logo

Sinfdan tashqari asosiy bosqich darslarni tashkil etish

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

49.232421875 KB
Mavzu: Sinfdan tashqari asosiy bosqich darslarni tashkil etish
REJA
I. Kirish
II. Asosiy qism
1. bob. Sinfdan tashqari o’qishni tashkil etish metodlari
1.1. Sinfdan tashqari o’qishning maqsad va vazifalari.
1.2. Sinfdan tashqari o’qishni tashkil etish usullari.
2. bob.   Sinfdan   tashqari   o’qish   darslarini   tashkil   etish   bosqichlari
2.1.Sinfdan tashqari o’qishda yosh xususiyatlarini hisobga olish
2.2. Sinfdan tashqari o’qish darslarining namuna-ishlanmasi
III. Xulosa. Kirish
MAVZUNING   DOLZARBLIGI.   Boshlang’ich   sinflarda   sinfdan   tashqari
o’qishga   kichik   yoshdagi   o’quvchilarni   ona   tilini   puxta   o’zlashtirishga
tayyorlashning   ajralmas   qismi,   ta’lim   jarayonoda   ularni   ahloqiy-estetik
tarbiyalashning   muhim   vositasi   sifatida   qaraladi.   Sinfdan   tashqari   o’qishning
maqsadi-kichik   yoshdagi   o’quvchilarni   bolalar   adabiyoti   va   xalq   og’zaki   ijodining
xilma-xil namunalari bilan tanishtirish, ularda kitobxonlik madaniyatini tiklab tarkib
toptirishdir.
Sinfdan   tashqari   o’qish   dasturining   mazmuniga   ko’ra   ta’limning   har   bir
bosqichida ikki asosiy bo’lim ajratiladi:
bosqichda   o’qish   doirasi,   ya’ni   o’qitiladigan   kitoblar   va   ularni   qaysi   tartibda
o’qish bilan tanishtirish yuzasidan o’quvchilarga ko’rsatma beriladi.
bosqichda   shu   o’quv   materiallari   asosida   bilim,   ko’nikma   va   malakalar
shakllantiriladi.
Umumiy   o’rta   ta’limning   Davlat   standartlari   va   o’quv   dasturiga   ko’ra   1-
sinfda   sinfdan   tashqari   o’qish   mashg’ulotlarida   savod   o’rgatish   darslarida   hosil
qilingan   ko’nikma   va   malakalar   asosida   bolalarning   ona-vatan,   istiqlol,   milliy
qadriyatlar haqidagi tasavvurlar-tushunchalari kengaytiriladi, boyitiladi.
MAVZUNING   ISHLANGANLIK   DARAJASI.   Umumiy   o’rta   ta’limning
Davlat   standartlari   va   o’quv   dasturiga   ko’ra   1-sinfda   sinfdan   tashqari   o’qish
mashq’ulotlarida   savod  o’rgatish   darslarida  hosil  qilingan  ko’nikma  va  malakalar
asosida   bolalarning   ona   vatan,   istiqlol,   milliy   qadriyatlar   haqida   ta’lim   sohasida
Q.Shodiyeva,   F.R.Qodirova,   M.R.Qodirova,   Y.Razbayeva,   Q.Abdullayeva,
K.Nazarov,   Sh.Yo‘ldosheva,   K.Qosimova,   S.Matchonov,   Sh.Sariyev,   O.Roziqov,
M.Mahmudov,   B.Adizov,   A.Hamroyev   va   boshqalar   qator   o‘quv   qo‘llanmalar,
darsliklar,   uslubiy   qo‘llanmalar   yaratganlar.   Yuqorida   keltirilgan   olimlarimizdan
Q.   Shodiyeva,   Q.Abdullayeva,   K.Nazarov,   SH.Yo‘ldoshevalarning   maktabgacha
ta’limda   va   umuman,   savod   o‘rgatish   metodikasi   bo‘yicha   olib   brogan   ishlarini
alohida ta’kidlab o‘tish maqsadga muvofiqdir. Chunki, aynan, ularning olib borgan
tadqiqotlari bolalarni savodga o‘rgatish sohasida katta ahamiyatga egadir.
TADQIQOTNING   OB’EKTI.   Sinfda   va   sinfdan   tashqari   o’qish   darslari
boshlang’ich   sinflarda   o’tiladigan   barcha   predmet   dasturlarining   bo’limlari   bilan
bevosita bog’liq mashg‘ulotlarning yangiligini ta’minlashga qaratilgan innovatsion
texnologiyalar asosida dars o‘tish jarayoni tadqiqotimizning ob’ektini tashkil etadi.
TADQIQOTNING   PREDMETI.   Sinfdan   tashqari   o’qish   darslari,o’qish
samaradorligini   ijobiy   tomonga   ta’sir   qilishning   eng   qulay   usulidir.   Sinfda   va
sinfdan  tashqari  o’qish  darslari  boshlang’ich  sinflarda  o’tiladigan   barcha   predmet
dasturlarining   bo’limlari   bilan   bevosita   bog’liq.   O’qish   darslarida   o’tilgan
mavzular   asosida   badiiiy   kitiblar   axtarish,asar   qahramonlarining   nomlarini
yozish,ularni   tasvirlab   berish,ijodiy   rasm   ishlash,fikrni   yakunlash   uchun   mos
maqollar yod olish ko’nikmalarini shakllantirish dolzarb metodik manba ekanligini
aniqlash,   ularning   didaktik   asosini   belgilash   ham   mashg‘ulotning   predmeti
hisoblanadi.
TADQIQOTNING MAQSADI. Sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlarida va
unga   ma’lum   bir   o‘zgartirishlar   kiritishda   yangi   pedagogik   texnologiyalardan
foydalanishning   samarali  usullarini  shakllantirish   kurs   ishi  mavzusi   bo‘yicha   olib
borayotgan tadqiqot ishimizning maqsadi hisoblanadi.
TADQIQOTNING   VAZIFASI:   Yuqorida   oldimizga   qo‘ygan
maqasadimizdan kelib chiqib:
Kurs ishida tanlangan mavzu bo‘yicha ijtimoiy-pedagogik, falsafiy-ma’rifiy,
ilmiy-metodik hamda o‘quv adabiyotlarni o‘rganib chiqish va umumlashtirish.
Sinfdan   tashqari   o’qish   mashg’ulotlari   o’qish   darslariga   oid   mashg‘ulotlari
bilan ishlash jarayonini o‘rganish va tahlil qilish.
Mavzuga   oid   ilmiy   metodik   manbalarni   o‘rganish   va   tahlil   qilish   asosida
sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlarini shakllantirishga oid mashg‘ulot mazmuni,   maqsadi   va   qurilishini   o‘rganish   hamda   qayta   takomillashtirish
dolzarb nuammo ekanligini aniqlash.
Sinfdan   tashqari   o’qish   mashg’ulotlariga   oid   mashg‘ulotlarning
samaradorligini   oshirishga   yo‘naltirilgan   yangi   pedagogik   texnologiyalar
asosida dars ishlanmalarini yaratish.
TADQIQOT ISHINING ILMIY FARAZI.
Sinfdan   tashqari   o’qish   mashg’ulotlarini   shakllantirishga   oid   mashg‘ulotlar
bugungi davr va bugungi kun bolasi nuqtai nazarini hamda uning individual, yosh
xususiyatlarini hisobga olgan holda rivojlantirish;
Sinfdan   tashqari   o’qish   mashg’ulotlari   shakllantirishga   oid
mashg‘ulotlarning izchil tizimi yaratish;
Sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlarini shakllantirishga oid mashg‘ulotlarni
takomillashtirishning yangi-yangi usullari o‘ylab topish;
TADQIQOTNING   METODOLOGIK   ASOSLARI.   Ozbekiston
Respublikasining   “Ta’lim   to‘g‘risida”gi   Qonuni,   “Kadrlar   tayyorlash   milliy
dasturi”, prezidentimiz I.A.Karimovning asarlari va ma’ruzalarida bayon qilingan
ta’limni   isloh   qilish,   maktabgacha   ta’limni   rivojlantirishga   qaratilgan
yondashuvlar,   qarashlar,   ta’lim   jarayonini   takomillashtirishga   yo‘naltirilgan
O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   qarorlari,   mavzuga   oid   ilmiy-
pedagogik, ilmiy-metodik manbalar.
TADQIQOT   ISHINING   ILMIY   AHAMIYATI.   Ushbu   kurs   ishini   bajarish
natijasida   boshlang’ich   sinflarda   sinfdan   tashqari   o’qishga   kichik   yoshdagi
o’quvchilarni ona tilini puxta o’zlashtirishga tayyorlashning ajralmas qismi,ta’lim
jarayonida   ularni   ahloqiy-estetik   tarbiyalashning   muhum   vositasi   sifatida
qaraladi.Sinfdan tashqari o’qishning maqsadi kichik yoshdagi o’quvchilarni bolalr
adaboyoti  va  xalq  o’gzaki  ijodining xilma-xil  namunalari  bilan  tanishtirish,ularda
kitobxonlik madaniyatini tiklashga oid mashg‘ulot ishlanmalarini, uning maqsadi, mazmuni,   tipi,   qurilishiga   oid   yangi   tushunchalari   bilan   boyitishning   didaktik
asoslari   ko‘rib   chiqildi   hamda   ilmiy-metodik   tavsiyalar   bilan   boyitish   nazarda
tutildi.
TADQIQOT   ISHINING   AMALIY   AHAMIYATI.   Tadqiqot   natijasida
aniqlangan   ilmiy   yondashuvlar,   ishlab   chiqilgan   tavsiyalardan   nutqning   tovush
madaniyatini   shakllantirishga   oid   mashg‘ulotlarini   boyitish,   maktabgacha   ta’lim
muassasalarida   olib   boriladigan   turli   o‘quv   pretmetlarini   takomillashtirish   hamda
bolalarni   maktabga   tayyorlashda,   ularning   bilimini   o‘stirishda,   malakasini
oshirishda keng foydalaniladi.
KURS ISHINING TARKIBIY TUZILISHI. Ushbu kurs ishi kirish, ikki bob,
har bir bobda ikkitadan qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. I bob. Sinfdan tashqari o’qishni tashkil etish metodlari
Boshlang’ich   sinflarda   sinfdan   tashqari   o’qishga   kichik   yoshdagi
o’quvchilarni ona tilini puxta o’zlashtirishga tayyorlashning ajralmas qismi,ta’lim
jarayonida   ularni   ahloqiy-estetik   tarbiyalashning   muhum   vositasi   sifatida
qaraladi.Sinfdan tashqari o’qishning maqsadi kichik yoshdagi o’quvchilarni bolalr
adaboyoti  va  xalq  o’gzaki  ijodining xilma-xil  namunalari  bilan  tanishtirish,ularda
kitobxonlik madaniyatini tiklashdan iboratdir.
