logo

BORLIQNING ASOSIY TURLARI

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

2202.2138671875 KB
BORLIQNING ASOSIY TURLARI
REJA:
KIRISH:
1. Borliq tushunchasining tahlili.
2.Borliqning asosiy turlari.
3.   Borliq va uning mavjudlik shakllari.
Xulosa:
Foydalanilgan adabiyotlar. KIRISH:
1. Borliq   tushunchasining tahlili. Borliq shakllarining tasnifi.
  Falsafa   fanining   borliq   haqidagi   masalalarni   o‘rganuvchi   qismi   ontologiya   deb
ataladi.   Ontologiya        so‘zi   yunoncha   ontos   (mavjudlik)   va   logos   (ta’limot)
so‘zlarining   birikmasidan   tashkil   topgan   bo‘lib,   « mavjudlik     haqidagi
ta’limot », ya’ni borliq haqidagi fan ma’nosini ifodalaydi.
Biz   dunyo,   materiya   tuzilishi,   makon,   vaqt,   harakat,   hayot,   ong   va   shu   kabilar
haqida tasavvur hosil qilish uchun asosan fizika, astronomiya va biologiya kabi
tabiatshunoslik fanlariga murojaat etamiz. Lekin bu falsafada borliq muammolari
o‘rganilmaydi, degan ma’noni anglatmaydi.
Bugungi   kunda   olimlar   notirik,   tirik   dunyo   va   ijtimoiy   dunyo   nima,   degan
savollarga   javob   topishda   jiddiy   yutuqlarga   erishganlar.   Ammo,   dunyoning
mohiyati   haqidagi   ko‘pgina   muhim   savollarga   hozir   ham   aniq   va   uzil-kesil
javoblar mavjud emas. Masalan, nafaqat makon yoki vaqt tushunchalariga, balki
nisbatan   soddaroq   hodisa   bo‘lmish   gravitatsiya   tushunchasiga   ham   dunyoda
biron-bir  fizik   bugungi   kunda   ham   aniq  (ayni  paytda  tajribada   tasdiqlanadigan)
ta’rif bera olmaydi.
Inson   aqlli   jonzot   sifatida   shakllanish   jarayonining   ilk   bosqichlaridayoq   o‘z
dunyoqarashining   negizini   tashkil   etadigan   muhim   savollarga   javob   topish
zaruriyati bilan to‘qnash keladi:
1. «Men kimman?»
2. «Meni qurshagan borliqning mohiyati nimada?»
3. «Borliq qanday va qaerdan paydo bo‘lgan?»
4. «Dunyoni nima yoki kim harakatlantiradi?»
5. «Dunyoning   rivojlanishida   biron-bir   maqsad,   maqsadga   muvofiqlik,
mo‘ljal bormi?»
Borliq masalasi insonning dunyoni oqilona anglash yo‘lidagi ilk urinishlaridayoq
duch   kelgan   barcha   masalalarning   negizi   hisoblanadi.   Muayyan   narsalar
mavjudligi   yoki   mavjud   emasligi   masalasi   inson   falsafiy   mulohaza   yurita
boshlagani zahotiyoq uning diqqat markazidan o‘rin oldi.
Borliq   tushunchasiga   qarama-qarshi   tushuncha   -   bu   yo‘qlikdir.   Agar   borliq
tushunchasi   nimaningdir   mavjudligini   ifodalasa,   yo‘qlik   tushunchasi   esa   o‘sha
joyda   nimaningdir   mavjud   emasli gini   anglatib,     « nima» ning   aksi   bo‘lgan   « hech
nima» ni   aks   ettiradi,   absolyut   (mutlaq)   yo‘qlikning   o‘zi   yo‘qdir.   Yo‘qlik   shu
ma’noda   nisbiy   mazmun kasb etadi. An’anaviy   falsafiy   qarashlarda   borliqning   uchta   sohasi:     tabiat   borlig‘i,   jamiyat
borlig‘i,   ong   borlig‘i   kiradi.   Bular   uchun   eng   umumiy   belgi,   ularning
mavjudligidir.
Tabiat   borlig‘i   odatda   tabiatdagi   narsalar   (jismlar),   jarayonlar,   holatlar   borlig‘i
sifatida   tushuniladi.   U   ikkiga   bo‘linadi:   azaliy   tabiat   borlig‘i   (yoki   tabiiy   tabiat
borlig‘i,   u   insondan   ilgari   va   uning   ishtirokisiz   ham   mavjud   bo‘lgan)   va   odam
mehnati   bilan   ishlab   chiqarilgan   narsalar   borlig‘i   («ikkinchi   tabiat»   borlig‘i,
ya’ni   madaniyat).   Ikkinchi   tabiat   borlig‘i   esa,   o‘z   navbatida,   quyidagi
ko‘rinishlarda uchraydi:
-   inson   borlig‘i   (insonning   narsalar   olamidagi   borlig‘i   va   odamning   o‘ziga   xos
bo‘lgan insoniy borlig‘i);
-   ma’naviy borliq   (individuallashgan va ob’ektivlashgan ma’naviy borliq);
-   sotsial   borliq   (ayrim   odamning   tarixiy   jarayondagi   borlig‘i   va   jamiyat
borlig‘i), u ijtimoiy borliq ham deb ataladi.
Borliqning   moddiy   shakli   materiya   o‘ziga   barcha   jismlarni,   hodisalarni,
jarayonlarni   va   ularning   xususiyatlarini   qamrab   oladi.   Bundan   tashqari   u tafakkurni   ham,   olamda   mavjud   bo‘lgan   barcha   aloqadorliklarni   va
munosabatlarni   ham   qamrab   oluvchi   umumiy   falsafiy   tushunchadir.   Borliqning
moddiy shakliga xos umumiylikni axtarishning bir yo‘nalishi moddiy olamning
asosida   yotuvchi   umumiy   mohiyatni   axtarish   yo‘li   bo‘lib,   yuqorida   qayd
etganimizdek,   substansiyani   aniqlash   yo‘lidir.   Ikkinchi   yo‘l   esa   —   moddiy
olamning   asosiy   tarkibiga   kiruvchi   «qurilish   elementlarini»-   substratni
axtarish   yo‘li.   Uchinchi   yo‘l   —   hamma   narsaning   vujudga   keltiruvchi   bosh
sababchisini, ota moddani, ya’ni   pramateriyani axtarish   yo‘li.
Moddiy   va   g‘oyaviy   borliq.   Atrofimizni   o‘rab   turgan   dunyo   ikki   xil   reallikdan
tashkil topgandir. Ob’ektiv reallik va sub’ektiv reallik. Ongimizdan tashqarida va
unga   bog‘liq   bo‘lmagan   holda   mavjud   bo‘lgan   reallik   ob’ektiv   reallik   deyiladi.
Bu   tushunchani   materialistlar   materiya   tushunchasi   bilan   aynan   bir   ma’noda
ishlatishadi.   Reallikning   inson   ongi   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   va   ongning   mahsuli
hisoblangan   qismi   sub’ektiv   reallik   deyiladi.   Ob’ektiv   reallik   moddiy   borliq
tushunchasiga   mos   kelsa,   sub’ektiv   reallik   esa   borliqning   g‘oyaviy   shakliga
muvofiq   keladi.   Materializm   vakillari   borliqning   g‘oyaviy   shakli   moddiy
shaklining   maxsuli,   deb   hisoblashadi.   Idealizm   vakillari   esa   moddiylik
g‘oyaviylikning ijodi yoki g‘oyaviylikning namoyon bo‘lish shaklidir.
Aktual va potensial borliq.   Aktual borliq borliqning ayni paytda va shu joydagi
voqelikda namoyon bo‘lib turgan va shu voqelik bilan aloqadorlikdagi qismi. Bu
ob’ektiv reallik tushunchasiga mos keladi, chunki ob’ektiv reallik borliqning shu
joyda berilgan va shu onda amal qilayotgan qismidir. Dunyoning hamma tomoni
birdan   berilgan   emas.   Biz   borliqning   hozirgi   zamonga   tegishli   qismi   bilangina
aloqadamiz.   Bu   qismi   o‘tmishga   aylanib,   uning   o‘rnini   kelajakdagi   qismi
egallaydi.   Hozirgi   zamonda   kelgusi   voqelikning   kurtaklari   mujassamlashgan
bo‘ladi.   Aktual   borliqning   hali   voqelikka   aylanmagan   va   kelgusida   voqelikka
aylanadigan murtak holidagi qismi potensial borliq deyiladi. Potensial borliq hali
voqelikka aylanishga ulgurmagan, salohiyotdagi aktual borliqdir.
Real va virtual borliq.     Borliqning biz uchun mavjud qismi real borliq deyiladi.
Real borliqni naqd borliq ham deyish mumkin. Ammo borliqning shunday qismi
ham   borki,   uning   bo‘lishi   ham,   bo‘lmasligi   ham   mumkin.   Borliqning   bunday
qismi   ehtimoliy   mazmunga   ega.   U   hali   reallikdan   uzoqda.   Mana   shunday
mazmundagi borliq virtual (lot.   virtuales   - ehtimol) borliq deyiladi.
Bizni   qurshagan   dunyo   mazmuni,   borliqning   umumiy   xossasi   bo‘lgan   borliq
haqida   so‘z   yuritar   ekanmiz,   makon   va   vaqt   tushunchalarini   chetlab   o‘tishimiz
mumkin   emas.   Zero,   har   qanday   jism,   narsa,   hodisa   doim   borliqning   boshqa
predmetlari   va   hodisalari   bilan   yonma-yon   keladi,   ko‘lamlilik   xususiyatiga   ega
bo‘ladi.   SHuningdek   ular   o‘z   ichki   va   tashqi   holatlarini   bir-biriga   nisbatan
o‘zgartiradi va bu turli hollarda har xil tezlik, marom, sur’at va davomlilik bilan
yuz   beradi.   Alohida   holda   ayrim   yagona   deb   qaraladigan   bu   ko‘rsatkichlar majmui bizga vaqt haqida tasavvur beradi. Makon va vaqt o‘z rang-barangligida
cheksiz borliqning shakllari sifatida amal qiladi.
Umuman, Siz olam deganda nimani tushunasiz?
Olam, eng avvalo, tor ma`noda bu odam yashaydigan joy. Aslida odamzod
va   hayvonot   olami,   o’simlik   va   hasharotlar   dunyosi,   jismoniy,   ruhiy,   ma`naviy
olam   va   boshqa   shu   singari   ko’plab   tushunchalar   bor.   Ular   dunyoda   mavjud
bo’lgan   narsa   va   hodisalar   nomi   bilan   ataladi.   Masalan,   odamning   ruhiy   olami
uning   bilim,   tajriba   va   hayolotini   o’z   ichiga   oluvchi   o’ta   keng   qamrovli
tushunchadir. Bunda biz olam odam yashaydigan joy, degan ma`noga qaraganda
yanada kengroq mazmunga ega bo’lamiz.
Nimaiki mavjud bo’lsa, ularning hammasi birgalikda siz bilan biz mansub
bo’lgan dunyoni ifodalaydi. Ammo tabiat, jamiyat va inson tafakkurining asosida
yotuvchi va ularni birlashtiruvchi shunday bir umumlashtiruvchi tushuncha ham
borki, u ob`yektiv olamning mazmunini ifoda etadi. Bunday tushuncha haqidagi
tasavvurlar   butun   fan   tarixi   mobaynida   rivojlanib   kelgan.   Dastlab,   bu
umumlashtiruvchi   tushuncha,   narsalarning   asosida   nima   yotadi,   degan   nuqtai
nazardan   kelib   chiqib,   substansiya   (lotincha,   substantia   —   nimaningdir   asosida
yotuvchi mohiyat degan ma`noni beradi) deb ataldi.
Substansiya deganda nimani tushunasiz? Substansiya   –   muayyan   narsalar,   hodisalar,   voqealar   va   jarayonlarning
hilma-hil   ko’rinishlari   ichki   birligini   ifoda   etuvchi   va   ular   orqali   namoyon
bo’luvchi mohiyatdir. Olamning asosida bitta mohiyat — substansiya yotadi, deb
hisoblovchi   ta`limotni   monizm   deb   atashadi.   Faylasuflar   substansiya   sifatida
biror   jismni,   hodisani,   materiyani,   G’oyani   yoki   ruhni   olishgan.   Substansiya
sifatida   moddiy   jismlarni,   materiyani   oluvchilar   —   materialistik   monizm
tarafdorlari.   G’oyani,   ruhni   oluvchilar   esa   –   idealistik   monizm   tarafdorlari
hisoblanadilar.   Shuningdek,   olamning   asosida   ham   moddiy   jism   yoki   materiya,
ham   G’oya   yoki   ruh   yotadi   deb   hisoblovchi   faylasuflar   dualistlar   (dualizm
lotincha,   dualis   —   ikkilangan   degan   tushunchani   anglatadi)   deb   hisoblanadi.
Arastu,   Moniy,   R.   Dekart   va   boshqalar   dualistlardir.   Olamning   asosida   ko’p
substansiyalar   yotadi   deb   hisoblovchilarni   esa   plyuralizm   (lotincha   pluralis   —
ko’pchilik so’zidan olingan) tarafdorlari deb atashadi.
Olamning   asosida   yotuvchi   mohiyatni   ahtarish   tarixi   ham   fanning   uzoq
o’tmishiga   borib   taqaladi.   Masalan,   Qadimgi   Hindiston   va   Hitoyda,   Misr   va
Bobilda,   Qadimgi   O’rta   Osiyo   va   Yunonistonda   ba`zi   faylasuflar   olamning
asosida   qandaydir   modda   yoki   muayyan   unsur   yotadi,   deb   hisoblashgan.
Ularning   ba`zilari   bu   unsurni   olov,   boshqalari   suv   yoki   havo,   ayrimlari   esa   —
tuproqdan iborat deb hisoblashgan. Ba`zi bir falsafiy ta`limotlarda esa, olamning
asosida   —   olov,   havo,   suv   va   tuproq   yotadi,   barcha   narsalar   ana   shu   to’rtta
unsurning birikishidan hosil bo’lgan, deyilgan.
Olamning   asosida   yotuvchi   substansiyani   ahtarishning   yana   bir   yo’li
narsalarning   tarkibidagi   bo’linmas   eng   kichik   unsurni,   ya`ni   narsalarning
tarkibidagi umumiy substrat (lotincha substratum — asos ma`nosini anglatadi) ni
ahtarishdir.   Bunday   yo’nalishga   mansub   oqimlardan   biri   atomistik   oqim
hisoblanadi.   Masalan,   Qadimgi   Yunon   faylasuflari   Levkipp,   Epikur,   Demokrit
va   Lukresiylar   narsalarning   va   butun   olamning   asosida   eng   kichik   bo’linmas
unsurlar  atomlar yotadi, ular  o’zlarining shakli,  harakatlanishi va vaznlari  bilan
bir-birlaridan farq qiladi, deb hisoblashgan.
Olamni anglash tug’risida turlicha, hatto bir-biriga qarama-qarshi qarashlar
mavjud.   Bunday   qarashlar   odamlarning   olamga   o’z   o’lchovlari   bilan   qarashlari
oqibatida   paydo   bo’ladi.   Birov   uchun   olam   yahshi   va   yomon,   oppoq   va   qora
ranglardan   tashkil   topgan,   boshqa   ranglarning   bo’lishini   u   tasavvuriga   ham
siQdira   olmasligi   mumkin.   Boshqalar   esa,   olamni   hilma-hil   rangda,   qirralarda
ko’radi.   Ular   oq   bilan   qora   oralig’ida   oqimtirroq   yoki   qoraroq   ranglar   ham
bo’lishi mumkinligiga e`tibor qilishadi.
Olam   tushunchasi   keng   qamrovli   va   keng   yo’nalishli   tushuncha   bo’lib,
ma`lum   ma`noda   voqelikka   tizimli,   ya`ni   sistemali   yondoshishni   talab   qiladi.
Masalan,   elementar   zarrachalar   olami   tushunchasi   odamga   ma`lum   bo’lgan   va
hali ma`lum bo’lmagan barcha elementar zarrachalarni qamrab oladi.
Agar   biz   yashayotgan   butun   koinotni   elementar   zarrachalardan   tashkil
topgan   deb   hisoblasak,   bu   tushuncha   butun   koinotni   ham   aks  ettirishi   mumkin. Yoki   o’simliklar   olami   tushunchasini   olaylik.   Bu   tushunchaga   faqatgina
o’simliklar kiradi, hayvonlar va odamlar bu olamdan chetda qoladi.
