logo

ASHAROTLARGA QARSHI QO`LLANILADIGAN VOSITALAR. PREPARATLARNING ASOSIY GURUHLARI

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

1211.5 KB
MAVZU: HASHAROTLARGA QARSHI QO`LLANILADIGAN
VOSITALAR. PREPARATLARNING ASOSIY GURUHLARI
MUNDARIJA: 
KIRISH………………………………………………………………………….…3
ASOSIY QISM:
1.   Qishloq   xo`jaligida   foydalaniladigan   asosiy
pestisidlar……………………....5
2.   O’simliklarni   kimyoviy   himoya   qilishda   innovasiyalarni   qo’llash
………….8
3.   O’simliklarni   uyg’unlashgan   himoya   qilishda   biologik   va   genetik
usullardan   foydalanish
……………………………………………………………………….13
4.   G’o’za   va   g’alla   ekinlarini   zararli   organizmlardan   uyg’unlashgan   himoya
qilish tizimini qo’llashda yangi texnologiyalardan foydalanish………………17
5.   Meva   -   sabzavot   va   kartoshka   ekinlarini   zararli   organizmlardan
uyg’unlashgan   himoya   qilish   tizimini   qo’llashda   yangi   texnologiyalardan
foydalanish.
……………………………………………………………………....28
XULOSA………………………………………………………………………....39
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………..41
1 KIRISH
Zararli   hasharot   va   kanalarga   qarshi   asosan   organik   sintetik   preparatlar
ishlatiladi.   Ular   kimyoviy   birikmalarning   har   xil   sinflariga   mansubdir.   Har   qaysi
sinf   muayyan   umumiy   fizik-kimyoviy   xossalarga   ega   bo’lishi   bilan   birga,   ta’sir
qilish mexanizmi asosan umumiydir. Shu boisdan preparatlarni kimyoviy tuzilishi
va zararkunandalarga qarab guruhlab ta’riflash mumkin bo’ladi. 
Fosforning   organik   birikmalariga   asoslangan   dorilar   hozirgi   pestisidlar
orasida muhimlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Ularni keng ko’lamda ishlatishning
boisi   bor,   albatta 1
.   Chunonchi,   yuqori   darajada   insektisid   va   akarisid   sifatida
zararkunandalarga   tez   ta’sir   ko’rsatadi,   biologik   muhitda   uzoq   turib   qolmaydi   va
parchalanganda zaharsiz mahsulotlar hosil qiladi, sust darajada to’planadi, bir qator
preparatlari  ichdan ta’sir  qilish xususiyatiga  ega  va shuning uchun kichik hajmda
purkash   yo’li  bilan  foydalanish,  shuningdek  har  gektarga  oz miqdorda sarflanishi
mumkin. 
Ko’pchilik   fosfororganik   birikmalarning   salbiy   tomoni   ham   bor.   Bular
issiqqonli hayvonlar va odam uchun, shuningdek aksari foydali hasharotlar uchun
kuchli   zahardir.   Surunkasiga   ishlatilganda   bu   birikmalarga   qarshi   tez   orada
zararkunandalarning chidamli populyasiyalari paydo bo’lishi mumkin. 
Fosfororganik   birikmalarning   hasharotlarga   zaharli   ta’sir   qilishiga   sabab
shundaki,   ular   fermentlarning   faolligini   izdan   chiqaradi.   Zahar   hasharot   jismiga
tushishi   bilanoq,   darhol   zaharlanish   alomatlari   yuz   beradi   va   u   tezda   falajlanib
halok   bo’ladi.   Ko’pchilik   fosfororganik   preparatlar   ishlatilishi   bilan   zaharliligini
ko’rsatadi va dorilashdan keyingi dastlabki soatlarda zararkunanda o’ladi. 
Fosfororganik   preparatlar   lichinkalarni   va   yetuk   hasharotlarning   ko’pini
yo’qotadi, ammo tuxumlarga yomon ta’sir qiladi, biroq moy eritmasida tayyorlanib
hasharot   va   kanalarning   tuxumi   ichiga   o’taoladigan   ba’zi   preparatlar   bu   hisobga
kirmaydi. 
1  Education Division Indian Council of Agricultural Research,New Delhi, April 2009, PLANT PROTECTION.
Entomology, Nematology, Plant Pathology, BSMA Committee on Plant Protection, p.7  
2 Laboratoriya   sharoitida   o’tkazilgan   tajribalarimizda   bu   guruxga   oid   dorilar
(rogor,   antio,   bazudin   va   boshqalar)   tavsiya   qilingan   sarfmeyorida   to’liq
ho’llanganda g’o’za tunlamining tuxumlarini 50-82% o’ldirgan. 
Fosfororganik   birikmalar,   aksari,   issiqqonli   hayvonlar   va   odam   uchun
o’rtacha zaharlidir, ammo bular orasida kam zaharliligi ham bor. Fosfor birikmasi
hayvon   va   odam   organizmida   fermentlar   ta’sirida   tezda   zaharsiz   mahsulotlarga
parchalanadi va organizmdan chiqarib yuboriladi. Bu gruppadagi  ba’zi birikmalar
sezilarli darajada va bir me’yorda kumulyativ ta’sir qilish xususiyatiga egadir. Bu
hol tajribadagi hayvon jismiga zaharni kichik dozalarda tez-tez yuborib turilganda
ro’y beradi. Fosfororganik birikmalar guruhida bo’lgan hozirgi dorilar tuproqda va
o’simliklarda ko’pi bilan bir oygacha saqlanadi. Shuning uchun belgilangan oraliq
muddatlarga   rioya   qilinganda,   ularning   muhitda   hamda   chigitni   qayta   ishlashdan
olingan mahsulotlarda to’planish xavfi tug’ilmaydi. 
FOBlar tuproqda mikroflora, namlik hamda o’simliklardagi kimyoviy o’zaro
aloqalar   ta’sirida   va   ularga   o’simlik   fermentlari,   quyosh   radiasiyasi   ta’sir   qilishi
natijasida   parchalanadi.   O’simlik   nechog’lik   yosh   bo’lsa,   parchalanish   jarayoni
(metabolizm)   shu   qadar   jadal   kechadi,   bu   esa,   biokatalizatorlar,   fermentlar,
gormonlar,   vitaminlar   ishtirokidagi   sintetik   jarayonlarning   yuqori   darajada
fiziologik   faol   ravishda   ro’y   berishi   bilan   izohlanadi 2
.   Bu   birikmalarning   faol
shakllari pestisidlar bilan o’zaro bir-biriga ta’sir qilib uni o’zgartiradi, bu esa eski
to’qimalarda ancha susayadi. 
Ko’pchilik   fosfor   organik   birikmalar   o’simlikning   ichidan   ta’sir   qilish
xususiyatiga   ega.   Bunday   ta’sir   ko’rsatishning   mohiyati   shundan   iboratki,   bunda
dorining   kutikula   va   barg   labchalari   (ust’isalari)   orqali,   shuningdek   (zahar
tuproqqa   solinganda)   ildiz   orqali   o’simlikka   o’tadi   va   unda   (dorining
xususiyatlariga   qarab)   floema,   perenxima,   hujayra   devorchalari   bo’yicha,
transpirasiya oqimi, ksilema hamda hujayra oraliqlari orqali tarqaladi. 
ASOSIY QISM.
2  Education Division Indian Council of Agricultural Research,New Delhi, April 2009, PLANT PROTECTION.
Entomology, Nematology, Plant Pathology, BSMA Committee on Plant Protection, p.7  
3 1. Qishloq xo`jaligida foydalaniladigan asosiy pestisidlar
Pestisidlar   asosan   o’simlikning   tez   o’sadigan   qismlarida   iladi,   ularning
tarqalish   tezligi   har   xil   bo’ladi.   Pestisidlarning   o’simlikka   o’tishi   va   tarqalish
xarakteri o’simlikning xususiyatlariga, tashqi muhit sharoitlariga, dorining fizika-
kimyoviy   xossalari   va   xiliga   bog’liqdir.   Aksari   yosh   o’simlikning   barglari
pestisidlarni   juda   yaxshi   o’tkazadi.   Qulay   suv   rejimi   pestisidlarning
adsorbsiyasiga   va   ularning   joydan-joyga   ilishiga   yordam   beradi.   FOBlar   bilan
dorilashda ana shuni e’tiborga olish kerak bo’ladi. Ichdan ta’sir qiladigan dorilar
nam bilan yaxshi ta’minlangan o’simliklarga tez o’tadi. Pestisidlarning o’simlikka
jadal   4   o’tishida harorat, yorug’lik, havoning namligi katta ahamiyatga egadir .
Pestisid preparatlarining asosiy formalari. 
Dust–ta’sir   etuvchi   moddasi   bilan   to’ldirilgan   va   juda   mayda,   zarrali
arlashma  bo’lib asosan changlatish yo’li  bilan ishlailadi. Bir  gektarga 1030kg
dust sarf bo’ladi. 
Dust   tayyorlashda   uni   to’ldiruvchi   sifatida   talk,   pirofillit,   bor,   kaolin,
trepel,   silikogel   va   boshqalardan   foydalaniladi.   Uni   changlanuvchanlik
samarodorligini  oshirish   va  mayda  zarralarni  bekorga  uchib  ketmasligi   uchun
3-5% mineral moy qo’shiladi. 
Ho’llanuvchan kukun - bu kukunsimon pestisid preparati bo’lib unga suv
qo’shish   natijasida   turg’un   suspenziya   hosil   bo’ladi.   Uni   qo’llash   dustga
nisbatan   afzalliklari   bor,   zaxarli   ximikatlar   ortiqcha   sarflanmaydigan   va
qo’llash   samarodorligi   ortadi.   Ular   suspenziya   holatida   bo’lib   o’simlik
barglariga yaxshi yopishadi va o’simlik tanasida maxkam ushlanib qoladi. Bu
xo’llangan   kukun   yuqori   dispersion   xususiyatga   ega   bo’lib,   tarkibida   80%
miqdorida 3mk gacha diametrli mayda zarralar bor. 
Xo’llangan kukun tarkibidagi ta’sir etuvchi modda va to’ldiruvchilar bilan
birga   yuqori   aktivlikka   ega   bo’lgan   yopishtiruvchan   moddalra   ham   bor.
To’ldiruvchilar sifatida silikogel, sintetik metasilikat kalsiy, bentonit, kaolin va
boshqalardan foydalaniladi. 
Yuqori aktivlikka ega bo’lgan moddalar metal ishqorli sulfonadlar, OP-7
va OP-10 polietilenglikol efir spirtlari shuningdek yordamchi moddalar, sulfid
spirtli barda /SSB/, sulfid ishqori, kraxmal, kazein va boshqalar. 
4 Qo’llangan   kukun   tarkibida   30-80%   ta’sir   etuvchi   modda,   15-60%
to’ldiruvchilar, 1.5-2% sulfid spirtli bardalar va 1-2%OP-7 bor. 
Konsentrat   emulsiyalar   -   deb   mayda   eritilgan   eritmalarga   yuqori
akktivlikka   ega   bo’lgan   moddalar   bilan   himoya   qilngan   maydalashtirilgan
tomchilarga   aytiladi.   Bunda   eritmaga   suv   qo’shish   bilan   uni   turg’unligi
ortadigan   va   uzoq   muddat   yupqa   pardalar   hosil   bo’lmaydigan   emulsiyaga
aylantirsh   mumkin.   Moy   sifatida   ksilol,   diosanal,   neft   moylari,   polimerlar   va
solvetlardan foydalaniladi. 
Donadorlashtirilgan preparatlar – tuproqda yashovchi xasharotlarga qarshi
o’simliklarning   ildiz   sistemasi   orqali   zaxarlanishi   uchun   tuproqqa   beriladi,
shuningdek yer ustki xasharotlariga qarshi kurash uchun ham sepiladi. 
Donador   preparatlar   perlit   va   vermikulit   kukun   holidagi   minerallarni
donadorlashtirish   va   tayyor   holdagi   donalarga   pestisidlarni   singdirish   yo’li
bilan   tayyorlanadi.   Preparat   tarkibida   pestisid   va   to’ldiruvchilardan   tashqari
sintetik   smola   ham   singdiriladi.   Donalarning   kattaligi:   o’rtacha   0.25-5mm
gacha, mayda 0.25-1.5mm gacha va yirik 3-5mm gacha bo’ladi. 
Pestisidlarning suv va organik erituvchilardagi eritmasi. 
Eritmadan   tashqari   suv   bilan   yaxshi   aralashadigan   texnik   mahsulot
eritmasi   tarkibiga   yuzaki   aktivlikka   ega   bo’lgan   OP-7,   OP-10   tipidagi
moddalar kiradi. 
Pestisidlarning suvdagi eritmasini saqlash va tashish juda noqulay bo’lib,
katta hajmdagi idishlarni talab etadi. Ular tez parchalanadi, sovuq kunlarda esa
oson yaxlaydi. 
Pastalar   quyuqlashgan   moyli   peparatlar   -   murakkab   moddalar   tarkibiy
qismiga   kiruvchi   oson   yuquvchi   praparat   bo’lib,   suv   bilan   namlanib
xo’llanuvchan   kukunga   o’xshash   bo’ladi.   Ular   urug’li   va   danakli   meva
daraxtlar   tanasining   shilingan   va   yaralangan   joyiga   surtishda   va   ulardan
suspenziya tayyorlashda ishlatiladi. 
Kukunlar  -  ta’sitr  etuvchan  moddasidan  tashqari  tarkibiga o’simliklardan
olingan to’ldiruvchilar kiritiladi. Masalan, o’simlik kraxmali. 
Eruvchan   kukunlar   -   kukunsimon   preparatlar   bo’lib,   ular   suvda   oson
eriydi, ulardan ko’p maqsadlarda foydalaniladi. 
Kichik   va   kam   xajmli   purkash   eritmalari   UKX   tarkibida   ta’sir   etuvchi
modda   va   boshqa   qo’shilmalari   bo’lgan   maxsus   preparatlar   bo’lib,   suv
5 qo’shilmay   maxsus   apparatlar   yordamida   purkash   usulida   ishlatiladi,   ayrim
vaqtda kam miqdorda suv qo’shish mumkin. 
DANADIM,40%   em.k.   (rogor,   BI-58,   dimetoat,   nugor). (Sof   modda–   0,0–
dimetil–S–N–metilkarbamoil-metil)  di-tiofosfat. Yuqori  haroratga chiday olmaydi
va isitilganda izomerlarga parchalanadi. Ultrabinafsha nurlar ta’sirida parchalanishi
ancha tezlashadi. Saqlash mobaynida faol moddasi - fosfamid uncha uzoq turmaydi
va tez orada zaharliligini yo’qotadi. 
O’simlik   sirtiga   tushgan   fosfamid,   harorat,   yorug’lik   va   suv   ta’sirida   tez
parchalanadi,   ammo   o’simlikning   ichida   u   zaharlilik   xususiyatini   20   kungacha
saqlaydi.   Preparat   ichdan   yaxshi   ta’sir   etadi.   U   o’simlik   ichida   ksilema   bo’yicha
(ildizdan   yer   ustki   qismlarga   tomon)   yaxshi   jiladi,   lekin   floema   bo’yicha
(barglardan ildizga tomon) jilishi qiyin, shu boisdan bargga sepilgan fosfamid unda
qolaveradi. 
  1-rasm. Pestisidlarni ishlab chiqaruvchi maxsus yorliqlari 
To’g’ri   qo’llanganida,   ya’ni   sarflash   me’yorlariga,   shuningdek,   dorilash
