logo

Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning maqsadi va vazifalari

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

130.6416015625 KB
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning maqsadi va vazifalari
MUNDARIJA
Kirish ……………………………………..……………………………………….3
I   BOB.   “SINFDAN   VA   MAKTABDAN   TASHQARI   TARBIYAVIY
ISHLARNING   MAQSADI   VA   VAZIFALAR”NING   TARAQQIYOT
YO‘NALISHLARI
1.1. “Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning   maqsad va vazifalari”
mazmunini modernizatsiyalash………… ……………….. ……………………….8
1.2. “Sinfdan   va   maktabdan   tashqari   tarbiviy   ishlarning   maqsad   va   vazifalari”
doir   tarbiyaviy   tadbirlarni   loyihalash………………………..……………………..
….12
II   BOB.   INTERFAOL   TA’LIM   ASOSIDA   “SINFDAN   VA   MAKTABDAN
TASHQARI TARBIYAVIY ISHLARNING  MAQSAD  VA VAZIFALARI” 
2.1. “Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning   ma q sad va vazifalari” ga
doir interfaol metodlar tizimi………… ……………………. …………… . … .. ….. 19
2.2.   “Sinfdan   va   maktabdan   tashqari   tarbiyaviy   ishlarning   maqsad   va   vazifalari”
mavzusiga  doir interfaol mashg‘ulotlarni tashkil etish……… ……….. …………28
2.3.   “Sinfdan   va   maktabdan   tashqari   tarbiyaviy   ishlarning   maqsad   va   vazifalari”
jarayonida   talabalarni   to‘garaklar   faoliyatini   boshqarishga
tayyorlash…………………………………………………………………………33
Umumiy xulosa ………………………………………………………………… . 49
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati ……..………………………….…..… …... 50 Kirish
Mavzuning   dolzarbligi.   Jadal   sur’atlar   bilan   o‘zgarib   borayotgan   b ugungi
murakkab   globallashuv   davrida   ma’naviyat   sohasida   vujudga   kelayotgan   dolzarb
muammolar,   xususan,   dunyoning   ayrim   mintaqalarida   tobora   kuchayib   ildiz   otib
borayotgan   ma’naviy   inqiroz   xavfi   xalqimiz   ma’naviyatini   asrash   barobarida   uni
yuksaltirish,   ayniqsa,   yosh   avlodning   qalbi   va   ongini   turli   zararli   g‘oya   va
mafkuralar   ta’siridan   himoya   qilishni   talab   qilmoqda.   Qolaversa,   jahonnning
qaysidir   burchagida   bo‘lmasin,   ma’naviyatga   qarshi   qandaydir   tahdidning   paydo
bo‘lishi   o‘zining   bugungi   kuni   va   ertangi   istiqbolini   o‘ylab   yashayotgan   har   bir
ongli  inson, har  bir  xalqni  tashvishga  soladi.  Albatta, bunday ma’naviy tahdid va
mafkuraviy   xurujlar   milliy   va   diniy   tomirlarimizga   bolta   urishi,   ulardan   ayniqsa,
farzandlarimiz   ko‘proq   aziyat   chekishi   mumkinligi   yoshlarda   mafkuraviy
immunitet   va   g‘oyaviy   kurashchanlik   ruhini   yanada   kuchaytirish   lozimligini
taqozo etmoqda.  
Birinchi   prezdentimiz   ko‘p   yillik   hayotiy   tajribalari   natijasi   o‘laroq   dunyo
yuzini ko‘rgan «Y u ksak ma’naviyat –   y engilmas kuch» nomli asarida   yoshlarimiz
bizning nafaqat ishonchimiz va kelajagimiz,  balki bugungi va ertangi kunimizning
hal   qiluvchi   kuchi   ekanligi,   h al   qiluvchi   kuch   esa   y engilmas,   y engilmas   kuch
yuksak ma’naviyatli shaxs timsolida namoyon bo‘lishi har jihatdan asoslab berildi.
Ayni   zamonda,   «Biz   xalqimizning   dunyoda   hech   kimdan   kam   bo‘lmasligi,
farzandlarimizning   bizdan   ko‘ra   kuchli,   bilimli,   dono   va   albatta   baxtli   bo‘lib
yashashi   uchun   bor   kuch   va   imkoniyatlarimizni   safarbar   etayotgan   ekanmiz,   bu
borada ma’naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi. 
O‘zbekiston   Respublikasining   yoshlarga   oid   davlat   siyosatini   2025-yilga
rivojlantirish   konsepsiyasi   (keyingi   o‘rinlarda   —   Konsepsiya)   O‘zbekiston
Respublikasi   Konstitutsiyasi   “Yoshlarga   oid   davlat   siyosati   to‘g‘risida”gi   Qonun,
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   Farmonlari   va   qarorlari,   Hukumat
qarorlari,   Birlashgan   Millatlar   Tashkilotining   2030-yilgacha   Barqaror   rivojlanish
2 maqsadlari,   2030-yilgacha   mo‘ljallangan   “Yoshlar   strategiyasi”,   Yoshlar
manfaatlari   bo‘yicha   butunjahon   harakatlar   dasturi ,   2020-yil   dekabr   oyida   tashkil
etilgan   “O‘zbekiston   yoshlari”   forumida   hamda   O‘zbekiston   Respublikasi
Prezidentining 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida yoshlarga
oid   davlat   siyosatini   yangi   bosqichga   olib   chiqish   bo‘yicha   belgilangan   vazifalar
asosida ishlab chiqilgan.
Jahondagi   globallashuv   jarayonlari,   innovatsion   jamiyatga   bo‘lgan   ehtiyoj,
fan-texnika   taraqqiyoti   yoshlar   uchun   ko‘plab   imkoniyatlar   yaratishi   bilan   bir
qatorda,   ularning   oldiga   tezkor   qarorlar   qabul   qilish,   innovatsion   tafakkurni
shakllantirish, intellektual salohiyatni oshirish kabi ko‘plab talablarni qo‘ymoqda.
Kelgusi   besh   yillikda   yoshlarning   ilmiy,   kasbiy   rivojlanishi,   salomatligi,
iqtisodiy   imkoniyatlarining   kengaytirilishi,   texnologiya   va   innovatsiyalarni
rivojlantirishga   ajratiladigan   sarmoyalar   “demografik   dividend”ga   ega   bo‘lishga,
ya’ni   mamlakatning   qisqa   muddatda   yuqori   iqtisodiy   taraqqiyotga   erishishiga
zamin yaratadi.
Pedagogik   oliy   ta’lim   muassasalarida   o‘qitiladigan   “Tarbiyaviy   ishlar
metodikasi”   fani   talabalarni   tarbiyaviy   faoliyatga   samarali   tayyorlashda   alohida
o‘rin   tutadi.   Ayniqsa,   “Sinfdan   va   maktabdan   tashqari   tarbiyaviy   ishlarning
maqsadi   va   vazifalari”   interfaol   ta’lim   metodlari   asosida   o‘qitish   mazkur
jarayonning jadal amalga oshirilishiga xizmat qiladi.
Mavzuning   o‘rganilganlik   darajasi.   Shaxs   va   jamiyat   munosabatlari,
ma’naviyat   va   axloqiy   tarbiya   masalalari,   shaxsni   shakllantirishda   ijtimoiy
munosabatlarning   o‘rni   Sharq   mutafakkirlari   Abu   Rayhon   Beruniy,   Abu   Nasr
Forobiy,   Abu   Ali   ibn   Sino,   Yusuf   Xos   Xojib,   Husayn   Voiz   Koshifiy,   Alisher
Navoiy,   Jaloliddin   Davoniy,   Jaloliddin   Rumiy,   Abdulla   Avloniylar   tomonidan
o‘rganilgan. 
Uzluksiz   ta’lim   jarayonida   yoshlarni   ma’naviy-axloqiy   tarbiyalash   masalasi
keng   o‘rganilgan   sohalardan   biri   bo‘lib,   o‘ziga   xos   pedagogik   tizimning   ishlab
chiqilganligi   bilan   tavsiflanadi.   M.Ochilov,   K.Hoshimov,   S.Temirova,
3 O.Musurmonova,   S.Nishonova,     U.Mahkamov,   M.Inomova,   M.Quronov,
S.Ochilov,   N.Ortiqov,   M.Inomova,   Q.Quronboev,   J.Toshmatova,   SH.Olimov,
F.Olimova,   G.Maxmutova,   Sh.Xalilova,   SH.SHodmonova,   M.Axmedova,
H.Axmedova,   V.V.Karakovskiy,   N.E.Shurkova     kabi   olimlar   ta’limning   turli
bosqichlarida   yoshlarni   ma’naviy-axloqiy   tarbiyalashning   pedagogik   asoslarini
ishlab chiqqanlar. Ularning tadqiqotlarida ayniqsa, yuqori sinf o‘quvchilarining va
oliy   ta’lim   muassasasi   talabalarining   ma’naviy-axloqiy   madaniyatini
shakllantirish,   mazkur   jarayonda   milliy   tarbiya   asoslaridan   samarali   foydalanish,
barkamol insonni tarbiyalash modelining ishlab chiqilganligi e’tiborga loyiq.
Ta’limni   turli   bosqichlarida   tarbiyalanuvchilarni   ijtimoiylashtirish,   ijtimoiy
tarbiya   masalalari     M.Quronov,     A.V.Mudrik,   N.Egamberdieva,
Z.Qurbonniyozova,   A.Muxsieva,   L.I.Aksenova,   E.Aronson,   O.A.Kolobov,
P.V.Migeleva,   F.A.Mustafaeva,   V.A.Nikitin,   V.G.Dmitrieva,   F.P.Chernousova,
I.V.Yarkova,   V.D.Semenov,   V.I.Kurbatov,   E.I.Xolostovalar   tomonidan   ochib
berilgan.
Tarbiya   jarayonini   texnologiyalashtirishning   turli   jihatlari   M.Ochilov,
J.G‘.Yo‘ldoshev,   O‘.Tolipov,   I.I.Zokirov,       M.T.Jumaniyozova,   S.Usmonov,
B.Nuridinov,   Sh.T.Ergasheva,   I.F.Xarlamov,   I.P.Podlasiy,   V.S.Selivanovlar
tomonidan tadqiq etilgan.
Bitiruv (loyiha) ishining   maqsadi – “ Interfaol metodlar asosida Sinfdan va
maktabdan   tashqari   tarbiyaviy   ishlarning   maqsad   va   vazifalari”yo‘llarini
aniqlashtirish. 
Bitiruv  ( loyiha )  ishin in g vazifalari:
1. “Sinfdan   va   maktabdan   tashqari   tarbiyaviy   ishlarning   maqsad   va
vazifalari” mazmunini modernizatsiyalash yo‘nalishlarini asoslash
2. “Sinfdan   va   maktabdan   tashqari   tarbiviy   ishlarning   maqsad   va
vazifalari”ga doir tarbiyaviy tadbirlarni loyihalash tartibini aniqlash.
3. “Sinfdan   va   maktabdan   tashqari   tarbiviy   ishlarning   maqsad   va
vazifalari”ga doir interfaol metodlarni tizimlashtirish.
4 3.   “Sinfdan   va   maktabdan   tashqari   tarbiviy   ishlarning   maqsad   va
vazifalari”ga doir interfaol mashg‘ulotlarni ishlab chiqish.
Bitiruv   (loyiha)   ishi   ob’yekti   –   “ Interfaol   metodlar   asosida   Sinfdan   va
maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning maqsad va vazifalari”  jarayoni.
Bitiruv (loyiha) ishining predmeti –  interfaol metodlar asosida “Sinfdan va
maktabdan   tashqari   tarbiyaviy   ishlarning   maqsad   va   vazifalari”   mazmuni   va
amaliy-texnologik jihatlari.
Bitiruv   (loyiha)   ishining   metodlari:   bitiruv   loyiha   ishiga   tegishli
psixologik, pedagogik va metodik adabiyotlar tahlili, pedagogik kuzatish, milliy va
xorijiy ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish.
Sharq   va   G‘arb   mutafakkirlarining   barkamol   inson   tarbiyasiga   oid
qarashlari,   barkamol   shaxsni   ma’naviy   shakllantirishga   qaratilgan   falsafiy,
psixologik,   pedagogik   ta’limotlar,   ilmiy-pedagogik,   falsafiy,   metodik   manbalar,
shuningdek,     ta’lim   islohotlariga   doir   Vazirlar   Mahkamasi   tomonidan   qabul
qilingan me’yoriy hujjatlar tashkil etadi.
Bitiruv  (loyiha)  ishining    amaliy  ahamiyati :   bitiruv  loyiha  ishi   natijasida
ishlab   chiqilgan   texnologik   ishlanmalardan   “Tarbiyaviy   ishlar   metodikasi”
fanining   “Sinfdan   va   maktabdan   tashqari   tarbiviy   ishlarning   maqsad   va
vazifalari”da foydalanish mumkin.  
Bitiruv   (loyiha)   ishining     tuzilishi.   Bitiruv   loyiha   ishi   kirish,   ikkita   bob,
beshta paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. 
5 I BOB. “SINFDAN VA MAKTABDAN TASHQARI TARBIYAVIY
ISHLARNING   MAQSAD VA VAZIFALARI” NING TARAQQIYOT
YO‘NALISHLARI
1.1. “Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning   maqsad va
vazifalari” mazmunini modernizatsiyalash
Tarbiya   jarayoni   –   shaxsni   shakllantirishga   maqsadli   yo‘naltirilgan,
o‘qituvchi   va talabalar hamkorligi uchun maxsus tashkil etilgan, boshqariladigan
va       nazorat       qilinadigan,       o‘zining       pirovard     maqsadi   sifatida   shaxsni
shakllantiradigan jarayondir.
Tarbiya jarayonining eng asosiy   natijasi   –   har tomonlama va uyg‘un   kamol
topgan yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishdir.
Tarbiya   jarayoni   –   tarbiyaviy   ishlar,   tadbirlarning   doimiy   harakatdagi
zanjiridan   iborat.   Tarbiyaviy   tadbirlar   –   turli   xil   moddiy   va   ma’naviy
ehtiyojlarga   javob   ber uvchi,   tar bi yavi y   m aqsadl ar ni ng   yagona   majmuasiga
bo‘ysundirilgan, bir-biri bilan o‘zaro hamkorlik qiluvchi, o‘zida bir butun  ta’limni
ko‘zda   tutgan   tarbiyaviy   ta’sir   majmuidir.   Ta’lim   jarayoni   alohida
mashg‘ulotlardan   tashkil   topgani   kabi   tarbiyaviy   tadbirlardan   tarbiya   jarayoni
vujudga keladi. Tadbirlar, tarbiyaviy ishlar – tarbiya jarayonining  bir bo‘lagidir.
Tarbiyaviy   ish   (TI)   -   bu   tarbiyaning   tizimliligi,   to‘laligi,   uzviyligi   va
uzluksizligidir. Tarbiyaviy ish talabalarning muayyan   faoliyatini tashkil etuvchi
va amalga oshiruvchi shakldir. TIning asosiy   xususiyati  - zaruriylik, foydalilik va
tatbiq etish imkoniyatidan iborat.
Ta’lim   muassasalari   tarbiyaviy   jarayonni   tashkil   qilish   va   muvaffaqiyatli
davom ettirish uchun zarur bo‘lgan tarbiyaviy ishlar  uslublari, bilimlar, malaka va
mahoratlar tizimi, zamonaviy pedagogik   texnologiyalar va ularni tarbiyaviy ishlar
amaliyotida   qo‘llash   masalalari   pedagogik   jamoalariing   eng   muhim   muammosi
bo‘lib qolmoqda.
6 Maktabgacha ta’lim muassasalarida talabalar bilan olib boriladigan tarbiyaviy
ishlarning   samaradorligini   oshirish   tarbiyaviy   ishlar   texnologiyasini   to‘g‘ri
tashkil   qilish   va   qo‘llashga   bog‘liq.   Bu   esa,   o‘z   navbatida   maktabgacha   ta’lim
muassasalari   uchun   tarbiyaviy   ishlarni   amalga   oshirish   uslubiyati   zamonaviy
pedagogik texnologiyalar ishlanmalari asosida yaratishni talab etadi.
Odatda   tarbiyaviy   ishlar   jamoaviy   va   ijodiy   tabiatiga   ega   bo‘ladi   va   mos
ravishda   jamoaviy   tarbiyaviy   ishlar   (JTI)   yoki   jamoaviy   ijodiy   ishlar   (JII)   deb
nomlanadi. JII – ish va o‘yin, ijod va o‘rtoqlik, xayotiy   umid va xursandlik bilan
to‘ldirilgan va ayni paytda, asosiy tarbiyaviy  vosita bo‘lgan jarayonni tashkil etish
usulidir.   Tarbiyaviy   ishlarda   o‘qituvchilar   va   talabalar   o‘zaro   xamkorligining
shakllari, vositalari va usullari uyg‘unlashib ketadi.
Asosiy   tarbiyaviy   maqsad   (ko‘pincha,   axloqiy   tarbiya   maqsadi)   aniq
ishlarga   oid   vazifalarni   belgilab   beradi.   Har   bir   ishda   asosiy   g‘oya   ajralib
turadi   va   u   tarbiya   umumiy   yo‘nalishining   (aqliy,   jismoniy,   mehnat  tarbiyasi
va b.) biri bilan mos keladi.
Maqsadni   ko‘zlash   bosqichida   o‘qituvchining   vazifasi   –   ijtimoiy
vaziyatni   baholash,   o‘zining   tarbiyaviy   faoliyatini   asosiy   maqsadga
bo‘ ysundi ri sh,   t al abal ar ni ng   kel aj akda   muayyan   tarbiyaviy   ta’sirlarni
qabul   qilishga   tayyorlik   darajasiga   tashxis   qo‘yishdan  iboratdir.
