Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish mavzusini o’qitishda “Munosabat” metodidan foydalanish
Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish mavzusini o’qitishda “Munosabat” metodidan foydalanish MUNDARIJA: I BOB. KIRISH……………………………………………………………….…3 II. BOB ASOSIY QISM 1.Ta’lim metodlarining mohiyati va mazmuni………………………………….5 2. Fizika fanini o`qitishda interfaol metodlardan foydalanish ……………….7 3. Fizikani o’qitish usullari …………………………………………………....13 4. Atom energiya……………………………………………………………….15 5. O’zbekistonga nima uchun Atom energetikasi zarur……………………….27 6 . Atom enrgiyasidan tinchlik maqsadida foydalanish” mavzusini o‘qitishda “Muqobil imkoniyatlar tanlovi” strategiyasi asosida muammoli masalalarni tahlil qilish..............................................................................................................32 7. Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) bosh direktori o‘rinbosari M.Aparo boshchiligidagi delegatsiyaning O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi……………………………………………………..……40 III. XULOSA…………………………………………………………………......42 IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………....44 1
KIRISH Jamiyatimizda XXI asr ma’naviy, tarbiyaviy , iqtisodiy-ijtimoiy, texnik, texnologik sohalar islohatlari bosqichma–bosqich amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, ta’lim-tarbiya jarayonlarining maqsadi ham pedagogik texnologiyalar asosida o’tkazish, erkin shaxsni tarbiyalashdan iborat.Lekin bu jarayon oson kechmaydi. Bugun ixtiyoriy tarzda qurilayotgan va amaliyotga tadbiq etilayotgan o’qitish tizimini qat’iyan ilmiy asoslangan pedagogik tizimga aylantirish lozim. Ushbu jarayonni umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhi bilan sug’orish, mazmunini takomillashtirish ijodkor o’qituvchilar oldida turgan dolzarb vazifa hisoblanadi. Pedagogik texnologiyalar asosida qolipda turmagan turli shakllarga tushirib dars o’tishni taqoza etarkan, o’qituvchilardan katta mahorat talab qiladimi?degan savol tug’iladi. Ushbu savolning yechimini topish uchun o’qituvchi quyidagilarga amal qilishi zarur: pedagogik texnologiya oldindan loyihalangan bo’lishi va tayyor loyihani amaliyotga to’g’ri tadbiq eta olishi lozim. Bu esa katta mahorat talab qiladi.O’zbekiston Respublikasi ta’lim to’g’risidagi Qonun hamda Kadrlar tayyorlash milliy Dasturida ta’lim-tarbiyaning sifat va samaradorligini ko’tarish maqsadida ta’lim mazmunini yangilash yosh avlodni aqliy intellektual rivojlanishini, ta’limning yangi modelini ilmiy pedagogik jihatdan ta’minlangan holda muntazam takomillashtirib borish yetakchi vazifa qilib ko’tarilgan. Fizika o’quv fanidan ta’lim berishning umumiy o’rta ta’lim, akademik litsey, kasb-hunar kollejlarida umumiy ta’lim predmeti sifatida o’qitiladigan fizika kursining maqsadi umumiy o’rta ta’lim negizida fizikadan fundamental bilim berish, fizik hodisalar va olamning fizik manzarasini ilmiy asosda tushuntirish orqali o’quvchilarning ilmiy dunyoqarashi va falsafiy mushohada yuritish qobiliyatini rivojlantirish, nazariya va amaliyotning dialektik bog’liqligini ochib berish, tabiatda va texnikadagi fizik jarayonlarni idrok etish salohiyatlarini oshirish, olgan bilimlarini kundalik hayotiy ehtiyojlarida va xalq xo’jaligidagi faoliyatlari uchun tayyorlash, ta’lim olishni davom ettirish uchun zamin yaratishni ta’minlashdan iborat. O’qituvchi fizika darsini tashkil qilishda o’qitish usulining turli shakllaridan 2