Shu nuqtai nazardan olam tushunchasi nisbiy mohiyatga ega. Ba`zi kishilar
olam deganda barcha narsalarni, jismlarni, hodisalarni qamrab oluvchi universal
sistemani   tushunadi.   Bu   ma`noda   olam   kosmologik   koinot   tushunchasiga   mos
keladi.   Ayrimlar   uni   cheksiz   va   chegarasiz,   boshqalar   esa   koinot   ma`nosidagi
olamni   cheklangan   ob`ekt   sifatida   talqin   etadi.   Cheksizlik   va   chegarasizlik
tushunchalari   nisbiy   ma`noga   ega,   bir   sistemada   cheksiz   hisoblangan   ob`ekt
boshqa sistemada chekli bo’lishi mumkin va aksincha.
Diniy-kosmologik   qarashlarda   olam   ilohiy   qudrat   kuchi   bilan   yaratilgan
deb talqin etiladi. Bu olamning vaqtda boshlanishi borligiga, ya`ni uning chekli
ekanligiga   ishoradir.   Islom   dinidagi   kosmologik   qarashlarda   o’n   sakkiz   ming
olam   haqida   gapiriladi   va   mazkur   qarash   bo’yicha   biz   yashayotgan   moddiy
olamdan   tashqari,   undan   mustaqil   bo’lgan   ko’plab   boshqa   olamlar   ham
mavjuddir, deyiladi.
Hozirgi   zamon   kosmologiyasida   ham   fanga   asoslangan   bir   qancha
konsepsiyalarda   olam   o’tkinchi,   tabiiy   ravishda   paydo   bo’lgan,   degan   G’oya
ilgari   suriladi.   Bu   nuqtai   nazarlarda   olamning   paydo   bo’lishidan   oldingi   holati
«hech nima» va «yo’qlik» tushunchalari bilan izohlanadi. Angliyalik olim Stiven
Loking   «Olam   vujudga   kelmasdan   ilgari   nima   bo’lgan?»   degan   savolning
mantiqsizligini,   vaqtning   faqatgina   kelajakka   yo’nalgan   oqimini   ifodalovchi
modeli   vositasida   asoslashga   harakat   qilgan.   Uning   fikricha,   bu   shimoliy   qutb
nuqtasidan turib qaraganda, hamma nuqtalar faqat janubga olib boradigan holatni
eslatadi. Bunday holat olamning boshlanQich holatidir. Vaqtning kelajakka olib
boruvchi   yo’nalishigina   mavjud   bo’lgan   holati   olamning   boshlanishidir.   Bu
holatda o’tmish yo’q, faqat kelajak mavjud.
Olam haqidagi diniy tasavvurlar uning kelajagi, yaratilishi yoki o’tmishiga
oid murakkab masalalarni, asosan, ilohiy qudratning hosilasi sifatida talqin etadi.
Dinda   olamni   «bu   dunyo»   —   o’tkinchi   olam   va   «narigi   dunyo»   —   abadiy
olamga ajratib tushuntirishadi. Bu dunyodagi mashaqqatlari evaziga odam narigi
dunyoda rohat-farog’atga muyassar bo’ladi, degan G’oyaga asoslaniladi.
Fan   olam   tug’risida   o’ziga   hos   fikr   yuritadi.   Unda   olamga   oid   murakkab
masalalarni   amaliy   tajribalardan   kelib   chiquvchi   mantiqiy   dalillar   asosida
isbotlashga uriniladi. Mavjud ilmiy mantiq doirasidan chetga chiquvchi hodisalar
esa   izohlanmaydi.   Ayrim   ajoyibot   hodisalarining   fan   tadqiqot   ob`ektiga
kiritilmaganining sababi ana shunda.
Falsafa olamni izohlashda fanning, dinning, san`at va adabiyotning, hullas,
fan bilan birgalikda boshqa hilma-hil bilimlarga tayanib, umumlashgan hulosalar
chiqaradi.   Demak,   falsafadagi   olam   tushunchasi   kosmologiyadagi,   dindagi   va
boshqa bilim sohalaridagi olam tushunchalariga nisbatan boyroq, sermazmunroq
va kengroqdir.
Olamning   namoyon   bo’lish   shakllari   hilma   hildir.   Faqat   moddiy
jismlarnigina   o’ziga   qamrab   oluvchi   olamni   moddiy   olam   deyishadi.   Ayrim kishilar uni jismoniy, ya`ni fizik olam deb atashadi. Odamning ma`naviy, ruhiy
dunyosini   qamrab   oluvchi   olamni   ma`naviy   olam   deyishadi.   Aynan   shu   paytda
biz   bilan   birgalikda   mavjud   bo’lgan   olam   aktual   olam   deyiladi.   Kelajakda
mavjud bo’lish imkoniyati bor va bo’lishi mumkin bo’lgan olam potensial olam
deyiladi. Masalan, sizning bugungi kundagi talabaligingiz aktual olamga mansub
bo’lsa,   kelajakda   mutahassis   bo’lib   etishishingiz   esa   potensial   olamga
mansubdir.
Olamning   mavjudligi   shubhasiz   bo’lgan   va   barcha   e`tirof   etadigan   qismi
real olam deyiladi. Kelajakda mavjud bo’lishi ehtimoli bo’lgan olam virtual olam
deb ataladi (virtual so’zi lotincha virtualis — ehtimoldagi degan ma`noni beradi).
Aniq   ma`lum   bo’lgan   olam   konkret   olam   deyiladi,   hayoldagi,   tasavvurdagi,
idealdagi olam obrazi abstrakt olam deyiladi.
Odamning   kundalik   hayotidagi   hammaga   ma`lum   bo’lgan,   tan   olingan
hayoti   real   olamga   mansub   bo’lsa,   uning   hayoliy   rejalari   virtual   olamga,   uning
o’zi   va   atrofidagilar   konkret   olamga,   kelajakka   yo’nalgan   orzu-umidlari   esa
abstrakt   olamga   mansubdir.   Odam   o’z   rejalarini   real   olamga   asoslanib   tuzsa,
potensial olamining konkret reallikka aylanish ehtimolligi oshadi.
Odam   olamda   boshqalardan   ajralib,   yakkayu   yagona   bo’lib   emas,   balki
ijtimoiy   hayot   kechiradi   va   jamoa   bo’lib   yashaydi.   Odamlar   jamoasi   jamiyatni
tashkil   etadi.   Odamlar   jamiyatdagi   o’zaro   munosabatlari,   faoliyatlari,   o’y-
hayollari, ideallari, maqsad va maslaklari bilan birgalikda ijtimoiy olamni tashkil
etishadi.   Odamning   jamiyatdagi   boshqalar   bilan   birgalikdagi   ijtimoiy   faoliyati,
ularning   har   biriga   hos   bo’lgan   takrorlanmas   individual   olamlariga   bog’liqdir.
Individual   olam,   ayni   paytda   tashqi   olamni   ham,   ijtimoiy   olamni   ham   aks
ettiradi, o’zida ifodalaydi. Bular bir-birlari bilan chambarchas bog’liqdir.
Hullas,   olam   haqidagi   hilma-hil   tasavvurlar   mavjudlikning   eng   umumiy
falsafiy   tushunchasi   shakllanishiga   asos   bo’lib   keldi.   Bunday   tushuncha   borliq
haqidagi tushunchadir.
Borliq tushunchasini Siz qanday tushunasiz?
  Faylasuflar qadim zamonlardan buyon «borliq» va «yo’qlik» haqida bahs
yuritishgan. Ular borliqning vujudga kelishi, mohiyati, hususiyatlari va shakllari
haqida   ko’plab   asarlar   yozishgan.   Ho’sh,   borliq   nima?   Bu   savol   bir   qarashda
juda   oddiy   ko’ringani   bilan   unga   shu   choqqacha   barcha   kishilarni   birday
qanoatlantiradigan   javob   topilgani   yo’q.   Bu   holat   borliqqa   turlicha   nuqtai
nazarlardan   qarashlarning   mavjudligi   bilan   izohlanadi.   Masalan,   ayrim
faylasuflar   borliqni   moddiylik,   moddiy   jismlar   bilan   bog’lab   tushuntirishadi.
Ularning   nuqtai   nazarlaricha,   borliq   –   ob`yektiv   realliknigina   qamrab   oluvchi
tushunchadir.   U   holda   fikr,   inson   tafakkuri,   o’y-hayollarimiz   borliq
tushunchasidan   chetda   qolar   ekanda,   degan   savolga   ular,   bunday   tushunchalar
ob`yektiv reallikning hosilasidir, deb javob berishadi.
Falsafaning   borliq   haqidagi   ta`limotni   izohlaydigan   qismi   —   ontologiya
deb ataladi. (Bu tushunchani falsafada birinchi bor H. Volf qo’llagan). Olam va
borliq masalalarini falsafaning ana shu sohasi o’rganadi. Yo’qlik hech nima demakdir. Hamma narsani hech narsaga aylantiruvchi,
hamma   narsaning   ibtidosi   ham,   intihosi   ham   yo’qlikdir.   Bu   ma`noda   yo’qlik
cheksizlik, nihoyasizlik va mangulik bilan birdir. Yo’qlik chekingan joyda borliq
paydo bo’ladi. Demak, borliqning bunyodkori ham, kushandasi ham yo’qlikdir.
Borliq yo’qlikdan yo’qlikkacha bo’lgan mavjudlikdir. Yo’qlikni hech narsa bilan
qiyoslab bo’lmaydi. Fanda yo’qlik nima, degan savolga javob yo’q.
Borliq   haqidagi   konsepsiyalar.   Tarihdan   ma`lumki,   faylasuflar   borliq
haqida turlicha G’oyalarni ilgari surishgan. Markaziy Osiyo tuprog’ida vujudga
kelgan   zardo’shtiylik   ta`limotida   borliq   quyosh   va   olovning   hosilasidir,
alangalanib   turgan   olov   borliqning   asosiy   mohiyatini   tashkil   etadi,   deb
hisoblangan.   Chunki   bu   G’oya   bo’yicha,   har   qanday   o’zgarish   va   harakatning
asosida olov yotadi va u borliqqa mavjudlik bahsh etadi.
Qadimgi   yunon   faylasufi   Suqrot   borliqni   bilim   bilan   qiyoslaydi   va
uningcha,   biror   narsa,   biz   uni   bilsakkina   bor   bo’ladi,   insonning   bilimi   qancha
keng bo’lsa, u shuncha keng borliqni qamrab oladi, deb hisoblaydi.
Qadimgi   dunyoning   atomist   olimi   Demokrit   borliq   atomlar   majmuasidan
iborat   deb   tushuntirgan.   Uning   fikricha,   borliqning   mohiyati   uning
mavjudligidadir. Mavjud bo’lmagan narsa yo’qlikdir.
Islom   ta`limotida   esa   borliq   bu   ilohiy   voqelikdir.   Ya`ni   u   Olloh   yaratgan
mavjudlikdir. Bu borada vahdati vujud va vahdati mavjud ta`limotlari bo’lgan.
Islom diniga mansub mutafakkirlar borliq haqidagi ta`limotni har taraflama
rivojlantirganlar.   Masalan,   Forobiy   fikricha,   ilk   borliq   azaliy   Ollohning   o’zidir.
Beruniy   fikricha,   borliq   shunday   umumiylikki,   u   hamma   narsaning   asosida
yotadi,   demak,   borliq   hamma   narsaning   asosidir.   Yevropada   o’tgan   olimlar
David Yum va Jorj Berkli borliqni sezgilarimiz majmuasi deb talqin etishgan.
Hegel   esa   borliqni   mavhumlik,   mutlaq   ruhning   namoyon   bo’lishi,   deb
ta`riflaydi.   Ko’pgina   naturfalsafiy   qarashlarda   borliqni   hozirgi   zamon   bilan,
ya`ni shu aktual olamga bog’lab tushuntirdilar.
Aslida,   borliq   keng   falsafiy   tushuncha   bo’lib   o’ziga   butun   mavjudlikni,
uning   o’tmishi,   hozir   va   kelajagini   ham   qamrab   oladi.   Faylasuflar   borliqni
tushuntirish   uchun   yo’qlik   tushunchasini   unga   antipod   qilib   olishgan   va   shu
asosda   borliqning   zaruriy   mohiyatini   ochishga   intilganlar.   Materialistik
adabiyotlarda   borliqni   ob`yektiv   reallik   bilan,   materiya   bilan   aynanlashtirib
tushuntirishadi.
Borliq o’ziga ob`yektiv va sub`yektiv reallikni, mavjud bo’lgan va mavjud
bo’ladigan olamlarni, moddiylik va ma`naviylikni, o’tmish va kelajakni, o’limni
va hayotni, ruh va jismni qamrab oluvchi umumiy tushunchadir.
Borliq va mavjudlik. Atrofimizdagi odam, olam, tabiat, jamiyat, tafakkur,
G’oyalar,   o’y-hayollarimiz   barchasi   birday   mavjuddir,   ular   turli   tarzda   va
shakllarda   namoyon   bo’lib,   hammasi   mavjudlik   belgisi   ostida   umumlashib,
borliq tushunchasiga kiradi.
Materialistik mazmundagi borliq tushunchasi ta`rifiga faqat ob`yektiv real
olam,   ongdan   tashqaridagi,   unga   bog’liq   bo’lmagan   jismoniy   mohiyatga   ega bo’lgan   narsalargina   kiritiladi.   Borliqning   ideal,   virtual,   potensial,   abstrakt,
ma`naviy shakllari bu ta`rifdan tashqarida qoladi.
Aslida   esa,   borliq   kategoriyasi   umumiy   abstraksiya   bo’lib,   mavjudlik
belgisi   bilan   barcha   narsa   va   hodisalarni   o’ziga   qamrab   oluvchi   o’ta   keng
tushunchadir. U o’ziga nafaqat ob`yektiv reallikni, balki sub`yektiv reallikni ham
qamrab oladi.
Borliq   mavjudlik   va   reallik   tushunchalariga   qaraganda   ham   kengroq
tushunchadir.   Mavjudlik   —   borliqning   hozirgi   paytda   namoyon   bo’lib   turgan
qismi   bo’lib,   o’tgan   va   mavjud   bo’ladigan   narsa   va   hodisalar   ham   borliq
tushunchasiga   kiradi.   Reallik   esa,   mavjudlikning   hammaga   ayon   bo’lgan,   ular
tomonidan   tan   olingan   qismi.   Borliq   o’ziga   reallikni   ham,   mavjudlikni   ham
qamrab   oladi.   An`anaviy   falsafiy   qarashlarda   borliqning   uchta   sohasi   ajratib
ko’rsatiladi.   Ularga:   tabiat   borlig’i,   jamiyat   borlig’i,   ong   borlig’i   kiradi.   Bular
uchun eng umumiy belgi, ularning mavjudligidir.
Shuningdek,   falsafiy   adabiyotlarda   tabiat   borlig’i   va   jamiyat   borliQining
quyidagi   shakllari   ham   farqlanadi.   Tabiat   borlig’i   odatda   tabiatdagi   narsalar
(jismlar),   jarayonlar,   holatlar   borlig’i   sifatida   tushuniladi.   U   ikkiga   bo’linadi:
azaliy   tabiat   borlig’i   (yoki   tabiiy   tabiat   borliQi,   u   insondan   ilgari   va   uning
ishtirokisiz   ham   mavjud   bo’lgan)   va   odam   mehnati   bilan   ishlab   chiqarilgan
narsalar   borlig’i   («ikkinchi   tabiat»   borliQi,   ya`ni   madaniyat).   Ikkinchi   tabiat
borlig’i esa, o’z navbatida, quyidagi ko’rinishlarda uchraydi:
- inson borlig’i (insonning narsalar olamidagi borlig’i va odamning o’ziga
hos bo’lgan insoniy borlig’i);
- ma`naviy borliq (individuallashgan va ob`ektivlashgan ma`naviy borliq);
-   sosial   borliq   (ayrim   odamning   tarixiy   jarayondagi   borlig’i   va   jamiyat
borlig’i), u ijtimoiy borliq ham deb ataladi.
