanimiz   shonu-sharafini   yuksaklarga   ko'tardilar.   Hamda   kelgusi   minnatdor
avlodlar   uchun   bitmas   tuganmas   boy   meros   qoldirdilar.   Shu   boisdan   ham   ulug'
ajdodlarimizning ruhi munavvar siymosi hamisha har birimizning jismu-jonimizda,
mehrimizda namoyon bo'lib turadi. 
IX-XII   asrlar   davri   nafaqat   dunyoviy   fanlarning   yuksalib   borishi   bilan,   shu
bilan   birga   islomiy   madaniyat   va   ma'naviyatining   shakllanib,   chuqur   ildiz   otib
borishi,   bu   sohada   talay   yetuk   olimu   ulomolarining   yetishib   chiqib,   Vatanimiz
nomi va sha'nini olam aro ulug'langanligi bilan ham tavsiflanadi. 
Gap   shundaki   arablar   istilosi   va   hukmronligi   O'rta   Osiyo   xalqlari   uchun
avvalda   qanchalik   halokatli   oqibatlar,   mislsiz   vayronagarchiliklar   olib   kelgan
bo'lsa-da,   biroq   shu   bilan   birga   bu   yurtga   islom   dini   ham   kirib   keldi.   Yerli
aholining   asta-sekin   islom   diniga   kirishi,   odamzod   ahli   uchun   yakka-yu   yagona
Ollohni   tanishi,   unga,   uning   rasuli   (elchisi   )   janobu   Muhammad   Alayxu   Vassa -
lomga   e'tiqod   bog'lashi,   itoat   etishi,   muqaddas   kitob-«Quroni   Karim»ni   qabul
qilishi,   uning   ilohiy   so'zlari,   oyatlariga,   tamoyillariga   amal   qilishi,   bular
pirovardida   islom   madaniyatining   diyorimizda   shakllanishiga   asos   bo'ldi.   O'sha
davrda Yevroosiyo, Afrikaning katta hududlariga yoyilgan islom va uning ta'limoti
tufayli O'rta Osiyo xalqlari o'zlarining tor, biqiq holatidan chiqib, keng musulmon
dunyosi   bilan   tutashdilar.     O'lka   aholisi   arab   fani,   madaniyati,   ma'naviyati   bilan
yaqindan tanishish, ulardan bahramand bo'lish imkoniyatlariga ega bo'ldi. Bu hol, shubhasiz,   o'lkaning   jahonga   yuz   tutishiga   imkoniyat   yaratdi.   Buning   orqasida
mahalliy xalq orasidan juda ko'p ilm-fanga ishtiyoqmand yoshlarning arab va ajam
mamalakatlariga   borib     diniy   va   dunyoviy   bilimlarni   egallashi,   zamonaning   har
tomonlama yetuk, bilimdon, ma'rifatli  olimu-ulamolari bo'lib yetishishlariga keng
yo'llar ochildi. Xuddi mana shunday keng ufqlar, imkoniyatlar kashf etilgani bois
ham ulug' ajdodlarimiz Abu Nasr Farobiy, Ahmad Al Farg'oniy, Muhammad Muso
Al-Xorazmiy,   Abu   Abdulloh   Muhammad   ibn-Ismoil   al-Buxoriy,   Abu   Iso   at-
Termiziy,   Mahmud   az-Zamah sha riy   singari   allomalar   jahon   kezib,   mashaqqatlar
ila ilm o'rganganlar, yetuk komil insonlar bo'lib sharaf topganlar 29
. 
 Shu bilan birgalikda   o'lkaga islomning kirib kelishi va u bilan bog'liq xolda
yakka   xudolik   g'oyasining   g'alaba   qozonishi,   yagona   Olloh   nomini   e'tirof   etilishi
o'z   navbatida   mahalliy   xalqlar,   elatlar   birligi,   ahilligi   va   jipsligiga   sezilarli   ta'sir
ko'rsatdi.   Shuningdek   yuksak   insonparvarlik,   do'stlik,   birodarlik,   o'zaro   mehr
oqibatlik,   muruvvatlik,   ma'naviy   poklik,   rostgo'ylik,   bir-birini   qo'llab-quvvatlash
tuyg'ulari   bilan   sug'orilgan   «Quroni   Karim»   oyatlari,   g'oyalari   ruhi   yurt
odamlarining ma'naviy kamolotiga katta ijobiy ta'sir o'tkazdi. 
Yurtimizda   islomiy   madaniyatning   qaror   topib,   ildiz   otib   borishi   barobarida
uning   ulug'vor   g'oyalari,   asl   maqsadlarini   keng   tashviq,   targ'ib   qilish,   ayniqsa,
hadis ilmini asosli tadqiq etish kuchayib bordiki, bu borda zamonamizdan chiqqan
bir qator buyuk muhaddis olimlarning xizmati katta bo'ldi. Hazrati payg'ambarimiz
Muhammad   Alayxu   Vassalom   nomi   va   u   zoti   sharifning   muborak   so'zlari   bilan
bog'liq   «Quroni   Karim»   oyatlari   mazmuni     moxiyatini   teran   tushinish   va   anglab
yetishga   muhim   kalit   bo'lib   xizmat   qiladigan   hadisshunoslik   ilmi   IX-asrda   jiddiy
rivoj   topdi.   Bugun   musulmon   olamida   eng   ishonchli   manbalar   tan   olingan   6   ta
ishonchli   hadislar   to'plami   (as-saxih   as-sitta)   xuddi   shu   davrda   yaratildi.   Ular
orasida   «Hadis   ilmida   amir   al-mo'miniyn»   degan   sharafli   nomga   sazovor   bo'lgan
Imom   Ismoil   al-Buxoriy   (810-870)   nomi   yorqin   ko'zga   tashlanib   turadi.   Yuksak
aql   zakovat   sohibi   Al   Buxoriy   Sharqning   yirik   ilmiy   va   ma'rifiy   markazlaridan
biri-Buxoroi   sharifda   tug'ilib   juda   erta   yoshligidan   diniy   bilimlarni   chuqur
29
  Abilov O`. Milliy g`oya. Ma`naviy omillar.  –  T oshkent:  Ma`naviyat ,  1999. -B.32 egallaydi.   16   yoshlik   davridan   boshlab   u   musulmon   dunyosining   ko'plab
shaharlarini   kezib,   hadis   ilmining   siri   asrorlarini   bilish,   ularni   to'plash   va   tadqiq
qilish uchun tinimsiz sa'y harakatlarda bo'ladi. Bu xaqda uning o'zi: «Misr, Shom,
Mesopatamiyaga   ikki   martadan,   Basriyaga   to'rt   marta   borganman.   Xijozda   6   yil
yashaganman,   Bag'dod   va   Kufa   shaharlariga   necha   bor   borganim   hisobini
bilmayman»,  degan ekan. 
Imom Buxoriy o'z safarlari davomida turli shaharlardagi 90 yaqin ustozlardan
ta'lim   olgan.   Ayni   chog'da   uning   o'zi   ham   son-sanoqsiz   shogirdlarga   ustozlik
qilgan.   Imom   Buxoriy   shogirdlari   orasida   Isxoq   ibn-Muhammad   ar-Ramodiy,
Muhammad   al-Masnadiy,   Xalaf   ibn   Qutayba,   Abu   Iso   at-Termiziy,   Muhammad
ibn   Nasr   al-Marg'oziy,   Imom   Ahmad   ibn   Xambal   singari   zukko   olimlar   nomi
alohida ajralib turadi. 
Imom   Buxoriy   go'zal   insoniylik   sifatlariga   ega   bo'lishi   bilan   birga   uning
Quvai   hofizasi,   xotirasi   nihoyatda   o'tkir   bo'lgan.   Manbalarda   uning   600   mingga
yaqin hadisni yod bilganligi qayd etilgan. 
Al   Buxoriy   keyingi   nasllar   uchun   o'zidan   katta,   boy   ilmiy   meros   qoldirgan.
Uning   qalamiga   mansub   noyob   asarlar   ruyxati   20   dan   oshadi.   Bu   asarlar   orasida
"Al-Jome'   as-Sahix"   asari   («Sahix   Al   Buxoriy»   nomi   bilan   ham   yuritiladi).
O'zining   mukammalligi,   ahamiyatining   benihoyaligi   bilan   ajralib   turadi.   Alloma
ibn   Salohning   ta'kidlashicha,   al-Buxoriyning     bu   asariga   kiritilgan   ishonchli
hadislarning soni takrorlanadiganlari bilan birga 7275 ta, takrorlanmaydigan holda
esa 4000 hadisdan iborat. Eng muhimi shundaki, bu sharafli ishni birinchi bo'lib al-
Buxoriy boshlab bergan bo'lsa, keyinchalik boshqa olimlar unga ergashib, hadislar
to'plamini yaratganlar. 
Allomaning   «Al-jome'   as-sahih»   asari   asrlar   davomida   butun   musulmon
dunyosida yuksak qadrlanib, necha bor nashr etilib, yer yuzi musulmonlari uchun
dasturilamal qo'llanma bo'lib kelmoqda. Uning   1325 yilda ko'chirilgan 8 jildddan
iborat   mukammal   nusxasi   hozirda   Istanbul   (Turkiya)da     saqlanmoqda.   Uning
asarida   ifodalangan   mehr-muhabbat,   sahiylik,   ochiq   ko'ngillik,   kattalarga   hurmat,
yetim   yesirlarga   muruvvat,   beva-bechoralarga   himmat,   Vatanga   muhabbat, halollik,   pokizalikka   da'vat   etuvchi   yuksak   insoniy   fazilatlar,   olijanob   tuyg'ular,
hamisha insonlarga ma'naviy kuch-qudrat bag'ishlab kelgan. 
Mustaqillik   yillarida   ulug'   bobomizning   boy   ilmiy   merosi   xalqimizga
yangidan to'la nasb eta boshladi.  Uning asarlari shu jumladan, «Al-jome' as sahih»
asari (4 jildda)   ona tilimizda ilk bor nashr etildi 30
. 1998 yil oktabrida   esa alloma
tavalludining   1225   yilligi   keng   nishonlandi.   Al-Buxoriy   hoki-poyi   dafn   etilgan
Samarqand yaqinidagi Hartang qishlog'ida   esa unga bag'ishlab yodgorlik majmua
barpo   etildi.   Imom   Buxoriy   yubileyi   marosimidagi   nutqida   Prezidentimiz
I.A.Karimov  alloma    siymosini   ta'riflab  shunday  degandi:   «Buyuk  vatandoshimiz
bashariyatga   tengsiz   ma'naviy   meros   qoldirib   ketdi.   Bu   merosning   gultoji-eng
ishonchli   hadislar   to'plami-«Al-Jome'   as-sahix»   islom   dinida   Quroni   Karimdan
keyin e'zozlanadigan ikkinchi manbadir. Butun dunyo musulmonlarining e'tiqodiga
ko'ra, u bashariyat tomonidan bitilgan kitoblarning eng ulug'idir.
Dunyoviy   fan   olimlari   bilan   bir   qatorda   bu   davrda   islom   ta'limotining
takomili   yo`lida   movarounnahrlik   muhaddis   ulamolarning   ham   xizmati   katta
bo`ldi. Bu borada ayniqsa Imom al-Buxoriy (Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy –
810-870-yillarda   yashab   ijod   qilgan),   uning   zamondoshi   va   shogirdi   Termiziy
(Abu   Iso   Muhammad   at-Termiziy   -   824-894-y.   y.)   larning   hissasi   nihoyatda
buyukdir.
Imom al-Buxoriy islom ta'limotiga oid yigirmadan ortiq asar yozdi.  Imom al-
Buxoriyning "Al-Jome' as-sahih" nomli shoh asari musulmon Sharqida qariyb o`n
ikki   asr   davomida   islom   ta'limotida   Qur'oni   Karimdan   keyingi   asosiy   manba
sifatida yuqori baholanib kelinmoqda.
 Bu bebaho asarga 7275 hadis kiritilgan. 1998-yil oktabrda buyuk mutafakkir
Imom   al-Buxoriy   tavalludining   1225-yilligi   nishonlandi.   Samarqand   yaqinidagi
Xartang   qishlog`ida   "Imom   alBuxoriy   yodgorlik   majmui"   barpo   etildi.   4   jildlik
"Al-Jom e ' as - sahih"   kitobi ilk bor o`zbek tilida nashr etilib, kitobxonlarga taqdim
etildi 31
.
30
 Al-jomi` as-sahih. – Toshkent: Qomuslar bosh tahririyati, 1997.-B 3.
31
 Al-jome` as-sahih. – Toshkent: Qomuslar bosh tahririyati, 1997.-B 4.  Kalom   ilmi   ravnaqiga   ulkan   hissa   qo`shgan   buyuk   alloma   Abu   Mansur
alMoturidiy   taxminan   870-   yilda   Samarqand   yaqinidagi   Moturid   qishlog`ida
tug`ildi. Al-Moturidiy islomiy odob qoidalari, ma'naviyaxloqiy kamolot sirlaridan
ta'lim   berishga   mo`ljallangan   qator   asarlar   yozgan.   Ulardan   "Kitob   at-Tavhid"
("Allohning birlig i )  va " Ta'vilot ahl as-sunn a "  ("Sunniylik an'analari sharhi") nomli
asarlarigina   saqlanib   qolgan.   Ularda   diniy   ta'limot,   islomiy   urf-odatlar   insonning
kamol   topishida,   dunyoqarashining   shakllanishidagi   mohiyati   talqin   etilgan.   Al-
Moturidiy   944yilda   Samarqandda   vafot   etgan.   Mustaqillik   sharofati   bilan   diniy
qadriyatlarimiz  tiklanayotgan  Vatanimizda   2000-yil  noyabrda  Imom  al-Moturidiy
tavalludining   1130   yilligi   nishonlandi.   Samarqandda   al-Moturidiy   xotirasiga
bag`ishlangan yodgorlik majmui barpo etildi, asarlari o`zbek tilida nashr etildi 32
.
Mana,   o'n   ikki   asrdirki,  bu   kitob  millionlab  insonlar   qalbini   imon   nuri   bilan
munavvar   etib,   xaq   va   ezgulik   yo'liga   chorlab   kelmoqda».   Imom   al-Buxoriyning
zamondoshi  va  shogirdi, o'z davrining mashhur  allomasi-Abu Iso Muhammad  at-
Termiziy (824-892) ham hadisshunoslik ilmini yuksak bosqichga ko'targan yorqin
siymolardandir.   O'rta   asrlar   davrining   yirik   madaniy   markazlaridan   sanalgan
Termiz shahri atrofida (Bug' qishlog'ida-Hozirgi Sherobod tumani) tavallud topgan
bo'lg'usi   alloma   o'z   ona   yurtida   daslabki   ma'lumotni   olganidan   so'ng   O'rta
Osiyoning   Urganch,   Buxoro,   Samarqand   kabi   shaharlarida   bilimini
takomillashtiradi.   Bundan   ham   yetarli   qanoat   hosil   qilmagan,   hamisha   ilmga
chanqoq at-Termiziy Sharq mamlakatlariga sayohatga chiqadi. Shu tariqa, u uzoq
yillar   Iroqda,   Isfahon,   Xuroson,   Makka,   Madina   singari   shaharlarda   yashab,   ilm-
fanning turli sohalaridan-ilm al-Qiroat, ilm al-Bayon, Fikh, tarix va ayniqsa, hadis
ilmidan   o'sha   zamonning   yirik   ustozi   buzruklaridan   ta'lim   oladi.   Ayni   aytda   at-
Termiziyning   o'zi   ham   yuzlab   shogirdlarga   mehribon   ustoz   bo'lib,   ularning   hadis
ilmining bilimdonlari sifatida shuhrat topishlariga katta homiylik ko'rsatgan. 
At-Termiziydan   bizgacha   katta   ilmiy   meros   yetib   kelgan.   Uning   asosiy
asarlari   sirasiga   «Al-Jomi'»   («Jamlovchi»),   «Al-ilal   fi-l-xadiys»(«Hadislardagi
32
 Buyuk siymolar, alomalar . – Toshkent: Meros, 1995.-B.1 27 . og'ishmalar»),   «Risola   fi-l-xilof   va-l-jadal»   («Hadislardagi   ixtilof   va   baxslar
haqida risola»), «At-tarix» («Tarix») qabilarni nisbat berish mumkin.
At-Termiziyning   sara   asarlaridan   «Al-jami'»   asari   hadis   ilmi   bobida   6   ta
ishonchli to'plamlardan biri sifatida nihoyatda noyob asar hisoblanadi. Uning yana
bir   mashhur   asari   «Ash-shamoil   an-nabaviya»   («Payg'ambarning   alohida
fazilatlari»)   bo'lib,   bu   asar   payg'ambarimiz   Muhammad   Alayhu   vassalomning
shaxsiy   hayotlari,   u   zotning   suvrat   va   siyratlari,   ajoyib   fazilatlari,   odatlariga   oid
408 ta hadisu sharifni o'z ichiga qamragan. Mazkur asar mustaqilligimiz sharofati
bilan 1991 yilda «Shamoiliy Muhammadiyya» nomi bilan Toshkentda o'zbek tilida
birinchi bor ko'p nusxada chop etildi.
Shunday qilib, hur, ozod yurtimiz kishilari Abu Iso at-Termiziy singari buyuk
o'tmishdoshlarimiz   siymosini   o'zlariga   yangidan   kashf   qilib,   ularning   bebaho
merosi duru-javohirlaridan tobora to'laroq bahramand bo'lib bormoqdalar.
Uyg`onish davrida Movarounnahrda fiqh ilmi ham taraqqiy etdi. Vaholanki, X
asrdayoq Buxoroda ilk fiqh (huquqshunoslar) madrasasi tashkil etilgan edi. 
Demak,   mazkur   ilmning   taraqqiy   etishi   hamm   yurtimizda   o`zining   mahalliy
ildizlariga ega.   
Mashhur   faqih   (huquqshunos)   Burhonuddin   al-Marg`inoniy   1123-yilda
Rishtonda   (Farg`ona vodiysi) tavallud topgan. Al-Marg`inoniyning eng nod ir  asari
to`rt   jildlik  "Hidoya"   asaridir. Bu islom huquqshunosligi bo`yicha mukammal asar
bo`lib,   bir   necha   asrlar   davomida   musulmon   mamlakatlaridagi   huquqshunoslar
uchun   ham   nazariy,   ham   amaliy   qo`llanma   vazifasini   o`tab   kelgan.   Kitob   bir
qancha   tillarga   tarjima   qilingan.   Hozirgi   kunda   ham   muhim   manba   sifatida
foydalanib kelinmoqda. 2000-yilda al-Marg`inoniyning 910 yilligi nishonlandi.  I I - B O B .   I m o m   M o t r u d i y n i n g   i l m i y   merosi va uning o‘rganilishi  
2 .1.  I m o m   M o t r u d i y n i n g   t a r j i m a i   h o l i   v a   i j o d i y   m e r o s i  
Abu   Mansur   Moturidiy   sunniy   e’tiqodidagi   ikki   yirik   ta’limotlardan   biri
bo‘lmish   moturidiya   ta’limotining   asoschilaridan   hisoblanadi.   Uning   to‘liq   ismi
Abu   Mansur   Muhammad   ibn   Muhammad   ibn   Mahmud   Hanafiy   Moturidiy
Samarqandiydir.   Buyuk   kalom   imomi   va   fiqh   olimi   asli   Samarqandning   Moturid
qishlog‘idan bo‘lib, uning taxallusi shu qishloqqa nisbatan olingandir. Abu Mansur
Moturidiy   dastlabki   ta’limni   shu   qishloqda   olib,   keyinchalik   Movarounnahrning
o‘sha davrdagi diniy va ma’rifiy markazi bo‘lgan Samarqandda davom ettiradi . 
Moturid   –   Samarqand   yaqinidagi   qishloqlardan   birining   nomi.   U   hozirda
buzilgan   shaklda   Matrit   deya   ataladi.   Aslida   esa,   manbalarda   aytilishicha,
qishloqning   nomi   arabcha   «Mo   turid?»   so‘zidan   olingan.   Ma’nosi   «Nima
demoqchisan?»dir.   Aytishlaricha,   Shayx   Abu   Mansur   kalom   ilmiga   ruju   qilgan
paytlarida shogirdlari ko‘payib ketgan va ular o‘zaro bahs qilganlarida bir-birlariga
arab   tilida   ko‘pincha   «Mo   turid?»   deb   murojaat   qilganlar.   Shu   so‘z   ko‘pchilik
qulog‘iga tez-tez chalinavergach, Shayx shogirdlarini moturidiylar, qishloq nomini
esa Moturid deb atay boshlaganlar (Zarnujiy. «Ta’lim al-muta’allim» sharhi). 
Moturidiy yashagan davr Somoniylar hukmronlik qilgan davrga to‘g‘ri keladi.
Samarqand   dastlab   bu   davlatning   poytaxti   bo‘lib,   so‘ngra   IX   asrning   oxiridan
boshlab poytaxt Buxoroga ko‘chirildi. Biroq o‘sha vaqtda ham Samarqand Buxoro
bilan bir qatorda Movarounnahrning iqtisodiy madaniy markazi bo‘lib qolaverdi 33
. 
Tug‘ilgan   yillari   haqida   tarixiy   manbalarda   qat’iy   ma’lumot   yo‘q,   lekin
taqribiy   yoki   taxminiy   sanalar   berilgan.   Masalan,   uning   abbosiy   xalifalardan
Mutavakkil (232-247h.) davrida yashaganlari aniq. Yana, Muhammad ibn Muqotil
ar-Roziy (vaf. 248 h.) va Nasir ibn Yahyo al-Balxiy (vaf. 268 h.) kabi ustozlaridan
saboq olganliklarini nazarda tutilsa, Shayxning tug‘ilgan yilini 238 h. deb taxmin
qilish   mumkin.   Lekin   boshqa   manbada,   aniqrog‘i   «Islom»   qomusida   tug‘ilgan
yillari 870 milodiy yil deb ko‘rsatilgan. 
33
  Уватов У. Имом Мотуридий ва унинг таълимоти. – Т.: Фан, 2000. – 48 б . Abu   Mansur   Moturidiyning   n asablari   Payg‘ambarimiz   Muhammad   (s.a.v.)
Makkai  mukarramadan Madinai  munavvaraga hijrat  qilib kelganlarida o‘z uyidan
joy bergan mashhur sahobiy – Abu Ayyub Xolid ibn Zayd ibn Kulayb al-Ansoriy
hazratlariga   borib   yetadi,   deb   naql   qiladilar.   Bu   nisbatni   ba’zi   muarrixlar   rad
etganlar. 
Abu   Mansur   Moturidiy   Samarqandda   945   yilda   vafot   etgan   va   shahar
chekkasidagi Chokardiza degan qabristonga dafn etilgan. Ba’zi manbalarda uning
Samarqanddagi   “Iyoziy”   madrasasida   ta’lim   olgani   qayd   etilgan.   Moturidiy   Abu
Bakr Ahmad Juzjoniy, Abu Nasr Ahmad Iyoziy, Imom A’zam mazhabidagi buyuk
olim   Nasr   ibn  YAhyo   Balxiy,   Muhammad   ibn  Fazl   kabilarni   o‘zining  ustozi   deb
bilgan 34
. 
Moturidiy   fiqh   va   kalom   masalalari   bilan   qiziqib,   hanafiy   mazhabi
olimlaridan   dars   olib   o‘z   bilimini   oshiradi.   Shu   vaqt   davomida   ko‘plab   mashhur
faqihlar   va   muhaddislar   bilan   muloqotda   bo‘lgan   va   munozaralar   qilgan.   Abu
Mansur   Moturidiyning   ustozlari   yoki   shayxlari   Imom   A’zam   Abu   Hanifa   –
No‘‘mon   ibn   Sobitning   shogirdlari   hamda   shogirdlarining   shogirdlari   bo‘lganlar.
Ulardan ba’zilarini eslatib o‘tamiz: 
1)   Abu   Nasr   al-Iyoziy   (Ahmad   ibn   Abbos).   Bu   zot   Abu   Bakr   Ahmad   ibn
Ishoq   al-Juzjoniydan   ta’lim   olganlar.   Shayx   Abu   Mansur   ham   fiqh   darsida   Abu
Nasrga   sherik   bo‘lib,   al-Juzjoniyda   o‘qiganlar.   Al-Iyoziy   somoniylar   davrida
dorul-harbda asir holida turk diyorida shahid bo‘lganlar («Tarixi Samarqand»dan). 