Sinfdan   tashqari   o’qish   dasturining   mazmuniga   ko’ra   ta’limning   har   bir
bosqichida ikki-asosiy bo’limga ajratiladi.
1-boshqichda  o’qish doirasi,ya’ni  o’qitiladigan kitoblar  va ularni  qaysi  tartibda
o’qish bilan tanishtirish yuzasidan o’quvchilarga ko’rsatma beriladi.
2-bosqichda   shu   o’quv   materiallari   asosida   bilim,ko’nikma   va   malakalar
shakllantiriladi.
Umumiy   o’rta   ta’limning   Davlat   standartlari   va   o’quv   dasturiga   ko’ra   1-sinfda
sinfdan   tashqari   o’qish   mashq’ulotlarida   savod   o’rgatish   darslarida   hosil   qilingan
ko’nikma   va   malakalar   asosida   bolalarning   ona   vatan,istiqlol,milliy   qadriyatlar
haqidagi tasavvurlari kengay-tiriladi,boyitiladi.
Sinfdan tashqari o’qish va qiroatxonlik savodlari 1-sinfda haftada 1 marta savod
o’rgatish   darslarining   20   daqiqasida   bolalar   badiiy   adaboyoti   bilan
tanishtiriladi.Maqsad   kichik   yoshdagi   bolalarda   kitobga   mehr   uyg’otish,   mustaqil
uquvlarini   paydo   qilishdir.Asosan   bu   sinf   o’quvchilariga   kitob   bilan   muamola
qilish,kitob o’qish qolidlari, kitobni asrash,asar qhramonlarining hatti-harakatlarini
kuzatish,ijobiy   tamonlarni   o’rgamnish,obrazli   qilib   qayta   hikoya   qilib   berish,
bilim,ko’nikma va malakalarini shakllantirishdir.Bu sinf o’quvchilari uchun asosan
rasmlarga boy kitoblar olinadi.O’qituvchi bolalarning his-tuyg’ularini o’stiradigan
kitoblarni   o’qib   berish   orqali   mustaqil   mamlakatimiz,uning   go’zal
shaharlari,qishloqlari,milliy   urf-odatlari,qadriyatlari,o’tmishi,insonlarning   orzu-
istaklari bilan tanishtiradi.Ularda bilimga havas uygotadi. 2-sinfda   o’quvchilar   kichik   hajmdagi   asarlarni   o’qituvchining   yordami   va
topshirrigi   asosida   mustaqil   o’qishga   o’tadilar.Bu   sinfda   2   haftada   bir   marta
sinfdan   tashqari   o’qish   darlari   o’tkaziladi.Ona-Vatan   va   ota-bobolar
jasorati,o’simliklar,qushlar   hamda   hayvonlar   haqidagi   asarlarini   o’qituvchi
topib,tanlab o’quvchilarga o’qish uchun tavsiya qiladi.
3   va   4-sinflarda   sinfdan   tashqari   o’qish   mashg’ulotlarida   o’quvchilarning
mustaqil   o’qishlari   uchun   kishilarninig   hayoti,yorqin   tasvirlardan,ularning
ma’naviy-   ahloqiy   turmush   tarzi   aks   rttirilgan   badiiy   va   ilmiy-ommobop   asarlar
tavsiya etiladi.3-4 sinflarda sinfdan tashqari o’qish darslari ikki harflarda bir marta
o’tkaziladi.Bu sinflarda o’qituvchi sinf kutubxonasida kerakli bo’lgan o’quvchilar
yoshiga   mos   kitoblarni   o’qish   darslari   ikki   haftada   bir   marta   o’tkaziladi.Bu
sinflarda   o’qituvchi   sinf   kutubxonasiga   kerakli   bo’lgan   o’quvchilar   yoshiga   mos
kitoblarni   to’plashni   davom   ettiradi.Sinfdan   tashqari   o’qish   burchagi   turlicha
bezatishi   mumkin.Bunda   o’qituvchi   va   o’quvchilar   hamkorlikda   ish   olib
boradilar.Badiiy   va   ilmiy-ommsbop   asarlar   mustaqil   ravishda   va   izchil   oqib
borilsagina,o’quvchilarning   dunyoqarasglarini   kengaytirishga,shakllantirishga
xixmat qiladi.
Sinfdan   tashqari   o’qish   bolalarda   ezgulikka   muxabbat,yozuvlikka   nafrat
uyg’otish,boglanishli   nutqni   o’stirish,adabiy-estetik   tafakkurlarni   yuksaltirishga
xizmat   qiladi.Bolalr   adabiyoti   avvalo   o’zining   qiziqarli   mazmuni,badiiy
obrazlarning   go’zalligi,tilning   ifodaliligi,she’riy   so’zlarning   musiqaviyligi   bilan
bolalarga   quvonch   bahsh   etadi.Ayni   vaqtda   u   bolalarga   tarbiyaviy   ta’sir   ham
ko’rsatadi.Bolalar   adabiyoti   o’quvchilarga   jonajon   o’lka,   tabiyatini,kishilarning
mehnati,hayoti,ularning   qilayotgan   ishlari   va   ko’rsatayotgan
qahramonliklari,bolalar   hayotidan   olingan   voqelikni,bolalarning   o’yinlarini
tushunshga o’rgatadi. 1.1. Sinfdan tashqari o’qishning maqsad va vazifalari.
Xalqimimzning   tarixi,uning   urf   odaÜari,moddiy   va   ma’naviy
boyliklari,barcha   orzu   istaklari   yillar   davomida   yaratilgan   ertaklarda   saqlanib
kelmoqda.Kishilar   o’z   orzu   havaslarini   yosh   avlodlarda   il-qizlarida   ko’rishni
istaydilar.Shu   sababdan   ham   o’quvchilarga   ertaklarni   o’qishga   tavsiya
qilinadi.Ertak   o’qigan   bolalar   qiyinchilikni   yengishga,botir,jasur   bo’lishga
intiladilar.O’quvchilar   yer   yuzidagi   barcha   insonlarning   men   bir   bo’lagiman,men
o’z   xalqimga   qilayotgan   ishlarim   bilan   ularga   munosib   bo’lib   ulg’ayishim   kerak
desalargina   o’z   xalqini   munosib   farzandlari   bo’la   oladilar.Ertaklar   yosh   avlodni
ana   shu   ruhda   tarbiylaydigan   baynalminal   badiiy   quroldir.”Uch   og’ayni
botirlar”,”Zumrad   va   qimmat”,”Egri   va   To’g’ri”   kabi   bir   qator   ertaklar
o’quvchilarning   sevimli   ertaklaridir.O’quvchilar   bu   ertaklardan   kishi   o’z
mehnatiga   ishonib   yashashni   kerakligigini,birovning   boyligiga   hasad   bilan
qaramaslik   kerak   degan   hayotiy   xulosalarni   o’qituvchi   yordamida   tushinib
yetadilar.
“Ur to’qmoq” ertagining bola harakterining shakllanisida alohida o’rni bor:
ertak   yaxchiga-yaxshi,yomonga-yomon   bo’lish   kerak   degan   muhim   qoidani
o’rtaga   tashlaydi.Haqiqatdan   ham   xalqimizning   “Qaynar   xumcha”,”Ochil
dasturxon”larini   zo’rovonlik   bilan   tortib   oladigan   shaxslarga   nisbatan   “Ur
to’qmoq”larni ishlatish zarurligini uqtiradi.
Sinfdan   tashqari   o’qish   mashg’ulotlari   o’qish   darslari   bilan   bog’lab   olib
boriladi.O’quvchilar o’qituvchi rahbarligi ostida avval mavzuga oid bir necha kitob
bilan tanishsalar,so’ngra bolalarning qiziqishlariga yaqin har xil mualliflarning bir
mavzuga doir kitoblarini mustaqil tanlab olishga o’tadilar.Bunga asosan o’qituvchi
o’quvchilar bilan maktab kutubxonasiga,3-4- sinflardan boshlab tuman yoki shahar
kutubxonasiga   sayohat   uyushtirib,bolalar   adabiyoti   bilan   muntazam   tanishtirib
boraradi.Shuningdek bolalar gazeta va jurnallari ham o’quvchilarga ertak,hikoyalar
o’qishga yordam beradi.
Sinfdan tashqari o’qish darslari,o’qish samaradorligini ijobiy tomonga ta’sir
qilishning   eng   qulay   usulidir.   Sinfda   va   sinfdan   tashqari   o’qish   darslari boshlang’ich   sinflarda   o’tiladigan   barcha   predmet   dasturlarining   bo’limlari   bilan
bevosita bog’liq. O’qish   darslarida   o’tilgan   mavzular   asosida   badiiiy   kitiblar   axtarish,asar
qahramonlarining nomlarini yozish,ularni tasvirlab berish,ijodiy rasm ishlash,fikmi
yakunlash uchun mos maqollar yod olish o’quvchini ijod qilishga undaydi.