Tarbiyaviy ishlar turli-tuman b o’ lishi kerak. Talabalar   yorqin ishlarni uzoq
eslab yuradilar, shu bois bunday ishlarni takrorlash maqsad ga muvofiq emas, chunki
u   ahamiyatini   yo‘qotishi   mumkin.   Tarbiyaviy   ishlarni   har   doim   yangisini   topish
qiyin,   ammo   ularni   topishga   harakat   qilish   zarur.   Tarbiyaviy   ishlar   zahirasida
ko‘plab   qiziqarli   tadqiqotlar   mavjud   va   bu   takrorlamaslikni,   aksincha,   aniq
sharoitlar bilan  muvofiqlashtirgan holda o‘quvchini rivojlantirishni kafolatlaydi .
Sinfdan   va   maktabdan   tashqari   tarbiyaviy   ishlarni   rejalashtirishda
quyidagilarga e’tibor qaratish zarur:
1.   Tarbiyaviy   ishlarni   tashkil   qilishda   talabalarning   tayyorgarlik
darajasiga   tayanish,   ularning   yosh   va   shaxsiy   xususiyatlarini   imkon   darajasida
7 kengroq     qamrash lozim. Chunki, ishning  favqulodda    murakkabligi    o‘qituvchi
niyatining     o‘quvchilar tomonidan anglab y etilmasligiga, ishning nega va nima
uchun   bajarilishi   haqidagi   noaniq   tasavvur   esa,   tarbiyaviy   ishni   quruq
rasmiyatchilikka aylantiradi. Keyingi  ishga qiziqtirish yengil kechmaydi.
2. Tarbiyaviy ish – jamoatchilik ishi. Talabalarga reja tuzish ning nihoyatda
mas’uliyatli   mashg‘ulot   ekanligini,   talaba   ishlayotgan   har   bir   bo‘limning   boshqa
bo‘limlar   bilan   albatta   bog‘liqligini   va   bir-birini   taqozo   etishini   his   qilishiga
imkoniyat bering. Rejalashtirish,  alba t ta, jamoaviy xarakter kasb etishi zarur. 
3. Rejalashtirishning   tarmoqli   uslubiyoti,   ko‘rgazmali,   oson
o‘qiladiga   va   tushunarli   chizma   rejalar   tuzish   uslubiyotlari   bilan
tanishing.   Talabalar   bilan   ularni   o‘rganing,   ularni   mehnatning
boshqa    turlarini    rejalashtirishda tarmoqli chizmani qo‘llashga o‘rgating.
Sinfdan   va   maktabdan   tashqari   tarbiyaviy   ishlarni   tashkil   etishning   asosiy
qoidalari:
-   bajarilishi   lozim     bo‘lgan     ishlarning   maqsadini     aniq   belgilagan  
harakatni       boshidan       oxirigacha       yaxlit       tasavvur       qilish       (nimaga     erishish
kerak?);
- qo‘l   ostidagi   har   bir   kishi   uchun   ani q   vazifalarni   b e lgilash   (qanday
harakatlar vositasida erishish mumkin?);
- kutilayotgan ish uchun barcha zaruriy narsalarni tayyorlash (nimalar
yordamida erishish mumkin?);
- natijalarni   aniqlash   uchun   muayyan   mezonlarni   belgilash   (erishilgan
mi q dor  q ancha?);
- javobgarlik,   uning   egasi   va   hisobot   va q tini   taqsimlash   (maqsadga
erishilganlikni nima bilan rag‘batlantirish mumkin?);
- tashkiliy   tizimni   uyushtirish   vositasi   sifatida   ijrochilarga   yo‘l-
yo‘riq ko‘rsatish (qanday qilib erishish mumkin?).
8 Tarbiyaviy ishlarni uyushtirishda ishtirok etish  shaxsning muhim  xislatlarini
tarbiyalaydi.
Mazkur bosqichda quyidagi tavsiyalarga amalga oshirish lozim:
- tarbiyaviy   ishlarni   tashkil   etishda   ishtirok   etayotgan   har  talaba ning
huquq va majburiyatlarini aniq belgilab berish lozim;
-   har   bir   ishtirokchiga   uning   imkoniyatlariga   va   xohishiga   mos   keluvchi
bitta   vazifa   ajrating.   Topshiriqlarni   majburlamaslik   lozim.   Tarbiyaviy     ishda
ishtirok etish ixtiyoriy ekanligiga asoslanish darkor;
- talabalarning   tashkilotchilik   qobiliyatiga   ega     emasligini   h isobga   olish
kerak. O‘qituvchiga tushunarli va  y engil bo‘lgan ish talaba  uchun ham  har doim
shunchaki   bo‘lmasligi   mumkin.   “Yengildan   –   murakkabga”   qoidasiga       amal
qiling.       Talabalarni       muvaffaqiyat       qozonishiga   bo‘lgan   ishonchini   qo‘llab-
quvvatlab, yaxshi natija bilan tugashiga ishonch   uyg‘otish lozim.
Tarbiyaviy   ishlarning   tashkil   etishda   boshqaruv   muhim   ahamiyat   kasb
etadi.   Tarbiyaviy   ishlarni   amalga   oshirish   bosqichida   o‘qituvchining   mas’uliyati
muhimdir.   Birinchidan,   dasturda   ko‘zda   tutilgan   ishlarni   tayyorlangan   ssenariy
asosida   borishiga   erishiladi,   unga   tuzatishlar   kiritadi,   dispetcherlik   vazifasini
amalga oshiradi va jarayonni kuzatib boradi.   Ikkinchidan ,   o‘qituvchi butun   jamoa
va   ayrim   talabalarni   kuzatib   borgan   holda,   ularda   muayyan   fazilatlarni
rivojlantiradi,   bu   fazilatlarning   shakllanganlik   d arajasini     aniqlashga     imkon
beradi       va     tarbiya     sohasida     qilinadigan larning       strategiyasini       belgilaydi.
Uchinchidan,     o‘qituvchi   tashkiliy  masalalarning ani q   h al etilishini kuzatib boradi.
Umuman,   tarbiyaning   bu   bosqichdagi   boshqaruv   faoliyati   oddiy   dars
mobaynidagi   ayni   shunday   faoliyatdan   murakkabroqligi   bilan   farq   qiladi.   Bu
murakkablik tarbiyaviy ishni boshqarishda hisobga olish, nazorat qilish va ko‘plab
omillarga tuzatishlar kiritish lozimligida namoyon bo‘ladi.
9 1.2.  “Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiviy ishlarning maqsad va
vazifalari” ga doir tarbiyaviy tadbirlarni loyihalash
Tarbiyaviy   tadbirlar   –   turli   xil   moddiy   va   ma’naviy   ehtiyojlarga   javob
beruvchi,   tarbiyaviy   maqsadlarining   yagona   majmuasiga   bo‘ysundirilgan,   bir-biri
bilan   o‘zaro   hamkorlik   qiluvchi,   o‘zida   bir-butun   ta’limni   ko‘zda   tutuvchi
tarbiyaviy ta’sir majmuidir. 
Sinfdan va maktabdan tashqari  tarbiya ish yo‘nalishining asosini tarbiyaviy
tadbirlar   tashkil   etadi.   Mazkur   tarbiyaviy   tadbirlar   maqsadni   oydinlashtirish,
loyihalashtirish, amalga oshirish, nazorat va tahlil qilish kabi ish harakatlari ketma-
ketligidan iborat quyidagi texnologik chizmaga asoslanishni talab etadi:
1.2.1-rasm. Tarbiyaviy tadbirlarni texnologiyalashtirish bosqichlari
1.2.1-rasmdan   ko‘rinadiki,   tarbiyaviy   tadbirlarni   tashkil   etish   mazkur
jarayonni   loyihalashdan   boshlanib,   dastlab   talabalarda   tarkib   toptirilishi   lozim
10Texnologik yondashuv asosida tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etish
Loyihalash Rejalashtirish
Qiziqish, ehtiyoj va motivlarni
aniqlashtirish
Maqsad va vazifalar hamda kutiladigan
natijalarni oydinlashtirish
Shakl, metod va vositalarni tanlab olish
Bahlolash va refleksiya Tadbirni o’tkazish bosqichlari va vaqtni
taqsimlash
O’qituvchi-tarbiyachining vazifalari
Ish tartibi
Tarbiyaviy tadbir materiallari bo‘lgan   qiziqish,   ehtiyoj   va   motivlarni   aniqlab   olishdan   boshlanadi,   ya’ni
talabalarda   tarbiyaviy   tadbirlarda   ishtirok   etishga   ichki   kuch   va   imkoniyatlarini
tarkib toptirishni taqozo etadi.  
Motivatsiya – motivlarning harakatlanish jarayoni, insonni asosiy faoliyatga
undovchi   motivlar   yig‘indisi.   Motiv   esa   fransuzchadan   ta rjima   qilinganda,
undovchi kuch, sabab degan ma’noni bildiradi.
Adabiyotlarda   keltirilishicha   motiv   tushunchasi   tadqiqotchilar   tomonidan
turlicha   talqin   qilinadi.   Masalan,   A.Maslou   motivni   ehtiyoj   bilan   bog‘lasa,
S.L.Rubinshteyn   motivni   mazkur   ehtiyojning   his   qilinishi   va   qondirilishi,   deb
hisoblaydi.   A.N.Leontev   motivni   ehtiyojlarni   qanoatlantirishga   inson   faoliyatini
yo‘naltiradigan va uni qo‘zg‘otadigan ob’ektivlik deb hisoblaydi. L.I.Bojovichning
fikricha,   motiv   nafaqat   tashqi   ob’ektiv   omillar,   balki   tasavvurlar,   g‘oyalar,   his -
tuyg‘ular, bir so‘z bilan aytganda ichki sub’ektiv omillar ko‘rinishida ham bo‘lishi
mumkin.
A.A.Reanning   ta’rificha,   motiv   deb   shaxsni   faoliyatning   u   yoki   bu   turiga
ichki   jihatdan   undashga   aytiladi.   V.K.Vilyunas   motivni   qo‘zg‘alish   va   faoliyat
uchun javob beradigan jarayonlar tizimi deb hisoblaydi.
Tarbiyaviy   tadbirning   maqsadi   –   diagnostik,   tarbiyaviy   ish   qayta   ishlab
chiqiladigan – takrorlanadigan bo‘lishi uchun har bir maqsad erishiladigan bo‘lishi
lozim,   ya’ni   tarbiyaviy   tadbir   maqsadi   shunday   ifodalanishi   lozimki,   unga
erishilgani haqida aynan bir xil hukm chiqarish mumkin bo‘lsin. Tarbiyaviy tadbir
natijasini   aniqlash   imkoniyatini   beradigan     vazifalar   oydinlashtirilgan   tarbiyaviy
maqsadlar   deyiladi.   Oydinlashtirilgan   maqsadlar   talabaning   kuzatish,   o‘lchash
mumkin bo‘lgan harakatlarini nazarda tutadi .
Maqsadni   ko‘zlash   bosqichida   o‘qituvchining   vazifasi   –   ijtimoiy
vaziyatni   baholash,   o‘zining   tarbiyaviy   faoliyatini   asosiy   maqsadga
bo‘ ysundi ri sh, talabalarning kel aj akda m uayyan tarbiyaviy t a’sirlarni    q abul
q ilishga   tayyorlik   darajasiga   tashxis    q o‘yishdan  iboratdir.
11 Sinfdan   va   maktabdan   tashqari   tarbiyaviy   ishlarni   tashkil   etishda   quyidagi
uslubiy tavsiyalarga amal qilinishi lozim:
1.   Tarbiyaviy   ishlarning   aniq   vazifalarini   chu q ur   anglash   uning
samaradorligini   oshirishnint g   zarur   shartidir.   Mazkur   vazifalar   mahorat   bilan
talqin   etilgan   va   talabalarga   y etkazilgan   bo‘lishi   kerak.   Tarbiyaviy   ish
tashkilotchilari o’quvchilarga o‘z nuqtai nazarlarini  majburan o‘tkazmasliklari
kerak: o’quvchilarni zarur qarorlari   qabul qilishga, go‘yo o‘z qarorlari sifatida
qabul qilinadigandek  ishontirish zarur.
2.  Har qanday tarbiyaviy ish ishchan va majmuaviy yo‘nalish asosida
loyihalashtiriladi.   Birinchi           yo‘nalish,           yuqorida           ta’kidlanganimizdek
talabalarning   jonli,   ijodiy,   qiziquvchan   faoliyatini   talab   etadi   va     zarurat
tug‘ilganda,     tirishqoqlikni,       harakatchan       ishlarni     tanlashga   y o‘naltiradi.
Ikkinchisi    esa,  o‘qituvchiga bir  vazifadan  har tomonlama  samara olishga imkon
beradi.
3. Tarbiyaviy   ishlar   jarayonida   hal   qilinishi   lozim   bo‘lgan   barcha
vazifalar   turli   ahamiyatga   ega   bo‘lishiga   intilish   shart   emas,   chunki   tarbiya
tizimini         birdaniga         bir         necha         mezonlar         orqali         optimallashtirib  
(muqobillashtirib)   bo‘lmaydi.   Tarbiyaviy   ishda,   xar   qanday   ishdagi   kabi
bosh vazifa ajratib olinadi va shu orqali qolgan vazifalar hal etiladi.
4. Tarbiyaviy   ishlar   mazmunini   uning   vazifalari   va   amalga   oshirish
sharoitlari       bilan       bog‘liq       holda       belgilab       olish       nihoyatda       muhimdir!
Material tanlanayotganda, u talabalarning tarbiyasiga ijobiy ta’sir etish  tomonlariga
e’tiborni   q aratish   lozim .   Tarbiyaviy   ishlarda   turli   xatolarga   yo‘l   qo‘ymaslik
uchun     o‘qituvchi     talabalarning     qarashlarini va  qiziqishlarini inobatga olgan
holda ularni rivojlantirishi, shuningdek,   ularga tayanib ish olib borishi kerak.
5. Maqsadga   muvofiq   uslublar,   usullar   va   vositalar   tarbiyaviy
ishlarning   har   bir   bosqichi   uchun     alohida   loyihalanadi.   Bunda
uslublarning   imkon   qadar   faollik,   tashabbuskorlik,   mustaqillik
tamoyillari   ta’minlanishi   nazarda   tutilishi   lozim.   Sustlik
12 tarbiyaviy   ishlarning   asosiy   dushmanidir.   Shu   bois,   talabalarning
xulqi   kuzatilsa,   nimani   o‘zgartirish   zarurligini   ularning   o‘zlari
aytadilar.
6. Tarbiyaviy   ishlarni   tayyorlashda   tashkillashtirishning   yuqori
darajadagi   aniqligiga   erishishga   harakat   qilish   lozim.   Har   qanday
tarbiyaviy   ish   talabalar   uchun   “tashkilotchilik   maktabi”ga   aylanishi
kerak.   Tayyorgarlik   tashabbuskorlik,   talabchanlik,   kirishimlilik,
majburiyatlarni   taqsimlash   ma h orati,   vaziyatlarni   tezda   ba h olash   kabi
fazilatlarni  tarbiyalaydi,  Ishni  tayyorlash va o‘tkazish    jamoani  jipslashtirishning
to‘g‘ri yo‘lidir!
7.   Tarbiyaviy ishlar  nusxa ko‘chirishni  yoqtirmaydi. O‘zgaruvchanlik va
harakat   doirasining   kengligi   tarbiyaviy     ishlarning   farqlovch i   belgilaridir.
Guruhlarning,   ayrim   talabalarning   bir-biriga  jips sligidan   keng  foydalanishga
intilish   yaxshi   natija   beradi.   Tarbiyaviy   ishlarni   loyihalash   chog‘ida,   bir
guruhda   muvaffaqiyat   keltirgan   tajri ba   ikkinchisida   aynan   shunday   natijani
bermasligi mumkinligini  esda tutish kerak.
Maqsad,   mazmun,   shakl   kategoriyalari   tarbiya   jarayonining   mohiyati
(u   nimaga   qaratilgan,   nimani   to‘ldiradi,   nimaga   yo‘naltirilgan,   qanday   shaklda
tugallanadi)ni   ochib   beradi.   Biroq,   tarbiya   mohiyatini   yoritishda   qanday   qilib
tarbiyalash   savoli   bilan   aloqador   yana   bir   muhim   kategoriya     ham   mavjud.   Bu
tarbiya metodi tushunchasidir.
Tarbiya   metodi   (yunoncha   “metodos”   –   yo‘l)   tarbiya   maqsadiga
erishishning   yo‘li.   Ta’lim   muassasasi   amaliyotiga   tatbiq  etilganda,   metodlar   –  bu
talabalarning ongi, irodasi, tuyg‘ulari va xulqiga ta’sir etish usullaridir.