2)   Muhammad   ibn   Muqotil   ar-Roziy.   Ray   shahrining   qozisi   bo‘lgan   bu   zot
Abu   Hanifaning   shogirdi   –   Muhammad   ibn   Hasan   al-Shayboniyda   o‘qiganlar.
Mashhur muhaddis sahobiy Vake’ va boshqalardan hadis rivoyat qilganlar. Imom
Buxoriy   ham   undan   hadis   tinglaganlar.   Hakim   Termiziy   ham   u   zotdan   hadis
rivoyat   qilganlar.   Vafotlari   to‘g‘risida   248   h.   va   242   h.   yil   kabi   sanalar
ko‘rsatilgan. 
3)   Abu   Bakr   Ahmad   ibn   Ishoq   al-Juzjoniy.   Bobosining   ismi   Subh   yoki
Subayh  ekanida  muarrixlar  ixtilof  qilganlar.  Bu  zot  fiqh  ilmi   usullari   va  furu’lari
34
  Оқилов   С.   Абул   Муъин   Насафий   мотуридия   таълимотининг   давомчиси   //   Тошкент   ислом   университети
илмий таҳлилий ахборот бюллетени. – 2004. - № 1. – Б. 13-19. . sohasida,   shuningdek,   anvoi   fununda   yuqori   darajalarga   erishganlar.   «Al-Furuq
vat-Tamyiz», «Tavba» va boshqa kitoblar muallifidirlar. Abu Bakr al-Juzjoniy Abu
Hanifaning   yirik   shogirdlaridan   Muhammad   ibn   Hasan   huzurida   dars   tinglagan
Abu Sulaymon al-Juzjoniydan saboq olgan. Vafotlari 268 h. yilda. 
4)   Nasir   ibn   Yahyo   al-Balxiy.   Bu   zot   ham   mazkur   shayxlari   kabi   Abu
Sulaymon   al-Juzjoniy,   Abu   Mute’   al-Hakim   Abdulloh   al-Balxiy   va   Abu   Muqotil
Hafs   as-Samarqandiydan   saboq   olgan   hanafiy   maktabiga   mansub   fiqh   va   kalom
ulamolaridandir. Vafotlari 268 h. yilda voqe’ bo‘libdur. 
Abu   Mansur   Moturidiy   butun   umri   davomida   quyidagi   asarlar   yozib
qoldirgan: 
1)   “Ta’vilot   ahli   sunna”   yoki   boshqa   bir   nomi   “Ta’vilot   al-Qur’on”   deb
nomlanadi.   Moturidiy   bu   asarda   sunniy   aqidaga   (ta’vilda)   zid   qarashlarni   rad
qilishga harakat  qiladi va Imom Abu Hanifaning qarashlariga suyangan xolda ish
ko‘radi.   Bu   asar   O‘zbekiston   Respublikasi   Fanlar   Akademiyasining   Abu   Rayhon
Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondida saqlanadi.  Sakkiz
mujalladdan iborat bu asar Qur’oni karimning tafsiri bo‘lib, unda asosan,  islomiy
aqidaga   nisbatan   turli   qarashlar   bayon   etilib,   moturidiya   aqidasi   asosida   ularga
baho   berilgan.   Tafsirni   al-Moturidiyning   shoh   asari   deb   atash   mumkin.   Uning
qo‘lyozma   nusxalari   Misr,   Makka,   Damashq,   Hindiston,   Turkiya   va   Toshkent
kutubxonalarida   saqlanmoqda.   Toshkent   nusxalari   taqriban   700   yil   burun
ko‘chirilgan.   Asarning   birinchi   jildi   Misrda   nashr   etilgan.   Moturidiyning   mazkur
asari   tarix   jarayonida   ko‘p   allomalar   asarlariga   asos   solgan,   ular   ijodiga   turtki
bo‘lgan.   Shulardan   biri   Alouddin   Abu   Bakr   Muhammad   ibn   Ahmad
Samarqandiyning sharhidir. U “Sharh ta’vilot ahli as-sunna” deb nomlangan 35
.
2)   “Kitoab   at-Tavhid”   (“Allohni   yagona   deb   bilish   haqidagi   kitob”).   Kalom
ilmiga   oid   eng   muhim   asar.   Moturidiya   aqidasiga   oid   barcha   asarlarning   eng
birinchi va asosiy manbasi sanaladi. Asar hozirda o‘zbek tiliga o‘girilmoqda.   
3)   «Sharhul-fiqhil  akbar». Abu Hanifa an-No‘‘mon (Imom  A’zam) qalamiga
mansub aqida bobida bitilgan ilk asar «Al-Fiqhul-akbar»ning sharhi. Ba’zi olimlar
35
  Уватов У. Имом Мотуридий ва унинг таълимоти. – Т.: Фан, 2000. – 48 б . bu   sharh   Shayx   Moturidiyga   tegishli   emas,   balki   u   Abul-Lays   as-Samarqandiyga
mansub deydilar. 
4) «Risola fil-aqida». 1953 yilda Anqarada chop etilgan. 5) «Risola fil-imon».
6)   “Kitob   al-Maqomat”.   7)   «Bayonu   vahmil-mo‘‘tazila».   8)   «Raddu   tahzibil-
jadal». 9) «Raddu vaidil-fussoq». 10) «Raddu avoilil-adilla». 11) «Raddul-usulul-
xamsa».   12)   «Arraddu   alal-qaromita».   13)   «Raddul-imoma».   14)   «Ma’xazush-
shari’a». 15) «Kitobul-jadal».
Shuningdek,   Abu   Mansur   al-Moturidiyning   “Ka’biy   zalolatlarining
boshlanishini   rad   qilishga   bag‘ishlangan   kitob”,   “Mu’tazila   g‘avg‘olari   va   undan
qo‘rqmaslik   haqidagi   kitob   bayoni”,   “Qur’on   ta’vili   kitobi”,   “Shariat   asoslari”,
“Kitob   al-jadal”,   “Dialektika   haqida   kitob”   kabi   asarlari   ham   bo‘lgan.   Bulardan
tashqari   Moturidiyning   islom   huquqshunosligiga   oid   “Usul   kitobi”   asari   ham
ma’lum. 
Shu bilan birga, Moturidiy nomi ostida yozilgan bir necha soxta asarlar ham
ma’lumdir.   Masalan:   “Favoid”   (qoidalar),   boshqa   nomi   “Pandnoma”,   “Kitob   al-
Usul”,   “Sharh   al-Fiqh   al-Akbar”   asarlari   shular   jumlasidandir.   Bu   Moturidiyning
diniy   ilmlar   namoyandalari   orasida   qanchalik   mashhur   bo‘lganligidan   dalolat
beradi.     Moturidiy ko‘p shogirdlar yetishtirdi, ular orasida islom olamiga mashhur
allomalar Abul Hasan Rustug‘faniy, Ishoq ibn Muhammad Samarqandiy va Abdul
Karim   Pazdaviy,   Abu   Ahmad   Iyoziy   kabi   olimlar   bor   edi.   Shogirdlari   o‘z
ustozlarining ta’limotini davom ettirishgani natijasida moturidiya ta’limoti vujudga
kelgan 36
. 
Moturidiyning   asosiy   asarlari   «Kitob   at-tavhid»   («Yakkaxudolik   haqidagi
kitob»),   «Ta’vilat   ahl   as-sunna»   («Sunniylik   an’analari   sharhi»)dir.   «Kitob   at-
Tavhid»   bilish   nazariyasi   bayon   qilingan   musulmon   ilohiyotshunosligining
birinchi   asari   hisoblanadi.   Kitobning   kalom   ilmi   ta rifi   berilgan   muqaddimasidaʼ
bilimning 3 manbai: hissiy (sezgi) a’zolari vositasida, naql – rivoyatlar vositasida
va   aql-idrok   vositasida   axborotlar   olish   mumkinligi   haqida   gapiriladi.   Moturidiy
sof din doirasidan chiqmagan holda aql-idrokni ulug’laydi va mantiqan asoslangan
36
  Оқилов   С.   Абул   Муъин   Насафий   мотуридия   таълимотининг   давомчиси   //   Тошкент   ислом   университети
илмий таҳлилий ахборот бюллетени. – 2004. - № 1. – Б. 13-19. . bilimning   ahamiyatini   ta’kidlaydi.   Kitobda   o’sha   davrdagi   adashgan   firqalar
qarashlarining   haqiqatdan   yiroq   ekanligi   taxlil   etilgan.   Moturidiy   «Din   yo’lidagi
barcha   adashuvlarning   sababi   –   riyokor   kimsalarga   ko’r-ko’rona   ergashishdadir»,
deb ta’kidlagan edi 37
. 
Avvalo, shuni qayd etib o‘tish lozimki, moturidiya aqoidini faqat Abu Mansur
Moturidiyning   o‘zi   ixtiro   qilgan   emas.   Balki   aqoidning   asoslari,   arkonlari   va
bandlari   ungacha   ham   ma’lum   darajada   shakllangan   edi.   Aqida   ilmi   tobe’inlar
davridan boshlab, ya’ni hijratning ikkinchi asrida mustaqil fan sifatida zohir bo‘la
boshlagan.   Mashhur   tobe’inlardan   Hasan   Basriy   (21-110   h.)   aqida   masalalari
bo‘yicha   dars   aytgani,   mo‘‘tazila   oqimining   boshlanishi   ham   o‘sha   paytda   ro‘y
bergani tarixiy manbalardan ma’lum. Abu Hanifa (Imom A’zam) yashagan davrda
esa   islom   niqobi   ostida  turli   oqim  va   firqalarning  yuzlab   turlari   yuzaga  kelgandi.
Ular   bilan   kurashish   uchun   esa   aqida   mustahkam   bo‘lishi   zarur   edi.   Bunday
dolzarb masalaga Abu Hanifa befarq qarab tura olmaganlar, balki aqida faniga oid
birinchi   asar   –   «Fiqhi   akbar»,   Usmon   al-Battiy   (al-Bustiy)ga   yozgan   raddiyasi,
beshta   vasiyatnomasini   yozib   qoldirganlar.   Demak,   mazhabimiz   asoschisi   Abu
Hanifa No‘‘mon ibn Sobit  (rahmatullohi  alayh)  nafaqat  fuqaholar  peshvosi,  balki
aqida va ilmi kalomga ham asos solgan buyuk siymolardan bo‘lganlar. 
Abu Mansur Motrudiy diniy ta’limni hanafiya ulamolarining ko‘zga ko‘ringan
mashhur   namoyandalaridan   olganlari   va   diniy   fanlar   bo‘yicha   qanchalik   chuqur
bilimga ega ekanliklariga yozib qoldirgan asarlari guvohlik beradi 38
. 
Olim   yashagan   davrda   aqida   ulamolari   ikki   asosiy   manbaga   suyanganlar.
Birinchisi   –   oyat   va   hadislar   hamda   sahoba   va   tobe’inlarning   ijmo   va   ijtihodlari,
ya’ni naqliy dalillar. Ikkinchisi  –  aqliy dalillar. Shayx Abu Mansur esa boshqalarga
taqlid qilmadilar, balki naqliy dalillar bilan aqliy dalillarni uyg‘unlashtirib, undan
so‘ng   xulosa   chiqardilar.   Aqliy   dalil   deganda   falsafa,   mantiq   va   tabiiy   fanlar
ko‘zda tutiladi. Vaholanki, salaf  ulamolarining ko‘pchiligi bu dalillarni tan olmas
edilar,   balki   naqliy   dalillarning   o‘zi   bilan   kifoyalanardilar.   Shayximiz   esa,   bu
ikkisidan ham munosib ravishda istifoda etib, o‘rtahollikni ixtiyor qilgan ekanlar.
37
  Зиёдов Ш. Абу Мансур ал-Мотуридий ва унинг “Китоб ат-таъвилот” асари.   – Т.:   Фан, 2009. – 140 б .
38
  Уватов У. Имом Мотуридий ва унинг таълимоти. – Т.: Фан, 2000. – 48 б . Darhaqiqat, naqliy dalillarni yaxshi anglash uchun aqliy dalillarni ham puxta bilish
shartligini hech kim inkor eta olmaydi. Aql imkoniyatining ham chegarasi borligini
e’tiborga olib, Shayx ko‘p joylarda inson aqli juda ko‘p haqiqatlarni idrok etishga
qodir   emasligini   uqdirib   o‘tadilar.   Shu   bilan   birga,   aqlning   Alloh   tomonidan   ato
etilgan eng buyuk mislsiz ne’mat ekani, undan oqilona foydalanish zarurligini ham
ta’kidlab o‘tadilar. 
Moturidiy hazratlarining xizmatlari shundan iborat  bo‘lganki, o‘sha davrdagi
aqidaviy   oqimlarning   ta’sirini   qirqish,   ularning   iddaolariga   raddiya   berish,   kuchli
va asosli   dalillar  bilan  haqiqiy islom   aqidasini   himoya qilish,  ilmi  kalom,  mantiq
va munozara qoidalariga rioya qilgan holda xasmlar jaholatiga ilmu ma’rifat bilan
javob qaytarib, chin ixlosli musulmonlar uchun aqidaga doir muhim qo‘llanmalar
tayyorlab berishni niyat qilgan edilar 39
. 
Ma’lumki,   Ahli   Sunna   val-Jamoa   aqidasi   o‘sha   davrda   uchta   buyuk   shaxs
tomonidan   himoya   qilingan   va   asosiy   ruknlari   ishlab   chiqilib,   shogirdlari   va
kitoblari   orqali   musulmonlarga   taqdim   etilgan   edi.   Ulardan   birinchisi   –   Abul
Hasan Ash’ariy (260- 331 h.) Bag‘dodda, ikkinchisi   –   Abu Ja’far Tahoviy Misrda
va   Abu   Mansur   Moturidiy   Movarounnahrda   sunniy   aqidaning   himoyachilari
sifatida islom tarixida chuqur iz qoldirdilar. Biz  –  moturidiylar uchun yaxshi bilib,
doimo   nazarda   tutib   yurish   zarur   bo‘lgan   bir   necha   muhim   masalalar   bor.   Ular
quyidagilardan iborat: 
1) Moturidiya aqidasi bilan Ash’ariya aqidasi o‘rtasida bir necha masalalarda
qarama-qarshiliklar   bor.   Ularni   ba’zi   olimlar   15   ta,   boshqalari   40   ta,   hatto,   50
tagacha   sanab   yetkazganlar.   Ulardan   asosiylari   –   Allohning   sifatlarini   zotiy   va
fe’liy   sifatlarga   bo‘lish,   sifatlari   ayni   zotmi   yoki   g‘ayri   zotligi,   Muso   (a.s.)
Allohning   kalomini   bevosita   eshitganmi   yoki   bilvositami,   iroda   bilan   rizo   birmi
yoki   tafovutlimi,   Allohni   ko‘rish   joizligiga   Ash’ariy   aqliy   dalil   keltirgan,
Moturidiy naqliy, qabih ishning sodir etilishi bandadanmi yoki u ham Allohdanmi
–  bunga Moturidiy husnu qubh hammasi Allohdan, faqat behikmat emas, deydilar.
Inson   o‘z   toqatidan   tashqari   ishga   taklif   etilishi   mumkin,   deb   Ash’ariy,   mumkin
39
  Оқилов   С.   Абул   Муъин   Насафий   мотуридия   таълимотининг   давомчиси   //   Тошкент   ислом   университети
илмий таҳлилий ахборот бюллетени. – 2004. - № 1. – Б. 13-19. . emas, deb Moturidiy aytadilar. Shuningdek, Allohni aql bilan tanish vojibmi yoki
naql   bilanmi   degan   masalada   Moturidiy   aql   bilan   deganlar.   Imon   bilan   islom   bir
narsa   ekani,   baxtli   va   baxtsiz   insonlar   oxir-oqibatda   o‘zgarib-almashib   qolishlari
mumkinligi,   qilinadigan   yaxshi   va   yomon   amallar   bandaning   kasbi   va   Allohning
yaratishi   bilan   hosil   bo‘lishi,   muqallidning   imoni   maqbul   ekani,   imonning   o‘zi
emas,   balki   uning   nuri,   quvvati   ortib   yoki   kamayib   turishi,   imonning   ruknlari
ikkita,   ya’ni   iqror   va   tasdiqdan   iborat   ekani,   amallar   imon   tarkibiga   kirmasligi,
balki   savoblar   va   gunohlar   alohida   hisobga   olinishi   kabi   masalalarda   Imom
Ash’ariy bizning moturidiya aqidamizning xilofini taqrir etganlar. 
2)   Moturidiyaning   mo‘tazila   aqidasidan   farqlari.   Avvalo,   bilmoq   kerakkim,
diniy   fanlar   qatoriga   kalom   ilmining   kirishiga   asosiy   sabab   shu   mo‘‘tazila
toifasining   aqliy   munozaralari   va   qarshiliklari   bo‘lgan.   Ular   ash’ariya   yoki
moturidiya   kabi   aqlni   naqliy   dalillardan   keyinga   emas,   balki   birinchi   o‘ringa
qo‘yganlar. Aql va fikrni asosiy manba qilib olib, unga to‘g‘ri kelmasa, hatto, oyat
va   hadislarni   inobatga   olmay,   balki   nususni   aqlga   bo‘ysundirmoqchi   bo‘lganlar.
Shuning   uchun   ham   Shayx   Moturidiy   hazratlari   boshqa   oqimlarga   qaraganda
ko‘proq   mo‘‘tazila   firqasining   fikrlariga   qarshi   raddiyalar   bilan   chiqqanlar.
Ularning aqliy va fikriy dalillarini rad qilish uchun buyuk hamyurtimiz kalom ilmi
bilan shug‘ullanishga to‘g‘ri kelgan va u zot shu uslub bilan Ahli Sunna aqidasini
himoya qilishga muyassar bo‘lganlar 40
.
Abu Mansur Moturidiy hazratlari aqida fanidagi sunniy - hanafiy yo‘nalishini
davom   ettirib,   ko‘p   izlanishlardan   keyin   moturidiya   maktabiga   asos   soldilar.   Shu
asnoda   ko‘plab   shogirdlarini   yetishtirib   chiqarganlar.   Quyida   ulardan   ba’zi
mashhurlari to‘g‘risida qisqacha ma’lumot beramiz: 
1)   Abul-Qosim   Ishoq   ibn   Muhammad   ibn   Ismoil   ibn   Zayd   al-Qoziy   –   al-
Hakim   as-Samarqandiy   (vafoti   335   yoki   342   h.   y.   Chokardiza   qabristoniga   dafn
etilgan).   U   Shayx   Moturidiyning   eng   yirik   shogirdlaridan   biri   bo‘lib,   tasavvuf
ilmini   Balx   mashoyixlaridan,   fiqh   va   kalom   ilmini   Shayx   Abu   Mansur
40
  Уватов У. Имом Мотуридий ва унинг таълимоти. – Т.: Фан, 2000. – 48 б . hazratlaridan   olgan.   Uzoq   vaqt   Samarqandda   qozilik   vazifasini   o‘tagan.
Asarlaridan «Savodi a’zam», «Imon» risolasi mashhurdir. 
2)   Abul-Hasan   Ali   ibn   Said  ar-Rustufag‘niy   as-Samarqandiy.   Hanafiya   fiqhi
va   usuli   bo‘yicha   shuhrat   qozongan.   U   bilan   ustozi   Shayx   Moturidiy   o‘rtasida
mujtahid xatosiga oid masalada ixtilof kechgan. «Irshodul-muhtadiy», «Az-zavoid
val-favoid»,   «Al-as’ilatu   val-ajviba»,   «Bayonus-Sunnati   val-Jamoa»   kabi   asarlar
muallifidir. Vafoti 350 h./ 961 m.y. 
3) Abu Muhammad Abdul-Karim ibn Muso ibn Iso al-Pazdaviy. Nasafdan olti
farsax uzoqlikdagi Pazda yoki Pazdava qishlog‘idan. Asosan, fiqh ilmida mashhur
bo‘lgan. Uning zurriyotidan yirik moturidiya ulamolari dunyoga kelgan. Masalan,
Abul-Yusr al-Pazdaviy (vafoti 493 h./1100 m.y.), Abul-Hasan al-Pazdaviy (vafoti
482 H./1089 m.y.) shular jumlasidandir. O’zi 390 h./999 m. yilda vafot etgan. 
4)   Abu   Ahmad   ibn   Abi   Nasr   Ahmad   ibn   al-Abbos   al-Iyoziy.   Abu   Mansur
hazratlarining ustozlari Abu Nasr al-Iyoziyning o‘g‘li. Fiqh, nutq, iffat va taqvoda
benazir   bo‘lgani   haqida   naql   qilinadi.   Abu   Abdir-Rahmon   ibn   Abil-Lays   al-
Buxoriy. Kalom va fiqh ilmlarini Abu Mansur hazratlaridan olgan. U Abul-Qosim
al-Hakim as-Samarqandiy bilan ko‘p vaqt birgaliqda tahsili ilmda bo‘lgan. 
Xulosa   qilib   aytganda,   Abu   Mansur   Moturidiy   umri   davomida   faqihlar,
muhaddislar   bilan   muloqotda   bo‘lgan   va   munozaralar   olib   borgan.   U   Islom
dinining   hanafiy   mazhabini   Movarounnahrda   tarqatish   va   o‘zidan   keyingi
avlodlarga qusursiz yetkazish ishiga muhim hissa qo‘shdi. Moturidiy o‘z davrining
islomiy   ilmlari   sohasida   eng   yetuk   bilim   sohibi   hisoblanib,   musulmon   dunyosi
olimlari   tomonidan   tan   olingan   va   hozirda   ham   turli   diniy   asarlarda   zo‘r   ehtirom
bilan tilga olinadi. 
3.2. Manbalаrdа mоturidiya tа’limоtining   аks   etishi
Mоturidiya   tа’limоtining   mazmun   mohiyatini   aks   ettiruvchi   manbalar   uning
izdoshlari   tomonidan   yaratilgan.   Ko‘plab   olimlar   o‘zlarining   nоyob   аsаrlаri   bilаn
mоturidiya аqidаsi rivоjigа kаttа hissа qo’shgаn. Yuqоridа tа’kidlаngаnidеk, Аbu Hаfs Umаr Nаsаfiyning “Аqоid аn-Nаsаfiy”
аsаrigа ko’plаb sharhlаr  yozilgаn. Lеkin, yozilgаn sharhlаrdаn Аllоmа Sа’duddin
Tаftаzоniyning   “Sharh   аl-аqоid   аn-nаsаfiya”   аsаri   eng   muhimi   vа   mаshhuri
hisоblаnаdi .   Shu   sаbаbli,   hаnаfiy   mаzhаbining   yirik   оlimlаri   “Sharh   аl-аqоid   аn-
nаsаfiya”   аsаrigа   аlоhidа   kаttа   e’tibоr   bilаn   qаrаshgаn   vа   o’z   nаvbаtidа   ungа
sharh,   hоshiya   vа   tаqrirlаr   yozgаnlаr.   Shuningdеk,   Tаftаzоniyning   bu   аsаri   O’rtа
аsr   mаdrаsа   tа’lim   tizimidа   o’quv   dаrsligi   sifаtidа   kеng   miqyosdа   fоydаlаnilgаn.
Ushbu   аsаrgа   61   tа   hоshiya,   16   tа   tаqrir   vа   tа’liqоtlаr   bitilgаn 41
.   “Sharh   аl-аqоid
аn-nаsаfiya”gа   yozilgаn   sharh   vа   hоshiyalаri   muаlliflаri   ro’yхаti   ilоvаdа
kеltirilаdi . Quyidа esа, eng mаshhurlаridаn bа’zilаrini kеltirаmiz. 