Har   bir   sinfda   sinfdan   tashqari   o’qilgan   barcha   asarlarni   o’quvchilarga   mos
ravishda   biror   voqeani   sahnalashtirish   mumkin.Bu   boladagi   nutqni
rivojlantirishga,lug,at   boyligini   oshirishga   yordam   beradi.Shungdek
sahnalashtirilgan   asarni   tomosha   qilgan   o’quvchilarning   diqqatilari   oshib
xotiralarida   saqlash   qobiliyati   o’sadi.Hatto   sahnalashtirish   o’quvchini   har
tomonlama  yo’naltiradi, ya’ni   aktiyorlik  qobiliyatini   rivojlantiradi,
suxandonlik,       rejissorlik       kabi     kasblarda     ilk   tasavvurlarni   o’rgata
boshlaydi.Asarni   sahnalashtirishga   davrida   albatta   o’qituvchi   rahbarlik
qiladi.O’quvchilar   ifodali   o’qishlari   o’quvchilarda   zavq-shavq   uyg’otib
kitobga,badiiy   asarga   havas,uni   o’qib   o’rganishga   intilish   uyg’toadi.Sinfdan
tashqari o’qish darslarida o’qituvchi o’quvchilarni bolalar yozuvchilari va shoirlar
bilan   tanishtirib   borishi   lozim.Q.Muhammadiy,P.Mo’min,Z.Diyor,A.Obidjon   kabi
yozuvchi   va   shoirlarning   asarlari   o’quvchilarda   katta   qiziqish   uyg’otadi.Shuning
uchun har bir maktab, ta’lim muasssasi o’quvchilar o’rtasida turli mavzularda ijod
ahli   bo’lgan   shoir   va   yozuvchilar   bilan   uchrashuvlar   tashkil   etib   turishlari
kerak.Bunday   uchrashuvlar   o’quvchilarni   vatanni   madh   qilishga   uni   sevib
ardoqlashga   chaqiradi.Kitobni,asarni   qanday   paydo   bo’lishini,uni   hurmat   qilish,
asrab-avaylashni   o’’rgatadi.Shunday   qilib   badiiy   adabiyot,bolalar   adabiyoti
voqelikni haqqoniy aks ettirish,yorqin obrazlar yaratish bilan bolalarda estetik did
va   ahloqiy   sifatlarni   mujassamlashtradi.Ularda   hayot   go’zalligini   idrok   etishga
o’rgatadi.So’z san’ati badiiy asarda o’z ifodasini topadi.Xalq badiiy so’zning yosh
avlod tarboyasidagi kuch-qudrati va jozibasiga qadim zamonlardanoq e’tibor berib
kelingan.Badiiy   so’z   xalqning   barcha   madaniy   boyliklarini
abadiylashtirgan.Buning   uchun   esa   o’quvchi   albatta   og’zaki   xalq   ijodni   yaqindan
o’rganishi lozim.Ertaklar-yaxshilikka yetaklar deganlariday o’quvchi ertaklar bilan
tanishar   ekan   mard,jasur,vatanparvar,mehribon   bo’lishga,topishmoqlar   o’qir
ekan,topog’on,bilimdon,zukko   bo’lishga   intiladi.Shu   bilan   bir   qatorda   sinfdan tashqari   o’qish   darslarini   samaradorligini   o’stirishda         sinf-   dan   tashqari   o‘qish
burchagini   yuritish   juda   katta   ahamiyatga   ega.Chunki   “Sinfdan   tashqari   o’qish
burchagi   turlicha   bezatilishi   mumkin.Bu   ishlar   o’quvchilarning   ilg’or   pedagogik
mahoratiga   va  ijodkorligiga  bog’liqdir.”Sinfdan  tashqari   o’qish   burchagi”  qanday
bezatilmasin,u   yerda   topshiriq,,rasm   va   shu   kabilarni   ishlab   ilib   qo’yish   uchun
taxta   yoki   kitob   javoni   bo’lishi   shart.(150x100)   kattalikdagi   stend   devorga
qistirilib,uning   tepa   qismiga   “Sinfdan   tashqari   o’qish   burchagi”   deb   yozub
qo’yiladi.O’quvchilar   navbatdagi   sinfdan   tashqari   o’qish   darsigacha   o’qishlari
uchun   tavsiya   etiladigan   adabiyotlar   ro’yxati   unga   joylashtirilishi   mimkin.
Masalan:“   Do’stlik”   mavzusida   sinfdan   tashqari   o’qish   burchagi   tashkil   qilsak
ishni quyidagicha bajaramiz.
Tavsiya qilinadigan adabiyotlar: Ertak   asosida   chizilgan   sur’atlar   va
aplikassiyalar.
”Laylak   bilan   tulki”   O’zbek
xalq ertagi.
”Arslon bilan it”. Lev Tolstoy.
”Kapalak”   Zulfiya.   Sherlar
to’plami.
”O’tinchi yigit bilan sher” ertak.
”Ko’ngilchan o’tinchi” ertak.
”Asalari bilan pashsha” ertak. O’qilgan   adabiyotlar.   O’quvchilar   tavsiya
qiladigan adabiyotlar. O’quvchilar ikki xafta davomida kitoblar bilan tanishadilar.O’zlariga yoddan
asar   qaxramonlarining   rasmlarini   chizadilar,aplikasiyalar   bilan   bezatilgan   rasmlar
ham   tayyorlashlari   mumkin.Xafta   yakunida   o’qigan   kitoblari   asosida   sahna
ko’rininshlari   tayyorlaydilar,monolog   va   diologlar   o’iydilar.Savol-javob,test
uslublaridan foydalanadilar.
Darsllar   jarayonida   o’zgangan   xalq   maqollari,hikmatli   so’zlar,tez   aytishlardan
foydalanib   o’quvchilarning   o’g’zaki   nutq   ko’nikmalarini   shakllantiish,mustaqil
fikrlash qobiliyatlarini o’stirishga ega bo’ladilar.
Masalan:”Mexnatsevarlik”   mavzusida   quyidagi   interfaol   uslublardan
foydalanish mumkin. Mehnat-mehnatning raxat Mehnat.... keltirar
Xunar-xunardan unar Ishlagan tishlaydi, Ishlamagan
Ishlaganing uyingga, o’rganganing Halol   mehnat   yahshi   odat,   berar
senga
Yigit kishiga Xarakating   erta   bo’lsa   Kyzda
o’rasan.
Gap bilan berma,
Ish bilan dalda ber Mehnat bersa to’yimli.
Shunday   ekan   mashaqqatli,   ammo   sharafli   kasbimizni   bajarishda
izlanuvchan   ijodkor   bo’lishimiz   zarurdir.Chunki   yurtboshimiz   aytganidek,
”Farzandlarimiz bizdan ko’ra kuchli,bilimli,dono va albatta baxtli bo’lishlari shart”  2.1.Sinfdan tashqari o’qishda yosh xususiyatlarini hisobga olish
Maktabdagi   tarbiya   ishlari,   avvalo   ta’lim   jarayonida   amalga   oshiriladi.
O’qituvchi o’quvchilarga ta’lim berishda faqat ma’lum bilimlargagina berish bilan
cheklanmay,   ularda   kuchli   e’tiqod,   iroda   va   xarakter   sifatlarini   ham   tarkib
toptirishi, qobiliyat va iste’dodlarini o’stirish kerak.
Maktabda   ta’lim-   tarbiya   ishlarini   yaxshilashda,   o’quvchilarning   har
tomonlama kamol  topishida sinfdan tashqari  o’qish  darslarini  muntazam  ravishda
o’tkazib   turish   yoshlarning   hayotda   o’z   o’rinlarini   egallashlarida   muhim
ahamiyatga egadir.
Bolalar va o’smirlar ta’limga bo’lgan, yakka tartibdagi ortib boruvchi  talab
ehtiyojlarini   undirish   ularning   bo’sh   vaqtini   va   dam   olishini   tashkil   etish   uchun
davlat   organlari   jamoa   tashkilotlari   shuningdek   boshqa   yuridik   va   jismoniy
shaxslar   madaniy-estetik,   ilmiy,   texnikaviy,   sport   va   boshqa   yo’nalishlarda
maktabdan tashqari va nodavlat ta’lim muassasalarini tashkil etadilar.
Maktabdan   tashqari   ta’limni   rivojlantirish,   uning   tuzilmasi   va   mazmun,
mundarijasini   takomillashtirish   vazifalarini   hal   etish   uchun   quyidagilarni   amalga
oshirishi   kerak:   ta’lim   berish   va   kamol   toptirishga   yo’naltirilgan   xizmatlar
ko’rsatuvchi   muassasalar   tarmog’ini   kengaytirish   va   bunday   xizmatlar   turlarini
ko’paytirish;
Milliy   pedagogik   qadriyatlarga   asoslangan   va   jahondagi   ilg’or   tajribani
inobatga oluvchi dasturlar va uslubiy materiallar ishlab chiqish;
O’quvchilarning   bo’sh   vaqtini   tashkil   etishning,   shu   jumladan   ommaviy
sport va jismoniy tarbiya sog’lomlashtirish tadbirlarining, bolalar turizmining, xalq
xunarmandchiligining mavjud turlari va shakllarini tiklash hamda amaliyotga joriy
etish.
Sinfdan tashqari o’qishning asosiy maqsadi, o’quvchilarni kitoblarga, badiiy
asarlarga   qiziqishlarini   oshirish,   bilimlari   asosida   kitob   ustida   ishlash   yuzasidan
ko’nikma   va   malakalar   hosil   qilish,   dunyoqarashi   va   nutqlarini   o’stirish   hamda
kutubxonada mustaqil ishlash tajribalarini paydo qilishdan iboratdir. Boshlang’ich ta’lim   va   nutq   o’stirish   dasturida   sinfdan   tashqari   uqishning   maqsadi
o’quvchilarning   bilimlarini   kengaytirish,   kitobga   va   bilim   olishga   havasini
tarbiyalash,   kitob   bilan   mustaqil   ishlash   malakasini   takomillashtirish,   ularning
kitob o’qishga qiziqishlarini oshirishdir.
Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun yosh kitobxonlarda kitobni mustaqil
o’qishga   havas   uyg’otish;   yosh   xususiyatlariga   mos   bo’lgan   adabiyotlar   va
ularning   turlari   bilan   o’quvchilarni   tanishtirish,   mustaqil   o’qish   uchun   kitob
tanlash,   tanlangan   kitoblarni   ongli   ravishda   o’qib,   o’qilganlarning   mazmunini
idrok   etish,   fikrlash,   mulohaza   yuritishga   o’rgatish   talab   etiladi.   Sinfdan   tashqari
o’qish   uchun   kitob   tanlashda   uning   ta’limiy   va   tarbiyaviy   ahamiyatiga   e’tibor
beriladi.
Sinfdan   tashqari   o’qish   sinfdagidek   dars   shaklida   emas,   balki   suhbat,
ertaklik, mustaqil o’qish kabi turli ko’rinishlarda amalga oshiriladi. Ammo, o’qish
dasturidagi   talablar   asosida,   sinfdagi   dars   mashg’ulotlari   bilan   bog’liq   holda
o’quvchilar   bilimini   kengaytirish,   o’qish   ko’nikma   va   malakalarini   o’stirish
maqsadida guruh tartibda olib boriladi.
Sinfdan tashqari o’qish uchun o’zbek xalq og’zaki ijodi materiallari, o’zbek
bolalar yozuvchilari asarlari va O’zbekiston tabiati manzaralari asos qilib olinadi.
Sinfdan   tashqari   o’qish   bolaning   sinfda   olgan   bilimlarini   chuqurlashtiradi.
