Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘tkaziladigan darsdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil etish usullarini takomillashtirish uslubiyati
“Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘tkaziladigan darsdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil etish usullarini takomillashtirish uslubiyati” MUNDARIJA Kirish 7-20 I Bob I BOB Jismoniy tarbiya,uning sog‘lom avlodni shakllantirishdagi t o‘ tgan o‘rni 21-28 1.1 Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarini darsdan tashqari jismoniy intelektual resuslarini shakillantirish masalalari 28-31 1. 2 O‘quvchi jismoniy tarbiyasining asosiy shakllari va mashg‘ulot formalari 32-41 1. 3 O‘quvchilar jismoniy tarbiyasining o‘quv ishlari shakli 42-44 II Bob II BOB Umumta’lim maktablari o‘quvchi yoshlarini jismoniy tarbiya darsini tashkillash va o‘tkazishning usuliy asoslari 45-51 2.1 Jismoniy tarbiya darslarida o‘quvchilar faoliyatini tashkillash usuliyati 52-56 2.2 Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarini darsdan tashqari mashg‘ulotlarini rejalashtirish 57-62 2.1.2. Darsda harakatli o‘yinlarni o‘tkazishni o‘rgatish uslubiyati 6 3 -65 II bob bo’yicha xulosa 65-67 III Bob. III-BOB Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarini darsdan tashqari mashg‘ulotlarda harakatli o‘yinlarni o‘tkazishni o‘rgatish uslubiyati 68-69 3.1 Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarini darsdan tashqari mashg‘ulotlarida harakatli o‘yinlarni o‘tkazishni o‘rgatish uslubiyati 70-75 3.2 Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarini darsdan tashqari mashg‘ulotlarini tashkil etish usullari bo‘yicha tatqiqotlardan olinga xulosalar 75-85 3 .1 Amaliy mashg’ulotlar uchun dasturiy materiallar 6 1 -6 5 III bob bo’yicha xulosa 86-87 Tavsiyalar 88-89 Xulosa 90-93 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 94-97 1
Kirish Mustaqil O‘zbekistonning ravnaq topishi, taraqqiyoti yo‘lida uni katta iqtisodiy va ijtimoiy to‘siqlardan muvaffaqiyatli o‘tishi va insoniy natijalarga erishishida yosh avlod, mehnatkash fuqarolarning nafaqat aql-idroki, balki ularning salomatligi, jismoniy barkamolligiga ham bevosita bog‘liqdir. Shuni ham aytish kerakki, insonning salomatligi, serg‘ayrat bo‘lishi, jismoniy kamolotga erishishi faqatgina uni turmush tarzi, mehnat va uy-ro‘zg‘or faoliyati bilan ta’minlaydi. Balki har bir xalqni o‘z tarixiy, madaniy, ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotiga xos bo‘lgan mazkur xalq tomonidan kashf etilgan milliy o‘yinlar, sayllar, urf-odatlar va sport turlari vositalari yordamida ham amalga oshiriladi. Inson hayotga mustaqil qadam qo‘yishi bilan eng avvalo sog‘lom bo‘lish va uzoq, mazmunli umr ko‘rishni asosiy maqsad qilib qo‘yadi. Bunda tabiat in’om etgan noz ne’matlardan foydalanish, ijtimoiy mehnat qilish, sog‘lom turmush tarziga, madaniyatiga ega bo‘lish, oilada bolalarni jismoniy va axloqiy jihatdan to‘g‘ri tarbiyalash ustuvor jarayon hisoblanadi. Insonlar qaysi qit’ada, qaysi davlatda yashamasin va millatidan qat’iy nazar sog‘lom yashash va uzoq umr ko‘rish niyatida bo‘ladi. Ularning ijtimoiy turmush sharoiti va mehnat jarayonida barcha madaniy tadbirlar qatorida jismoniy tarbiya va sport muhim o‘rin egallaydi. Oila, tarbiya va o‘ q uv muassasalarini jismoniy tarbiyasi? tasavvur qilish qiyin. Shuningdek, sog‘lomlashtirish markazlari, dam olish maskanlari va, ayniqsa, sport inshootlarida turli-tuman ommaviy sport tadbirlarini tashkil qilish jahon xalqlarining milliy an’analariga aylanib ketgan. Insoniyat taraqqiyoti va ijtimoiy hayotining turli davrlarida o‘yinlar muhim o‘rin tutgan. O‘yinlar yordamida insoniyat o‘sgan, ulg‘aygan, chiniqqan, jismonan baquvvat bo‘lgan, aqlan, ruhan rivojlangan, ma’naviy kamol topgan. Madaniy merosimizning uzviy va ajralmas qismi bo‘lgan, avlod- ajdodlarimizga asrlar mobaynida ruh, jon va sog‘liq ato etib kelgan xalq 2