Borliqning   moddiy   shakli   materiya   o’ziga   barcha   jismlarni,   hodisalarni,
jarayonlarni   va   ularning   hususiyatlarini   qamrab   oladi.   Bundan   tashqari   u
tafakkurni   ham,   olamda   mavjud   bo’lgan   barcha   aloqadorliklarni   va
munosabatlarni   ham   qamrab   oluvchi   umumiy   falsafiy   tushunchadir.   Borliqning
moddiy shakliga hos umumiylikni ahtarishning bir yo’nalishi moddiy olamning
asosida   yotuvchi   umumiy   mohiyatni   ahtarish   yo’li   bo’lib,   yuqorida   qayd
etganimizdek,   substansiyani   aniqlash   yo’lidir.   Ikkinchi   yo’l   esa   —   moddiy
olamning   asosiy   tarkibiga   kiruvchi   «qurilish   elementlarini»-   substratni   ahtarish
yo’li. Uchinchi yo’l — hamma narsaning vujudga keltiruvchi bosh sababchisini,
ota   moddani,   ya`ni   pramateriyani   ahtarish   yo’li.   Mana   shu   yo’l   haqida   mahsus
to’htab o’taylik.
Olamning   substansiyasini   ahtarishning   bu   usuli   go’yoki   meva   iste`mol
qilayotgan kishi, uning kelib chiqishini ahtarib, dastlab darahtga, so’ngra uning
guliga,   bargiga,  ko’chatiga   va  urug’iga   nazar   solganidek,   atrofimizdagi  moddiy
olamning o’zagida dastlabki yaratuvchi modda sifatida nima yotishini, ya`ni ilk
materiyani,   azaliy   materiyaning   «bobokolonini»,   «pramateriyani»   ahtarish
usulidir. Moddiy   olamning   asosida   yotuvchi   umumiy   mohiyatni   ahtarish   falsafada
materiya   haqidagi   tasavvurlarning   maydonga   kelishiga   va   rivojlanishiga
sababchi   bo’ldi.   Materiya   tushunchasi   moddiy   unsurga   nisbatan   ham,   atomga
nisbatan   ham,   pramateriyaga   nisbatan   ham   umumiyroq   bo’lgan   tushunchadir.
Materiya   olamdagi   barcha   moddiy   ob`ektlarni,   butun   ob`yektiv   reallikni   ifoda
etuvchi  eng  umumiy tushunchadir. Faylasuflar «Tom ma`nodagi materiya faqat
fikrning mahsuli va abstraksiyasidir» deb yozishadi. Faylasuflar barcha moddiy
ob`ektlarga   hos   hususiyatlarni   umumiy   tarzda   ifodalash   uchun   qo’llaydigan
tushuncha   materiya   deb   ataladi.   Demak,   materiya   moddiy   ob`ektlarga   hos   eng
umumiy tushuncha, falsafiy kategoriyadir.
Albatta, bu ta`riflarni bir yoqlama mutlaqlashtirib tushunmaslik lozim. Bu
ta`riflarda   ko’proq   sezgi   a`zolarimizga   bevosita   ta`sir   etishi   mumkin   bo’lgan
reallik nazarda tutilgan.
XX   asrning   o’rtalariga   kelib,   kvant   mehanikasi,   nisbiylik   nazariyasi   va
hozirgi zamon kosmologiyasi sohalaridagi ilmiy yutuqlar kishilarning ob`yektiv
olam   hakidagi   tasavvurlarini   tubdan   o’zgartirib   yubordi.   Natijada,   tabiatshunos
olimlar   sezgilarimizga   bevosita   ta`sir   etishining   imkoni   bo’lmaydigan   realliklar
haqida ham tadqiqotlar olib bora boshladi.
Olamning klassik mehanika nuqtai nazaridan kelib chiqib, nisbatan kichik
tezlikda   harakatlanuvchi   sistemalar   haqidagi   ilmiy   manzarasi   o’rnini   yangicha
ilmiy   manzaralar   egallay   boshladi.   Bu   esa   materiya   haqidagi   tasavvurlarning
yanada rivojlanishiga sharoit tug’dirdi. Bu o’zgarishlarni hisobga olib, marksist-
faylasuflar bu ta`rifga sezgilarimizga bevosita yoki bilvosita (ya`ni turli asboblar;
qurilmalar vositasida) ta`sir etuvchi, degan qo’shimcha kiritishdi. Shunday qilib,
bu ta`rif go’yo materiyaning moddaviy va nomoddaviy shakllarini, ya`ni modda
va antimodda ko’rinishlarini qamrab oluvchi ta`rifga aylandi.
Materialistlar   materiyani   ob`yektiv   reallik,   deb   ta`riflashadi.   Ob`yektiv
reallik   inson   sezgilariga   bog’liq   bo’lmagan   holda,   undan   tashqarida   mavjud
bo’lgan   voqelikdir.   Bu   butun   mavjudlikning   sub`yektiv   reallikdan   tashqaridagi
qismi   hisoblanadi.   Ob`yektiv   reallikning   mavjudligi   qanday   namoyon   bo’ladi?
Bu savolga javob topishda, borliqning ajralmas hususiyatlarini o’rganishga tug’ri
keladi.   Har   qanday   jismning   ajralmas   hususiyati   lotincha   «atribut»   so’zi   bilan
ataladi.
Borliqning   atributlari.   Muayyan   jismning   aynan   shu   jism   ekanligini
belgilovchi   hususiyatlari   uning   atributlari   bo’ladi.   Borliqning   ham   bir   qancha
atributlari mavjuddir. «ular: harakat, fazo, vaqt, in`ikos, ong va boshqalar. Borliq
o’zining   hossalari,   hususiyatlari   orqali   namoyon   bo’ladi.   Endi   borliqning
atributlari, ya`ni ajralmas tub hususiyatlari haqida to’htab o’taylik.
Harakat. Borliqning atributlari ichida uning asosiy mavjudlik usulini ifoda
etuvchi   hususiyati   harakat   hisoblanadi.   Chunki   borliq   harakatsiz   o’zining
strukturaviy yahlitligini saqlay olmaydi.
Buni   moddiy   borliq   misolida   qarab   chiqaylik.   Faraz   qiling,   qarshimizda
biror   jism   turibdi.   Agar   harakat   bo’lmaganida   edi,   yoruQlik   nurlari   shu   jismga urilib   bizga   qaytmagan   bo’lar   edi,   ya`ni   biz   uni   ko’rmagan   bo’lar   edik.
Shuningdek,   bu   jismning   yahlitligini   saqlab   turgan   molekulalar,   atomlar,
elementar   zarrachalar   o’rtasidagi   o’zaro   ta`sirlar   ham   bo’lmasdi.   Natijada   bu
jismning   strukturaviy   birligiga   putur   etgan   bo’lar   edi.   Tevarak-atrofimizdagi
predmetlar   va   hodisalar   harakat   tufayli   o’zining   muayyan   tartibini   va   birligini
saqlab turadi, shu tufayli, o’sish, ulg’ayish, ravnaq topish, rivojlanish mavjuddir.
Harakat, bir tomondan, moddiy jismlar o’rtasidagi va ularni tashkil etuvchi
elementlar o’rtasidagi aloqadorliklarning natijasi, boshqa tomondan esa, ulardagi
o’zgarishlar sifatida sodir bo’ladi. Shu nuqtai nazardan ham falsafaning harakat
bu umuman har qanday o’zgarishdir, deyilgan ta`rifi juda o’rinlidir. Harakatning
manbai   haqida   gap   ketganda,   ana   shu   o’zgarishlarning   asosida   yotuvchi   o’zaro
ta`sirlar va ular orasidagi munosabatlar nazarda tutiladi.
Demak,   har   qanday   harakatning   manbai   shu   sistemadagi   ichki   o’zaro
ta`sirlar   ekan,   har   qanday   jismning   mavjudligini,   eng   avvalo,   uning   ichki
aloqadorliklari ta`minlaydi.
Harakatning   turlari   haqidagi   mulohaza,   asosan,   o’zgarishlarning
hususiyatiga asoslangan. O’zgarishlar oddiy fazoviy siljishdan tortib, murakkab
ijtimoiy o’zgarishlargacha takomillashib borgan. Shu tufayli harakatga faqatgina
fazoviy   siljish,   deb   qaramaslik   lozim.   Bunday   qarash   olamdagi   barcha
jarayonlarga   mehanik   harakat   nuqtai   nazaridan   yondashishni   vujudga   keltiradi.
Aslida   olamda   o’zgarishning   hilma-hil   ko’rinishlari   mavjud   bo’lib,   ular   bir-
biridan sifatiy farq qiladi.
Mehanik,   himiyaviy,   biologik,   fizik   o’zgarishlar   bilan   ijtimoiy
o’zgarishlarni   aslo   taqqoslab   bo’lmaydi.   Tug’ri,   bu   o’zgarishlar   uchun   umumiy
bo’lgan   fazoviy   siljishlar   harakat   shakllarining   hammasida   ham,   u   yoki   bu
ko’rinishda namoyon bo’lishi mumkin. Lekin hamma o’zgarishni ham, faqatgina
fazoviy   siljishdan   iborat,   deb   bo’lmaydi.   Masalan,   Erning   Quyosh   atrofidagi,
Oyning Er atrofidagi harakatini fazoviy siljishning yaqqol ko’rinishi deyishimiz
mumkin.   Lekin   Yer   bag’rida   ro’y   berayotgan   murakkab   geologik   jarayonlarni,
Er   sirtidagi   biosferaning   yashash   usulini   birgina   mehanik   siljish   bilan   izohlab
bo’lmaydi.   Harakatning   shakli   qanchalik   murakkab   bo’lsa,   u   bilan   bog’liq
bo’lgan   o’zgarishlar   ham   shu   qadar   murakkab   bo’ladi.   Materiyaning   tashkiliy
struktura darajasi qanchalik yuqori darajada bo’lsa, unda fazoviy siljish ham shu
qadar kam seziladi.
Ilk ratsionalist o laroqʻ   Parmenidni   (mil. avv. 480) ko rish mumkin; u fikrlash 	ʻ
haqiqatdan ham ro y berishiga shubha qilish mumkin emasligini aytadi. Lekin 	
ʻ
fikrlash obyektsiz bo la olmaydi, demak fikrlashdan	
ʻ   tashqarida   darhaqiqat biror 
narsa mavjud. Parmenid mavjud bo lgan narsa muayyan sifatlarga ega bo lishi 	
ʻ ʻ
kerak, degan xulosaga keladi; hali paydo bo lmagan yoki yo qolib bitgan narsa 	
ʻ ʻ
ham vaqtdan tashqarida mavjud bo la oladi, deydi.	
ʻ   Zeno Elea   (mil. avv. 489 
tug .) Parmenid shogirdi edi va u harakat ilojsiz ekanligi haqidagi tezisga uning 	
ʻ
mavjudligi haqidagi fikrning o zi mavjud ekanligi, demak harakat ilojlidir, degan	
ʻ
qarshi ta kid keltirgan.	
ʼ Aflotun   (mil. avv. 427–347) ham Parmenid ishlaridan ta sirlangan, biroq u ʼ
ratsionalizmni realizm bilan bog lagan. Aflotun mavjud narsalarning sifati 	
ʻ
universal (olamshumul) dir, deydi. Masalan, bir odam, bir uchburchak, bir daraxt
sifatlari barcha odamlar, barcha uchburchaklar, barcha daraxtlar uchun ham 
o rinlidir. Aflotun sifatlar ongdan tashqari shakllar emas, deb fikrlaydi, o ylash 	
ʻ ʻ
jarayonida yolg iz ongga ishonib, hissiyotlarga chalg ish kerak emasligini 	
ʻ ʻ
uqtiradi.
Zamonaviy ratsionalizm   Descartes   ishlaridan boshlangan. Hissiy kechinmalar 
tabiati va fiziologiya hamda optikadagi ilmiy kashfiyotlar Descartes 
(shuningdek,   Locke ) ni biz obyektlardan emas, ular haqidagi fikrlardan boxabar 
ekanligimiz, haqidagi g oyaga olib keldi. 	
ʻ Bu qarash quyidagi savollarni 
tug dirdi:	
ʻ
1. Fikr u tasnif etayotgan real narsaning haqiqiy nusxasimi? Hissiyot obyekt 
va bizning tanamiz orasidagi to g ridanto g ri aloqa emas, balki uni 	
ʻ ʻ ʻ ʻ
tasniflovchi fiziologik jarayondir (masalan, ko z pardasidagi tasvir). Locke	
ʻ
rang kabi ikkilamchi sifatlar hissiyotning obyekt haqidagi haqiqiy tasnifga 
aloqador emas, faqatgina birlamchi sifatlar (shakl, hajm kabi) haqiqiydir, 
deydi.
2. Stul-stol kabi fizik obyektlar, yoki hatto ularni tasnif etayotgan miya 
jarayonlari bunday jismlarning ruhiy tasnifiga aylanadi?  Bu savol   xayol-
tana muammosi   sifatida mashhurdir.
3. Agar hammamiz biror fikrdan boxabar bo lsak, bu fikrni tug dirgan 	
ʻ ʻ
narsaning darhaqiqat mavjud ekanligini qanday qilib bilish mumkin?
Descartes so nggi muammoni ong orqali hal qilishga urindi. U Parmenidning 	
ʻ
" Fikrlayapman , demak   mavjudman " ( lot.   Cogito ergo sum ) tezisini rad etib 
bo lmaydi, degan fikrga keldi. Bu tezisdan Descartes butun bilim tizimini 	
ʻ
qurishda foydalanish kerakligini uqtiradi (bunday tizimda, masalan xudo 
mavjudligi bahsida   ontologik argumentdan   foydalanish mumkin). Uning ongning
yolg iz o zi voqe likni o rgana olishi mumkinligi, g oyasi zamonaviy 	
ʻ ʻ ʼ ʻ ʻ
ratsionalistlarga ta sir ko rsatdi (masalan,	
ʼ ʻ   Baruch Spinoza ,   Gottfried 
Leibniz   va   Christian Wolff ); biroq empiritsist faylasuflar bu g oyani tanqid 	
ʻ
qilishdi.
Empiritsizm , ratsionalizmdan farqli o laroq, olamni tanishda ongning 	
ʻ
ahamiyatini kamligini, bilimni asosan hissiyotlardan olish mumkinligini 
ta kidlashadi. John Locke o zining	
ʼ ʻ   An Essay Concerning Human 
Understanding   ( Odam Tushunishi Haqida Esse ,   1689 ) asarida klassik 
empiritsistik qarashlarini yoritadi hamda   naturalizm   va empiritsizmni qat iy 	
ʼ
ilmiy (o sha paytda Newton'iy) prinsiplar asosida qurish kerakligini uqtiradi.	
ʻ
Bu davrda diniy g oyalar dunyoviy falsafaga kirishga intildi.	
ʻ   Yepiskop 
Berkeley 'ning   Isaac Newton   g oyalarining asosiy prinsiplarini rad etuvchi 	
ʻ
idealizmi bunga misol bo lishi mumkin. Diniy mutafakkirlar qatoriga 	
ʻ shuningdek   Blaise Pascal ,   Joseph Butler   va   Jonathan Edwards   kabi faylasuflarni 
misol qilib keltirish mumkin. Qolgan faylasuflar, masalan   Jean-Jacques 
Rousseau   va   Edmund Burke , boshqacha yo ldan borishni afzal bilishdi. Ushbu ʻ
davrning farqli falsafiy qarashlari 20-asr falsafasining turli sohalarga bo linishi 	
ʻ
va akademik fanlar kabi qat iylashishiga turtki bo ldi.	
ʼ ʻ
Skeptitsizm [ tahrir   |   manbasini tahrirlash ]
Asosiy maqola:   Skeptitsizm
Skeptitsizm   har qanday   bilim ilojli ekanligini savol ostiga qo yuvchi falsafiy 	
ʻ
qarashdir. U ilk bor   Pirron   tomonidan o rtaga qo yilgan; Pirron	
ʻ ʻ   shamoyil dan 
boshqa hamma narsa shubha ostidadir, deb fikrlagan.   Sextus Empiricus   ( I asr ) 
skeptitsizmni "qanday qilib bo lsa-da, shakl va qarorlarga qarshi chiqib, [...] 	
ʻ
ruhiy xotirjamlikka ega bo lishdir",	
ʻ [7]
  deb ta riflagan. Ya ni skeptitsizm quruq 	ʼ ʼ
shubhalanish emas, balki shubhalanish orqali xotirjamlikkar erishishdir, deb 
ko rilgan. Skeptitsizm o zini	
ʻ ʻ   dogmatizmga   qarshi, deb biladi. [8]
Sextus biror axborotning ishonchliligi savol tug diradi, chunki bu uni qabul 	
ʻ
qiluvchiga bog liqdir, deydi. Biror narsaning ko rinishi turli vaziyatlarda 	
ʻ ʻ
turlichadir: masalan, echki shoxining bo lagi oq bo lib ko rinsa, butun shox qora 	
ʻ ʻ ʻ
bo lishi mumkin. Qalam yonidan qaralganda cho p, deb qabul qilinadi; biroq 	
ʻ ʻ
unga bir uchidan qaralsa, u doira bo lib ko rinadi.	