Tarbiyaning   mutlaqo   yangi   metodlarini   yaratishga   hamma   murabbiy-
o‘qituvchining   kuchi   etmaydi.   Metodlarni   takomillashtirish   muammosi   doimo
mavjud,   har   bir   murabbiy-o‘qituvchi   o‘zining   imkoniyatiga   ko‘ra   uni   hal   qiladi,
tarbiya   jarayonining   aniq   shart-sharoitlariga   mos   ravishda   o‘zining   xususiy
qarashlarini ifoda etish asosida  umumiy metodikani boyitadi. Tarbiya metodlarini
13 bunday   xususiy   takomillashtirish   tarbiya   usullari   deb   ataladi.   Tarbiya   usullari   –
umumiy   metodning   bir   qismi,   alohida   harakati,   yanada   aniqlashuvi.   Obrazli
aytganda,   usullar   –   bu   qo‘yilganmaqsadga   tezroq   erishish   uchun   o‘qituvchi
o‘zining talabalari bilan yo‘l ochadigan o‘rganilmagan so‘qmoq. Agar uni boshqa
o‘qituvchilar   ham   foydalana   boshlasa,   u   holda   asta-sekin   usullar   keng   ustunli
yo‘llar – metodlarga aylanishi  mumkin. Tarbiya metod va usullarini bilish, ularni
to‘g‘ri   qo‘llay   olishni   egallash   –   bu   pedagogik   mahorat   darajasini   belgilovchi
muhim tavsiflardan biri.  Tarbiya metod va usullarining aloqadorligi ana shunda.
Amaliyotda   tarbiya   vositalari   tushunchasi   ham   ajratiladi.   Usullar   deganda
ta’sir   ko‘rsatishlar   birligi,   vosita   deganda,   usullar   yig‘indisi   tushuniladi.   Vosita   –
bu usul ham emas, metod ham emas. Masalan, mehnat – tarbiya vositasi, biroq uni
ko‘rsatib   berish,   mehnatni   baholash,   ishdagi   xatoni   ko‘rsatish   –   bu   usullar.   So‘z
(keng   ma’noda)   –   tarbiya   vositasi,   biroq   replika ,   taqqoslash   –   usullar.   Bu   bilan
bog‘liqlikda   ba’zan   tarbiya   metodlari   qo‘yilgan   maqsadni   muvafaqqiyatli   amalga
oshirish uchun foydalaniladigan usul va vositalar tizimi sifatida aniqlanadi. Xuddi
shuningdek metodning tuzilishida usullar va vosita albatta mavjud bo‘ladi.
Tarbiyaviy   tadbirlarni   loyihalash   bosqichining   yana   bir   muhim   tarkibiy
qismi   –   baholash   va   refleksiyadir.   Pedagogik   baholashning   hozirda   ikki   turi
qo‘llaniladi:   ochiq   pedagogik   baholash   va   yopiq   tarzdagi   pedagogik   baholash.
Shaxsning   sub’ektiv   mustaqilligini   intensiv   rivojlantirgani   bois,   tobora   samarali
hisoblangan yopiq tarzdagi pedagogik baholash alohida ahamiyat kasb etadi. 
Zamonaviy tarbiya amaliyotida quyidagi tarzda ifodalanishi mumkin bo‘lgan
yopiq tarzdagi pedagogik baholash tobora katta ahamiyat kasb etib bormoqda:
- “Men – xabar”, hayotiy hodisa bilan bog‘liq o‘z holati  va kechinmalarini
ovoz chiqarib ma’lum qilish (masalan: “Yoshi kattalar yoki mansabdorlar mening
yonimda kichiklarga qo‘pol gapirsa, men doim o‘zimni noqulay his qilaman”;
-   “Sen   –   xabar”,   talaba   biror   ish   sodir   qilgan   vaziyatda   uning   taxmin
qilingan   holatini   ovoz   chiqarib   aytish   (masalan:   “Sen   juda   xafa   bo‘lganing   va
14 o‘zingni   nazorat   qila   olmaganinig   uchun   shunday   qilgan,   endi   afsuslanayotgan
bo‘lsang kerak” yoki “Bajarmadingmi, demak bajarishing kerak!”);
-   baholash   vakolatini   talaba   zimmasiga   yuklash   (masalan:   «Sen   nima
deysan? O‘z  xatti - harakating ni qanday baholaysan? ” );
-   kechiktirilgan   baho   ( “ Hammasini   keyinroq   muhokama   qilamiz ” )   va
boshqalar. 
Refleksiya   –   faoliyat   natijalarini   shaxsning   o‘zi   tomonidan   baholanishi:
“Menga   berilgan   vazifani   yaxshi   bajardimmi?”,   “Tadbirda   ishtirok   etishda
jarayonida   nimalarni   his   qildim?”,   “O‘zimni   qay   tarzda   namoyon   etdim?”,
“Tadbirdan qoniqish hosil qildimmi?”.
Tarbiyaviy   ishlarni   rejalashtirish   bosqichi   maqsadni   ko‘zlash   bosqichidan
keyin   boshlanadi   va   undan   faqat   nazariy   jihatdan   farqlanadi,   ammo   amaliy
jihatdan bu   ajralmas jarayondir. Bu bosqichda o‘qituvchilar oldida: talabalar   bilan
birga   faoliyat   yo‘nalishining   barcha   qismlarini   aniqlash,   ishtirokchilar orasida
majburiyatlarni   taqsimlash,   ularni   qanday   qilib   bajarish   lozimligini   ko‘rsatish   kabi
muhim vazifalar ham turadi.
Sinfdan   va   maktabdan   tashqari   tarbiyaviy   tadbirlarni   rejalashtirishda
quyidagilarga e’tibor qaratish zarur:
1.   Tarbiyaviy   tadbirlarni   tashkil   etishda   talabalarning   tayyorgarlik
darajasiga   tayanish,   ularning   yosh   va   shaxsiy   xususiyatlarini   imkon   darajasida
kengroq     qamrash lozim. Chunki,  tarbiyaviy tadbirning  favqulodda  murakkabligi
murabbiy-o‘qituvchi   maqsadining   talabalar   tomonidan   anglab   y etilmasligiga,
tadbirning nega va nima uchun tashkil etilganligi haqidagi noaniq   tasavvur esa,
tarbiyaviy tadbirni quruq rasmiyatchilikka aylantiradi. Keyingi tadbir ga kiziqtirish
engil kechmaydi.
2.  Tarbiyaviy tadbir – jamoatchilik ishi. Murabbiy-o‘qituvchi talabalarning
tadbir   ishlanmasini   tuzish ning   nihoyatda   mas’uliyatli   iish   ekanligi,   talaba   amalga
oshirayotgan   har   bir   bosqichning   boshqa   bosqichlar   bilan   albatta   bog‘liqligi   va
bir-birini takozo etishi his etishiga imkoniyat yaratishi lozim.
15 3. Murabbiy-o‘qituvchi   r ejalashtirishning     tarmoqli     metodikasi,
ko‘rgazmali,   oson   o‘ kiladigan       va       tushunarli       chizma       rejalar       tuzish
metodikalari    bilan t anish bo‘lishi lozim. Talabalar   bilan ularni o‘rganish hamda
tarbiyaviy tadbirni re jalashtirishda tarmoqli chizmani qo‘llashi maqsadga muvofiq.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etishning asosiy
qoidalari:
-   bajarilishi   lozim     bo‘lgan     ishlarning   maqsadini     aniq   belgilash,  
harakatni       boshidan       oxirigacha       yaxlit       tasavvur       qilish       (nimaga     erishish
kerak?);
- tarbiyaviy   tadbir   ishtirokchilari   uchun   aniq   vazifalarni   b e lgilash
(qanday  harakatlar vositasida erishish mumkin?);
- kutilayotgan ish uchun barcha zaruriy narsalarni tayyorlash (nimalar
yordamida erishish mumkin?);
- natijalarni   aniqlash   uchun   muayyan   mezonlarni   belgilash   (erishilgan
mi q dor  q ancha?);
- javobgarlik,   vazifani   bajarishga   mas’ul   va   hisobot   vaqtini
taqsimlash (maqsadga  erishilganlikni nima bilan rag‘batlantirish mumkin?);
- tashkiliy   tizimni   uyushtirish   vositasi   sifatida   ijrochilarga   yo‘l-
yo‘riq ko‘rsatish (qanday qilib erishish mumkin?).
Xulasa qilib aytadigan bo’lsak,   tarbiyaviy ishlar  turli-tuman bo’lishi  kerak.
O’quvchilar   yorqin   ishlarni   uzoq   eslab   yuradilar,   shu   bois   bunday   ishlarni
takrorlash   maqsad ga   muvofiq   emas,   chunki   u   ahamiyatini   yo‘qotishi   mumkin.
Tarbiyaviy  ishlarni har doim yangisini topish qiyin, ammo ularni topishga harakat
qilish zarur. Tarbiyaviy ishlar zahirasida ko‘plab qiziqarli tadqiqotlar  mavjud va bu
takrorlamaslikni,   aksincha,   aniq   sharoitlar   bilan   muvofiqlashtirgan   holda
o‘quvchini rivojlantirishni kafolatlaydi .
16 Tarbiyaviy   ishlarda   turli   xatolarga   yo‘l   qo‘ymaslik           uchun           o‘qituvchi
talabalarning           qarashlarini   va   qiziqishlarini   inobatga   olgan   holda   ularni
rivojlantirishi, shuningdek,  ularga tayanib ish olib borishi kerak.
II BOB. “INTERFAOL TA’LIM ASOSIDA SINFDAN VA MAKTABDAN
TASHQARI TARBIYAVIY ISHLARNING   MAQSAD VA VAZIFALARI” 
2.1. “Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning   maqsad va
vazifalari” ga  doir interfaol metodlar tizimi
Bugungi kunda zamonaviy ta’lim samaradorligini oshirishning eng maqbul yo’li-
mashg’ulotlarni interfaol metodlar yordamida tashkil etish, deb qaralmoqda. 
Interfaol ta’lim axborot komunikatsion texnologiyalar yordamida bilim, ko’nikma, 
malakalarni o’zlashtirishni anglatadi.
Matn   bilan   ishlash   –   talabalarni   axborotlar   bilan   tanishishi,   mazmunini
tushunib yetishlari, axborotlarni tahlil etish, umumlashtirish, taqqoslash va xulosa
chiqara   olishlarigacha   bo‘lgan   jarayonni   samarali   amalga   oshishini   ta’minlovchi
metod.   Mazkur   metodni   qo‘llash   jarayonida   talabalarni   matn   bilan   ishlashga
qiziqishlarini orttirish maqsadida turli darajadagi savollardan foydalanish mumkin:
1)   ma’lumotlarni   o‘zlashtirganlikni   aniqlash   maqsadida     va   talabalardan
o‘qiganlarini   mexanik   qayta   esga   tushurishlarini   talab   etuvchi   oddiy   turdagi
savollar:   “Mazkur   voqea   qachon   va   qayerda   sodir   bo‘lgan?”,   “Matnda   qanday
voqea haqida gap boryapti?”;
2)   o‘qilganlarini   talabadan   boshqa   shaklga   ko‘chirib   o‘tkazishni   talab
etuvchi savollar: “O‘qiganlaringizni bayon etib bering”, “Mazkur kishi sizningcha,
qanday ko‘rinishga ega?”;
3) g‘oya, dalil, tushuncha yoki qadriyatlar orasida aloqadorlikni ochib berish
uchun talabalarga beriladigan savollar: “Sizningcha, bunday xulq-atvorning sababi
17 nima-da?”, “Mazkur voqeani kelib chiqish sabablarini qanday izohlash mumkin?”,
“Mazkur voqeaga o‘xshash yana qanday holatlarni bilasiz?”;
4)   bevosita   talabalardan   qo‘llab   ko‘rishni   talab   etuvchi   savollar:   “Siz
yoningizdagi o‘rtog‘ingizga xuddi shunday muomala qila olasizmi?”, “O‘zingizga
zarur, biroq o‘rtog‘ingiz sizdan aynan shu narsani so‘rab turibdi, unga o‘zingizdan
kechib berib tura olasizmi?”;
5)   talabalardan   tahlil   etishni   va   yuqori   intellektual   darajada   javob   berishni
talab   etuvchi   savollar:   “O‘zingizni   mazkur   holatga   ko‘rib   qo‘ya   olasizmi?”,
“Mazkur kishining o‘rnida bo‘lganingizda qanday yo‘l tutgan bo‘lar edingiz?”;
6)   talabalardan   ijodiy   yondashuvni   talab   etuvchi   savollar:   “Mazkur
vaziyatdan qanday chiqib ketish mumkin?”, “Muammo qanday tarzda hal qilinsa,
hech kimga zarar etmaydi?”;
7) talabalarda baho berishni talab etuvchi savollar: “Matni sizga yoqdimi?”;
“Matndagi eng asosiy g‘oya nima?”, “Ishtirokchilarning matn yuzasidan bildirgan
fikrlariga qanday munosabat bildira olasiz?”.
“Aqliy   hujum”     metodi   ilmiy   va   amaliy   muammolarni   hal   etish   uchun
yangi   g‘oyalarni   izlab   topishni   keng   qo‘llaniladigan   usullari   yig‘indisidir.   Uning
mohiyati   muammoni   hal   qilishning   noan’anaviy   yo‘llarini   izlab   topishga   doir
jamoaviy birgalikdagi faoliyatni tashkil etishda yorqin namoyon bo‘ladi. 
Mazkur   metodni   qo‘llashda   quyidagi   pedagogik   maqsadlarga   erishishga
harakat qilinishi lozim:
1) talabalar tomonidan o‘quv materialini ijodiy o‘zlashtirish;
2) nazariy bilimlarning amaliyot bilan aloqadorligi;
3) talabalarning o‘quv-bilish faoliyatini faollashtirish;
4) tanqidiy, moslashuvchan fikrlashni rivojlantirish;
5) refleksiv ko‘nikmalarni rivojlantirish;
6) dolzarb   vazifalarni   hal   etishda   talabalarning   diqqat   va   aqliy   kuchlarini
birlashtira olish qobiliyatini shakllantirish;
7) jamoaviy ijodiy faoliyat tajribalarini shakllantirish;
18 8) talabalar   guruhida   xohish-istakka   asoslangan   ishchan   muhitni
shakllantirish.
“Ma’ruza   –   munozara”   metodi.   Ushbu   metodning   maqsadi   talabalarning
tanqidiy fikrlashini  rivojlantirish, axborotni tushuna olish jarayonini faollashtirish
hamda o‘rganilgan ma’lumotni yanada chuqurroq tushunishdan iborat. 
Bunga ko‘ra, o‘qituvchi ma’ruzani  mantiqiy qismlarini bayon etishda tezda
fikrlar   almashuvini   tashkil   etadi.   Tanlab   olingan   masalalarni   ma’ruzachi
eshituvchilardan   mustaqil   muhokamasini   amalga   oshiradi.   Munozara
ishtirokchilari   o‘z   fikrlarini   o‘tirgan   joylaridan   turmasdan   ham   bildirishlari
mumkin. 
Munozara   mashg‘ulot   so‘ngida   butun   ma’ruza   mazmuni   bo‘yicha   ham
o‘tkazilishi mumkin.
Hatto   ma’ruza   davomidagi   qisqa   munozara   o‘quv   jarayonini   jonlantirib
yuboradi,   talabalarning   bilish   faolligini   faollashtiradi,   eng   muhimi,   ma’ruzachiga
butun   guruhning   fikrini   boshqarishga   yordam   beradi.   Taxminan   mazkur   ma’ruza
quyidagi chizma asosida tashkil etiladi:
Ma’ruza  Munozara  Ma’ruza  Munozara  Xulosalar 
S h uningdek,   mazmunli   bosqichda   dialog   usullari dan   keng   foydalanish
lozim.   Dilogli   muloqot   o‘zaro   ishonchga   asoslangan   munosabatlarni   yo‘lga
qo‘yishga   imkon   beribgina   qolmasdan,   balki   shaxsga   yo‘naltirilgan   yondashuv
bilan bog‘liqlikda shaxsga  yo‘naltirilgan ta’lim  texnologiyasining muhim  tarkibiy
qismi sifatida namoyon bo‘ladi. 
Dialog   shaxslararo   muloqot   shakli   sifatida   individlarning   bitta   narsa-
hodisaga   nisbatan   o‘zaro   tenglikdagi   harakatini   talab   etuvchi   istalgan   tarzdagi
birgalikdagi   kommunikativ   faoliyatini   o‘zida   aks   ettiradi.   Dialogik   muloqot
birgalikdagi   faoliyat   ishtirokchilarining   individual   kuchlarini   birlashtirish,
o‘qituvchi  va talabalarning to‘liq o‘zaro bir-birlarini  tushuna  olishlarining radikal
19 vositasi   sifatida   muhim   ahamiyati   kasb   etadi.   Dialogik   muloqotga   kirishish
natijasida o‘qituvchi va talabalar o‘rtasida barqaror aloqalar yuzaga keladi. 
O‘yin metodi.   “Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning maqsad
va   vazifalari” da   muhim   o‘rin   egallaydi.   Pedagogik   adabiyotlarda   o‘yin   “ijtimoiy
tajribani   yaratish   va   o‘zlashtirishga   yo‘naltirilgan   faoliyat   shakli”   sifatida
tavsiflanadi. 
“Sinfdan   va   maktabdan   tashqari   tarbiyaviy   ishlarning   maqsad   va
vazifalari” da o‘yin metodining ahamiyati quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
1) bo‘lajak hayotiy faoliyatini modellashtirish;
2) xilma-xil “fuqarolik qiyofasi” modellarida o‘zini sinab ko‘rish;
3) ishchan, ijtimoiy-rolli o‘zaro munosabatning refleksiv usullarini egallash.
“Sinfdan   va   maktabdan   tashqari   tarbiyaviy   ishlarning   maqsad   va
vazifalari” da   turli   murakkab   hayotiy   vaziyatlarda   insonning   xulq-atvor   usullariga
yo‘naltirilgan   rolli,   dramalashtirilgan,   ishbop,   taqlidga   asoslangan   (imitatsion)
o‘yinlardan foydalanish maqsadga muvofiq.
