Bolalar va o‘smirlar sport maktabi o‘quvchilarini barqarorlashtrishda tanlov o‘tkazishning metadalogik asoslari
Bolalar va o‘smirlar sport maktabi o‘quvchilarini barqarorlashtrishda tanlov o‘tkazishning metadalogik asoslari MUNDARIJA KIRISH I.BOB. BOLALAR VA O‘SMIRLAR SPORT MAKTBLARIGA O‘QUVCHILARNI SARALASHNING TIBBIY-BIOLOGIK XUSUSIYATLARI 1.1. Sportga yo‘naltirish va saralashning nazariy masalalari 1.2. Inson rivojlanishida ijtimoiy va biologik faoliyatlarining bog’liqligi 1.3. Sportga iqtidor va sportga layoqat 1.4. O‘quvchilar kontingentining sportni tashlab ketishi BO‘SM faoliyati samaradorligi ko‘rsatkichi sifatida II. BOB. TADQIQOTNING VAZIFALARI, METODLARI HAMDA UNI TASHKIL ETISH 2.1. Tadqiqot vazifalari 2.2. Tadqiqot metodlari 2.2.1. Maxsus ilmiy - uslubiy adabiyotlardan olingan ma ’ lumotlarni nazariy tahlil qilish va ularni umumlashtirish 2.2.2. So‘rovnoma yordamida BO‘SM murabbiylari amaliy tajribasini tahlil etish 2.2.3. BO‘SM o’quvchilarini faoliyati ustidagi pedagogik kuzatish 2.2.4. Pedagogik tajriba 2.2.5. Tadqiqot natijalarining matematik-statistik tahlili 2.3. Sport mahoratiga erishish uchun erta sport ixtisosligi va optimal yoshning ahamiyati 2.4. Yuqori malakali murabbiylarning ijodkorligini va ijodiy uslublari III.BOB. SPORTGA YO‘NALTIRISH VA SARALASHDA YOSH XUSUSIYATLARI VA O‘QUVCHILAR KONTINGENTINI MUSTAHKAMLASHGA YO‘NALTIRILGAN O‘QUV- MASHG’ULOT JARARAYONI 3.1. Sportga saralashni bosqichma-bosqich o’tkazish 3.2. Murabbiylarning amaliy faoliyatida ularning kasbiy vakolatlari ko‘rsatkichlarni tahlil etish 3.3. O‘quv-mashg’ulot jarayonini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlarini aniqlash va pedagogik tajribada o‘quv-mashg’ulot yo‘nalishlarini amalga oshirishning usul va vositalari 3.4. Tajriba guruhlarida o‘quv-mashg’ulot jarayonini tashkil etishning xususiyatlari 1
XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI KIRISH O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-martdagi PF-5368-son farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qilingan qarorida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti qoshidagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tasarrufiga berilganligi, Nukus, Samarqand va Farg‘ona shaharlarida uning filiallari tashkil qilinganligi, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni 28 nafardan iborat tuzilmasi shakllantirilganligi bu sohani ham rivojlanishida kata imkoniyatlar yaratib berdi[1]. Zamonaviy tayyorgarlik tizimni optimallashtrish va tayyorgarlik vaqtidagi innovatsion jarayonlar strategiyasi bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi terma jamoalari a’zolari bo‘lgan va yaqin zahiradagi sportchilarni tayyorlashning muhim vazifalaridan biri bo’lib turibdi Mavzuning dolzarbligi : BO‘SM faoliyatining asosiy yo’nalishlari sport maktablari haqidagi me’yoriy-huquqiy asoslar va Nizomda belgilangan [1]. Qo'shimcha ta’lim beruvchi muassasa sifatida sport maktabi “ qobilyatlarga muvofiq ravishda o‘z-o‘zini takomilashtrish,bilim olish va ijod ,sog’lom turmush tarzini shakilantrish,kasbiy nuqtai nazardan o‘z o‘rnini 2
topish,jismoniy aqliy va ma’naviy qobilyatlarini rivojlantrishga ,qobilyatlarga mos sport muvaffaqiyati darajasiga erishish uchun yo‘naltrilgan”[2]. Shunday qilib, bolalar, o'smirlar va yoshlarning sport tayyorgarligi faqatgina har tomonlama jismoniy tayyorgarlik, turli qobiliyatlarni rivojlantirish va takomillashtirish masalalarini hal etib qolmasdan, shug'ullanuvchilar shaxsini shakllantirish muammosini ham qamrab oladi. BO'SMlar oldiga davlat tomonidan qo'yilayotgan asosiy vazifa bolalar va o'smirlarning imkon qadar ko'proq miqdorini jalb etgan holda ommaviy sportni rivojlantirish bo'lib kelmoqda. Ma'lumki, sport natijlarining oshishi sport mashg'ulotlari uslubiyati va taktika harakatlari, texnik vositalar taraqqiyoti va ijrochilarining samarali reabilitatsiyasi shuningdek, ommaviylik oshish va to'g'ri saralashga bog'liq. Aksariyat masalalar yechimiga muayyan qaraganda ijtimoiy, iqtisodiy va tashkiliy masalalar bilan belgilanadi. Sportda saralash-bu ilmiy tadqiqot, ilmiy izlanish muammosidir. Bolalar va o'smirlarda sport mashg'ulotlariga qiziqish sport ixtisosligini to'g'ri tanlash bilan belgilanadi, bu esa o'z navbatida sportdan o'ziga hos individual xususiyatlariga bevosita bog'liq bo'ladi.Har bir o'smir uchun sport faoliyatini tanlash-sport tanlovining vazifasidir.Sport turi tanlovlaridan kelib chiqqan