O’quvchi   maktabga   qadam   qo’ygan   kundan   boshlab   kitobni   mustaqil   o’qish
malakalari shakllana va bosqichli amalga osha boradi.
1. T a y yo r l o v  b o s q i ch i:
Bu 1-sinfning savod o’rgatish davriga to’g’ri keladi. Unga darsning bir qismi
17-20 daqiqasi ajratilgani uchun STU mashg’uloti deb yuritiladi. Uning o’ziga xos
xususiyatlari   shundaki,   o’qituvchi   asarni   o’zi   tanlaydi,   asarning   kichik   hajmda
bo’lishiga   va   boshqa   kitob   tanlash   tamoyillariga   e’tibor   beradi.   Asarni   o’zi   o’qib
beradi.   O’quvchilar   asarni   eshitishga,   eshitganlarini   idrok   etishga,   ularga
soddagina baho berishga, asar mazmuni bilan sarlavhasining mosligini aniqlashga
o’rgatiladi, asar   mazmunini   hikoyalab   berishga   o’rgatiladi.   O’qish   gigienasi,kitobga   qanday
munosabatda bo’lish bilan tanishadilar.
B o sh l a n g’ i ch b o s q i ch:
sinfning 2-yarim yilligiga to’g’ri keladi. 1 va 2 -bosqichdagi STU haftada 1 marta
o’tkaziladi.   Boshlang’ich   bosqichda   45   daqiqalik   dars   ajratiladi.   Tanlangan   asar
yaxshi   o’qiydigan   o’quvchiga   maxsus   tayyorgarlikdan   so’ng   o’qitiladi.   Asarning
oson   o’qiladigan   o’rinlarini   bo’sh   o’qiydigan   o’quvchilarga   o’qitish   mumkin.   Bu
ularda o’qishga qiziqish uyg’otadi. Asar o’qilgan o’quvchilar asar nomini, muallifi
bilan   tanishadilar,   rasmlarini   tomosha   qiladilar,   kitobxonlik   daftarlariga   u   haqida
qisqa   va   soddagina   qilib   muallif,   asar   nomini   yozadilar.   Asar   elementar   tarzda
tahlil qilinadi.
A s o s i y b o s q i ch:
4   sinfga   to’g’ri   keladi.   Bu   davrda   o’quvchilarning   o’qish   malakalari
mustaqkamlanadi.   Bu   bosqichda   o’quvchilarning   sinfdan   tashqari   o’qiganlariga
baho   quyiladi.   Baho   qo’yishda   dastur   talablariga   asoslaniladi:   sinfning   umumiy
ishlariga   qatnashishi,   o’qigan   kitoblarining   sifat   o’zlashtirishiga   miqdoriga,
o’qigan   kitobiga   munosabat   bildira   olishiga   e’tibor   beriladi.   Bunda   o’quvchilar
muayyan   mavzuga   doir   bir   necha   asarlarni   o’qib   keladilar,   ularning   ayrim
o’rinlarini ifodali o’qib beradilar, o’qigan asarlarini o’zaro taqqoslaydilar.
STO’   darslarini   xususiyatlari.   STO’   bosqichlari,   dastur   talablari,   tarbiyaviy
vazifalari,   o’quvchilarning   qiziqishlari   bilan   belgilanadi.   Masalan,   tayyorlov
bosqichida kichik hajmdagi asarni o’qituvchi o’qib bersa, o’qilganlari yuzasidan
suhbat,   qayta   hikoyalash   o’tkazilsa,   boshlang’ich   bosqichda   butun   sinf
o’quvchilari bir xil kitob bilan ta’minlanadi, barcha o’quvchilar bitta matn ustida
ishlaydilar. Bunda bitta yozuvchi yoki bir mavzudagi asarlar ko’rgazmasi tashkil
qilinadi. Asar ichida o’qishga topshirilishi ham  mumkin,  albomlar
tayyorlanadi,     kinofilm,  diafilmlardan parchalar   ko’rsatiladi,   musiqiy   daqiqalar   o’tkaziladi,   asar   mazmuni   yuzasidan
ijodiy   rasmlar   chizdiriladi,   kitobni   saqlash   maqsadida   kitobni   yamash,   urash
o’rgatiladi, «ertaklar bayramlari», «Ifodali o’qish konkursi» o’tkaziladi.
Asar   tahliliga   doir   ishlar   kengaytiriladi,   o’quvchilar   o’qiganlarini
taqqoslashga   umumlashtirishga,   xulosalashga   o’rgatiladi.   Qahramonlarni
elementar   tavsiflaydi.   Rollarga   bo’lib   o’qishdan   foydalaniladi.   Asosiy   bosqichda
STU darslari 2-sinfda haftada 1 marta,3-4 sinflarda 2 haftada 1 marta o’tkaziladi.
O’quvchilar   mustaqil   o’qishga   o’rgatiladi,   ular   «G’uncha»,   «Gulxan»   jurnalari
bilan,   «Tong   yulduzi»   gazetasi   bilan   tanishtiriladi,   ya’ni   bolalar   matbuoti   bilan
tanishtiriladi.   Bu   bosqichda   o’zbek,   qardosh,   chet   el   adabiyoti   yozuvchilarining
turli   janrdagi,   turli   mavzudagi   asarlaridan   foydalaniladi.   Qo’shimcha
sahnalashtirishlardan foydalaniladi. Bir darsga o’quvchilar bir nechta asarlar o’qib
kelib,   ular   haqida   o’z   fikrlarini   aytib   beradilar.   Qahramonlarni   tasvirlab   rasm
chizadilar.   Yozuvchilar   hayoti   va   ijodiga   doir   kechalar   uyushtiriladi.   Shu   tarzda
adabiyotni   sevadigan,   mustaqil   fikr   yurita   oladigan   kitobxon   shaxsi
shakllantiriladi. Dars tuzilishiga doir dars namunalari
l.Tayyorlov bosqichi.
Mavzu: Cho’pon yigit bilan Shiroq.
Darsning maqsadi:
a)   afsonaviy   qahramonlar   haqida   ma’lumot   berish.   b)   o’quvchilarda   vatan
tushunchasini,vatanparvarlik tuyg’ularini tarbiyalash;
Darsning metodi: suhbat.
Darsning jihozi: asar mazmunini yorituvchi rasmlar. Darsning borishi:
  Kirish suhbati. O’quvchilardan vatanini dushmandan asragan
qahramonlardan   kimlarni   bilishlari   so’raladi.   To’maris,   Jaloliddin   Manguberdi,
Najmiddin Kubro nomlari sanalib, Shiroq degan qahramon ham o’tganligini, uning
qahramonligi   haqida   halqimiz,   «Cho’pon   yigit   Shiroq»   degan   afsona   yaratgani
aytiladi.
«Cho’pon yigit Shiroq» afsonasi o’qib beriladi.
Afsona yuzasidan dastlabki suhbat:
Afsona   sizga   yoqdimi?   Unda   kimning   qahramonligi   hikoya   qilib   berilgan?
Shiroq   nima   uchun   hanjari   bilan   burni,   quloqlarini   kesdi?   Keyin   Shiroq   kimning
oldiga   bordi?   U   shox   Doroga   nima   dedi?   Shiroq   Doro   qo’shinlarini   qaerga   olib
bordi? Shiroq nima deb hayqirdi? O’quvchilar javobi umumlashtirilib, ular vatanni
sevishga; uning tinchligi uchun kurashishga chorlaydilar.
Asarga ishlangan rasmlar ko’rsatiladi.
5.Shiroq rasmini uyda chizib kelish topshirig’i beriladi.
Ota-onalaridan   qahramonlik   haqida   ertak,   hikoya   bilib   kelishlari   va   ota-
onalariga Shiroq haqida gapirib berishlari aytiladi.
6.Yana   nimalar   haqida   bilishni   istashlari   o’quvchilardan   so’raladi.   O’quv
yilining ikkinchi yarmida 1-sinfda o’tkaziladigan sinfdan tashqari o’qish darsining
rejasi  birinchi yarim yildagiga qaraganda bir muncha murakkablashadi. Darslarda
o’quvchilar badiiy asarni ovoz chiqarib o’qishga hajmi uncha katta bo’lmagan ertak, hikoya va she’rlarni ichga o’qishga, o’qilganlarning mazmuni
yuzasidan   suhbat   orqali   esa   asar   qahramonlarining   xatti-harakati,   odob-axloqini
taqqoslab,   xulosa   chiqarishga   o’rgatib   boriladi;   avval   o’qilganlar   yuzasidan   hosil
qilingan   bilim   va   malakalari   mustahkamlanadi;   navbatdagi   bunday   darsda
o’qiladigan kitoblar, bajariladigan ishlar tushintiriladi.
Boshlang’ich   bosqichda   sinfdan   tashqari   o’qish   uchun   haftada   bir   dars
ajratiladi.
O’quv   yilinig   birinchi   yarmida   o’tkazilgan   sinfdan   tashqari   o’qish
mashg’ulotida   o’quvchi   asar   mazmunini   o’quvchining   o’qib,   yoki   hikoya   qilib
berishi   orqali   idrok   etgan   bo’lsa,   ikkinchi   yarim   yilda   o’tkaziladigan   sinfdan
tashqari o’qish darsi uchun mavzudagi yoki temasi yaqin ikki badiiy asar tanlanadi.
Ularni   birinchi   o’qituvchi   o’qib   beradi,   ikkinchisini   o’quvchilar   mustaqil
o’qiydilar.   Har   ikki   asarni   o’zaro   taqqoslab   suhbat   o’tkaziladi.   Bunda
o’quvchilarning   kitob   o’qishga   bo’lgan   xohishini   hisobga   olib,   yaxshi   o’qiy
olmaydigan   o’quvchilar   sarlavhasini   o’qib,   rasmlarini   ko’rib   chiqib,   mazmunini
aytishga o’rgatiladi.
Bu   bosqichda   o’tkaziladigan   sinfdan   tashqari   o’qish   darsning   ko’rilishi
quyidagicha bo’lishi mumkin;
l.Darsning   qisqacha   kirish   qismida   o’quvchilar   uy   vazifasini   qanday
bajarganliklari   aniqlanadi.   O’quvchi   tanlagan   kitobni   ko’rib   chiqib,   mavzu
aniqlanadi.
2.O’quvchilarning kitobxonlik darajasini kengaytirish, o’stirish, ularga mustaqil
o’qishga havas uyg’otish, qiziqtirish maqsadida tanlangan badiiy asarni o’qituvchi
ovoz chiqarib, ifodali o’qib beradi.
