FIZIKANI O’QITISHDA “TAJRIBA” METODIDAN FOYDALANISH FIZIKANI O’QITISHDA “TAJRIBA” METODIDAN FOYDALANISH
1FIZIKANI O’QITISHDA “TAJRIBA” METODIDAN FOYDALANISH Mundarija: Kirish ......................................................................................... 3 Asosiy qism I. BOB FIZIKA O’QITISHDA TAJRIBA METODI V AVA UNING DIDAKTIK TALABLARI .............................. 4 1.1 Fizikani o’qitishda tajriba (eksperement) larning vazifasi va turlari… ...................................................................................... 4 1.2 Tajribalarga qo’yilga didiaktik talablar va xavsizlizlik choralarini taminlash .................................................................. 10 1.3 Fizika tajribalar xonasini jihojlanishi o’quvchilarning o’qish samaradorligining oshishdagi ro’li ................................. 14 II. BOB VERTUAL LABORATORIYA ISHINI bajarish USLUBIYATI ................................................. 22 2.1 Elektr qarshilik haqida tushuncha… ............................................... 22 2.2 «Elektr qarshilikni temperaturaga bog’likligi» mavzusiga doir vitual laboratoriya islab chiqish ....................................................................... 25 Xulosa ........................................................................................ 31 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: ........................................... 32
2Kirish Fizikadan o’quv eksperimenti o’qitish metodlari sistemasiga kiradi. Bu yerda o’quv eksperimenti mustaqil bob qilib ajratilgan, chunki faqat metodikani tavsiflab qolmasdan, shu bilan birga bir qator o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan o’quv eksperimentining texnikasini ham tavsiflab berish talab qilinadi. «Ekspernment» so’zi lotincha eksperemental (sinash) so’zidan olingan. Eksperiment — hodisaning borishini kuzatishga imkon beradigan, tekshiriladigan hodisani kuzatish va tahlil qilish hamda uni istagan paytda belgilangan sharoitlarda qaytadan takrorlash demakdir. Fizika fanida tadqiqot va o’lchov eksperimentlari mavjud. Fizikadan o’quv eksperimeitida ham shunday bo’linish bo’lishi mumkin. To’g’ri, tadqiqot tariqasidagi tajribalarpi qo’yishda o’quvchilar subyektiv yangilikka ega bo’lgan ma’lumotlarni oladilar. Ulchov eksperimenti kutilgan natijani olishni maqsad qilib qo’yadi. U aytilgan taxminni yoki natijaning deduktiv nazariyalarni tasdiqlaydi yoki inkor qiladi. Har qanday eksperiment turiga quyidagi belgilar. xosdir: maxsus asboblar bilan tashqi olam prosesslarining hodisalarga ta’siri; real o’rganilayotgan bog’lanishlarni ajratib ko’rsatish va ikkinchi darajali hamda tasodif ta’sirlarni yo’qotish (o’chirish); o’rganiladigan hodisalarni ma’lum sharoitlarda qaytadan qilib ko’rish va bir necha marta takrorlash; hodisa yoki prosessning sodir bo’lish sharoitini planli o’zgartirish; tasodif elementlarini minimumga keltirish maqsadida tartibli va maqsadga muvofiq harakat qilish. Fizika eksperimentining strukturasini quyidagi o’zaro bog’langan elementlar ko’rinishida tasavvur qilish mumkin: va shu bilan birga eksperimentni uchta tashkil etuvchiga ajratish mumkin: eksperimentni bajaruvchi va uning subyektni bilish sifatidagi faoliyati; eksperimental tekshirish obyekti yoki predmeti; eksperimental tekshirish vositalari (instrumental, asboblar, eksperimental qurilmalar va shu kabilar). Uzaro bog’liq uchta tuzilish element ma’lumotlaridan birinchisi eksperimentning subyektiv, ikkinchi va uchinchilari esa obyektiv tomonlarini ko’rsatadi. Metodologik nuqtai nazardan, eksperimentning obyektiv tomoni eksperimental tekshirishning faqat bitta predmeti bilan tugamaydi. U (obyektiv tomoni) eksperiment qilish vositalarining ajratib olingan, ro’yxatga olingan, tayyorlaydigan, qaytadan o’zgartiradigan obyektni o’z ichiga oladi. Eksperimental tekshirishning hal qiluvchi roli shundan iboratki, yuqorida ko’rsatib o’tilgan eksperimentning hamma o’ziga xos xususiyatlarini shu vositalar yordamida amalga oshirish mumkin. Asboblardan foydalanish hodisalarning nisbatan qisqa diapazonida