o‘yinlarini tiklash va ulardan samarali foydalanish - milliy qiyofamiz, ma’naviyatimiz va qadriyatimizni yuksaltirish demakdir. Xalq o‘yinlari yangi sog‘lom avlodni shakllantirishda ham o‘ta muhim o‘rin tutgan i ularni biz ko‘z qorachig‘idek asrashimiz, e’zozlashimiz va ulardan oqilona foydalanishimiz zarur. Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi; Yangi jamiyat qurishda jismoniy tarbiya harakati o‘z oldiga quyidagi muhim vazifalarni qo‘ygan: yosh o‘sib kelayotgan avlodni tarbiyalash hamda sog‘ligini mustahkamlash va eng asosiysi jismoniy tarbiya va sportni ommaviy rivojlantirishdir. Hukumatimiz tomonidan hozirgi kunda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishda katta ishlarni amalga oshirdi. Shuni aytish lozimki, ushbu qilingan ishlardan biri bu bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasini tuzilishidir. Yosh o‘sib kelayotgan avlodni har tomonlama barkamol inson qilib tarbiyalashda hamda yangi demokratik davlat qurishda muhim ahamiyatga egadir. Ko‘pgina olimlar va oliy maktab pedagoglari fikrlariga ko‘ra (R.S.Salamov, 2009), o‘quvchi yoshlar jismoniy tarbiyasi bilan bog‘liq ko‘rsatib o‘tilgan muammolarni hal etishda Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida darsdan tashqari vaqtda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarning innovatsion shakllarini ishlab chiqish hamda asoslab berish, darsdan tashqari vaqtda omm a viy sport turlarini rivojlantirish bo‘yicha o‘quvchilarga o‘z-o‘zini boshqarish faoliyatini kuchaytirish ancha istiqbolli yo‘nalish hisoblanadi. Umumiy o‘rta ta’limi muassasalarida jismoniy tarbiyani tashkil etishning shunday shakllarini izlash zarurki ular o‘quv soatlari miqdorini oshirmagan holda o‘quvchilar harakat faolligini orttirishga imkon bersin. Biroq umumiy o‘rta ta’limi muassasalarida asosiy va belgilangan hujjatlar, shuningdek davlat ta’lim standartlari bilan ta’minlangan jismoniy tarbiya o‘quv jarayonidan farqli o‘laroq, darsdan tashqari ishlar tashabbuskorlik harakati sifatida uyushtiriladi. Garchi olimlarning (D.J.Sharipova, 2005; A.N.Abdiyev, 2006; I.A.Koshbaxtiyev, 2007; A.K.Atoyev, 2008; T.S.Usmonxo‘jayev , 2009; R.S.Salamov, 2009) uni takomillashtirishning turli muammolari qiziqtirsa ham 3
o‘quvchilarning darsdan tashqari jismoniy tarbiyasini tashkil etishning ilmiy modeli mazkur pedagogik jarayon to‘g‘risidagi muayyan bilimlar tizimi ham ishlab chiqilmagan. Bunday modelning yo‘qligi darsdan tashqari vaqtda o‘quvchilarni jismoniy tarbiyalashning bir qator tashkiliy va uslubiy muammolari o‘z yo‘nalishi, mazmuni, rejalashtirilishi, nazorat qilinishi va shuningdek, tadbiq etish mexanizmiga oid masalalar hal etilishini ancha murakkablashtiradi. Shu nuqtai nazardan mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ilmiy- uslubiy yondoshish natijasida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchi yoshlarining darslarni mukammal o‘zlashtirish