  Trening   metodi.   Ta’limning   faol   metodlari   orasida   trening   y etakchi   o‘rin
egallaydi.   Mazkur   yo‘nalishda   tadqiqot   olib   borgan   olimlar   (I.V.Vachkov,
L.P.Grimak,   B.M.Masterov,   G.A.Sukerman   va   boshqalar)   treningni   etakchi
tamoyillari   sifatida   quyidagilarni   ajratib   ko‘rsatishadi:   sub’ekt-sub’ekt,
muammolilik, faollik, jamoaviylik.     Bizning tadqiqotimizda esa trening   “Sinfdan
va   maktabdan   tashqari   tarbiyaviy   ishlarning   maqsad   va   vazifalari”   bilan   bog‘liq
qator usullarni o‘z ichiga oluvchi metod sifatida namoyon bo‘ladi. Trening turlari
orasida   ijtimoiy-psixologik   treninglar   muhim   o‘rin   tutadi.   Ijtimoiy-psixologik
treningning bosh maqsadi – muloqotda kompetentlikni oshirishdir. Keng ma’noda
ijtimoiy-psixologik trening deganda, muloqot sohasida egallanadigan alohida bilim
va ko‘nikmalar, ularni korreksiyalashga muvofiq keluvchi ish shakllari tushuniladi.
“Kontakt” – jamoaviy hikoya tuzish treningi. 
     Trening   maqsadi:
1) ishtirokchilarni bir-biri bilan tanishtirish;
20 2) do‘stona munosabatni va ijodiy muhitni yuzaga keltirish;
3) talabalar o‘rtasidagi ruhiy to‘siqlarni  y engishga o‘rgatish. 
Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi.  Mashg‘ulot boshlanishidan oldin o‘qituvchi
iltimosiga   ko‘ra   talabalar   xonaning   kiraverish   joyida   maxsus   stolga   tayyorlab
qo‘yilgan   raqamlar   yozilgan   qog‘ozlardan   bittadan   tanlab   oladilar   (raqamli
qog‘ozlar   o‘quvchilar   soni   bo‘yicha   tayyorlanadi)   va   doira   shaklida   qo‘yilgan
stullarga borib joylashadilar.
Talabalar   o‘z   joylarini   egallagach,   o‘qituvchi   ular   bilan   tuziladigan
hikoyaning   mavzusini   kelishib   oladi   yoki   o‘qituvchining   o‘zi   biron   bir   mavzu
taklif etadi (hikoya mavzusi talabalarning yoshi, qiziqishlarini hisobga olgan holda
sarguzashtli, hayotiy yoki yoshlar hayoti, odob-ahloqi haqida bo‘lishi mumkin).
Mashg‘ulot   talabalardan   birining   biron   bir   mavzu   yoki   tanlangan   mavzu
asosidagi   hikoyasidan   boshlanishi   mumkin   (uncha   faol   bo‘lmagan   guruhlarda
mavzu  bo‘yicha  hikoyani  o‘qituvchining o‘zi  boshlab   berishi  mumkin).  Hikoyani
boshlagan   talaba,   uning   eng   qiziqarli   joyida   so‘zlashdan   to‘xtab,   “Hikoyaning
davomi   raqamli   talabada”   deydi.   Raqami   ko‘rsatilgan   talaba   hikoyani
(voqeani) to‘xtagan joyidan (mavzudan chiqmagan holda) boshlab davom ettiradi.
Bu   talaba   ham   avvalgi   talaba   kabi   hikoyaning   eng   qiziqarli   joyida   to‘xtab
“Hikoyaning davomi   raqamli   o‘quvchida”   deydi.   Mos   raqam   ko‘rsatilgan
talaba   hikoyani   (voqeani)   kelgan   joyidan   boshlab   davom   ettiradi.   Hikoyani
so‘zlash, davom ettirish davradagi  talabalarning har biri ishtirok etmaguncha, shu
tariqa davom etadi.
O‘qituvchi talabalarning so‘zlayotgan hikoyalari bir-biriga mantiqan bog‘liq
va   mazmunga   ega   bo‘lishini   kuzatib   boradi   hamda   mavzudan,   mazmundan
chetlanish bo‘lsa, bu holatni to‘g‘rilab boradi.
Hikoya   tuzilgach,   o‘qituvchi   barchaga   minnatdorchilik   bildiradi   va   kerakli
tavsiyalarni beradi.
“Qadam-baqadam” treningi. 
21 Treningmaqsadi: talabalarning tolerant xulq-atvorni egallaganlik darajalarini
aniqlash.
Treningdan kutiladigan natija: tarbiyalanuvchchilar bir-biriga qarama-qarshi
so‘zlarni   topish   orqali   tolerant   va   intolerant   so‘zlar   bilan   tanishadilar,   ularning
hayotdagi   o‘rnini   aniqlaydilar,   bu   so‘zlarni   o‘z   faoliyatlarida   qo‘llash   darajasini
belgilaydilar.
Mashg‘ulotni   o‘tkazish   tartibi.   Mashg‘ulot   “qadam-baqadam”   usuli
asosida tashkil etiladi, ya’ni mashg‘ulot davomida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan
har bir ish bir qadam deb olinadi va har bir qadamda talabalar biron-bir faoliyatda
ishtirok   etadilar   yoki   biron-bir   ish   bajaradilar.   Misol   tariqasida,   “Bir-biriga
qarama-qarshi   ma’noli   so‘zlarni   ayt”   mavzusidagi   tarbiyaviy   mashg‘ulotni
o‘tkazish tartibini keltirib o‘tish mumkin:
1-qadam   –   talabalar   o‘qituvchi   tomonidan   tarqatma   materialda   yozilgan
so‘zlarni   diqqat   bilan   o‘qib   chiqishlari   va   har   bir   so‘zning   qarshisiga   ahamiyati
bo‘yicha qarama-qarshi bo‘lgan so‘zlarni yozishlari zarur:
Hamdardlik –  
Rahmdillik – 
Ochiqko‘nglilik – 
Insonparvarlik – 
Ziyraklik –
Sahovat –
Erkinlik –
Adolat –
2 -qadam  – talabalardan  har bir so‘zga ta’rif berish talab qilinadi.
3 -qadam   –   guruhlarga   bo‘linib,   keltirilgan   so‘zlar   ishtirokida   hikoya   yoki
ertak tuzish tavsiya etiladi.
4-qadam   – guruhlarda bir-birlarining hikoyalari (ertaklari) yuzasidan savol-
javoblar o‘tkaziladi.
5 -qadam  – guruh ishlari o‘zaro baholanadi.
22 6 -qadam  – o‘qituvchi mashg‘ulotni yakunlaydi.
“Panorama” treningi. 
Trening maqsadi:   mashg‘ulot talabalarni  aniq bir muammoni  yakka holda
(yoki kichik jamoa bo‘lib) fikr yuritib hal etish, yechimini topish, ko‘p fikrlardan
zarurini tanlash, tanlab olingan fikrlarni umumlashtirish va ular asosida qo‘yilgan
muammo   yuzasidan   aniq   bir   tushuncha   hosil   qilishga,   shuningdek,   o‘z   fikrlarini
ma’qullay olishga o‘rgatish.
Mashg‘ulotni   o‘tkazish   tartibi.   O‘qituvchi   mashg‘ulotni   yoshlar
tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi  taxdidlar, xatarlar:   xalqaro terrorchilik, diniy
ekstremizm,   giyohvand   moddalar   tajovuzi,   OITS,   egotsentrizm,   ahloqsizlik
falsafasi, “Dunyo fuqarolari” — kosmopolitizm va  ularga nimalarni qarshi qo‘yish:
farzandlarni   asrash,   hushyorlik,   yoshlarni   g‘oyaviy   qurollantirish,   mafkuraviy
immunitetni   kuchaytirish,   tahdidlar   mohiyatini   oddiy   so‘zlar,   hayotiy   misollar
bilan   tushuntirish,   millat   kelajagi   uchun   mas’uliyatni   shakllantirish,   iroda,
e’tiqodni   mustahkamlash,   ongli   yashashga   o‘rgatish,   axborot   tajovuz   mohiyatini
ochib   berish,   nikohni   mustahkamlash   kerakligi   haqida   ma’lumot   berishdan
boshlaydi.   O‘qituvchi   mashg‘ulotning   asosiy   mavzusi   bo‘yicha   yo‘naltiruvchi
so‘zida,   hozirgi   kunda   yoshlarda   mafkuraviy   immunitetni   kuchaytirishga   katta
e’tibor qaratilayotgani, chunki mafkuraviy immunitet — begona, zararli  g‘oyalar,
mafkuralar bilan to‘qnash kelganda, unga nisbatan o‘z munosabatini bildira olish,
unga qarshi kurashishga g‘oyaviy, ma’nan tayyor bo‘lish imkoniyati ekanligi, har
bir odam, avvalo, har bir yosh o‘zining mustaqil fikriga ega bo‘lmaguncha bunday
immunitetni   shakllantirib   bo‘lmasligi   haqida   fikr   bildiradi   va   shu   sababdan
bugungi tarbiyaviy mashg‘ulotning mazmunini “Zamonaning global muammolari”
mavzusi orqali yoritish zarurligini tushuntiradi.
O‘qituvchi   kirish   so‘zidan   so‘ng,   talabalarning   umumiy   soniga   qarab   3-5
kishidan iborat kichik guruhlarga ajratadi (kichik guruhlar soni  4   yoki 5 ta bo‘lgani
maqsadga   muvofiq).   So‘ngra,   u   talabalarga   mashg‘ulotning   maqsadi   va   uni
o‘tkazilish   tartibini   tushuntiradi.   Har   bir   kichik   guruhga   avvaldan   tayyorlangan
23 tarqatma   materiallarni   tarqatadi.   O‘qituvchi   kichik   guruh   a’zolarini   tarqatma
materialda   berilgan   jadvalda   yozilgan   asosiy   fikr   “Hozirgi   zamon   global
muammolari”   mavzusiga   kiritilgan   global   muammolar   bilan   tanishib   chiqish   va
ulardan   bittasini   tanlashni   talab   etadi.   Tanlagan   muammolari   bo‘yicha   ajratilgan
bo‘limga o‘z fikr-mulohazalarini birgalikda yozma bayon etishlarini so‘raydi, uni
bajarishga   ularning   o‘zaro   munosabatlarini   chiziqlar   yoki   boshqa   belgilar
yordamida   ko‘rsatadilar:   jamoaning   yagona   yoki   qarama-qarshi   holatlari   ishlab
chiqiladi.
“Kerakli   so‘zlarni   topib   qo‘ying”   metodi   talabalarning   o‘z   qadriyatlari
tizimini   mustaqil   baholay   olishlariga   imkon   beradi.   Mazkur   metodni   qo‘llash
uchun qadriyatlar tushirib qoldirilgan gaplar tuziladi. Tarbilanuvchilardan ana shu
nuqtalar   o‘rniga   o‘zlari   ma’qul   deb   hisoblaydigan   qadriyat   bilan   bog‘liq   so‘zni
topib qo‘yish so‘raladi.
Quyida berilgan gaplarni o‘qing va orasiga siz uchun muhim bo‘lgan kerakli
so‘zlarni yozib chiqing.
1. Men ko‘proq insonlardagi …………………………qadrlayman.
2. Men o‘z tengdoshlarimni ……………………   uchun hurmat qilaman.
3. Men o‘z tengdoshlarimni ……………… uchun hurmat qilmayman.
4. Men   o‘zimda   ko‘proq   …………… ..........   fazilatlarni   aks   ettirishni
xohlayman.
5. Mening hayotdagi eng asosiymaqsadim – bu ……………………… .....
6. Men istalgan qarorni chiqarishda …………………… asoslanaman.
“Fikr   bildirish”   metodi.   Mazkur   metod   talabalarning   o‘z   qadriyatli
tasavvurlari   bilan   bog‘liqlikda   fikrlarni   to‘g‘ri   baholay   olish   qobiliyatlarini
shakllantirishmaqsadida   qo‘llaniladi.   Metodni   qo‘llash   uchun   eng   avvalo,
baholovchi   tavsifga   ega   fikrlar   shkalasi   hosil   qilinadi.   Mazkur   fikrlarni   baholash
uchun “baholovchi so‘zlar” taklif etiladi. 
24 Quyida   bir   nechta   hayotingizda   uchrab   turadigan   vaziyatlar   taqdim   etilgan.
Mazkur   vaziyatlar   bilan   tanishing   va   ularga   o‘z   munosabatingizni   bildiring.   Fikr
bildirishja “ba’zan”, “qisman”, “hech qachon” javoblaridan foydalaning.
1. Men   boshqa   madaniyat(lar)ni,   hayot   tarzini,   an’analarni,   madaniy   va
ma’naviy qadriyatlarni bilishga intilaman.
2. Men boshqa boshqa madaniyatlarni bilishga qiziqaman. 
3. Men o‘z madaniy tasavvurlarimdan o‘zgacha madaniy hodisalarga tolerant
munosabatda bo‘la olaman.
4. Men boshqa millat vakillarining milliy qadr-qimmatini hurmat qilaman.
5. Men boshqa millat xususiyatlarini bilishga qiziqaman.
6. Men milliy tafovutlarga tolerant munosabatda bo‘laman.
7. Men o‘zgacha nuqtai nazarni hurmat qilaman.
8. Men o‘z nuqtai nazarimni to‘g‘ri va asosli bayon qila olaman.
9. Men suhbatdoshimni empatik qabul qila olaman.
Xulosa   qilib   aytadigan   bo’lsak   ushbu   interfaol   metodlar   orqali   o’quvchilarni
qiziqishlarini   oshirishga,   ularni   o’z   qiziqishlari   va   yo’nalishlarini   topib
olishlariga   yordam   beradi.   Interfaol   metodlar   yordamida   har   qanday
to’garaklarni tashkillashtirish oson va qiziqarli kichadi. 
25 2.2. “Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning maqsad va
vazifalari”ga doir interfaol mashg‘ulotlarni tashkil etish
1-mashg‘ulot. “Tolerantlik” (amaliy mashg‘ulot).
Mashg‘ulotning   maqsadi   :   talabalarda   tolerantlik   haqidagi     umumiy
tasavvurlarni shakllantirish.
Mashg‘ulotdan kutiladigan natijalar:
1) talabalar   “tolerantlik”,   “konflikt”,   “kompromiss”   tushunchalarining
ta’rifini bilib oladilar;
2) demokratiya   va   tolerantlik,   tolerantlik   va   konflikt   orasidagi   o‘zaro
aloqadorlikni tushunib oladilar;
3)  guruhlarda ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘ladilar.
Mashg‘ulotning asosiy tushunchalari: 
- demokratiya;
- tolerantlik;
- konflikt;
- intolerantlik;
- kompromiss.
I.   Motivatsion   da qiqa.   Talabalarga   demokratiya   mavzusini   eslash   taklif
etiladi.   Dsokada   mazkur   atama   yozib   qo‘yiladi.   Keyin   quyidagi   savol   beriladi:
“Sizda   mazkur   so‘z   qanday  fikr,  his-tuyg‘uni   hosil   qilyapti?”.  Doskada   taxminan
quyidagi yozuv paydo bo‘ladi:
26 Demokratiya:
1) erkinlik;
2) shaxsiy erkinlik;
3) erkin fikr;
4) erkin tanlov;
5) shaxsiy huquq va erkinlik va boshqalar.
 Talabalar e’tiboriga mazkur masala nihoyatda munozarali, murakkab ko‘rinishda 
namoyon bo‘lishi haqidagi fikr havola etilib, nega shunday ekanligi haqidagi savol 
bilan murojaat etiladi. Talabalarning individual javoblari eshitiladi, keyin xulosa 
chiqariladi: “Biz demokratiya qanday idrok etishimiz haqidagi fikrlarni eshitdik. 
Haqiqiy demokratiya esa qandaydir tayanch, negizga asoslanishi lozim. Aynan 
shunday tayanch sifatida tolerantlik aks etadi”.
II.   “Tolerantlik”tushunchasi ustida ishlash. O‘qituvchi biz hammamiy u yoki
bu darajada  “tolerantlik” tushunchasi   bilan tanishmiz,  deb  ta’kidlab o‘tadi. So‘ng
talabalarga   tolerantlik   tushunchasi   mohiyati   ochib   berilgan   matnni   tarqatadi.
Talabalar matn bilan tanishib bo‘lishgach, matn yuzasidan muhokama o‘tkaziladi.
Muhokamadan   so‘ng   “Tolerantlik   nima?”   degan   savolga   javob   taqdim   etiladi:
“Tolerantlik   –   bu     chidamlilik,   toqatlilik   va   sabr-bardoshlilikdir”.   O‘z-o‘zidan
savol   tug‘iladi:   “Nimaga   nisbatan   toqatlilik,   chidamlilik?”.   Talabalarning   fikrlari
yana   doskaga   yoziladi.   Javoblar   taxminan   quyidagi   ko‘rinishga   ega   bo‘lishi
mumkin:
1) boshqa dinlarga bag‘rikenglik;
2) boshqa turmush tarziga toqatlilik;
3) xulq-atvor me’yorlariga chidamlilik va boshqalar.
O‘qituvchining   savoli:   “Kundalik   turmush   tarzimizda   biz   har   doim   ham
tolerant bo‘lavermaymiz. Nima uchun?”
1. Savol muhokama qilinganidan so‘ng, talabalarga o‘z fikrlarini “Tarbiya”
ensiklopediyasida   keltirib   o‘tilgan   ma’lumotlar   bilan   taqqoslash   taklif   etiladi.
Dastlab   matn   ustida   ishlash   “Insert”   metodi   asosida   individual   ravishda   amalga
27 oshiriladi, ya’ni talabalar matn bilan ishlash jarayonida o‘z qog‘ozlarida quyidagi
belgilarni qo‘yib borishlari so‘raladi:
“ + ”  –  men uchun yangi;
“!”  –  boshqacha o‘ylayman;
“ v ”  –  qo‘shilmayman;
“?” – alohida izohni talab etadi.