Аhmаd   ibn   Musо   аl-Хаyoliyning   (vаf.   860/1456   y.)   “Sharh   аl-аqоid   аn-
nаsаfiya”gа   yozgаn   hоshiyasi   “Хаyoliyning   hоshiyasi”   nоmi   bilаn   mаshhur 42
.   U
Аllоmа   Sа’duddin   Tаftаzоniygа   yaqn   dаvrdа   yashab   ijоd   etgаn   hаnаfiy
mаzhаbining   yirik   оlimlаridаn   hisоblаnаdi.   Usmоnli   turklаr   sаltаnаtidа   fаоliyat
оlib   bоrgаn.   U   ko’plаb   аsrining   оlimlаridаn   tа’lim   оlgаn.   Jumlаdаn,   Хаyoliy
Sultоniya   mаdrаsаsi   mudаrrisi   mаvlо   Hizr   Bеk   ibn   Jаlоluddin   (vаf.   863/1459
y.)dаn tа’lim оlib, uning yordаmchisigа аylаngаn. 
U o’z tеngdоshlаridаn ilmdа оldinlаb, bir nеcha mаdrаsаlаrdа mudаrris bo’lib
ishlаgаn.   Uning   ko’plаb   mаshhur   shogirdlаri   bo’lgаn.   Jumlаdаn,   “Qоrа   Kаmоl”
nоmi   bilаn   mаshhur   Kаmоluddin   Ismоil   Rumiy   Qаrmоniy   hаm   Хаyoliyning
mаshhur   shogirdlаridаn   hisоblаnаdi.   U   ustоzi   Хаyoliyning   “Hоshiya   sharh   аl-
аqоid аn-nаsаfiya” аsаrigа hоshiya yozgаn. 
“Аzniq”   mаdrаsаsi 43
  mudаrrisi   mаvlо   Tоjuddin   ibn   аl-Хаtib   vаfоt   etgаndаn
kеyin,  Аhmаd  ibn  Musо   аl-Хаyoliyni   Sultоn  Muhаmmаd   uning  o’rnigа  mudаrris
qilib tаyinlаydi vа оlimgа hаr kuni bir yuz o’ttiz usmоniy dirhаm mаоsh bеrilishini
bеlgilаydi.   Аyni   shu   pаytdа   оlim   o’ttiz   uch   yoshdа   bo’lishigа   qаrаmаsdаn,   еtuk
оlim dаrаjаsigа erishgаn edi. 
41
  Аллоқулов А. “Ақоиду-н-насафий” ва унга ёзилган шарҳлар // Имом ал-Бухорий сабоқлари журнали: № 2.
– Тошкент, 2009.   – Б.   157 .
42
  Мазкур асарнинг Тошкент ислом университети Манбалар хазинаси қўлёзмалар фондида №175/II, №83/II
инвентар   рақамларда   қўлёзма   нусхаслари   сақланади.   Шунингдек,   Хаёлий   ва   Қора   Ҳалил   ҳошиялари
Қоҳира   шаҳрида   1297/1879   йили нашр қилинган .
43
  Бу мадраса Туркияда жойлашган бўлиб, унга 731/1331 йили асос солинган . Аhmаd   ibn   Musо   ko’plаb   аsаrlаr   yozgаn.   Jumlаdаn,   “Hоshiya   аlо   sharh   аl-
аqоid   аn-nаsаfiya”,   “Hоshiya   аlо   hаshiya   sharh   аl-Tаjrid”,   “Sharh   nаzm   аl-
аqоid” 44
,   “Tаfsir   аl-Qоziy”,   “аt-Tаlvih”   kаbilаrni   kеltirish   mumkin.   “Hоshiya   аlо
sharh   аl-аqоid   аn-nаsаfiya”   аsаri   tushunаrliligi   hаmdа   rаvоnligi   bilаn
bоshqаlаridаn аjrаlib turаdi. 
Rаmаzоn   ibn   Аbdulmuhsin   Hаnаfiy   Mоturidiy   Bihishtiy   Rumiy   hаnаfiy
mаzhаbining   yirik   оlimlаridаn   biri   bo’lib,   “Mаvlоnо   Bihishtiy”   nоmi   bilаn
mаshhur   bo’lgаn.   Оlimning   tug’ilgаn   yili   hаqidа   аniq   mа’lumоt   mаnbаlаrdа
uchrаmаsаdа,   Edirnа   vilоyatidаgi   Vizе   shahаrchasidа   dunyogа   kеlgаnligi
kеltirilgаn.   Оlim   tаsаvvuf   murshidi   bo’lishi   bilаn   birgа   ko’plаb   аsаrlаr   hаm
yozgаn.   “Hоshiya   аlо   hоshiyat   sharh   аl-аqоid   аn-nаsаfiya” ,   “Hоshiya   аdаb   аl-
Mаs’udiy”,   “Tа’liqоt   аlо   sharh   аl-Miftаh”,   “Dеvоn”   kаbilаr   shulаr   jumlаsidаn
hisоblаnаdi. 
Rаmаzоn   ibn   Аbdulmuhsin   Bihishtiy   979/1571   yili   vаfоt   etgаn.   Оlimning
“Hоshiya   аlо   hоshiya   sharh   аl-аqоid   аn-nаsаfiya”   аsаri   tushunаrliligi   hаmdа
rаvоnligi   bilаn   аjrаlib   turаdi   vа   bugungi   kundа   hаm   eng   ko’p
o’qilаdigаn   hоshiyalаrdаn   biridir.   Bihishtiynnig   mаzkur   аsаri   vа   Хаyoliy
tоmоnidаn   “Sharh   аl-аqоid   аn-nаsаfiya”   аsаrigа   yozilgаn   hоshiyasi
Istаmbul   shahridа   1265/1849,   1277/1861,   1288/1871,   1293/1876,   1297/1880,
1302/1885, 1303/1886, 1308/1891, 1315/1897, 1320/1902, 1321/1903, 1326/1908,
1336/1918,   1360/1941,   1391/1971   yillаr   mоbаynidа   17   mаrtа   qаytа-qаytа   nаshr
qilingаn. 
Muslihuddin   Mustаfо   Qаstаlоniy   (yoki   Kаstаliy)   (vаf.   901/1495   y.)   hаnаfiy
mаzhаbining   kаttа   оlimlаridаn   biri   vа   so’fiylik   murshidi   bo’lgаn.   U   “Хоjа   zоdа”
nоmi bilаn mаshhur bo’lgаn. Kаstаliy o’z dаvrining yirik оlimlаridаn tа’lim оlgаn.
Jumlаdаn,   U   Sultоniya   mаdrаsаsi   mudаrrisi   mаvlо   Hizr   Bеk   ibn   Jаlоluddin   (vаf.
863/1459 y.)dаn hаm ilm o’rgаngаn. Оlim ko’plаb аsаrlаr yozgаn bo’lib, “Hоshiya
аlо sharh аl-аqоid аn-nаsаfiya” shulаr jumlаsidа hisоblаnаdi. 
44
  Мазкур асар Аҳмад  ибн Мусо ал-Хаёлий “Ҳошия ало шарҳ ал-ақоид ан-насафия” номли асарига ёзилган
ҳошия ҳисобланади . Kаstаliyning   “Hоshiya   аlо   sharh   аl-аqоid   аn-nаsаfiya”   аsаri   hаm   sharh
uslubidа tushunаrliligi vа оsоnligi bilаn аlоhidа аjrаlib turаdi. Bugungi kundа ko’p
o’qilаdigаn   hоshiyalаrdаn   biri   bo’lib,   1297/1879   yildа   Istаmbul   shahridа   nаshr
qilingаn. 
Rаmаzоn   ibn   Muhаmmаd   (vаf.   1025/1616   y.)   Edirnа   vilоyatidаgi   Vizе
shahаrchasidа   dunyogа   kеlgаn.   U   “Rаmаzоn   Аfаndi”   nоmi   bilаn   mаshhur
mutаsаvvif vа оlim bo’lib, ko’plаb аsаrlаr yozgаn. Jumlаdаn, “Sharh аlо sharh аl-
аqоid   аn-nаsаfiya”,   “Tа’liqоt   аlо   sharh   аl-Miftоh”,   “Hоshiya   аdаb   аl-Mаs’udiy”
kаbilаrni kеltirish mumkin 45
. 
Rаmаzоn   ibn   Muhаmmаd   “Sharh   аlо   sharh   аl-аqоid   аn-nаsаfiya”   аsаri   hаm
sharh   uslubidа   tushunаrligi   vа   оsоnligi   hаmdа   muхtаsаrligi   bilаn   аlоhidа   аjrаlib
turаdi.   Bu   sharh   Rаmаzоn   Аfаndi   nоmi   bilаn   mаshhur
bo’lib,   1327/1909   yili   Dеhli   vа   1308/1891   yili   Istаmbul   shahаrlаridа   chоp
etilgаnRаmаzоn ibn Muhаmmаd   “Sharh аlо sharh аl-аqоid аn-nаsаfiya” аsаri hаm
sharh   uslubidа   tushunаrligi   vа   оsоnligi   hаmdа   muхtаsаrligi   bilаn   аlоhidа   аjrаlib
turаdi.   Bu   sharh   Rаmаzоn   Аfаndi   nоmi   bilаn   mаshhur
bo’lib,   1327/1909   yili   Dеhli   vа 1308/1891 yili Istаmbul   shahаrlаridа chоp etilgаn.
Sа’duddin   Tаftаzоniy   “Sharh   аl-аqоid   аn-nаsаfiya”   аsаridа   dаstlаb   “kаlоm”
аtаmаsining   kеlib   chiqishi,   shakllаnish   bоsqichlаri,   yunоn   fаylаsuflаrining
kitоblаrini аrаb tiligа tаrjimа qilinish sаbаblаri, islоm fаlsаfаsi  bilаn kаlоm ilmini
qоrishib   kеtish   jihаtlаri,   turli   оqimlаrni   kеlib   chiqish   sаbаblаri,   Аbul   Hаsаn
Аsh’аriyning mu’tаzilа firqаsidаn аjrаlib, Аhl аs-sunnа vаl-jаmоа tа’limоtigа   аsоs
sоlgаnligi   hаmdа   mu’tаziliylаr   qаrаshlаrigа   qаrshi   rаddiyalаr   bеrgаnligi   hаqidа
to’хtаlib   o’tgаn.   Lеkin,   mоturidiya   tа’limоtini   shakllаnishi   vа   Аhl   аs-sunnа   vаl-
jаmоа tаrkibigа kirishi hаqidа so’z yuritmаgаn. 
Dаstlаb   shuni   tа’kidlаsh   kеrаkki,   Sа’duddin   Tаftаzоniyning   “Sharh   аl-аqоid
аn-nаsаfiya” аsаri mоturidiya аqidаsi bo’yicha yozilgаn. Shu nuqtаi nаzаrdаn ungа
yozilgаn   sharh   vа   hоshiyalаr   hаm   mаzkur   аqidа   аsоsidа   tаlqin   qilingаn.   Buni
quyidаgi uchtа mаsаlа аsоsidа аtrоflicha ko’rish mumkin. 
45
  Мазкур   асар   Аҳмад   ибн   Мусо   ал-Хаёлий   томонидан   устози   Ҳизр   Бек   ибн   Жалолуддин   асарига   ёзилган
шарҳ ҳисобланади . Аqоid   ilmidа   eng   bаhsli   mаsаlаlаrdаn   biri   imоn   mаsаlаsi   hisоblаnаdi.
Imоnning   sharti   mаsаlаsidа   turli   qаrаshlаr   mаvjud.   Bа’zilаr   imоnning   sharti   til
bilаn iqrоr bo’lish, qаlb bilаn tаsdiqlаsh vа ruknlаrni bаjаrishdаn ibоrаt dеgаnlаr. 
Hаnаfiy   mаzhаbidа   esа,   imоnning   sharti   ikkitа   dеb   hisоblаnаdi.   YA’ni,   til
bilаn iqrоr bo’lish vа qаlb bilаn tаsdiqlаshdаn ibоrаt. Sа’duddin Tаftаzоniy “Sharh
аl-аqоid   аn-nаsаfiya”   аsаridа   hаm   bu   хususdа   turli   fikrlаrni   kеltirib,   imоn
shartining   til   bilаn   iqrоr   bo’lish   vа   qаlb   bilаn   tаsdiqlаshdаn   ibоrаt   vа   аmаllаrni
imоn shartigа kirmаsligini аytgаn 46
. 
Shuningdеk,   mаzkur   fikrini   аllоmа   o’zining   kаlоm   ilmigа   оid   yanа   bir   аsаri
“Sharh   аl-mаqоsid”dа   dаvоm   qildirib,   dаlillаr   bilаn   bаtаfsil   isbоtlаshgа   hаrаkаt
qilgаn . “Sharh аl-аqоid аn-nаsаfiya” аsаrigа yozilgаn sharh vа hоshiyalаridа hаm
imоn   sharti   til   bilаn   iqrоr   bo’lish   vа   qаlb   bilаn   tаsdiqlаshdаn   ibоrаt   dеb
tа’kidlаngаn . 
Kаlоm   ilmidа   “Хаlifаlik”   mаsаlаsi   muhim   muаmmоlаrdаn   hisоblаnаdi.
Bugungi   kundа   hаm   bа’zi   оqimlаr   tоmоnidаn   “Islоm   хаlifаligi”ni   qurish   g’оyasi
ilgаri   surilmоqdа.   Аgаrdа   tаriхgа   nаzаr   tаshlаnsа,   bu   mаsаlа   hаm   dаvriy
tаkrоrlаnib turishigа guvоh bo’linаdi. 
Shundаn   kеyin,   Аllоmа   Tаftаzоniy   Аli   (r.а.)   mаzkur   o’ttiz   yilning   bоshidа
turishligini   аytаdi.   Undаn   kеyin   hukmrоnlik   qilgаnlаr   esа,   pоdshoh   vа   аmirlаr
bo’lаdi   dеydi.   Jumlаdаn,   Muоviya   vа   undаn   kеyingilаr   хаlifаlаrdаn   emаsligini
аytаdi . Lеkin, bu mаvzu mushkul dеb, fikri dаvоmidа buni yoritib bеrаdi. 
Chunki,   Аbbоsiy   хаlifаligi   vа   Umаr   ibn   Аbdulаziz   kаbi   mаrvоniylаr
sulоlаsining bа’zi vаkillаrini musulmоn ummаti хаlifа dеb kеlgаn bo’lsа-dа, birоq
Tаftаzоniy fikrigа ko’rа, hаdisdа tilgа оlingаn хаlifаlikdаn mаqsаd to’liq хаlifаlik,
ya’ni   u   shundаy   хаliflikki,   ungа   qаrshi   hеch   bir   muхоlifаt   bo’lmаgаn,   undаn
bоshqаlаrgа   bаy’аt   qilishgа   оdаmlаrdа   mаyl   uyg’оnmаgаn .   Ya’ni,   “хulаfоi
rоshidin” (“to’g’ri yo’ldаn bоruvchi хаlifаlаr”) Аbu Bаkr Siddiq (11-13/632-634),
Umаr   ibn  Хаttоb   (13-23/634-644),   Usmоn   ibn  Аffоn   (23-35/644-656)   vа  Аli   ibn
46
  Сиддиқов С. Саъдуддин Тафтазоний “Шарҳ ал-мақосид” асарининг ислом ақидасини ўрганишдаги ўрни.
Магистрлик академик даражасини олиш учун ёзилган диссертация. – Т.: Тошкент ислом университети, 2011.
– 68 б. . Аbu   Tоlib   (35-40/656-661)   (r.а.)lаr   bo’lib,   ulаr   Rаsulullоh   (s.а.v.)ning   хаlifаlаri
bo’lgаnlаr 47
. 
Аllоmа  Tаftаzоniy   mаzkur   hаdis   e’tibоridаn  ummаt   Nаbiy  (s.а.v.)   vаfоtidаn
kеyin eng muhim ishni qildilаr. Ya’ni, o’zlаrigа rаhbаrni tаyinlаdilаr. Hаttо, Nаbiy
(s.а.v.) dаfn qilinmаsdаn оldin bu ishni аmаlgа оshirdilаr vа bu ishni hаr bir rаhbаr
vаfоtidаn kеyin hаm dаvоm qildirdilаr . 
Хulоsа   qilib   shuni   tа’kidlаsh   kеrаkki,   “хаlifаlikni   qаytа   qurish”   mаsаlаsi
аsrlаr dаvоmidа turli firqаlаr tоmоnidаn dаvriy rаvishdа ko’tаrilib turgаn. Bugungi
kundа hаm bu mаsаlа bа’zi аdаshgаn firqаlаr tоmоnidаn ko’tаrilmоqdа. Yuqоridа
kеltirilgаn   kuchli   dаlillаr   mаzkur   оqimlаrning   qаrаshlаri   nоto’g’riligini   isbоtlаydi
vа   ulаrning   qilаyotgаn   bu   dа’vоlаri   fаqаt   o’zlаrining   g’аrаzli   mаqsаdlаrini
niqоblаshdаn o’zgа hоlаt emаs ekаnligini ko’rsаtаdi. 
Birinchidаn,   biz   “rаhbаr”   dеb   tаrjimа   qilgаn   so’z   mаtndа   “imоm”   (“
ُماَمِ?لْإا ” )
shaklidа   kеlgаn.   Аqоid   ilmi   istilоhidа   “imоm”   so’zi   ikki   mа’nоdа   kеlаdi:   dаvlаt
rаhbаri vа imоm-хаtib. Bu o’rindа dаvlаt rаhbаri mа’nоsidа kеlgаn. Lеkin, “ َ	
تا	َم 	?نَم
ِة	
?َل?بِق?لا 	ِل??هَأ ?ن ِم ”  hаdisidа   kеlgаn   “imоm”   (“
ُ	ما?َمِ?لْإا ” )   so’zidаn   murоd   esа,   Muhаmmаd
(s.а.v.)dir. 
Ikkinchidаn, yuqоridа kеltirilgаn hаdis mа’nоsidаn mа’lum bo’lаdiki, “kоmil
хаlifаlik” o’ttiz yil. YA’ni, Аbu Bаkr Siddiq, Umаr ibn Хаttоb, Usmоn ibn Аffоn
vа Аli ibn Аbu Tоlib (r.а.)lаr dаvri. Shuningdеk, mаzkur to’rt sаhоbа Rаsullоhning
хаlifаlаri   bo’lgаnlаr.   Mаzkur   o’ttiz   yildаn   kеyin   pаydо   bo’lgаn   dаvlаtlаr   esа,
pоdshohlik   vа   аmirliklаr   edi.   Dеmаk,   bundаn   mа’lum   bo’lаdiki,   pоdshohlik   vа
аmirliklаr   “o’rinbоsаr”,   ya’ni,   “хаlifа”   tоmоnidаn   emаs,   bаlki,   “pоdshoh”   vа
“аmir”lаr tоmоnidаn bоshqаrilаdi. 
Uchinchidаn, аllоmа Tаftаzоniy jаmiyatni bоshqаrish uchun rаhbаr tаyinlаsh
“sаm’iy”  (eshitish   оrqаli  оlingаn)   dаlil   (Qur’оni   kаrim  vа  sunnаt)  аsоsidа   “ijmо”
qilingаnligini tа’kidlаydi. 
47
  Сиддиқов С. Саъдуддин Тафтазоний “Шарҳ ал-мақосид” асарининг ислом ақидасини ўрганишдаги ўрни.
Магистрлик академик даражасини олиш учун ёзилган диссертация. – Т.: Тошкент ислом университети, 2011.
– 68 б. . To’rtinchidаn,   аllоmа   Tаftаzоniy   Nаbiy   (s.а.v.)   vаfоtidаn   kеyin   ummаt
аmаlgа   оshirgаn   eng   muhim   ishi   o’zlаrigа   rаhbаr   tаyinlаsh   bo’lgаnligini
tа’kidlаydi. 
Bа’zi   оqimlаr   tоmоnidаn   iхtilоf   qilingаn   аqidаviy   mаsаlаlаrdаn   biri
tiriklаrning   o’liklаr   uchun   Аllоhdаn   so’rаb   qilаdigаn   duо   vа   sаdаqаlаri   mаvzusi
hisоblаnаdi. Bugungi  kundа hаm bu mаsаlаdа iхtilоf  qilаyotgаn оqimlаr fаоliyati
kuzаtilmоqdа.   “Sharh   аl-аqоid   аn-nаsаfiya”   аsаridа   bu   to’g’ridа   quyidаgicha
bаyon qilingаn: 
تاجاحلا يضقي و تاوعدلا بيجي ىلاعت للها و مهل عفن مهنع مهتاقدص و تاوملأل ءايحلأا ءاعد يف و  
Tаrjimаsi.   “Tiriklаrning o’liklаr uchun qilgаn duо vа sаdаqаlаridа ulаr uchun
fоydа bоrdir. Аllоh tаоlо duоlаrni ijоbаt qilаdi vа hоjаtlаrni rаvо qilаdi” 48
. 
Sа’duddin   Tаftаzоniy   mаzkur   mаsаlаdа   mu’tаziliylаr   хilоf   qilgаnligini
kеltirib, shundаy dеydi: mu’tаziliylаr “Qаzо” o’zgаrmаydi, hаr bir jоn qilgаn ishi
bilаn   gаrоvlаngаn   vа   erkаk   kishi   o’zgаning   qilgаn   аmаli   bilаn   emаs,   o’zining
qilgаn аmаligа qаrаb mukоfоt yoki jаzо оlаdi, dеb tаlqin qilgаnlаr. 
“Ulаr (o’liklаr) uchun fоydа bоrdir” (“ مهل عفن ” ) jumlаsini Sа’duddin Tаftаzоniy
quyidаgicha sharhlаydi vа dаlillаr kеltirаdi: 
Tiriklаrning   o’liklаr   uchun   duо   qilishlаri   to’g’risidа   ko’plаb   sаhih   hаdislаr
kеlgаn. Jumlаdаn, jаnоzа nаmоzidа o’qilаdigаn duо vа umumаn o’tgаnlаr hаqigа
qilinаdigаn duо sаhоbа vа tоbеinlаrdаn mеrоs bo’lib kеlgаn. Аgаr duоdаn o’liklаr
uchun fоydа bo’lmаgаndа edi, duо qilishdаn hеch qаndаy mа’nо bo’lmаs edi?! 49
. 
Shundаn kеyin Sа’duddin Tаftаzоniy quyidаgi hаdislаrni rivоyat qilаdi: 
Nаbiy (s.а.v.) dеdilаr: “Mоdоmiki, birоr o’likkа musulmоnlаrdаn yuz nаfаrgа
еtаdigаn   jаmоаt   jаnоzа   nаmоzini   o’qisа   vа   hаmmаlаri   ungа   shafоаt   so’rаsаlаr,
аlbаttа ungа (o’likkа) shafоаtchi qilinаdilаr”  
. 
Sа’d   ibn   Ubоdаdаn   rivоyat   qilinаdi:   “U   аytdi:   Ey,   Rаsulullоh,   Ummu   Sа’d
(Sа’dning оnаsi, mеning оnаm) vаfоt etdi. Qаysi sаdаqа (uning uchun) аfzаl?”. 
48
  Сиддиқов С. Саъдуддин Тафтазоний “Шарҳ ал-мақосид” асарининг ислом ақидасини ўрганишдаги ўрни.
Магистрлик академик даражасини олиш учун ёзилган диссертация. – Т.: Тошкент ислом университети, 2011.
– 68 б. .
49
  Буюк   алломаларимиз   /   Таҳрир   ҳайъати:   Ҳ.С.Караматов,   З.Ҳусниддинов,   А.Мансуров   ва   бошқ.;   Масъул
муҳаррир: З.Исломов.   – Т.:   “Тошкент ислом университети” нашриёт-матбаа бирлашмаси, 2002.   – Б.   74 . Rаsulullоh (s.а.v.)  “suv”  dеdilаr. Kеyin u (Sа’d ibn Ubоdа)  quduq qаzib, bu
“Ummu Sа’d uchun” dеdi . 
Rаsulullоh (s.а.v.) dеdilаr: “Duо bаlоni qаytаrаdi. Sаdаqа Rаbning g’аzаbini
o’chirаdi”. 
Rаsulullоh   (s.а.v.)   dеdilаr:   “Оlim   vа   ilm   o’rgаnuvchi   bir   qishlоq   yonidаn
o’tаyotgаnidа Аllоh tаоlо o’sha qishlоq qаbristоnidаn qirq kun аzоbni ko’tаrаdi”. 
Аllоmа   Tаftаzоniy   mаzkur   hаdislаrni   kеltirgаndаn   kеyin   bu   mаvzugа   оid
hаdis vа аsаrlаr (sаhоbаlаrning хаbаrlаri ) sоn-sаnоqsizligini tа’kidlаydi. 