shartlariga qat’iy amal   qilinganida bu  dori   o’simlikka ziyon  yetkazmaydi.  Ammo
amalda   ba’zan   o’sim-likni   kuydirib   qo’yishi   mumkin.   Bunga   dorining   sarflash
me’yori   va  dorilash  shartlarini   buzish  sabab  bo’ladi,  albatta.  Kunduzi  harorat   28 0
dan oshganida dorilash ishlari to’xtati-lishi lozim (M.Turabxodjayeva, 1973). 
Fosfamid   –   kuchli   va   uncha   uzoq   davom   etmaydigan   ichdan   ta’sir   etuvchi
insektisid   va   akarisid   hisoblanadi.   Preparat,   asosan   so’ruvchi   zararkunandalarga
(o’rgimchakkana,   o’sim-lik   shiralari,   qandala,   trips   va   boshqalarga)   qarshi
6 
  ishlatilsa   yaxshi   natija   beradi,   lekin   kemiruvchi   zararkunandalarning   (g’o’za
tunlami,   karadrina   va   hokazolarning)   kichik   yoshdagi   qurtlarini   ham   o’ldiradi.
O’simlik   ichiga   tez   o’tishi   va   sirtida   parchalanishi   tufayli   foydali   hasharotlarga
qiladigan   zaharli   ta’siri   uzoqqa   cho’zilmaydi.   Shu   jihatdan   qaraganda   dorilashni
entomofaglarning eng ko’p qismi  g’um-baklaganda va tuxum shaklida bo’lganida
o’tkazish muhimdir. 
Fosfamid 40%  li  emulsiya konsentrati shaklida chiqariladi  va paxtachilikda
bir   qancha   so’ruvchi   zararkunan-dalarni   yo’qotishda   har   gektarga   1,5-2   l   dan
sarflab ishlatiladi. U issiqqonli hayvonlar va odam uchun o’rtacha zaharlidir (O’D
50
kalamushlar uchun 230 mg/kg ga teng). Teri orqali sezilarli darajada ta’sir qiladi.
G’o’za   fosfamid   bilan   shiddatli   dorilanaversa   o’rgimchakkana,   o’simlik   shiralari
va   oqqanotda   yakka   va   guruhli   chidamlilik   vujudga   kelishi   mumkin.   G’o’zani
oxirgi   marta   fosfamid   bilan   dorilash   paxta   ochilishidan   15   kun   oldin,   boshqa
ekinlarni   dorilash   esa   30   kun   ilgari   to’xtatiladi.   BI-58   bilan   ishlangan   dalaga
trixogrammani 15 kun, brakonni – 10 kun, stetorusni 5 kun keyin qo’yish mumkin.
ORTEN,75%   em.k.   (lanser,75%   e.kuk.)   Sof   moddasi-asefat   deb   ataladi.
O’rtacha zaharli birikma (O’D
50   866-945 mg/kg ga teng) bo’lib birqator so’ruvchi
zararkunandalarga   qarshi   yuqori   darajada   samaralidir.   U   sirtdan   va   ichdan   ta’sir
ko’rsatadi.   O’zbekistonda   bularni   g’o’zani   shira   va   tripsdan   himoya   qilish   uchun
(0,7   l/ga),   hamda   tamakini   shu   hasharotlardan   himoya   qilish   uchun   (0,75   l/ga)
tavsiya   qilingan.   Bundan   tashqari,   chigitni   dorilab   ekishga   (4   kg/t)   mo’ljallangan
mahsus   shakllari   ham   mavjud:   lanser,   80%   n.   kuk.   va   orten,   75%   n.kuk.   Kuchli
hidga ega, ammo suv bilan qorishganidan keyin bu hid yo’qoladi. Nisbatan tez (10
kun) parchalanib ketadi. 
2. O’simliklarni kimyoviy himoya qilishda innovasiyalarni qo’llash 
Uyg’unlashgan   himoya   qilishda   agrotexnik   tadbirning   ahamiyati
O’simliklarni   uyg’unlashgan   himoya   qilishda   biologik   va   genetik   usullardan
foydalanish
Uyg’unlashgan himoya qilishda agrogexnika tadbirlarini ahamiyati.
7 Qishloq   xo’jalik   ekinlari   zararkunandalari   va   kasalliklariga   qarshi   kurash
usullari asosan 2ta yo’nalishga qaratish mumkin. 
a)   oldini   olish   yoki   ogohlantiruvchi   yo’nalishning   asosiy
maqsadizarakunandalarning   dalada   bog’larda   o’tloqlarda   va   boshqa   ekinzorlarda
hamda   qishloq   xo’jalik   maxsulotlari   saklaydigan   omborxonalarda   ko’paytirishga
yo’l qo’ymaslikdan iborat. 
b)   qirib   tashlash   choralari   yo’nalish   ekinzorlarga   keltirayotgan   hosilning
nobud bo’lishiga xavf solayotgan zararkunandalarni o’ldirishdan iborat. 
Zararkunandalar   qishloq   xo’jalik   ekinlariga   butun   o’suv   davri   mobaynida,
ekilgandan boshlab to uni yig’ib olguncha va hatto omborxonalarda saqlanayotgan
paytda ham zarar keltirishi mumk i n. 
Qishlok xo’jalik ekinlari zararkunandalarga qarshi kurash choralari kuyidagi
usullar asosida o’tkaziladi: agrotexnik, biologik, kim yo viy, fizik, mexanik usul va
qarantin choralaridir. 
Kurashning   bu   hamma   usullari   birlashtirilgan   tadbir   holida   xo’jaliklarning
ishlab   chiqarish   rejalariga   kiritiladi.   Yuqorida   ko’rsatilgan   kurash   usullarning   har
biri ham o’zining afzalliklari va kamchiliklariga ega bo’lib, ma’lum sharoit tarozisi
bilangina qo’llanilishi mumkin. 
Agrotexnik   usul   bu   usul   o’simliklarni   uyg’unlashgan   himoya   qilish
sistemasida   asosiy   o’rinlardan   birini   e g allaydi.   Agrotexnik   usul   yordamida
zararkunandalar   ko’ p ayishining   oldini   olish   ba’zida   esa   butunlay   qirib   tashlash
mumkin. 
Agrotexnik   usulni   muvafaqqiyatli   qo’llash   orqali   zararkunandalar   uchun
noqulay   sharoitlarni   vujudga   keltirish,   madaniy   o’simliklarning   yahshi   o’sib
rivojlanishi   hamda   entomofaglarning   ko’ p ayishi   uchun   esa   qulay   sharoitlarini
vujudga   keltirish   mumkin   bo’lad i .   Zararkunandalarning   rivojlanish i ga   zarar
keltirishi   ko’pincha   tab i iy   muhit   sharoitlariga,   ozuqaning   miqdoriga,   harorat   va
namlikni o’sha zararli tur uchun qulayligiga va boshqa muhit sharoitlariga bog’liq
bo’ladi. 
8 Agrotexnik tadbirlaridan oqilona foydalanish ko’plab zararli hasharotlardan
ommaviy   rivojlanishiniig   oldini   olishga,   ular n ing   zarar   keltirish   darajasini
kamaytirishga   sabab   bo’ladi.   Bunday   agrotexnik   usullar   qatoriga   tuproqqa   ishlov
berish almashlab ekish, o’g’itlash muddatlari  va usullari oqilona tanlab o’ t kazish,
urug’lik sifati  ekish muddati va usullari kabilarni  ko’rsatish mumkin.   I shlarni o’z
vaqtida   va   muddatlarida   o’tkazish   o’simliklarni   zararkunanda   va   kasalliklarni
oqilona himoya qilishga, dorivorlarda n  kamroq foydalanishga imkon yaratadi. 
XX   asr   dexqonchiligi   o’ziga   xos   ixtisoslashgan   xo’jaliklar   tashkil   qilishga,
katta maydonlarda bir xil turdagi ekinlarning  o’ stirilishiga sabab bo’ldi. Bu esa o’z
navbatida   o’simlik   zararkunandalari   uchun   qulay   vaziyatlarini   vujudga   keltiradi ,
undan   tashqari,   dalalarning   hajmi   shakli   o’zgartirildi,   almashlab   ekish   tashkil
etildi, katta-katta suv omborlari qurilib, yangi yerlar o’zlashtirildi va sug’oriladigan
yerlar   maydoni   kengaydi.   Bu   tadbirlar   ayrim   zararsiz   bo’lgan   zararkunanda
turlarining asosiy zararkunandalariga aylanishiga olib keldi. 
Biz yashayotgan  O’rta Osiyo iqlimi zararkunandalarning rivojlanishi  uchun
juda qulay bo’lib, ko’pgina turlar bu yerda bir nechta avlod berib rivojlandi.  Bular
jumlasiga   shiralar,   tripslar,   o’rgimchakkana,   olma   qurti   va   boshqalarni   kiritish
mumkin. 
Agrotexnik   usulning   yana   bir   afzalligi   shundaki   maxsulot   pestisid
qoldiqlarsiz   toza   bo’ladi,   dalalarda   esa   foydali   hasharotlarning   rivojlanish   va
ko’payishi uchun imkoniyatlar yaratiladi. Oqibatda esa biz ekologiya tarozusining
bir   tomoniga   og’ib   ketmaslikni   ham   ta’minlangan   b o’ lamiz.   Foydali   hasharotlar
endi   bu   dalalardan   boshqalariga   (m:   bedazorlardan   bog’larga)   o’chib   o’tadilar
bedapoyalar foydali turlar ko’ p ayadigan o’cho q  vazifasini bajaradi. 
Agrotexnik usul asosan ikkita yo’nalishda juda foydalidir: 
1. Sog’lom o’simlik o’z - o’zidan zararkunanda va kasalliklarga chidamli
chidamli   bo’ladi   va   usulni   qo’llash   orqali   ham   bu   turlar   uchun   noqulay   sharoit
vujudga keladi. 
2. Kasal   o’simlikning   rivojlanishi   va   o’z   holatini   tiklab   olish   uchun
sharoit yaratiladi. 
9 Bundan tashqari  agrogexnik usul  integrirlashgan usul choralari bilan doimo
hamkorlikda   amalga   oshirilshi   uchun   afzalliklaridan   biridir.Bu   usul   ko’pincha
qo’shimcha sarf-harajatlar qilishni kamaytiradi. 
Bog’dorchilikda agrotexnik usulning moxiyati quyidagicha. 
1.   Zararkunandalar va kasallanish oqibatida ko’rib qolgan zararlangan shox
shabbalarni qirqib tashlash. 
2.   Daraxtlarga   doimo   shakl   berib   butab   borish,   yoshartirish   tadbirlarini
o’tkazish,   kasallanish   va zararlanish oqibatidatukilgan mevalarni terib   olish 
3. Bog’ qator oralariga ishlov berish. 
4.   Bog’larni oqlash. 
Tashkiliy   xo’jalik   tadbirlariii   o’tkazish,   monokulturadan   qut u lish
ekinzorlarda   foydali   hasharotlarning   ko’payishiga   imkon   beradi.   Buning   uchun
foydali   turlarn i ng   rivojlanishi   uchun   qulay   bo’lgan   o’simliklar   o’stirish,   serasal
o’tlar ekish kabi sharoitlarni vujudga keltirish zarur. Masalan asalari meva va  p axta
hosilini 1,5-2 s ga oshirishi malum. 
Almashlab  ekish.  Bir  dalaga  ekiladigan  ekin  2-4  yil  davomida  boshqa  ekin
turiga   almashtirib   turilsa   u   yerda   zararkunanda   va   kasalliklar   avval   ko’payib
ketmaydi. 
Shudgor qilib haydash-tuproqdagi hasharotlarning tuxumlari, lnchinkalari va
imagolarini qirilishiga sabab bo’ladi. 
Yaxob suvi berilganda ham ma’lum natijalarga erishiladi. 
Ekish   muddatining   kechiktirilishi   yoki   erta   o’tkazilishi   ham   ba’zi   bir
zararkunanda va kasalliklar uchun qulay vaziyatlarni vujudga keltirishi mumkin. 
Mineral   va   organik   o’g’itlarni   ishlatish.   To’g’ri   tanlab,   ilmiy   asosda
o’g’itlangan   dalalarda   o’simliklarning   o’sishi   va   rivojlanishi   yaxshi   kechib
zararkunanda   va   kasalliklarga   chidamli   bo’ladi.   mineral   o’g’itlar   o’simlikdagi
osmatik   bosimni   oshiradi   b u   esa   so’ruvchi   hasharotlarning   oziqlanishi   uchun
noqulay hisoblanadi. 
Kaliyli   va   fosforli   o’g’itlar   barg   va   poyalar   mexanik   to’ q imalarini
mustahkamlaydi,   kutikulani   qalinlashtiradi   oqibatida   esa   so’ruvchi   hasharotlar
10 uchu n  noqulay sharoit vujudga kelib ularning hartumlari sharbatini olishda qisqalik
qilib qoladi. 
N:R:K   o’g’itlar   o’simlik   bitlari,   sikadalarning   oziqlanishini   vaqtinchalik
to’xtashiga   sabab   bo’ladi.   meyordan   ortiqcha   ishlatilgan   o’g’itlar   shira   va
kanalarning ko’payib ketishiga sabab bo’ladi. 
Sug’orish   foydali   va   zararli   hasharotlar   miqdoriga   katta   ta’sir   ko’rsatadi.
Namlikni   xush   ko’radigan   hasharotlar   -   o’simlik   bitlari   va   bazi   bir   boshqa
turlarning   rivojlanishi   uchun   sharoit   yaratiladi.   quruqsevar   kserovil   tur
hasharotlarga salbiy ta’sir ko’rsatadi (qora qo’ng’izlar, chigirtkalar, zararli xasva).
Agro usulining - ayniqsa sug’orishning hasharotlarga tasiri yaxshi o’rganilmagan. 
Hosilnn yig’ib olish vaqti va usuli. Har bir ekinda uchraydigan zararkunanda
hayot   kechirishini   hisobga   olib   yig’ishga   kirishilsa   kelgusida   shu   turdagi
zararkunanda tarqalishining oldini olgan bo’lamiz 
Mexanik   usul.   Bu   usulga   o’simlikni   qurigan   qismlarini   qirqib   tashlash,
daraxtga har xil tutgich moslamalar quyish,  e kin ekilgan maydonlarni atrofini toza
saqlash va daraxt po’stloqlaridagi zararkunandalarni yo’qotish kabi tadbirlar kiradi.
Daraxt   tanasini   ohakli   suv   bilan   ishlash   va   hokazolar   zararkunandalarning   sonini
ko’payib ketishini oldini olishda yaxshi natija beradi. 
Kimyoviy   usul.   O’simliklarni   uyg’unlashga n   himoyasida   zararli
organizmlarga   kimyoviy   moddalarni   ishlatish   yaxshi   natija   beradi.   O’simliklarni
kimyoviy   himoya   qilish   vositalari   universal   usul   bo’lib,   ularni   har   xil   qishloq
xo’jalik   ekinlaridagi   juda   ko’pgi n a   zararkunanda   va   kasalliklarga   va   begona
o’larga  qarshi  ishlatilishi  mumkin.  Shu bila n   birga bu  vositalar   bilan  omborxona,
issiqxona va boshqa binolarni ham ishlash mumkin. 
O’simliklarni   kimyoviy   himoya   qilish   vositalari   sanoat   tomonidan   ishlab
chiqarilib   haridorlarga   uncha   qimmat   bo’lmagan   narxda   sotiladi.   Hamda   ularni
ishlatishda   xo’ j aliklar   manfaatdor   bo’ladilar.   Hozirgi   vaqtda   qishloq   xo’jaligida
sarf qilingan 1 so’mga o’rtacha 4 so’mga yaqin sof daromad olinmoqda. 
 