Keyin guruhlarda matnni muhokama etiladi, natijada esa birinchidan, barcha
“?”lar   o‘z   echimini   topishi   kerak,   ikkinchidan,   “v”   belgisi   bilan   bog‘liqlikda
barcha uchun qiziqarli umumiy masalalar belgilab olinishi kerak.
Mashg‘ulotning   mazkur   bosqichi   yakunida   “tolerantlik”   tushunchasining
murakkabligi   va   mazkur   fazilatni   shakllantirishda   yuzaga   keluvchi   qiyinchiliklar
aniqlashtirilishi zarur.
III.   “Tolerantliksiz   hayotimiz   qanday   bo‘ladi?!”.   Biz   yuqorida   tolerantlik
nima   ekanligi   va   intolerantlikning   asosiy   sabablarini   aniqladik.   Talabalarga
tolerantliksiz   atrof-borliqni   tasavvur   qilib   ko‘rish   so‘raladi.   Buning   uchun
guruhlarga   kundalik   hayotimizda   tolerantlik   tamoyiliga   amal   qilinmagan
vaziyatlarni eslash topshirig‘i beriladi. Jumladan, birinchi guruhga Mehribonlik uyi
bilan   bog‘liq   vaziyat   beriladi;   ikkinchi   guruhga   maktab   hayotidan;   uchinchi
guruhga   diniy   masalalarga   doir;   to‘rtinchi   guruhga   millat   masalasi   bilan   bog‘liq
vaziyatlar   taqdim   etiladi.   Guruhlarning   fikrlari   eshitib   bo‘linganidan   so‘ng,
istalgan   intolerantlik   konfliktni   keltirib   chiqarishi   haqidagi   to‘xtamga   kelinadi
(“koflikt” tushunchasi doskaga yozib qo‘yiladi).
IV.   Konfliktni   hal   etish   usullari.   O‘qituvchi   “Konfliktlar”   mavzusi   o‘z-
o‘zidan murakkab masala ekanligi, shu sababli mashg‘ulotda konfliktli vaziyatlarni
hal etish masalasiga to‘xtalib o‘tish lozimligini ta’kidlab o‘tadi. Buning uchun har
bir   guruhga   konfliktni   hal   etish   alohida   usuli   taqdim   etiladi.   Talabalardan   guruh
bo‘lib,   mazkur   usulni   muhokama   etishlari   va   uni   loyiha   ko‘rinishida   taqdim
etishlari   so‘raladi   (“birgalikda   o‘rganamiz”   va   “kichik   loyiha”   metodlarining
uyg‘unlashuvi).
28 Birinchi  guruhga konfliktli  vaziyatni  hal  etish usuli  sifatida “kompromiss”,
ikkinchi   guruhga   “muammoni   kuch   bilan   hal   etish”,   uchinchi   guruhga   “masalani
qonun   yo‘li   bilan   hal   etish”,   to‘rtinchi   guruhga   “muzokara”   yo‘li   bilan   hal   etish
taqdim etiladi.
Guruhlarda ishlash yakunlangach, doskaga konfliktli vaziyatlarni hal etishga
doir chizma, rasmlar ifodalangan loyiha taqdimoti o‘tkaziladi.
V. Refleksiya. Refleksiv daqiqa sifatida tolerantlik tushunchasi bilan bog‘liq
“O‘n minutlik esse” yozish, mazkur tushuncha bilan bog‘liqlikda sinkveyn tuzish,
tolerantlik emblemasini chizish, mashg‘ulotga epigraf tanlash kabilar taklif etiladi.
2 -mashg‘ulot. O‘zbekiston – ko‘p millatli diyor (amaliy mashg‘ulot).
Maqsad: talabalarni O‘zbekistonning ko‘p millatli tarkibi bilan tanishtirish.
Vazifalar:   talabalarda   turli   millatlarning   e’tiqodiga   hurmat   hissini   qaror
toptirish;   ularning   boshqa   millatlarning   urf-odatlari,   rasm-rusmlariga   tolerant
munosabatda bo‘lishlariga o‘rgatish: ijodkorlik sifatlarini shakllantirish.
Mashg‘ulotning borishi:
O‘qituvchi:  Talabalar, qani aytingchi, O‘zbekistonda qanday millat vakillari
istiqomat qilishadi? (Talabalarning bir nechta javobi tinglanadi).
To‘g‘ri, respublikamizda turli xil millat vakillari istiqomat qilishadi. Hozirda
O‘zbekistonda 136 millat va elat vakillari yashashadi.
Siz qanday o‘ylaysiz, O‘zbekistonda eng ko‘p sonli millat vakillarini kimlar
tashkil etadi? (Talabalarning javoblari).
O‘zbekiston   aholisining   80%dan   ortig‘ini   o‘zbek   millatiga   mansub   kishilar
tashkil etadi. 
Talabalar,   o‘zbeklardan   tashqari   respublikamizda   yana   qanday   millat
vakillari istiqomat qilishadi? (Talabalarning javoblari).
  O‘qituvchi:  O‘zbekiston o‘z tarkibiga ko‘ra ko‘p   millatli davlat hisoblanadi.
Aholining   ko‘pchilik   qismini   (80%dan   ortig‘i)ni   o‘zbeklar,   qolgan   qismini   esa,
ruslar   (5,5%),  tojiklar   (5  %),  qozoqlar  (3  %),  qoraqalpoqlar   (2,5  %),  tatarlar   (1,5
%)   tashkil   etadi.   Aholisining   88%   musulmon   diniga   e’tiqod   qiladi,   qolganlari
29 xristianlik, buddiylik, iudaizm kabi dinlarga e’tiqod qilishadi. O‘zbekistonda ta’lim
til (o‘zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, tojik, qirg‘iz, turkman)da olib boriladi. 
Keling   talabalar   endi,   sizning   tengdoshlaringizning   O‘zbekistonda
yashovchi uch millat vakillarining madaniyati haqidagi ma’lumotlarini tinglaymiz.
Birinchi talaba  (rus millati haqida ma’lumot beradi). Ona tili  –  rus tili. Dini
xristian.   Uylari   to‘rburchak   shaklda   quriladi.   Xonalari   ixcham,   o‘ziga   xos
ko‘rinishga   ega   bo‘ladi.     Asosan,   cho‘chqa,   baliq   go‘shtidan   qilingan   taomlarni
sevib   iste’mol   qilishadi.   Ruslar   ayniqsa,   borshni   juda   mazzali   tayyorlashadi.
Qishda sho‘ba va paltolarda, yozda esa, engil kiyimlarda yurishadi. 
Ikkinchi talaba . (tatar millati haqida ma’lumot beradi). Ona tili – tatar. Dini
– islom. Tatarlarning uyi labirint ko‘rinishida quriladi, ko‘k va yashil ranglar bilan
bo‘yaladi.   Ayol   va   erkaklarning   ustki   kiyimi   beshmet   deb   nomlanadi.   Erkaklari
boshlariga do‘ppi, ayollari esa do‘xoba ro‘mol o‘rashadi. Tatarlarning milliy oyoq
kiyimi ichigi deb ataladi.
Uchinchi   talaba   (qozoq   millati  haqida  ma’lumot   beradi).  Ona   tili   –   qozoq
tili.   Dini   –   islom.   Qozoqlar   o‘ziga   xos   o‘tovlar   qurishadi.   Qimiz   va   qazini   sevib
iste’mol qilishadi. Milliy taomi – beshbarmoq deb ataladi. 
O‘qituvchi.   Talabalar   bugun   biz   siz   bilan   O‘zbekiston   xalqining   ko‘p
millatli   ekanligi   haqida   gaplashdik.   Hozir   aytib   o‘tilganlari   asosida   o‘z
daftarlaringizga “O‘zbekiston – ko‘p millatli diyor” mavzusida bayon yozing.
3.   “S h axs va mas’uliyat” mavzusidagi   trening. Mazkur trening q u yidagicha
tarkibga ega:
I.  Savol-javoblar asosida pedagogik vaziyatni birlamchi o‘rganish .
1. SHaxs mas’uliyati deganda nimani tushunasiz?  Fikringizni asoslang.
2. “ Daxldorlik   hissi ”   siyosiy   madaniyatning   asosiy   mezoni   bo‘la
oladimi?
3. Mehribonlik   uyi   hayotidagi   mas’uliyatli   damlarning   talabalarning
siyosiy madaniyatini oshirishdagi o‘rni qanday? 
30 II.   Trening asosida amaliy faoliyatni tashkil etish.
1. Tarbiyaviy   tadbirni   loyihalash   –   “ SHaxs   mas’uliyati ”   mavzusida   o‘n
minutlik esse yozish.
2. SHaxs   mas’uliyati   tushunchasini   tashkil   etuvchilarni   aniqlash   va
ularni izohlash.
3. SHaxs   mas’uliyatini   oshiruvchi   shakl,   metod   va   vositalardan
qaysilarini samarali ekanligini aniqlang.
2.3. “Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning   maqsad va
vazifalari” jarayonida talabalarni to‘garaklar faoliyatini boshqarishga
tayyorlash
Zamonaviy pedagogika fani o’quvchiga ta’lim-tarbiya berish, ular iqtidorini
rivojlantirishda   yangidan-yangi   imkoniyatlarni   izlamoqda.   Umumiy   o’rta   ta’lim
tizimida   o’quvchi   o’zining   shaxsiy   ta’lim   olish   yo’nalishiga   ham   ega   bo’lishi
kerak.   Bu   esa   uning   individual   ehtiyojlari   va   imkoniyatlarini   namoyon   qilishiga
ko’maklashadi.   Ana   shunday   imkoniyatni   taqdim   etadigan   ta’limni   tashkil
etishning   yordamchi   shakllaridan   biri   –   to’garakdir.   To’garak   –   o’quvchilarning
qiziqishlari   va   ehtiyojini   hisobga   olgan   holda   tashkil   etiladigan   ta’limni   tashkil
etish   shakli   bo’lib,   o’quvchilarning   iqtidor   va   qobiliyatlarini   rivojlantirish   hamda
ularning   bo’sh   vaqtini   samarali   o’tkazishga   xizmat   qiladi.   Shunga   ko’ra   Xalq
ta’limi   vazirligi   maktabdan   tashqari   ta’lim   muassasalari   faoliyatini   ilmiy   asosda
tashkil   etish,   ularning   metodik   hamda   moddiy-texnik   bazasini   rivojlantirishga
alohida   e’tibor   qaratmoqda.   Masalan,   “O’quvchilarni   tarbiyalashda   oila,   mahalla,
maktab hamkorligi” kontseptsiyasi, “Maktabdan tashqari ta’limga qo’yilgan davlat
talablari”,   “Sinfdan   va   maktabdan   tashqari   tarbiyaviy   ishlar   Kontseptsiyasi”   va
o’ndan   ortiq   yoshlar   ijodiyoti   markazlari   hamda   to’garaklarning   dasturlari   qabul
qilinib, amaliyotga joriy etilgan.
31 To’garak ishlari sinfdan tashqari vaqtlarda tashkil etiladi. Ular umumiy o’rta
ta’lim   muassasalarida,   shuningdek,   maktabdan   tashqari   ta’lim   muassassalarida
(bolalarning   ijodiy   uylari,   madaniyat   uylari,   klublar   kabilar)   tashkil   etilishi
mumkin.   Pedagogika   kolleji   o’quvchilarida   umumiy   o’rta   ta’lim   maktablarining
boshlang’ich sinflarida va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida, bolalar yozgi
dam   olish   oromgohlarida   to’garak     mashg’ulotlarni   rahbarlik   qilish   ko’nikma   va
malakalari tarkib toptiriladi.
To’garaklarning   rang-barang   shakl   va   ko’rinishlari   mavjud.   Ularni   asosan
fan (ta’lim   dasturlariga  ko’ra:   ona tili,  adabiyot, matematika,  geografiya),  badiiy-
estetik   (tasviriy   san’at,   rangtasvir,   rassomchilik,   musiqa,   xor,   xoreografik,   raqs,
badiiy   ijodkorlik),   texnik   (o’quvchilarning   texnik   ijodkorligi   sohalari   bo’yicha),
tabiatshunoslik   (yosh   tabiatshunoslar),   turistik-o’lkashunoslik,   sport-
sog’lomlashtirish   (ular,   odatda,   sektsiyalar   deb   yuritiladi),   havaskorlik
(qiziqishlariga ko’ra) va boshqa to’garaklarga ajratish mumkin.
Talabalarni   to’garaklarga   rahbarlik   qilishlari   uchun   quyidagi   kasbiy
ko’nikma va malakalarga ega bo’lishlari lozim:
1)   mavjud   ilmiy,   ijodiy,   badiiy,   amaliy   to’garaklarning   ish   tajribasini
o’rganish;
2) ular bilan bog’liq bo’lgan me’yoriy hujjatlarni qiyosiy tarzda o’rganish va
tahlil qilish;
3) eng yaxshi ish tajribalarini o’rganish, ularni ommalashtirish;
4)   me’yoriy   hujjatlar   (nizom,   ish   rejasi,   hisobot   ko’rinishlari,   a’zolarni
ro’yxatga   olish   tartibi)ning   namunaviy   nusxalarini   tayyorlash   va   muhokamasini
tashkil qilish;
5)   ularning   tegishli   tarzda   rasmiylashtirilishi   va   amalga   kiritish   tartiblarini
ishlab chiqish;
6)   to’garaklarning   samaradorlik   darajasini   ani q lashning   me’yor   va
mezonlarni ishlab chiqish.
32 To’garaklarning   o’ziga   xos   xususiyatlaridan   biri   shundan   iboratki,   u   to’liq
ixtiyoriylik asosida bo’ladi. Unga majburlash, zo’rlash to’garakning asl mohiyatini
yo’qqa chiqaradi. Ixtiyoriylik asosida esa shaxsiy tashabbus va qiziqishlar yotadi.
Psixolog   mutaxassislar   to’garakning   to’laqonli   faoliyat   ko’rsatishi   uchun
zarur   bo’ladigan   ruhiy-ma’naviy   hodisa   va   holatlar   tavsifini   berishgan.   Buning
uchun   deylik,   “To’garakda   siz   uchun   ko’proq   nima   qiziqarli?”   degan   savol
qo’yiladi.   Bu   savolga   xolis   va   to’g’ri   javobni   olish   to’garak   faoliyati   haqidagi
haqqoniy   tasavvurlarning   shakllanishiga   imkon   beradi.   Shuningdek,   ularning
bilimlarini   chuqurlashtirishga,   bu   bilimlarni   amaliyotga   tatbiq   etish   uchun   zarur
bo’ladigan   ko’nikma   va   malakalarni   shakllantirish   hamda   takomillashtirishga
xizmat   qiladi.   Bundan   tashqari   ular   o’quvchilar   o’rtasida   hamkorlik   muhitini
shakllantirish;   o’z   faoliyatini   to’g’ri   tashkil   etishga   o’rgatish;   muntazam   ravishda
fan   yangiliklarini   bilib   borish;   mustaqil   va   ijodiy   ish   ko’nikmasini   o’zlashtirish
imkonini ham beradi.
To’garaklarda qo’shimcha adabiyotlar bilan erkin, o’z tashabbusi va ixtiyori
asosida   shug’ullanish   imkoniyati   ko’proq   bo’lishini   e’tirof   etish   kerak.   Bu   narsa
o’quvchilarda   o’zi   qilayotgan   ishdan   qanoat   hosil   qilishga,   undan   zavqlanishga
olib   keladi.   Ko’tarinkilik,   yangi   va   yaxshi   ish   qilishga   bo’lgan   ishtiyoq   tegishli
qiziqishlar bilan birgalikda o’quvchi shaxsining shakllanishiga, undagi qator ijobiy
fazilatlarning muntazam tarzda paydo bo’lishi va kamol topishiga olib keladi.
To’garakdagi   faoliyat   o’quvchi   uchun   zerikarli,   bir   xil   ishdan   qutilib,   o’zi
xohlagan, yoqtirgan mashg’ulot bilan ko’proq shug’ullanish imkonini yaratadi. Bu
yerda   u   tegishli   mashq,   vazifa,   topshiriqlarni   bajaradi,   o’ziga   huzur   beradigan
manba   va   materiallar   ustida   ishlaydi,   hatto   tengdoshlariga,   do’stlariga   samimiy
yordam   beradi,   tengdoshlarining,   o’rtoqlarining   mustaqil   va   ijodiy   fikr-
mulohazalarini   tinglaydi,   ular   bilai   bahslashadi,   munozaraga   kirishadi,   o’z   fikrini
asoslanma, haqqoniy fikrlarga, sog’lom nuqgai nazarlarga yon berishga o’rganadi.
Eng   muhimi,   unda   o’zi   yoqtirgan   o’quv   predmeti   bilan   shug’ullanish,   shu
fanda erishilgan yangiliklarni muntazam tarzda bilib borish, o’rgangan yangi shakl
33 va usullarni amaliyotda qo’llash, olimlar, soha mutaxassislari  va ijodkorlar hayoti
bilan yaqindan tanishish imkonlari kengayadi.
Har   bir   o’quvchi   muayyan   sohaga   qiziqadi.   Demak,   uning   kamida   bitta
to’garak a’zosi bo’lishi hayotiy mantiq taqozosidir. Ammo bu chegara bo’lmasligi
lozim. To’garaklarga a’zolik uchun chegara qo’yilmaydi.
