ALISHER NAVOIY IJODIDA HUSAYN BOYQARO TIMSOLI
ALISHER NAVOIY IJODIDA HUSAYN BOYQARO TIMSOLI M U N D A R I J A Kirish. ………………………………………………………………………….5 I bob. Tarixiy manbalarda Alisher Navoiy va Husayn Boyqaro munosabati………………………………………………………………………10 1.1. Navoiy davri tarixnavisligida Navoiy va Husayn Boyqaro munosabatlarining yoritilishi…………………………………………..11 1.2. XX asr o‘zbek navoiyshunosligida Navoiy va Husayn Boyqaro munosabatlarining o‘rganilishi………………………………………...21 II bob. Navoiy she’riyatida Husayn Boyqaro timsolining badiiy ifodasi………………………………………………..…………………….…35 2.1. Navoiyning lirik janrdagi asarlarida shoh madhi va Husayn Boyqaro shaxsiyati …...................................................................................................…35 2.2. Navoiy qasidalarida Husayn Boyqaro shaxsiyatiga ta’rif..................48 III bob. Navoiy dostonlari va nasriy asarlarida Husayn Boyqaro shaxsiyatining badiiy ko‘rinishi......……………………………… ………..55 3. 1. Dostonlarida shoh va shoir munosabatining badiiy talqini….………55 3. 2. Navoiy va Husayn Boyqaro ijodiy hamkorligi tasviri………….…..67 Umumiy xulosa ………………………………………………………….…..78 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati …………………………………………80 1
KIRISH Mavzuning dolzarbligi va zarurati. Umuman, mustaqillik sharofati tufayli madaniyatimiz, ma’rifatimizga bo‘lgan e’tibor kuchaydi va shu asosda adabiyotimiz chuqur o‘rganilib, qadimdagi yozma manbalardan tortib shu bugungi kungacha yozilgan, yaratilgan asarlar olim- u fozillar tomonidan keng tadqiq qilinmoqda. Ammo adabiyotimizda ochilmagan jabhalar, muammolar bir qadar kengroqdir. Shu bilan birga jahon va mumtoz adabiyotimizdagi janrlar va asar kompozitsiyasi, sujet rang-barangligi bir qadar o‘rganildi va bu tadqiqotlar ilmiy jihatdan rivojlanib borayotgan nazariy metodlar, yangicha tahlil va talqinda ekanligi muhim ahamiyatga ega. Navoiy yashagan davrda ham uning ijodini o‘rganish keng kurtak ota boshlagan edi va bu jarayon XIX-XX asrlarda ham davom etdi. Alisher Navoiy asarlari Sharq mumtoz adabiyotida alohida ahamiyatga ega bo‘lib, uning asarlarida kim nimani izlasa, o‘shani topa oladigan asar sirasidan bo‘lib, o‘z davri va hozirgi zamonda ham o‘zining didaktik ahamiyati va qimmatini yo‘qotmagan. Qayd etilganidek, uning asarlari g‘oyasi va mazmun ko‘lami keng bo‘lib, ularning adabiy-estetik hamda tipologik xususiyatlarini ilmiy-tasavvufiy g‘oyalar, mezonlar asosida o‘rganmasdan iloj yo‘q. Navoiy asarlarining obrazlar tizimi, ifodalanishi, tasvir doirasi, uslub poetikasi va mohiyatiga tasavvufiy-ma’rifiy masalalar singib ketganligi, bu tasavvufiy masalalar Najmiddin Komilov, Ibrohim Haqqul, Suyuma G‘aniyeva, Aziz Qayumovlar tomonidan yoritilgan. Ammo ushbu dissertatsiyada Alisher Navoiy va Husayn Boyqaro faoliyati, ikki do‘stning o‘zaro munosabatlari haqida batafsil ma’lumot berilgan bo‘lib, ular faoliyati ularga zamondosh va keying davrda ular xarakteriga xos xususiyatlar bir qancha adiblar va tarixchilar tomonidan yozib qoldirilganligi haqidagi ma’lumotlar 2