3tashqi dunyoni va organizmning muhitga moslanishi bilan bog’liq bo’lgan xossalarini ifodalaydigan insonning hissiy organlarining tabiiy chegaralanganligini kengaytirishga imkon beradi. 1 va 2-rasmlarda samolyot qanotining ko’tarish kuchini, fotometriya qonunlarini, elektromagnit to’lqinlarining xossalarini eksperimental o’rganish uchun qurilmalarning asboblari keltirilgan. I. BOB FIZIKA O’QITISHDA TAJRIBA METODI V AVA UNING DIDAKTIK TALABLARI. 1.1 Fizikani o’qitishda tajriba (eksperement) larning vazifasi va turlari Fizikadan o’quv eksperimenti bir vaqtning o’zida bilimlar manbai, o’qitish metodi va ko’rsatmalilik turi bo’lib hisoblanaDi. Uquv eksperimenti subyektiv yangilik bo’lgan hodisalarni, honunlarni kashf etis] uchun xizmat qiladi. Uquv eksperimenti o’z-o’zicha mavjud bo’lishi va rivojlanishi mumkin emas. Uquv eksperimenti maktab va pedagogik fan sohasi sifatida fizika o’qitish metodikasining rivojlanishida mos ravishda paydo bo’ladi va takomillashib boradi. Mehnat xavfsizligi qoidalariga rioya qilish maktab eksperimentini o’tkazishga qo’yiladigan eng majburiy talablardan hisoblanadi. Hozirgi vaqtda maqtablarda fizikadan o’quv eksperimentining sistemasi tashkil topgan bo’lib, bilimlar olish jarayonida sekinasta o’quvchilar mustaqilligini oshirish g’oyasiga asoslangan. Fizikadan o’quv eksperimentining sistemasi o’zaro bog’langan muhim tajriba faktlarining yig’indisidan (mazmun elementlaridan), fizikaning eksperimental metodlaridan (texnika vositalari bilan birga: asboblar, materiallar, qurilmalar, audiovizual vositalar) xonada ko’riladigan eksperiment turlari va o’qitishning tashkiliy shakllaridan, o’quvchilarni tarbiyalash va rivojlantqrishdan, fizika o’qitish metodikasining mos holdagi yetakchi mohiyatidan iborat.. Fizika fanining eksperimental xarakterining ifodalanishi maktab kursida fundamental fizik nazariyalarni, xususan, faktlardan, fizik kattaliklar, tushunchalar, ideallashtirilgan obyektlar, umumiy va xususiy qonunlardan tashkil topgan bilimlarning asosiy tashkil etuvchilarini o’rganishda turli ko’rinishdagi eksperimentdan — ko’rgazmali tajribalar, kinofilmlar, frontal laboratoriya ishlar, fizikadan praktikum ishlari, eksperimental masalalar, sinfdan tashqari va uyda bajariladigan tajribalardan keng foydalanish orqali amalga oshiriladi. Ko’rgazmali tajribalarni sinfning hamma o’quvchilari uchun o’qntuvchi
4ko’rsatadi. Fizika o’qitishda davriylik konsepsiyasiga mos ravishda ko’rgazmali tajribalar o’z mazmuniga va vazifasiga ko’ra turli xil funksiyalarni bajarishi mumkin. Ular nazariyaning boshlang’ich fakti rolini bajarishi, gipotezalarning mos oddiy modellarini ifodalashi mumkin, nazariy xulosalarni eksperimental tekshirish uchun xizmat qilish yoki fizikaning xalq xo’jaligining turli sohalarida amaliy qo’llanishini namoyish etishi mumkin. Xususan, masalan, «Suyuqlik va gazlarning bosimi (gidrova aerostatika)» temasini o’rganishda suyuqlikning idish tubi va devorlariga bosimning mavjudligi, suyuqlik va gazlarning bosimni uzatishi, atmosfera bosimining mavjudligi va uning balandlikning ortishi bilan o’zgarishi, jismlarning erish hodisalari demonstrasiya qilinadi; bosimni o’lchash uchun