 
11  
  2-rasm. Urug’larni dorilovchi uskuna 
3.   O’simliklarni   uyg’unlashgan   himoya   qilishda   biologik   va   genetik
usullardan foydalanish  
Ma’lumki   qishloq   xo’jalikmahsulotlarini   nshlab   chiqarishni   ko’paytirish   va
ularning   sifatini   yaxshilashda   o’simliklarni   zararli   organizmlardan   himoya   qilish
muhim   ahamiyatga   egadir.   Hozirgi   vaytda   jahonning   ko’pgina   mamlakatlarida
yiliga   begona   o’tlar,   zararkunanda   va   kasalliklardan   qishloq   xo’jalik   ekinlarning
20-30% hosili nobud bo’ladi. 
Buning  oqibatida  o’simliklarni   zararli  organizmlardan   himoya   qilish   ishlari
ko’ngina   mamlakatlarda   faol   olib   borilmoqda,   bunda   ko’proqxissa   kimyoviy
usulga ajratilgandir. To’g’ri,   kimyoviy usulning   ham ayrim qulayliklari bor, ya’ni
zararli   organizmlarga   tez   ta’sir   etishi,   qo’llashning   qulayligi,   yaxshi
mexanizasiyalashgani va x.k. 
Lekin   shu   bilan   birga   bir   qator   kamchiliklari   borki,   bunga   mutlako   yo’l
qo’yib   bo’lmaydi.   Bunday   kamchiliklarga   atrof-muhitni   ifloslantirishi,   qishloq
xo’jalik   mahsulotlarida   pestisidlar   qoldiqlari   to’nlanishi   zararli   organizmlarda
qo’llanilayotgan   pestisidga   nisbatan   chidamliligini   oshishi,   issiq qonli   hayvonlar,
foydali hasharotlar uchun zaharlidir. 
Buning natijasida o’simliklarni himoya   qiluvchi   mutaxasislar ollida, shunday
vazifa   qo’yildiki   bu   ham   bo’lsa   yuqoridagi   kamchiliklardan   xoli   bo’lgan   va
12 samaradorligi   yuqori   bo’lgan   o’simliklarni   himoya   qilish   usulini   ishlab   chiqish
zaruriyati tug’ildi. 
Bunday   usul   –   o’simliklarni   biologik   usulda   himoya   qilishdir.   Biologik
usul n ing   moxiyati   -   o’simliklarning   zararkunandalari,   kasalliklari   va   begona
o’tlarga   qarshi   tirik   organizmlar   (entomoakarifaglar,   mikroorganizmlar)   va
ularning   hayoti y   mahsulotlari   (feromon,   toksin)   yordamida   kurashishga   aytiladi.
O’simliklarni   biologik   himoya   qilish   usulining   vazifasi   atrof-muhitni
iflosla n tirmasdan   qishloq   xo’jalik   ekinlarini   va   ular n ing   mahsulot l arini   zararli
organizmlar zararligini himoya qilishdir. 
Shu maqsaddan  zararkunandalarni  yo’qotishda uning kushandalaridan,  yani
hasharotlardan,   kanalardan,   sudralib   yuruvchilardan.   qushlardan   foydilanilad i .
Bundan   tashqari   qishloq   xo’jalik   ekinlarida   kasallik   qo’z g’ atuvchi   Molardan
(bakteriya,   zamburug’,   virus)   lardan   foydalaniladi.   Bugungi   kunda   keng
qo’llanilayotgan entomofaglardan trixogramma, brakon va x.k. 
Qishloq   xo’jalik   ekinlari   kasalliklariga   ham   qarshi   kurashda   biologik   usul
keyingi  vaqtlarda muvaffaqiyatli  qo’llanilmoqda m a s alan :  trixodermik g’o’zaning
vilt   kasalligiga   qarshi   begona   o’tlarni   yo’qotadigan   fiyetomiza   pashshalari   keng
qo’llanilmoqda. 
O’simliklarni   zararkunandalardan   himoya   qilishda   biologik   obyektlardan
foydalanishga   oid   dastlabki   ma’lumotlar   eramizning   boshlariga   to’g’ri   keladi.   Bu
vaqtlarda   qadimgi   Arabistonda   bog’bonlar   xurmo ,   p a lmalarga   tushadigan
zararkunandalarni yuqotishda yirtqich chumolilardan foydalanishgan. 
Qizil   chigirtkalarga   qarshi   kurashda   mavriki   or o li ga   Hindistondan   mayna
qushlari   keltirilgan .   Keyinchalik   turli   mamlakatlarda   xonqizidan   foydalanishga
urinib ko’rilgan. 
1844   yilda   Antoninio   Villa   degan   italyan   olimi   bog’   zararkunandalariga
qarshi yirtqich qo’ng’izlardan foydalanishni tavsiya etadi. O’sha yili hasharotlarga
qarshi kurashda bura marinus qurbaqasidan Borbodos orolida foydalanilgan. 
13 Hasharotlarda ro’y beradigan parazitizm xodisasini birinchi marta 1602 yilda
olimlarga   ma’lum   bo’lib,   uni   ilmiy   jihatdan   faqat   1700   yilda   Vilisniri   izohlab
berdi. 
Jumladan nemis tabiatshunosi V. Koller entomofaglar zararkunandalar turiga
qanday   ta’sir   ko’rsatishini   shunday   ta ’ riflagan   edi   «Hasharotlarning   bir-biriga
bo’lgan o’zaro   munosabatlarini yaxshi o’rgangandan keyingini biz ularning zararli
ta’siridan himoyalana olamiz» degan edi. 
Mustaqil   davlatlar   hamkorligidagi   mamlakatlar   Rossiyada   biologik   kurash
bo’yicha   dastlabki   ilmiy   ishlar   o’ggan   asrning   70-   yillarida   II.   Mechnikov
tomonidan boshlandi. U o’tgan asrning 70-yillari oxiri. 80 - yillar boshlarida g’alla
qo’ng’iziga   (akazopliya   aupriaka)   ning   zamburug’   va   bakteriyali   kasalliklarini
qo’zg’atuvchilarni   aniqladi   va   u   bu   zararkunandalarga   qarshi   yashil   muskardini
zamburug’ini qo’lladi. 
Keyichalik I.V. Kosimov, P.V. Kurdyumov, V II. Pospelov va boshqalar bu
sohada fanga katta xissasini qo’shdilar. 
Respublikamizda   olma   qurtiga   qarshi   kurash   olib   borish   maqsadida   P.V.
Kosimov (1910) va A.R. Radesk i y (1911) lar Astraxandan Toshkent va Samarqand
bog’lariga   tuxumxo’r   trixogrammani   birinchi   marta   keltirishgan   edi.   Keyinchalik
biologik usulni Respublikamizda rivojlantirishda V.V. Yaxontov, A.A. Lujeskiy va
boshqa olimlar salmoqli xissa qo’shdilar. 
O’zbekistonda   keyingi   yillarda   o’simliklarni   biologik   himoya   qilishda
anchagi n a yutuqlarga erishilgan. Masalan: bu usulni qo’llashga kirishilganda 1971
yil  atiga  2,6 ming  ga joriy etilgan  bo’lsa,  1980  yil  1416,1  ming, 1986  yil   4503,7
ming, 1990 yil esa 5 mln. gektar atrofida qo’llanildi. 
Respublikamizda   biologik   usulning   bunday   muvaffaqiyatlarga   erishishda
ko’ngina   o’zbek   olimlarining   salmokli   xizmatlari   bor.   Ayniqsa   O’zITI   olimlari
akademik   S.A.   Alimuhamedov   3.   K.   Odilov,   Rasulov   F.   K.   va   boshqalar
Respublikamizda   trixogramma,   brakon   va   mikrobiologik   preparatlarni   keng
qo’llanishi mumkinligini va ular yuqori samara berishini ilmiy asoslab berdilar. 
14 Olimlarimizning   ilmiy   ishlab   chikarishlarini   Res p ublika   paxta   dalalarida
bunday   keng   joriy   etishda   «O’zbekiston   himoyalashtirish»   Respublika   ishlab-
chiqarish   ilmiy   birlashmasida   biologik   usulda   kurash   bo’yicha   boshqarmasi
xodimlari   hamda   viloyat   va   tumanlarda   biologik   himoya   bo’nicha   bosh   agronom
va katta agronom xizmati kattadir. 
Bugungi   kunda   Respublikamizda   700   dan   ortiq   ishlab   chiqarish
biolaboratoriya   va   biofabrikalar   mavjuddir.   Bu   biolaboratoriya   va   biofabrikada
trixogr a mma   va   uning   xo’jayini   (yem   bo’lmish   hasharot)   ni   urchitish   bo’yicha
mexanizasiyalashgan   liniyalar   oltinko’z   kabi   entomofaglar   ham   ishlab   chiqilib
qishloq xo’jalik ekinlari zararkunandalariga qarshi qo’llanilmokda. 
Biologik usul kelajakda eng istiqbolli, rivojlanadigan usuldir. saba b i, keyingi
paytlardi ekologik vaziyatning buzilib ketishi sababli kimyoviy vositalar anchagina
cheklanib   qo’yilmokda.   Buning   o’rniga   bezarar   va   samarali   vositalardan   biri
sifatida biologik usul qo’llaniladi. 
Hali   biologik   usulda   juda   ko’p   obyektlar   yaxshi   o’rganilmagan,   masalan:
hasharotlarda ayrim yillari yalpi kasallanib q i rilib ketadi buni ko’pincha jonpvorlar
chiqaradi.   Bu   prosess   qanday   kechishi   qanday   sharoitda   kelib   chiqishi   va   uni
sun’iy   ko’paytirib   hasharotlar   ko’paygan   yillarda   ma’lum   bir   maqsadga   qaratib
qo’llash ishlari yetarlicha o’rganilmagan. Bog’ zararkunandalarin i ng ko’pdan-ko’p
entomofaglari   ma’lum,   lekin   ularni   laboratoriya   sharoitida   ko’paytirib,   keyin
zararkunanda ko’paygan vaqtda qo’llash ishlari ham yaxshi rivojlanmaga n .Bundan
tashqari   biologik   usulni   qo’llashni   mexanizasiyalash   ishlari   ham   yetarli   darajada
emas. 
Biologik   usul   boshqa   usullar   bilan   uyg’unlashgan   holda   qo’llash   juda   ham
muhimdir,   aynnqsa   kimyoviy   usul   bilan.   Chunki   qishloq   xo’jalik   ekinlari
zararkunandalariga   qarshi   kurashda   ayrim   zararkunandalarga   nisbatan   samarali
metod   yo’q,   ayrimlariga   bor.   Masalan:   go’zada   ko’sak   qurtiga   nisbatan   biousul
yaxshi   rivojlangan   so’ruvchi   hasharotlarga   nisbatan   yetarli   darajada   emas.   Bu
zararkunandalar g’o’zada bir vaqtda uchrashi mumkin. Shunda mutaxassis  albatta
15 bilishi kerak entomofag yoki biopreparat ishlayotgandan keyin necha kundan keyin
kimyoviy preparatlarni qo’llash mumkinligini yoki aksincha. 
4.   G’o’za   va   g’alla   ekinlarini   zararli   organizmlardan   uyg’unlashgan
himoya qilish tizimini qo’llashda yangi texnologiyalardan foydalanish.
G’o’zani so’ruvchi zararkunandalari va ularga qarshi kurash choralari  
TAMAKI TRIPSI  
Bu   zararkunanda   o’simlik   bargining   shirasini   so’rib,   zarar   yetkazadi.
Zararlangan   barglar   yirtilib   ketadi.   Tanasi   cho’zinchoq   bo’lib,   to’q   sarg’ish
ranglarda   bo’ladi.   Lichinkalari   och   sarg’ish   rangda   bo’ladi.   Tamaki   tripisi
o’simliklarning   uchidagi   yosh   barglarga   tuxum   qo’yadi.   1   ta   urg’ochi   trips
rivojlanish   davrida   100   tagacha   tuxum   qo’yadi.   Butun   yoz   bo’yi   7   martagacha
avlod beradi. 
 