yoritilishi bilan birga Navoiy dunyoqarashi, uning odil podshoh , adolatli hukmdor haqidagi o‘y-fikrlari aks etgan. Shu bilan birga tadqiqotda Husayn Boyqaro obrazlarining ahamiyati bilan belgilanadi. Yuqoridagilarni asoslagan holda shuni aytish joizki, prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga qilgan murojaatnomasida: “Biz o‘z oldimizga mamlakatimizda 3-Renessans poydevorini barpo etishdek ulug‘ maqsadni qo‘ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug‘beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak. Bunda, avvalo, ta’lim va tarbiyani rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish borasida ham milliy g‘oyamizning asosiy ustunlari bo‘lib xizmat qilishi lozim”, 1 - deya ta’kidlaganligi ham ahamiyatlidir. Mavzuning o‘rganilganlik darajasi . Sharq dabiyotshunosligida, umuman, mumtoz adabiyotda bir qancha ijodkorlar orasida Navoiy va u yashagan adabiy muhit, uning shoh Husayn Boyqaro bilan munosabatlar, ularning adabiy hamda siyosiy aloqalari ko‘pchilikni qiziqtiradi, albatta. Ushbu dissertatsiya tadqiqidagi asosiy masala Navoiy va Husayn Boyqarolarning o‘zaro ijodiy munosabatlari va hamkorligi, o‘zaro o‘rganish, bir- biriga ta’sir doirasi va shakl darajasidadir. Jahon adabiyotshunosligida Navoiy ijodini o‘rganish bo‘yicha E.E.Bertels, V.V.Bartoldlarni keltirish bilan birga o‘zbek adabiyotida S.Hasanovning “Navoiyning yetti tuhfasi”, H.Qudratullayevning “Alisher Navoiyning adabiy- estetik qarashlari”, S.G‘aniyevaning “Navoiy nasri nafosati”, Najmiddin Komilovning “Xizr chashmasi”, “Ma’nolar olamiga safar”, I.Haqqulning uch kitobdan iborat “Navoiyga qaytish”, Aziz Qayumovning “Dilkusho takrorlar va ruhafzo ash’orlar” 2 kabi bir qancha tadqiqotlarni misol qilib keltirish mumkin. 1 “Yangi O‘zbekiston” gazetasi. Dunyoni ma’naviy tanazzuldan qutqara oladigan mutafakkir. 8-yanvar,2021-y. https:/yuz.uz>news. 2 Бертельс Е.Э. Избранные труды. Т. Наваи и Джами. – М.:Наука, 1965; Ҳасанов. С. Навоийнинг етти туҳфаси. – Т.: Ғафур Ғулом, 1991; Комилов. Н. Хизр чашмаси. – Т.: Маънавият, 2005; Қаюмов А. Дилкушо 3
Yaqin yillarda Navoiy va Husayn Boyqaro munosabatlari borasida bitiruv malakaviy ishi mavjud bo‘lsa-da, unda Navoiyning “Tarixi muluki ajam” asari xususida to‘xtalingan. Ushbu magistirlik ishida Navoiy asarlari bilan bir qatorda o‘z davridagi tarixiy asarlarda bu ikki arbob haqida, ular munosabatlari haqidagi ma’lumotlar berilishi bilan ahamaiyatlidir. Tadqiqotning maqsadi. Dissertatsiyadan ko‘zlangan maqsad Navoiyning “Hiloliya” qasidasi, “Majolis un-nafois”, “Xamsa”, “Mahbub ul-qulub”, “Xazoyin ul-maoniy” debochasida Husayn Boyqaro timsolini yaratishdagi mahorati, Husayn Boyqaro obrazini gavdalantirishda shoir e’tiboridagi jihatlarni tadqiq qilish, Navoiy ijodida Husayn Boyqaroga bag‘ishlangan