ʻ ʻ
Skeptitsizm keyinchalik   Michel de Montaigne   va   Blaise Pascal   zamonasida 
qayta tug ildi. Ayniqsa	
ʻ   David Hume   ishlarida skeptiklik yaqqol seziladi. Hume 
fikrlashning faqat ikki:   ehtimoliy   va   namoyishli   turlari borligini ta kidlaydi 	
ʼ
(qarang,   Hume sanchqisi ). Bulardan birontasi ham bizni tashqi olamning 
haqiqatdan mavjudligini uzil-kesil isbotlay olmaydi. Namoyishli fikrlash 
namoyishning (ya ni, aniq tezislardan	
ʼ   deduktiv   xulosa chiqarishning) yakka o zi 	ʻ
tabiat uniformalligini (masalan, fan ko rsatgan tabiat qonunlari uning barcha 	
ʻ
qismlari uchun taalluqli ekanligini) isbotlay olmasligi tufayli olam ongimizdan 
tashqarida mavjud ekanligi shubhalidir. Bunday ong yolg iz o zi kelajak va 	
ʻ ʻ
o tmish orasidagi aloqani topa olmaydi. Biz olam haqidagi qandaydir 	
ʻ
ishonchlarga ega bo lishimiz mumkin (masalan, ertaga quyosh chiqib, tong 	
ʻ
otishiga ishonch), lekin bu ishonchlar odat va an analar natijasidir 	
ʼ
va   albatta   shunday bo lishiga qat iy mantiqiy isbotga bog liq emas. Umumiydan 	
ʻ ʼ ʻ
xusuiyga keltiruvchi   ehtimoliy   ( induktiv ) fikrlash ham yordam bermaydi: 
u   ham   tabiat uniformalligiga bog liqdir, bu uniformallik esa isbotsizdir. Ikkala 	
ʻ
fikrlash turining eng yaxshi natijasi nisbiy haqiqat bo lishi mumkin:	
ʻ   agar   tayinli 
ta kidlar rost bo lsa,	
ʼ ʻ   u holda   tayinli xulosalar kelib chiqadi. shuning uchun olam 
haqida hech qanday bilim uzil-kesil qabul qilina olmaydi. Hume skeptik 
argumentga uni nazarga ilmaslikdan boshqa yechim yo qligini aytadi.	
ʻ [9]
Agar hatto shu muammolar har bir hol uchun hal qilinsa-da, biz bu yechimni 
isbotlash muammosiga duch kelamiz va shunday qilib   cheksiz regressga   duch 
kelamiz ( regress skeptitsizm   atamasi shunga bog liq).	
ʻ [10] [11] Ko p faylasuflar shunday skeptik argumentlar ahamiyati ustida bahslar olib ʻ
borishgan. Tashqi olam haqida bilim olamizmi, yo qmi, bu bizning bilimni 	
ʻ
qanday belgilashimiz, qay darajada aniqlik istashimizga bog liqdir. Agar biz 	
ʻ
mutlaq aniqlik istasak, ruhiy kechinmalardan tashqariga chiqa olmay qolamiz. 
Bunda biz hatto "Men" tushunchasining kogerent yoki davomiyligini ham hal 
qila olmaymiz, tashqi olam haqidagi axborotlarga esa butkul ishonmay 
qo yamiz. Biroq, boshqa tomondan, agar biz o rnatgan aniqlik darajasi juda past 	
ʻ ʻ
bo lsa, u holda turli illuziya va fokuslarga aldanib qolishimiz mumkin. 
ʻ
Skeptitsizmga qarshi bunday argument faylasuf   solipsizmdan   tashqari chiqishi 
kerakligini, bilimning aniqlik darajasi baland bo lishi, lekin mutlaq aniq 	
ʻ
bo lmasligi mumkinligini bildiradi.	
ʻ
O’zgarishlarning   shunday   bir   shakli   borki,   uni   falsafada   rivojlanish   deb
ataladi.   Rivojlanish   bu   —   muayyan   sistemaning   muayyan   vaqt   va   fazodagi
yahlit,   kompleks,   orqaga   qaytmaydigan,   ilgarilanma   yo’nalishga   ega   bo’lgan,
miqdoriy va sifatiy o’zgarishidir.
Shu jihatdan harakatning ikki hil turi bir-biridan farq qilinadi. Harakatning
birinchi   turi   jismda   uning   sifati   va   turg’unligini   saqlagan   holda   ro’y   beradigan
ichki   o’zgarishlarni   o’z   ichiga   oladi.   Ya`ni   har   qanday   jismda   beto’htov   ichki
o’zgarishlar  ro’y  berib  turadi,  lekin  bu  o’zgarishlar  shu   jismning  tashqi  sifatiga
jiddiy ta`sir ko’rsatmaydi.
Atrofimizni   qurshab   turgan   har   bir   jism   molekulalardan,   molekulalar   esa
atomlar   va   elementar   zarrachalardan   tashkil   topgan   ekan,   bu   jismlarning
molekulyar   va   atom   tuzilish   darajasida   ham   beto’htov   o’zgarishlar   ro’y   berib
turadi.   Shuningdek,   har   bir   jism   o’zining   atrofidagi   boshqa   jismlarning   va
ulardan   tarqalayotgan   nurlanishlarning   ta`siriga   ham   uchrab   turadi.   Bunday
tashqi   ta`sirlarni   o’zida   in`ikos   ettirish   jarayonida   ro’y   beradigan   o’zgarishlar
ham bu jismning sifatiy o’zgarib ketishiga olib kelmasligi, uning turg’unligi va
asosiy sifati saqlanib qolishi mumkinligi haqida hulosa chiqarish mumkin.
Biz   yuqorida   qayd   etgan   ichki   va   tashqi   ta`sirlar   oqibatida   ro’y   beruvchi
o’zgarishlar asta-sekin to’planib, keyinchalik jismda keskin sifatiy o’zgarishning
vujudga   kelishiga   ham   sabab   bo’lishi   mumkin.   Mana   shunday   o’zgarish,   ya`ni
jismning   sifatini   o’zgartiruvchi   harakat   ikkinchi   turdagi   harakatga   kiradi   va   u
rivojlanish deb ataladi.
Rivojlanish   jarayoni   ham   ikki   turda   bo’ladi.   Birinchi   turdagi   rivojlanish
bo’yicha,   jismda   har   qanday   sifatiy   o’zgarish   ro’y   berishiga   qaramasdan,   uni
tashkil etgan materiyaning sifatiy tuzilish darajasi o’zgarmasdan qolaveradi.
Masalan,   notirik   tabiatga   mansub   bo’lgan   Quyoshdagi   ravojlanishni   olib
qaraylik.   Olimlarning   tahminlariga   ko’ra,   hozir   sirtida   6   ming,   ichida   esa   bir
necha   mln.   darajali   haroratga   ega   bo’lgan   Quyosh   borib-borib   soviydi   va   qizil
gigantga   aylanadi,   ya`ni   Quyoshning   markazidagi   termoyadro   energiyasi
so’ngach,   ichki   zichligi   pasayadi   va   markazdagi   tortishish   quvvati   susayadi.
Oqibatda  Quyosh  shisha  boshlaydi  va  Er  orbitasini  ham  o’z  ichiga  olgan  ulkan qizil yulduz vujudga keladi, u asta-sekin sovib, qizil karlikka, so’ngra esa «qora
karlikka»,   keyin   bo’lsa   neytron   yulduzga   aylanadi.   Bunday   o’zgarishlar
natijasida borliqning tashkiliy struktura darajasi o’zgarmaydi, ya`ni jonsiz tabiat
shaklidagi darajasi saqlanadi.
Jonli tabiatning vujudga kelishi, o’simliklar va hayvonot olamining paydo
bo’lishi,   odamning   shakllanishi,   jamiyatning   vujudga   kelishi   singari   sifatiy
o’zgarishlar esa, rivojlanishning ikkinchi turiga kiradi.
Falsafa   fanida   harakatning   bir-biridan   sifatiy   farq   qiluvchi   bir   qancha
boshqa shakllari ham o’rganiladi.
Materalist bo’lgan faylasuflar harakat shakllarini turkumlaganida, quyidagi
mulohazalarga tayanib ish yuritadilar:
1)   harakat   shakllari   bir-birlari   bilan   sifat   jihatidan   farq   qilib,   ularning   har
biri materiyaning tashkiliy tuzilishi darajalarining muayyan bosqichida namoyon
bo’ladi;
2)   materiyaning   harakat   shakllari   bir-biri   bilan   genetik   jihatidan,   kelib
chiqishi jihatdan ketma-ket bog’langan, ya`ni harakatning murakkabroq shakllari
uning nisbatan soddaroq shakllaridan kelib chiqqandir;
3)   harakatning   yuqori   shakllari   tarkibidagi   quyi   shakllari   uning   yuqori
shakllariga   ham   mansubdir,   ammo   harakatning   yuqori   shakli   o’zidan   quyi
shakldagi   harakatga   mansub   emasdir.   Shu   mulohazalarga   tayangan   holda,
harakatning   beshta   shaklini   ajratib   olish   mumkin.   Ular   —   mehanik,   fizik,
himiyaviy, biologik va ijtimoiy harakatlardir.
Falsafada   harakat   shakllarini   turkumlashning   bir   qancha   boshqa
ko’rinishlari   ham   bor.   Ayrim   olimlar   harakat   shakllarini   har   bir   fanning   nomi
bilan   bog’lash   kerak,   deb   hisoblashadi.   Bunday   qarashning   hatoligi   shundaki,
fanlarning   ko’pchiligi   harakat   shaklini   emas,   balki   miqdoriy   munosabatlar   va
holatlarni aks ettiradi. Masalan geodeziya yoki geometriya, trigonometriya yoki
topografiya, chiziqli algebra qanday harakat shaklini o’rganadi? Kibernetika esa
ham   tabiatda,   ham   jamiyatda   amal   qiluvchi   boshqarish   jarayonlarini   o’rganadi,
ya`ni bu fan bitta emas, balki bir qancha harakat shakllarini qamrab oladi.
Harakat shakllarini turlash bo’yicha quyidagi tabiiy-ilmiy konsepsiya ham
diqqatga sazovordir. Mazkur konsepsiya bo’yicha harakat shakllari quyidagicha
turlanadi: fizik harakat (elementar zarrachalar, maydon va atomlarning harakati),
himiyaviy   harakat   (atomlar   va   molekulalarning   harakati)   va   bunda   harakatning
rivojlanishi   ikki   yo’nalishga   ajraladi,   1)   harakat   rivojlanishining   yuqori
yo’nalishida   biologik   harakat   shakllanadi;   2)   harakat   rivojlanishining   quyi
yo’nalishida   esa   geologik   harakat   shakllanadi,   biologik   harakatning   taraqqiyoti
ijtimoiy harakatga olib boradi.
Yana   bir   boshqa   konsepsiyada   esa   harakat   borliqning   tashkiliy   tuzilish
darajalariga   mos   ravishda   turlangan.   Bu   konsepsiyada   harakat   shakllari   uchta
sinfga   ajratiladi:   notirik   tabiatda   —   elementar   zarrachalar   va   maydon   harakati,
tirik tabiatda – hayotning namoyon bo’lishi, jamiyatda – odamning faoliyati. Ijtimoiy   harakat   bizga   ma`lum   bo’lgan   harakat   shakllari   ichida   eng
murakkabi   bo’lib,   unda   insonning   ongli   faoliyati,   inson   tafakkuri,   ijtimoiy
guruhlarning   faoliyati,   o’zaro   munosabatlari,   jamiyat   miqyosidagi   ijtimoiy   fikr
birgalikda   harakatga   keladi.   Bu   harakatni   chiziqli,   batartib   harakatlar   bilan
mutlaqo   taqqoslab   bo’lmaydi.   Uning   kelajagini   bashorat   qilish   ham   o’ta
murakkabdir.
Borliqning   asosiy   yashash   shakllariga   fazo   va   vaqt   kiradi.   Fazo
narsalarning   ko’lamini,   hajmini,   o’zaro   joylashish   tartibini,   uzlukli   yoki
uzluksizligini   ifodalasa,   vaqt   hodisalarning   ketma-ketligi,   jarayonlarning
davomiyligini ifodalaydi.
Ma`lumki, har qanday moddiy jism joyga, ko’lamga, hajmga ega. Fazo —
vaqtning muayyan lahzasida olamni tashkil etgan nuqtalarning o’zaro joylashish
tartibini aks ettirsa, vaqt esa fazoning muayyan nuqtasida ro’y beruvchi hodisalar
ketma-ketligi tartibini ifodalaydi.
Fazo   va   vaqt   tushunchalari,   ko’p   hollarda,   forsiy   til   ta`sirida   yozilgan
adabiyotlarda   makon   va   zamon   deb   ham   ataladi.   Bu   tushunchalar   fazo   va
vaqtning   tashqi,   nisbiy   hususiyatlarinigina   aks   ettiradi,   holos.   Fazo   narsalar
joylashadigan   joy   ma`nosida,   vaqt   esa   hodisalar   bo’lib   o’tadigan   muddat
ma`nosida ishlatiladi.
Fazo   va   vaqtni   tushunish   bo’yicha   substansial   va   relyasion   yondashishlar
mavjud.  Substansial konsepsiya tarafdorlari fazoni  narsalar  joylashadigan idish,
bo’shliq   deb   bilishadi.   Ularning   fikricha,   hamma   narsa   fazo   ichiga
joylashtirilgan.   Fazo   o’ziga   narsalarni   siqdiruvchi   substansiya.   Hech   narsasi
yo’q, ya`ni narsalar solinmagan fazo ham bo’lishi mumkin, deyiladi. Relyasion
konsepsiya tarafdorlari esa, narsalar fazoviy o’lchamga ega, deyishadi.
Hech   narsasiz   fazoning   bo’lishi   mumkin   emas.   Bu   farqni   relyativistik
fizika   asoschisi   Albert   Eynshteyn   shunday   tushuntirgan   edi.   Faraz   qilib,   bir
kazarma   soldatlarni   ko’z   oldingizga   keltiring.   Ilgarigi,   Nyuton   fizikasiga   ko’ra,
soldatlar   chiqib   ketishi   bilan   kazarma   bo’sh   qoladi,   ana   shu   substansial
konsepsiyadagi   fazodir.   Yangi   fizikaga   ko’ra,   soldatlar   chiqib   ketishi   bilan
kazarma ham yo’qoladi. Bu relyacion koncepciyadagi fazodir.
Fazo   va   vaqtning   hususiyatlari.   Fazo   va   vaqt   borliq   miqdoriy   va   sifatiy
jihatlarni   ifodalashiga   qarab,   metrik   va   topologik   hususiyatlarga   ega.   Fazo   va
vaqtning   metrik   hususiyatlari   borliqning   miqdoriy   munosabatlarini   aks   ettirib,
o’lchanadigan,   ko’zga   tashlanadigan   va   nisbiy   tabiatli   hususiyatlaridir.   Ularga
ko’lam, bir jinslilik, izotroplik (anizotroplik) kabi hususiyatlar kiradi.
Fazo   va   vaqtning   topologik   hususiyatlari   esa,   borliqning   tub   sifatiy
jihatlarini   ifodalaydi.   Bunday   hususiyatlarga   uzuksizlik,   bog’langanlik,
o’lchamlilik,   kompaktlik,   tartiblanganlik   singari   hususiyatlar   kiradi.   Vaqtning
topologik   hususiyatlariga   orqaga   qaytmaslik,   bir   o’lchamlilik   kabi   hususiyatlar
qo’shiladi.