3-rasm.Tamaki tripsi  
Tamaki tripsiga qarshi kurash choralari  
Agrotexnik   tadbirlar:   G’o’zaning   chidamliligini   oshiradigan   choratadbirlar
(o’g’itlash, sug’orish, kultivasiya) trips zararini pasayishiga yordam beradi. 
Biologik   usul :   tamaki   tripsiga   qarshi   oltinko’z   entomofagining   3-4   kunlik
tuxumlaridan   1,0-1,20   nisbatlarida   10   kun   oralatib   2   marta   chiqariladi.   Zaruriyat
bo’lgan   maydonlarga   oltinko’z   tuxumidan   500-1000   tagacha   chiqarish   davom
ettiriladi;   tamaki   tripsi   tushgan   dalalarga   xon   qizi   qo’ng’izlari,   sirfid   pashshalari,
afidiidlar va boshqa foydali xasharotlarni jalb etish. 
16   Kimyoviy  usul:   vegetasiya   davomida 4-7%  o’simlik trips  bilan zararlanishi
kuzatilsa, mospilan 20% n.k. -0,15 l/ga;  karbofos 50% em.k. – 0,6 l/ga; pilarmos
20% n.k. – 0,15l/ga; kamilot 20% n.kuk.- 0,15l/ga; kallipso 48% sus.k. – 0,05-0,07
l/ga;   deltafos   38%   em.k.   –   1,0   l/ga;   vertimek   1,8%   em.k.   –   0,4   l/ga   va   boshqa
ruxsat etilgan dorilar bilan ishlov beriladi. 
  O’SIMLIK BITLARI 
BEDA  YoKI   AKASIYa   BITI.   O’rta  Osiyoda   keng  tarqalgan   bo’lib,   52  tur
zarar   yetkazadi.   Bu   g’o’zani   may-iyun   oylarida   zararlaydi.   Akasiya   biti   tuxumlik
fazasida   qishlaydi.   Partenagenez   yo’li   bilan   tirik   tug’ib   ko’payadi.   17-20   tagacha
avlod beradi. 
POLIZ BITI. Bu zararkunanda xammaxo’r bo’lib, O’simliklarning 46 turiga
zarar   yetkazadi.   Rangi   ko’kish   sarg’ishdan   to   to’q   yashilgacha   bo’ladi.   Tirik
tug’uvchi   urg’ochilarning   boshi,   oyoqlari,   shira   chiqarish   naylari   qora   tusda
bo’ladi.   Lichinkalik   va   imogalik   bosqichida   qishlaydi.   G’o’zadan   keyin   poliz
ekinlariga uchib o’tadi. 15-17 martagacha avlod beradi. 
KATTA   G’O’ZA   BITI.   O’zbekistonning   barcha   paxta   ekinlarindan   keng
tarqalgan.   Boshqa   bitlarga   nisbatan   yirikroq   bo’lib,   tanasi   ko’kish   yoki   sarg’ish,
ko’zlari   qizil,   oyoqlari   va   shira   naylari   juda   uzun   bo’ladi.   Tuxumlik   bosqichida
yantoq o’simligida qishlaydi. 
 
 
 
4-rasm.G’o’za biti 
O’simlik bitlariga qarshi kurash choralari 
17 Agrotexnik   tadbirlar .   G’o’za   ko’chatlarini   qator   oralariga   ishlov   berish;
NPK o’g’itlar  eritmasi  bilan  g’o’za maysalarini  bargi  orqali  oziqlantirish;  begona
o’tlarga qarshi kurash.  
Biologik   usul :   g’o’za   bitlariga   qarshi   oltinko’z   entomofagining   3-4   kunlik
tuxumlaridan   1,0-1,20   nisbatlarida   10   kun   oralatib   2   marta   chiqariladi.   Zaruriyat
bo’lgan   maydonlarga   oltinko’z   tuxumidan   500-1000   tagacha   chiqarish   davom
ettiriladi; shira tushgan dalalarga xon qizi qo’ng’izlari, sirfid pashshalari, afidiidlar
va boshqa foydali xasharotlarni jalb etish. 
 
 
 
5-rasm.Besh nuqtali xonqizining o’simlik bitlariga hujumi 
Kimyoviy   usul:   g’o’za   bitlarining   soni   vegetasiya   davomida   8-10%
o’simliklarni   barg   plastinkasi   o’simlik   bitlari   bilan   5-25%   qoplanganda   mospilan
20% n.k. -0,15 l/ga; karbofos 50% em.k. – 0,6 l/ga; filarmos 20% n.k. – 0,15l/ga;
kamilot 20%  n.kuk.- 0,15l/ga; kallipso 48% sus.k. – 0,05-0,07 l/ga;  deltafos 38%
em.k. –  1,0 l/ga;   vertimek  1,8%  em.k.  – 0,4  l/ga  va  boshqa  ruxsat   etilgan dorilar
bilan ishlov beriladi. 
O’RGIMChAKKANA  
G’o’zaning   ashaddiy   zararkunandasi   bo’lib,   248   tur   o’simlik   bilan
oziqlanadi.   Shundan   37   turi   qishloq   xo’jalik   ekinlari.   O’rgimchakkana   160600
tagacha tuxum qo’yadi. O’zbekistonda 18-20 tagacha avlod beradi. 
18  
6-rasm.O’rgimchakkana   Agrotexnik   tadbirlar .   G’o’za   ko’chatlarini   qator
oralariga ishlov berish; NPK o’g’itlar eritmasi bilan g’o’za maysalarini bargi orqali
oziqlantirish; begona o’tlarga qarshi kurash. 
Biologik   usul :   o’rgimchakkanaga   qarshi   oltinko’z   entomofagining   3-4
kunlik   tuxumlaridan   1:10,   1:20   nisbatlarida   10   kun   oralatib   2   marta   chiqariladi.
Zaruriyat   bo’lgan   maydonlarga   oltinko’z   tuxumidan   500-1000   tagacha   chiqarish
davom   ettiriladi;   atrof-muxitga   va   foydali   xasharotlarga   zararsiz   bo’lgan
oltingugurt   preparatlaridan oltingugurt  talqonidan  20-30  kg/ga changlash,   0,5-1  li
oltingugurtning oxakli qaynatmasidan gektariga 300 litr purkash. 
Kimyoviy   usul:   vegetasiya   davomida   10%   o’simliklarning   barg   plastinkasi
o’rgimchakkana   bilan   5-25%   qoplanganda   omayt   57%   k.em.-1,5   l/ga;   nissoran
10% n.kuk. – 0,1 kg/ga; flumayt 20% sus.k.- 0,2 l/ga; ortus 5% sus.k. – 0,75 l/ga;
vertimek 1,8% em.k. – 0,3-0,4 l/ga qo’llash yaxshi samara beradi. 
 
  7-rasm.Fosfororganik insektoakarisid 
 
19   G ’ o ’ zani   kemiruvchi   zararkunandalari   va   ularga   qarshi   kurash
choralari  
KUZGI TUNLAM  
O’zbekistonda   keng   tarqalgan   bo’lib,   uning   qurtlari   34   ta   oilaga   mansub
bO’lgan   yuzlab   tur   o’simliklarga   zarar   yetkazadi.   Kapalaklarning   oldingi   qanoti
sarg’ish   kulrang,   orqa   qanoti   to’q   tomirli   oq   tusda.   Oldingi   qanotining   asosiga
yaqin   joyda   ponasimon   qoramtir   dog’i,   markazda   yumaloq,   undan   biroz
yuqoriroqda   buyraksimon   dog’i   bor.   Qurtlari   5   ta   yoshni   boshdan   kechiradi.   5
yoshlik   qurtlik   fazasida   tuproqning   5-15   sm   chuqurlikda   qishlaydi.   Kapalaklari
o’rtacha   500-600   tagacha   tuxum   qo’yadi.   O’zbekiston   sharoitida   3   marta   avlod
beradi. Birinchi avlod qurtlari g’o’zaga jiddiy zarar yetkazadi. 
Kuzgi tunlamga qarshi kurash choralari  
Agrotexnik tadbirlar: Yerni kuzgi chuqur shudgorlash;  erta baxorda begona
o’tlarga qarshi kurashish; tuproq sharoiti ko’targan joyda g’o’za maysalarini qator
oralab yengil sug’orish va almashlab ekish. 
 
8-rasm.Kuzgi tunlam 
Biologik   usul: Feromon   tutqichlardan   (FT)   foydalanib,   har   1   tutqichda   1
kechada   o’rtacha   2-3   kapalak   tusha   boshlashi   bilan   shu   paykalga   trixogramma
kushandasini xar gektar maydonga 1 gr.dan dalaga chiqariladi; 
Katta   yoshdagi   qurtlariga   qarshi   brakon   entomofagi   1:10,   1:20   nisbatlarda
dalaga tarqatish. 
Kimyoviy   usul: Agarda   har   1   m2   dagi   qurt   soni   o’rtacha   1-1.5   taga   bo’lsa
quydagi piretroidlardan birini ishlatish kerak: 
20 Desis   2,5%   k.e.   –   0.7   l/ga,   siraks   25%   k.e.   –   0.3   l/ga,   vanteks   6%sus.k.   –
0.25-0.3   l/ga.   qo’llash.   Bunda,   dori   sepilgach,   dalaga   ariq   olib,   suv   quyish
samarani oshiradi. 
Kuzgi   tunlam   qurtlariga   qarshi   Gaucho   70%   n.k.   5   kg/t,   orten   70%   e.k.   4
kg/t va marshal  40% n.k. 15-20 kg/t. preparatlari bilan chigitni dorilab ekish xam
yaxshi samara beradi. 
KO’SAK QURTI  
G’o’zaning   guli,   shonasi   va   ko’saklarni   zararlaydi.   Kapalaklarni   oldingi
qanotlari   sarg’ish   kul-rang   tusda   bo’lib,   ba’zan   qizg’ish   qo’ng’ir   yoki   pushti,
yoxud   ko’kish   rangda   tovlanib   turadi.   Xar   bir   o’simlik   o’suv   nuqtasiga   bittadan
tuxum   qo’yadi.   Tuxumlari   gumbazsimon.   Xayoti   davomida   o’rtacha   800   tadan
2000 tagacha tuxum qo’yadi. qurtlarini tanasi och yashil, ko’kish sarg’ish rangdan
tortib,   qoramtir   ranggacha   bo’ladi.   Tanasining   yonlari   bo’ylab   to’lqinsimon
chiziqlar   o’tadi.   O’zbekistonning   shimoliy   tumanlari-da   3-4   ta,   janubiy
tumanlarida   esa   4-5   ta   avlod   beradi.   Ko’sak   qurti   kuzda   qaysi   o’simliklarda
oziqlangan   bo’lsa,   shu   o’simlikka   yaqin   joyda   g’umbaklari   tuproqning   10-15   sm
chuqurligida qishlovga ketadi. 
Ko’sak qurtiga qarshi kurash choralari  
Agrotexnik   tadbirlar. Yerni   kuzgi   chuqur   shudgorlash;   zararlanadigan
ekinlarni   bir-biridan   uzoqroq   joylashtirish;   g’o’za   qator   oralariga   ishlov   berish;
chekankada   o’simlikning   o’sish   nuqatasini   fartuklarga   yig’ib   chetga   olib   chiqib
tashlash; g’o’zani ortiqcha sug’orib g’ovlashiga yo’l qo’ymaslik. 
Biologik   usul :   har   2   gektar   g’o’za   maydoniga   1tadan   feromon   tutqich
o’rnatish va 1ta tutqichga bir kechada 2-3 ta kapalak tushganda 4-5 kun oralatib 3
marta   trixogramma   tuxumxo’ridan   har   gektariga   1grammdan   400ta   nuqtaga
zararkunandaning har bir avlodiga qarshi chiqarish. Ko’sak qurtining o’rta va katta
yoshdagi   qurtilariga   qarshi   brakon   entomofagidan   1:20;   1:10;   1:5   nisbatlarda
zararkunandaning har avlodiga qarshi 3 martadan 4-5 kun oralab 10x10m sxemada
chiqarish.   Ko’sak   qurtining   kichik   yoshdagi   qurtlariga   va   tuxumiga   qarshi
21 oltinko’z entomofagining 3-4 kunlik tuxumidan gektariga 500 tadan 1500 tagacha
chiqarish ham yaxshi samara beradi. 
Kimyoviy   usul:   zararkunandaning   miqdori   har   100   ta   o’simlikka   8-10   ta
yosh qurtlari va tuxumi to’g’ri kelganda foydali xasharotlarga kam zararli bo’lgan
Avaunt   15%   li   sus.k.   0,4-0,45   l/ga;   siperfos   55%   em.k.   -1,5l/ga;   deltafos   36%
em.k.-1,5   l/ga;   politrin   35%   em.k.-1l/ga;   Desis   2,5%   k.e.0,7l/ga,   mospilan   20%
n.k.   -0,3   l/ga;   Nurell-D   55%   em.k.   -1,5l/ga;   sumi-alfa   20%   em.k.-   0,15   l/ga   va
boshqa ruxsat etilgan dorilar bilan ishlov berish tavsiya etiladi. 
KARADRINA  
Karadrinaqurtlari   o’simlik   barglarini   zararlaydi.   Gamma   tunlami,   o’tloq
parvonasi   ham   shunday   zarar   yetkazadi.   Karadrina   havfli   zararkunandalaridan
bo’lib,   vaqti-vaqti   bilan   nihoyatda   ko’payib   ketadi.   Zararkunanda   70   turga   yaqin
ekinni   zararlaydi.   Uning   yosh   qurtlari   o’simlik   bargini   qirtishlaydi,   katta
yoshdagilari   esa   kemiradi   va   barglarni   teshadi.   U   barg   chetlarini   ham   kemiradi.
Zararkunandaba’zan   novdalar,   hatto   hosil   organlarini   ham   zararlaydi.   Karadrina
O’zbekistonda   6   martagacha   avlod   beradi,   bir   avlodi   30   kunga   qadar   rivojlanadi.
Zararkunandaning   qishki   uyqudan   chiqqan   kapalaklari   2000   tagacha,   keyingi
bo’g’in kapalaklari esa 300 dan 600 tagacha tuxum qo’yadi. 
Karadrinaga qarshi kurash choralari 
Agrotexnik   tadbirlar: Yerni   kuzgi   chuqur   shudgorlash;   zararlanadigan
ekinlarni   bir-biridan   uzoqroq   joylashtirish;   g’o’za   qator   oralariga   ishlov   berish;
begona o’tlarga qarshi kurash. 
Biologik   usul:   tuxumiga   qarshi   4-5   kun   oralatib   3   marta   trixogramma
tuxumxo’ridan har  gektariga 1grammdan 400ta nuqtaga zararkunandaning har bir
avlodiga qarshi chiqarish. Karadrinaning o’rta va katta yoshdagi qurtilariga qarshi
brakon   entomofagidan   1:20;   1:10;   1:5   nisbatlarda   zararkunandaning   har   avlodiga
qarshi   3   martadan   4-5   kun   oralab   10x10m   sxemada   chiqarish.   Karadrinaning
kichik yoshdagi qurtlariga va tuxumiga qarshi oltinko’z entomofagining 3-4 kunlik
tuxumidan gektariga 500 tadan 1500 tagacha chiqarish ham yaxshi samara beradi. 
22 Kimyoviy   usul:   har   o’simlikda   1-2ta   qurt   yoki   o’simlik   bilan   barg
plastinkasining   10%   zararlanganda   Avaunt   15%   li   sus.k.   0,4-0,45   l/ga;   siperfos
55%   em.k.  -1,5l/ga;   deltafos   36%   em.k.-1,5  l/ga;   politrin   35%   em.k.-1l/ga;   Desis
2,5%   k.e.-   0,7l/ga,   mospilan   20%   n.k.   -0,3   l/ga;   Nurell-D   55%   em.k.   -1,5l/ga;
sumi-alfa 20% em.k.- 0,15 l/ga va boshqa ruxsat etilgan dorilar bilan ishlov berish
tavsiya etiladi. 
G’allani so’ruvchi zararkunandalari va ularga qarshi kurash choralari
Bug’doy tripsi  
O’zbekistonning   hamma   xududlaridagi   g’allazorlarda   uchraydi.   G’allada
boshoqlanish   davri   boshlanishi   bilan   yetuk   tripslar   paydo   bo’la   boshlaydi.
Lichinkalar boshoq qobig’i ichiga kirib, qobiq va gul shirasini, keyinchalik esa don
shirasini   so’rib   oziqlanadi.   O’simliklar   dag’allashib,   donlar   pishib,   hosil   yig’im-
terimga yaqinlashganda lichinkalar oziqlanishini tugatib tuproqqa tusha boshlaydi.
Bug’doy tripsi yiliga 1 marta avlod beradi. 
Bug’doy tripsiga qarshi kurash choralari  
Agrotexnik   tadbirlar:   G’allaning   chidamliligini   oshiradigan   chora-tadbirlar
(o’g’itlash,   sug’orish)   trips   zararini   pasayishiga   yordam   beradi   va   dala   atrofini
begona o’tlardan tozalash. 
Biologik usul : bug’doy tripsiga qarshi oltinko’z entomofagining 3-4 kunlik
tuxumlaridan   1,0-1,20   nisbatlarida   10   kun   oralatib   2   marta   chiqariladi.   Zaruriyat
bo’lgan   maydonlarga   oltinko’z   tuxumidan   500-1000   tagacha   chiqarish   davom
ettiriladi. 
Kimyoviy usul:  vegetasiya davomida Karate-0,2 l/ga; Desis-0,25 l/ga; Nurel-
D-   0,5   l/ga;   Siperfos-   0,5   l/ga;   Sipermetrin-   0,2   l/ga   va   boshqa   ruxsat   etilgan
preparatlar bilan ishlov beriladi. 
G’alla shiralari 
G’alla   shiralari   kuzgi   g’allada   tuxum   qo’yadi   va   shu   tuxumlar   qishlab
chiqadi.   Bahorda   kunlar   isishi   bilan   lichinkalar   chiqib   oziqlana   boshlaydi.
To’rtinchi   tullashdan   keyin   qanotsiz   urg’ochilarga   aylanadi.   Bu   urg’ochilar   tirik
tug’ib ko’payadi. Keyingi bo’g’inlari qanotsiz va qanotli tarqatuvchilarga ajraladi.
23 Mavsum davomida shiralar 10-12 avlod beradi. Shiralar doimo o’simlikning yashil
va yumshoq qismida sharbatini so’rib oziqlanadi. Natijada o’simlik sarg’ayib qurib
qoladi. Kuchli zararlanganda g’alla boshoq tortmaydi. 
 