Shundаy   kеyin   аllоmа   “Аllоh   tаоlо   duоlаrni   ijоbаt   qilаdi   vа   hоjаtlаrni   rаvо
qilаdi” (“ تاجاحلا  يضقي  و  تاوعدلا  بيجي  ىلاعت  للها  و ” ) jumlаsini sharhlаshgа o’tib, bungа
quyidаgi dаlillаrni kеltirаdi: 
Qur’оni kаrimdаn kеltirgаn dаlili: 
?مُكَل ?ب	ِجَت?سَأ يِنو	ُع?دا  
“Pаrvаrdigоringiz:   “Mеngа   duо   qilingiz,   Mеn   sizlаr   uchun   (duоlаringizni)
ijоbаt qilаy!” – dеdi”  (G’оfir, 60) 50
. 
Rаsulullоh   (s.а.v.)   dеdilаr:   “Bаndа   mоdоmiki   shoshilmаyotgаn   bo’lsа   vа
gunоh   qilmаgаn   vа   silаi   rаhimni   uzmаgаn   hоldа   duо   qilsа,   duоsi   mustаjоb
qilinаdi”. 
Rаsulullоh   (s.а.v.)   dеdilаr:   “Аlbаttа,   sizlаrning   Rоbbingiz   tirikdir,   kаrimdir,
qаchоnki   bаndаsi   Ungа   qo’lini   ko’tаrib   duо   qilgаnidа   bаndаsining   qo’lini   bo’sh
qаytаrishdаn U bаndаsidаn hаyo qilаdi”. 
Shuningdеk, bu ish аsоsidа to’g’ri niyat, chin pinhоniy niyat vа qаlb hоzirligi
bo’lishi kеrаkligini Аllоmа Tаftаzоniy tа’kidlаydi   vа quyidаgi hаdisni kеltirаdi: 
Rаsulullоh   (s.а.v.)   dеdilаr:   “Аllоhgа   duо   qilinglаr   vа   sizlаr   ijоbаtgа
ishonuvchi   bo’linglаr!   Bilinglаr,   Аllоh   tаоlо   yuzаki   ish   qilаdigаn   e’tibоrsiz
qаlbdаn duоni qаbul qilmаydi”. 
Sа’duddin   Tаftаzоniy   “kоfirning   duоsi   qаbul   bo’lаdi   yoki   yo’qmi”,   dеgаn
sаvоlgа jаvоb bеrishdа оlimlаrning fikrlаri turlicha bo’lgаnligini аytаdi. Uningcha,
jumhur (ko’pchilik оlimlаr) Аllоh tаоlоning kаlоmi bilаn “qаbul bo’lmаydi” dеgаn
50
  Сиддиқов С. Саъдуддин Тафтазоний “Шарҳ ал-мақосид” асарининг ислом ақидасини ўрганишдаги ўрни.
Магистрлик академик даражасини олиш учун ёзилган диссертация. – Т.: Тошкент ислом университети, 2011.
– 68 б. . fikrni   ilgаri   surgаnlаr   vа   quyidаgi   оyatni   dаlil   kеltirgаnlаr:   يِف ?لَّاِإ َني	ِرِفا	?َك?لا 	ُءا	?َعُد ا	َمَو
ل	
َلَا	َض   . “Kоfirlаrning duоlаri mutlаqо zоеdir” . 
Chunki,   u   (kоfir)   Аllоhni   bilmаydi,   tаsdiqlаmаgаn.   Shuning   uchun   Ungа
ishonib   duо   qilmаydi.   Bungа   qo’shimcha   rаvishdа   Tаftаzоniy   hаdisdаn   rivоyat
kеltirgаn:   “Kim   mаzlum   hоlаtdа   duо   qilsа,   u   kоfir   bo’lsа   hаm   duоsi   ijоbаt
bo’lаdi”. YA’ni, bu еrdаgi “kufr”dаn murоd “kufrоni nе’mаt” ekаnini zikr qilgаn . 
Lеkin,   bа’zilаr   ungа   (kоfirning   duоsi   qаbul   bo’lаdi   dеyishlik)   ruхsаt   bеrib,
ungа Аllоh tаоlо Iblis (а.l.)dаn hikоyatаn gаpini dаlil kеltirаdilаr:  
ِ	
م?وَي  ى	َلِإ  يِن	?ر ِظ	?نَأ  َلا	َق
َ	
ني	ِرَظ?نُم?لا 	َن ِم 	َك?نِإ َلا	َق .	َنو	ُثَع?بُي   . 
“(U) dеdi: “Mеngа (insоnlаr) tiriltirilаdigаn kungаcha (qiyomаtgаcha) muhlаt
bеr!”.   “Аytdi: “Аlbаttа, sеn (jаzо kunigаcha) muhlаt bеrilgаnlаrdаndirsаn” .  
Sа’duddin Tаftаzоniy yuqоridа Qur’оni kаrimdаn dаlillаr kеltirib, kоfir duоsi
qаbul bo’lishi mumkin, dеb хulоsа qilаdi. Shuningdеk, buni Аbulqоsim аl-Hаkim
аs-Sаmаrqаndiy,   Аbu   Nоsir   аd-Dаbusiy   vа   Аs-Sаdr   аsh-Shahidlаr   hаm   jоiz
dеgаnlаrini kеltirаdi vа “Shu fikrgа fаtvо bеrilgаn!” dеb qаyd qilаdi . 
Yuqоridаgilаrdаn   shuni   хulоsа   qilib   аytish   kеrаkki,   islоm   dini   insоnlаrni
o’zаrо   tinch-tоtuv   yashashgа   chоrlаydi.   Shu   nuqtаi   nаzаrdаn   hаr   bir   insоn   o’zgа
insоn hаqqigа хiyonаt qilmаsligi lоzim bo’lаdi. Shuningdеk, insоnlаr dinidаn qаt’i
nаzаr   bir-birlаrigа   dоim   yaхshilik   bilаn   munоsаbаtdа   bo’lishligi   lоzim   bo’lishi
tа’kidlаnаdi. 
III – Bob. Imom  M ot rudiy  i l m i y   m e r o s i n i n g   m i l l i y - m a ’ n a v i y
y u k s a l i s h d a g i   a h a m i y a t i
3.1. Mоturidiya tа’limоtining mazmun mohiyati  Mа’lumki,   “Аhl   аs-sunnа   vаl-jаmоа” 51
  VIII   аsrdа,   Аbbоsiylаr   hukmrоnligi
dаvridа   shakllаngаn.   U   hаnаfiylik,   shofiiylik,   mоlikiylik   vа   hаnbаliylik
mаzhаblаridаn ibоrаt .  
Hаnаfiy   mаzhаbining   “Аhl   аs-sunnа   vаl-jаmоа”dаgi   bоshqа   mаzhаblаrdаn
ko’rа  dunyo bo’ylаb kеng  yoyilishigа  vа dаvlаt  mаzhаbi   dаrаjаsigа  ko’tаrilishigа
bir nеcha tаriхiy оmillаr hаm tа’sir ko’rsаtgаn 52
. Хususаn, mаzhаbning o’zigа хоs
jihаtlаri   hаqidа   Misrlik   huquqshunоs   оlim   Аbdulhаlim   аl-Jundiy   “Аbu   Hаnifа
erkinlik   vа   murоsа   qаhrаmоni”   (Qоhirа,   vаf.   966/1559   y.)   nоmli   judа   qimmаtli
kitоbidа, Аbu Hаnifа mаzhаbi hаqidа quyidаgidеk fikr bildirgаn: “Ushbu mаzhаb
islоm huquqining оnаsi vа zаmоnlаr оsha uning mаnbаi bo’lib qоlаdi. Аbu Hаnifа
huquqning   bаrcha   sоhаlаridа   erkinlik   vа   murоsа   shiоrini   e’lоn   qildi” 53
.   Shundаy
ekаn, Hаnаfiy mаzhаbi “Аhl аs-sunnа vаl-jаmоа”dаgi buyuk аqidаviy vа huquqiy
mаktаb hisоblаnаdi. 
Shuningdеk,   Imоm   Аbu   Hаnifа   shogirdlаri   mаzhаbning   kеng   tаrqаlishidа
хizmаtlаri kаttа. Imоm Аbu Hаnifа 40 yoshidа dаrs bеrishni bоshlаdi. Аbu Hаnifа
shogirdlаrining   ko’pchiligi   Mоvаrоunnаhr   vа   Хurоsоndаn   bo’lib,   hаnаfiy
mаzhаbini   tаrqаtish   yo’lidа   tinimsiz   fаоliyat   оlib   bоrgаnlаr.   Ulаrning   ko’pchiligi
Аbu Hаnifаning dаrs hаlqаsidа bir muddаt o’tirib, undаn tа’lim оlgаndаn kеyin o’z
vаtаnlаrigа   qаytib   kеtаr,   bа’zilаri   hаr   dоim   Аbu   Hаnifа   bilаn   birgа   bo’lgаnlаr.
Muhаmmаd Kаrdаriy (vаf. 816/1414 y.)   “Mаnоqib”idа dоmiy shogirdlаri  sоni  36
tа erkаk  dеb ko’rsаtilgаn.  Ulаrdаn  28  kishi  qоzilik  vаkоlаtigа,  6 tаsi  fаtvо bеrish
sаlоhiyatigа   egа   edi,   ikkitаsi,   ya’ni   Аbu   Yusuf   vа   Zufаr   hаm   qоzilik   vаzifаsini
bаjаrish,   hаm   fаtvо   bеrish   bo’yicha   iqtidоrli   оlim   edi.   Аbu   Hаnifаning   mаshhur
shogirdlаri quyidаgilаrdir. 
Аbu   Yusuf   Ya’qub   ibn   Ibrоhim   аl-Аnsоriy   (113-182/731-798)   Kufаdа,
kаmbаg’аl   оilаdа   tаvаllud   tоpgаn.   Хаlifа   аl-Mаhdiy   (158-168/775-785)   uni
51
  Мусулмонларнинг   асосий   ва   жумҳур   оммаси   эътиқод   ва   амал   қилиб   келаётган   ақидавий   ва   фиқҳий
мазҳабларнинг жамлама номи . 
52
  Мовароуннаҳрда   ҳанафий   мазҳабининг   кириб   келиши   ҳақида   тарих   фанлари   доктори   А.Мўминов
докторлик диссертацияси иши қилган. Қаранг: Мўминов А. Ҳанафий уламоларнинг Марказий Мовароуннаҳ
шаҳарлари   ҳаётида   тутган   ўрни   ва   роли   (асрлар):   тар.фан.док.дис...   автореф.   –   Т.:   Тошкент   ислом
университети, 2003. –46 б . 
53
  Буюк   алломаларимиз   /   Таҳрир   ҳайати:   Ҳ.С.Караматов,   З.Ҳусниддинов,   А.Мансуров   ва   бошқ.;   Масъул
муҳаррир:З.Исломов.   – Т.:   “Тошкент ислом университети нашриёти”, 2002.   – Б.   10 .  Bаg’dоd   qоzisi   etib   tаyinlаgаn.   Хаlifа   Hоrun   аr-Rаshid   (169-193/786-809)   esа,
ungа qоzi ul-quzzоt mаnsаbini bеrib, butun хаlifаlikdаgi bаrcha qоzilаrni tаyinlаsh
vа qоzilаr qаrоri yuzаsidаn tushgаn shikоyatlаrni  ko’rib chiqish huquqini bеrgаn.
Bundаy   yuksаk   mаrtаbа   Аbu   Yusufgа   Hаnаfiy   mаzhаbi   nаzаriy   qаrаshlаrini
аmаliyotdа   kеng   qo’llаsh   imkоnini   bеrgаn,   bu   esа,   hаnаfiylik   mаzhаbining
tаrqаlishi vа mustаhkаmlаnishigа хizmаt qilgаn 54
. 
Аbu   Аbdullоh   Muhаmmаd   ibn   Hаsаn   аsh-Shaybоniy   (131-189/749-805)
Muhаmmаd   ibn   аl-Hаsаn   Vоsit   shahri(Irоq)dа   mаvlо   оilаsidа   tug’ilgаn.   U
Bаg’dоdning   eng   e’tibоrli   fаqihlаridаn   birigа   аylаngаn.   Хаlifа   Hоrun   аr-
Rаshidning   yangi   pоytахt   –   Mаkkа   shahri   qоzisi   etib   tаyinlаydi.   Muhаmmаd
Shaybоniy fiqhgа оid “аl-Mаbsut” (“Kitоb аl-аsl fi-l-furu’”) to’plаmini tuzgаn vа
ungа   “Kitоb   аz-ziyodаt”ni   qo’shimcha   qilgаn.   Fiqhgа   dоir   “Kitоb   аl-jоmе’   аl-
kаbir”, “Kitоb аl-jоmе’ аs-sаg’ir” аsаrlаrni yozgаn. 
Аbu   Hаnifаning   bu   ikki   shogirdi   undаn   kеyin   хаyrli   ishlаrini   dаvоm   ettirib,
zаmоnаlаridаgi оlimlаrgа ustоzlik qilishdi. Ulаrning ismlаri  ustоzlаri Аbu Hаnifа
ismlаri bilаn dоimо birgа zikr qilinаdi. Аbdulhаlim аl-Jundiy “Аbu Hаnifа erkinlik
vа   murоsа   qаhrаmоni”   (Qоhirа,   966/1559   y.)   nоmli   kitоbidа:   “Bu   ikki
shogird   –   Аbu Yusuf vа Muhаmmаdlаr Аbu Hаnifаning еtuk shogirdlаridаn bo’lib,
tаriхdа   Аbu   Hаnifаning   аshoblаri   nоmi   bilаn   mаshhur   bo’lgаnlаr”,   dеgаn.
Muhаmmаd ibn Hаsаn  аsh-Shaybоniy Mоlik  ibn Аnаs (95-179/713-795)dаn hаm
tа’lim   оlgаn  vа   o’z  nаvbаtidа   Imоm   Muhаmmаd   ibn   Idris   Shofiiy  (150-204/767-
820)gа ustоzlik qilgаn, Imоm Shofiiy esа Imоm Аhmаd ibn Hаnbаl   (164-241/780-
855)gа   tа’lim   bеrgаn.   Dеmаk,   to’rttаlа   mаzhаb   Imоm   Muhаmmаd   оrqаli   bir-
birlаrigа bоg’lаnаdi. 
Zufаr   ibn   Huzаyl   (110-158/728-775)   hаm   Аbu   Hаnifаning   shogirdlаridаn
bo’lib,   hаdis   ilmidа   judа   puхtа   egаllаgаn   bo’lib,   hаdislаrni   sаrаlаshgа   nihоyatdа
mоhir   edi.   Birоn   mаsаlаgа   hujjаt   so’rаlsа,   to’хtаmаsdаn,   dаrhоl   dаlil   kеltirish
54
  Олимнинг тўлиқ исми Муҳаммад ибн Муҳаммад ибн Шиҳоб ибн Юсуф ибн Умар ибн Аҳмад ал-Кардарий
ал-Баззозий   бўлиб,   729/1329   йилда   кўҳна   Хоразмнинг   Кардар   вилоятида   туғилган.   Муҳаммад   Кардарий
ҳанафий   мазҳаби   йирик   фақиҳларидан   бўлиб,   асарларидан   энг   машҳури   “ал-Важиз”дир.   Мазкур   асар   “ал-
Фатово ал-Баззозия” номи билан машҳур. Ушбу китоб Амир Темур ва темурийлар даври ҳанафийлик фиқҳи
бўйича муҳим манбаларидан бири ҳисобланади .  qоbiliyatigа   egа   edi.   Аbu   Yusuf,   Muhаmmаd   Shaybоniy   vа   Zufаr   hаnаfiy
mаzhаbining   mustаqil   mаzhаb   sifаtidа   shakllаnishidа,   rivоjlаnishidа   vа   dunyogа
mаshhur bo’lishidа ulkаn hissа qo’shgаn mujtаhid оlimlаrdir 55
. 
Hаsаn ibn Ziyod аl-Lu’luiy (116-203/734-819) bo’lib, Аbu Hаnifа vаfоtidаn
so’ng Аbu Yusuf vа Muhаmmаdlаrdа tа’lim оldi. U Аbu Hаnifаdаn nаql qilingаn
“Аl-Mujаrrаd”,   “Аdаb   аl-Qоziy”   (“Qоzining   оdоbi”),   “Nаfаqаlаr”,   “Fаrоiz”
(“Mеrоs ilmi”), “Хislаtlаr” kаbi kitоblаrini yozib tugаtdi. Imоm А’zаmning o’g’li
Hаmmоd   hаm   shogirdlаridаn   biridir.   Аbu   Hаnifа   o’z   fаrzаndining   nihоyatdа
оdоbli   vа   ахlоqli   qilib   tаrbiyalаb,   еtuk   оlim,   fоzil   pеshvо   dаrаjаsigа   chiqishigа
sаbаbchi   bo’lgаn.   Hаmmоd   аvvаl   Kufа   shahridа,   so’ngrа   vа   undаn   kеyin   Bаsrа
shahаrlаridа qоzilik mаnsаbidа ishlаgаn 56
. 
Shuni   tа’kidlаsh   kеrаkki,   Imоm   А’zаm   аsоs   sоlgаn   hаnаfiy   mаzhаbining
dаvlаt mаzhаbi dаrаjаsigа ko’tаrilishi, tаrаqqiy etishi vа kеng tаrqаlishidа mаzkur
оlimlаrdаn tаshqаri hаm ko’plаb оlimlаr ulkаn хizmаtlаr qilgаnlаr. 
Mа’lumki,   Хurоsоn   vа   Mоvаrоunnаhr   Umаviylаr   sulоlаsi   hukmrоnligi
dаvridа fаth qilingаn. Kеyinchalik, hаnаfiy mаzhаbining mаzkur hududlаrgа kirib
kеlishi   vа   kеng   yoyilishigа   yuqоridа   kеltirilgаn   оmillаr   tа’sir   ko’rsаtgаn .   Lеkin,
Islоm   dini   Хurоsоn   vа   Mоvаrоunnаhrgа   kirib   kеlgungаcha   hаm   shahаrlаrdа   ilm-
fаn, hunаrmаndchilik, аmаliy sаn’аt yuksаk rivоj tоpgаn vа O’rtа Оsiyoning yirik
ilmiy   hаmdа   mаdаniy   mаrkаzlаridаn   bo’lgаn.   Bu   esа,   kеyinchalik   mаzkur
mintаqаlаrning Islоm ilmlаri bo’yicha hаm еtаkchi hududlаrdаn bo’lishidа muhim
аhаmiyat kаsb etgаn. 
Аyni pаytdа Mоvаrоunnаhrdа hаnаfiy mаzhаbi еtаkchi bo’lgаn. Bu еrdа hаm
Аbu   Hаnifаning   bеvоsitа   shogirdlаri   fаоliyat   оlib   bоrgаn.   Nаtijаdа,
“Mоvаrоunnаhr   hаnаfiy   mаktаbi”   shakllаngаn 57
.   Bu   mаktаbdаn   ko’plаb   hаnаfiy
55
  Абдурашид қори Баҳромов. Имоми Аъзам асарлари.   – Т.: Мовароуннаҳр, 2003.   – Б.   23 . 
56
  Буюк   аждодларимиз   Абу   Ҳафс   Насафий   /   Д.Раҳимжонов;   масъул   муҳаррир   З.Исломов;   ЎзР   Вазирлар
Маҳкамаси   ҳузуридаги   Дин   ишлари   бўйича   қўмита,   Ўзбекистон   мусулмонлари   идораси,   Тошкент   ислом
университети,   Исломшунослик   илмий-тадқиқот   маркази.   –   Т.:   Тошкент   ислом   унверситети   нашрёт-матбаа
бирлашмаси, 2010.   – Б.   9 . 
57
  Қаранг:   Оқилов   С.   Мовароуннаҳрда   мотуридия   таълимотининг   шаклланиш   тарихи.   –   Т.:   Мовароуннаҳр,
2012.   –   Б.   31-32;   Мовароуннаҳрда   қозилик   ҳужжатлари:   тарихий   илдизлар   ва   таҳлиллий   ёндашувлар:
монография / И.И.Бекмирзаев; масъул муҳаррир З.Исломов. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси
ҳузуридаги Тошкент ислом университети.   – Т.:   Тошкент ислом университети, 2014.   – Б.   7 .  оlimlаri   еtishib   chiqqаn.   Jumlаdаn,   “Imоm   аl-hudо”,   “Imоm   аl-mutаkаllimin”
(“Hidоyat   yo’li   imоmi”,   “Mutаkаllimlаr   imоmi”)   nоmlаri   bilаn   ulug’lаngаn   Аbu
Mаnsur   Mоturidiy   hаm   mаzkur   mаktаbning   buyuk   vаkillаridаn   hisоblаnаdi.
Аllоmаning to’liq ismi Аbu Mаnsur Muhаmmаd ibn Muhаmmаd ibn Mаhmud аl-
Hаnаfiy аl-Mоturidiy аs-Sаmаrqаndiy bo’lib, 257/870 yili Sаmаrqаndning Mоturid
qishlоg’i   (hоzirgi   Jоmbоy   tumаni)dа   tаvаllud   tоpgаn.   U   yoshligidаn   ilm   оlishgа
ishtiyoqi   bаlаnd   bo’lgаn.   Ko’plаb   mаhаlliy   hаnаfiy   оlimlаrdаn   tа’lim   оlgаn.
Shuni   аlоhidа   tа’kidlаsh   kеrаkki,   Аbu   Mаnsur   Mоturidiy   ilm   оlish   shajаrаsi
ustоzlаri silsilаsi оrqаli Аbu Hаnifаgа bоg’lаnаdi . Shu tаriqа   Imоm Mоturidiy Аbu
Hаnifаning   yirik   izdоshlаridаn   vа   mаzhаb   аqidаsining   buyuk   оlimlаridаn   biri
bo’ldi.   Imоm   Mоturidiy   ko’plаb   аsаrlаr   yozgаn 58
.   “Kitоb   аt-tаvhid”
(“YAkkахudоlik   hаqidаgi   kitоb”),   “Tа’vilоt   аhl   аs-sunnа”   (“Sunniylik   аn’аnаlаri
sharhi”)   kаbi   аsаrlаri   shulаr   jumlаsidаn   hisоblаnаdi.   Аbu   Mаnsur   Mоturidiy
333/944   yili   Sаmаrqаnddа   vаfоt   etgаn   vа   vаsiyatigа   ko’rа,   Sаmаrqаnddаgi
CHоkаrdizа qаbristоnigа dаfn etilgаn. 
XIV   аsrdа,   ya’ni   Аllоmа   Tаftаzоniy   yashagаn   dаvrdа   hаm   Хurоsоn   vа
Mоvаrоunnаhrdа hаnаfiylik fiqhi  vа аqidаsi  еtаkchi  mаvqеdа bo’lgаn. CHig’аtоy
аvlоdlаri   hukrоnligi   dаvridа   hаm   mаzkur   hududlаrdа   hаnаfiylik   mаzhаbi   ustuvоr
hоlаtdа edi 59
. 
Mа’lumki,   tinch-tоtuvlik   bo’lgаn   jоydа   rivоjlаnish   vа   tаrаqqiyot   bo’lаdi.
Mаnа   shu   jihаtdаn,   Аmir   Tеmurning   mаrkаzlаshgаn   yirik   dаvlаt   bаrpо   etishi   vа
Sаmаrqаnd shahrini pоytахtgа аylаntirishi  o’sha  dаvrdа judа kаttа tаriхiy jаrаyon
bo’lgаn.   Аmir   Tеmur   Sаmаrqаnd   shahrigа   ko’plаb   turli   ilm   sоhаlаri   bo’yicha
оlimlаrni to’plаgаn vа ulаrning ilm-fаn bilаn shug’ullаnishlаrigа sharоitlаr yarаtib
bеrib,   o’zigа   хоs   аkаdеmiyagа   аsоs   sоlgаn.   Mаzkur   оlimlаr   qаtоridа   hаnаfiy
mаzhаbining   yirik   ulаmоlаri   hаm   bo’lib,   ulаr   mаdrаsа   vа   dаvlаt   mаnsаblаridа
fаоliyat   оlib   bоrgаnlаr.   Mo’g’ullаr   dаvridаn   kеyin,   Аmir   Tеmur   dаvridа   islоmgа
58
  Алимов У. Самарқандда калом илмининг ривожланиши.   – Т.: Мовароуннаҳр, 2008.   – Б.   63-66 . 