3.O’qilgan kitob mazmuni yuzasidan suhbat o’tkaziladi.
4.O’quvchilar   mustaqil   o’qish   uchun   tanlangan   yangi   kitobni   o’zlari   ko’zdan
kechirib chiqadilar.
5.O’quvchilar o’zlari ko’rib chiqqan badiiy asarni mustaqil ravishda ichda o’qiy
oladilar.
6.O’quvchilar   o’qigan   asarni   o’qituvchi   ifodali   o’qib   bergan   asar   bilan taqqoslagan holda suhbat o’tkaziladi. Sinfdan   tashqari   va   dasrdan   tashqari   vaqtlarda   o’quvchilar   yozuvchilarning
asarlari «Tong yulduzi» gazetasi va «G’uncha» jurnalini o’qiydilar.
Sinfda   sinfdan   tashqari   o’qish   darslariga   tayyorgarlik   ko’rish   va   uni
o’tkazish quyidagicha bo’lishi mumkin: mashg’ulot boshlanishidan bir hafta oldin
mavzusi   e’lon   qilinadi.   Mashg’ulotda   ko’zda   tutilgan   maqsad,   amalga
oshiriladigan   vafalar   uqdiriladi.   Sinfdan   tashqari   o’qish   uchun   asarlar   ro’yxati
tavsiya etiladi.
Masalan   tabiat   va   ekologiya,   Orol   dengizi   mavzusiga   oid   she’r,   maqolalar,
o’qish   va   yodlash,   gazeta   va   jurnallarda   shu   mavzuga   doir   rasmlar   to’plash
topshiriladi.   Olib   kelingan   materiallar   o’qituvchi   rahbarligida   ko’zdan   kechiriladi
va   dars   davomida   maqola,   she’r   va   rasmlardan   o’rni   bilan   foydalanish   maqsadga
muvofiqdir.
Bolani nima qiziqtirsa, u shu haqda fikr yuritadi, esda saqlab qoladi. Bu sea
quvonch   hislarining   yuzaga   kelishiga   sabab   bo’ladi.   Dastlabki   jarayonda
o’quvchilarni yangi sharoitlarga o’rgatish, ko’niktirish muhim o’rin tutali. Buning
uchun   ishni   biz   birinchi   kundan   boshlab   bolalarning   individual   xususiyatlarini
kuzatishdan   boshlashimiz   maqsadga   muvofiqdir.   Ko’pgina   bolalar   xavotirlanish,
asabiylashishi seziladi, natijada ba’zi bir o’quvchilarni hech narsa qiziqtirmaydi.
Biz   o’qishning   birinchi   kunidan   boshlab   o’quvchilar   bilan   iliq   muloqotda
bulishga,   ularning   fikrini   qo’llab   quvvatlashga,   sinfda   ijobiy   muhitni
shakllantirishga   harakat   qildik,   hamda   sinfdagi   sog’lom   ruhiy   sharoitni   doimo
saqlab   bordik.   Sinfdagi   ruhiy   sharoit   bolalarning   ongli   xulqini   shakllantirish   va
darsga bo’lgan qiziqishlarini orttirish imkoniyatini paydo qildi.
Sinfdan   tashqari   o’qish   mashg’ulotlarida   ularning   e’tiborini   jalb   etish,
o’qishga   qiziqishini   oshirish   uchun   dastlab   matnga   mos   ishlangan   ertak
qahramonalari tasviridan foydalanish mumkin. Ertak qahramonlarinig sinfda paydo
bo’lishi bolalarda o’qishga bo’lgan qiziqishini orttiradi.
Qiziqish   -   bolalar   xulqini   tartibga   solib   borish   bilan   birga,   ularda
o’zlashtirishning yaxshilanishi, o’qish tezligining ortib borishiga ham ijobiy ta’sir
etadi. Qiziqarli dars eng kamgap bolalarni ham faollikka undaydi. Sinfdan tashqari  o’qish   darslarida   sehrli   soatlar   qatnashadi   va   ular   bolalarga   qanday   qilib   barcha
topshiriqlarni   tez   va   to’g’ri   bajarish   haqida   eslatib   turadi.   ertak   qahramonlari
bolalarga rahmat aytishadi. Buni eshitish uchun mashg’ulotda ular faol ishlashadi,
yana   shunisi   qiziqarliki,   kimda-kim   yaxshi   javob   bersa,   ertak   qahramonlari
ularning   qo’lini   ushlab   minnatdorchilik   bildiradi.   Bu   esa   o’quvchilar   qiziqishini
oshiradi.
Sinfdan   tashqari   o’qish   darslarini   matematika   darslari   bilan   bog’lash
ko’zlagan   maqsadimizga   erishishimizda   katta   yordam   berdi.   Dars   boshlanishidan
oldin biz quyidagilarni ma’lum qildik: «Bolalar, bugun biz sinfdan tashqari o’qish
darsida   hisoblaymiz,   misol   echamiz,ertak   qahramonlari   esa   yaxshi   javob   bergan
o’quvchining   qo’lini   ushlab,   minnatdorchilik   bildiradi».   Bu   gaplar   bolalar
faolligini oshiradi, ular tezda ishga kirishadilar va katta istak bilan ish boshladilar.
Bundan   tashqari   har   bir   darsning   boshlanishida   bolalarda   televidinie   va   radiodan
qanday   qiziqarli   eshittirishlarni   ko’rdingiz   deb   so’rash   ham   bolalarning   qiziqish
bilan   hikoya   qilishiga   olib   keladi.   Mashg’ulotning   birinchi   kunidan   boshlab,
bolalarning o’qishga bo’lgan qiziqishini shakllantirishga harakat qilish lozim.
Topishmoqlar   ham   bolalarni   topqir,   o’tkir   zehnli,   zukko   qilib   voyaga
etkazishda   alohida  e’tiborga  loyiq.  Topishmoqlar   bolalarning  obrazli  fikrlaydigan
va   so’zlaydigan   bo’lishiga,   so’z   boyligining   orta   borishiga,   nutqining   o’sishiga
yordam   beradi.   Bolaga   topishmoq   topishni   o’rgatish,   unda   fikrning   asta-sekin
yuksala borishiga sabab bo’ladi. Chunonchi, «Er tagida oldin qoziq», «Pak-pakana
bo’yi   bor,   etti   qavat   to’ni   bor»   kabi   topishmoqlar   kundalik   ro’zg’orda
ishlatiladigan   sabzi   va   piyoz   ekanligini   o’ylab   topishga   undaydi.   Bolalar   bu
sabzavotlarni   ko’p   marotaba   ko’rishgan,   ammo   sabzining   oltin   qoziqqa
o’xshashligi   va   piyozning   qavat-qavatligi   uning   to’ni   ekanligi   to’g’risida
uylashmaydi.   Ana   endi   topishmoq   aqli   shakllanayotgan   bolalarning
dunyoqarashini   o’stirishga   uylab   idrok   qilishga   kuzatuvchan   bo’lishga   o’rgatadi.
Boshqaruvchi shaxs- o’qituvchi juda adolatli bo’lishi lozim. Topishmoqni birinchi
bo’lib topgan bolani maqtov bilan rag’batlantirish, lekin ortiqcha darajada maktab
yubormaslik joiz. Topa olmagan bolani esa sira kamsitmaslik, balki uni uylashga, izlanishga o’rgata borish zarur. Dars jarayonida topishmoqlardan uyin vaziyatlarini
tashkil etish bolalarni o’qishga   bo’lgan   qiziqishini   oshirishga   olib   keldi.   Qiziquvchanlik   bolada
kuzatuvchanlikning o’sib borishiga yordam berdi.
Sinfdan   tashqari   o’qish   darsliklarida   uyin   vositasidan   foydalanish   ham
yaxshi   samara   berganligi   aniqlandi.   Uyin   jarayonida   ularning   rasmlarini
almashtirib borish kerak.
Bolalarning   qiziqishini   rivojlantirishi   uchun   ularning,   faoliyatiga   doimo
rahbarlik qilish kerak. Darsda bolalar ko’p eshitadilar, chizadilar, hikoya qiladilar.
O’quvchilarni   yanada   darsga   qiziqtirish   uchun   ushbu   ertakni   o’zingiz   davom
ettiring,uylab   topinglar,   qahramonlarning   nomini   toping   deb   murojaat   etish
mumkin.   Bunda   o’quvchilar   o’zlaricha   uylay   boshlaydilar,   ularning   e’tibori
mazkur   muammoga   qaratilgan   bo’ladi.   Sehrli   soat   esa   har   bir   daqiqani   bekor
o’tkazmang deb shoshiradi. Albatta, bunday darsni tashkil etish oson emas, darsga
ertak   qahramonlarini   taklif   qilib   turish,   ular   tilidan   o’quvchilarni   topshiriqlarni
bajarishga   undosh   darsning   yanada   qiziqarli   bo’lishiga   olib   keldi.   Bolalar   ular
bergan   topshiriqlarni   o’z   xoxishlari   bilan   bajaradilar.   Biroq   shu   bilan   birga
bolalarda   kutilmagan   qiyinchiliklar   ham   yuzaga   keldi.   Chunki   bolalar
o’qituvchining   orqasidan   yurishni,   erkalatishini,   shirin   so’zlar   aytishini   yaxshi
ko’rishadi.   O’qituvchi   bunda   ziyrak   bo’lib,   hech   bir   o’quvchini   nazardan   chetda
qoldirmasligi   kerak.   Bolalarni   e’tiborlikka   odatlantirish   uchun   dars   jarayonida
ularni qiziqtirish deb belgiladik. Doimo uyinni talab etadigan bolalar bilan biz asta-
sekin   uyinni   darsning   ma’lum   bir   kompanenti   sifatida   o’tkazdik.  Ko’plab   uyinlar
oldindan   uylab   topilar,   ayrimlari   esa   darsda   o’z-o’zidan   yuzaga   kelishi   mumkin.