9-rasm. G’alla biti 
G’alla shiralariga qarshi kurash choralari  
Agrotexnik   tadbirlar .   G’allaning   chidamliligini   oshiradigan   choratadbirlar
(o’g’itlash, sug’orish)  shiralar  zararini  pasayishiga  yordam  beradi va dala atrofini
begona o’tlardan tozalash. 
Biologik  usul :   g’alla  shiralariga   qarshi   oltinko’z   entomofagining   34  kunlik
tuxumlaridan   1,0-1,20   nisbatlarida   10   kun   oralatib   2   marta   chiqariladi.   Zaruriyat
bo’lgan   maydonlarga   oltinko’z   tuxumidan   500-1000   tagacha   chiqarish   davom
ettiriladi; shira tushgan dalalarga xon qizi qo’ng’izlari, sirfid pashshalari, afidiidlar
va boshqa foydali xasharotlarni jalb etish. 
Kimyoviy   usul:   vegetasiya   davrida   Desis-0,25   l/ga;   Nurel-D-   0,5   l/ga;
Siperfos- 0,5 l/ga; Sipermetrin- 0,2 l/ga; Benzofosfat-2,0 l/ga; Fufanon- 2,0 l/ga va
boshqa ruxsat etilgan dorilar bilan ishlov beriladi. 
Zararli xasva 
Zararli xasva   g’allaning unib chiqish, tuplanish, nay tortish, boshoq tortish
va pishish fazalarida zarar keltiradi. Zararli xasva voyaga yetgan holda, asosan tog’
va tog’ oldi xududlarida, o’rmon yoki mevali bog’lardagi daraxtlar ostida, hamda
24   dala   atroflarida,   ariq   zovurlar   yoqalarida   toshlar   yoki   o’simlik   qoldiqlari,   barg
xazonlar   ostida   qishlaydi.   Mart   oyining   uchinchi   o’n   kunligi   -   aprel   oyining
birinchi yarmi davomida xasva g’allazorlar tomon uchib tarqala boshlaydi. 
Pishmagan   boshoq   zararlanishi   natijasida   qisman   yoki   butunlay   oq   boshoq
(ya’ni puch) bo’lib qoladi, don tarkibidagi oqsil kamayib ketadi. 
Boshoqdagi   10–15%   donlarning   zararli   xasva   bilan   zararlanishi   bunday
donning   un   ishlab   chiqarish   uchun   yaroqsiz   bo’lib   qolishiga   olib   keladi.   Xasva
zararlagan   paykallardan   olingan   urug’lik   donning   unib   chiqishi   50%   gacha
kamayadi. Zararli xasva yiliga 1 marta avlod beradi. 
Zararli xasvaga qarshi kurash choralari  
Agrotexnik   tadbirlar .   G’allaning   chidamliligini   oshiradigan   choratadbirlar
(o’g’itlash,   sug’orish)   zararli   xasvani   zararini   pasayishiga   yordam   beradi   va   dala
atrofini begona o’tlardan tozalash. 
Biologik usul : zararli xasvani kichik yoshdagi lichinkalariga qarshi oltinko’z
entomofagining   3-4   kunlik   tuxumlaridan   1,0-1,20   nisbatlarida   10   kun   oralatib   2
marta   chiqariladi;   tabiatda   zararli   xasvani   telenomus,   faziya   pashshalari   kabi
entomofaglari xam bor. 
 
10-rasm.Zararli xasva 
Kimyoviy usul:   vegetasiya davrida Karate-0,15 l/ga; Desis-0,25 l/ga; Nurel-
D- 0,5 l/ga; Siperfos- 0,5 l/ga va boshqa ruxsat etilgan dorilar bilan ishlov beriladi. 
 
25    
11-rasm. Ekinzorga traktor yordamida insektisid purkash 
G’allani kemiruvchi zararkunandalari va qarshi kurash choralari  
ShILIMShIQ QURT  
Shilimshiq   qurt   kemiruvchi   zararkunanda   bo’lib,   Respublikamizning
barcha   g’allazorlarida   uchraydi.   Uning   qo’ng’izi   tuproqda   qishlaydi.   Bahorda
chiqib  qo’shimcha   oziqlangandan   so’ng   urg’ochisi   zanjirsimon  shaklda   3-7   tadan
qilib   200   tagacha   tuxum   qo’yadi.   Tuxumdan   7-14   kunda   lichinka   chiqadi.
Lichinkasi   ikki   hafta   davomida   barg   bilan   oziqlanib,   shilimshiq   qoplamasini
tashlab tuproqqa tushadi va 2-3 sm chuqurlikda g’umbakka aylanadi. Ikki haftadan
so’ng   pilladan   qo’ng’iz   chiqadi   va   bahorgacha   tuproqda   qoladi.   Shilimshiq   qurt
yiliga 1 marta avlod beradi. 
   
 12-rasm.Shilimshiq qurt qo’ng’izi 
26 Shilimshiq qurtgaqarshi kurash choralari  
Agrotexnik   tadbirlar .   G’allaning   chidamliligini   oshiradigan   choratadbirlar
(o’g’itlash,   sug’orish)   shilimshiq   qurt   zararini   pasayishiga   yordam   beradi   va   dala
atrofini begona o’tlardan tozalash. 
Kimyoviy   usul:   vegetasiya   davrida   Desis-0,25   l/ga;   Nurel-D-   0,5   l/ga;
Siperfos-   0,5   l/ga;   Sipermetrin-   0,2   l/ga;   Benzofosfat-2,0   l/ga;   Fufanon-   2,0   l/ga;
Benzofosfat-2,0 l/ga va boshqa ruxsat etilgan dorilar bilan ishlov beriladi. 
Vizildoq qo’ng’izga qarshi kurash choralari 
Agrotexnik   tadbirlar .   G’allaning   chidamliligini   oshiradigan   choratadbirlar
(o’g’itlash, sug’orish) vizildoq qo’ng’iz zararini pasayishiga yordam beradi va dala
atrofini begona o’tlardan tozalash. 
Kimyoviy usul:   vegetasiya davrida Sug’orish suvi bilan 1 ga maydonga 250
litrli 20% li ammiak suvi oqizish, Aktara preparatini 1 l/ga me’yorida purkash. 
5.  MEVA   -   SABZAVOT   VA   KARTOSHKA   EKINLARINI   ZARARLI
ORGANIZMLARDAN   UYG’UNLASHGAN   HIMOYA   QILISH   TIZIMINI
QO’LLASHDA YANGI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH.  
Mevali   daraxtlarini   zararkunandalari   va   ularga   qarshi   kurash
choralari  
BARG BITLARI  
Barg   bitlari   barglarni   burishtirib   qo’yadi,   ba’zan   esa   to’kib   yuboradi,   yosh
novdalarni   o’stirmay   qing’ir-qiyshiq   qilib   qo’yadi   va   meva   hosilini   kamaytirib
yuboradi. Yosh ko’chatlar, jumladan yosh shaftoli daraxtlariga bitlar ayniqsa katta
zarar   yetkazadi:   meva   shirasini   so’rib,   sifatini   pasaytiradi;   nimjon   bo’lib   qolgan
daraxtlarga ikkilamchi zararkunanda - po’stloq osti  qo’ng’izlari  tushib zararlaydi;
daraxtlar   qurib   qoladi;   yosh   meva   daraxtlariga   katta   ziyon   yetkazadi.   Bularning
oldini olish uchun barg bitlariga qarshi kimyoviy preparatlar bilan ishlov beriladi.
Bahor oxirlarida bitlarning ko’p turlari meva daraxtidan boshqa o’simliklarga yoki
sabzavotlarga o’tadi. 
27 QON BITI  
Qon   biti   olma,   nok   va   boshqa   mevali   daraxtlarning   ildizini,   tana   va
shoxlarining   shirasini   so’rib,   daraxtlarni   kuchsizlantiradi.   Bitning   shira   so’rgan
joylarida   g’uddalar   paydo   bo’ladi,   ular   keyinchalik   yorilib,   chiriydi.   Qon   biti
tushgan   yosh   daraxtlar   ko’pincha   qurib   qoladi,   qari   daraxtlar   esa   kuchsizlanib,
hosili   juda   kamayib   ketadi.   Qon   biti   ko’p   tushgan   shoxlar   quriydi.   Fevral-mart
boshlarida   bitlar   qishlovdan   chiqadi   va   daraxtlarga   o’rmalab   chiqib,   po’stlog’i
nozik yoki zararlangan joylariga o’rnashib oladi. Bitlarning galalari sidirg’a mum
par bilan qoplanadi. Qon biti yoz bo’yi 1517 ta avlod berib rivojlanadi. 
 