va salomatligini yaxshilash maqsadida darsdan tashqari vaqtlarda o‘quvchi yoshlarni jismoniy tarbiya bilan shug‘ullantirish bugungi kunda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Tadqiqot ob’ekti va predmeti; Tadqiqot ob’ekti. Tadqiqot obekti qilib Samarqand shahridagi 80-81-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktab lari tadqiqot obyekti sifatida olindi. Tadqiqot predmeti . Umumiy o‘rta ta’limi muassasalari o‘quvchilarini jismonan barkamol, baquvvat, chaqqon, sog‘lom, kuchli va qiyinchiliklarga bardosh bera oladigan qilib tarbiyalash, hayotiy muhim harakat, ko‘nikma va malakalarini (yurish, sakrash, uloqtirish, osilish, tirmashib chiqish, suzish, tepalikka chiqish va tushish, sayyohlik asbob va anjomlari bilan ishlash) tashkil toptirish; Tadqiqot maqsadi va vazifalari; Jismoniy tarbiya va sport - xalq umumiy madaniyatining ajralmas bir qismi, mamlakatdagi har bir fuqoroning jismoniy hamda ma’naviy takomillashishini ta’minlovchi asosdir. Yosh avlodni milliy g‘oya negizida ma’naviy–axloqiy jihatdan tarbiyalash, shubhasiz, jismoniy va ruhiy salomatligini muhofaza qilish hamda mustahkamlashni, sog‘lom turmush tarzi asoslarini shakllantirishni ham nazarda tutadi. O‘quvchi yoshlarda faol hayotiy qarashlar, odob-axloq, olijanoblik va yaxshilikning yuksak g‘oyalarini tarbiyalash jarayonida jismoniy tarbiya va 4
sportning vosita, shakl hamda usullaridan foydalanish ustuvor jihatlardan biri bo‘lib qolish kerak. Harakat faolligi etishmovchiligi o‘sib kelayotgan organizmning ko‘pgina fuksiyalarida salbiy iz qoldiradi, bu turli kasalliklarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi uchun sharoit yaratadi. Katta aqliy yuklamalar natijasida harakat faolligi tanqisligining qonuniy natijasi o‘quvchi yoshlarning jismoniy tayyorgarligi va salomatligining yomonlashuvi hisoblanadi, bu ularning darslarni o‘zlashtirishiga ta’sir ko‘rsatadi. O‘quvchilar salomatligi darajasining pastligi, qoniqarsiz harakat faolligi – juda ko‘p uchraydigan hodisa, shuning uchun ham u jismoniy tarbiya mutaxassislari, pedagoglar, shifokorlar, psixologlar xullas o‘quvchi yoshlarning harakat faolligi tanqisligi muammosini hal etishga intilayotgan hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning ishonchli usullarini topishni o‘z oldiga maqsad qilib quygan turli soha kishilari diqqat-e’tiborini jalb etadi (D.J.Sharipova, 2005; T.S.Usmonxo’jayev, 2009). Qator mualliflarning fikriga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’limi muassasalari uchun jismoniy tarbiya bo‘yicha mavjud dastur o‘quvchilarning harakat faolligi talablarini qondira olmaydi, bu ulardagi jismoniy rivojlanish darajasining pastligi hamda funksional tayyorgarlikning etishmovchiligi bilan tasdiqlanadi (I.A.Koshbaxtiyev, 2007; R.S.Salomov, 2009). Jismoniy tarbiya sohasining ayrim mutaxassislari yuzaga kelgan bunday vaziyatdan chiqish yo‘llarini izlar ekanlar, umumiy o‘rta ta’limi muassasalarida majburiy jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari hajmini oshirishni taklif etadilar (A.N.Abdiyev, 2006; A.K.Atoyev, 2008). Biroq bu yo‘l to‘g‘ri kelmaydi, chunki u jadal sur’atlar bilan sport inshootlari qurilishiga, professional xodimlar tayyorlashga, oliy kasbiy ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassislarni etishtirish bo‘yicha o‘quv rejalarini jiddiy o‘zgartirishga qaratilgan yirik moddiy va moliyaviy mablag‘larni talab etadi. 5