holda eng layoqatlilarini tanlash-sport saralashining vazifasi hisoblanadi. Sportda. saralash zaruriyatining obyektiv sabablari tayyorgarlik imkoniyatlarida harakat sifatining tayyorgarlik darajasi turlicha bo'ladi. Demak, har kim ham yuqori sport natijalariga erisha olmaydi. Yuqori sport natijasi-bu nafaqat mashaqqatli mashg'ulotlar, balki sportga yot bo'lgan g'ayrioddiy irsiy ma' lumotlar natijasidir. Saralash masalasida maxsus tayyorgarlikka ega bo'lmagan ba'zi tibbiy xodimlar, jismoniy madaniyat o'qituvchilari va murabbiylar saralash imkoniyati va yosh sportchilarni yo'naltirishga tanqidiy qarashadi.Mutaxassislar l0-l1yoshli o'smirlar asosida nafaqat biror iqtidorni aniqlash, balki uning sportdagi kelgusi 3
muvaffaqiyatini taxmin qilishning imkoni mavjud emas deb o'ylashadi. Shubhasiz, ushbu muammo juda murakkab.Chunki bu muammo o'sha yoshdagi bolalarning qiziqishlari va layoqati barqarorligi bilan ham bog'liq. Lekin bu pessimistik fikr to'liq oqlanmagan.G.S.Tumanyan va E.G.Martirosov (1976) aytganidek, "Sportda saralash o'z tadqiqotchilarini kutmoqda", bunga sabab, na bizning davlatimizda, na xorijda sportga saralash va yo'naltirishning ilmiy asoslangan tizimlari mavjud emas. Bazi qo'llanmalarda Sportda iqtidor indekslari", "Motor" iste'dod testlari" va boshqa atamalami uchratish mumkin, lekin ular, odatda sodda jismoniy mashqlardangina iborat bo'ladi. Shu tarzda, sportga saralash va yo'naltirish muammosi -murakkab muammo bo'lib, ko'plab mutaxassislar faoliyatini talab qiladi. Ushbu muammoni olimlar, murabbiylar va pedagoglar hamkorligida hal qilish zarur. Demak, sport maktabi o'z mamlakatining vatanparvarlari bo'lgan faol fuqarolarni tarbiyalash uchun ma'nan mas'ul hisoblanadi. Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqsak, hozirgi vaqtda sport maktablari faoliyatining samaradorligini oshirishda tanlov o'tkazish muammosi ayniqsa dolzarblashib borayotganligi bejiz emas. Biroq, aynan saralanish sport tayyorgarligi tizimini tashkil etish sifatining asosiy ko'rsatkichlaridan biri hisoblanadi va sport maktablari faoliyatining u qadar yuqori bo'lmagan samaradorligi mezoni bo'lib xizmat qiladi. Shuni alohida qayd etish lozimki, zamonaviy sportda murabbiyning roli, uning kasbiy va pedagogik mahorati, shaxsiy sifatlari ahamiyati keskin ortib ketdi. Shuning uchun ham aynan bugun o'zining davlat ishi sifatidagi asosini saqlab qolgan yosh sportchilami tayyorlash tizimiga, sport maktablari ma'muriyati hamda murabbiylari tarkibi zimmasiga alohida mas'uliyat o'z shogirdlarining sportdagi yutuqlari uchungina emas, balki mamlakatning kelajak avlodi salomatligi, ma'naviy-axloqiy qiyofasi uchun ham mas'uliyat yuklanmoqda[2]. 4
Muammoning o'rganilganlik darajasi. Mamlakatimizdagi va chet ellik mualliflarning ilmiy-uslubiy adabiyotlarini tahlil etish shuni ko'rsatadiki, yosh sportchilarni tayyorlash tizimiga, xususan, turli yoshdagi bolalarni tarbiyalash jarayoniga bag'ishlangan ilmiy tadqiqotlar ko'pchilikni tashkil etadi. (A.N.Abdiyev, 2005; D.D.Sharipova, A.Musurmanova, 2005; L.P.Yugay, 2005; A.K.Ataev, 2007; F.A.Kerimovva Z.B.Boltaev, 2012.). Biroq biz BO'SM o'quvchilar kontingentini barqarorlashtirishda aynan tanlov o'tkazish metodologiyasiga oid ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda mazkur muammoni hal etishni dolzarb hisobladik. Tadqiqot maqsadi: BO'SMlarda faoliyat olib borayotgan sport to‘garaklariga o'quvchilarni tanlov asosida qabul qilish natijasida kontengentini barqarorlashtirish hamda sport maktabida o'quv-mashg'ulot jarayoni samaradorligini oshirish. Tadqiqot vazifalari: 1.BO'SMlarda faoliyat olib borayotgan sport to‘garaklarida shug'ullanayotgan o'quvchilarining mashg'ulotlarii tashlash sabablari va uning xususiyatlarini aniqlash. 2.O'quvchilarining Sportga yo'naltirish va sportda saralashning tibbiy-biologik aspektrlarini ochib berish. 3.BO'SM kontingentini mustahkamlashga yo'naltirilgan o'quv-mashg'ulot jarayonini takomillashtirishda tanlov o'tkazish bo'yicha pedagogik tadbirlar majmuasini ishlab chiqish hamda tajribalar yordamida asoslab berish. Tadqiqot ob'ekti: Bolalar va o‘smirlar sport maktablari Tadqiqot predmeti: Bolalar va o’smirlar sport maktablarida faoliyat olib borayotgan sport to‘garaklariga o'quvchilarni tanlov asosida qabul qilishni to'g'ri yo'lga qo'yish jarayoni. Tadqiqot metodlari: 1. Maxsus ilmiy-uslubiy adabiyotlardan olingan ma'lumotlarni nazariy tahlil qilish va umumlashtirish. 5