13-rasm.O’ljaga hujum qilayotgan yetti nuqtali xonqizi  
ShAFTOLI BITI 
Shaftoli   biti   shaftoli,   o’rik,   olxo’ri   va   bodomga,   ba’zan   behi   bilan   olmaga
zarar   yetkazadi.   Bit   so’rib   zararlagan   daraxtlar   yaxshi   meva   qilmaydi,   yosh
daraxtlar esa ba’zan nobud bo’ladi. 
Zararkunanda   lichinkalari   mart   oyida   paydo   bo’ladi.   Bitlar   tez   ko’payadi;
yoz   bo’yi   kamida   11   ta   avlod   beradi.   Urg’ochi   bit   bir-ikki   oy   yashaydi.   Shuning
uchun   bir   to’dada   bir   necha   avlod   vakillari   uchraydi.   Shaftoli   katta   biti   yo’g’on
barg   va   shoxlar   asosida,   ko’pincha   ularning   pastki   tomonida   va   daraxt   tanasida
to’p-to’p bo’lib olib, daraxt shirasini so’rib uni quvvatsizlantiradi. 
NOK ShIRA BITI 
Voyaga   yetgani   va   lichinkalari   nok   kurtaklari,   barglari,   gullari   va   ingichka
novdalarining   shirasini   so’rib,   daraxtlarni   juda   ham   nimjon   qilib   qo’yadi.   Qattiq
28 zararlangan   barglar   qorayib   to’kilib   ketadi.   Nok   shira   bitiga   qarshi   kurash   olib
borilmasa,   iyul   boshlaridayoq   daraxtlar   batamom   bargini   to’kib   yuboradi.
Zararlangan   daraxt   novdalari   qing’ir-qiyshiq,   mevasi   qattiq,   bemaza   bo’lib,
ko’pincha   shira   bitining   yopishqoq   axlatiga   belanadi.   Shira   biti   voyaga   yetganda
nok   daraxtlarining   shoxlarida   va   qisman   tanasidagi   po’stloq   ostida   qishlaydi.
Daraxt   kurtak   yozishdan   sal   oldin   shira   bitlari   juftlashadi   va   tuxum   qo’ya
boshlaydi. Tuxumini shoxlarning uchiga va kurtaklar yaqiniga qo’yadi. 
Voyaga   yetgan   shira   bitlari   yozda   ham,   kuzda   ham   daraxtdan   daraxtga
o’taveradi, shu bilan birga ular kuzda to’planib qishlaydi. 
MEVA KANASI 
O’rgimchakkana   odatda   olma   daraxtiga   zarar   yetkazadi,   ammo   boshqa
urug’li   va   danakli   meva   daraxtlariga   ham   tushadi.   O’rgimchakkana   zararlagan
barglar   dastlab   sarg’ayadi,   keyin   esa   qo’ng’ir   tusga   kirib   to’kilib   ketadi.   Meva
o’rgimchakkanasi   daraxt   tanasidagi   po’stloqlar   ostida   va   daraxt   tanasidagi
yoriqlarning ichida, begona o’tlar qoldig’i tagida, shoxlarda va qisman shoxlardagi
kurtaklar yaqinida to’p-to’p bo’lib qishlaydi. Zararkunanda mevali daraxtlar bargi
xujayrasining   shirasini   so’rib   oziqlanadi.   Vaqtida   kurash   tadbirlari   o’tkazilmasa
barglar va mevalar to’kilib ketadi. Bog’ atrofida changli ko’chalar bo’lsa, changni
ko’tarilib   daraxt   barglariga   o’tirishi   zararkunandani   ko’payishiga   qulay   sharoit
tug’diradi. Qurg’oqchilik o’rgimchakkanalarni ko’payishiga olib keladi. 
KALIFORNIYa QALQONDORI 
Kaliforniya   qalqondori   meva   daraxtlariga,   rezavor   meva,   butalarga   va
manzarali   o’simliklarga   zarar   yetkazadi.   Kaliforniya   qalqondori   juda   ko’payib
ketganda   daraxt   po’stlog’i   yorilib   ketadi,   shoxlarini   va   hatto   butun   daraxtlarni
quritib   qo’yadi,   mevalardagi   shirani   so’rib,   to’q   qizil   dog’   tushiradi.   Kaliforniya
qalqondori   mevali   daraxtni   shoxi,   novda,   barg,   daraxt   po’stlog’i   va   mevasini
zararlaydi. Natijada daraxtlar kam xosil beradi, kuchli zararlanganda qurib qolishi
mumkin.   Katta   daraxtlarda   kaliforniya   qalqondori   daraxt   po’stlog’ida   bo’ladi.
Daraxt   po’stlog’ida   uzun   yoriqlarning   paydo   bo’lishi   ushbu   qalqondorlarning
ko’pligidan dalolat beradi. 
29 SOXTA QALQONDOR 
Soxta   qalqondor   lichinkasi   kaliforniya   qalqondoridan   kattaroq   bo’ladi,
bahorda tez ko’payadi va o’zidan shira ajratadi. Urg’ochi soxta qalqondor tuxumini
o’zining himoya qobig’i ostiga qo’yadi. Tuxumdan chiqqan qalqondor lichinkalari
kuzgacha   bargda   oziqlanadi   va   keyin   shox   yoki   novdalarga   qaytadi.   So’ng
suyuqlik   ishlab   chiqaradi   va   o’ziga   himoya   qobig’i   hosil   qiladi.   Asosiy   zarar
qalqondorlarni oziqlanishi natijasida vujudga keladi qiladi. Bunday mevalarni sifati
past   bo’ladi   va   qishda   uzoq   muddatga   saqlab   bo’lmaydi.   Soxta   qalqondorlar
ko’payganda   daraxt   o’sishini   susaytiradi.   Bu   zararkunandalar   bahorda   va   yoz
oylarida   daraxt   barglarida,   kuz   va   qish   fasllarida   novda   va   shoxlarida   yashaydi.
Soxta qalqondorlarning lichinkalari va urg’ochilari novdalar, butoq va barglarning
shirasini so’rib oziqlanadi. 
BINAFShARANG QALQONDOR  
Danakli mevalarning barchasiga zarar keltiradi. Binafsharang qalqondor bir
yilda   ikki   marta   avlod   berib   rivojlanadi.   Urug’langan   urg’ochi   xolida   ingichka
novdalarda   va   kurtak   qo’ltiqlarida   qishlaydi.   Binafsharang   qalqondor   olma
daraxtining   eng   xavfli   zararkunandalaridan   biri.   U   daraxtning   tanasi,   shoxi,
novdasi va hosilini zararlaydi. Daraxtning kuchli zararlangan qismlari qurib qoladi.
Daraxt   tanasi   va   shoxida   ko’pgina   darz   va   yoriqlar   paydo   bo’ladi.   Daraxtlar
o’sishdan   to’xtaydi,   tanasi   deyarli   yo’g’onlashmaydi,   shox   va   novdalari   quriydi,
hatto   daraxtlar   qurib   qolishi   ham   mumkin.   Binafsharang   qalqondor   tushgan   yosh
daraxtlar ikki, uch yilga bormasdan nobud bo’ladi. 
OLMA QURTI 
Bu   zararkunanda   xammaxo’r   bo’lib,   30   turdan   ortiq   mevali   daraxtlarning
mevasi   bilan   oziqlanadi.   Ko’proq   olma,   nok,   yong’oq   va   olxo’rining   asosiy
zararkunandalaridan   biri   hisoblanadi.   Olma   qurti   1   yilda   3   ta   avlod   beradi.   Ular
g’umbak   ichida   katta   yoshli   qurt   shaklida   daraxt   po’stloqlari   orasida,   boshqa
himoyalangan   joylarda   va   bog’   ichidagi   shoxlar   ostida   qishlaydi.   Erta   ko’klamda
bu   qishlab   chiqqan   qurtlar   g’umbakka   aylanadi.   Olma   gullashi   boshlanganda
g’umbakdan   kapalaklar   uchib   chiqib   olma   barglariga   va   meva   tugunchalariga
30 tuxumlarini   qo’yadi.   Tuxumdan   chiqqan   qurtlar   barg   va   meva   eti   bilan,
keyinchalik   uning   urug’i   bilan   oziqlanadi.   Har   bir   qurt   2-3   tadan   mevani
zararlaydi.   Mevaga   kirgan   joyida   chiqindisini   ko’rish   mumkin.   Qurt   yetilgandan
so’ng mevadan chiqib, daraxt ustida yoki yaqinida himoyalangan holda g’umbakka
aylanadi. 
ShARQ MEVA QURTI 
Sharq   meva   qurti   ichki   karantin   obyekti   xisoblanib,   olma,   nok   va   behi
daraxtlarining mevalariga xuddi olma qurti kabi zarar yetkazadi. Sharq meva qurti
danakli   mevalardan   shaftoli,   olxo’ri,   o’rikka   ham   jiddiy   zarar   yetkazadi.   Sharq
mevaxo’ri  asosan novda va mevani zararlaydi. Yangi o’sgan novda uchidan kirib
o’rtasini   yeydi.   Meva   ichiga   kirib   danak   atrofini   yeydi   va   yetilib   meva   ichidan
chiqadi va g’umbakka aylanadi. 
OLXO’RI MEVAXO’RI 
O’zbekistonda   daraxtlarga   katta   zarar   yetkazadi   va   ikki   avlod   berib
rivojlanadi.   Janubiy   tumanlarda   uchinchi   avlod   ham   rivojlanishi   mumkin.
Mevaho’r   qurtlari   olxo’ri,   olcha   mevalari,   ba’zan   tog’olcha,   o’rik,   shaftoli
mevalariga zarar yetkazib, ularning to’kilib ketishiga sabab bo’ladi. Ma’lumotlarga
ko’ra,   birinchi   avlod   qurtlari   5-12   foiz   mevani,   ikkinchi   avlod   qurtlari   esa   70-85
foiz mevani zararlaydi. Olxo’ri va olma qurtlarining hayot kechirishi ko’p jixatdan
bir-birinikiga   o’xshaydi,   ammo   olxo’ri   qurti   danakli   mevalarga   ko’proq   zarar
yetkazadi.   Birinchi   avlodning   kapalagi   aprel-may   oylarida   mevalarga   tuxum
qo’yadi.   Olxo’rining   zararlangan   joyidan   aksariyat   xollarda   yelim   chiqib   turadi.
Ko’pincha   bunday   meva   chirib,   to’kilib   ketadi.   Qurtlar   mevalar   etini   kemirib,
uning ichiga qarab yo’l ochadi. 
 