(ma’ruza, og’zaki bayon qilish, masalalar yechish, amaliy ish, ko’rgazmalilik va boshqa shakllardan) foydalanishi mumkin. Shuningdek, darslarni o’tishda dars berishning turli noan’anaviy usullaridan bahs-munozara, bayon, boshqotirmalar, elektron qo’llanmalar va multimediyalardan foydalanish tavsiya etiladi. Ana shularga tayangan holda o’qituvchi izlanuvchanlik bilan o’quvchilarga fanga bo’lgan ijodiylik hissini uyg’ota bilishi zarur.Darslarda o’quvchilarni mustaqil fikrlashlariga turli uslublaridan foydalanib erishishimiz zarur.O’qituvchi o’quvchida “Menga fizika zarur, uni bilish, hayotda qo’llashning uddasidan chiqishim kerak”- degan intilishni uyg’otsi zarur.Buning uchun dasrga pedagogik texnalogiyalarni qo’llash yaxshi natija beradi. Pedagogik texnologiya nima?1971-yilda Yaponiyada pedagogik texnologiya ta’lim jarayoniga kirib keldi. Pedagogik texnologiya bu shahsni o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirish qonunlarini o’z ichiga oladigan hamda yakuniy natijalarini ta’minlay oladigan pedagogik faoliyatdir. Ikkinchi tamondan pedagogik texnologiya aqliy rivojlanish qonunlarini o’z ichiga olgan holda pirovard natijalarni kafolatlaydigan pedagogik tadbirlar yig’indisidir. Pedagogik texnologiya oldindan belgilab qo’yilgan aniq maqsad yo’lida o’qituvchining kasbiy faoliyatini yangilovchi va ta’limda yakuniy natijani kafolatlaydigan tadbirlar yig’indisidir. Pedagogik texnologiyada nazariya bilan amaliyot birligini ta’minlash pedagogik texnologiyaning asl mohiyatining ochib beradi. Amaliyot o’qituvchining guruhda mavzu bo’yicha o’quv elementlarini tushuntirish maqsadida bajargan ishlar yig’indisi bo’lib, o’qitish jarayonining ushbu bosqichida tugallangan qismini tashkil etadi. Fizika o’qitishda quyidagilarga ahamiyat berilishi kerak: fizik tushunchalar, ta’rif, formulalarni o’rganish va amaliyotga tadbiq etish. Fizikaga oid asboblar tuzilishi va ularni amaliyotga qo’llanilishi guruhdagi bolalar fe’li, harakteri qiziqishi aniqlanib, keyin pedagogik texnologiya qo’llaniladi. O’quvchini mustaqil fikrlashga olib kelishi kerak.Ilg’or pedagogik texnologiyalardan biri – hamkorlikda o’qitish katta ahamiyat kasb etmoqda. 3
1.Ta’lim metodlarining mohiyati va mazmuni Hikoya - o‘qituvchi tomonidan mavzuga oid dalil, hodisa va voqealarning yaxlit yoki qismlarga bo‘lib, tasviriy vositalar yordamida obrazli tasvirlash yo‘li bilan ixcham, qisqa va izchil bayon qilinishi. Metodning samarasi ko‘p jihatdan o‘qituvchining nuqt mahorati, so‘zlarni o‘z o‘rnida, ifodali bayon qilishi, shuningdek, o‘quvchilarning yoshi, rivojlanish darajasini inobatga olgan holda yondashuviga bog‘liq. Shu bois hikoya mazmuni o‘quvchilarning mavjud bilimlariga tayanishi, ularni kengaytirishga xizmat qilishi zarur. Hikoyaning axborotlar bilan boyitilishi maqsadga muvofiqdir.Hikoya qilinayotgan materialni samaralash maxsus reja asosida amalga oshiriladi. O‘qituvchi har bir darsda uning maqsadini aniq belgilab oladi, undagi asosiy tushunchalarga alohida urg‘u berishga e’tiborni qaratadi. Suhbat - savol va javob shaklidagi dialogik ta’lim metodi bo‘lib, u fanga qadimdan ma’lum, xatto undan o‘z faoliyatida