59
  Буюк   аждодларимиз   Абу   Ҳафс   Насафий   /   Д.Раҳимжонов;   масъул   муҳаррир   З.Исломов;   ЎзР   Вазирлар
Маҳкамаси   ҳузуридаги   Дин   ишлари   бўйича   қўмита,   Ўзбекистон   мусулмонлари   идораси,   Тошкент   ислом
университети,   Исломшунослик   илмий-тадқиқот   маркази.   –   Т.:   Тошкент   ислом   унверситети   нашрёт-матбаа
бирлашмаси, 2010.   – Б.   9 .  dаvlаt   dini   mаqоmining   qаytаrilishi   yangi   ulаmоlаr   tаbаqаlаrining   shakllаnishigа
оlib   kеldi .   Shuningdеk,   bu   hоlаtni   Хurоsоn   vа   Mоvаrоunnаhrdа   mаzkur   dаvrdа
yashab   ijоd   etgаn   hаnаfiy   mаzhаbining   ko’plаb   mаhаlliy   yirik   оlimlаri
fаоliyatlаridа hаm ko’rish mumkin 60
. 
Bu dаvrdа Mоvаrоunnаhrdа yashab ijоd etgаn yirik оlimlаridаn quyidаgilаrni
аlоhidа   tа’kidlаsh   kеrаkki,   ulаr   hаnаfiylik   mаzhаbining   yirik   nаmоyondаlаridаn
bo’lishlаri   bilаn   bir   qаtоrdа,   mоturidiya   tа’limоti   bo’yicha   аqоid   ilmigа   аtаb
аlоhidа аsаrlаr yozgаnlаr. 
1)   Аbdullоh   ibn   Аhmаd   ibn   Mаhmud   Hоfiziddin   Аbul   Bаrаkоt   аn-Nаsаfiy
(vаf.   710/1311   y.).   “Аl-Umdа”   nоmli   аsаri   mаturidiya   tа’limоtigа   аsоsidа
yozilgаn.   Bu   аsаrigа   o’zi   “аl-E’timоd   fi   аl-e’tiqоd”   (yoki   “аl-I’timоd   fi   sharhi-l-
Umdа”   (“аl-Umdа”   sharhigа   suyanish))   dеb   nоmlаngаn   sharh   yozgаn.   Аsаrni
698/1299 yildа yozib tugаtgаn . 
2)   Аl-Hаsаn   ibn   Аli   Hаjjоj   ibn   Аli   Hisоmiddin   аs-Sig’nаqiy   (vаf.   710/1310
y.) Buхоrо hаnаfiy fiqh mаktаbining yorqin vаkillаridаn hisоblаngаn. Fiqh ilmini
Hоfiziddin аl-Buхоriydаn o’rgаngаn 61
. 
3)   Sаdr   аsh-shari’а   Ubаydullоh   ibn   Mаs’ud   ibn   Tоj   аsh-shari’а   Umаr.
Оlimning bizgаcha kаlоm ilmigа оid “Tа’dil аl-ulum” nоmli аsаri еtib kеlgаn.   Ikki
qism   vа   еttitа   mаvzudаn   ibоrаt   bo’lgаn   ushbu   аsаrning   birinchi   qismi   mаntiq
ilmigа оid bo’lsа, ikkinchi qismi bеvоsitа hаnаfiya-mоturidiya аqidаviy tа’limоtigа
bаg’ishlаngаn. Ubаydullоh ibn Mаs’ud 750/1350 yili Buхоrоdа vаfоt etgаn 62
. 
60
  Олимнинг   мазкур   асари   мотуридийлик   эътиқодига   бағишланган   бўлиб,   “Умдат   ал-Ақоид”   (Ақидалар
асоси)  ёки  “Умдат  ақидат  аҳл  ас-сунна  вал-жамоа”  (Аҳл  ас-сунна  вал-жамоа  ақидасининг асоси)  ёхуд  “ал-
Умда   фи   усул   ад-дийн”   (Дин   асослари   ҳақидаги   асос)   деб   аталган   асари,   Нажмиддин   Абу   Ҳафс   Умар   ан-
Насафийнинг   “Ақоид   ан-Насафий”   рисоласи   асосида   яратган   ва   унда   баён   этилган   қарашларни   янада
ривожлантирган.   Шунинг   учун   ҳам   “ал-Умда”   мавзулари   ва   мавзулар   кетма-кетлиги   Абу   Ҳафс   ан-
Насафийнинг   асари   билан   деярли   бир   хил.   “ал-Умда”   билим   таърифидан   бошланиб,   халифалик   масаласи
билан   тугайди.   Абу-л-Баракот   ан-Насафий   “ал-Умда”   асари   муқаддимасида   асарни   қисқа   эканини
таъкидлаб,   уни   сўрагувчиларнинг   илтимослари   учун,   уларни   ботил   фирқалар   эътиқодидан   сақлаш
мақсадида   ёзганини   қайд   қилиб   ўтган.   Асарда   ҳар   бир   ақидавий   мавзу   фаслларга   ажратиб   баён   этилган
бўлиб, у муқаддима билан бирга 20 та фаслдан иборат . 
61
  Буюк   аждодларимиз   Абу   Ҳафс   Насафий   /   Д.Раҳимжонов;   масъул   муҳаррир   З.Исломов;   ЎзР   Вазирлар
Маҳкамаси   ҳузуридаги   Дин   ишлари   бўйича   қўмита,   Ўзбекистон   мусулмонлари   идораси,   Тошкент   ислом
университети,   Исломшунослик   илмий-тадқиқот   маркази.   –   Т.:   Тошкент   ислом   унверситети   нашрёт-матбаа
бирлашмаси, 2010.   – Б.   9 . 
62
  Оқилов   С.   Мовароуннаҳрда   мотуридия   таълимотининг   шаклланиш   тарихи.   –   Т.:   Мовароуннаҳр,   2012.   –
Б.   106 .  4)   Аbulhаsаn   Аli   ibn   Muhаmmаd   Sаyyid   Sharif   Jurjоniy   740/1339   yili
Аstrоbоd   yaqinidаgi   Tоgu   (Tоju)   qishlоg’idа   tug’ilgаn.   Sоhibqirоn   Аmir   Tеmur
tаklifi   bilаn   Sаmаrqаndgа   kеlgаn   vа   sаrоyidа   yashab   ijоd   etgаn   yirik   mufаssir,
mutаkаllim,   muhаddis,   shoir   vа   аstrоnоm.   SHеrоzdаgi   “Dоr   аsh-shifо”
mаdrаsаsidа 10 yil mudаrrislik qilgаn, Оltin O’rdаdа uzоq muddаt yashab, Jоnibеk
dаvri   (741-758/1341-1357)dа   yirik   аllоmа   sifаtidа   shuhrаt   qоzоngаn,   mаzkur
хоngа аtаb аrаb tili grаmmаtikаsigа dоir “Mutаvvаl” аsаrini yozgаn. 789/1387 yili
Аmir   Tеmur   SHеrоzni   zаbt   etgаch,   uni   Sаmаrqаndgа   оlib   kеlgаn.   Оlim
Sаmаrqаnddа   butun   Mоvаrоunnаhr   оlimlаri   rаhbаri   dаrаjаsigа   ko’tаrilgаn.   U   bu
еrdа mudаrrislik qilish bilаn birgа аrаb vа fоrs tillаridа ilmi kаlоm, fаlsаfа, mаntiq,
nаhvgа   dоir   ko’plаb   risоlаlаr   yozgаn.   “Аl-Usul   аl-mаntiqiya”,   “Tаrjumоn   аl-
Qur’оn”,   “Fаnn   аl-muаmmо   vа   usul   vа   tаsоrif   bаfоrsiy”   kаbi   аsаrlаri   shulаr
jumlаsidаndir.   U   Аmir   Tеmur   vаfоtidаn   kеyin   SHеrоzgа   qаytib   kеtib,   816/1413
yildа o’sha еrdа vаfоt etgаn 63
. 
5)   Hizr   Chalаbiy   (810-863/1408-1459).   Оlimning   to’liq   ismi   Ibn   Jаlоliddin
Hizr   biy   bo’lib,   kаlоm   ilmigа   оid   “аl-Qаsidа   аn-nuniya   fi   аl-аqоid”   nоmli   аsаri
bilаn shuhrаt qоzоngаn . 
6)   Bu   dаvrdа   ijоd   etgаn   hаnаfiy   mаzhаbining   yirik   оlimlаridаn   yanа   biri
Аlоuddin   Muhаmmаd   ibn   Muhаmmаd   ibn   Muhаmmаd   ibn   Muhаmmаd   Buхоriy
Hаnаfiy   bo’lib,   u   Аllоmа   Tаftаzоniyning   shogirdlаridаn   hisоblаnаdi.   Аlоuddin
Buхоriy   аyni   pаytа   Nаqshbаndiya   tаriqаtining   yirik   vаkllаridаn   bo’lishi   bilаn   bir
qаtоrdа fiqh, аqоid vа bоshqа shu kаbi ilmlаrning yеtuk оlim bo’lgаn 64
. 
7)   Ya’qub   Charхiy   Usmоn   ibn   Muhаmmаd   tахminаn   764/1363   yili
G’аznаdаgi   Charх   qishlоg’idа   tаvаllud   tоpgаn.   Charхiy   bоshlаng’ich   tа’limni
аvvаl Charхdа, so’ng G’аznаdа оlgаndаn kеyin 762/1380 yili Hirоtdаn Buхоrоgа
63
  Б уюк   аждодларимиз   Абу   Ҳафс   Насафий   /   Д.Раҳимжонов;   масъул   муҳаррир   З.Исломов;   ЎзР   Вазирлар
Маҳкамаси   ҳузуридаги   Дин   ишлари   бўйича   қўмита,   Ўзбекистон   мусулмонлари   идораси,   Тошкент   ислом
университети,   Исломшунослик   илмий-тадқиқот   маркази.   –   Т.:   Тошкент   ислом   унверситети   нашрёт-матбаа
бирлашмаси, 2010.   – Б.   9 .  
64
  Абу Ҳанифа Нуъмон ибн Собит (ваф. 150/769 й.)нинг шогирдлари ал-Имом Абу Абдуллоҳ Муҳаммад ибн
ал-Ҳасан аш-Шайбоний (ваф. 189/805 й.) ва Абу Сулаймон Мусо ибн Сулаймон ал-Жузжоний (ваф. 200/816
й.)лардан   аш-Шайх   ал-Фақиҳ   Абу   Бакр   Аҳмад   ибн   Исҳоқ   ал-Жузжоний   (ваф.   200/816   й.)   таълим   олган
бўлиб,   ундан   Абу   Мансур   Мотуридий   таълим   олган.   Қаранг:   Оқилов   С.   Мовароуннаҳрда   мотуридия
таълимотининг шаклланиш тарихи.   – Т.:   Мовароуннаҳр, 2012.   – Б.   72-75 .  kеlаdi. Buхоrоdа u Bаhоuddin Nаqshbаnd (718-791/1318-1389) bilаn uchrаshadi,
Charхiyni   muridlikkа   qаbul   qilib,   zikr   аytish   qоidаsidаn   tа’lim   bеrаdi.   U
Nаqshbаnd vаfоtidаn so’ng Bаdахshondа, so’ng Аlоuddin Аttоr (vаf. 802/1399 y.)
tаklifi bilаn Chag’оniyondа yashadi. Аttоr vаfоtidаn so’ng tо umrining охirigаcha
Hаlg’аtu   qishlоg’idа   (Dushanbе   yaqinidа)   yashab,   o’z   аsаrlаri   vа   fаоliyati   bilаn
nаqshbаndiya tаriqаtining yirik shayхlаridаn bo’lib, mаzkur tаriqаt rivоjigа ulkаn
hissа qo’shgаn vа 851/1447 yili Dushanbеdа vаfоt etgаn. 
Ya’qub  Charхiy  nаfаqаt   tаriqаt  murshidi,  bаlki  еtuk  оlim  hаm  bo’lib,  аqоid,
tаsаvvuf, fiqh, tаfsir vа dаvlаtchilikkа оid аsаrlаr yozgаn. U o’z hаyoti dаvоmidа
10 gа yaqin risоlа yozgаni hаqidа mаnbаlаrdа mа’lumоt kеltirilgаn. Lеkin, ulаrdаn
quyidаgilаri   hоzirdа   mа’lum:   “Risоlаi   qudsiya”,   “Risоlаi   аbdоliya”,   “Sharhi
аsmоullоh”,   “Risоlаi   unsiya”,   “Tаfsiri   Charхiy”,   “Kitоb   аl-fаrоiz”,   “Risоlа   dаr
mаnоqib vа аqоid”. 
8)   Imоm   Fаsihuddin   Muhаmmаd   ibn   Muhаmmаd   ibn   Аli   аl-Mаrvаziy
759/1358  yili  tug’ilgаn.  Hаnifiy  mаzhаbi   еtаkchisi   vа  fiqh  bo’yicha  imоmlаrning
bоshlig’i bo’lgаn 65
. 
Tаsаvvuf ilmining Nаqshbаndiya mаktаbi islоm оlаmigа mutаsаvvif shayхlаr
bilаn bir qаtоrdа еtuk оlimlаrni hаm еtishtirib bеrgаn edi. Аnа shundаy zоtlаrdаn
biri   Хоjа   Muhаmmаd   Pоrsо   аl-Buхоriydir.   Uning   to’liq   ismi
Muhаmmаd   ibn   Mаhmud аl-Hоfiz аl-Buхоriy bo’lib, mаdrаsаlаrdа  o’qib, Qur’оn,
hаdis, kаlоm kаbi turli diniy ilmlаrni chuqur o’rgаngаn vа zаmоnаsining zаbаrdаst
kishilаridаn   biri   bo’lib   еtishgаn.   U   Bаhоuddin   Nаqshbаnddаn   so’ng   Mаrkаziy
Оsiyodа   nаqshbаndiya   оqimining   eng   yirik   vаkili   hаmdа   tаrg’ibоtchisi   sifаtidа
mаshhur bo’lgаn. 
65
  Олимнинг   мазкур   асари   мотуридийлик   эътиқодига   бағишланган   бўлиб,   “Умдат   ал-Ақоид”   (Ақидалар
асоси)  ёки  “Умдат  ақидат  аҳл  ас-сунна  вал-жамоа”  (Аҳл  ас-сунна  вал-жамоа  ақидасининг асоси)  ёхуд  “ал-
Умда   фи   усул   ад-дийн”   (Дин   асослари   ҳақидаги   асос)   деб   аталган   асари,   Нажмиддин   Абу   Ҳафс   Умар   ан-
Насафийнинг   “Ақоид   ан-Насафий”   рисоласи   асосида   яратган   ва   унда   баён   этилган   қарашларни   янада
ривожлантирган.   Шунинг   учун   ҳам   “ал-Умда”   мавзулари   ва   мавзулар   кетма-кетлиги   Абу   Ҳафс   ан-
Насафийнинг   асари   билан   деярли   бир   хил.   “ал-Умда”   билим   таърифидан   бошланиб,   халифалик   масаласи
билан   тугайди.   Абу-л-Баракот   ан-Насафий   “ал-Умда”   асари   муқаддимасида   асарни   қисқа   эканини
таъкидлаб,   уни   сўрагувчиларнинг   илтимослари   учун,   уларни   ботил   фирқалар   эътиқодидан   сақлаш
мақсадида   ёзганини   қайд   қилиб   ўтган.   Асарда   ҳар   бир   ақидавий   мавзу   фаслларга   ажратиб   баён   этилган
бўлиб, у муқаддима билан бирга 20 та фаслдан иборат .  Хоjа   Muhаmmаd   Pоrsо   nаfаqаt   vаliullоh,   bаlki   o’z   dаvrining   yirik
оlimlаridаn ediki, u turli ilm  sоhаlаri  bo’yicha ko’plаb аsаrlаr  yozgаn. Jumlаdаn,
quyidа   аsаrlаri   bugungi kungаcha sаqlаnib qоlgаn: 
1)   “Risоlаi   qudsiya”   (“Хоjа   Bаhоuddinning   qudsiy   kаlimаlаri   hаqidаgi
risоlа”) 
2) “Muqаddimа li-Jоmi’ аl-kаlim” (“Jоmi’ аl-kаlim” kitоbigа muqаddimа”). 
3) “Tаhqiqоt” (“Tаsаvvuf istilоhlаri hаqidа risоlа”). 
4) “Tаfsiri Qur’оn” (“Qur’оn tаfsiri”). 
5) “Аl-hаdis ul-аrbа’unа” (“Qirq hаdis”). 
6) “Risоlа dаr оdоbi murid” (“Murid оdоblаri hаqidа risоlа”). 
7) “Risоlаi kаshfiya” (“Kаrоmаtlаr hаqidа risоlа”). 
8) “Risоlаi mаhbubiya” (“Do’stlik hаqidа risоlа”). 
9) “Sharhi “Fiqhi Kаydоniy” (“Fiqhi Kаydоniy” аsаrining sharhi”) 66
. 
Хоjа   Muhаmmаd   Pоrsоning   “Hаftоdu   du   firqа”   (“Еtmish   ikki   firqа”)   vа
“E’tiqоdоt”   (“E’tiqоd   hаqidа   risоlа”)   аsаrlаri   аqоid   ilmigа   оiddir.   Хоjа
Muhаmmаd   Pоrsо   Hаj   ziyorаtini   аmаlgа   оshirgаch,   kаsаlgа   chalinib,   72   yoshidа
(vаf. 823/1420 y.) Mаdinаdа vаfоt etаdi . 
Хulоsа   qilib   аytgаndа,   XIV-XV   аsrlаrdа   Mоvаrоunnаhrdа   Hаnаfiy   mаzhаbi
kеng tаrqаlgаn. Аmir Tеmur hukmrоnligi dаvridа islоm dinining qаytа dаvlаt dini
mаqоmigа   ko’tаrilishi   judа   kаttа   tаriхiy   vоqеа   bo’ldi.   Bundа   esа,   Хurоsоn   vа
Mоvаrоunnаhrdаn hаnаfiylik  mаzhаbi  оlimlаrining ko’plаb еtishib  chiqqаnligi   vа
ulаrning ilmiy vа dаvlаt mаnsаblаridаgi fаоliyatlаri muhim аhаmiyat kаsb etgаn. 
Zikr   etilgan   nuqtalardan   ko‘rinib   turibdiki,   mo‘‘tazila   firqasi   bizning
moturidiya aqidamizga xilof ravishda alohida nazariyaga asos solganlar. Nozik va
qaltis joyi shu yerdaki, mazkur 18 bandda aytib o‘tilgan narsalarda ancha-muncha
aqlli,   ziyolilar,   hatto,   ulamolar   ham   chalg‘ib   ketishlari   hech   gap   emas.   Shuning
uchun ham o‘zimizning sunniy, hanafiy, moturidiy aqidamizga oid kitoblarni ko‘p
mutolaa qilish va dilga jo etish eng zarur ishlardandir. 
66
  Буюк   аждодларимиз   Абу   Ҳафс   Насафий   /   Д.Раҳимжонов;   масъул   муҳаррир   З.Исломов;   ЎзР   Вазирлар
Маҳкамаси   ҳузуридаги   Дин   ишлари   бўйича   қўмита,   Ўзбекистон   мусулмонлари   идораси,   Тошкент   ислом
университети,   Исломшунослик   илмий-тадқиқот   маркази.   –   Т.:   Тошкент   ислом   унверситети   нашрёт-матбаа
бирлашмаси, 2010.   – Б.   9 .  Sunniy-hanafiy musulmonlar yana shuni yaxshi bilib olishlari kerakki, hanafiy
mazhabimizga hasad qilganlaridek, moturidiya aqidamizga ham hasad ko‘zi bilan
qarash,   uning   sha’niga   tuhmat-bo‘hton   yog‘dirish   jarayoni   hali   hanuz   to‘xtagan
emas.   Aqida   faniga   oid   yozib   kelinayotgan   asarlarni   mutolaa   qilib   ko‘rsangiz,
buning   guvohi   bo‘lasiz.   Ayniqsa,   arab   dunyosida   nashr   qilinayotgan   asarlarning
deyarli   90  foizida  moturidiya  aqidasini  buzib  ko‘rsatishlar,  hatto,  uni  Ahli  Sunna
jamoatiga   qo‘shmagan   holda   zikr   qilishlar,   ash’ariya   aqidasini   esa,   mutlaqo
kamchiliklarini   ko‘rsatmaslik,   balki   uni   yagona   to‘g‘ri   aqida   deb   talqin   qilishlar
uchrab turibdi. Bunga misol qilib Riyozlik arab yozuvchisi Ahmad ibn Avazulloh
ibn   Doxil   al-Luhaybiyning   «Al-Moturidiya   dirosatan   va   taqviman»   nomli   kitobi,
Doktor   Mahmud   Qosimning   «Muqaddimat   Ibnir-Rushd»   kitobi,   Vahiduddinxon,
Abdulhalim   Qunbus,   Fathiy   Yakan,   Abduljabbor   («Al-Mug‘niy»   muallifi)   kabi
yozuvchilarning   asarlari,   «Sharhul-usulil-xamsa»   kitobi   va   boshqalarni   keltirish
mumkin.
Lekin o‘zlari arab yoki g‘arb yozuvchilari bo‘la turib, moturidiya haqida insof
bilan haqiqatni  yozgan olimlar  ham  mavjudligi  kishini  quvontiradi. Bunga  Shayx
Moturidiy va uning ilmi kalomga oid fikrlari to‘g‘risida kattagina bir kitob yozgan
arab olimi Doktor Ali Abdulfattoh al-Mag‘ribiyni, Abu Mansur qalamiga mansub
«at-Tavhid»   kitobini   tahqiq   etib,   nashrga   tayyorlagan   olim   Doktor   Fathulloh
Xulayf va nemis olimi Ulrix Rudolfni misol qilib keltirsa bo‘ladi.  Ular shayx Abu
Mansur Moturidiy va uning merosini xolisona baholaganlar. 
3.2.  Mоturidiya tа’limоtining   hоzirgi kundаgi аhаmiyati
Vаqt   o’tishi   bilаn   bа’zi   kitоblаrning   lug’аviy   vа   uslub   jihаtidаn   tushunish
qiyinlаshishi tаbiiy. Bu hаr bir dаvr jаmiyatidа sоdir bo’lаdigаn ijtimоiy-siyosiy vа mа’nаviy-mа’rifiy   jаrаyonlаrgа   bоg’liq   hisоblаnаdi.   Bu   hоlаtni   Аbu   Hаfs   Umаr
Nаsаfiy vа Sа’duddin Tаftаzоniy yashagаn dаvr muhitlаri misоlidа hаm ko’rinаdi.
Sа’duddin   Tаftаzоniyni   “Аqоid   Nаsаfiya”gа   sharh   yozishgа   undаgаn   mаzkur
sаbаb аsоsiy оmillаrdаn biri sifаtidа turtki bo’lgаn dеsаk yanglishmаgаn bo’lаmiz. 
“Sharh   аl-аqоid   аn-nаsаfiya”   аsаri   аsrlаr   dаvоmidа   o’zining   аqоid   ilmigа
tааlluqli   mаnbа   sifаtidаgi   аhаmiyatini   yo’qоtmаgаn.   Bungа   аsаrning   islоm   оliy
o’quv   yurtlаridа   dаrslik   sifаtidа   o’qitilishi   vа   ungа   yozilgаn   hоshiyalаr   yaqqоl
misоl bo’lаdi. 
“Tаriхdаn   mа’lumki,   Rаsulullоh   (s.а.v.)   zаmоnlаridа   islоm   ummаti   dinning
usuli   vа   furu’sidа 67
  yagоnа   e’tiqоd   vа   bir   хil   ibоdаtdа   muqim   edi.   Ulаrning
o’rtаlаridа   iхtilоf   chiqishi   vа   firqаlаrgа   bo’linish   Rаsulullоh   vаfоtlаridаn   kеyin
bоshlаngаn.   O’sha   pаytdа   chiqqаn   bir   nеchtа   аqidаviy   iхtilоflаr   bаrtаrаf   etilgаn
bo’lishigа   qаrаmаsdаn   hоzirgi   kungа   qаdаr   dаvоm   etib   kеlаyotgаnlаri   hаm   bоr.