31 G’ILOFLI KUYa QURTLARI 
G’ilofli   kuya   qurtlari   olma,   o’rik,   bodom,   nok,   gilos,   olcha,   tog’olcha   va
boshqa daraxtlarning barg kurtaklari hamda meva kurtaklarini o’yib yeydi.   Qattiq
shikastlangan  kurtaklar  qurib  qoladi,  kam   shikastlanganlarida   esa   burishib   ketgan
barglar   hosil   bo’ladi.   Qurt   g’ilofcha   ichida   turadi,   bunday   g’ilofchani   uning   o’zi,
avval   barg   po’stidan,   keyinchalik   esa   o’zi   ichidan   chiqargan   ipdan   yasaydi.
Oziqlanish paytida qurt g’ilofchadan salgina surilib chiqadi, ammo tanasining orqa
uchi   har   doim   g’ilof   ichida   turadi.  Kurtaklar   bo’rtib   boshlashi   oldidan   g’ilofchali
qurtlar   kurtaklar   yoniga   o’rmalab   boradi.   Kurtakka   chiqib   olgan   qurt
g’ilofchasining   oldingi   uchini   iplar   yordamida   kurtakka   mahkamlab   qo’yadi,   o’zi
esa kurtak ichiga o’yib kiradi. Qurtlar barglar va meva kurtaklari bilan oziqlanadi.
Zararlangan   kurtaklarni   qurt   kemirgan   kichkina   yumaloq   teshigi   borligidan   bilib
olish mumkin. 
Meva daraxtlarining zararkunanda va kasalliklariga qarshi kurashdagi
agrotexnik tadbirlar:  
- Kuzda xazon yig’ishtirilib ko’miladi, so’ngra bog’ qayta haydaladi va
daraxtlariing atrofi yumshatiladi. 
- Daraxt   tanasi   va   yo’g’on   shoxlarining   ko’chgan   po’stloqlari   kuzda,
barglar   to’kilgandan   keyin   va   erta   ko’klamda   ikkinchi   marta   chodirga   qirib
tushirilib, chiqqan chiqindi yoqiladi. 
32  
14- расм. Олхўри қурти
  - Bog’larga   mineral   va   mahalliy   o’g’itlar   solinadi.   Buzoqboshi
qo’ng’izlar paydo bo’lmasligi  uchun meva daraxtlariga go’ngni  yaxshilab chiritib
solish kerak. 
- Erta   ko’klamda   (dori   purkashdan   keyin)   daraxtlarning   zararlangan,
yorilgan va ayri joylariga bog’ zamazkasi suriladi.  Daraxtlarning tanasi ohak bilan
oqlanadi. 
- Bog’larda   mavsum   boshidan   to’kilgan   mevalarni   muntazam   ravishda
terib, darrov xo’jalik maqsadlari uchun ishlatish yoki yo’qotish kerak. 
Poliz   ekinlarini   kemiruvchi   zararkunandalari   va   ularga   qarshi   kurash
choralari  
ILDIZ KEMIRUVChI TUNLAMLAR  
Poliz   ekinlarini:   kuzgi   tunlam   ( AgrotissegetumDen. ),   undov   tunlami   ( A.
exlamationisL .) va boshqa tunlamlar zararlaydi. Poliz ekinlariga kuzgi tunlamning
2-3-4 avlodlari, undov tunlamining esa ikkala avlodi ham zarar yetkazishi mumkin.
Poliz   ekinlariga   ildizkemiruvchi   tunlamlardan   tashqari   simqurtlar,   buzoqboshilar
ham shikast yetkazishi mumkin. 
Ildizkemiruvchitunlamlarpolizekinlariniasosannihollikdavridai
ldiziniyokiildizbo’g’ziniqirqibzararetkazadi.
Bundabirhilo’simliklaryanao’nglanibketishihammumkin, 
ammohosildorlikkaputuretadi.   Ildizkemiruvchitunlamlarningqurti   kata
yoshidayergategibturgano’simlikmevalarinihamshikastlashimumkin. 
Bundayqovun, tarvuz, qovoquzoqgabormaychiriydi, yokichandiqhosilqiladi. 
Ildiz kemiruvchi tunlamlarga qarshi kurash choralari. 
1. Agrotexnika yo’li bilan. 
2. Feromonlar   yordamida   tunlamlar   rivojlanish   muddatlarini   aniqlab
trixogramma kushandasini zararkunanda tuxumiga qarshi qo’yish. 
3. Tunlamlar   shuvoq,   pechak,   sho’ra,   ituzum   kabi   o’simliklarni   avzal
ko’rganligi   sababli,   paykal   ichidagi   bu   begona   o’tlar   tagida   yig’ilgan   bo’lishi
mumkin.   Shuning   uchun,   chopiqni   (zararkunanda   xavfi   ortiq   bo’lsa)   kimyoviy
kurashdan keyin o’tkazish lozim. 
33 4. Kimyoviy kurash uchun: desis – 0,7 l/ga, arrivo (siraks, sipermetrin) –
0,24-0,32 l/ga, yoki sumi-alfa – 0,5 l/ga yordamida o’tkazish mumkin. 
Poliz   qo’ng’izi   yoki   epilyaxna   –   Epilachna   chrysomelina   (qo’ng’izlar
turkumining, koksinellidlar –  Coccinellidae  oilasiga mansub). 
Tarqalishi.   O’rta   Osiyo   davlatlarida   hamda   Kavkazda   uchraydi.  Chet   elda:
Afg’oniston,   Eron,   Kichik   Osiyo,   Janubiy   Yevropa   va   qisman,   Afrika
mamlakatlarida   tarqalgan.   O’zbe-kistonda   poliz   qo’ng’izi   ko’proq:   Surxondaryo,
Qashqadaryo, Buxoro, Samarqand viloyatlarida uchraydi. 
Ta’rifi.   Bu   o’simlikho’r   koksinellid   qo’ng’izini   o’ziga   xos   belgilari   borligi
uchun darrov aniqlab olsa bo’ladi. Qo’ng’izi yarimsferik shaklga ega – tanasining
past   tomoni   yassi,   usti   esa   qabariq;   kattaligi   7-8   mm,   rangi   qizil-qo’ng’ir,   ust
qanotlarining har birida 6 tadan qora dog’i bor. Lichinkasi sarg’ish tusda, uch juft
ko’krakoyoqlari   bor;   ust   tomonida   besh   qator   joylashgan   shoxlagan   qora
tikanchalari bor; uzunligi 9 mm keladi. G’umbagi koksinellidlarga hos – orqa uchi
bilan   bargga   yopishib   turadi;   tanasi   qisqarib   kengaygan,   usti   tukchalar   bilan
qoplangan, rangi – sariq. 
Hayot   kechirishi.   Qo’ng’izi   o’zi   yashagan   yerda   turli   o’simlik
qoldiqlarining   ostida   qishlab   chiqadi.   Ayrim   hollarda   uni   qamish   poyasida   ham
topishgan. Bahorda qo’ng’izlarning uyg’onishi ancha cho’ziladi va poliz ekinlarini
ko’karish   davriga   to’g’ri   keladi.   Qo’ng’izlari   ekinlarga   uchib   o’tib   qo’shimcha
oziqlanadi;   o’simlik   barglarining   ust   tomoniga   20-50   tadan   g’uj   qilib   tuxum
qo’yadi. Yana 3-5 kundan keyin ulardan lichinkalar chiqadi va barg to’qimalarini
qirtishlab   oziqlana   boshlaydi.   Lichinkalar   15-25   kun   mobaynida   uch   marta   po’st
tashlab rivojlanadi. Ikkinchi yoshidan boshlab bargni kemirib teshiklar hosil qiladi;
barg   tomirlarinigina   qoldiradi.   So’nggi   po’st   tashlaganidan   keyin   barg   orasida
g’umbakka aylanadi. Yana 8-10 kundan keyin undan yangi avlod qo’ng’izi uchib
chiqadi. O’rta Osiyo sharoitida poliz qo’ng’izi yiliga uch avlod berib rivojlanadi. 
Zarari.   Poliz   qo’ng’izining   o’zi   va   lichinkalari   qovun,   tarvuz,   qovoq   va
bodring   ekinlarini   shikastlovchi   oligofag   bo’lib   hisoblanadi.   Zararkunanda
ko’payganida   o’simlik   bargsiz   bo’libgina   qolmay,   uning   sapcha   hosili   ham
34 shikastlanadi.   Buning   natijasida   u   tez   chirib   ketadi.   Ayrim   yillari   o’z   vaqtida
himoya   tadbirlari   ko’rilmagan   Surxandaryo   viloyatining   qovun   paykallarida
o’simliklarning   nobud   bo’lishi   hisobiga,   hosildorlik   60-70%   ga   kamayganligi
ma’lum bo’lgan. 
Kurash choralari.   1. Boshqa oilaga mansub ekinlar bilan olmoshlab ekish;
kuzda   o’simlik   qoldiqlarini   kuydi-rib   tashlab,   shudgorlash.   2.   Zararkunanda
qiyg’os   tuxum   qo’yib   lichinkalar   chiqaboshlagan   davrda   birorta   piretroid   insekti-
sid   bilan   ishlov   o’tkazish   yaxshi   natijalar   beradi.   Bunda,   o’simliklar   biryo’la
o’rgimchakkana bilan ham  zararlangan bo’lsa birorta insektisid-akarisid (siperfos,
karate, talstar) ishlatish kerak. 
G’OVAKLOVChI PAShShA  
G’ovaklovchi  pashsha 1999 yilda respublikamizda birinchi marta ro’yxatga
olingan. 
Bu tur g’ovaklovchi pashsha uchun pomidor, bodring eng xushxo’r o’simlik
hisoblanadi.   Bu   zararkunanda   o’simlik   bargi   mezofili   bilan   oziqlanib   fotosintetik
yuzani kamaytiradi, ba’zi hollarda bargalar qurib qoladi. 
Agrotexnik kurash:  Almashlab ekish, qator oralariga ishlov berish. 
Biologik   kurash:   PAoliz   ekinlaridagi   g’ovaklovchi   pashshaga   qarshi
biologik kurash uchun oltinko’zni 3-4 kunlik tuxumini zararkunanda soniga qarab
1:10, 1:5 nisbatlarda chiqarish. 
Kimyoviy   usul:   Agarda   g’ovaklovchi   pashshaning   miqdori   ko’p   bo’lganda
quydagi   preparatlardan   birini   qo’llash   tavsiya   etiladi:   Sumi-al’fa   20%   em.k.
preparatidan – 0,6 l/ga, Konfidor, 20% em.k. – 0,25 l/ga, Vertimek, 
1,8% em.k. – 0,6 l/ga, Karbofos, 50% em.k. – 0,6 l/ga qo’llash tavsiya etiladi
Qovun pashshasi  –  Carpomya pardalina Bigot . 
Ikkiqanotlilar   ( Diptera )   turkumi,   chiporqanotlilar   ( Tephritidae   [q
Trypetidae ]) oilasiga mansub. 
Tarqalishi .   Vatani   noma’lum,   ammo   Belujiston   bo’lishi   taxmin   qilinadi.
Osiyo   –   Afg’oniston,   Iroq,   Isroil,   Levant,   Misr,   Ozarbayjon,   Pokiston,   Suriya,
Tojikiston, Turkiya, Turkmaniston, O’zbekiston, Xindiston, Eron. 
35 Turkmanistonning   sahro   florasi   va   faunasi   instituti   ma’lumotlariga   ko’ra
qovun   pashshasi   bu   mamlakatda   1996   yildan   boshlab   oldin   Axal   va   Mari
viloyatlarida, so’ngra Lebap va Toshhovuz viloyatlariga o’tib, qovunga katta zarar
yetkazgan.   Keyinchalik   pashsha   Turkmanistondan   ko’shni   davlatlarga,   jumladan
O’zbekiston, Tojikiston va Qozog’iston xududlariga tarqalgan. 
Zarari .   Keyingi   yillarda   Afg’onistonning   hasharot   tarqalgan   ba’zi
mintaqalarida qovun hosilining 90 foizi yo’qotilmoqda. Qovun pashshasining qurti
poliz ekinlari mevalarini tugilishidan pishishigacha bo’lgan davrda zararlab, ularni
butunlay   chiritib   yuboradi.   U   Qoraqalpog’iston   sharoitida   2002   yildan   e’tiboran
poliz   ekinlarining   eng   keng   tarqalgan   va   hosilni   pasaytiradigan,   asosiy
zararkunandasiga aylangan. Bu hasharot tufayli 2003 yili qovun mevalarining 90-
95%, tarvuzning 5-10% va bodringning 3-5 foizi nobud bo’lgan va keyingi yillari
ham   ko’p   hosil   yo’qotilmoqda.   Pashsha   oldin   qovunning   ertapishar   navlarini
zararlaydi,   ulardan   kechpishar   qovun   va   tarvuzga   o’tadi,   natijada   ham   erta-,   ham
kechpishar navlarda juda katta zarar kuzatiladi. 
Hayot   kechirishi .   Pupariy   ichidagi   g’umbagi   tuproqda,   10-20   sm
chuqurlikda, qishlaydi. Qishlagan g’umbakdan pashshalar ertapishar qovun gullash
va meva tuga boshlash davrida (mayning 2-nchi  yarmida)  uchib chiqadi. Pashsha
shira   bilan   oziqlanganidan   so’ng   otalanadi   va   qovun   yoki   boshqa   poliz   ekinlari
yosh   mevalarining   qobig’ini   tuxum   qo’ygichi   bilan   teshib,   uning   tagiga   bittadan,
ammo ko’pincha bitta mevaga mevalar diametri 3-5 sm bo’lganda 20 ta va undan
ham ko’proq tuxum ko’yadi. Bitta urg’ochi pashsha 1 mavsumda 98-130 ta tuxum
qo’yadi va ular 2-8 kun davomida embrional rivojlanib, ulardan lichinkalar chiqadi
va   meva   ichiga   o’tadi,   meva   eti   bilan   oziqlanib,   urug’ni   ham   yeydi.   Ular   10-18
kundan   so’ng   meva   po’stini   teshib,   tashqariga   chiqadi   va   tuproqda   5-15   sm
chuqurlikka   ketib,   u   yerda   pupariy   ichida   g’umbaklanadi.   10-18   kundan   so’ng
g’umbakdan   2-nchi   avlod   pashshasi   chiqadi,   urg’ochi   zotlari   otalanadi   va   yana
tuxum   qo’yadi.   Bir   avlodining   hayot   davri   30   kuncha   bo’lib,   bir   mavsumda
pashsha Afg’onistonda 
3-4, Qoraqalpog’istonda 2-3 avlod beradi 
36 Tarqalishi .   Lichinka   shaklida   meva   bilan;   pupariy   ichidagi   g’umbak
shaklida  esa  o’simliklar   ildizidagi   tuproq  bilan,  hamda  yetuk  zotlari  uchib  o’tishi
hisobiga tarqalishi mumkin. 
Karantin tadbirlari . Qovun pashshasi  O’zbekistonning boshqa viloyatlariga
tarqalmasligi   uchun   ichki   karantin   chora-tadbirlarini   ko’llash   lozim,   jumladan
pashsha tarqalgan xududlardan zararlangan poliz ekinlari mevalarini va ildiz tizimi
puxta tozalanmagan daraxt nihollari va boshqa ekinlarni olib utish man etiladi. 
Kurash   choralari .   Hozirgi   kunlarda   Afg’onistonda   FAO   proyekti
tadqiqotlarida   3   ta   kurash   usuli   tekshirilmokda,   jumladan:   1)   pupariylarni   halok
qilish   uchun   dalalarni   qishda   suvga   bostirib   qo’yish;   2)   tuproqdan   uchib
chiqadigan   pashshalarni   o’ldirish   maqsadida   zararlangan   qovunlarning   tagiga
kukun   shaklli   insektisid   changitish;   3)   pashshalar   qovun   barglaridagi   toksik
moddalar   bilan   oziqlanishini   jadallashtirish   maqsadida   ekinga   suyuq   insektisid
bilan shakar eritmasini qo’shib purkash. 
O’zbekiston   sharoitida   qovun   pashshasiga   qarshi   kurash   choralarini   ishlab
chiqish   hozirgacha   tugallanmagan,   jumladan   bu   hasharotning   bioekologiyasi,
fenologiyasi   (misol   uchun,   pupariydan   chiqish   davri   va   fenologiyasi),   samarali
insektisidlarni   tanlash   va   ularni   qo’llashda   to’g’ri   usul   va   davr(lar)ni   aniqlash
bo’yicha ilmiy asoslangan tavsiyanomalar tayyorlash – olimlar oldida yechilishini
kutayotgan muammolardir. 
37 XULOSA
Qishloq   xo’jaligi   –   O’zbekiston   iqtisodiyotining   muhim   tarmog’i
hisoblanadi.   Bu   tarmoq   mamlakat   aholisining   oziq-ovqat   mahsulotlariga,   qayta
ishlash sanoati tarmoqlarining esa xom-ashyoga bo’lgan talabini qondiradi. Oziq-
ovqat   mahsulotlarining   90   foizga   yaqini   agrar   tarmoqda   tayyorlanadi.   Qishloq
xo’jaligi   respublikamizning   iste’mol   bozoriga   oziq-ovqat   mahsulotlari   va   qayta
ishlash   sanoatiga   xom-ashyo   yetkazib   berish   bilan   birga,   qishloq   xo’jaligi
mashinasozligi,   kimyo   sanoati   kabi   bir   qator   tarmoqlar   mahsulotlari   uchun
kafolatli bozor bo’lib ham hisoblanadi. 
Qishloq   xo’jalik   ekinlaridan   mo’l   hosil   olish   va   yetishtirilgan   hosilni
saqlab   qolishdagi   asosiy   omillardan   biri   zararkunanda,   kasallik   va   begona
o’tlarlardan   himoya   qilishdir.   Insoniyat   birgina   zararkunandalar   tufayli   har   yili:
203,7   mln.tonna   –   don;   228,4   mln.tonna   –   qand   lavlagi;   23,8   mln.tonna   –
kartoshka;   23,4   mln.tonna   –   sabzavot;   11,3   mln.tonna   –   meva   hosilini   kam   olar
ekan.  Respublikada  o’simliklarni  himoya  qilish  sohasida  atrof-muhit, insonlar   va
jonzotlar uchun bezarar bo’lgan biologik kurash usulini qo’llashga katta ahamiyat
berilmoqda.   Hozirgi   kunda   respublika   bo’yicha   800   dan   ortiq   biolaboratoriyalar
faoliyat   olib   bormoqda.   Biomahsulotlarni   ko’paytirish   va   qo’llash   hajmi   oshib
bormoqda.   Bugungi   kunda,   g’o’za   zararkunandalariga   qarshi   kurashda   biologik
usulning ulushi 91 foizni tashkil etmoqda. 
Keyingi   yillarda   yangidan   biolaboratoriyalar   tashkil   etilmoqda   va   eskilari
qayta   jihozlanmoqda.   Jumladan,   keyingi   uch   yilda   80   dan   ortiq   yangi
biolaboratoriyalar tashkil etildi va 80 dan ortiq biolaboratoriyalarning biomahsulot
ko’paytirish   quvvati   oshirildi,   qo’shimcha   350   ming   gektardan   ortiq   maydonda
biologik   usulni   qo’llash   imkoni   yaratildi.   Zararkunandalarning   yoppasiga
tarqalishi   oldini   olish   maqsadida   profilaktik   tadbirlarga   ham   katta   e’tibor
berilmoqda.   Kimyoviy   ishlov   ko’lami   kamayishiga   qaramay   bu   usuldan
zararkunandalar   keskin   ko’paygan   va   biologik   samara   bermaydigan   holatlarda
foydalanish   lozim.   Shu   sababli,   kimyoviy   preparatlarni   atrof   muhitga   zararli
38 ta’sirini   kamaytirish   va   yuqori   iqtisodiy   samara   olish   maqsadida   kamroq   zaharli
(III-IV klass) bo’lgan pestisidlardan foydalanilmoqda. 
Qishloq   xo’jaligi   mahsulotlarini   yetishtirishda   yuqori   va   sifatli   hosil
olishning   asosiy   omillaridan   biri   o’simliklarni   zararkunanda,   kasalik   va   begona
o’tlardan   himoya   qilishdir.   Buning   uchun   qishloq   xo’jaligi   korxonalarida
o’simliklarni himoya kilish tadbirlarini to’g’ri va rejali tashkil etish va boshqarish
lozim.
39 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Education   Division   Indian   Council   of   Agricultural   Research,New   Delhi,
April   2009,   PLANT   PROTECTION.   Entomology,   Nematology,   Plant
Pathology, BSMA Committee on Plant Protection, p.93. 
2. Muxammadiyev   B.   va   boshq.   “Hasharotlar   ekologiyasi   va   tur   tarkibining
sistematik tahlili”, Toshkent, 2014.147 bet. 
3. O‘zbekiston   Respublikasi   qishloq   xo‘jaligida   ishlatish   uchun   ruxsat   etilgan
pestitsidlar va agroximikatlar ro‘yxati.  Toshkent, 2013 yil. 
4. Xo’jayev   Sh.T.,   Xolmurodov   E.A.   “Entomologiya,   qishloq   xo’jalik
ekinlarini   himoya   qilish   va   agrotoksikologiya   asoslari.   Toshkent,   “Fan”
nashriyoti. 2009. 
5. Xamrayev   A.Sh.,   Nasriddinov   K.   –   O’simliklarni   biologik   himoya   qilish.
(o’quv qo’llanma). “Xalq merosi”nashriyoti, Toshkent-2003. 
40