Yuqorida   aytib   o’tilganidek,   fan   to’garaklari   o’quvchilarning   tegishli   fan
sohasida yangi ma’lumot va bilimlar olishiga imkoniyat yaratadi, ulardagi mavjud
bilimlarni   chuqurlashtirish   va   mustahkamlash   imkonini   beradi.   Shu   bilan
birgalikda o’quvchilar orasidagi o’zaro hamkorlikni yaratadi; o’qituvchi-murabbiy
va   o’quvchilarning   hamkorlikda   ishlashini   ta’minlaydi;   o’quvchilarni   bo’sh
vaqtdan   samarali   foydalanishga   o’rgatadi,   ularning   yuksak   ma’naviyatli   shaxs
bo’lib yetishuvi, ustoz-shogird munosabatlarining real tarzda amalga oshuvi uchun
zamin   hozirlaydi.   Pedagogika   fanlari   nomzodi   I.Rasulov   o’quvchilarning
to’garaklardagi   ishtiroki   uchun   asos   bo’ladigan   maqsadlarning   nihoyatda   xilma-
xilligini qayd etadi. Uning ko’rsatishicha, bunda:
1) yuqori malakali mutaxassis bo’lish;
2) o’z ustida ishlashga o’rganish;
3) o’quv jarayonidagi muvaffaqiyatlarni mustahkamlash;
4) fanlarni o’zlashtirishdagi qiyinchiliklarni bartaraf etish;
5) juda yaxshi o’qib, “a’lo” va “yaxshi” baholar olish;
6) fan sohalari bo’yicha yangi ma’lumotlar olish;
7) chuqur va mukammal bilimga ega bo’lish;
8) hamkorlikda ishlashga o’rganish;
9) sinfdoshlaridan ortda qolmaslik;
10)  kelajakdagi   kasbiy   faoliyatiga oid muvaffaqqiyatni ta’minlash;
11)   o’quv   faoliyatida   yuqori   natijalarga   zamin   hozirlash   uchun
o’qituvchilarning talablariga javob berish;
12) o’qituvchilar hurmatiga sazovor bo’lish;
13)   s infd oshlarga ibrat bo’lish;
34 14)  o’qituvchilar va atrofdagilarning e’tirofiga sazovor bo’lish;
15) yomon natijalar tufayli jamoa tanbehlaridan qochish; 
16) aqliy salohiyatini yanada oshirish kabi maqsadlar ustuvor mavqe tutadi.
To’garak   faoliyatining   samaradorligi   to’garak   rahbari   bo’lgan   ustoz-
murabbiyning   tashkilotchiligiga,   o’z   fanini,   o’quvchilarni,   shogirdlarini   qay
darajada sevishi va tushunishiga ham chambarchas bog’liqdir.
O’zbekiston   Respublikasining   Birinchi   Prezidenti   I.A.Karimov   Oliy
Majlisning to’qqizinchi sessiyasida so’zlagan nutqlarida, jumladan, shunday degan
edilar: “Tarbiyachilarning o’zlariga zamonaviy bilim berish, ularning ma’lumotini,
malakasini   oshirish   kabi   paysalga   solib   bo’lmaydigan   dolzarb   masalaga   duch
kelmoqdamiz.   Mening   fikrimcha,   ta’lim-tarbiya   tizimini   o’zgartirishdagi   asosiy
muammo ham mana shu yerda. O’qituvchi bolalarimizga zamonaviy bilim bersin,
deb   talab   qilamiz.   Ammo   zamonaviy   bilim   berish   uchun,   avvalo,   murabbiyning
o’zi ana shunday bilimga ega bo’lishi kerak”.
O’qituvchi o’quvchilardagi mustaqillikni, ijodkorlikni tarbiyalashda alohida
rol   o’ynaydi.   Bu   undan   har   bir   o’quvchidagi   alohida   xususiyatlarni   juda
mukammal   darajada   sezishni,   uning   shu   fanga   bo’lgan   havasini   oshirishda
foydalanishini   taqozo   etadi.   Abdulla   Avloniy   inson   shaxsining   kamol   topishida,
uning   tarbiyasida   muhim   bo’lgan   bir   qator   omillarni   sanaydi:   “Tarbiyani   kimlar
qilur? Qayda qilinur? – degan savol keladur. Bu savolga, birinchi, uy tarbiyasi. Bu
ona vazifasidur. Ikkinchi, maktab va madrasa tarbiyasi. Bu ota, muallim, mudarris
va   hukumat   vazifasidur”,   deb   javob   beradi.   Ammo   o’sha   davrdagi   o’qituvchi   va
mudarrislarga e’tirozlarini ham aytib o’tadi: “Maqsadi pul, maslagi shuhrat, yuqori
maktablarda   o’qumagan,   usuli   ta’lim   ko’rmagan   muallimlarni   aytursizmi?   Avval
o’zlari dorulmualliminlarda o’qumaklari so’ngra auditoriya bermaklari lozimdur...
Matlablari   osh,   maqsadlari   chopon,   auditoriyalari   beimtihon,   isloh   yaqinidan
yurmagan   mudarrislarni   aytursizmi?   Bular     o’z     vazifalarini     bilub,     nafslaridin
kechub,       zamong’a   muvofiq   ravishda   auditoriyalarini   isloh   qilub,   imtihon   birla
o’qutmaklari lozimdur”. Boshqa bir o’rinda esa u shunday yozadi:
35 “Ilm o’rganmak, olim bo’lmak uchun maktabga kirmak, muallimdan ta’lim
olmak lozim, aqlsiz kishilar na maktabga kirar va na muallimni bilar”.
Bugungi   kunda   mavjud   bo’lgan   axborot   oqimi   yoshlar   orasida   noto’g’ri,
ularning   ma’naviyatiga   salbiy   ta’sir   ko’rsatadigan   g’oyalarning   tarqalishiga   ham
sabab   bo’lmoqda .   Y o shlarda   begona   madaniyatlarga   intilish   va   buning   natijasida
axloqiy   me’yorlarga   zid   xatti-harakatlar   shakllanmoqda.   Shu   bilan   bir   qatorda,
ijtimoiy-madaniy   va   ekologik   muammolar   ko’lami   kengaymoqda.   Natijada,   ayrim
yoshlar guruhlari orasida xudbinlik, o’z tengdoshlari va tabiat ne’matlariga nisbatan
shafqatsiz   munosabat,   giyohvandlikka   ruju   qo’yish   kabi   salbiy   xulq-atvor
ko’rinishlari namoyon bo’lmoqda. 
Bugungi   kunda   sinfdan   va   maktabdan   tashqari   tarbiyaviy   tadbirlarning
ahamiyati   tobora   ortib   borar   ekan,   o’quvchilarni   barkamol,   vatanparvar,
millatparvar   qilib   tarbiyalashda,   tarixiy   manbalar,   obidalar,   o’lkashunoslik
materiallari alohida qimmatga ega. Shuning uchun ham respublikamizdagi ko’plab
umumta’lim   maktablari,   maktabdan   va   sinfdan   tashqari   ta’lim   jarayonlarida
tarbiyaviy tadbirlarga alohida e’tibor qaratilmoqda. 
Respublikamizda   faoliyat   ko’rsatayotgan   to’garaklar   va   ularning   a’zolari
birinchi   va   keyingi   o’quv   yillarida   qanday   bilimlar,   amaliy   ko’nikmalarga   ega
bo’lishlari lozimligi alohida belgilab qo’yilgan. Bu O’zbekiston Respublikasi Xalq
ta’limi vazirligining 1999 -yil 30 iyuldagi 8/5-sonli Hayat qarori bilan tasdiqlangan
“Maktabdan va sinfdan tashqari  tarbiyaviy ishlar  Kontseptsiyasi”  hamda 2008-yil
28-avgustdagi  9/1-sonli   Hay’at   buyrug’i     bilan  tasdiqlangan   “Maktabdan   tashqari
ta’limga   qo’yilgan   Davlat   talablari”   da   o’z   ifodasini   topgan.   Mazkur   davlat
talablari   O’zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   2011-yil   11-maydagi
130-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari asosida takomillashtirilib, Xalq
ta’limi   vazirligining   2011-yil   31-martdagi   ““Barkamol   avlod”   bolalar   markazlari
uchun maktabdan tashqari ta’limga qo’yiladigan davlat talablari”   69-sonli buyrug’i
bilan   tasdiqlandi   va   amaliyotga   joriy   etildi.   To’garaklar   ishini   xuddi   shu   talablar
asosida tashkil etish   maqsadga muvofiqdir. 
36 Maktabdan   va   sinfdan   tashqari   yo’nalishda   tashkil   etilgan   to’garaklar
o’quvchilarda   vatanparvarlik,   milliy   iftixor,   ona   tabiatga,   tarixiy   madaniy
yodgorliklarga   muhabbat   hislari   shakllanishi   va   rivojlanishida   muhim   o’ringa
ega.   Bundan   tashqari   bugungi   kun   talablaridan   biri,   o’quvchilarda   o’zligini
anglash   ko’nikmasini   qaror   toptirishdan   iboratdir.   O’quvchilar   o’zlarining   kim
ekanliklarini   anglab   etishlari   uchun   o’z   o’lkalari,   millati,   uning   urf-odatlari,
an’analari, madaniy boyliklaridan xabardor bo’lishi kerak. 
Ilm-fan,   adabiyot,   san’at   va   me’morchilik,   texnik   ijodiyot,   milliy   xalq
hu narmandchiligi   sohalarida   iste’dodli   yoshlarni   izlab   topish,   ularning   ijodiy
salohiyatlarini   yurtimiz   mustaqilligi   va   xalqimiz   ma’naviyatini   boyitishga
yo’naltirish,   ularga   g’amxo’rlik   qilish   va   ijodiy   izlanishlari   uchun   shart-sharoit
yaratib berish bugungi kunda pedagoglar oldida turgan  asosiy vazifalardandir.
Zero,   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   I.A.Karimov   ta’kidlaganidek,
“Xalqimiz doimo ma’naviy jasorat hissi  bilan yashagan va bu ulug’ tuyg’u uning
hayotida   yillar,   asrlar   o’tgani   sayin   tobora   kuchayib,   yuksalib   bormoqda.   Chunki
xalq ma’naviyati shunday bir buyuk ummonki, har qaysi avlod undan kuch-qudrat,
g’ayrat   va   ilhom   olib,   o’zining   naqadar   ulkan   ishlarga   qodir   ekanini   namoyon
etadi”. 
Shu nuqtai nazardan, bugungi kunda o’quvchi-yoshlarga xalqimizning asrlar
davomida   yaratgan   ma’naviy   qadriyatlariga   tayangan   holda   tarixiy   va   ilmiy
jihatdan asosli ta’lim-tarbiya berishning an’anaviy, milliy shakllarini tatbiq etishga
katta ahamiyat qaratilmoqda.
To’garak –  guruh  bilan ishlashga  mo’ljallangan  darsdan  tashqari   ishlarning
eng   keng   tarqalgan   turlaridan   biridir.   To’garak   odatda   bir   sinf(guruh)da,   parallel
sinflarda   o’qiydigan   o’quvchilardan   tashkil   topadi.   Ammo   bu   to’garakning
muntazam   talabi   emas . To’garak   a’zolarining   soni,   odatda,   yigirmata   atrofida
bo’ladi. Ammo bu raqamni qat’iy asos sifatida qabul qilish shart emas.
Fan   to’garaklari   –   alohida   olingan   o’quv   predmetlari,   fanlar   bo’yicha
auditoriyadan tashqari guruh bilan ishlashga oid tashkil etiladigan ishlarning ancha
37 keng   tarqalgan   turidir.   Aslida   auditoriyadan   tashqari   ishlarning   turlari   nihoyatda
rang-barang.   Bular   qatorida   biz   har   xil   kechalarni,   ertalabki   daqiqalarni,
ekskursiyalar,   o’tkir   zehnlilar   mushoirasi,   olimpiadalar,   muayyan   mavzularga
bag’ishlangan anjumanlar, ko’rik-tanlovlar, o’rganilayotgan fan haqidagi mashhur
kitoblar   muhokamasi,   yangi   kitoblarning   takdimoti,   alohida   mavzularga
bag’ishlangan   devoriy   gazetalarni,   og’zaki   va   qo’lyozma   holidagi   gazeta   va
jurnallarni chiqarish va boshqalarni ko’rsatish mumkin.
Darsda,   odatda,   o’quvchilar   ko’p   yozib,   kam   gapirishadi.   Darsdan   tashqari
ishlar   jarayonida   esa   buning   aksi   ustuvorlik   qiladi:   ular   nisbatan   ozroq   yozsalar
ham,   og’zaki   nutqqa   ko’p   murojaat   etishadi.   Ushbu   jarayonda   ular   turli-tuman
axborotlarni   berishadi,   o’zaro   doimiy   muloqotda   bo’lishadi,   mustaqil   ravishda
ayrim   mavzularga   oid   ixcham   ma’ruzalarni   tayyorlashadi,   ko’plab   she’riy
asarlarni,   badiiy   asarlardan   olingan   namuna   va   parchalarni   ifodali   o’qishga   oid
mashqlar bilan shug’ullanishadi.
Darsdan   tashqari   ishlarning   ayrimlari   muntazam   amal   qilishi   bilan   ajaralib
tursa,   ayrimlari   ahyon-ahyonda,   muayyan   vaqt   oralig’ida   iste’molga   kiritilishi
bilan   e’tiborlidir.   Muntazam   amal   qiladigan   auditoriyadan   tashqari   ishlar   butun
o’quv yili davomida ish  beraveradi.  To’garaklar,  har  xil  klublar  shu turkumga
mansubdir.   Boshqalari   (ertaliklar,   kechalar,   olimpiadalar,   tanlovlar,
ekskursiyalar)dan   esa   epizodik   tarzda   foydalanish   mumkin.   Ular   mantiqan   bir-
biriga   zid   emas   ularning   biri   boshqasini   inkor   etmaydi,   aksincha,   ish   jarayonida
ular   bir-birini   to’ldiradi.   Ularni   tegishli   uyg’unlikda   qo’llash   esa   kutilayotgan
samaraning tezroq va ko’lamliroq tarzda yuzaga chiqishiga imkon beradi.
Fan  to’garaklari   fanning   o’ziga  to’laligicha  bag’ishlanishi   (“Yosh   fiziklar”,
“Yosh matematiklar”, “Yosh filolog”) yoki uning ayrim bo’lim va qismlari asosida
tashkil   etilishi   mumkin.   Masalan,   fizika   fanining   elektr,   optika;   ona   tilining
“Qiziqarli   grammatika”,   “Nutq   madaniyati   to’garagi”   kabilar.   Ushbu
to’garaklarning   o’ziga   xos   xususiyatlari   nimalardan   iborat,   ular   bir-biridan
nimalariga   ko’ra   farq   qiladi?   Ushbu   to’garaklarning   har   biri   muayyan   masalalar
38 bilan   shug’ullanadi.   Masalan,   “Qiziqarli   grammatika”   to’garagi   grammatikaning
bolalar   uchun   nihoyatda   qiziqarli   bo’lgan   masalalari   ustida   bahs   yuritadi.
Etimologiya   to’garagi   esa   so’zlarning   kelib   chiqishini,   ayniqsa,   o’quvchilarni
qurshab   turgan   ularda   yurtga,   vatanga   bo’lgan   muhabbatni   yanada
mustahkamlaydi.
Oilada   farzand   dunyoga   kelgach,   uyga   albatta   bolalar   kitoblari   ham   kirib
keladi.   Go’dak   ikki-uch   yoshgacha   kitobxon   emas,   balki   tinglovchi,   tomoshabin
bo’lsa   ham,   kitob   unga   dunyoni   tobora   yaqindan   anglash   quvonchini   baxsh   etib
boradi. Bola maktab ostonasiga qadam qo’ygandan so’ng uzoq yillar davomida o’z
taqdirini   auditoriyalik   va   boshqa   adabiyotlar   bilan   bog’lab,   ular   yordamida   bilim
va   madaniyat   asoslarini,   mehnat   ko’nikma   va   malakalarini   egallaydi.   Birgina
umumiy   ta’lim   maktabining   o’zida   yuzga   yaqin   nomda   auditoriyalik   va
qo’llanmalar, badiiy asarlar bilan tanishadi. O’z bilim va tafakkurini, nutqini shular
asosida shakllantiradi, rivojlantiradi.
Albatta,   bolani   yoshligidan   boshlab   kitobga   oshno   qilib   tarbiyalashda   ota-
ona   hamda   boshlang’ich   auditoriya   o’qituvchilarining   o’rni   katta.   Bola   qanchalik
kitobga   yaqin   bo’lsa,   zaruriy   bilimlarni   egallashda,   insonni   va   atrof-muhitni
yanada   yaqindan   bilib   olishda,   kasb   o’rganish   va   hayot   go’zalligini   anglashda
qiynalmaydi.   Yoshlarda   kitob   o’qishga   muhabbat   hissining   ortib   borishi   ta’lim
muassasalarida   tashkil   etilgan   “Yosh   kitobxonlar”   to’garagi   faoliyatiga       ham
ko’p   jihatdan   bog’liq.   
To’garakka a’zo bo’lishni xohlovchi har bir o’quvchining qanday mavzudagi
kitoblarga   qiziqishi   ko’proq   ekanligini   oldindan   aniqlab   olish   to’garak   ishining
kelgusi   faoliyatida   muhim   sanaladi.   Chunki   to’garak   rahbari   oldindan   aniqlab
olingan   tashxisga   ko’ra   adabiyotlarni   tanlaydi,   imkon   bo’lganda   yozuvchi   va
shoirlar   bilan   uchrashuvlarni   tashkil   etadi.   Ayni   zamonda,   to’garaklar
o’ q uvchilarning yoshini hisobga olgan holda tashkil etiladi. Yoshga ko’ra bunday
farqlash kelgusidagi mashg’ulot jarayonlarini o’quvchilarning yoshi va saviyasiga
muvofiq tashkil etish va rejalashtirishdagi muhim holatlar bilan bog’liqdir.