Suqrot ham mohirona foydalangan. Suhbat ta’lim jarayonida ko‘p funktsiyalar (aqliy fikrlash, hozirjavoblik, muloqot madaniyati va boshqa sifatlarni shakllantiradi) bajaradi, ammo asosiysi o‘quvchida faollikni yuzaga keltiradi. Suhbat o‘qituvchi fikriga mos harakat qilish, natijada yangi bilimlarni bosqichma- bosqich egallashga imkon beradi.Suhbat - faoliyatni endigina boshlagan o‘qituvchi uchun murakkab ta’lim metodi hisoblanadi, binobarin, savollarni tayyorlash, ularning ketma-ketligini ta’minlash ko‘p vaqt talab etadi, uni tashkil etishda esa barcha o‘quvchilarning diqqatini jalb etish talab qilinadi. O‘qituvchi oddiy savollar berishi, o‘quvchilarga ular yuzasidan batafsil o‘ylash uchun vaqt ajratishi, o‘quvchilarning javoblarini esa diqqatbilan tinglashi, zarur o‘rinlarda ularni sharhlashi lozim. Shu bois suhbatda bilish deduktiv yoki induktiv yo‘l bilan amalga oshadi. Deduktiv suhbat o‘quvchilarga oldindan ma’lum bo‘lgan qoidalar, tushunchalar, hodisalar, jarayonlar asosida tashkil etilib, o‘quvchilar tahlil yordamida xususiy xulosalargakeladilar. Suhbatning induktiv shaklida alohida dalillar, tushunchalarning tahlil asosida umumiy xulosagakelinadi. 4
Suhbat ko‘proq o‘quvchilarni yangi bilimlar bilan tanishtirish, bilimlarni tizimlashtirish va mustahkamlash, nazoratni tashkil etish hamda o‘zlashtirilgan bilimlarni tashxislashda ijobiy natijalarni beradi. Suhbat turli ko‘rinishlarda, ya’ni, kirish, yakuniy, individual va guruhli suhbattarzida tashkil etiladi. Tushuntirish o‘quv materiali mazmunini isbot, tahlil, umumlashma, taqqoslash asosida bayonqilishdir.Bu metod hikoyaga nisbatan birmuncha keng qo‘llaniladi.Undan odatda, nazariy materiallar hamda murakkab masalalarni o‘rganishda foydalaniladi. Tushuntirish jarayonida o‘quv materialining bir qadar qiyin unsurlari ko‘zga tashlanadi va shu asosda materialning mohiyati ochib beriladi. Tushuntirish samarasi ko‘p hollarda o‘qituvchining ko‘rgazmali vositalardan oqilona foydalanishiga bog‘liq bo‘ladi. Ma’ruza - yirik hajmdagi o‘quv materialini og‘zaki bayon qilish metodi sanalib, uning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: qat’iy mantiqiy ketma-ketlik, uzatilayotgan axborotlarning ko‘pligi, bilimlar bayonining tizimliligi. Maktab ma’ruzasi mazmunini murakab tizimlar, hodisalar, obyektlar, jarayonlar, ularning sababli-oqibatli bog‘lanishlari, qonun va qoidalar tashkil etadi. Shu bois ma’ruza maktab sharoitida yuqori sinflardagina qo‘llaniladi.Chunki u butun dars jarayonini qamrab olishi mumkin. Ma’ruza metodi tushuntirish va suhbatning asta-sekin kengayib borishidan vujudga keladi va bir vaqida o‘quvchilarni qisqacha yozib olish (konspektlash)ga o‘rgata boradi. Ta’lim sifati va samaradorligini ta’minlashda ko‘rgazmali metodlar ham alohida ahamiyatga ega. Tasvir (illyustratsiya) metodi namoyish metodiga chambarchas bog‘liq bo‘lsada, didaktikada alohida o‘rganiladi. Illyustratsiya narsa, hodisalar va jarayonlarni ularning ramziy ko‘rinishlari - chizma, port, rasm, fotosurat, yassi modellar va boshqalar yordamida ko‘rsatishni taqozo etadi. Namoyish (demonstratsiya) metodi o‘rganilayotgan obyekt harakat dinamikasini ochib berishda qo‘l keladi va ayni chog‘da predmetning tashqi ko‘rinishi va ichki tuzilishi haqida to‘laqonli ma’lumot berishda keng qo‘llaniladi. 5