MAVZU: HASHAROTLARGA QARSHI QO`LLANILADIGAN VOSITALAR. PREPARATLARNING ASOSIY GURUHLARI MUNDARIJA: KIRISH………………………………………………………………………….…3 ASOSIY QISM: 1. Qishloq xo`jaligida foydalaniladigan asosiy pestisidlar……………………....5 2. O’simliklarni kimyoviy himoya qilishda innovasiyalarni qo’llash ………….8 3. O’simliklarni uyg’unlashgan himoya qilishda biologik va genetik usullardan foydalanish ……………………………………………………………………….13 4. G’o’za va g’alla ekinlarini zararli organizmlardan uyg’unlashgan himoya qilish tizimini qo’llashda yangi texnologiyalardan foydalanish………………17 5. Meva - sabzavot va kartoshka ekinlarini zararli organizmlardan uyg’unlashgan himoya qilish tizimini qo’llashda yangi texnologiyalardan foydalanish. ……………………………………………………………………....28 XULOSA………………………………………………………………………....39 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………..41 1

KIRISH Zararli hasharot va kanalarga qarshi asosan organik sintetik preparatlar ishlatiladi. Ular kimyoviy birikmalarning har xil sinflariga mansubdir. Har qaysi sinf muayyan umumiy fizik-kimyoviy xossalarga ega bo’lishi bilan birga, ta’sir qilish mexanizmi asosan umumiydir. Shu boisdan preparatlarni kimyoviy tuzilishi va zararkunandalarga qarab guruhlab ta’riflash mumkin bo’ladi. Fosforning organik birikmalariga asoslangan dorilar hozirgi pestisidlar orasida muhimlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Ularni keng ko’lamda ishlatishning boisi bor, albatta 1 . Chunonchi, yuqori darajada insektisid va akarisid sifatida zararkunandalarga tez ta’sir ko’rsatadi, biologik muhitda uzoq turib qolmaydi va parchalanganda zaharsiz mahsulotlar hosil qiladi, sust darajada to’planadi, bir qator preparatlari ichdan ta’sir qilish xususiyatiga ega va shuning uchun kichik hajmda purkash yo’li bilan foydalanish, shuningdek har gektarga oz miqdorda sarflanishi mumkin. Ko’pchilik fosfororganik birikmalarning salbiy tomoni ham bor. Bular issiqqonli hayvonlar va odam uchun, shuningdek aksari foydali hasharotlar uchun kuchli zahardir. Surunkasiga ishlatilganda bu birikmalarga qarshi tez orada zararkunandalarning chidamli populyasiyalari paydo bo’lishi mumkin. Fosfororganik birikmalarning hasharotlarga zaharli ta’sir qilishiga sabab shundaki, ular fermentlarning faolligini izdan chiqaradi. Zahar hasharot jismiga tushishi bilanoq, darhol zaharlanish alomatlari yuz beradi va u tezda falajlanib halok bo’ladi. Ko’pchilik fosfororganik preparatlar ishlatilishi bilan zaharliligini ko’rsatadi va dorilashdan keyingi dastlabki soatlarda zararkunanda o’ladi. Fosfororganik preparatlar lichinkalarni va yetuk hasharotlarning ko’pini yo’qotadi, ammo tuxumlarga yomon ta’sir qiladi, biroq moy eritmasida tayyorlanib hasharot va kanalarning tuxumi ichiga o’taoladigan ba’zi preparatlar bu hisobga kirmaydi. 1 Education Division Indian Council of Agricultural Research,New Delhi, April 2009, PLANT PROTECTION. Entomology, Nematology, Plant Pathology, BSMA Committee on Plant Protection, p.7 2

Laboratoriya sharoitida o’tkazilgan tajribalarimizda bu guruxga oid dorilar (rogor, antio, bazudin va boshqalar) tavsiya qilingan sarfmeyorida to’liq ho’llanganda g’o’za tunlamining tuxumlarini 50-82% o’ldirgan. Fosfororganik birikmalar, aksari, issiqqonli hayvonlar va odam uchun o’rtacha zaharlidir, ammo bular orasida kam zaharliligi ham bor. Fosfor birikmasi hayvon va odam organizmida fermentlar ta’sirida tezda zaharsiz mahsulotlarga parchalanadi va organizmdan chiqarib yuboriladi. Bu gruppadagi ba’zi birikmalar sezilarli darajada va bir me’yorda kumulyativ ta’sir qilish xususiyatiga egadir. Bu hol tajribadagi hayvon jismiga zaharni kichik dozalarda tez-tez yuborib turilganda ro’y beradi. Fosfororganik birikmalar guruhida bo’lgan hozirgi dorilar tuproqda va o’simliklarda ko’pi bilan bir oygacha saqlanadi. Shuning uchun belgilangan oraliq muddatlarga rioya qilinganda, ularning muhitda hamda chigitni qayta ishlashdan olingan mahsulotlarda to’planish xavfi tug’ilmaydi. FOBlar tuproqda mikroflora, namlik hamda o’simliklardagi kimyoviy o’zaro aloqalar ta’sirida va ularga o’simlik fermentlari, quyosh radiasiyasi ta’sir qilishi natijasida parchalanadi. O’simlik nechog’lik yosh bo’lsa, parchalanish jarayoni (metabolizm) shu qadar jadal kechadi, bu esa, biokatalizatorlar, fermentlar, gormonlar, vitaminlar ishtirokidagi sintetik jarayonlarning yuqori darajada fiziologik faol ravishda ro’y berishi bilan izohlanadi 2 . Bu birikmalarning faol shakllari pestisidlar bilan o’zaro bir-biriga ta’sir qilib uni o’zgartiradi, bu esa eski to’qimalarda ancha susayadi. Ko’pchilik fosfor organik birikmalar o’simlikning ichidan ta’sir qilish xususiyatiga ega. Bunday ta’sir ko’rsatishning mohiyati shundan iboratki, bunda dorining kutikula va barg labchalari (ust’isalari) orqali, shuningdek (zahar tuproqqa solinganda) ildiz orqali o’simlikka o’tadi va unda (dorining xususiyatlariga qarab) floema, perenxima, hujayra devorchalari bo’yicha, transpirasiya oqimi, ksilema hamda hujayra oraliqlari orqali tarqaladi. ASOSIY QISM. 2 Education Division Indian Council of Agricultural Research,New Delhi, April 2009, PLANT PROTECTION. Entomology, Nematology, Plant Pathology, BSMA Committee on Plant Protection, p.7 3

1. Qishloq xo`jaligida foydalaniladigan asosiy pestisidlar Pestisidlar asosan o’simlikning tez o’sadigan qismlarida iladi, ularning tarqalish tezligi har xil bo’ladi. Pestisidlarning o’simlikka o’tishi va tarqalish xarakteri o’simlikning xususiyatlariga, tashqi muhit sharoitlariga, dorining fizika- kimyoviy xossalari va xiliga bog’liqdir. Aksari yosh o’simlikning barglari pestisidlarni juda yaxshi o’tkazadi. Qulay suv rejimi pestisidlarning adsorbsiyasiga va ularning joydan-joyga ilishiga yordam beradi. FOBlar bilan dorilashda ana shuni e’tiborga olish kerak bo’ladi. Ichdan ta’sir qiladigan dorilar nam bilan yaxshi ta’minlangan o’simliklarga tez o’tadi. Pestisidlarning o’simlikka jadal 4 o’tishida harorat, yorug’lik, havoning namligi katta ahamiyatga egadir . Pestisid preparatlarining asosiy formalari. Dust–ta’sir etuvchi moddasi bilan to’ldirilgan va juda mayda, zarrali arlashma bo’lib asosan changlatish yo’li bilan ishlailadi. Bir gektarga 1030kg dust sarf bo’ladi. Dust tayyorlashda uni to’ldiruvchi sifatida talk, pirofillit, bor, kaolin, trepel, silikogel va boshqalardan foydalaniladi. Uni changlanuvchanlik samarodorligini oshirish va mayda zarralarni bekorga uchib ketmasligi uchun 3-5% mineral moy qo’shiladi. Ho’llanuvchan kukun - bu kukunsimon pestisid preparati bo’lib unga suv qo’shish natijasida turg’un suspenziya hosil bo’ladi. Uni qo’llash dustga nisbatan afzalliklari bor, zaxarli ximikatlar ortiqcha sarflanmaydigan va qo’llash samarodorligi ortadi. Ular suspenziya holatida bo’lib o’simlik barglariga yaxshi yopishadi va o’simlik tanasida maxkam ushlanib qoladi. Bu xo’llangan kukun yuqori dispersion xususiyatga ega bo’lib, tarkibida 80% miqdorida 3mk gacha diametrli mayda zarralar bor. Xo’llangan kukun tarkibidagi ta’sir etuvchi modda va to’ldiruvchilar bilan birga yuqori aktivlikka ega bo’lgan yopishtiruvchan moddalra ham bor. To’ldiruvchilar sifatida silikogel, sintetik metasilikat kalsiy, bentonit, kaolin va boshqalardan foydalaniladi. Yuqori aktivlikka ega bo’lgan moddalar metal ishqorli sulfonadlar, OP-7 va OP-10 polietilenglikol efir spirtlari shuningdek yordamchi moddalar, sulfid spirtli barda /SSB/, sulfid ishqori, kraxmal, kazein va boshqalar. 4

Qo’llangan kukun tarkibida 30-80% ta’sir etuvchi modda, 15-60% to’ldiruvchilar, 1.5-2% sulfid spirtli bardalar va 1-2%OP-7 bor. Konsentrat emulsiyalar - deb mayda eritilgan eritmalarga yuqori akktivlikka ega bo’lgan moddalar bilan himoya qilngan maydalashtirilgan tomchilarga aytiladi. Bunda eritmaga suv qo’shish bilan uni turg’unligi ortadigan va uzoq muddat yupqa pardalar hosil bo’lmaydigan emulsiyaga aylantirsh mumkin. Moy sifatida ksilol, diosanal, neft moylari, polimerlar va solvetlardan foydalaniladi. Donadorlashtirilgan preparatlar – tuproqda yashovchi xasharotlarga qarshi o’simliklarning ildiz sistemasi orqali zaxarlanishi uchun tuproqqa beriladi, shuningdek yer ustki xasharotlariga qarshi kurash uchun ham sepiladi. Donador preparatlar perlit va vermikulit kukun holidagi minerallarni donadorlashtirish va tayyor holdagi donalarga pestisidlarni singdirish yo’li bilan tayyorlanadi. Preparat tarkibida pestisid va to’ldiruvchilardan tashqari sintetik smola ham singdiriladi. Donalarning kattaligi: o’rtacha 0.25-5mm gacha, mayda 0.25-1.5mm gacha va yirik 3-5mm gacha bo’ladi. Pestisidlarning suv va organik erituvchilardagi eritmasi. Eritmadan tashqari suv bilan yaxshi aralashadigan texnik mahsulot eritmasi tarkibiga yuzaki aktivlikka ega bo’lgan OP-7, OP-10 tipidagi moddalar kiradi. Pestisidlarning suvdagi eritmasini saqlash va tashish juda noqulay bo’lib, katta hajmdagi idishlarni talab etadi. Ular tez parchalanadi, sovuq kunlarda esa oson yaxlaydi. Pastalar quyuqlashgan moyli peparatlar - murakkab moddalar tarkibiy qismiga kiruvchi oson yuquvchi praparat bo’lib, suv bilan namlanib xo’llanuvchan kukunga o’xshash bo’ladi. Ular urug’li va danakli meva daraxtlar tanasining shilingan va yaralangan joyiga surtishda va ulardan suspenziya tayyorlashda ishlatiladi. Kukunlar - ta’sitr etuvchan moddasidan tashqari tarkibiga o’simliklardan olingan to’ldiruvchilar kiritiladi. Masalan, o’simlik kraxmali. Eruvchan kukunlar - kukunsimon preparatlar bo’lib, ular suvda oson eriydi, ulardan ko’p maqsadlarda foydalaniladi. Kichik va kam xajmli purkash eritmalari UKX tarkibida ta’sir etuvchi modda va boshqa qo’shilmalari bo’lgan maxsus preparatlar bo’lib, suv 5