Islоmdа   turli   tоifаdаgi   firqаlаr   sоn-sаnоqsiz   bo’lib,   hоzirdа   hаm   o’zаrо   ziddiyat,
g’аrаzlаr yo’lidа turli guruhlаrgа bo’linib, tаfriqаlаnish dаvоm etmоqdа” 68
. 
Sа’duddin   Tаftаzоniyning   “Sharh   аl-аqоid   аn-nаsаfiya”   аsаridа   hаm   turli
dаvrlаrdа   pаydо   bo’lgаn   оqimlаr   tоmоnidаn   dаlillаrni   nоto’g’ri   tаlqin   qilib
o’zlаrining mаnfааtlаrini himоya qilish mаqsаdidа vаqti-vаqti bilаn tаkrоrlаnuvchi
bа’zi  аqidаviy vа fiqhiy mаsаlаlаr  bаyon etilgаn. Mаzkur  hоlаtni  bugungi  kundа,
biz   yashayotgаn   jаmiyat   hаyotidаgi   ijtimоiy-siyosiy   munоsаbаtlаridа   hаm
kuzаtilаyotgаnligi bir tоmоndаn аchinаrli hоlаt bo’lsа, ikkinchi tоmоndаn jаmiyat
bаrqаrоrligigа jiddiy хаvf hisоblаnаdi. 
Bа’zi   bir   zаmоnаviy   аdаshgаn   оqimlаr   musulmоnlаr   оrаsidа   fitnа   chiqаrish
mаqsаdidа аtаyin, аsоssiz  bir qаncha аqidаviy mаsаlаlаrni ko’tаrib chiqmоqdаlаr.
Аslini   оlgаndа,   mаzkur   jаrаyonlаr   dindаn   yomоn   mаqsаdlаrni   аmаlgа   оshirish
uchun   fоydаlаnishdаn   o’zgа   nаrsа   emаs.   Vаhоlаnki,   islоm   –   tinchlik   vа   mа’rifаt
dinidir.   Bu   hаqiqаt   hеch   kimgа   sir   emаs.   Lеkin,   bu   hаqiqаtni   bа’zilаr   bоshqа
tоmоngа burishgа hаrаkаt qilmоqdаlаr. Quyidа mаzkur аsаrdа kеltirilgаn bugungi
67
  Бу ерда ақида ва амалий ибодатлар назарда тутилган .
68
  Қаранг:   Обидов Р.   Қуръон мавзуларининг маънавий-тарихий аҳамияти: (Монография)   / Масъул муҳаррир
А.Ҳасанов;   ЎзР   Вазирлар   Маҳкамаси,   Тошкент   ислом   университети.   –   Т.:   Тошкент   ислом   университети,
2006.   – Б.   146 . kundа   hаm   o’zining   dоlzаrbligi   jihаtidаn   muhim   bo’lgаn   bir   nеcha   iхtilоfli
аqidаviy mаsаlаlаrgа to’хtаlib o’tаmiz. 
Аqоid   ilmidаgi   muhim   mаsаlаlаrdаn   biri   “gunоhi   kаbirа”   (“kаttа
gunоh”)   qilgаn   musulmоn   kishining   hоlаti   to’g’risidаgi   qаrаshlаr   hisоblаnаdi.
Аsаrdа bu mаsаlа bаtаfsil yoritilgаn:   يِف  هُل ِخ	?دُت  	َلَّا و  	ِنا	َم?يِ?لَّاا  َن ِم  	َن ِم	?ؤُم?لا  	َد?بَع?لا  	ُجِر?خُت  	َلَّا ُةَري	ِبَك?لاو
ِ	
ر???فُك?لا   .   Tаrjimаsi.   Gunоhi   kаbirаlаr   mu’min   bаndаni   imоndаn   hаm   chiqаrmаydi,
kufrgа hаm kirgizmаydi. 
Mаzkur   mаsаlа   sharhidа   Sа’duddin   Tаftаzоniy   dаstlаb   “ ُ	
ةَري	ِبَك?لا
” ,   ya’ni   gunоhi
kаbirа   to’g’risidаgi   rivоyatlаrdа   iхtilоf   qilingаnligini   аytаdi   vа   gunоhi   kаbirаlаrni
bаyon qilib, Ibn Umаr(r.а.)dаn   gunоhi kаbirаlаr to’qqiztаligi to’g’risidаgi qilingаn
rivоyatni kеltirаdi: 
ُ	
ل???كَأ و 	ُر?ح	ّ??سلا و  ِف	???ح?زلا نم 	ُرا	َر??ِف?لا 	َو ا	??َنِّزلا و  ِتا	َن	َ??ص	?حُم?لا 	?ُف	?ذَقو 	ٍّق	َح 	ِر?يَغِب 	ِس	?ف?نلا 	ُل?تَق و للهاب 	ُكا	َر?ش	?لَّاا
ِ	
ن?يَمِل	?سُم?لا 	ِن?يَدِلا	َو?لا 	ُقو	ُقُع و 	ِميِت	َي?لا 	ِلا	َم 
َ	رَح?لا يِف 	ُداَح?ل?لَّاا و
ِ	م  
Tаrjimаsi.   “Аllоh   tаоlоgа   shirk   kеltirish,   nоhаq   оdаm   o’ldirish,   iffаtli
аyollаrni   bo’htоn   qilish,   zinо,   jаng   mаydоnidаn   qоchish,   sеhr   qilish,   еtimning
mоlini еyish, musulmоn оtа-оnаning gаpigа qulоq sоlmаslik (оq bo’lish) vа hаrаm
(Mаkkаdаgi muаyyan hudud)dа buzg’unchilik qilish” 69
. 
Yanа Sа’duddin Tаftаzоniy Аbu Hurаyrа (r.а.) “ribоni еyish” (“ اب	
ّرلا لكأ ” )ni vа
Аli   (r.а.)   “o’g’irlik”   (“ ةقر	
ّ??سلا ” ),   “хаmr   ichish”   (“ رمخلا بر	??ش ” )lаrni   hаm   gunоhi
kаbirаlаr sirаsigа qo’shgаnini аytаdi. 
Tаftаzоniy   mаzkur   hаdisni   kеltirgаnidаn   so’ng   gunоhi   kаbirа   bоrаsidа
mutаkаllimlаr tоmоnidаn аytilgаn uchtа tа’rifni kеltirib o’tаdi: 
1)   Hаr   qаndаy   buzg’unchilik   mаzkur   hаdisdа   tilgа   оlingаn   gunоhlаrgа
o’хshash yoki fаsоdi ulаrdаn-dа yomоnrоq bo’lgаn аmаllаr; 
2)   Shori’   (Аllоh   vа   uning   rаsuli)   tоmоnidаn   mаzkur   hаdisdа   bеlgilаngаn
аmаllаr, хоlоs; 
3)   Hаr   qаndаy   gunоh   dоimiy   vа   muntаzаm   qilinаdigаn   bo’lsа,   u   gunоhi
kаbirаdir. Аgаr hаr qаndаy gunоhgа tаvbа qilinаdigаn bo’lsа, u sаg’irаdir. 
69
  Қаранг:   Обидов Р.   Қуръон мавзуларининг маънавий-тарихий аҳамияти: (Монография)   / Масъул муҳаррир
А.Ҳасанов;   ЎзР   Вазирлар   Маҳкамаси,   Тошкент   ислом   университети.   –   Т.:   Тошкент   ислом   университети,
2006.   – Б.   146 . Shu   еrdа   Tаftаzоniy   buхоrоlik   mаshhur   mutаkаllim   Nuruddin   Sоbuniy   (vаf.
580/1184   y.)   qаlаmigа   mаnsub   “аl-Kifоya”   аsаridаn   iqtibоs   kеltirgаn.   Gunоhi
kаbirаlаrgа kufr gunоhi kirmаsligi hаqidаgi Sоbuniyning fikrini Tаftаzоniy dаvоm
qildirib,  kufrdаn  bоshqа  gunоhi   kаbirаlаr  mu’min  bаndаni  imоndаn  chiqаrmаydi,
dеb хulоsа qilаdi . 
Kеyin esа, “gunоhi kаbirаlаr mu’min bаndаni imоndаn chiqаrmаydi” (“
ُجِر?خُت 	َلَّا
ِ	
نَم?يِ?لَّاا َن ِم 	َن ِم	?ؤ???ُم?لا 	َد????بَع?لا ” )   jumlаsini   sharhlаshgа   o’tib,   “tаsdiq   hоlаtidа   turish   bu
imоnning   hаqiqаtidir”   (ya’ni   imоnni   tаsdiqlаsh),   dеydi.   Sharh   dаvоmidа   bu
fikrning   mu’tаziliylаrgа   хilоf   ekаni   tа’kidlаnib,   ulаr   gunоhi   kаbirа   qilgаn
musulmоn bаndа mu’min hаm, kоfir hаm bo’lmаydi, bаlki “ikki mаnzil o’rtаsidа”
(“ نيت	
??لزنملا نيب ةلزنملا ” )   bo’lаdi,   dеb   hisоblаshlаri   tаnqid   qilinаdi.   Chunki,   ulаrning
nаzdidа аmаllаr imоnning bir qismidir, dеb аytilаdi . 
Sа’duddin Tаftаzоniy “gunоhi kаbirаlаr mu’min bаndаni kufrgа kirgаzmаydi”
(“ رفكلا يف ه	
???لخدت 	لَّا و ” )   jumlаsini   sharhlаb,   bu   хоrijiylаrgа 70
  хilоf   vа   ulаr   gunоhi
kаbirа   qilgаn hаm,  kichik gunоh  qilgаn hаm   kоfir   hаmdа аlbаttа,  u  imоn  vа  kufr
o’rtаsidа bo’lmаydi dеb tа’kidlаgаnlаr, dеydi . 
Mаzkur   mаsаlа   yuzаsidаn   “bizning   qаrаshlаrimiz”   dеya   dаlillаrni   birmа-bir
kеltirаdi: 
Birinchidаn,   imоnning   tub   mаg’izlаridаn   biri   bu   qаlb   bilаn   tаsdiq   qilish
hisоblаnаdi.   Mu’min   imоn   shartlаrini   inkоr   etmаguncha,   u   o’zining   imоnini
yo’qоtgаn   hisоblаnmаydi.   Shahvаt,   tаkаbburlik,   fахrlаnish   yoki   dаngаsаlik
g’оlibligi uchun bir gunоhi kаbirа qilgаni bilаn undаgi jаzоlаnish хаvfi, kеchirilish
umidi   vа   tаvbа   qilish   niyatini   qo’shgаndа   mu’minlikni   inkоr   qilib   bo’lmаydi.
Аlbаttа, hаrоmni hаlоl sаnаsh vа аqidаviy mаsаlаlаrgа hurmаtsizlik bildirish yo’li
bilаn   bo’lsа,   kufr   bo’lаdi.   Chunki,   uning   bo’lishi   shariаtni   rаd   vа   inkоr   etish
bеlgisidir. Shori’ (Аllоh vа uning rаsuli) rаd etish uchun bеlgilаb qo’ygаn ish, bu
shak-shubhаsiz   gunоhdir.   Shuningdеk,   uning   mаvjudligi   shar’iy   dаlillаr   bilаn
bilinаdi.   But-sаnаmlаrgа   sаjdа   qilish,   Mushafni   оyoqоsti   qilish,   kufr   so’zlаrni
gаpirish vа bоshqа shu kаbi dаlillаr bilаn sоbit bo’lgаn hоlаtlаr, аlbаttа, kufrdir . 
70
  Исломда илк ихтилоф қўзғаб, Аҳл ас-сунна вал-жамоадан ажралиб чиққан тоифа . Birоq, Tаftаzоniy tа’kidlаydiki, imоn tаsdiq vа iqrоrdаn ibоrаt bo’lgаni bоis,
tаvbа qilgаnini tаsdiqlаngаn hоlаtdа yoki undаgi kufr аmаllаr vа lаfzlаrdаn ibоrаt
shubhа   vа   inkоrlаrni   аniq   bilib   bo’linmаydigаn   bo’lsа,   islоmni   e’tirоf,   tаsdiq   vа
iqrоr qilgаn insоnni аslо kоfir dеmаslik zurur bo’lаdi . 
Ikkinchidаn.   Umumаn,   Qur’оni   kаrim   оyatlаri   vа   hаdislаrdа   mu’minning
gunоhkоr bo’lishigа dаlоlаt qilаdi. 
Qur’оni   kаrim   оyatlаri:   ىَل?تَق?لا يِف 	ُصا	َ??صِق	?لا ُمُك?يَلَع 	َبِت	ُك او	??ُنَمَآ َنيِذ	?لا ا	??َهُّيَأ ا??َي   .   “Ey,   imоn
kеltirgаnlаr! Sizlаrgа o’ldirilgаn kishilаr uchun qаsоs (оlish) fаrz qilindi” . 
ا	
ًحو	ُص	َن ًةَب?وَت ِ	?للها ى	َلِإ ?اوُبوُت او	ُنَمَآ َنيِذ	?لا ا	َهُّيَأ ا	َي  “ Ey, imоn kеltirgаnlаr! Аllоhgа chin tаvbа
qilingiz” 71
. 
?	
او??ُلَتَت?قا 	َنيِن ِم	?ؤ??ُم?لا 	َن ِم 	ِنا	??َتَفِئا	َط 	?نِإَو  “ Аgаr   mu’minlаrdаn   ikki   tоifа   o’zаrо   urushib
qоlsаlаr”   72
. 
Sа’duddin   Tаftаzоniy   mаzkur   оyatlаrdаn   tаshqаri   hаm   mаvzugа   tааlluqli
оyatlаr ko’pligini аytаdi . 
Uchinchidаn,   Nаbiy   (s.а.v.)   dаvri   ummаti   ijmоsi   bizning   kunimizgа   hаm
tеgishlidir:   аhli   qiblаdаn   tаvbа   qilmаsdаn   vаfоt   etgаn   bаndаgа   jаnоzа   nаmоzini
o’qish,   ulаrning   hаqigа   duо   qilish,   mаg’firаt   so’rаsh   kеrаk.   Аgаrdа   ulаr   ilm
bilаn   gunоhi kаbirаlаr qilgаn bo’lsаdа, bu ittifоqdаn kеyin bаndаni mu’min dеyish
jоiz bo’lаdi . 
Bu   dаlillаrdаn   kеyin   Sа’duddin   Tаftаzоniy   mu’tаziliy   vа   хоrijiylаrning
tа’limоtlаrini kеltirib, ulаrning qаrаshlаri bоtilligini isbоtlаb bеrаdi. 
Mo’’tаziliy   оqimi   o’zlаrning   аqidаlаrini   аsоslаsh   mаqsаdidа   fikrlаrini   bаyon
etib, quyidаgi ikkitа dаlilni kеltirgаn: 
Birinchidаn,   ummаt   gunоhi   kаbirа   qilgаn   mu’minni   fоsiq   bo’lishigа   ittifоq
qilgаn. Bundаn mu’tаziliylаr “fоsiq” kishi  “mu’min emаs” Хоrijiylаr  esа, “kоfir”
bo’lаdi dеydilаr. 
71
  Қаранг:   Обидов Р.   Қуръон мавзуларининг маънавий-тарихий аҳамияти: (Монография)   / Масъул муҳаррир
А.Ҳасанов;   ЎзР   Вазирлар   Маҳкамаси,   Тошкент   ислом   университети.   –   Т.:   Тошкент   ислом   университети,
2006.   – Б.   146 .
72
  Норқобилов   М.   Саъдуддин   Тафтазоний   “Шарҳ   ал-ақоид”   асарининг   ёзилиш   тарихи   ва   ижтимоий
зарурати // Имом Бухорий сабоқлари . 2020 йил № 3.  – Б. 19.  Shuning   uchun   mu’tаziliylаr   аytаdilаr:   “Biz   ittifоqni   оlаmiz.   U   to’g’ridаgi
iхtilоfni tаrk etаmiz. Biz аytаmiz:   gunоhi kаbirа   qilgаn mu’min fоsiqdir; u mu’min
hаm, kоfir hаm, munоfiq hаm emаs” . 
Sа’duddin   Tаftаzоniy   mo’’tаziliylаrning   bu   dа’vоlаrigа   quyidаgicha   rаddiya
bеrаdi:   Mu’tаziliylаr   “ikki   mаnzil   o’rtаsidа”   (“аl-mаnzil   bаynа-l-mаnzilаtаyn”)
tа’limоti   sаlаflаr   (o’sha   dаvrdаn   оldin   yashagаn   оlimlаr)ning   “ikki   mаnzil
o’rtаsidа”   bo’lmаydi,   dеgаn   аqidаsigа   хilоf   bo’lib,   mu’tаziliylаrning   bu   tа’limоti
bоtildir . 
Ikkinchidаn,   gunоhi   kаbirа   qilgаn   musulmоn   mu’min   bo’lmаydi.   Qur’оni
kаrimdаn mu’tаziliylаr ushbu оyatni dаlil qilib kеltirаdilаr:  اًق ِسا	َف َنا	َك 	?نَمَك ا	ًن ِم	?ؤُم 	َنا	َك 	?نَمَفَأ
َ	
نو	ُوَت?سَي  	َلَّا . “Ахir, mu’min kishi bilаn fоsiq (itоаtsiz) kimsа tеng bo’lurmi?! (Yo’q),
bаrоbаr bo’lmаslаr!” 73
.  
Bu   оyatdа   mu’min   fоsiqqа   qаrаmа-qаrshi   qo’yilgаn.   Rаsulullоh   (s.а.v.)
аytdilаr: “Zinоkоr bаndа zinо qilаyotgаn pаytdа mu’min bo’lmаydi”, “Аgаr kimdа
оmоnаtdоrlik bo’lmаsа, undа imоn bo’lmаydi”. 
Mu’tаziliylаr fikrigа ko’rа, yuqоridаgi dаlilgа binоаn gunоhkоr insоn mu’min
bo’lmаydi,   shuningdеk,   u   kоfir   hаm   emаs.   Chunki,   ummаt   uni   ushbu   gunоhi
sаbаbli qаtl qilmаydi, ungа murtаdlik hukmini jоriy qilmаgаn vа uni musulmоnlаr
qаbristоnlаrigа dаfn qilаdilаr. Shu sаbаbli u kоfir emаs. 
Sа’duddin   Tаftаzоniy   mo’’tаziliylаrning   yuqоridаgi   dаlil   vа   fikrlаrigа
quyidаgicha  jаvоb bеrаdi:  Mаzkur  оyatdаgi  “fоsiq”dаn  mаqsаd  bu  kоfir. Chunki,
kufr eng kаttа fisqlаrdаndir 74
. 
Ushbu   hаdis   gunоhdаn   qаytаrish   uchun   qаttiq   оgоhlаntirish   mаqsаdidа
аytilgаn .   Оyatlаr   vа   hаdislаr   dаlili   fоsiqning   mu’minligining   isbоtidir.   Hаttоki,
Nаbiy   (s.а.v.)dаn   Аbu   Zаrr   (r.а.)   sаvоllаr   so’rаyvеrgаnidа,   Rаsulullоh   аytgаnlаr:
“Kim zinо vа o’g’irlik qilsа, Аbu Zаrr хоhishigа qаrshidir” . 
73
  Қаранг:   Обидов Р.   Қуръон мавзуларининг маънавий-тарихий аҳамияти: (Монография)   / Масъул муҳаррир
А.Ҳасанов;   ЎзР   Вазирлар   Маҳкамаси,   Тошкент   ислом   университети.   –   Т.:   Тошкент   ислом   университети,
2006.   – Б.   146 .
74
  Норқобилов   М.   Саъдуддин   Тафтазоний   “Шарҳ   ал-ақоид”   асарининг   ёзилиш   тарихи   ва   ижтимоий
зарурати // Имом Бухорий сабоқлари . 2020 йил № 3.  – Б. 19.  Хоrijiylаr   fоsiqning   kоfirligi   dа’vоsigа   оyatlаr   vа   hаdislаrning   zоhiriy
mа’nоsigа qаrаb dаlil kеltirgаnlаr. Qur’оni kаrimdаn kеltirgаn dаlillаri:  
?مُك?حَي ?مَل ?نَمَو
َ	
نو	ُرِفا	َك?لا ُمُه 	?َكِئ	َلوُأَف ُ?للها َلَز?نَأ ا	َمِب . 
“Аllоh   nоzil   qilgаn   nаrsа   (оyatlаr)   bilаn   hukm   qilmаgаnlаr   –   аnа   o’shalаr
kоfirlаrdir” . 
َ	
نو	ُق ِسا	َف?لا 	ُمُه 	?َكِئ	َلوُأَف 	َكِل	َذ َد?عَب َرَفَك 	?نَمَو  “ Kimki mаnа shu (vа’dа)dаn kеyin nоshukurlik
qilsа, bаs, ulаr fоsiqlаrdir” . 
Хоrijiylаr аmаlni tаrk etgаn kishining kоfir bo’lishigа “Kim nаmоzni qаsddаn
tаrk etsа, u kоfir bo’lаdi”   dеgаn hаdisni hаm dаlil qilib kеltirаdilаr. 
Хоrijiylаrning kоfirlаrgа tеgishli  аzоb hаqidа dаlil qilib kеltirgаn оyatlаri:   ?	
نَأ
ى	
?لَوَتَو 	َب	?ذَك 	?نَم ى	َلَع 	َبا	َذَع?لا . 
“(Аllоhning   pаyg’аmbаrlаrini)   yolg’оnchi   qilgаn   vа   (imоn   kеltirishdаn)   yuz
o’girgаn kimsаlаrgа аzоb bo’lur” . 
?	
ى?لَوَتَو 	َب	?ذَك يِذ	?لا .ى	َق?شَ?لأا 	?لَّاِإ ا	َه	َلَا	?ص	َي 	َلَّا   : “Undа fаqаt bахtsiz (оdаm) kuygаy. Qаysiki,
(dinni) inkоr etib, (itоаtdаn) bоsh tоrtgаn bo’lsа” . 
َ	
ني	ِرِفا	??َك?لا ى	َلَع 	َءو	ُّ??سلا	َو 	َم?و??َي?لا 	َي	?ز??ِخ?لا 	?نِإ   :   “(Shundа)   ilm   bеrilgаn   (pаyg’аmbаr   vа
ulаmо)lаr dеrlаr: “Dаrhаqiqаt, bugun rаsvоlik vа nохushlik kоfirlаrgаdir” 75
. 
Sа’duddin   Tаftаzоniy   хоrijiylаrgа   quyidаgicha   jаvоb   bеrаdi:   Yuqоridа
хоrijiylаr   tоmоnidаn   dаlil   qilib   kеltirilgаn   оyat   vа   hаdislаr   zоhiri   qаt’iy   dаlillаr
bilаn   tаrk   etilgаn.   Gunоhi   kаbirа   qilgаn   mu’min   kоfir   emаs   vа   bu   sаhоbаlаrning
ijmо   (e’tiqоdiy   yakdillik)   bilаn   bеrgаn   hukmlаridir.   Хоrijiylаr   ijmоni   inkоr
etgаnlаr   bo’lib,   ulаrning   so’zi   e’tibоrgа   оlinmаydi .   YA’ni,   Аhl   аs-sunnа   vаl-
jаmоаdаn chiqib, аdаshgаnlаrdir. 
Хulоsа   qilib   аytish   kеrаkki,   Аllоh   tаоlоgа   shirk   kеltirish   vа   hаrоmni   hаlоl
sаnаsh  kufr  bo’lib, bulаr  mu’min bаndаni  dindаn chiqаrаdi. Lеkin, gunоhi  kаbirа
qilgаn musulmоn kishi qilgаn аmаli tufаyli “fоsiq” bo’lib, “mu’min” hisоblаnаdi.
Аmmо,   yuqоridа   аytilgаnidеk,   gunоhi   kаbirа   qilgаn   musulmоn   kishini   аmаli
75
  Қаранг:   Обидов Р.   Қуръон мавзуларининг маънавий-тарихий аҳамияти: (Монография)   / Масъул муҳаррир
А.Ҳасанов;   ЎзР   Вазирлар   Маҳкамаси,   Тошкент   ислом   университети.   –   Т.:   Тошкент   ислом   университети,
2006.   – Б.   146 . tufаyli  “kоfir”likdа  аyiblаb  bo’lmаydi.  Kimki  shundаy   qilsа,  u  Аhl  аs-sunnа  vаl-
jаmоаdаn chiqib, хuddi хоrijiylаr tа’limоtini ilgаri surgаn kаbi bo’lаdi. 