ishlatiladigan asboblarning tuzilishi va ishlash prinsipi (suyuqlik manometri, simobli va aneroid — barometrlar), texnikada qo’llanilishi (gidravlik press, nasoslarning tuzilishi va ishlash prinsipi, tutash idishlar, kemalarning suzishi, havoda suzish) o’rganiladi. Uquzchilar asoslash yoki mos nazariyalarni tekshirishda eksperimentning rolini tushunishlari uchun har bir konkret holda eksperiment va nazariyaning o’zaro bog’liqligini eksperiment tarkibiy qismlarining mantiqi orqali o’rganish tavsiya qilinadi. U muammoning qo’yilishini, tajribada tekshiriladigan gipotezaning ta’rifini, tekshirish metodikasini tanlashni, mantiqiy-matematik qayta ishlashni, tajriba natijalarini umumlashtirish va tushuntirib b^rishni o’z ichiga oladi. Ko’rgazmali tajribalarni qo’yishda u yoki bu eksperimentni qo’yish kerakligi haqidagi problema yoki gipotezani, odatda, o’qituvchi (ayrim hollarda butun sinf kollektivi) ta’riflaydi. Eksperimental qurilma va eksperimentning o’zi — o’qituvchining ishi. Bunda o’quvchilar ko’proq kuzatuvchi bo’ladi. Ular eksperiment ko’rsatkichlarini yozib oladilar va ularni qaytadan ishlab chiqadilar. Kuzatish — o’quvchilar faoliyatining aktiv shakli hisoblanadi. Kuzatish vazifani, kuzatish metodikasini, kuzatish natijalarini, rasmlar, jadvallar va grafiklar shaklida yozib olishni, u yoki bu nazariya yordamida talqin qilinadigan ta’riflarni aniq tushunib olishni talab qiladi. Kuzatish natijalarini talqin qilish (so’zli, matematik, grafik) o’qituvchiga o’quvchilar bilan birga, bir tomondan, muhim bo’lgan fakt? larni muhim bo’lmaganlaridan ajratishga, boshqa tomondan — tekshirish obyektini xarakterlaydigan funksional bog’lanishlarni o’rnatishga imkon beradi. Amalda har qanday ko’rgazmali tajriba o’quvchini eksperiment natijalarini mustaqil ravishda analiz va sintez qilishga majbur etadi. Shuning uchun fizik hodisalarning, qonuniyatlarning, qonunlarning mazmunlari ular uchun kutilmagan, o’rinsiz bo’lib tuyulmaydi. Shunday qilib, eksperimentni
5qo’yish va undan xulosalar chiqarish o’quvchilzrning passiv kuzatishi bilan emas, balki ular fikrlashining aktiv ishi bilan bog’langan. 3 va 4 -rasmlarda elektromagnit va ossillograf bilan bo’ladigan ko’rgazmali tajribalar ko’rsatilgan. Masalan, Shtern tajribasini modellashtirishga imkon beradigan qurilmaning asosiy qismlarining vazifalarini tushunib olish uchun, o’quvchilarni molekulalar tezliklarini o’l chash uchun foydalaniladigan metodning maqsadga muvofiq ekanligini, molekulalar dastasidan foydalanishni, yuqori vakuum hosil qilishni tushunishlariga olib kelish kerak. Ko’rgazmali tajribalarga bunday yondashish eksperimentni qo’yish metodikasini takomillashtirishni talab qiladi va fizika o’qitishda nazariyaning rolini kuchaytirish tendensiyasiga mos keladi. Fundamental eksperimentlarni o’rganish yo’llarini qidirishga e’tiborni kuchaytirish kuzatilmoqda» masalan, yorug’likning to’lqin nazariyasi sohalarini tashkil etuvchi dispersiya bo’yicha Nyuton, interferensiya bo’yicha Frenel, difraksiya bo’yicha Arago tajribalari; nazariyaning to’g’riligini tasdiqlovchi Gers va Lebedev tajribalari; fizik konstanta — yorug’lik tezligini o’rnatish bo’yicha Remer, Maykelson tajribalari; elektron zaryadini aniqlash bo’yicha Milliken, Ioffe tajribalari; radiotexnikaning rivojlanishi uchun turtki bo’lgan Popov tajribalari va boshqalar. Ko’rgazmali eksperimentlar mazmuniy masalalardan tashqari quyidagi tashkiliy masalalarni hal etadi: o’quvchilarni ishni bajarishda tartibga, natijalarni olishda va tahlil qilishda puxtalikka, asboblar bilan to’g’ri muomala qilishga o’rgatadi, o’quvchilarni ochiq yoki ochiq bo’lmagan