Fazo   (vaqt)  ning   metrik   o’zgarishlari   borliq   strukturasini   jiddiy  o’zgartira
olmaydi,   topologik   o’zgarishlar   esa   borliqning   sifatiy   o’zgarishiga   sababchi bo’ladi. Masalan, bir bog’langan sistemaning ko’p bog’langan sistemaga o’tishi
fazo   topologiyasini   tubdan   o’zgartiradi,   ya`ni   fazoning   ikki   nuqtasini
tutashtiruvchi   turlicha   yo’llar   paydo   bo’ladi.   Bunday   fazoda   katta   idishning
ichiga   kichik   idishni   sig’dirish   mumkin   bo’ladi.   O’lcham   darajasi   ko’p   bo’lgan
sistema o’lchov darajasi kam bo’lgan sistemaga nisbatan ko’rinmas va murakkab
bo’ladi.   Shuningdek,   fazo   va   vaqtning   metrik   hususiyatlarini   kuchli   o’zgarishi
topologik hususiyatlarining o’zgarishiga olib kelishi mumkin. Masalan, fazoning
egrilik   darajasi   kuchli   o’zgarsa,   bir   bog’langan   fazo   ko’p   bog’langan   fazoga
aylanishi mumkin. X.Volf   (1679 -1754)ning falsafaga oid darsligida qo‘llanilgan bo‘lsada, ulardan 
ilgari qadimgi yunon faylasuflari ham ontologiyaning mazmunini ifodalovchi 
turli fikrlarni ilgari surishgan. Ular ontologiyani «haqiqiy borliqni nohaqiqiy 
borliqdan ajratib oluvchi borliq haqidagi ta'limotdir» deb hisoblashgan.   Eley 
maktabi   namoyondalari esa ontologiyani mangu, o‘zgarmas, yagona, sof borliq 
haqidagi ta'limot deb hisoblashgan.   Milet   va   Ioniya maktabi   vakillari esa 
dastlabki borliqning sifatiy talqini haqida bosh qotirishgan. Ulardan borliqning 
boshlanishida yotuvchi bunday 
asosni   Empedokl   «stixiya»,   Demokrit   «atomlar»,   Anaksimandr   «apeyron»,   Anak
sagor   «urug‘» deb atagan.   Aflotun   esa g‘oyalar ontologiyasini yaratgan. 
G‘oyalar ontologiyasi aql bilan erishiladigan mohiyatlar ierarxiyasini tashkil 
etib, uning yuqori nuqtasida Farovonlik g‘oyasi, undan keyin beto‘xtov oquvchi 
xilma-xil hissiy dunyoni aks ettiruvchi ideal namunalar, sonlar, geometrik 
shakllar yotadi.   Arastu   fikricha umumiylik ayrim holda yakka narsalardan chetda
mavjud emas. Biz olamda ayrim narsalarga duch kelamiz va ulardagi bir-biriga 
o‘xshash jihatlarni umumlashtirib, abstrakt va ideal obraz hosil qilamiz. Shu 
tariqa Arastu empirizm ontologtyasini yaratdi. Markaziy Osiyo Yaqin va O‘rta 
sharqida IX-X asrlarda ijod qilgan   Al-Kindiy, Zakariyo
Roziy, Forobiy, Ibn Sino   singari mutafakkirlar yunon faylasuflaridan farqli  ravishda ontologik ta'limotni butunlay yangicha bosqichga ko‘tarishdi. Masalan, 
Forobiy ontologiyaga yagona borliqning mohiyatini ochib beruvchi ta'limot 
sifatida yondashgan.
O‘rta asrlar g‘arb falsafasida   esa ontologiya teologiya bilan chambarchas 
bog‘lab tushuntiriladi. Bu davrda absolyut borliq xudo bilan, «sof» mohiyatlar 
ierarxiyasi bilan, «yaratilgan» borliq esa moddiy tabiat bilan aynanlashtirib talqin
etilgan.   Sxolastik falsafa da ontologiya substansial va aksidensial, aktual va 
potensial, zaruriy va tasodifiy, ehtimoldagi va imkoniyatdagi borliq darajalarini 
ifodalovchi ta'limot sifatida qaralgan. Bu davrda borliq konsepsiyalari 
nominalizm, realizm va konseptualizm namoyondalarining universaliylarning 
ontologik mohiyatiga munosabati tarzida namoyon bo‘ladi. Sharq falsafasida 
ontologiya ko‘proq   ilohiy borliqning mohiyatini , xudoning mohiyatini aks 
ettiruvchi ta'limot tarzida, sharq panteistik falsafasida esa   vahdatu 
mavjud   va   vahdatu
vujud   ko‘rinishidagi ta'limotlar shaklida vujudga kelgan. Xullas, borliq haqidagi 
muammo falsafada tarixan markaziy o‘rin egallaydi. Falsafa o‘rganadigan qaysi 
bir masalani olmaylik, u borliq muammosi bilan bog‘liq ekanligini ko‘ramiz. 
Haqiqatdan ham, borliq, unga munosabat masalasi falsafiy qarashlarda muhim 
ahamiyatga egadir, chunki, borliq muammosi falsafadagi har qanday 
dunyoqarash gnoseologik va metodologik muammolarning asosi 
hisoblanadi. Borliqning_mazmuni'> Borliqning mazmuni   Borliqning o‘zi 
nima? Bu savolga javob berish uchun borliqning inson va insonlar hayoti bilan 
bog‘liq ildizlariga nazar tashlashga to‘g‘ri keladi. Kishilar qadimdan o‘zlarini 
qurshab turgan tabiat va jamiyat, inson va insoniyat haqida o‘ylar ekan, atrofida 
sodir bo‘lib turgan narsalar va hodisalarni, o‘zgarishlarni kuzatishgan. Ba'zi 
narsalar hozir mavjud, keyinchalik esa yo‘qolib ketadi, kecha yo‘q bo‘lgan ba'zi 
narsalar esa bugun paydo bo‘ladi. Shular asosida kishilarda   mavjudlik   va yo‘qlik 
haqida tasavvurlar, qarashlar vujudga kelgan. Kishilar o‘zlarining ham dunyoga 
kelishi (tug‘ilishi), yashashi va nihoyat vafot etishi (o‘lishi), «yo‘qlikka 
aylanishi» haqida o‘ylay boshlashadi. Shu asosda kishilarning «bu dunyo» va «u 
dunyo» (narigi dunyo), ya'ni odamning vafotidan so‘ng uning ruhi ko‘chib 
o‘tadigan «dunyolar» haqidagi tasavvurlari paydo bo‘lgan. Kishilar o‘zlarining 
kundalik tajribalari asosida atrofidagi dunyoning hozir mavjudligi, o‘zlari 
tug‘ilmasdan ilgari ham mavjud bo‘lganligiga va keyinchalik ham mavjud bo‘lib
qolishiga ishonishgan. Shu tarzda ularda «borliq» va «yo‘qlik» haqida 
tasavvurlar shakllangan.
Borliqning ta'riflanishi   Borliq turli konsepsiyalarda turlicha talqin etiladi. Ayrim 
tadqiqotchilar uni muayyan moddiy jism, moddiy borliq sifatida tushuntirishadi, 
boshqalar esa uni g‘oyaviy, ma'naviy, ruhiy, ilohiy mohiyat shaklida 
tushunishadi. Abu Nasr Forobiy yagona borliqni 6 bosqichdan iborat deb 
hisoblagan: 1-ilk sabab (sababi-avval) - xudo; 2-sabab - (sababi- soniy) - 
samoviy jismlar borlig‘i; 3-sabab - faol aql (al-aql al-faol); 4-sabab - jon (an-
nafs); 5-sabab - shakl (assurat); 6-sabab - modda (al-modda)293. Bu bosqichlar 
bir-biri bilan sababiy bog‘langan bo‘lib, ular barcha mavjudlikning boshlang‘ichi
hisoblanadi. Borliq tushunchasi atrofida faylasuflar har doim keskin 
munozaralar, tortishuvlar, bahslar olib borishgan va bu bahslar haligacha davom 
etmoqda. Xullas, «borliq» falsafadagi eng umumiy tushunchadir. Borliqqa aksil 
tushuncha sifatida « yo‘qlik » tushunchasini ishlatishadi. Yo‘qlik hyech nimani, 
ya'ni nazarda tutilgan joyda hyech nima mavjud emasligini anglatadi. Borliq 
ilgari mavjud bo‘lgan, hozir mavjud va kelajakda mavjud bo‘ladigan   ob'ektiv
hamda sub'ektiv reallik ni ham o‘ziga qamrab oladi. Ya'ni tabiat, inson, fikrlar, 
g‘oyalar, jamiyat hammasi turli shakllarda mavjuddir. Ularning barchasi mavjud 
bo‘lganligi uchun ham yaxlit yagona borliqni tashkil etadi. Ko‘pincha borliqni 
inson ongidan tashqarida va unga bog‘liq bo‘lmagan holda   mavjud
bo‘lgan   reallikni   ifodalovchi falsafiy kategoriya sifatida ta'riflashadi. Bunday 
ta'rifning kamchiligi shundaki, bu ta'rifda borliq ob'ektiv reallik tushunchasi 
bilan aynanlashib qolgan. Aslida esa borliq kategoriyasi umumiylashgan 
abstraksiya bo‘lib mavjudlik belgisi bo‘yicha turli xil hodisalar, predmetlar va 
jarayonlarni o‘zida birlashtiradi. Tabiiy ob'ektlar, ularning xossalari, 
aloqadorliklari va munosabatlari, kishilar jamoasi va ayrim odamlar, ijtimoiy 
tashkilotlar, inson ongining holati va boshqalar ham borliq tushunchasiga kiradi. 
Borliq nafaqat predmetlarni, jismlarni, ob'ektiv reallikni, balki, ma'naviy 
hodisalarni, ruhiyatni, ong va tasavvurni,   sub'ektiv reallikni   ham o‘ziga qamrab 
oladi. Borliqning asosiy sohalariga tabiat, jamiyat va ong kiradi. Bu sohalar 
uchun umumiy jihat - ularning mavjudligidadir. A.G.Spirkin shunday yozadi 
«Barcha mavjud narsalar borliqqa mansubdir. Ularga moddiy jismlar ham, 
barcha (fizik, ximik, geologik,   biologik , ijtimoiy, psixologik, ma'naviy) 
jarayonlar ham, ularning xossalari, aloqalari va munosabatlari ham kiradi. U 
chyqur hayolotning mevasi bo‘lgan ertak va afsonalar, hatto bemorning 
xayolidagi alahsirashlar ham, borliqning qismi bo‘lgan ma'naviy reallik sifatida 
mavjuddir»294. Shunday qilib «ruh va materiya, hyech bo‘lmaganda mavjudlik 
sifatida umumiylikka egadir»
(I.Ditsgen).   Shubhasiz, ular bir-birlaridan farq ham qilishadi. Agar moddiylik va  ma'naviylikni bir-biriga taqqoslasak, moddiylik sub'ektdan mustaqil ravishda, 
ma'naviylik esa unga bog‘liq ravishda mavjud bo‘ladi. Shunday qilib, borliq 
mohiyat jihatidan   moddiy borliq   va   ma'naviy borliqqa   bo‘linadi.
Substansiya va substrat   Falsafaga oid bir darslikda haqli ravishda shunday deb 
yozilgan: «Borliq - bu tushunishni talab qiladigan va tushunish asosida yuzaga 
chiqadigan, shakllanadigan narsa. Borliq - bu predmetlarning ko‘rinishi yoki 
shakllaridan biri emas, predmetlar sinfining umumiy tushunchasi ham emas, 
borliq - bu mavjudlikning borlig‘idir. Borliq - bu borliqni anglashda nima 
kutilayotgan va tushunilayotgan bo‘lsa, o‘shanig o‘zidir»295. Bu ta'rifdan, 
borliqqa qaysi jihatdan yondashsak - u o‘sha xususiyatni 
o‘zida   mujassamlashtiradi , nimaiki voqiy bo‘lsa, borliq ularning hammasini 
o‘ziga qamrab oladi, degan ma'no kelib chiqadi. Shu jihatdan tadqiqotchilar 
borliqni turli shakllarga bo‘lib o‘rganishadi. Borliqni shakllarga ajratishda uning 
asosida, mohiyatida nimalar yotishiga e'tibor qaratish lozim. Shu tariqa 
falsafada   substansiya   kategoriyasi shakllangan. Substansiya (lotin.
substantia   - mohiyat, asosida yotuvchi nimadir) muayyan narsalar, voqyealar, 
hodisalar va jarayonlar xilma-xilligining ichki birligida namoyon bo‘luvchi 
mohiyat. Substansiya deyilganda falsafada dastlabki paytlarda borliq, tabiat, 
jamiyat, inson va dunyodagi barcha narsa va hodisalarning asosida yotuvchi 
moddiy yoki ruhiy mohiyat anglangan. O‘rta asr Sharq falsafasi namoyandalari 
al-Kindiy, Zakariyo Roziy, Forobiy, Ibn Sino, Ibn Rushd asarlarida substansiya 
deb hamma narsaning moddiy yoki ma'naviy asosi, mohiyati tushunilgan. 
Substansiyaga qarama-qarshi tushuncha « aksidensiya » deb atalgan. Aksidensiya 
(lot.   accidentia   - o‘tkinchi, tasodifiy) narsa va hodisalarning o‘tkinchi sifatlarini 
ifodalaydi. Forobiyning yozishicha, «olamda substansiya va aksidensiya hamda 
ularni yaratuvchi marhamatli ijodkordan boshqa hyech narsa yo‘qdir»296; 
«Aksidensiyani sezgilar oqrali his etish mumkin, substansiyani esa faqat aql 
anglab yetadi»297; «Masalan, olma - substansiya bo‘lsa, uning qizilligi esa 
aksidensiyadir»298. Substansiyani talqin etishda falsafada ikki xil -
ontologik va gnoseologik   yo‘nalish bor. Ontologik yo‘nalish bo‘yicha F.Bekon 
substansiya borliqning eng tub asosida yotadi deb hisoblagan va substansiyani 
muayyan narsalarning shakli bilan aynanlashtirgan. R.Dekart borliqning asosida 
ikki xil mustaqil substansiya: moddiy va ma'naviy substansiya yotadi deydi. 
Moddiy substansiya borliqning ko‘lami bilan, ma'naviy substansiya esa tafakkur 
bilan belgilanadi. B.Spinoza esa tafakkur va ko‘lam - ikki xil mustaqil 
substansiya emas, balki yagona substansiyaning ikki xil atributidir (atribut -  ajralmas xususiyati degani). G.Leybnitsning fikricha, olamning asosida ko‘plab 
mustaqil substansiyalar (monadalar) yotadi. Gnoseologik yo‘nalish bo‘yicha, 
substansiya olamning asosida yotuvchi shartli g‘oyalardan iboratdir (J.Lokk). 
J.Berkli esa ham moddiy, ham ma'naviy substansiyaning mavjudligini inkor 
etgan va u substansiya deb dunyoni idrok qilishning gipotetik assotsiatsiyasini 
anglagan. I.Kantning   nuqtai nazaricha , «u shunday bir doimiy narsaki, faqat unga
nisbatangina hamma vaqtinchalik, o‘tkinchi hodisalarni aniqlash mumkin». 
Xegel «absolyut g‘oya», «absolyut ruh»ni substansiya deb qarab, uni 
narsalarning muhim, o‘zgaruvchan, rivojlanuvchi tomonlarining yaxlitligidir, 
deb hisoblaydi. Ba'zi bir hozirgi zamon falsafiy konsepsiyalarida substansiya 
kategoriyasiga nisbatan salbiy munosabatlarni kuzatish mumkin. Masalan, 
neopozitivistlar substansiya odamlarning dunyo to‘g‘risidagi tasavvurlarini 
qo‘pollashtiradi, deb hisoblashadi. Ularning fikricha, bu kategoriya borliqning 
mohiyatini sodda va jaydari ko‘rinishda tushunish natijasida paydo bo‘lgan. 
Olamning tuzilishini tushunish yana bir tushuncha «substrat» kategoriyasi bilan 
ham bog‘langandir.   Substrat   (lot.   substratun   - asos, to‘shama, taglik) narsa va 
hodisalarning umumiy moddiy asosi; nisbatan oddiy va sifat jihatdan elementar 
bo‘lgan moddiy yoki g‘oyaviy tuzilmalar majmuasi. Ayrim falsafiy 
konsepsiyalarda substrat deb dunyoni tashkil etuvchi mutlaq elementar va 
bo‘linmas asoslar tushunilgan. Masalan, qadimgi Hind falsafasida olamning 
asosida to‘rtta bo‘linmas unsur - suv, havo, tuproq va olov yotadi deb ta'lim 
beriladi. Bunday qarash Markaziy Osiyoda yaratilgan «Avesto» da ham 
uchraydi. Qadimgi Yunon falsafasida Levkipp, Demokrit, Epikur, Lukretsiy 
fikricha, dunyo atomlar va bo‘shliqdan tashkil topgan, Anaksimandr - 
apeyrondan, Aflotun - g‘oya, ruhdan, Fales - suvdan, Geraklit - olovdan iborat 
deb ta'lim bergan. Forobiyning yozishicha, qadimgi yunon faylasuflari har 
qanday narsa qandaydir bir substratdan tashkil topganligini uqtirish bilan bir 
qatorda, uning absolyut va o‘zgarmasligini ta'kidlashgan. Xullas, har qanday 
ob'ektning   nimalardan tashkil topganligi , sistemaning asosida shu sistemani 
tashkil etuvchi asosni axtarish - substratni axtarishdir. Masalan, RNK, DNK va 
oqsillar biologik organizmlar uchun substrat bo‘lsa, EHMlarning asosida 
axborotlar almashuvi jarayoni substrat bo‘lib keladi. Borliqning asosida yotuvchi
birlamchi mohiyatni axtarish -   substansial yondashuv   bo‘lsa, har qanday 
sistemaning, umuman borliqning nimalardan bunyod qilinganligini, tarkib 
topganligini, tashkil topganligini, «qurilganligini» axtarish   substrakt 
yondashuvdir.   Har ikkala yondashuvda ham birmuncha biryoqlamalik, 
voqyelikni substansiya yoki substratga bog‘lab qo‘yish, uning murakkabligi va  xilma-xilligini e'tibordan chetlashtirish ko‘zga tashlanadi. Aslida borliqqa 
yanada kengroq, umumiyroq nuqtai nazardan yondashish maqsadga muvofiqdir. 