Ayniqsa,   «Xotira»   uyini   diqqatga   sazovordir.   O’qituvchi   bunday   uyinlarni
o’tkazish   bilan   bolalar   xotirasini   charxlaydi,   ularning   darsga   bo’lgan   qiziqishni
oshiradi.   Sinfda   quvnoq   muhit   yaratiladi   va   bolalar   faolligi   oshadi.   Muammoli
ta’lim   bolalarda   o’zlari   olayotgan   bilimga   faol   munosabat   ruhini   hosil   qilish,
o’rganilayotgan   narsa   va   hodisalar   haqida   oldindan   taxminiy   xulosa   chiqarish
uchun   hal   etish   lozim   bo’lgan   masalani   tezda   izlab   topish   iqtidorini,   fikrlash,
mustaqil faoliyat ko’rsatishni vujudga keltirishdan iboratdir. O’quvchilar   aqliy   faoliyatini   o’stirish   vositalarini   o’z   ichiga   oigan   o’quv
jarayoni   muammoli   vaziyatni   vujudga   keltiradi.   Dastlabki   mashg’ulotlardan
boshlab ana shunday vaziyatni elementar ravishda qo’llab borish bolalarda tobora
murakkabroq aqliy faoliyat ko’nikmalarining hosil bo’lishiga yordam beradi.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarga rahbarlik qiluvchi tashkilotchilarning
vazifalari   ham   ko’p   qirralidir.   Sinfdan   va   maktabdan   tashqari   ishlarning
tashkilotchisining vazifalariga quyidagilar kiradi:
1. Darsdan   tashqari   tarbiyaviy   ishlarni   rejalashtirish   va   amalga   oshirishni
nazorat qilish.
2. O’quvchilarning   sinfdan   va   maktabdan   tashqari   ko’p   qirrali   ishlarni
o’quvchilar tashkilotlari sinf faollari yordamida yo’lga qo’yish.
3. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar yo’nalishiga bevosita rahbarlik qilgan
holda   o’qituvchilar,   sinf   rahbarlari,   ota-onalari,   sinf   faollariga   uslubiy   yordam
ko’rsatish.
4. Umummaktab   va   maktablararo   o’tkaziladigan   eng   muhim   tarbiyaviy
tadbirlarda qatnashish.
5. O’quvchilarning   bo’sh   vaqtlarini   tashkil   qilishda   tarbiya   va   madaniyat
muassasalari   hamda   jamoatchilik   kuchidan   keng   foydalanish.   Bu   borada
tashkilotchilar   faolligini   uchta   asosiy   tomonini   ko’rish   mumkin:   tashkilotchilik,
uslubiy va ma’muriy.
Bular   ko’pincha   o’zaro   uzviy   bog’langan   holda   namoyon   bo’ladi.
Tashkilotchining   tashkilotchilik   faoliyatiga   quyidagi   bir   qator   kishilarni   kiritish
mumkin:
1. Tarbiyaviy   ishlar   sohasida   erishgan   yutuq   va   kamchiliklarni   tahlil
qilish.
2. Tarbiyaviy ishlarning maqsad va vazifalarini aniqlash.
3. Tarbiyaviy,   ommaviy,   siyosiy   ishlarni   rejalashtirish   va   ularning
mazmunini, shakl va usullarini aniqlash.
4. Sinfdan, maktabdan tashqari ishlarni  rejalashtirish, guruhlashtirish va
ularning   mazmunini,   shakl   va   usullarini   aniqlash,   boshqaruvchi   shaxslarni aniqlash.
O’quvchilarning   sinfdan   tashqari   ishlari   o’z   mazmuniga   ko’ra   tafakkur
faoliyati   va   munosabat   vositasi   hisoblanadi.   CHunki   sinfdan   tashqari   ishlarda
olingan   axborot   idrok   etiladi,   qayta   ishlanadi.   Shu   asosda   yangi   bilimlar   hosil
qilinadi.   O’quvchilar   maktabdan   tashqari   ishlarda   qatnashib   turli   kishilar   bilan
muayyan munosabatga kirishadilar. Turli vaziyatga duch keladilar. Shuning uchun
ham   o’quvchilarning   maktabdan   tashqari   faoliyatlari   qanchalik   xilma-xil   bo’lsa,
ularning   munosabatlari   shunchalik   munosabat   doirasi   keng   va   ma’naviy   o’sishi
samarali   bo’ladi.   Maktabdan   tashqaridagi   tarbiyaviy   ishlarda   o’quvchilar
jamoadagi   ishlarni   o’rganadilar.   Ijtimoiy   mehnat   quvonchini   his   qiladilar.   Ishlab
chiqarish   mehnatiga   qo’shiladilar.   Jamoatchilik   fikriga   bo’ysunishga,   jamoa
sharafi   uchun   kurashishga   otlanadilar.   Maktabdan   tashqari   faoliyatga   quyidagilar
kiradi:
1. Og’zaki   ish   usullari:   majlislar,   yig’inlar,   ma’ruzalar,   kutubxonalar,
konferentsiyalar, munozaralar, uchrashuvlar, gazetalar, radio va jurnallar.
2. Amaliy   ish   olib   borish   usullari   turli   joylarga   sayyohatlarga,   sport
musobaqalari,   tabiatshunoslar   to’garaklari,   shanbaliklar,   yangi   kitoblar
ko’rgazmalari.
Tarbiyaviy   ish   pedagogikadan   butun   qobiliyatlarni   ishga   solishga   taqozo
etadi.   Sinf   rahbarligi   kursi   bilan   maktabdan   va   sinfdan   tashqari   tarbiyaviy   ishlar
metodikasi kursi bir-biriga bog’liq va uning davomiyligidir.
Yuqoridagi   qayd   etilgan   topshiriqlarni   bajarish   jarayonida   o’quvchilar   turli
qo’llanmalar,   asboblar,   apparatlar,   didaktik   materiallardan   foydalanishni
o’rganadilar,   o’z-o’zini   tekshirish   uchun   turli   ma’lumot   va   tayanch   materiallarini
jalb etish ko’nikmalarini egallaydilar.
Sinfdan   va   maktabdan   tashqari   ishni   rejalashtirish   bolalarning   yosh
xususiyatlariga, maktabning joylashgan  shart-sharoitlariga, ijodiy birlashmalariga,
ilmiy   markazlar   bilan   o’zaro   aloqasi   kabi   ishlarni   inobatga   oladi.   Direktor
o’rinbosarining   faoliyati,   o’z   ifodasini   topgan   xujjatlar   ro’yxati,   xalq   ta’limi
tomonidan doimiy ravishda berilib boriladi. «Sinfdan   va   maktabdan   tashqari   tarbiyaviy   ishlar»   kontseptsiyasi   xalq
vazirligi tomonidan 1993 yilda tasdiqlangan. Sinfdan   tashqari   ishlarni   tashkil   etishda   o’qituvchining
yo’naltiruvchi   ta’siri   ostidagi   o’quvchilarning   o’z-o’zini   nazorat   qilish
asosiga   qurilgan   va   fan   kabinetlarida,   kutubxonada   va   uyda   yakka
tartibdagi   reja   asosida   o’tkaziladigan   mustaqil   mashg’ulotlar   yetakchi
shaklga   aylanishi   kerak.   Bunda   sinfdan   tashqari   ishda   ta’limning
moddiy bazasi: qo’shimcha va ma’lumotnoma adabiyotlari laboratoriya
uskunalari,   ko’rgazmali   qo’llanmalar,   didaktik   materiallar,   texnika
vositalaridan   oqilona   foydalanish   ko’zda   tutiladi.   Ular   o’z   ichiga
quyidagilarni oladi:
- darslik   va   qo’shimcha   adabiyotlar   bilan   ishlashning   xilma-xil
shakllarini olgan, nazariy bilimlarni o’zlashtirishni ta’minlovchi;
- tajribalar,   ijodiy   tusdagi   ishlarni   bajarishni,   asboblarni
loyihalashni,   maketlar,   modellar   va   hokazolarni   tayyorlashni   olgan
mustaqil ishlash uchun topshiriqlar sistemasi maqsadga muvofiqdir.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar metodikasi fani va bo’limiga
sinf   rahbarlarining   ishlari,   maktab   ma’muriyatining   tarbiyaviy   ishlari
kiritiladi.   Bunda   o’qituvchilarning   o’quvchilar   bilan   muomilasi,   adolatli
bo’lishi, ta’sir ko’rsata olishi kerak.
O’quvchi   yoshlarni   hozirgi   zamon   ma’naviyati   bilan   ongini
sug’orish,   ya’ni   singdirish   kerak.   O’quvchilarni   qadriyatlarimiz   asosida
urf-an’analarimiz asosida tarbiyalash har bir o’qituvchining vazifasi. 2.2  Sinfdan tashqari o’qish darslarining namuna-ishlanmasi
Mavzu: Inson odobi bilan.
Darsning   maqsadi:   Odob   inson   ko’rki   ekanligi,odobli   bola   elga   manzur
bo’lishni   bir   so’z   bilan   aytganda   ,odob   xulq   atvorlar   yug’indisi   ekanligini
o’quvchilar   onggiga   singdirish   va   shu   orqali   ularni   odobsizlikdan,noo’rin   xatti-
harakatlardan o’zlarini saqlashga o’rgatish.
Darsni jihozlanishi.
Alisher Navoiyning rangli rasmi.
Plakat va ko’rgazmalar.Kitob jumallardagi odobli bolalarning suratlari.
Xalq maqollaridan namunalar.
Darsning borishi:
O’quvchi:
Odob   insonning   oliy   fazilatidir.Xazrat   A.Navoiy   ham   o’z   asarlarida   shu
jumladan   “Hayratul   abror”   dostonida   odobni   to’la   tushintirib   beradi.Yoshi
ulug’larga   samimiy   hurmat-izzat   keltirish   har   kimning   holatiga   qarab   bo’lishi
kerak.Agar   yosh   bolaga   ilk   turib   salom   berishsa,uni   odob   demaydilar.Gadoning
oldida   sajda   qilish   kerak   emas.Unga   bir   tiyin   berilsa   shu   karam   bo’ladi.Bolalar
Navoiy bobomiz nihoyatda kamtar bo’lganlar.
Hozir   sinfdoshlaringiz   Alisherning   odobi   bilan   bog’liq   bir   voqeani   namoish
qilishadi.(Oldindan   tayyorlangan   7   nafar,biri   Sh.A.Yazdiy   rolida   biri
Alisher,Qolganlari uning o’rtoqlari qiyofasida chiqishadi.)
O’quvchi(izoh beradi):
A.Navoiy   1947   yili   Taft   shahrida   mashxur   tarixchi   olim   Sharafiddin   Ali
Yazdiy   bilan   ucharashib   qolibdi.Shahada   bir   mo’safid   xayolga   cho’mib
o’tiradi.Shu   payt   bir   to’da   (5-6)   nafar   bolalar   quvalashib   o’ynay boshlaydilar.Ularni kuzatib o’tilran mo’ysafid bolalarni yoniga chorlaydi.