39 Yaxshi   ma’lumki,   bolalarda   tarbiyalanadigan   axloqiy   xususiyatlar,   xulq-
atvor   qoidalari   orasida   insonparvarlik   muhim   o’rin   tutadi.   Insonparvarlik   hissi
axloq   me’yorlari   va   qoidalarini   o’rgatish   asosida   rivojlanadi.   Buning   uchun
bolalarni   faqat   ezgu   ishlarni   qilishga   o’rgatib   borish   zarur.   To’garak   rahbari
o’quvchilar   yoshiga   ko’ra   ularni   insonparvarlik   ruhida   tarbiyalashga   xizmat   qila
oladigan   badiiy   adabiyotlar   ro’yxatini   va   u   ro’yxatga   kirgan   adabiyotlardan
namunalarni   oldindan   tayyorlab   oladi.   To’garak   ishi   davomida   a’zolar   orasidan
faol o’quvchini tanlab, kitobni o’qib chiqish va o’rtoqlari davrasida so’zlab berish
uchun   topshiriq   beradi.   Asar   tahlilini   olib   borishda   faollar   bilan   birga   boshqalar
ham munozaraga tortiladi.
“Yosh   kitobxonlar”   to’garagining   asosiy   maqsadi   ta’lim   muassasasi   bilan
hamkorlikda   o’quvchi   shaxsini   har   tomonlama   kamolotga   etkazish,   o’qishga
rahbarlik   qilishni   tashkil   etishdan   iborat.   Buning   natijasida   yoshlarda   global
fikrlash, o’zlariga kerakli adabiyotlarni tanlash va o’qish, ular vositasida bilim va
tarbiya olish imkoniyatlari takomillashadi.
Umuman   olganda,   to’garak   rahbari   mazkur   turga   mashg’ulotlarni   tashkil
etish va o’tkazishda:
1) tyutor (maslahatchi);
2) fasilitator   (o’quvchilarning   guruhiy   faoliyatini   tashkil   etishda   ijobiy
maqbul muhitni yaratuvchi);
3) ingilator   (o’quvchilarning   bilim,   ko’nikma   va   malakalarini   nazorat   qilib
boruvchi);
4) innovator  (yangiliklarni amaliyotga joriy etuvchi) kabi  rollarda namoyon
bo’ladi.
O’z   navbatida   pedagogika   kolleji   o’quvchilarida   to’garaklar   faoliyatini
boshqarishga doir quyidagi sifatlarni tarkib toptirish lozim:
 bilimdon, zakovatli;
 samimiy va  dilkash;
 malakali mutaxassis;
40  ijodkor;
 notiq;
 hazil-mutoyiba tuyg’uli;
 muloqotchanlik
Xulosa   qilib   aytganda,   to’garaklar   faoliyatini   zamonaviy   talablar   asosida
tashkil   etish   uchun   maxsus   tayyorgarlikka   va   nazariy   bilimlarga   ega   bo’lgan
to’garak   rahbarlarini   tayyorlash,   ularda   zaruriy   ko’nikma   va   malakalarni
rivojlantirish dolzarb ijtimoiy zaruriyatdir.
To’garak   rahbarlari   o’rtasida   tajriba   almashinuvi   va   to’garak
mashg’ulotlarini   sifatli   tashkil   etishni   yo’lga   qo’yish   maqsadida   to’garak
mashg’ulotlarini   tahlil   qilish   alohida   ahamiyatga   ega.   Bunday   tahlil   o’quv
jarayonini yanada sifatli tashkil etishning samaradorligini oshiradi.
To’garak   mashg’ulotlari   jarayonida   pedagogning   kichik   guruhlar   bilan
ishlash   faoliyati   natijalarini   aniqlash   maqsadida   bir   necha   mezonlar   belgilanadi,
ular quyidagilar:
 mazmun (berilgan mavzuning to’liq mazmuni bayon etilishi kerak);
 faollik (guruhdagi to’garak a’zolari  faolligi nazarda tutiladi);
 dizayn (taqdim etilayotgan mavzuga ijodiy yondashishi);
 reglamenti (har bir to’garak mashg’ulotining yagona vaqtga amal qilinishi);
 taqdimot va natija (tahsil oluvchi, ekspert va tahsil beruvchi).
Mashg’ulot tahlilini shartli ravishda quyidagi 4 turga bo’lish mumkin:
1. Ilmiy.
2. Metodik.
3. Didaktik.
4. Umumpedagogik va umumpsixologik. 
Ilmiy tahlil   –  berilayotgan bilimlarning ilmiy-nazariy jihati, to’garak a’zolari
bajarayotgan   mashg’ulotning   maqsadga   muvofiq   yo’nalishi   jihatdan   to’g’riligini
aniqlash demakdir. Bunda asosan quyidagilarni e’tiborga olish   maqsadga muvofiq:
41    to’garak   rahbarining   shu   kungi   mashg’ulotga   ilmiy-metodik   jihatdan
tayyorlanganlik holati;
  o’z mutaxassisligi bo’yicha ilmiy-nazariy axborotlar bilan qurollanganligi;
   to’garak   mashg’ulotlari   jarayonida   ilmiy   qoida   va   ta’riflarning   to’g’ri
bayon   etilishi   hamda   ilmiy   an’analarning   to’garak   a’zolari   ongiga   singdirib
borilishi;
   to’garak   mashg’ulotlari   materiallarining   qo’shimcha   adabiyotlar   bilan
boyitilishi;
   to’garak   a’zolari   to’garak   mashg’ulotlari   mavzularini   ilmiy   jihatdan
to’g’ri,   qisqa   va   mukammal   bayon   etishini   to’garak   rahbari   tomonidan   nazorat
qilinishi;
   to’garak   mashg’ulot   davomida,   yangi   mavzuni   bayon   etishni   to’garak
rahbari tomonidan nazorat qilinishi, ta’limni tarbiya bilan bog’lab olib borilishi; 
  to’garak rahbari va to’garak a’zolarining nutq madaniyati.
Metodik   tahlil .   To’garak   rahbarining   to’garak   mashg’ulotlari   jarayonida
qo’llagan   usul   va   metodlarining   maqsadga   muvofiqligi   ta’limning   turiga   hamda
uning o’ziga xos xususiyatlariga qarab belgilanadi. O’quv materialini bayon qilish
va   tushuntirish   jarayonida   qo’llanilgan   usullarning   shu   materialga   mosligi   yoki
mos emasligini metodik tahlil davomida aniqlanadi.
To’garak   rahbari   mashg’ulotda   qo’llagan   usullarning   samaradorligi,   rang-
barangligi,   namunaviyligi,   uning   o’tgan   yangi   mavzu   materialini   to’garak
a’zolarining   qay   darajada   o’zlashtirilganligi   bilan   belgilanadi.   To’garak
m ashg’ulot larini  tahlil qilishda quyidagilarni hisobga olish   maqsadga muvofiqdir:
 Ilmiy asoslangan axborotlar berish;
 Ilmiy   qoida   va   ta’riflarni   ravon,   tushunarli,   baland   ovozda   to’garak
a’zolari ga  y etkazish;
 Mantiqiy   va   o’rinli   misollar ni   o’z   vaqtida   keltirish   va   amalda   ko’rsatib
berish ;
42  To’garak   m ashg’ulot lari   materiallarini   qo’shimcha   adabiyot lar   bilan
boyitish ;
 To’garak   rahbari   va   to’garak   a’zolari   bajaradigan   amaliy   va   mustaqil
ishning ilmiy-nazariy jihatdan muvofiqligi.
Bundan   tashqari   m etodik   tahlil   jarayonida   to’garak   rahbari   mashg’ulot
materiallarini   to’garak   a’zolari ga   qanday   uslubda   yetkaza   olish   malakasi
o’rganiladi.
To’garak   m ashg’ulot larini   metodik   jihatdan   tahlil   etishda   quyidagi
mezonlardan foydalanishimiz lozim:
 To’garak m ashg’ulot i ning texnologik xaritasini ishlab chiqqanligi ;  
 O’quv maqsadi va natijalarining to’g’ri belgilanganligi ;
 To’garak   m ashg’ulot lari   bosqichiga   mos   ravishda   metod   tanlanganligi,
metod qoidalariga amal qilinganligi ;
 Metodni   amalga   oshirishda   ta’limning   tashkiliy   shakllaridan   unumli
foydanishi ;
 Ta’lim metodi, shakli va ta’lim vositalarini uyg’unlashuviga erishganligi .
Didaktik tahlil   –   b u to’garak rahbari mashg’ulotini ta’lim tamoyillariga amal
qilgan holda (mashg’ulotga  qo’yiladigan talablar  asosida)  olib borilishini  nazarda
tutadi.   To’garak   mashg’ulotlarini   didaktik   jihatdan   tahlil   etishda   quyidagi
mezonlardan foydaniladi:
 Ta’lim vositalarini to’g’ri tanlab o’rinli foydalanilganligi;
 To’garak mashg’ulotlari kirish, asosiy va yakuniy qismlardan iboratligi;
 To’garak   mashg’ulotida   to’garak   a’zolarining   faolligiga   erishganlik
darajasi;
 To’garak mashg’ulotiga ajratilgan vaqtdan unumli foydalanishi.
Umumpedagogik   va   umumpsixologik   tahlil   –   b u   to’garak   mashg’ulotining
ilmiy, metodik va didaktik jihatlarning majmuini nazarda tutadi:
 O’quv xonasining jihozlanganlik darajasi ;
43  O’quv xonasining sanitar-gigienik holati ;
 To’garak   a’zolari   bilimiga   qo’yiladigan   bahoning   adolatli   va   izohli
bo’lishi ;
 To’garak m ashg’ulot i da  to’garak a’zolari ning o’zlashtirish sifati ;
 To’garak   m ashg’ulot i da   to’garak   rahbari   asosiy   maqsadiga   erisha
olganligi ;
 To’garak   rahbari ning   to’garak   m ashg’ulot ini   tashkil   etish   va   mashg’ulot
bosqichlaridan to’g’ri foydalanish i;
 To’garak m ashg’ulot i ning ilmiylilik jihati ;
 To’garak m ashg’ulot i ning metodik jihati ;
 To’garak m ashg’ulot i ning didaktik jihati . 
Muayyan to’garak mashg’uloti bo’yicha o’quv dasturidagi mavzuni to’garak
a’zolari,   shuningdek,   ushbu   mavzuga   qiziqish   bildirgan   va   maxsus   taklif   etilgan
pedagoglar   ishtirokida   turli   shaklda   o’tkaziladigan   mashg’ulotlar   ochiq   to’garak
mashg’ulotlari deb ataladi.  
Mashg’ulot mavzusi, uslubi, qo’llaniladigan texnik vositalar to’garak rahbari
tomonidan ixtiyoriy tanlanadi.
Ochiq   to’garak   mashg’ulotlarining   sifatli   o’tilishi   to’garak   rahbarining
mashg’ulotga qay darajada tayyorlanganligiga bog’liq. 
To’garak rahbari birinchi navbatda ochiq to’garak mashg’uloti rejasini puxta
ishlab chiqish kerak, ochiq to’garak mashg’uloti rejasida mashg’ulotning mavzusi
(mavzuchalar),   mashg’ulotning   maqsadi,   mazmunini   to’liq   ochib   beradigan
savollar,   mashg’ulot   davomida   zarur   bo’ladigan   ko’rgazmali   qurollar,   texnika
vositalari   va   to’garak   a’zolari   bilimlarini   nazorat   qilish   uchun   savollar   hamda
to’garak mashg’ulotini o’tish elementlari (metodlari)dan foydalana olishi kerak.
Ochiq to’garak mashg’uloti vaqtidan mazmunli foydalanish uchun oldindan
to’garak mashg’uloti  rejasiga, aniq tushinarli savollarni kiritish kerak.
44 Har bir  to’garak mashg’uloti ning mavzusini 2-3 ta rejaga ajratib, mashg’ulot
mavzusi   yuzasidan   savollar   tayyorlab   doskaga   yozib   qo’yilsa   maqsadga   muvofiq
bo’ladi.
Bu   mashg’ulot   vaqtini   tejab   qoladi   va   to’garak   a’zolarining   diqqatini   bir
joyga   jamlaydi.   Mashg’ulot   vaqti   kamligini   inobatga   olgan   holda   mavzuning
kerakli, qiziqarli tomonlarini tanlab oladi.
To’garak   a’zolarining   to’garak   mashg’ulotlarni   o’zlashtirishi   mashg’ulotni
to’g’ri   tashkil   etilishiga   bog’liq.   Lekin   mashg’ulot   o’tish   sxemasi   bir   qolipda
o’tkazilishi   shart   emas.   Reja   strukturasidagi   bo’limlarni   to’garak   rahbari   ijodiy
yondoshib   ketma-ketligini   o’zgartirishi   mumkin.   To’garak   a’zolarining   mavzuni
o’zlashtirishlariga   qarab,   qo’shimcha   elementlardan   foydalanishi   mumkin.
Qisqacha   qilib   xusosa   qilsak,   ta’lim   jarayonida   nafaqat   pedagog   kadrlar   balki
o’quvchi   va   talabalar   ham   ma’suliyatli   yondashish   zarur.   Bu   esa   o’z   navbatida
ta’lim samaradorligini va pedagoglar va o’quvchilar o’rtasidagi munosabatga ham
o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Maktabdan   tashqari   ishlar   shaxsni   har   tomonlama   kamol   toptirish   va   uni
hayotga   aktiv   faoliyatga   tayyorlash   uchun   keng   imkoniyatga   ega.   Bu   ishlar
bolalarning   qiziqishlariga   muvofiq   tarzda   ko’ngillilik   asosida   tashkil   qilinadi.
O’quvchilar   sinfdan   va   maktabdan   tashqari   ishlarda   o’zlarini   qiziqtiradigan
mashg’ulotlarni   tanlab   olishadi   va   ularda   mustaqil   tashabbuskorona   ishtirok
etishadi.
Xulosa   qilib   aytadigan   bo’lsak,   o’quvchilar   maktabdan   tashqari   ishlarda
qatnashib,   turli   kishilar   bilan   muayyan   munosabatga   kirishadi,   turli   vazifatlarga
duch   keladilar.   Shuning   uchun   ham   o’quvchilarning   maktabdan   tashqari
faoliyatlari   qanchalik   xilma-xil   bo’lsa,   ularning   munosabatlari   shunchalik   boy,
munosabat   doirasi   keng   va   ma’naviy   o’sishi   samarali   bo’ladi.   Maktabdan
tashqaridagi   tarbiyaviy   ishlarda   o’quvchilar   jamoada   ishlashni   o’rganadilar
ijtimoiy mehnat quvonchini his qiladilar, ishlab chiqarish mehnatiga qo’shiladilar,
jamoatchilik fikriga bo’ysunishga, jamoa sharafi uchun kurashishga odatlanadilar. 
45 Umumiy xulosa
Tarbiya   jarayoni   –   shaxsni   shakllantirishga   maqsadli   yo‘naltirilgan,
o‘qituvchi   va talabalar hamkorligi uchun maxsus tashkil etilgan, boshqariladigan
va       nazorat       qilinadigan,       o‘zining       pirovard     maqsadi   sifatida   shaxsni
shakllantiradigan jarayondir.
Darsdan tashqari ishlarning tarbiyaviy ta’siri ko’p darajada o’quv jarayonini
tashkil etish saviyasiga hamda o’quvchilar jamoachining xilma-xil ishlarni qanday
yo’lga   qo’yishga   bog’liqdir.   Sinfdan   tashqari   faoliyat   majburiy   dastur   bilan
chegaralanmaydi,   balki   yoshlari   har   xil   o’quvchilarni   ixtiyoriy   ravishda
birlashtiradi.   Ularning   tashabbusi   asosida   ishlarni   amalga   oshiradi,   fanga
qiziqtiradi,   ularni   xalqning   madaniy   hayoti   muhitiga   olib   kiradi.   O’quvchilar
darsdan   tashqari   ishlarda   qatnashib,   turli   kishilar   bilan   muayyan   munosabatga
kirishadi, turli vaziyatlarga duch keladilar.
Shuning uchun ham o’quvchilarning darsdan tashqari  faoliyatlari qanchalik
xilma-xil   bo’lsa,   ularning   munosabatlari   shunchalik   boy,   munosabat   doirasi   keng
va ma’naviy o’sishi samarali bo’ladi.
46 Darsdan   tashqari   ishlar   shaxsdagi   ijtimoiy   faollik,   ijtimoiy   ong   hamda
axloqiy odatlarni   tarkib toptirishning eng muhim omilidir. Bu faoliyat ilmiy jamoa,
adabiy va maktab teatrlarining ishlari, turli mavzularda o’tkaziladigan kitobxonlar
konferentsiyasi   va   munozaralar,   siyosiy,   axloqiy,   ilmiy-ommabop   va   mehnat
mavzularidagi   ma’ruza   va   suhbatlar,   ijtimoiy-foydali   mehnat,   siyosiy   axborot,
bayram kechlari va ertaliklari, to’garak mashg’ulotlarini o’z ichiga oladi.  Bugungi
kunda   sinfdan   va   maktabdan   tashqari   tarbiyaviy   tadbirlarning   ahamiyati   tobora
ortib   borar   ekan,   o’quvchilarni   barkamol,   vatanparvar,   millatparvar   qilib
tarbiyalashda,   tarixiy   manbalar,   obidalar,   o’lkashunoslik   materiallari   alohida
qiymatga   ega.   Shuning   uchun   ham   respublikamizdagi   ko’plab   umumta’lim
maktablari,   maktabdan   va   sinfdan   tashqari   ta’lim   jarayonlarida   tarbiyaviy
tadbirlarga alohida e’tibor qaratilmoqda. 