Bunday yondashish borliqni yo‘qlik, ya'ni «hyech nima» orqali ifodalash bilan 
bog‘langandir.
Borliq va yo‘qlik
Borliq   tushunchasiga qarama-qarshi tushuncha - bu   yo‘qlik dir. Agar borliq 
tushunchasi
nimaningdir mavjudligini   ifodalasa, yo‘qlik tushunchasi esa o‘sha joyda 
nimaningdir   mavjud
emasligini   anglatib, « nima» ning aksi bo‘lgan « hyech nima» ni aks 
ettiradi.   Borliq,   yuqorida qayd etganimizdek, absolyut mazmunga ega bo‘lib, 
muayyan (konkret) narsalar shaklida va nisbatan muayyan sifatiy holda mavjud 
bo‘lgan yaxlit ob'ektiv va sub'ektiv reallikni o‘ziga qamrab oladi. Yo‘qlik esa 
nisbiy mazmundagi tushuncha bo‘lib, qaerdadir yoki nimadadir, nimaningdir 
ayni paytda mavjud emasligini ifodalaydi. Masalan, yo‘qlik deb o‘tmishdagi va 
kelajakdagi hodisalarning hozirgi zamonda (ayni shu vaqtda) yo‘qligini 
aytishadi. Bugungi hodisa kecha hali yo‘q edi, ammo potensial (imkoniyatdagi) 
borliq sifatida mavjud edi. Ertangi hodisa ham hozircha yo‘qlik, ammo potensial 
borliqdir. Biz o‘tmishni bugungi kunda qoldirgan iziga qarab, kelajakni esa 
bugungi hodisalardagi o‘zgarish sur'ati (tempi) va tendensiyalariga qarab 
baholaymiz. Bugungi voqyelik ertaga yo‘qlikka   aylanadi , ko‘pgina tirik 
jonivorlar ertaga o‘lik bo‘ladi, ya'ni hayot o‘limga aylanadi. O‘lim - bu 
hayotning yo‘qligidir. Olingan individning hayotiy borlig‘i u o‘lgach, yo‘qlikka 
aylanadi. Ammo, uning qoldiqlari, tanasi birdan yo‘qolmasligi mumkin. Ular 
ham yo‘qolgach, odamlar xotirasida uning siymosi qolishi mumkin. Xullas, 
absolyut (mutlaq) yo‘qlikning o‘zi yo‘qdir.   Yo‘qlik   shu ma'noda   nisbiy   mazmun 
kasb etadi. Yo‘qlik(hyech nima)ni   gnoseologik ma'noda   ham tushunish mumkin.
Biz yo‘q deb hisoblagan ob'ektlar hozircha bizning fikr doiramizdan (bilish 
chegarasidan) chetda qolgan bo‘lishi ham mumkin. Voqyelikning muayyan 
joyida ma'lum bir sinfga mansub ob'ektlar, ularning munosabat va 
aloqadorliklarining uchramasligini ham yo‘qlik deyish mumkin. Masalan, fizik 
vakuumda bizga ma'lum bo‘lgan biror fizik ob'ekt uchramaydi. Aslida, u joyda 
ham biz hali bilmaydigan shakldagi gipotetik olamlar va ularning o‘ziga xos 
bo‘lgan xususiyatlari, qonuniyatlari mavjuddir. O‘tgan asrlarda elektromagnit 
maydoni, ko‘pgina elementar zarrachalarning mavjudligi haqidagi tasavvurlar 
yo‘q edi. Aniqrog‘i, biz ularning mavjudligini bilmas edik. Ular biz uchun 
«yo‘qlik» hisoblanar edi. Mana shunga «borliq va yo‘qlikni gnoseologik  tushunish» deyiladi.
Borliq,
mavjudlik
va reallik
Borliq   voqyelikning eng umumiy, ichki va tashqi, mohiyati va mazmuniga 
aloqador barcha jihatlarini aks ettirsa,   mavjudlik   esa voqyelikning tashqi, ko‘zga 
tashlanadigan, shakliga aloqador va tajriba vositasida bilib olinadigan tomonini 
ifodalaydi. Borliq esa voqyelikning chuqur mohiyatini ham qamrab olib, aql 
vositasidagina bilib olinadi, deyiladi.
Mavjudlik   so‘zi lotinchada   ex(s)istentia   deb atalib, bu so‘z lotincha 
-   ex(s)isto   dan olingan bo‘lib - mavjudman degan ma'noni anglatadi. 
Ekzistensializm – mavjudlik falsafasi shu so‘zdan olingan.   Reallik   esa borliqning
muayyan ob'ektda mavjud bo‘lgan mujassamlashgan qismini ifodalaydi. Reallik 
borliqning ayni paytdagi mavjud qismidir.
Moddiy va g‘oyaviy borliq.   Atrofimizni o‘rab turgan dunyo ikki xil reallikdan 
tashkil topgandir. Ob'ektiv reallik va sub'ektiv reallik. Ongimizdan tashqarida va 
unga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud bo‘lgan reallik   ob'ektiv reallik   deyiladi. 
Bu tushunchani materialistlar materiya tushunchasi bilan aynan bir ma'noda 
ishlatishadi. Reallikning inson ongi bilan bog‘liq bo‘lgan va ongning mahsuli 
hisoblangan qismi   sub'ektiv reallik   deyiladi. Ob'ektiv reallik moddiy   borliq 
tushunchasiga mos kelsa , sub'ektiv reallik esa borliqning g‘oyaviy shakliga 
muvofiq keladi. Materializm vakillari borliqning g‘oyaviy shakli moddiy 
shaklining maxsuli, deb hisoblashadi. Idealizm vakillari esa moddiylik 
g‘oyaviylikning ijodi yoki g‘oyaviylikning namoyon bo‘lish shaklidir.
Aktual va potensial borliq.   Aktual borliq borliqning ayni paytda va shu joydagi 
voqyelikda namoyon bo‘lib turgan va shu voqyelik bilan aloqadorlikdagi qismi. 
Bu ob'ektiv reallik tushunchasiga mos keladi, chunki ob'ektiv reallik borliqning 
shu joyda berilgan va shu onda amal qilayotgan qismidir. Dunyoning hamma 
tomoni birdan berilgan emas. Biz borliqning hozirgi zamonga tegishli qismi 
bilangina aloqadamiz. Bu qismi o‘tmishga aylanib, uning o‘rnini kelajakdagi 
qismi egallaydi. Hozirgi zamonda kelgusi voqyelikning kurtaklari 
mujassamlashgan bo‘ladi. Aktual borliqning hali voqyelikka aylanmagan va 
kelgusida voqyelikka aylanadigan murtak holidagi qismi potensial borliq 
deyiladi. Potensial borliq hali voqyelikka aylanishga ulgurmagan, salohiyotdagi 
aktual borliqdir.
Real va virtual borliq.   Borliqning biz uchun mavjud qismi real borliq deyiladi. 
Real borliqni naqd borliq ham deyish mumkin. Ammo borliqning shunday qismi  ham borki, uning bo‘lishi ham, bo‘lmasligi ham mumkin. Borliqning bunday 
qismi ehtimoliy mazmunga ega. U hali reallikdan uzoqda. Mana shunday 
mazmundagi borliq virtual (lot.   virtuales   - ehtimol) borliq deyiladi.
Tabiiy va ijtimoiy borliq.   Tabiiy borliq deganda odatda atrofimizdagi jismoniy 
narsalar (jismlar), jarayonlar, tabiatning holatlari nazarda tutiladi. Tabiiy borliq 
ikki qismga ajraladi: birinchisi - azaliy tabiiy borliq, ya'ni tabiatning tabiiy 
borlig‘i. U insondan ilgari insonning ishtirokisiz mavjud bo‘lgan. Buni   birlamchi
tabiat   deb ham atashadi; ikkinchisi - inson ishtiroki bilan vujudga kelgan 
narsalar (jismlar), hodisa va jarayonlarni o‘z ichiga oluvchi xosilaviy tabiiy 
borliq. Uni   ikkilamchi tabiat   deb ham atash mumkin. Ikkilamchi tabiat doirasida 
borliqning quyidagi ko‘rinishlarini kuzatish mumkin: - inson borlig‘i - insonning
narsalar dunyosidagi borlig‘i va maxsus insoniy borliqdan iborat; - ma'naviy 
borliq - individuallashgan va ob'ektivlashgan (individuallikdan tashqaridagi) 
ma'naviy borliqdan iborat; - sotsial borliq - ayrim odamning jamiyatdagi va tarix 
jarayonidagi borlig‘i hamda jamiyatning borlig‘i - ijtimoiy borliq. Olamda 
nimaiki mavjud bo‘lsa, ularning hammasi birgalikda keng ma'noda « yaxlit
dunyo» ni tashkil etadi va uni ba'zan   «haqiqiy borliq»   deb ham atashadi. Forobiy 
barcha mavjud narsalarning yig‘indisi dunyoni tashkil qiladi, «hamma narsaning 
umumiy jinsi olamdir»299 va «olamdan tashqarida hyech nima yo‘qdir»300 deb 
hisoblagan. Yaxlit holda butun dunyoning asosida nima yotadi? Bu savolga 
javob berishda faylasuflar turli xil konsepsiyalarda fikr yuritishadi. Bu joyda 
asosan uch xil muhim konsepsiyani ko‘rsatish mumkin. Ularga   monistik, 
dualistik   va   plyuralistik   konsepsiyalar kiradi.
Borliqqa yondashuvning asosiy konsepsiyalari
Monizm   (yunon.   monos   - bitta) konsepsiyasi vakillari dunyoning asosida bitta 
manba (bitta substansiya) yotadi deb hisoblashadi. Materialistik monizm 
tarafdorlari bu manba moddiy manbadir deb aytishsa, idealistik monizm 
tarafdorlari dunyoning asosida bitta g‘oyaviy negiz, g‘oyaviy, ma'naviy, ilohiy 
substansiya yotadi deyishadi.
Dualizm   (lot. dualis   - ikkilangan) vakillarining fikricha, dunyoning asosida ikkita
mustaqil negiz: ham moddiy, ham g‘oyaviy (ma'naviy, ilohiy) negiz yotadi, deb 
hisoblashadi. Arastu dualist bo‘lgan,   uning fikricha , dunyoning asosida materiya 
va shakl yotadi, materiya passiv va inert negiz bo‘lsa, shakl esa faol, aktiv, 
yaratuvchan negizdir.
Plyuralizm   (lot.   pluralis   - ko‘pchilik) vakillarining aytishicha, borliqning 
asosida ko‘plab, bir-biridan mustaqil moddiy va g‘oyaviy negizlar yotadi. Ayrim
plyuralistlar moddiy negizlarga urg‘u berishadi. Ularni materialistik plyuralizm  vakillari deyish mumkin. Masalan, qadimgi xitoy, qadimgi hind, qadimgi yunon 
materialistlari borliq olov, suv, havo va tuproqdan tashkil topgan deyishgan. 
Boshqa yo‘nalishdagi plyuralistlar esa ma'naviy, g‘oyaviy substansiyalarga 
ustuvorlik berishgan (ularni idealistik plyuralizm vakillari deyishadi). Masalan, 
Max va Avenarius dunyoning asosida yotuvchi elementlar turli shakldagi 
sezgilardan iboratdir, deb hisoblaydi. Shuningdek, dunyoning asosida ko‘plab 
ham moddiy, ham ma'naviy (bir xil darajada) elementlar yotadi (Demokritda bu 
elementlar atomlar, Leybnitsda g‘oyaviy monadalar) deb hisoblovchi 
plyuralistlar ham bor.
Borliq tushunchasi va uning turlari.
2. Materiya   va uning mavjudlik shakllari
3. fazo va vaqtning xususiyatlari
Borliq tushunchasi. Faylasuflar qadim zamonlardan buyon «borliq» va «yo`qlik»
haqida baxs yuritishgan. Ular borliqning vujudga kelishi, mohiyati, xususiyatlari 
va shakllari haqida ko`plab asarlar yozishgan.  Х ush, borliq nima? Bu savol bir 
qarashda juda oddiy ko`ringani bilan unga shu chokkacha barcha kishilarni 
birday kanoatlantiradigan javob topilgani yo`q. Bu holat borliqka turlicha nuqtai 
nazarlardan qarashlarning mavjudligi bilan izohlanadi. Masalan, ayrim 
faylasuflar borliqni moddiylik, moddiy jismlar bilan bog`lab tushuntirishadi. 
Ularning nuqtai nazarlaricha, borliq – ob’ektiv realliknigina qamrab oluvchi 
tushunchadir. U holda fikr,   inson tafakkuri , uy-xayollarimiz borliq 
tushunchasidan chetda qolar ekanda, degan savolga ular, bunday tushunchalar 
ob’ektiv reallikning xosilasidir, deb javob berishadi.
Falsafaning borliq haqidagi ta’limotni izohlaydigan qismi — ontologiya deb 
ataladi. (Bu tushunchani falsafada birinchi bor  Х . Volf qullagan). Olam va borliq
masalalarini falsafaning ana shu soxasi o`rganadi.
Yo`qlik xech nima demakdir.  Х amma narsani xech narsaga aylantiruvchi, 
hamma narsaning ibtidosi ham, intixosi ham yo`qlikdir. Bu ma’noda yo`qlik 
cheksizlik, nixoyasizlik va mangulik bilan birdir. Yo`qlik chekingan joyda borliq
paydo bo`ladi. Demak, borliqning bunyodkori ham, qo`shandasi ham yo`qlikdir. 
Borliq yo`qlikdan yo`qlikkacha bo`lgan mavjudlikdir. Yo`qlikni xech narsa bilan
kiyoslab bo`lmaydi. Fanda yo`qlik nima, degan savolga javob yo`q.
Borliq haqidagi konsepsiyalar.  Т arixdan ma’lumki, faylasuflar borliq haqida 
turlicha G`oyalarni ilgari surishgan. Markaziy Osiyo to`proKida vujudga kelgan 
zardushtiylik ta’limotida borliq kuyosh va olovning xosilasidir, alangalanib  to`rgan olov borliqning asosiy mohiyatini tashkil etadi, deb xisoblangan. Chunki 
bu G`oya buyicha, har qanday o`zgarish va harakatning asosida olov yotadi va u 
borliqka mavjudlik baxsh etadi.
Qadimgi yunon faylasufi Suqrot borliqni bilim   bilan kiyoslaydi va uningcha , 
biror narsa, biz uni bilsakkina bor bo`ladi, insonning bilimi kancha keng bo`lsa, 
u shuncha keng borliqni qamrab oladi, deb xisoblaydi.
Qadimgi dunyoning atomist olimi Demokrit borliq atomlar majmuasidan iborat 
deb tushuntirgan. Uning fikricha, borliqning mohiyati uning mavjudligidadir. 
Mavjud bo`lmagan narsa yo`qlikdir.
Islom ta’limotida esa borliq bu iloxiy vokelikdir. Ya’ni u Ollox yaratgan 
mavjudlikdir. Bu borada vaxdati vujud va vaxdati mavjud ta’limotlari bo`lgan.
Islom diniga mansub mutafakkirlar borliq haqidagi ta’limotni har taraflama 
rivojlantirganlar. Masalan, Forobiy fikricha, ilk borliq azaliy Olloxning o`zidir. 