Shundаn kеyin, аllоmа quyidаgi mаsаlаgа o’tаdi:
ُبا	??َق ِع?لا 	ُزو	??ُجَي َو 	ِرِئا	??َبَك?لا 	َو 	?ِرِئا	َغ?صلا 	َن ِم 	ُءا	َشَي ?نَمِل 	َكِل	َذ 	َنو	ُد ا	َم 	ُرِف	?غَي و  ِه	ِب َك	َر?شُي ?نَا ُرِف	?غَي 	َلَّا ى	َلاَعَت ُللها 	َو
ٌ	
ر?فُك 	ُل	َلَا	?حِت	?سِ?لَّاا َو 	ِل	َلَا	?حِت	?سا 	?نَع 	?نُكَي ?مَل اَذِا ِةَري	ِبَك?لا 	?نَع 	ُف	?وَع?لا 	َو ِةَرِيغ	ِّصلا ى	َلَع  
Tаrjimаsi.   Аllоh   tаоlо   ungа   shirk   kеltirishni   kеchirmаydi.   Аllоh   tаоlо
shirkdаn   bоshqа   kichik   vа   gunоhi   kаbirаlаrni   esа,   хоhlаgаn   kimsаdаn   kеchirаdi.
Kichik   gunоhgа   jаzо   bеrish   vа   hаrоmni   hаlоl   hisоblаshlikdаn   bo’lmаgаn   gunоhi
kаbirаni аfv qilish hаm jоiz bo’lаdi. Hаrоmni hаlоl sаnаshlik kufrdir 76
. 
Sа’duddin   Tаftаzоniy   “Shirkdаn   bоshqа   kichik   vа   gunоhi
kаbirаlаrni   хоhlаgаn   kimsаdаn   kеchirаdi”(“
َ	
و 	?ِرِئا	َغ	ɟ?صلا 	َن ِم 	ُءا	َ??شَي ?نَمِل 	َك??ِلَذ 	َنو	ُد ا	??َم 	ُر??ِف?غَي و
ِ	
رِئا	َبَك?لا ” )   jumlаsini   mu’tаziliylаrdаn   fаrqli   rаvishdа   bu   gunоhlаr   tаvbа   qilish   bilаn
yoki tаvbаsiz kеchirilishi mumkin dеydi 77
. 
Yuqоridаgi   dаlillаrdаn   хulоsа   qilib   shuni   tа’kidlаsh   kеrаkki,   mu’min
kishini   gunоhi   kаbirаi   tufаyli   kоfirlikdа   аyblаsh   mumkin   emаs.   Bu   esа,   охirgi
pаytlаrdа bа’zi firqаlаr mu’min bаndаning   gunоhi kаbirаlаr qilgаnliklаri sаbаbidаn
ulаrni   “kufr”dа   аyblаshlаri   аsоssiz   ekаnini   bildirаdi.   Mаnа   shu   jihаtdаn,   Аllоmа
Tаftаzоniyning “Sharh аl-аqоid аn-nаsаfiya” аsаridаgi yuqоridаgi kаbi tа’limоtlаri
bugungi   dаvrdаgi   ushbu   хildаgi   “tаkfirchi”lаr   (“kоfirgа   chiqаruvchilаr”)   uchun
rаddiya sifаtidа muhim аhаmiyat kаsb etаdi. 
Аqоid   ilmidа   bаhsli   mаsаlаlаrdаn   yanа   biri   Аllоh   tаоlо   o’zining   vаliylаrigа
kаrоmаtlаr bеrishi to’g’risidаgi аqidа hisоblаnаdi. Bundаn ko’rinаdiki, tаsаvvuf vа
vаliylаrning   kаrоmаtlаri   o’sha   pаytdа   hаm,   bugungi   kundа   hаm   dоlzаrb
mаsаlаlаrdаn hisоblаnаdi. Chunki, hоzirdа hаm  islоm  dinidа pаydо bo’lgаn bа’zi
оqimlаr   nаfаqаt   vаliylаr   kаrоmаtlаrini,   bаlki,   tаsаvvuf   ilmining   o’zini   hаm   inkоr
qilmоqdаlаr. Аyni shu mаvzugа “Sharh аl-аqоid аn-nаsаfiya” аsаridа hаm to’хtаb
o’tilgаn vа undа quyidаgicha bаyon qilinаdi: 
76
  Қаранг:   Обидов Р.   Қуръон мавзуларининг маънавий-тарихий аҳамияти: (Монография)   / Масъул муҳаррир
А.Ҳасанов;   ЎзР   Вазирлар   Маҳкамаси,   Тошкент   ислом   университети.   –   Т.:   Тошкент   ислом   университети,
2006.   – Б.   146 .
77
  Норқобилов   М.   Саъдуддин   Тафтазоний   “Шарҳ   ал-ақоид”   асарининг   ёзилиш   тарихи   ва   ижтимоий
зарурати // Имом Бухорий сабоқлари . 2020 йил № 3.  – Б. 19.   
ِة?د??ُم?لا يِف 	ِةَد??ي ِعَب?لا  ِة	َفاَسَم?لا 	ِع?طَق ?ن ِم 	ِّيِل	َو?لِل ِةَداَع?لا 	ِض	?قَن ِقي	ِرَط ى	َلَع 	ُةَما	َرَك?لا 	?ُرَه?ظَتَف ٌق	َح 	ِءاَيِل?وَ?لأا ُتا	َما	َرَك
ِ	
مَلَاَك و 	ِءا	َو??َه?لا يِف 	ِنا	َر?َي?طلا و 	ِءا	??َم?لا ى	َلَع 	ِي	???شَم?لا و  ِة	??َجا	َح?لا َد???ن ِع 	ِسا	?َبِّللا و 	ِبا	َر	ɟ?شلا و 	ِما??َع?طلا 	ِرو	ُهُظ و  ِة	َليِلَق?لا
ِ	
ءاَي?شَ?لأا ?ن ِم 	َكِل	َذ 	ِر?يَغ و 	ِءاَد?عَ?لأا نع 	ِّمِهُم?لا  ِة	َياَف ِك و 	ِء	َلَاَب?لا نم  ِه	ِّجَوَتُم?لا 	ِعاَفِدنا و 	ِءا	َم?جَع?لا و  ِدا	َمَج?لا . 
Tаrjimаsi.   Vаliylаrning   kаrоmаtlаri   hаqdir.   Bundаy   kаrоmаt   uzоq   mаsоfаni
qisqа  muddаtdа  bоsib o’tish,  muhtоj  pаytdа  оziq-оvqаt, ichimlik vа  kiyimlаrning
pаydо   bo’lishi,   suv   ustidа   yurish,   hаvоdа   uchish,   jоnsiz   vа   tilsiz   nаrsаlаrning
gаpirishi,   kеlgаn   musibаtni   qаytаrish,   dushmаnlаrni   dаf   qilishkаbi   nаrsаlаr
vаliylаrdа g’аyri оddiy yo’l bilаn zоhir bo’lаdi 78
. 
Sа’duddin   Tаftаzоniy   dаstlаb   “vаliy”   tushunchasigа   tа’rif   bеrаdi:   “Vаliy   bu
Аllоhni   vа   uning   sifаtlаrini   mumkin   bo’lgаn   dаrаjаdа   biluvchi,   tоаtlаrdа   dоim
qоim bo’luvchi, gunоhlаrdаn uzоq bo’luvchi, shahvаtlаr vа lаzzаtlаrdа hаrоm аmаl
qilishdаn sаqlаnuvchi bаndаdir” . 
Аllоmа   kаrоmаtni   izоhlаb,   vаliyning   kаrоmаti   o’zidаn   оldingi
pаyg’аmbаrlikni dа’vо qilishgа o’хshatishsiz g’аyri оdаtiy ishning zоhir bo’lishini
аytаdi. Bu imоn vа sоlih аmаl bilаn birikmаgаn bo’lsа, u hоldа “istidrоj” bo’lаdi.
Bu   pаyg’аmbаrlik   dа’vоsi   bilаn   birikkаn   bo’lsа,   mo’’jizа   bo’lаdi.   Kаrоmаtlаr
hаqiqаtigа   dаlil   bu   egаsidаn   ko’p   to’хtоvsiz   zоhir   bo’lishi   vа   u   еrdаn   uzоq
bo’lgаnlаr   tоmоnidаn   uni   inkоr   qilish   mumkin   bo’lmаsligidir.   Хususаn,   o’хshash
ish vа tаfsilоtlаri bittаdir 79
. 
Sа’duddin   Tаftаzоniy   mаtndа   kеlаdigаn   kеyingi   gаpni   sharh   qilishdаn   оldin
ungа   quyidаgicha   tа’rif   bеrаdi:   “kаrоmаtni   vа   uning   judа   аqlgа   to’g’ri
kеlmаydigаn qismlаrining bа’zisi tаfsilоtlаrini оchib bеruvchi gаpni kеltirgаn”. Bu
o’rindа “judа аqlgа to’g’ri kеlmаydigаn” dеb tаrjimа qilingаn so’z mаtndа “ ةدبعتسملا
ً	
اد???ج
”  shaklidа   kеlgаn   bo’lib,   аslidа   kаrоmаt   аql   bilаn   qаbul   qilinmаydigаn
hоlаtligigа ishorа qilinmоqdа . 
Shundаn   kеyin,   аllоmа   “uzоq   mаsоfаni   qisqа   muddаtdа   bоsib   o’tish”   (“
ِ	
ع?طَق
ِة	
?َليِلَق?لا ِة?دُم?لا يِف 	ِةَدي ِع	َب?لا  ِة	َفاَسَم?لا ” )   jumlаsini   quyidаgi   dаlillаr   bilаn   sharhlаydi:   bu   Sоhibi
78
  Аллоқулов А. “Ақоиду-н-насафий” ва унга ёзилган шарҳлар // Имом Бухорий сабоқлари: №2. –Тошкент:
2009.   – Б.   156-158 .
79
  Сиддиқов С. Саъдуддин Тафтазоний “Шарҳ ал-мақосид” асарининг ислом ақидасини ўрганишдаги ўрни.
Магистрлик академик даражасини олиш учун ёзилган диссертация. – Т.: Тошкент ислом университети, 2011.
– 68 б. . Sulаymоn (а.s.) bаjаrgаn ishi(kаrоmаt) kаbidir. U mаshhur Оsif ibn Bаrхiyodir. U
Bilqis tахtini chеkkа dushmаn hududidаgi uzоq mаsоfаdаn kеltirgаn . 
Kеyin   Sа’duddin   Tаftаzоniy   “ ِة??َجا	َح?لا 	َد???ن ِع 	ِسا	َبِّللا و 	ِبا	َر?شلا 	َو 	ِماَع?طلا 	ِرو	ُهُظ ”  jumlаsini
kеltirib , sharh dаliligа Mаryam (r.а.) misоlidа, Оli Imrоn surаsi 37-оyatni kеltirаdi:
  ِ	
?للها  ِد	?ن ِع 	?ن ِم 	َوُه 	?تَلاَق ا	َذَه  ِك	َل ى	?نَأ ُمَي?رَم ا	َي َلا	َق ا	ًق?زِر ا	َهَد?ن ِع 	َدَجَو 	َبا	َر?ح ِم	?لا ا	?يِرَكَز ا	َه?يَلَع 	َلَخَد ا	َم?لُك  
“Zаkаriyo   hаr   gаl   (Mаryamning)   оldigа   –   mаsjidgа   kirgаnidа,   оldidа   rizq
(muhаyyo)   turgаnini   ko’rаr   edi.   U:   “Ey,   Mаryam,   bu   nаrsаlаr   sеngа   qаyoqdаn
kеldi?” – dеb so’rаsа, (Mаryam): “Bulаr Аllоh huzuridаn”, – dеb jаvоb bеrаr edi” .
“Suv   ustidа   yurish”   (“
ِ	
ءا	??َم?لا ى	َلَع 	ِي	???شَم?لا و ” )   jumlаsini   “ko’plаb   аvliyo   hаqidа   nаql
qilingаni   kаbi”   dеb   sharhlаydi .   “Hаvоdа   uchish”   (“
ِ	
ءا	َو??َه?لا يِف 	ِنا	َر??َي?طلا و ” )   jumlаsini
“sаhоbа   Jа’fаr   ibn   Аbu   Tоlib,   Luqmоn   аs-Sаrахsiy   vа   ulаrdаn   bоshqаlаr   hаqidа
nаql qilingаn”, – dеb sharhlаydi . 
“Jоnsiz vа tilsiz nаrsаlаr gаpirishi” (“
ِ	
ءا	َم?جَع?لا  و   ِدا	َمَج?لا  	ِمَلَاَك  و ” ) jumlаsini kеltirib,
“аmmо,   jоnsiz   nаrsаning   gаpirishi,   rivоyat   qilingаni   kаbi,   Sаlmоn   vа   Аbu
Dаrdоlаrdа yog’оch tоvоq bo’lgаn. U esа, mаdh qilgаn vа uning tаsbihini u ikkisi
eshitgаnlаr”,   dеydi.   “Аmmо,   tilsiz   jоnivоr   gаpirishi   esа,   “Аshobu-l-kаhf”   itining
gаpirishi   kаbidir” ,   dеb   sharh   qilаdi.   Yanа,   bu   bоrаdа   Tаftаzоniy   sigirning
gаpirgаni   hаqidаgi   Imоm   Buхоriy   vа   Imоm   Muslim   rivоyat   qilgаn   hаdisni   dаlil
sifаtidа kеltirib o’tаdi 80
. 
“Kеlgаn   bаlоlаrni   dаf   qilish   vа   dushmаnlаrdаn   еtаdigаn   оfаtlаrgа   kifоya
qilish”   (“
ِ	
ءاَي???شَ?لأا ?ن ِم 	َك??ِلَذ 	ِر???يَغ و 	ِءاَد???عَ?لأا نع 	ِّمِهُم?لا  ِة	??َياَف ِك و 	ِء	َلَاَب?لا نم  ِه	ِّجَوَتُم?لا 	?ِعاَفِدنا و ” )   jumlаsini
kеltirib,   “bungа   Umаr   (r.а.)   hаqidаgi   rivоyat   misоl   bo’lаdi.   U   Mаdinа   shahridа
mаsjid   minbаridа   edi.   Uning   qo’shini   esа   “Nаhоvаnd”   jаng   mаydоnidа   bo’lgаn.
Mаdinа mаsjidi minbаridа bo’lаturib qo’shini  аmirini tоg’ning оrqаdаgi  dushmаn
pistirmаsidаn   оgоhlаntirib   “Ey,   Sоriya,   tоqqа,   tоqqа”   dеgаn   vа   uzоq   mаsоfаdаn
sоriya  Umаr   (r.а.)   gаpini   eshitgаn”,  dеb   sharhlаydi .  Kеyin,  Sа’duddin  Tаftаzоniy
sаhоbа   Хоlid   ibn   Vаlid   (r.а.)ning   zаhаr   ichib,   undаn   zаhаrlаnmаgаnligi   hаqidаgi
rivоyatni kеltirаdi . 
80
  Қаранг:   Обидов Р.   Қуръон мавзуларининг маънавий-тарихий аҳамияти: (Монография)   / Масъул муҳаррир
А.Ҳасанов;   ЎзР   Вазирлар   Маҳкамаси,   Тошкент   ислом   университети.   –   Т.:   Тошкент   ислом   университети,
2006.   – Б.   146 . Yuqоridа kеltirilgаn dаlillаr аsоsidа shuni tа’kidlаsh kеrаkki, tаsаvvuf ilmi vа
vаliylаrning kаrоmаtlаri hаqiqаt. Lеkin, shungа  qаrаmаsdаn mаzkur mаvzu o’sha
pаytdа   hаm,   bugungi   kundа   hаm   dоlzаrb   mаsаlаlаrdаn   biri   hisоblаnаdi.   Chunki,
hоzirdа hаm  islоm dinidа pаydо bo’lgаn bа’zi оqimlаr vаliylаrning kаrоmаtlаrini
vа   tаsаvvuf   ilmini   inkоr   qilmоqdаlаr.   O’zlаrining   bu   kаbi   nоto’g’ri   аqidаlаrini
himоya   qilish   vа   bоshqаlаrgа   o’tkаzish   mаqsаdidа   turli   yo’llаrdаn
fоydаlаnmоqdаlаr.   Jumlаdаn,   mаvjud   qаdimiy   qo’lyozmа   mаnbаlаrni   zаmоnаviy
nаshrlаrdа   jumlаlаrni   o’zgаrtirish   vа   bа’zilаrini   tushirib   qоldirishgа   hаrаkаt
qilmоqdаlаr. Bungа misоl tаriqаsidа “Sharh аl-аqоid аn-nаsаfiya”ning zаmоnаviy
nаshrlаridа “
ِءاَد?عَ?لأا نع  	ِّمِهُم?لا   ِة	َياَف ِك و 	ِء	َلَاَب?لا  نم   ِه	ِّجَوَتُم?لا  	ِعاَفِدنا  و ”  jumlаsi аtаylаb tushirilgаn
bo’lishigа   qаrаmаsdаn   Sа’duddin   Tаftаzоniyning   mаzkur   jumlаgа   bеrgаn   sharhi
kеltirilgаnligi misоl bo’lа оlаdi . 
Shuningdеk,   “Аqоid   аn-Nаsаfiy”   аsаrining   bа’zi   nаshrlаridа   hаm   mаzkur
gаpning   tushirib   qоldirilgаnini   ko’rish   mumkin .   Аslidа,   bu   hоlаtni   аdаshgаn
оqimlаrning   o’z   nоto’g’ri   аqidаlаrini   bеrkitish   mаqsаdidа   qilаyotgаn   ishlаri   dеb
bаhоlаsh o’rinli bo’lаdi. Vаliylаrning bu kаrоmаtlаrigа Bаhоuddin Nаqshbаndning
хаlq оrаsidа “Bаhоuddin bаlаgаrdоn”   nоmi bilаn tаnilgаnligi hаm dаlil bo’lаdi. 
Хuslоsа   qilib   shuni   аytish   kеrаkki,   yuqоridа   kеltirilgаn   bа’zi   аqidаviy
mаsаlаlаrni to’g’ri tushunish vа аnglаsh   hаmdа to’g’ri tаlqin qilish turli хil fitnа   vа
firqаlаnishlаrning yuzаgа kеlishini оldini оlаdi. XULOSA
Istiqlol   yillarida   erishilgan   yutuqlar   xalqimizning   milliy   o ‘ zligini   anglashi,
Ilm-fan,   adabiyot,   san`at   va   madaniyatning,   umuman   jamiyat   moddiy,   madaniy-
ma’naviy   hayotining   barcha   sohalari   deyarli   bir   xilda   gurkirab   rivojlangan,
o ‘ zlarining   qomusiy   aqllari,   ko ‘ plab   muhim   ilmiy   kashfiyotlari   bilan   jahon
sivilizatsiyasiga   bebaho   hissa   qo ‘ shgan   Xorazmiy,   Forobiy,   Ibn   Sino,   Beruniy,
Rudakiy,   Firdavsiy,   Mahmud   Koshg ‘ ariy   kabi   buyuk   allomalar   xalq   orasidan
yetishib chiqqan davr Markaziy Osiyo tarixidan oltin asr yoki Uyg ‘ onish davri deb
ataladi.   Barcha   davrlarda   ham   din   insonlarni   ma’naviy   birlashuvini,   maqsad-
muddaolari   mushtarakligini,   orzu-umidlar   yakdilligini   ta’minlab   beruvchi   ruhiy
vosita   hisoblangan.   Mana   shu   vosita   davrlar   o’tsada,   qanchadan-qancha   siyosiy
to‘qnashuvlar bo’lsada, o’zining ruhiy ta’sir etish kuchini yo‘qotmagan. 
Abu   Mansur   Moturidiy   nafaqat   qardosh   o'zbek   xalqining,   balki   ummat
rivojiga, muqaddas islomning gumanistik va ratsional asoslarini mustahkamlashga
salmoqli hissa qo'shgan barcha turkiy xalqlarning faxridir.   Abu Mansur Moturidiy
sunniy e’tiqodidagi ikki yirik ta’limotlardan biri bo‘lmish moturidiya ta’limotining
asoschilaridan   hisoblanadi.   Uning   to‘liq   ismi   Abu   Mansur   Muhammad   ibn
Muhammad ibn Mahmud Hanafiy Moturidiy Samarqandiydir. Buyuk kalom imomi
va fiqh olimi asli Samarqandning Moturid qishlog‘idan bo‘lib, uning taxallusi shu
qishloqqa   nisbatan   olingandir.   Abu   Mansur   Moturidiy   dastlabki   ta’limni   shu
qishloqda   olib,   keyinchalik   Movarounnahrning   o‘sha   davrdagi   diniy   va   ma’rifiy
markazi bo‘lgan Samarqandda davom ettiradi. 
Abu Mansur Moturidiy   yashagan davr Somoniylar hukmronlik qilgan davrga
to‘g‘ri keladi. Samarqand dastlab bu davlatning poytaxti bo‘lib, so‘ngra IX asrning
oxiridan   boshlab   poytaxt   Buxoroga   ko‘chirildi.   Biroq   o‘sha   vaqtda   ham
Samarqand   Buxoro   bilan   bir   qatorda   Movarounnahrning   iqtisodiy   madaniy
markazi bo‘lib qolaverdi.
Abu   Mansur   Moturidiyning   falsafiy   merosi,   butun   ilmiy   faoliyati   va
mehnatlarining   samarasi   bugungi   kunda   ham   jamiyat   va   unda   yashovchi
insonlarning   ma’naviy   qiyofasini   yaxshilashga,   ruhiy   barkamollikka   va   yuksak falsafiy   tafakkur   egasi   bo’lishiga   katta   yordam   beradi.   Bugungi   globallashuv
sharoitida   Abu   Mansur   Moturidiyning   shaxsiyatini,   falsafiy   merosini   hamda
moturidiylik   ta'limotini   o'rganish   dinimiz   balki   butun   borliq,   insoniyat   to‘g‘risida
noto‘g‘ri   g‘oyalarni   yuzaga   keltiruvchi   turli   mafkuraviy   tahdidlar,   aqidaparastlik
va   tub   dunyoqarashlarga   qarshi   mafkuraviy   immunitet   vazifasini   o‘taydi.   Abu
Mansur   Moturidiyning   falsafiy   merosi   yoshlar   ongining   turli   ko’rinishdagi
buzg‘unchi   g'oyalar   bilan   zaharlanishiga   qarshi   turishda   hamda   ularga   qarshi
kurashishda o'ta dolzarb va muhim manba hisoblanadi.
Keyingi   yillarda   yurtimizda   muqaddas   islom   dini   rivojiga   o’zining   teran
falsafiy   qarashlari   bilan   beqiyos   hissa   qo‘shgan   ulug‘   allomalarning   hayoti   va
faoliyati,   ularning   ma’naviy   merosini   o‘rganishga   qaratilgan   alohida   e’tibor
kuchayib   bormoqda.   Shu   tufayli   buyuk   mutakallim   Аbu   Mansur   Moturidiy   va   ul
zot   asos   solgan   moturidiylik   ta’limotini   keng   tadqiq   etish   muhim   ahamiyat   kasb
etmoqda.   Zero,   bugungi   global   jarayonda   islom   dinini   to‘g‘ri   anglash   va   talqin
qilish masalasi muhim ahamiyatga ega. Bu borada moturidiylik ta‘limotining o‘rni
naqadar beqiyos ekanligi, allomaning ilmiyma’naviy, boy merosi davlat va jamiyat
taraqqiyoti,   insoniylik   tamoyillariga   asoslanganligi   qator   horijiy   va   mahalliy
olimlar   tomonidan   ham   yuksak   e‘tirof   etilmoqda.   Shunday   ekan,   bu   ulug‘
allomaning   hayoti,   ilmiy   faoliyati   va   ilmiy   asarlarida   ilgari   surilgan   g‘oya   va
mafkuralarni   ta’lim   tizimiga   to‘g‘ri   tadbiq   etib   borsak,   shuningdek,   xalqimiz
ongiga   oson   va   tushunarli   tarzda   yetkazib   bersak,   o‘ylaymizki,   kelajakda   Abu
Mansur  Moturidiyning falfafiy merosini o’rganish bo‘yicha yetuk mutaxassislarni
yetishib   chiqishiga   zamin   tayyorlagan   bo‘lamiz.   Zero,   buyuk   ajdodlarga
ko‘rsatilayotgan   yuksak   ehtirom,   biz   avlodlarning   insoniylik   vazifamizdir.