Yana   shuni   aytish   kerakki,   sinfdan   va   maktabdan   tashqari   tarbiya   ishlarini
yo’lga   qo’yishda   interfaol   metodlar   katta   yordam   beradi.   Interfaol   metodlar
yordamida   har   qanday   to’garaklarni   tashkillashtirish   oson   va   qiziqarli   kichadi.
Bugungi   kunda   chekka   qishloqlardan   tortib,   to   shahar   maktablarida   ham   sinfdan
tashqari   to’garaklar   ochishni   tezroq   yo’lga   qo’ysak   yosh   avlodimizning   yutuqlari
yanada   ko’payadi.   Bolalar   o’z   qiziqishlari   orqali   turli   kasbda,   sportda,   turli   fan
to’garaklarida o’z yo’nalishlarini topishadi.
To’garaklar   faoliyatini   zamonaviy   talablar   asosida   tashkil   etish   uchun
maxsus   tayyorgarlikka   va   nazariy   bilimlarga   ega   bo’lgan   to’garak   rahbarlarini
tayyorlash,   ularda  zaruriy  ko’nikma  va  malakalarni   rivojlantirish  dolzarb ijtimoiy
zaruriyatdir.
To’garak   rahbarlari   o’rtasida   tajriba   almashinuvi   va   to’garak
mashg’ulotlarini   sifatli   tashkil   etishni   yo’lga   qo’yish   maqsadida   to’garak
mashg’ulotlarini   tahlil   qilish   alohida   ahamiyatga   ega.   Bunday   tahlil   o’quv
jarayonini yanada sifatli tashkil etishning samaradorligini oshiradi.
47 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1. О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 18 fevraldagi 59-
sonli   qaroriga   ilova.   “Maktabdan   tashqari   ta’lim   muassasasi   tо‘g‘risida
Nizom”  Ma’rifat -Toshkent, 1995 - 21 mart.
2. О‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   2011-yil   28-fevraldagi
“Maktabdan tashqari ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
tо‘g‘risida”gi 50-sonli qarori.
3. О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 11-maydagi 130-
sonli qaroriga ilova “Barkamol avlod” bolalar markazlari tо‘g‘risidagi Nizom
О‘zbekiston Respublikasi  hukumatining qarorlari tо‘plami – Toshkent    2011
B 17
O’zbekistin   Respublikasi   Prezidentining   2017   yil   fevralidagi   “O’zbekiston
Respublikasini rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi tog’risida”gi PF-
4947-son farmoni. – T.: “Adolat” 6-son. B. 11-12, 19, 24,27.
48 4.  O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-avgustdagi “Yoshlarni 
ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya
berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarish chora-tadbirlari 
to’grisida”gi PQ-3907-sonli Qarori. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy 
ba’zasi, 15.08.2018 y, 07/18/3907/1706-son; (www.lex.uz)
5. 2019-yil   16-yanvardagi   “Ta’lim   sifatini   nazorat   qilish   tizimini
takomillashtirish   bo’yicha   qo’shimcha   chora-tadbirlar   tog’risida”gi   PQ-
411son qarorlar  
6. Umumiy o’rta ta’lim bo’yicha Davlat ta’lim standarti. 2017
7. Karimov   I.A   “Barkamol   avlod   –   О‘zbekiston   taraqqiyotining   poydevori”
О‘zbekistan   Respublikasi   Prezidenti   I.A.Karimov   tomonidan   О‘zbekiston
Respublikasi   Oliy   Majlisining     IX   sessiyasida   sо‘zlangan   nutq   –   T.   Sharq,
1997 – 19 b.
8. Karimov I.A.  “ О‘zbekiston XXI asrga intilmoqda ” . – T ,  О‘zbekiston, 1999 –
47 b.
9. Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”. – T. Ma’naviyat, 2008
– 174 b.
10. Karimov   I.A.   Jahon   moliyaviy-iqtisodiy   inqirozi,   О‘zbekiston   sharoitida   uni
bartaraf etishning yо‘llari va choralari. – T, О‘zbekiston, 2009. – 56 b.
11. Karimov   I.A.   Asosiy   vazifamiz   –   Vatanimiz   taraqqiyoti   va   xalqimiz
farovonligini yanada yuksaltirishdir. – T. О‘zbekiston, 2010. –  80 b.
12. Karimov   I.A.   Yuksak   bilimli   va   intellektual   rivojlangan   avlodni   tarbiyalash
mamlakatni   barqaror   taraqqiy   ettirish   va   modernizatsiya   qilishning   eng
muhim sharti. “Ma’rifat” gazetasi, 2012 yil .
13. Mirziyoyev   Sh.M.   Milliy   taraqqiyot   yo’limizni   qat’iyat   bilan   davom   ettirib,
yangi bosqichga ko’taramiz. 1-jild. – T.: O’zbekiston, 2017.  570 b.
14. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga
ko’ramiz. T.: “O’zbekiston” 2017. 36,102-103, 168, 198, 267-268, 298, 365-
366, 395-396, 416, 434, 461-462 b.
49 15.  Mirziyoyev . Sh.M  ning Oliy Majlisga Murojotnomasi “O’zbekiston” 2018 y.
54 b.
16.   Mirziyoyev.   Sh.   M.   Erkin   va   farovon,   demokratik   O’zbekiston   davlatini
birgalikda barpo etamiz. – T.: O’zbekiston,   2016. – 56 b. 
17. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt
taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. – Toshkent: 2017. – 48 b. 
Asosiy adabiyotlar
1. Abdullayev   D.I,   Ishmuxamedov   R.J,     B olalar   dam   olish   oromgohlari
xodimlariga   yordam   tariqasida   uslubiy   maslahat   va   tavsiyalar   tо‘plami.   –T.
UDAP, 2002 – 178 b
2. Abduqudusov.   O.   “О‘quv   muassasalarida   ta’lim   va   tarbiya   jarayonining
samaradorligini oshirish muammolari”. – T “О‘qituvchi”, 2002
3. Azizxо‘jayeva   N.N.  О‘qituvchi   tayyorlashning   pedagogik   texnologiyasi.   –T.
Nizomiy nomli TDPU 2000 - 52 b
4. Ahliddinov.R   Qurbonov.Sh   Saidov.H   Barkamol     avlod       orzusi   -   T   Sharq,
1998. – 225 b.
5. Aminov.M.N.   –   T .   “O‘zbekiston   milliy   ensiklopediyasi”   Davlat   ilmiy
nashriyoti, 2010. – B.416-417.)
6. Ахмедова   M.T.   Педагогик   конфликтология.   –Т.   Адабиёт   учқунлари,
2017. – 320 б.
7. Ахмедова M.T. Педагогик конфликтология. –Т. Адабиёт учқунлари, 
2017. – 320 б.
8. Azizxodjayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. –Т.: 
O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi, 2006–159 b. 
9. Болбекова Г.Д., Холикова Г.Т., Магзумова Г. Педагогическое 
мостерство. Учебное пособия. Т.: 2002 – 63 с.
50 10. Boboqulov   R.   To`garak   mashg`ulotlarini   zamonaviy   pedagogik
texnologiyalar   asosida   tashkil  etish.   "Kasbiy   fanlar   metodikasi"   jurnali  2013
yil avgust oyidagi 8-soni.
11. Малла Очилов. Муаллим қалб меъмори. – Т.: “Ўқитувчи”. 2001
12. Zakirov   I.I.   Ta’lim   jarayoniga   yangi   pedagogik   texnologiyalarni   tatbiq
etishning nazariy-amaliy asoslari (MTM misolida) T, 2005. – 124 b.
13. Ziyomuhammedov  B.  Yangi  pedagogik  texnologiya:   nazariya va  amaliyot. -
T, Chinoz ENK, 2002 – 124 
14. Ziyomuxammedov B. Pedagogik mahorat asoslari. –Т.: TiB–KITOB, 2009.–
183 b.
15. Xoliqov A. Pedagogik mahorat. –Т.: lqtisod–moliya nashriyoti, 2011– 420 b.
Internet resurslari
2. www.ziyonet.uz   
3. www.school     edu.ru
4. www.kutubxona.uz   
5. www.google.uz   
6. www.wikipedia.uz     
51

Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning maqsadi va vazifalari MUNDARIJA Kirish ……………………………………..……………………………………….3 I BOB. “SINFDAN VA MAKTABDAN TASHQARI TARBIYAVIY ISHLARNING MAQSADI VA VAZIFALAR”NING TARAQQIYOT YO‘NALISHLARI 1.1. “Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning maqsad va vazifalari” mazmunini modernizatsiyalash………… ……………….. ……………………….8 1.2. “Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiviy ishlarning maqsad va vazifalari” doir tarbiyaviy tadbirlarni loyihalash………………………..…………………….. ….12 II BOB. INTERFAOL TA’LIM ASOSIDA “SINFDAN VA MAKTABDAN TASHQARI TARBIYAVIY ISHLARNING MAQSAD VA VAZIFALARI” 2.1. “Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning ma q sad va vazifalari” ga doir interfaol metodlar tizimi………… ……………………. …………… . … .. ….. 19 2.2. “Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning maqsad va vazifalari” mavzusiga doir interfaol mashg‘ulotlarni tashkil etish……… ……….. …………28 2.3. “Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning maqsad va vazifalari” jarayonida talabalarni to‘garaklar faoliyatini boshqarishga tayyorlash…………………………………………………………………………33 Umumiy xulosa ………………………………………………………………… . 49 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati ……..………………………….…..… …... 50

Kirish Mavzuning dolzarbligi. Jadal sur’atlar bilan o‘zgarib borayotgan b ugungi murakkab globallashuv davrida ma’naviyat sohasida vujudga kelayotgan dolzarb muammolar, xususan, dunyoning ayrim mintaqalarida tobora kuchayib ildiz otib borayotgan ma’naviy inqiroz xavfi xalqimiz ma’naviyatini asrash barobarida uni yuksaltirish, ayniqsa, yosh avlodning qalbi va ongini turli zararli g‘oya va mafkuralar ta’siridan himoya qilishni talab qilmoqda. Qolaversa, jahonnning qaysidir burchagida bo‘lmasin, ma’naviyatga qarshi qandaydir tahdidning paydo bo‘lishi o‘zining bugungi kuni va ertangi istiqbolini o‘ylab yashayotgan har bir ongli inson, har bir xalqni tashvishga soladi. Albatta, bunday ma’naviy tahdid va mafkuraviy xurujlar milliy va diniy tomirlarimizga bolta urishi, ulardan ayniqsa, farzandlarimiz ko‘proq aziyat chekishi mumkinligi yoshlarda mafkuraviy immunitet va g‘oyaviy kurashchanlik ruhini yanada kuchaytirish lozimligini taqozo etmoqda. Birinchi prezdentimiz ko‘p yillik hayotiy tajribalari natijasi o‘laroq dunyo yuzini ko‘rgan «Y u ksak ma’naviyat – y engilmas kuch» nomli asarida yoshlarimiz bizning nafaqat ishonchimiz va kelajagimiz, balki bugungi va ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchi ekanligi, h al qiluvchi kuch esa y engilmas, y engilmas kuch yuksak ma’naviyatli shaxs timsolida namoyon bo‘lishi har jihatdan asoslab berildi. Ayni zamonda, «Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo‘lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasining yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-yilga rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari va qarorlari, Hukumat qarorlari, Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2030-yilgacha Barqaror rivojlanish 2

maqsadlari, 2030-yilgacha mo‘ljallangan “Yoshlar strategiyasi”, Yoshlar manfaatlari bo‘yicha butunjahon harakatlar dasturi , 2020-yil dekabr oyida tashkil etilgan “O‘zbekiston yoshlari” forumida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha belgilangan vazifalar asosida ishlab chiqilgan. Jahondagi globallashuv jarayonlari, innovatsion jamiyatga bo‘lgan ehtiyoj, fan-texnika taraqqiyoti yoshlar uchun ko‘plab imkoniyatlar yaratishi bilan bir qatorda, ularning oldiga tezkor qarorlar qabul qilish, innovatsion tafakkurni shakllantirish, intellektual salohiyatni oshirish kabi ko‘plab talablarni qo‘ymoqda. Kelgusi besh yillikda yoshlarning ilmiy, kasbiy rivojlanishi, salomatligi, iqtisodiy imkoniyatlarining kengaytirilishi, texnologiya va innovatsiyalarni rivojlantirishga ajratiladigan sarmoyalar “demografik dividend”ga ega bo‘lishga, ya’ni mamlakatning qisqa muddatda yuqori iqtisodiy taraqqiyotga erishishiga zamin yaratadi. Pedagogik oliy ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fani talabalarni tarbiyaviy faoliyatga samarali tayyorlashda alohida o‘rin tutadi. Ayniqsa, “Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning maqsadi va vazifalari” interfaol ta’lim metodlari asosida o‘qitish mazkur jarayonning jadal amalga oshirilishiga xizmat qiladi. Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. Shaxs va jamiyat munosabatlari, ma’naviyat va axloqiy tarbiya masalalari, shaxsni shakllantirishda ijtimoiy munosabatlarning o‘rni Sharq mutafakkirlari Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, Husayn Voiz Koshifiy, Alisher Navoiy, Jaloliddin Davoniy, Jaloliddin Rumiy, Abdulla Avloniylar tomonidan o‘rganilgan. Uzluksiz ta’lim jarayonida yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash masalasi keng o‘rganilgan sohalardan biri bo‘lib, o‘ziga xos pedagogik tizimning ishlab chiqilganligi bilan tavsiflanadi. M.Ochilov, K.Hoshimov, S.Temirova, 3

O.Musurmonova, S.Nishonova, U.Mahkamov, M.Inomova, M.Quronov, S.Ochilov, N.Ortiqov, M.Inomova, Q.Quronboev, J.Toshmatova, SH.Olimov, F.Olimova, G.Maxmutova, Sh.Xalilova, SH.SHodmonova, M.Axmedova, H.Axmedova, V.V.Karakovskiy, N.E.Shurkova kabi olimlar ta’limning turli bosqichlarida yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning pedagogik asoslarini ishlab chiqqanlar. Ularning tadqiqotlarida ayniqsa, yuqori sinf o‘quvchilarining va oliy ta’lim muassasasi talabalarining ma’naviy-axloqiy madaniyatini shakllantirish, mazkur jarayonda milliy tarbiya asoslaridan samarali foydalanish, barkamol insonni tarbiyalash modelining ishlab chiqilganligi e’tiborga loyiq. Ta’limni turli bosqichlarida tarbiyalanuvchilarni ijtimoiylashtirish, ijtimoiy tarbiya masalalari M.Quronov, A.V.Mudrik, N.Egamberdieva, Z.Qurbonniyozova, A.Muxsieva, L.I.Aksenova, E.Aronson, O.A.Kolobov, P.V.Migeleva, F.A.Mustafaeva, V.A.Nikitin, V.G.Dmitrieva, F.P.Chernousova, I.V.Yarkova, V.D.Semenov, V.I.Kurbatov, E.I.Xolostovalar tomonidan ochib berilgan. Tarbiya jarayonini texnologiyalashtirishning turli jihatlari M.Ochilov, J.G‘.Yo‘ldoshev, O‘.Tolipov, I.I.Zokirov, M.T.Jumaniyozova, S.Usmonov, B.Nuridinov, Sh.T.Ergasheva, I.F.Xarlamov, I.P.Podlasiy, V.S.Selivanovlar tomonidan tadqiq etilgan. Bitiruv (loyiha) ishining maqsadi – “ Interfaol metodlar asosida Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning maqsad va vazifalari”yo‘llarini aniqlashtirish. Bitiruv ( loyiha ) ishin in g vazifalari: 1. “Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning maqsad va vazifalari” mazmunini modernizatsiyalash yo‘nalishlarini asoslash 2. “Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiviy ishlarning maqsad va vazifalari”ga doir tarbiyaviy tadbirlarni loyihalash tartibini aniqlash. 3. “Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiviy ishlarning maqsad va vazifalari”ga doir interfaol metodlarni tizimlashtirish. 4

3. “Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiviy ishlarning maqsad va vazifalari”ga doir interfaol mashg‘ulotlarni ishlab chiqish. Bitiruv (loyiha) ishi ob’yekti – “ Interfaol metodlar asosida Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning maqsad va vazifalari” jarayoni. Bitiruv (loyiha) ishining predmeti – interfaol metodlar asosida “Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning maqsad va vazifalari” mazmuni va amaliy-texnologik jihatlari. Bitiruv (loyiha) ishining metodlari: bitiruv loyiha ishiga tegishli psixologik, pedagogik va metodik adabiyotlar tahlili, pedagogik kuzatish, milliy va xorijiy ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish. Sharq va G‘arb mutafakkirlarining barkamol inson tarbiyasiga oid qarashlari, barkamol shaxsni ma’naviy shakllantirishga qaratilgan falsafiy, psixologik, pedagogik ta’limotlar, ilmiy-pedagogik, falsafiy, metodik manbalar, shuningdek, ta’lim islohotlariga doir Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan me’yoriy hujjatlar tashkil etadi. Bitiruv (loyiha) ishining amaliy ahamiyati : bitiruv loyiha ishi natijasida ishlab chiqilgan texnologik ishlanmalardan “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fanining “Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiviy ishlarning maqsad va vazifalari”da foydalanish mumkin. Bitiruv (loyiha) ishining tuzilishi. Bitiruv loyiha ishi kirish, ikkita bob, beshta paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. 5