Beruniy fikricha, borliq shunday umumiylikki, u hamma narsaning asosida 
yotadi, demak, borliq hamma narsaning asosidir. Yevropada o`tgan olimlar 
David Yum va Jorj Berkli borliqni sezgilarimiz majmuasi deb talqin etishgan.
Х egel esa borliqni mavxumlik, mutloq ruxning namoyon bo`lishi, deb ta’riflaydi.
Ko`pgina naturfalsafiy qarashlarda borliqni hozirgi zamon bilan, ya’ni shu aktual
olamga bog`lab tushuntirdilar.
Aslida, borliq keng falsafiy tushuncha bo`lib o`ziga butun mavjudlikni, uning 
utmishi, hozir va kelajagini ham qamrab oladi. Faylasuflar borliqni tushuntirish 
uchun yo`qlik tushunchasini unga antipod qilib olishgan va shu asosda 
borliqning zaruriy mohiyatini ochishga intilganlar. Materialistik adabiyotlarda 
borliqni ob’ektiv reallik bilan, materiya bilan aynanlashtirib tushuntirishadi.
Borliq o`ziga ob’ektiv va sub’ektiv reallikni, mavjud bo`lgan va mavjud 
bo`ladigan olamlarni, moddiylik va ma’naviylikni, utmish va kelajakni, o`limni 
va hayotni, rux va jismni qamrab oluvchi umumiy tushunchadir.
Borliq va mavjudlik.   Atrofimizdagi odam , olam, tabiat, jamiyat, tafakkur, 
G`oyalar, uy-xayollarimiz barchasi birday mavjuddir, ular turli tarzda va 
shakllarda namoyon bo`lib, hammasi mavjudlik belgisi ostida umumlashib, 
borliq tushunchasiga kiradi.
Materialistik mazmundagi borliq tushunchasi ta’rifiga faqat ob’ektiv real olam, 
ongdan tashqaridagi, unga bog`liq bo`lmagan jismoniy mohiyatga ega bo`lgan 
narsalargina kiritiladi. Borliqning ideal, virtual, potensial, abstrakt, ma’naviy 
shakllari bu ta’rifdan tashqarida qoladi. Aslida esa, borliq kategoriyasi umumiy abstraksiya bo`lib, mavjudlik belgisi 
bilan barcha narsa va hodisalarni o`ziga qamrab oluvchi uta keng tushunchadir. 
U o`ziga nafaqat ob’ektiv reallikni, balki sub’ektiv reallikni ham qamrab oladi.
Borliq mavjudlik va reallik tushunchalariga qaraganda ham kengrok 
tushunchadir. Mavjudlik — borliqning hozirgi paytda namoyon bo`lib to`rgan 
qismi bo`lib, o`tgan va mavjud bo`ladigan narsa va hodisalar ham borliq 
tushunchasiga kiradi. Reallik esa, mavjudlikning hammaga ayon bo`lgan, ular 
tomonidan tan olingan qismi. Borliq o`ziga reallikni ham, mavjudlikni ham 
qamrab oladi. An’anaviy falsafiy qarashlarda borliqning uchta soxasi ajratib 
ko`rsatiladi. Ularga: tabiat borliqi, jamiyat borliqi, ong borliqi kiradi. Bo`lar 
uchun eng umumiy belgi, ularning mavjudligidir.
Shuningdek, falsafiy adabiyotlarda tabiat borliqi va jamiyat borliqining quyidagi 
shakllari ham farqlanadi.  Т abiat borliqi odatda tabiatdagi narsalar (jismlar), 
jarayonlar, holatlar borliqi sifatida tushuniladi. U ikkiga bo`linadi: azaliy tabiat 
borliqi (yoki tabiiy tabiat borliqi, u insondan ilgari va uning ishtirokisiz ham 
mavjud bo`lgan) va odam mehnati bilan ishlab chiqarilgan narsalar borliqi 
(«ikkinchi tabiat» borliqi, ya’ni madaniyat).   Ikkinchi tabiat borliqi esa , o`z 
navbatida, quyidagi ko`rinishlarda uchraydi:
- inson borliqi (insonning narsalar olamidagi borliqi va odamning o`ziga xos 
bo`lgan insoniy borliqi);
- ma’naviy borliq (individuallashgan va ob’ektivlashgan ma’naviy borliq);
- sotsial borliq (ayrim odamning tarixiy jarayondagi borliqi va jamiyat borliqi), u
ijtimoiy borliq ham deb ataladi.
Borliqning moddiy shakli materiya o`ziga barcha jismlarni, hodisalarni, 
jarayonlarni va ularning xususiyatlarini qamrab oladi. Bundan tashqari u 
tafakko`rni ham, olamda mavjud bo`lgan barcha aloqadorliklarni va 
munosabatlarni ham qamrab oluvchi umumiy falsafiy tushunchadir. Borliqning 
moddiy shakliga xos umumiylikni axtarishning bir yo`nalishi moddiy olamning 
asosida yotuvchi umumiy mohiyatni axtarish yo`li bo`lib, yuqorida kayd 
etganimizdek, substansiyani aniqlash yo`lidir. Ikkinchi yo`l esa — moddiy 
olamning asosiy targ`ibiga kiruvchi «kurilish elementlarini»- substratni axtarish 
yo`li. Uchinchi yo`l — hamma narsaning vujudga keltiruvchi bosh sababchisini, 
ota moddani, ya’ni pramateriyani axtarish yo`li. Mana shu yo`l haqida maxsus 
to`xtab utaylik.
Olamning substansiyasini axtarishning bu usuli guyoki meva iste’mol qilayotgan
kishi, uning kelib chiqishini axtarib, dastlab daraxtga, sungra uning guliga,  bargiga, kuchatiga va uruKiga nazar solganidek, atrofimizdagi moddiy olamning 
o`zagida dastlabki yaratuvchi modda sifatida nima yotishini, ya’ni ilk materiyani,
azaliy materiyaning «boboqolonini», «pramateriyani» axtarish usulidir.
Moddiy olamning asosida yotuvchi umumiy mohiyatni axtarish falsafada 
materiya haqidagi tasavvurlarning maydonga kelishiga va rivojlanishiga 
sababchi bo`ldi. Materiya tushunchasi moddiy unsurga nisbatan ham, atomga 
nisbatan ham, pramateriyaga nisbatan ham umumiyroq bo`lgan tushunchadir. 
Materiya olamdagi barcha moddiy ob’ektlarni, butun ob’ektiv reallikni ifoda 
etuvchi eng umumiy tushunchadir. Faylasuflar « Т om ma’nodagi materiya faqat 
fikrning maxsuli va abstraksiyasidir» deb yozishadi. Faylasuflar barcha moddiy 
ob’ektlarga xos xususiyatlarni umumiy tarzda ifodalash uchun qullaydigan 
tushuncha materiya deb ataladi. Demak, materiya moddiy ob’ektlarga xos eng 
umumiy tushuncha, falsafiy kategoriyadir.
Albatta bu ta’riflarni bir yoklama mutloqlashtirib tushunmaslik lozim. Bu 
ta’riflarda ko`proqsezgi a’zolarimizga bevosita ta’sir etishi mumkin bo`lgan 
reallik nazarda tutilgan.
XX asrning o`rtalariga kelib,   kvant mexanikasi , nisbiylik nazariyasi va hozirgi 
zamon kosmologiyasi soxalaridagi ilmiy yutuqlar kishilarning ob’ektiv olam 
haqidagi tasavvurlarini tubdan o`zgartirib yubordi. Natijada, tabiatshunos olimlar
sezgilarimizga bevosita ta’sir etishining imkoni bo`lmaydigan realliklar haqida 
ham tadqiqotlar olib bora boshladi.
Olamning klassik mexanika nuqtai nazaridan kelib chiqib, nisbatan kichik 
tezlikda haraqatlanuvchi sistemalar haqidagi ilmiy manzarasi o`rnini yangicha 
ilmiy manzaralar egallay boshladi. Bu esa materiya haqidagi tasavvurlarning 
yanada rivojlanishiga sharoit tuKdirdi. Bu o`zgarishlarni xisobga olib, marksist-
faylasuflar bu ta’rifga sezgilarimizga bevosita yoki bilvosita (ya’ni turli asboblar;
kurilmalar vositasida) ta’sir etuvchi, degan qo`shimcha kiritishdi. Shunday qilib, 
bu ta’rif guyo materiyaning moddaviy va nomoddaviy shakllarini, ya’ni modda 
va antimodda ko`rinishlarini qamrab oluvchi ta’rifga aylandi.
Materialistlar materiyani ob’ektiv reallik, deb ta’riflashadi. Ob’ektiv reallik inson
sezgilariga bog`liq bo`lmagan holda, undan tashqarida mavjud bo`lgan 
vokelikdir. Bu butun mavjudlikning sub’ektiv reallikdan tashqaridagi qismi 
xisoblanadi. Ob’ektiv reallikning mavjudligi qanday namoyon bo`ladi? Bu 
savolga javob topishda, borliqning ajralmas xususiyatlarini o`rganishga to`g`ri 
keladi. Har qanday jismning ajralmas xususiyati lotincha «atribut» so`zi bilan 
ataladi.
Borliqning atributlari. Muayyan jismning aynan shu jism ekanligini belgilovchi 
xususiyatlari uning atributlari bo`ladi. Borliqning ham bir kancha atributlari  mavjuddir. «lar: harakat, fazo, vaqt, in’ikos, ong va boshqalar. Borliq o`zining 
xossalari, xususiyatlari orqali namoyon bo`ladi. Endi borliqning atributlari, ya’ni
ajralmas tub xususiyatlari haqida to`xtab utaylik.
Harakat. Borliqning atributlari ichida uning asosiy mavjudlik usulini ifoda 
etuvchi xususiyati harakat xisoblanadi. Chunki borliq harakatsiz o`zining 
strukturaviy yaxlitligini saqlay olmaydi.
Buni moddiy borliq misolida qarab chiqaylik. Faraz qiling, qarshimizda biror 
jism turibdi. Agar harakat bo`lmaganida edi, yoro`g`lik nurlari shu jismga urilib 
bizga kaytmagan bo`lar edi, ya’ni biz uni kurmagan bo`lar edik. Shuningdek, bu 
jismning yaxlitligini saqlab to`rgan molequlalar, atomlar, elementar zarrachalar 
o`rtasidagi o`zaro ta’sirlar ham bo`lmasdi. Natijada bu jismning strukturaviy 
birligiga putur yetgan bo`lar edi.  Т evarak-atrofimizdagi predmetlar va hodisalar 
harakat tufayli o`zining muayyan tartibini va birligini saqlab turadi, shu tufayli, 
usish, ulg`ayish, ravnak topish, rivojlanish mavjuddir.
Harakat, bir tomondan, moddiy jismlar o`rtasidagi va ularni tashkil etuvchi 
elementlar o`rtasidagi   aloqadorliklarning natijasi , boshqa tomondan esa, ulardagi
o`zgarishlar sifatida sodir bo`ladi. Shu nuqtai nazardan ham falsafaning harakat 
bu umuman har qanday o`zgarishdir, deyilgan ta’rifi juda o`rinlidir. Harakatning 
manbai haqida gap ketganda, ana shu o`zgarishlarning asosida yotuvchi o`zaro 
ta’sirlar va ular orasidagi munosabatlar nazarda tutiladi.
Demak, har qanday harakatning manbai shu sistemadagi ichki o`zaro ta’sirlar 
ekan, har qanday jismning mavjudligini, eng avvalo, uning ichki aloqadorliklari 
ta’minlaydi.
Harakatning turlari haqidagi muloxaza, asosan, o`zgarishlarning xususiyatiga 
asoslangan. O`zgarishlar oddiy fazoviy siljishdan tortib, murakkab ijtimoiy 
o`zgarishlargacha takomillashib borgan. Shu tufayli harakatga faqatgina fazoviy 
siljish, deb qaramaslik lozim. Bunday qarash olamdagi barcha jarayonlarga 
mexanik harakat nuqtai nazaridan yondashishni vujudga keltiradi. Aslida olamda
o`zgarishning xilma-xil ko`rinishlari mavjud bo`lib, ular bir-biridan sifatiy farq 
qiladi.
Mexanik, ximiyaviy, biologik, fizik o`zgarishlar bilan ijtimoiy o`zgarishlarni 
aslo takkoslab bo`lmaydi.  Т uKri, bu o`zgarishlar uchun umumiy bo`lgan fazoviy
siljishlar harakat shakllarining hammasida ham, u yoki bu ko`rinishda namoyon 
bo`lishi mumkin. Lekin hamma o`zgarishni ham, faqatgina fazoviy siljishdan 
iborat, deb bo`lmaydi. Masalan, Yerning  Ј uyosh atrofidagi, Oyning Yer 
atrofidagi harakatini fazoviy siljishning yaqqol ko`rinishi deyishimiz mumkin. 
Lekin Yer Bag`rida ro`y berayotgan murakkab geologik jarayonlarni, Yer  sirtidagi biosferaning yashash usulini birgina mexanik siljish bilan izohlab 
bo`lmaydi. Harakatning shakli kanchalik murakkab bo`lsa, u bilan bog`liq 
bo`lgan o`zgarishlar ham shu qadar murakkab bo`ladi. Materiyaning tashkiliy 
struktura darajasi kanchalik yuqori darajada bo`lsa, unda fazoviy siljish ham shu 
qadar kam seziladi.
O`zgarishlarning shunday bir shakli borki, uni falsafada rivojlanish deb ataladi. 
Rivojlanish bu — muayyan sistemaning muayyan vaqt va fazodagi yaxlit, 
kompleks,   orqaga Qaytmaydigan , ilgarilanma yo`nalishga ega bo`lgan, miqdoriy 
va sifatiy o`zgarishidir.
Shu jixatdan harakatning ikki xil turi bir-biridan farq qilinadi. Harakatning 
birinchi turi jismda uning sifati va turg`unligini saqlagan holda ro`y beradigan 
ichki o`zgarishlarni o`z ichiga oladi. Ya’ni har qanday jismda betuxtov ichki 
o`zgarishlar ro`y berib turadi, lekin bu o`zgarishlar shu jismning tashqi sifatiga 
jiddiy ta’sir ko`rsatmaydi.
Atrofimizni kurshab to`rgan har bir jism molequlalardan, molequlalar esa 
atomlar va elementar zarrachalardan tashkil topgan ekan, bu jismlarning 
molequlyar va atom to`zilish darajasida ham betuxtov o`zgarishlar ro`y berib 
turadi. Shuningdek, har bir jism o`zining atrofidagi boshqa jismlarning va 
ulardan tarqalayotgan nurlanishlarning ta’siriga ham uchrab turadi. Bunday 
tashqi ta’sirlarni o`zida in’ikos ettirish jarayonida ro`y beradigan o`zgarishlar 
ham bu jismning sifatiy o`zgarib ketishiga olib kelmasligi, uning turg`unligi va 
asosiy sifati saqlanib qolishi mumkinligi haqida xulosa chiqarish mumkin.
Biz yuqorida kayd etgan ichki va tashqi ta’sirlar oqibatida ro`y beruvchi 
o`zgarishlar asta-sekin to`planib, keyinchalik jismda keskin sifatiy o`zgarishning 
vujudga kelishiga ham sabab bo`lishi mumkin. Mana shunday o`zgarish, ya’ni 
jismning sifatini o`zgartiruvchi harakat ikkinchi turdagi harakatga kiradi va u 
rivojlanish deb ataladi.
Rivojlanish jarayoni ham ikki turda bo`ladi. Birinchi turdagi rivojlanish buyicha,
jismda har qanday sifatiy o`zgarish ro`y berishiga qaramasdan, uni tashkil etgan 
materiyaning sifatiy to`zilish darajasi o`zgarmasdan qolaveradi.
Masalan, notirik tabiatga mansub bo`lgan  Ј uyoshdagi ravojlanishni olib qaraylik.
Olimlarning taxminlariga ko`ra, hozir sirtida 6 ming, ichida esa bir necha mln. 
darajali haroratga ega bo`lgan  Ј uyosh borib-borib soviydi va kizil gigantga 
aylanadi, ya’ni  Ј uyoshning markazidagi termoyadro energiyasi sungach, ichki 
zichligi pasayadi va markazdagi tortishish kuvvati susayadi. Oqibatda  Ј uyosh 
shisha boshlaydi va Yer orbitasini ham o`z ichiga olgan o`lkan kizil yo`ldo`z 
vujudga keladi, u asta-sekin sovib, kizil karlikka, sungra esa «qora karlikka»,  keyin bo`lsa neytron yo`ldo`zga aylanadi. Bunday o`zgarishlar natijasida 
borliqning tashkiliy struktura darajasi o`zgarmaydi, ya’ni jonsiz tabiat shaklidagi 
darajasi saqlanadi.