Qani   bolalarim   buyoqqa   kelinglarchi,   bolalar   mo’ysafidning   ovozni   eshitib
tarqab ketishadi.Faqat 5-6 yoshlar chamasidagi bola qoladi.Uning boshida oq sallacha,egninda   yupqa   matodan   tikilgan   ixcham   kamzul,oyog’ida   etikcha.U
yugirib kelib,qollarini ko’ksiga qo’ygancha salom beradi.
-O’g’lim oting nedur?-deb so’radi mo’ysafid.
-Alisher-dedi bola.
-Maktabga qatnaysamnmi?
-Qatnayman.Qur’onning taborak sur’asigacha o’qiganman.
-Men   chaqirganimda   o’rtoqlaring   qochib   ketdi.Sen   esa   huzurimga
kelding.So’roqlarimga   yaxshi   javob   qilding.Shuning   ucun   senga   rahmat.Umrng
uzoq,boshing   omon   bo’lsin.Olimfozil   bo’lib’yaxshi   o’bro’ga
erishgaysan^mo’ysafid uni duo qildi.
Bu   sahna   ko’rininshidan   keyin   bo’lib   o’tgan   voqealar   bolalar   bilan   tahlil
qilinadi.Alisherning   yoshi   ulug’   kishilarga   salom   berishi,o’zini   tutish,odobli
ekanligi haqida uqtiriladi.
Shuningdek,insonga   hos   odatlaridan   biri   kulgi   haqida   ham   A.Navoiyning
fikrlaridan foydalanish mumkin.
O’quvchi:   Kulgi   insonga   xos   odatlardan   biri,boshqacha   aytganda,kulgi   orqali
odamning   qanday   ekanligini   bilish   mumkin.Hozir   tengdoshlaringiz   bu   haqda
Navoiy ijodidan namunalar keltiradi.
o’quvchi:
Bo’lmas odobsiz kishilar arjumand,
Past etar ul xaylini shaxsi baland.
O’quvchi:(izoh beradi).Har bir kishinung izzat hurmati odobi orqali keladi.
oquvchi:
Tarki odobdin biri kulgu durur,
Kulgu odob tarkida belgu durur.
O’qituvchi: Adabsizlikning bir ko’rininshi noo’rin va beo’xshov
kulgidir.Demak,bo’lar-bo’lmasga   irjayish   yoki   bo’lmasa   ho’mrayib   yurish
insonning zebi-ziynati emas. o’quvchi:
Haddan ortiq dog’l marg’ub emas,
O’qituvchi:   O’zga   kishilar   to’g’risida   kichikka   shavqatda   bo’lishi
kerak.O’rta   kishilarga   esa   o’rtacha   muomala   qilish   lozim   deydi.Darvoqe,bolalar
Payg’ambarimiz   Rasulolloh   Alayhis   Salom   Hadisda   “Ko’p   kulmang,ko’p   kulish
dilni o’ldiradi” deb nasihat qilgan ekanlar.
Endi   bolajonlar   mana   bu   rasmga   (A.Navoiy   portretiga   ishora   qilib.)
qaranglar undan danday ma’no uqyapsiz?
O’quvchi: Bobomizning yuzlari tiniq ekan.
o’quvchi: Yuz-ko’zlaridan odobli ekanliklari bilinib turibdi.
O’qituvchi:  Barakallo,juda ham to’g’ri angladinglar.Demak,biz odobni  ko’proq
kimdan o’rgansak bo’lar ekan?
O’quvchilar: Navoiy bobomizdan.Shundan so’ng mashg’ulot
yakunlanadi.Navbatdagi mavzu e’lon qilinib,oquvchilarga odob-ahloqqa oid 4-5
maqollarni o’rganib kelish topshiriladi. Xulosa
Har   bir   sinfda   sinfdan   tashqari   o’qilgan   barcha   asrlar   o’quvhilarga   mos
ravishda biror voqeani sahnalashtirish mumkin. Bu boladagi nitqni rivojlantirishga,
lug’at   boyligini   oshirishga   yordam   beradi.   Shuningdek   sahnalashtirilgan   asarni
tomosha qilgan o’quvchining diqqati oshib xotirada saqlash qobiliyati o’sadi. Hatto
sahnalashtirisho’quvchini   har   tomonlama   yo’naltiradi,   ya’ni   aktyorlik   qobiliyatini
rivojlantiradi,   suxandonlik,   rejissorlik   kabi   kasblarga   ilk   tasavvurlarni   o’rgata
boshlaydi.   Asarni   sahnalashtirish   davrida   albatta   o’qituvchi   rahbarlik   qiladi.
O’quvchilar   ifodali,   obrazli,   shuningdek   qahramonlar   harakatini   to’g’ri
bajarishlari,   o’qishlari   o’quvchilarda   zavq-shavq   uyg’otib   kitobga,   badiiy   asarga
havas,  uni   o’qib  o’rganishga  intilish  uyg’otadi.  Sinfdan  tashqari  o’qish  darslarida
o’qituvchi   o’quvchilarni   bolalar   yozuvchilari   va   shoirlari   bilan   tanishtirib   borishi
lozim.   Q.Muhammadiy,   P.Mo’min,   Z.Diyor,   A.Obidjon   kabi   yozuvchi   va
shoirlarning asarlari o’quvchilarda katta qiziqish uyg’otadi. Shuning uchun har bir
maktab, ta’lim muassasasi o’quvchilar o’rtasida turli mavzularda ijod ahli bo’lgan
shoir   va   yozuvchilar   bilan   uchrashuvlar   tashkil   etib   turishi   shart.   Bunday
uchrashuvlar o’quvchilarni vatanni madh qilishga uni sevib ardoqlashga chaqiradi.
Kitobni,   asarni   qanday   paydo   bo’lishini,   uni   hurmat   qilish   asrab-avaylashni
o’rgatadi. Shunday qilib badiiy adabiyot, bolalar adabiyoti voqelikni haqqoniy aks
ettirishi,   yorqin   obrazlar   yaratishi   bilan   bolalarda   estetik   did   va   ahloqiy   sifatlarni
mujassamlashtiradi. Ularda hayot go’zalligini idrok etishga o’rgatadi. So’z san’ati
badiiy   asarda   o’z   ifodasini   topadi.   Xalq   badiiy   so’zning   yosh   avlod   tarbiyasidagi
kuch-qudrati va jozibasiga qadim zamonlardanoq e’tibor berib kelingan. 
Har  bir  sinfda  sinfdan  tashqari  o’qilgan  barcha  asrlar  o’quvhilarga
mos  ravishda  biror  voqeani  sahnalashtirish  mumkin.   Bu  boladagi  nitqni
rivojlantirishga,  lug’at  boyligini  oshirishga  yordam  beradi.  Shuningdek
sahnalashtirilgan asarni tomosha qilgan o’quvchining diqqati oshib xotirada
saqlash  qobiliyati  o’sadi.  Hatto  sahnalashtirisho’quvchini  har  tomonlama
yo’naltiradi,  ya’ni  aktyorlik  qobiliyatini  rivojlantiradi,  suxandonlik,
rejissorlik  kabi  kasblarga  ilk  tasavvurlarni  o’rgata  boshlaydi.  Asarni sahnalashtirish  davrida  albatta  o’qituvchi  rahbarlik  qiladi.  O’quvchilar
ifodali,  obrazli,  shuningdek  qahramonlar  harakatini  to’g’ri  bajarishlari,
o’qishlari o’quvchilarda zavq-shavq uyg’otib kitobga, badiiy asarga havas,
uni o’qib o’rganishga intilish uyg’otadi. Sinfdan tashqari o’qish darslarida
o’qituvchi  o’quvchilarni  bolalar  yozuvchilari  va  shoirlari  bilan  tanishtirib
borishi  lozim.  Q.Muhammadiy,  P.Mo’min,  Z.Diyor,  A.Obidjon  kabi
yozuvchi  va  shoirlarning  asarlari  o’quvchilarda  katta  qiziqish  uyg’otadi.
Shuning uchun har bir maktab, ta’lim muassasasi o’quvchilar o’rtasida turli
mavzularda ijod ahli bo’lgan shoir va yozuvchilar bilan uchrashuvlar tashkil
etib turishi shart. Bunday uchrashuvlar o’quvchilarni vatanni madh qilishga
uni  sevib  ardoqlashga  chaqiradi.  Kitobni,  asarni  qanday  paydo  bo’lishini,
uni hurmat qilish asrab-avaylashni o’rgatadi. Shunday qilib badiiy adabiyot,
bolalar adabiyoti voqelikni haqqoniy aks ettirishi, yorqin obrazlar yaratishi
bilan bolalarda  estetik did va ahloqiy sifatlarni mujassamlashtiradi. Ularda
hayot  go’zalligini  idrok  etishga  o’rgatadi.  So’z  san’ati  badiiy  asarda  o’z
ifodasini topadi. Xalq badiiy so’zning yosh avlod tarbiyasidagi kuch-qudrati
va  jozibasiga  qadim  zamonlardanoq   e’tibor  berib  kelingan.               Badiiy so’z   xalqning barcha madaniy boyliklarini abadiylashtirgan. Buning
uchun  esa   o’quvchi   albatta   xalq  og’zaki   ijodini   yaqindan   o’qishi   lozim.  Ertaklar-
yaxshilikka yetaklar deganlariday o’quvchi ettaklar bilan tanishar ekan mard, jasur
vatanparvar,   mehribon   bo’lishga,   topishmoqlar   o’qir   ekan,   topog’on,   bilimdon,
zukko bo’lishga intiladi. Adabiyotlar:
Abdullaeva K va boshqalar. Savod o'rgatish darslari.T.,«O'qituvchi».1996 y.
Abdullaeva   Q.   Raxmonbekova   S.   2-sinfda.   O'qish   darslari.   (O'qituvchi   kitobi.)
Toshxent. O'qituvchi, 2004 y.
Abdullaeva Q. va boshqalar. O'qish kitobi. 2-sinf ToshKent. O'zbekiston, 2003-
yil
G'afforova   T.,   Shodmonov   E.,   Eshturdieva   G.   «Alifbe»-(«Savod»);   «Ona   tili»,
T., «O'qituvchi», 1999- yil.
G'afforova   T.   G'ulomova   X.   1-sinfda   o'qish   dasrlari   (O'qituvchi   Kitobi.)
ToshKent. SHarq 2003 -yil.