qismlarni tahlil qilish va Navoiy va Boyqaro davrida yaratilgan tarixiy asarlar; Zayniddin Muhammad Vosifiyning “Badoye ul-vaqoe’”, Xondamirning “Makorim ul-axloq”, Mirxondning “Ravzat us-safo”, Mirzo Haydar Dog‘lotning “Tarixi Rashidiy”, Boburning “Boburnoma” kabi asarlarini o‘rganishda shoir va shoh Sultonning bolalikdan do‘st ekanligi, do‘sti Husaynning taxtga chiqqanidan so‘ng saroyda xizmatda bo‘lganligi kabi ma’lumotlarni yoritishdn iboratdir. Shularni nazarda tutgan holda dissertatsiya ishining vazifasi quyidagilardan iborat: - Husayn Boyqaro va Alisher Navoiy munosabatlarini o‘rganish; - Shoh obrazining Navoiy ijodida aks etishi; - Husayn Boyqaro va Navoiy munosabatlarini o‘rganishda ijodkor va hukmdor, davlat arbobi va shoh, buyuk mutafakkir va iste’dodli shoir chizgilarini yoritish; - Navoiy davri manbalari va keying davr manbalarining solishtirma o‘rganilishi tadqiqi; - Navoiy va Husayn Boyqaroga xos bo‘lgan fazilatlarning ham Navoiy asarlarida, ham zamondoshlari asarlarida qayd etilishiga asosiy e’tiborni qaratish. такрорлар ва руҳафзо ашъорлар. – Т.: Шарқ, 2014. 4
Tadqioqot obyekti sifatida Alisher Navoiyning 20 jildlik MAT dan joy olgan “Xazoyin ul-maoniy”, “Xamsa”, “Badoye ul-bidoya”, “Vaqfiya”, “Majolis un-nafois”, “Mahbub ul-qulub”, “Munshaot” kabi asarlari va Zayniddin Vosifiyning “Badoye ul-vaqoye’”, Bobur “Boburnoma”si, Xondamir “Makorim ul-axloq”, “Navoiy zamondoshlari xotirasida” asarlari, Oybek “Navoiy” romani va MAT ning 13-jildi va Olim Sharafiddinov “Alisher Navoiy”, Aziz Qayumovning “Dilkusho takrorlar va ruhafzo ash’orlar”, Suyuma G‘aniyevaning “Alisher Navoiy” kabi adabiyotimizning bir qator vakillari asarlariga murojaat qilindi. Tadqiqot predmeti ni Alisher Navoiy va Husayn Boyqaro munosabatlarining talqin va tahlili tashkil qiladi. Tadqiqot usullari tasniflash, tarixiy - qiyosiy, statistik, biografik kabi tahlil usullaridan foydalanildi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Navoiy ijodida shoh madhiga berilgan o‘rinlar, uning adolatli hukmdor haqidagi qarashlari Husayn Boyqaro timsolida aks etishi, odil podshoh ekanligini ta’kidlaydigan madhiya, g‘azal, baytlar tahlil etilganligi. Zamondoshlari xotirida ikkala yetuk shaxs xatti-harakat va muomala, ishlari ularning munosabatlarida aks etganligini ochib berilganligi va to‘la qonli yoritilganligi bilan ahamiyatlidir. Tadqiqot natijalarining ishonchliligi. Qo‘llanilgan usullar va nazariy ma’lumotlarni ochib berishda aniq ilmiy manbalarga tayanilgani, tahlilga tortilgani, nazariy fikr va xulosalarning amaliyotga joriy etilgani bilan xarakterlanadi. Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati. Dissertatsiyaning nazariy va amaliy ahamiyati adabiyotdagi asarlar tarkibida yashirin qolayotgan g‘oyaviy- badiiy sir va haqiqatlarni yanada yorqinroq, aniqroq ochish, Navoiy va Husayn Boyqaro munosabatlariga bog‘liq bo‘lgan ma’no-mohiyatni to‘g‘ri anglashga 5