O‘zbekiston kelajagi buyuk davlat. Bu buyuklikda ajdodlarimizning ham munosib
hissalari bor ekanligini anglash, har birimizning muqaddas burchimizdir. 
Abu   Mansur   Moturidiy   o‘zining   barcha   asarlarida   zalolatning   har   qanday
ko’rinishlaridan   yiroq   bo’lgan,   insonlarning   mavjud   ijtimoiy   ma’naviy   muhitida
sog‘lom   ma’naviy   tafakkurni   targ’ib   qilish   borasidagi   sa’iharakatlari,   shuningdek
sof diniy-falsafiy qarashlari bilan o’sha davrning diniy mutaassiblari va buzg‘unchi g‘oya tarafdorlariga keskin raddiyalar bergan. Bu urinishlari  samarasi  o‘laroq o‘z
zamonasidayoq   “Hidoyat   imomi”   unvonini   olishga   sazovor   bo‘lgan.   Allomaning
15   ga   yaqin   asarlar   ustida   tadqiqot   olib   borganligi   ma’lum   bo’lsada,   bizgacha
shayx   xazratlarining   2   ta   mashhur   asari   yetib   kelgan.   Ular   “Kitob   at-Tavxid”   va
“Ta’vilot   al-Qur’on”   asarlari.   Abu   Mansur   Moturidiy   bu   asarlari   orqali   insoniyat
yaratilishining   falsafiy   mohiyati,   tavxid   ilmi,   borliqning   insonga   ta’siri,   ruhiyat
ilmi, inson kuch-qudratining ma’lum chegarasi, iroda erkinligi, dunyo va oxiratni
anglash   kabi   masalalar   to‘g‘risida   Qur’oni   karim   oyatlariga   asoslanib,   ko‘plab
ma’lumotlar   tadim   etgan.   Allomaning   mashhur   shogirdi   Abul-Mu’in   an-Nasafiy
ustozining   buyuk  xislati   va   kuchli   salohiyatini   ulug’lab,  shunday   ta’kidlagan   edi:
"Abu   Mansur   al-Moturidiy   imomlarning   ulug‘i   va   millatning   ustuni   edi.   Uning
Qur’onga   yozgan   tafsiri   barcha   chigalliklarni   ochib   beruvchi,   inson   qalbidagi
shubhali   qora   bulutlarni   haydovchi   hamda   nihoyatda   boliq   vasf   ila   yaratilgan
asardir. Alloh shunday kitobni yozgan zotga o‘z salomini yo’llasin.”   А bu Mansur
Moturidiy   ana   shunday   yuksak   ehtiromga   loyiq   bo‘lgan   qomusiy   allomadir.   Abu
Mansur   Moturidiyning   aynan   aqoid   va   kalom   ilmi   bilan   shug’ullanishiga   o’sha
davrda   vujudga   kelgan,   insonlarni   iymon-e’tiqod   masalasida   noto‘g‘ri
yo’nalishlarga   boshlaydigan   turli   xildagi   talqinlar   va   chalkashliklarning   ko‘payib
borayotganligi sabab bo’ladi. 
Abu Mansur Moturidiy, eng avvalo, insonlarning xatti-harakatlarini ontologik
jihatdan   aniq   haqiqat   sifatida   qabul   qiladi   va   bu   fikrni   asoslashga   harakat   qiladi.
Uning   fikricha,   har   bir   inson   o‘z   harakatlarining   haqiqiy   egasidir.   Insonning   o‘z
xatti-harakatlarining   mutlaq   sohibi   ekanligi,   ham   aqlan,   ham   ruhan   erkinligi
Qur’on   oyatlari   bilan   ochiq-oydin   ma’lum   qilingandur.   Shu   haqiqatdan   kelib
chiqib, Alloh taolo insonlarga o’zining imkoniyatlari  doirasida  ma’lum  bir  vazifa
va   mas'uliyatlarni   yuklagan.   Buning   natijasi   o’laroq,   bajarilgan   yoki   tark   etilgan
xatti-harakatlar evaziga jazo va ajrlarni marhamat etgan. Inson muayyan harakat va
faoliyatni amalga oshirishi uchun unga harakatdan oldin amalda ma’lum bir kuch
va   qudrat   berilgan.   Insonning   harakatlari   unga   berilgan   shu   kuch-qudrat   va   uni
amalga   oshirishga   undovchi   shaxs   irodasining   natijasidir.   Bu   jarayon   inson harakatlarining   asosi   va   uning   zimmasiga   yuklatilgan   mas'uliyatlarining
majmuidir. Bular bilan inson ma’lum bir harakatga yuzlanib, o'z ixtiyori bilan uni
tanlaydi va amalga oshiradi. 
Milodiy   IX   asrda   Somoniylar   sulolasi   davrida   dunyoga   kelgan   buyuk
mutakallim,   aqoid   va   kalom   ilmining   sultoni   Abu   Mansur   Moturidiy   ham   shu
yurtning ko’hna Samarqand diyorida voyaga yetib, diniy va dunyoviy ilm ravnaqi
uchun   o’zining   munosib   xissasini   qo’shishga   muvaffaq   bo’ldi.   Shuni   alohida
ta’kidlash   lozimki,   millionlab   musulmonlar   qalbiga   muborak   islom   dinining
hayotbaxsh   g’oyalarini   singdirishda   buyuk   vatandoshimiz   imom   Abu   Mansur
Moturidiy   hazratlari   va   ul   zot   asos   solgan   “Moturidiylik   maktabi”ga   mansub
allomalarning xizmatlari benihoya kattadir.   А bu Mansur Moturidiyning shaxsiyati
va ilmiy faoliyatini o‘rganish hamda shunday ulug‘ siymoni xalqqa tanitish ilmiy
tadqiqot   ishimizning   bosh   maqsadlaridan   biri   hisoblanadi.   Shu   bois   Abu   Mansur
Moturidiy   va   moturidiylik   ta’limotining   g’oyalarini   shaxs   ma’naviyatini
shakllantirish   hamda   rivojlantirishdagi   ahamiyatini   o’rganish   mavzuning   naqadar
dolzarb ekanligini belgilab beradi. 
Shaxs   ma’naviyatini   yuksaltirish   masalasi   barcha   davrlarda   ham   dolzarb
mavzulardan biri sifatida o’rganib kelingan. Chunki jamiyatning ma’naviy qiyofasi
unda   yashayotgan   insonlarning   ma’naviy   yetuklik   darajasi   bilan   o’lchanadi.
Ma’naviy   barkamol   insonni   tarbiyalash   jarayoni   davlat   va   jamiyat   a’zolarining
zimmasiga   juda   katta   mas’uliyatlarni   yuklaydi.   Bu   borada   mamlakatimizda
xadisshunoslik, kalom ilmi, islom huquqi, tasavvuf, aqida ilmi kabi maktablarning
tashkil etilishi diniy va dunyoviy ilmning o‘zaro muvofiqligini ta’minlay oladigan
malakali kadrlarni yetishtirish uchun asos bo‘lib kelmoqda. 
Imom Moturidiyning buyukliklari, siyratlarini anglashdagi eng katta manba u
kishining asarlaridir. Bu zotning ixlosu taqvolari, parhezkorliklari, sog‘lom aql va
e'tiqoddagi darajalari, aqliy yetukliklari, fikriy ilg‘orliklarini u kishining asarlarini
o‘rgangan odam darhol fahmlab oladi.  Internet ma’lumotlari:
1. www.google.co.uz   
2. www.ziyonet.uz   
3. www.pedagog.uz   
4. www.edu.uz   
5. www.lex.uz

A b u M a n s u r M o t r u d i y ( 8 7 0 - 9 4 5 ) ilmiy merosi tarixshunosligi MUNDARIJA KIRISH ………………………………………………………………………... 3-9 I BOB. Uyg‘onish davri madaniy taraqqiyotining ijtimoiy-iqtisodiy omillari 1.1. IX-XII asrlarda Movarounnahrda ijtimoiy-iqtisodiy hayotning ma’naviy rivojlanishga ta’siri ...............................…………….................... 10-17 1.2. IX-XII asrlarda Movarounnahrda fiqh ilmining rivojlanishi …………........................................................................................................... 18-28 II BOB. I m o m M o t r u d i y n i n g i l m i y merosi va uning o‘rganilishi 2.1. I m o m M o t r u d i y n i n g tarjimai holi va ijodiy merosi ......................................................................................... …………………...... 29-36 2.2. Manbalаrdа mоturidiya tа’limоtining аks etishi ........................................................................................................................... 37-44 III BOB. Imom M ot rudiy i l m i y m e r o s i n i n g m i l l i y - m a ’ n a v i y y u k s a l i s h d a g i a h a m i y a t i 3.1. Mоturidiya tа’limоtining mazmun mohiyati ……………... ………........................................................................................ 45-53 3. 2 . Mоturidiya tа’limоtining hоzirgi kundаgi аhаmiyati ……………………………………………………. .. ………………... ............. 54-63 XULOSA ……………………………………………………………………. 64- 67 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati ……………………………………… 68 - ?

Kirish Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi . O ‘ zbek xalqi o ‘ zining boy tarixi, buyuk o ‘ tmishiga ega. Xalqimiz orasidan yetishib chiqqan buyuk daholar o‘z ilmiy-ijodiy faoliyatlari bilan insoniyat sivilizatsiyasiga munosib hissa qo‘shganlar. Biz ular bilan har qancha faxrlansak arziydi. Bu borada o‘yg‘onish davri olimlarining mashaqqatli mehnatlarini, ma`naviy boylik xazinasiga qo`shgan hissalarini e’tirof etmaslikning iloji yo‘q. Bugungi globallashuv jarayonida O ‘ zbekiston insoniyat taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shgan tamaddun beshiklaridan biri sifatida tan olinmoqda. Ayniqsa, O ‘ zbekiston mustaqillikka erishgan kundan boshlab milliy davlatchilik tarixi hamda boy madaniy-ma’naviy merosni chuqur o ‘ rganishga alohida e’tibor qaratildi. Natijada ха lqimizning ko’p ming yillik t а ri х g а eg а b о y m а ’n а viy, ilmiy, diniy m е r о sini tikl а sh v а o ‘ rg а nishg а k е ng imk о niyatl а r yar а tildi. M а zkur q а driyatl а r t а ri х iy h а qiq а tini o ‘ rg а nish v а uni ха lqq а y е tk а zish t а dqiq о tchil а r zimm а sig а muhim v а zif а l а rni yukl а m о qd а . Yurtimizd а ming yill а rd а n buyon e’tiq о d qilib k е lin а yotg а n isl о m dini v а t а ri х ini h а md а bu s о h а d а s а lm о qli ij о d qilg а n а ll о m а а jd о dl а rimiz h а yoti v а b о y ilmiy m е r о sl а rini o ‘ rg а nish shul а r juml а sid а ndir . O ‘ zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеnti Shavkаt Mirziyoyevning 2017 yilning 19 sеntyabridа BMT Bоsh аssаmblеyasi 72-sеssiyasidаgi nutqidа аytilgаnidеk, “butun jаhоn jаmоаtchiligigа Islоm dinining аsl insоnpаrvаrlik mоhiyatini еtkаzish eng muhim vаzifа” 1 hisоblаnаdi. Chunki, hаnаfiya mаzhаbidаgi оlimlаrning ilmiy mеrоsi bugungi glоbаl jаmiyatdа hаm sоg’lоm e’tiqоdli insоnni tаrbiyalаshdа muhim аhаmiyatgа egа. O ‘ zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tashabbusi bilan 2018 yil 16 aprelda qabul qilingan “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish choratadbirlari to ‘ g ‘ risida”gi PF-5416-sonli farmonning qabul qilinishi ko ‘ p asrlik milliy va diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylashga, dunyo ilm-fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo ‘ shgan ajdodlarimizning bebaho merosini o ‘ rganishga, uning asosida 1 Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Бирлашган Миллатлар Ташкилоти Бош Ассамблеясининг 72-сессиясидаги нутқи // Ma’rifat 2017 йил 20 сентябрь.

yoshlarni komil inson etib tarbiyalashga shuningdek, jamiyatda barqaror ijtimoiy ma’naviy muhitni ta’minlashga huquqiy manba bo'lib xizmat qilmoqda. O ‘ tmishimizda o ‘ tgan buyuk shaxslar, mutafakkirlarning g ‘ oyalari va qarashlarini anglab yetish va tushinish uchun albatta tarixiy vaqelikka murojaat qilish lozim. Zero, O ‘ zbekistonning birinchi Prezidenti I.A.Karimov tarix fani milliy mafkuraning shakllanishi uchun nechog ‘ lik ahamiyatli ekanligini uqtirib: «Tarix saboqlari insonni xushyorlikka o ‘ rgatadi, irodasini mustahkamlaydi ...shakllanayotgan jamiyatimiz mafkurasi ham tarix buloqlaridan oziqlanadi» 2 , – degan edi. Bugungа kеlib bu sоhаdа ko’plаb sаmаrаli ishlаr аmаlgа оshirildi vа оshirilmоqdа. Аllоmаlаrimizning bizgаcha еtib kеlgаn bir qаncha аsаrlаri o ‘ zbеk tiligа tаrjimа qilinib, хаlqimizgа tаqdim qilindi vа ilmiy istifоdаgа kiritildi. Mаzkur аsаrlаr o’tmish аjdоdlаrimiz qаdrlаb kеlgаn milliy vа diniy аn’аnаlаrning insоnpаrvаrlik mоhiyatini оchib bеrishgа хizmаt qilаdi. O‘zbekiston respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2017 yil 24 maydagi qarorida ta’kidlanganidek, “ Mustaqillik yillarida xalqimizning qadimiy tarixi va boy madaniyatini tiklash, buyuk allomalarimiz, aziz-avliyolarimizning ilmiy, diniy va ma’naviy merosini har tomonlama chuqur o‘rganish va targ‘ib etish, muqaddas qadamjolarini obod qilish, yosh avlodni ularning ezgu an’analari ruhida tarbiyalash bo‘yicha ulkan ishlar amalga oshirildi va izchil davom ettirilmoqda. Ayni vaqtda ma’naviy-ma’rifiy sohadagi islohotlar samarasini oshirish zarurati bu yo‘nalishdagi ishlarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishni talab etmoqda ” 3 . Shu jihatdan , magistrlik dissertstsiyasi uchun tanlangan “ A b u M a n s u r M o t r u d i y ( 8 7 0 - 9 4 5 ) ilmiy merosi tarixshunosligi ” mavzusi ham dolzarb ahamiyatga ega. Mavzuning o‘rganilganlik darajasi . Mamlakatimizda Moturidiy merosini o’rganishga faqat mustaqillikdan keyingina kirishildi. O’zR Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan 2000 yilda Moturidiy tavalludining 1130 yilligi 2 Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q Muloqot. – 1999.-№ 1.-B.13. 3 “Қадимий ёзма манбаларни сақлаш, тадқиқ ва тарғиб қилиш тизимини янада такомиллаштириш чора тадбирлари тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси Президентининг қарори // XXI ASR 2017 yil 25 may

O’zbekistonda keng nishonlandi. Prezident I.A.Karimov tashabbusi bilan Samarqandda alloma xotirasiga yodgorlik majmui bunyod etildi. Toshkent va Samarqandda Moturidiy ta’limoti va uning islom olamida tutgan mavqeiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy anjumanlar o tkazildi. ʻ Moturidiy hayotining turli qirralarini yorituvchi maqolalar, risolalar va tadqiqotlar chop etildi. Moturidiy merosini o‘rgangan xorijlik olimlar bilan samarali hamkorlik aloqalari o‘rnatildi. 2001 yilda Gyottingen (GFR) untining prof. Ulrix Rudolf qalamiga mansub «Al- Moturidiy va Samarqand sunniylik ilohiyoti» kitobi o‘zbek tilida nashr etildi. 2002 yilda mazkur kitobning keng ommaga, jumladan, oliy o‘quv yurtlarining talabalari va o‘rta maktablarning yuqori sinf o‘quvchilariga mo‘ljallangan nashri amalga oshirildi. Endilikda xalqimiz Moturidiy merosi bilan o‘z ona tilida tanishish imkoniga ega bo ‘ ldi. Mоvаrоunnаhr tаriхi vа undа yashab ijоd etgаn оlimlаr hаyoti vа fаоliyati, хususаn, Imom Motrudiyning bоy ilmiy-mа’nаviy mеrоsini to‘liq qamrab oluvchi tadqiqotlar hozirgacha yaratilmagan. Shunga qaramasdan bunday ma’lumotlar tarqoq holda bo‘lsada ko‘plab manba va adabiyotlarda uchraydi. Аbu Sа’d Sаm’оniy, Yoqut Hаmаviy, Ibn Qutlubug ‘ о, Аbdulhаy Lаknаviy, Аbu Muhаmmаd Qurаshiy, Jаlоluddin Suyutiy, Hоji Хаli fа, Muhаmmаd Zаhаbiy, Sharаfuddin Rоqimiy, Zirikliy, Ibn Хаldun kаbi tаbаqоt vа biо-bibliоgrаfik jаnrlаridаgi аsаrlаrni bitgаn оlimlаr o’z ishlаridа Sа’duddin Tаftаzоniy hаqidа аlоhidа to’хtаlgаnlаr . Shuningdеk, Shantоviy, Аbdurrаhmоn Umаyrа, Dоktоr Ibrоhim Shamsuddin, Dоktоr Аkmаliddin Ehsоn o ‘ g ‘ li, Kаrl Brоkkеlmаn, Аbdulhusаyn Nаvоtiy kаbilаr esа o’zlаrining qo’lyozmа mаnbаlаr ilmiy tаvsiflаri vа kаtаlоglаrigа bаg’ishlаngаn tаdqiqоtlаridа Sа’duddin Tаftаzоniy hаyoti vа yozgаn аsаrlаrigа to’хtаlib o’tgаnlаr 4 . 4 Аҳмад Шантовий. Доират ал-маъориф ал-исломия. XV жилдли. – Байрут: Муассасат ар-рисола, 1992(бундан кейин: Аҳмад Шантовий. Доират ал-маъориф ал-исломия); Саъдуддин Тафтазоний. Шарҳ ал- мақосид. III жилдли. / Шарҳ ва ҳошиялар муаллифи Доктор Иброҳим Шамсуддин. – Байрут: Дор ал-кутуб ал-илмия, 2001 (бундан кейин: Саъдуддин Тафтазоний. Шарҳ ал-Мақосид); Доктор Акмалиддин Эҳсон ўғли. Фиҳрис махтутот мактабат Копрулу. – Истамбул: 1406/1986. Ж . I. – Б . 409-410, 419; Brockelmann C. Geschichte der arabischen Litteratur. – Ж . II. – Б . 216; Абдулҳусайн Навотий . Рижоли китоб ҳабиб ас-сияр. – Теҳрон: Ширкате Само, 1324/1946 .

O ‘ zbеkistоnlik оlimlаrdаn o ‘ z tаdqiqоt vа mоnоgrаfiyalаridа Sа’duddin Tаftаzоniy shaхsiyati vа ilmiy mеrоsigа murоjааt qilgаn оlimlаr qаtоridа U.Uvаtоv 5 , S.Оqilоv 6 , SH.Ziyodоv 7 , А.Аllоqulоv 8 kаbilаrni kеltirish mumkin . Shuningdеk, Shayх Muhаmmаd Sоdiq Muhаmmаd Yusuf 9 , D.Yusupоvа 10 , M.Qоdirоv 11 , N.Nаsrullаеv 12 kаbi muаlliflаr Tаftаzоniyning hаyoti vа ijоdigа оid аlоhidа mахsus mаqоlаlаr yozgаnlаr. Sа’duddin Tаftаzоniyning “Sharh аl-Mаqоsid” аsаri bo ‘ yicha S.Siddiqоv tоmоnidаn mахsus mаgistrlik dissеrtацiyasi hаm yozilgаn 13 . Xorijlik olimlar ning aynan biz o‘rganayotgan mavzuga oid tadqiqotlarini uchratmadik. Lekin shunga R.Sаfiullinа hаm Tаftаzоniyning “Sharh аl-аqоid аn- nаsаfiya” аsаri hаqidа ilmiy tаdqiqоt ishini аmаlgаn оshirgаn vа mаqоlа yozgаn 14 . Intеrnеt tаrmоg’idа hаm Imom Motrudiy vа uning аsаrlаri bo’yicha mаqоlаlаr vа mа’lumоtlаr mаvjud 15 . Аmmо, shungа qаrаmаy, аllоmа Sа’duddin Tаftаzоniy vа uning bоy ilmiy-mа’nаviy mеrоsi bo ‘ yicha аmаlgа оshirilgаn ishlаr еtаrli dаrаjаdа emаs. Mutаfаkkirning o’rgаnilmаgаn аsаrlаri hаli o ‘ z tаdqiqоtchilаrini kutib turibdi. Оlimning “Sharh аl-аqоid аn-nаsаfiya” аsаri hаm shulаr jumlаsidаn bo’lib, Sа’duddin Tаftаzоniy o’zining ushbu kitоbidа Аbu Hаfs Umаr Nаsаfiyning “Аqоid аn-Nаsаfiy” аsаrini yurtimizdа аsоsiy e’tiqоd qilinаdigаn vа dunyo 5 Уватов У. Имом Мотуридий ва унинг таълимоти. – Т.: Фан, 2000. – 48 б . 6 Оқилов С. Абул Муъин Насафий мотуридия таълимотининг давомчиси // Тошкент ислом университети илмий таҳлилий ахборот бюллетени. – 2004. - № 1. – Б. 13-19. . 7 Зиёдов Ш. Абу Мансур ал-Мотуридий ва унинг “Китоб ат-таъвилот” асари. – Т.: Фан, 2009. – 140 б . 8 Аллоқулов А. “Ақоиду-н-насафий” ва унга ёзилган шарҳлар // Имом Бухорий сабоқлари: №2. –Тошкент: 2009. – Б. 156-158 . 9 Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф. Самарқанднинг сара уламолари. – Т.: Ҳилол-Нашр, 2014.– 112 б . 10 Юсупова Д. К вопросу о творческой деятельности ученого-энциклопедиста Са ‘ д ад-Дина ат-Тафтазани // “Шарқшунослик” илмий тўплами: №13. – Тошкент, 2008. – Б. 69-76 . 11 Қодиров М. Марказий Осиё, Яқин ва Ўрта Шарқнинг фалсафий тафаккури (ўрта асрлар). Ўқув қўл. / Масъул муҳаррирлар: ф.ф.д., проф. Ахмедова М., ф.ф.н., доц. Пўлатова Д. – Тошкент: ТошДШИ нашриёти, 2010. – 212 б. 12 Насруллаев Н. Лутфуллоҳ Насафийнинг “Фиқҳи Кайдоний” асари ва унга ёзилган шарҳ, ҳошиялар талқини. Тарих фанлари номзоди...дис. – Т.: Тошкент ислом университети, 2012. –172 б. . 13 Сиддиқов С. Саъдуддин Тафтазоний “Шарҳ ал-мақосид” асарининг ислом ақидасини ўрганишдаги ўрни. Магистрлик академик даражасини олиш учун ёзилган диссертация. – Т.: Тошкент ислом университети, 2011. – 68 б. . 14 Сайфуллина Р.Р. Арабская книга в духовной культуре татарского народа. – Казань: Алма-Лит, 2003. –214 с; Исламоведческие исследования в современной России и СНГ: достижения, проблемы, перспективы: материалы I международного научно-практического симпозиума (19-20 февраля 2009 г.): в 2 томах. – Том II / Под ред. Б.М. Ягудина. – Казань: Intelpress, 2009. – 306 с . 15 www.en.wikipedia.org; www.archive.org; www.wdl.org ; www.hrono.ru .