SHojalilov A. va boshqalar.«O'qish Kitobi»,«O'qituvchi», 2004-yil. 8 Umarova
M. «O'qish Kitobi» 3- sinf uchun. T., «O'qituvchi» 2003- yil.
Umarova   M.   3-sinfda   O'qish   darslari   (O'qituvchi   Kitobi.)   ToshKent   «Ijod
dunyosi» 2003.
SHojalilov   A.   va   boshqalar.   «O'qish   Kitobi»,   «O'qituvchi»,   2004   yil.
ll.Qosimova K., Fuzailov S. «Ona tili», 2-sinf uchun, T., «O'qituvchi»,
2003- yil.
Fuzalov S., Xudoyberganova M. «Ona tili» 3-sinf uchun. T., «O'qituvchi» 2003
-yil.
10.iKromova R. GrammatiKa, imlo va nutq o'stirishdan tarqatma materiallar. T.,
«O'qituvchi», 2003- y.
11.2-sinfda   o'qitish.   Tuzuvchi   Mavlonova   R.A.T.,   «O'qituvchi»,   1977-   y.
12.IKromova   R.   GrammatiKa,   imlo   va   nutq   o'stirishdan   tarqatma   materiallar.   T.,
«O'qituvchi», 1993 -yil.
Ma'qulova B. va boshqalar. Boshlang'ich sinfdan tashqari o'qish mashg'ulotlari.
T., «O'qituvchi», 1996- yil.
Mirzaev I. Dars tahlili. T., «O'qituvchi», 1985- yil.
15.Oripov K., Obidova M. Ifodali o'qish. T., «O'qituvchi», 1982- yil.
To'rt yilliK boshlang'ich sinflar dasturi. T., «O'qituvchi», 1999- y.
Umarova M, Hudoyberganov M. Bayonlar to'plami.T."O'qituvchi",1992-y Qosimova   K.   Boshlang'ich   sinflarda   ona   tili   o'qitish   metodiicasi.   T.,
'O'qituvchi", 1985- yil.
Qosimova K., Ubaydullaeva.2-sinfda ona tili darslari.T., "O'qituvchi", 1987- y.
G'ulomov M. Husnixat metodiKasi. T., "O'qituvchi", 1976 -yil.

Mavzu: Sinfdan tashqari asosiy bosqich darslarni tashkil etish REJA I. Kirish II. Asosiy qism 1. bob. Sinfdan tashqari o’qishni tashkil etish metodlari 1.1. Sinfdan tashqari o’qishning maqsad va vazifalari. 1.2. Sinfdan tashqari o’qishni tashkil etish usullari. 2. bob. Sinfdan tashqari o’qish darslarini tashkil etish bosqichlari 2.1.Sinfdan tashqari o’qishda yosh xususiyatlarini hisobga olish 2.2. Sinfdan tashqari o’qish darslarining namuna-ishlanmasi III. Xulosa.

Kirish MAVZUNING DOLZARBLIGI. Boshlang’ich sinflarda sinfdan tashqari o’qishga kichik yoshdagi o’quvchilarni ona tilini puxta o’zlashtirishga tayyorlashning ajralmas qismi, ta’lim jarayonoda ularni ahloqiy-estetik tarbiyalashning muhim vositasi sifatida qaraladi. Sinfdan tashqari o’qishning maqsadi-kichik yoshdagi o’quvchilarni bolalar adabiyoti va xalq og’zaki ijodining xilma-xil namunalari bilan tanishtirish, ularda kitobxonlik madaniyatini tiklab tarkib toptirishdir. Sinfdan tashqari o’qish dasturining mazmuniga ko’ra ta’limning har bir bosqichida ikki asosiy bo’lim ajratiladi: bosqichda o’qish doirasi, ya’ni o’qitiladigan kitoblar va ularni qaysi tartibda o’qish bilan tanishtirish yuzasidan o’quvchilarga ko’rsatma beriladi. bosqichda shu o’quv materiallari asosida bilim, ko’nikma va malakalar shakllantiriladi. Umumiy o’rta ta’limning Davlat standartlari va o’quv dasturiga ko’ra 1- sinfda sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlarida savod o’rgatish darslarida hosil qilingan ko’nikma va malakalar asosida bolalarning ona-vatan, istiqlol, milliy qadriyatlar haqidagi tasavvurlar-tushunchalari kengaytiriladi, boyitiladi. MAVZUNING ISHLANGANLIK DARAJASI. Umumiy o’rta ta’limning Davlat standartlari va o’quv dasturiga ko’ra 1-sinfda sinfdan tashqari o’qish mashq’ulotlarida savod o’rgatish darslarida hosil qilingan ko’nikma va malakalar asosida bolalarning ona vatan, istiqlol, milliy qadriyatlar haqida ta’lim sohasida Q.Shodiyeva, F.R.Qodirova, M.R.Qodirova, Y.Razbayeva, Q.Abdullayeva, K.Nazarov, Sh.Yo‘ldosheva, K.Qosimova, S.Matchonov, Sh.Sariyev, O.Roziqov, M.Mahmudov, B.Adizov, A.Hamroyev va boshqalar qator o‘quv qo‘llanmalar, darsliklar, uslubiy qo‘llanmalar yaratganlar. Yuqorida keltirilgan olimlarimizdan Q. Shodiyeva, Q.Abdullayeva, K.Nazarov, SH.Yo‘ldoshevalarning maktabgacha ta’limda va umuman, savod o‘rgatish metodikasi bo‘yicha olib brogan ishlarini alohida

ta’kidlab o‘tish maqsadga muvofiqdir. Chunki, aynan, ularning olib borgan tadqiqotlari bolalarni savodga o‘rgatish sohasida katta ahamiyatga egadir. TADQIQOTNING OB’EKTI. Sinfda va sinfdan tashqari o’qish darslari boshlang’ich sinflarda o’tiladigan barcha predmet dasturlarining bo’limlari bilan bevosita bog’liq mashg‘ulotlarning yangiligini ta’minlashga qaratilgan innovatsion texnologiyalar asosida dars o‘tish jarayoni tadqiqotimizning ob’ektini tashkil etadi. TADQIQOTNING PREDMETI. Sinfdan tashqari o’qish darslari,o’qish samaradorligini ijobiy tomonga ta’sir qilishning eng qulay usulidir. Sinfda va sinfdan tashqari o’qish darslari boshlang’ich sinflarda o’tiladigan barcha predmet dasturlarining bo’limlari bilan bevosita bog’liq. O’qish darslarida o’tilgan mavzular asosida badiiiy kitiblar axtarish,asar qahramonlarining nomlarini yozish,ularni tasvirlab berish,ijodiy rasm ishlash,fikrni yakunlash uchun mos maqollar yod olish ko’nikmalarini shakllantirish dolzarb metodik manba ekanligini aniqlash, ularning didaktik asosini belgilash ham mashg‘ulotning predmeti hisoblanadi. TADQIQOTNING MAQSADI. Sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlarida va unga ma’lum bir o‘zgartirishlar kiritishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanishning samarali usullarini shakllantirish kurs ishi mavzusi bo‘yicha olib borayotgan tadqiqot ishimizning maqsadi hisoblanadi. TADQIQOTNING VAZIFASI: Yuqorida oldimizga qo‘ygan maqasadimizdan kelib chiqib: Kurs ishida tanlangan mavzu bo‘yicha ijtimoiy-pedagogik, falsafiy-ma’rifiy, ilmiy-metodik hamda o‘quv adabiyotlarni o‘rganib chiqish va umumlashtirish. Sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlari o’qish darslariga oid mashg‘ulotlari bilan ishlash jarayonini o‘rganish va tahlil qilish. Mavzuga oid ilmiy metodik manbalarni o‘rganish va tahlil qilish asosida sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlarini shakllantirishga oid mashg‘ulot

mazmuni, maqsadi va qurilishini o‘rganish hamda qayta takomillashtirish dolzarb nuammo ekanligini aniqlash. Sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlariga oid mashg‘ulotlarning samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan yangi pedagogik texnologiyalar asosida dars ishlanmalarini yaratish. TADQIQOT ISHINING ILMIY FARAZI. Sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlarini shakllantirishga oid mashg‘ulotlar bugungi davr va bugungi kun bolasi nuqtai nazarini hamda uning individual, yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda rivojlantirish; Sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlari shakllantirishga oid mashg‘ulotlarning izchil tizimi yaratish; Sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlarini shakllantirishga oid mashg‘ulotlarni takomillashtirishning yangi-yangi usullari o‘ylab topish; TADQIQOTNING METODOLOGIK ASOSLARI. Ozbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, prezidentimiz I.A.Karimovning asarlari va ma’ruzalarida bayon qilingan ta’limni isloh qilish, maktabgacha ta’limni rivojlantirishga qaratilgan yondashuvlar, qarashlar, ta’lim jarayonini takomillashtirishga yo‘naltirilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, mavzuga oid ilmiy- pedagogik, ilmiy-metodik manbalar. TADQIQOT ISHINING ILMIY AHAMIYATI. Ushbu kurs ishini bajarish natijasida boshlang’ich sinflarda sinfdan tashqari o’qishga kichik yoshdagi o’quvchilarni ona tilini puxta o’zlashtirishga tayyorlashning ajralmas qismi,ta’lim jarayonida ularni ahloqiy-estetik tarbiyalashning muhum vositasi sifatida qaraladi.Sinfdan tashqari o’qishning maqsadi kichik yoshdagi o’quvchilarni bolalr adaboyoti va xalq o’gzaki ijodining xilma-xil namunalari bilan tanishtirish,ularda kitobxonlik madaniyatini tiklashga oid mashg‘ulot ishlanmalarini, uning maqsadi,

mazmuni, tipi, qurilishiga oid yangi tushunchalari bilan boyitishning didaktik asoslari ko‘rib chiqildi hamda ilmiy-metodik tavsiyalar bilan boyitish nazarda tutildi. TADQIQOT ISHINING AMALIY AHAMIYATI. Tadqiqot natijasida aniqlangan ilmiy yondashuvlar, ishlab chiqilgan tavsiyalardan nutqning tovush madaniyatini shakllantirishga oid mashg‘ulotlarini boyitish, maktabgacha ta’lim muassasalarida olib boriladigan turli o‘quv pretmetlarini takomillashtirish hamda bolalarni maktabga tayyorlashda, ularning bilimini o‘stirishda, malakasini oshirishda keng foydalaniladi. KURS ISHINING TARKIBIY TUZILISHI. Ushbu kurs ishi kirish, ikki bob, har bir bobda ikkitadan qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.