Jonli tabiatning vujudga kelishi, o`simliklar va xayvonot olamining paydo 
bo`lishi, odamning shakllanishi, jamiyatning vujudga kelishi singari sifatiy 
o`zgarishlar esa, rivojlanishning ikkinchi turiga kiradi.
Falsafa fanida harakatning bir-biridan sifatiy farq qiluvchi bir kancha boshqa 
shakllari ham o`rganiladi.
Materalist bo`lgan faylasuflar harakat shakllarini turkumlaganida, quyidagi 
muloxazalarga tayanib ish yuritadilar:
1) harakat shakllari bir-birlari bilan sifat jixatidan farq qilib, ularning har biri 
materiyaning tashkiliy to`zilishi darajalarining muayyan bosqichida namoyon 
bo`ladi;
2) materiyaning harakat shakllari bir-biri   bilan genetik jixatidan , kelib chiqishi 
jaxatdan ketma-ket bog`langan, ya’ni harakatning murakkabrok shakllari uning 
nisbatan soddarok shakllaridan kelib chiqqandir;
3) harakatning yuqori shakllari targ`ibidagi quyi shakllari uning yuqori 
shakllariga ham mansubdir, ammo harakatning yuqori shakli o`zidan quyi 
shakldagi harakatga mansub emasdir. Shu muloxazalarga tayangan holda, 
harakatning beshta shaklini ajratib olish mumkin. Ular — mexanik, fizik, 
ximiyaviy, biologik va ijtimoiy haraqatlardir.
Falsafada harakat shakllarini turkumlashning bir kancha boshqa ko`rinishlari 
ham bor. Ayrim olimlar harakat shakllarini har bir fanning nomi bilan bog`lash 
kerak, deb xisoblashadi. Bunday qarashning xatoligi shundaki, fanlarning 
ko`pchiligi harakat shaklini emas, balki miqdoriy munosabatlar va holatlarni aks 
ettiradi. Masalan geodeziya yoki geometriya, trigonometriya yoki topografiya, 
chizikli algebra qanday harakat shaklini o`rganadi? Kibernetika esa ham tabiatda,
ham jamiyatda amal qiluvchi boshqarish jarayonlarini o`rganadi, ya’ni bu fan 
bitta emas, balki bir kancha harakat shakllarini qamrab oladi.
Harakat shakllarini turlash buyicha quyidagi tabiiy-ilmiy konsepsiya ham 
dikkatga sazovordir. Mazkur konsepsiya buyicha harakat shakllari quyidagicha 
turlanadi: fizik harakat (elementar zarrachalar, maydon va atomlarning harakati),
ximiyaviy harakat (atomlar va molequlalarning harakati) va bunda harakatning 
rivojlanishi ikki yo`nalishga ajraladi, 1) harakat rivojlanishining yuqori 
yo`nalishida biologik harakat shakllanadi; 2) harakat rivojlanishining quyi  yo`nalishida esa geologik harakat shakllanadi, biologik harakatning taraqqiyoti 
ijtimoiy harakatga olib boradi.
Yana bir boshqa konsepsiyada esa harakat borliqning tashkiliy to`zilish 
darajalariga mos ravishda turlangan. Bu konsepsiyada harakat shakllari uchta 
sinfga ajratiladi: notirik tabiatda — elementar zarrachalar va maydon harakati, 
tirik tabiatda – hayotning namoyon bo`lishi, jamiyatda – odamning faoliyati.
Ijtimoiy harakat bizga ma’lum bo`lgan harakat shakllari ichida eng murakkabi 
bo`lib, unda insonning ongli faoliyati, inson tafakkuri, ijtimoiy guruhlarning 
faoliyati, o`zaro munosabatlari, jamiyat mikyosidagi ijtimoiy fikr birgalikda 
harakatga keladi. Bu harakatni chizikli, batartib haraqatlar bilan mutloqo 
takkoslab bo`lmaydi. Uning kelajagini bashorat qilish ham uta murakkabdir.
Borliqning asosiy yashash shakllariga fazo va vaqt kiradi. Fazo narsalarning 
qulamini, xajmini, o`zaro joylashish tartibini, o`zlo`g`li yoki o`zluksizligini 
ifodalasa, vaqt hodisalarning ketma-ketligi, jarayonlarning davomiyligini 
ifodalaydi.
Ma’lumki, har qanday moddiy jism joyga, qulamga, xajmga ega. Fazo — 
vaqtning muayyan laxzasida olamni tashkil etgan nuqtalarning o`zaro joylashish 
tartibini aks ettirsa, vaqt esa fazoning muayyan nuqtasida ro`y beruvchi hodisalar
ketma-ketligi tartibini ifodalaydi.
Fazo va vaqt tushunchalari, ko`p hollarda, forsiy til ta’sirida yozilgan 
adabiyotlarda makon va zamon deb ham ataladi. Bu tushunchalar fazo va 
vaqtning tashqi, nisbiy xususiyatlarinigina aks ettiradi, holos. Fazo narsalar 
joylashadigan joy ma’nosida, vaqt esa hodisalar bo`lib utadigan muddat 
ma’nosida ishlatiladi.
Fazo va vaqtni tushunish buyicha substansial va relyatsion yondashishlar 
mavjud. Substansial konsepsiya tarafdorlari fazoni narsalar joylashadigan idish, 
bo`shliq deb bilishadi. Ularning fikricha, hamma narsa fazo ichiga 
joylashtirilgan. Fazo o`ziga narsalarni sig`diruvchi substansiya.  Х ech narsasi 
yo`q, ya’ni narsalar solinmagan fazo ham bo`lishi mumkin, deyiladi. Relyatsion 
konsepsiya tarafdorlari esa,   narsalar fazoviy ulchamga ega , deyishadi.
Х ech narsasiz fazoning bo`lishi mumkin emas. Bu farqni relyativistik fizika 
asoschisi Albert Eynshteyn shunday tushuntirgan edi. Faraz qilib, bir kazarma 
soldatlarni ko`z oldingizga keltiring. Ilgarigi, Nyuton fizikasiga ko`ra, soldatlar 
chiqib ketishi bilan kazarma bush qoladi, ana shu substansial konsepsiyadagi 
fazodir. Yangi fizikaga ko`ra, soldatlar chiqib ketishi bilan kazarma ham 
yuqoladi. Bu relyatsion konsepsiyadagi fazodir. Fazo va vaqtning xususiyatlari. Fazo va vaqt borliq miqdoriy va sifatiy jixatlarni 
ifodalashiga qarab, metrik va topologik xususiyatlarga ega. Fazo va vaqtning 
metrik xususiyatlari borliqning miqdoriy munosabatlarini aks ettirib, 
ulchanadigan, ko`zga tashlanadigan va nisbiy tabiatli xususiyatlaridir. Ularga 
qulam, bir jinslilik, izotroplik (anizotroplik) kabi xususiyatlar kiradi.
Fazo va vaqtning topologik xususiyatlari esa, borliqning tub sifatiy jixatlarini 
ifodalaydi. Bunday xususiyatlarga o`zuksizlik, bog`langanlik, ulchamlilik, 
kompaktlik, tartiblanganlik singari xususiyatlar kiradi. Vaqtning topologik 
xususiyatlariga orqaga kaytmaslik, bir ulchamlilik kabi xususiyatlar qo`shiladi.
Fazo (vaqt) ning metrik o`zgarishlari borliq strukturasini jiddiy o`zgartira 
olmaydi, topologik o`zgarishlar esa borliqning sifatiy o`zgarishiga sababchi 
bo`ladi. Masalan, bir bog`langan sistemaning ko`p bog`langan sistemaga o`tishi 
fazo topologiyasini tubdan o`zgartiradi, ya’ni fazoning ikki nuqtasini 
tutashtiruvchi turlicha yo`llar paydo bo`ladi. Bunday fazoda katta idishning 
ichiga kichik idishni sig`dirish mumkin bo`ladi. Ulcham darajasi ko`p bo`lgan 
sistema ulchov darajasi kam bo`lgan sistemaga nisbatan ko`rinmas va murakkab 
bo`ladi. Shuningdek, fazo va vaqtning metrik xususiyatlarini kuchli o`zgarishi 
topologik xususiyatlarining o`zgarishiga olib kelishi mumkin. Masalan, fazoning
egrilik darajasi kuchli o`zgarsa, bir bog`langan fazo ko`p bog`langan fazoga 
aylanishi mumkin. XULOSA:
Borliq tushunchasi. Faylasuflar qadim zamonlardan buyon «borliq» va «yo`qlik»
haqida baxs yuritishgan. Ular borliqning vujudga kelishi, mohiyati, xususiyatlari 
va shakllari haqida ko`plab asarlar yozishgan.  Х ush, borliq nima? Bu savol bir 
qarashda juda oddiy ko`ringani bilan unga shu chokkacha barcha kishilarni 
birday kanoatlantiradigan javob topilgani yo`q. Bu holat borliqka turlicha nuqtai 
nazarlardan qarashlarning mavjudligi bilan izohlanadi. Masalan, ayrim 
faylasuflar borliqni moddiylik, moddiy jismlar bilan bog`lab tushuntirishadi. 
Ularning nuqtai nazarlaricha, borliq – ob’ektiv realliknigina qamrab oluvchi 
tushunchadir. U holda fikr,   inson tafakkuri , uy-xayollarimiz  borliq 
tushunchasidan chetda qolar ekanda, degan savolga ular, bunday tushunchalar 
ob’ektiv reallikning xosilasidir, deb javob berishadi.
Falsafaning borliq haqidagi ta’limotni izohlaydigan qismi — ontologiya deb 
ataladi. (Bu tushunchani falsafada birinchi bor  Х . Volf qullagan). Olam va 
borliq masalalarini falsafaning ana shu soxasi o`rganadi.
Yo`qlik xech nima demakdir.  Х amma narsani xech narsaga aylantiruvchi, 
hamma narsaning ibtidosi ham, intixosi ham yo`qlikdir. Bu ma’noda yo`qlik 
cheksizlik, nixoyasizlik va mangulik bilan birdir. Yo`qlik chekingan joyda borliq
paydo bo`ladi. Demak, borliqning bunyodkori ham, qo`shandasi ham yo`qlikdir. 
Borliq yo`qlikdan yo`qlikkacha bo`lgan mavjudlikdir. Yo`qlikni xech narsa bilan
kiyoslab bo`lmaydi. Fanda yo`qlik nima, degan savolga javob yo`q. Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Shermuxamedova  N.  Falsafa ga kirish .-T.:  Noshir ,   20 13 .
2. Nazarov Q.N. Bilish falsafasi. – T.: Universitet, 2005.
3. Nazarov Q. G’oyalar falsafasi . – T.: Akademiya, 2011.
4. Soifnazarov I. Kurs leksiy po filosofii. – T.: 2004.
5. To’ychiyev B.T. Sosialnaya filosofiya. Albom sxema –T.: 2009.
6. Falsafa asoslari. Nazarov Q tahriri ostida. –T.: Sharq, 2005.
7. Falsafa. Mamashokirov S. Tahriri ostida.  -T.:  Sharq, 2005.
8. Falsafa.  Axmedova M. tahriri ostida.-T.: UFMJ, 2006.
9. Xayitov Sh., Xayitova K., Ziyautdinova X. Falsafa asoslari. Albom
sxema. – T.: Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi,  2009.
10. Shermuxamedova  N.  Falsafa va  fan metodologiyasi.-T.: Universitet,   2005.
11. Shermuxamedova   N.   Falsafa   va   fan   metodologiyasi    –   T.:    Axborot
texnologiyalari, 2008.
12. Shermuxamedova  N.A. Gnoseologiya –  bilish falsafasi. -T.:“Noshir”,   2011.
13. Emirova Ye., Strelsova A. Vvedeniye v filosofiyu. – T.: Universitet,   2008 ELEKTRON SAYTLAR:
1. www.philosophy.ru    .       
2. http//    www.intencia.ru    .  
3. http://www.anthropology.ru   
4. http://www.ido.rudn.ru    .  
5. http://www.filosofia.ru    .  
6. http://www.falsafa.dc.uz    .  
7. http://www.phenomen.ru    .  
8. http://www.lib.ru/FILOSOF    .  
9. http://www.filam.ru/sait.phg    .  
10.    www. Ziyo net.uz

BORLIQNING ASOSIY TURLARI REJA: KIRISH: 1. Borliq tushunchasining tahlili. 2.Borliqning asosiy turlari. 3. Borliq va uning mavjudlik shakllari. Xulosa: Foydalanilgan adabiyotlar.

KIRISH: 1. Borliq tushunchasining tahlili. Borliq shakllarining tasnifi. Falsafa fanining borliq haqidagi masalalarni o‘rganuvchi qismi ontologiya deb ataladi. Ontologiya so‘zi yunoncha ontos (mavjudlik) va logos (ta’limot) so‘zlarining birikmasidan tashkil topgan bo‘lib, « mavjudlik haqidagi ta’limot », ya’ni borliq haqidagi fan ma’nosini ifodalaydi. Biz dunyo, materiya tuzilishi, makon, vaqt, harakat, hayot, ong va shu kabilar haqida tasavvur hosil qilish uchun asosan fizika, astronomiya va biologiya kabi tabiatshunoslik fanlariga murojaat etamiz. Lekin bu falsafada borliq muammolari o‘rganilmaydi, degan ma’noni anglatmaydi. Bugungi kunda olimlar notirik, tirik dunyo va ijtimoiy dunyo nima, degan savollarga javob topishda jiddiy yutuqlarga erishganlar. Ammo, dunyoning mohiyati haqidagi ko‘pgina muhim savollarga hozir ham aniq va uzil-kesil javoblar mavjud emas. Masalan, nafaqat makon yoki vaqt tushunchalariga, balki nisbatan soddaroq hodisa bo‘lmish gravitatsiya tushunchasiga ham dunyoda biron-bir fizik bugungi kunda ham aniq (ayni paytda tajribada tasdiqlanadigan) ta’rif bera olmaydi. Inson aqlli jonzot sifatida shakllanish jarayonining ilk bosqichlaridayoq o‘z dunyoqarashining negizini tashkil etadigan muhim savollarga javob topish zaruriyati bilan to‘qnash keladi: 1. «Men kimman?» 2. «Meni qurshagan borliqning mohiyati nimada?» 3. «Borliq qanday va qaerdan paydo bo‘lgan?» 4. «Dunyoni nima yoki kim harakatlantiradi?» 5. «Dunyoning rivojlanishida biron-bir maqsad, maqsadga muvofiqlik, mo‘ljal bormi?» Borliq masalasi insonning dunyoni oqilona anglash yo‘lidagi ilk urinishlaridayoq duch kelgan barcha masalalarning negizi hisoblanadi. Muayyan narsalar mavjudligi yoki mavjud emasligi masalasi inson falsafiy mulohaza yurita boshlagani zahotiyoq uning diqqat markazidan o‘rin oldi. Borliq tushunchasiga qarama-qarshi tushuncha - bu yo‘qlikdir. Agar borliq tushunchasi nimaningdir mavjudligini ifodalasa, yo‘qlik tushunchasi esa o‘sha joyda nimaningdir mavjud emasli gini anglatib, « nima» ning aksi bo‘lgan « hech nima» ni aks ettiradi, absolyut (mutlaq) yo‘qlikning o‘zi yo‘qdir. Yo‘qlik shu ma’noda nisbiy mazmun kasb etadi.

An’anaviy falsafiy qarashlarda borliqning uchta sohasi: tabiat borlig‘i, jamiyat borlig‘i, ong borlig‘i kiradi. Bular uchun eng umumiy belgi, ularning mavjudligidir. Tabiat borlig‘i odatda tabiatdagi narsalar (jismlar), jarayonlar, holatlar borlig‘i sifatida tushuniladi. U ikkiga bo‘linadi: azaliy tabiat borlig‘i (yoki tabiiy tabiat borlig‘i, u insondan ilgari va uning ishtirokisiz ham mavjud bo‘lgan) va odam mehnati bilan ishlab chiqarilgan narsalar borlig‘i («ikkinchi tabiat» borlig‘i, ya’ni madaniyat). Ikkinchi tabiat borlig‘i esa, o‘z navbatida, quyidagi ko‘rinishlarda uchraydi: - inson borlig‘i (insonning narsalar olamidagi borlig‘i va odamning o‘ziga xos bo‘lgan insoniy borlig‘i); - ma’naviy borliq (individuallashgan va ob’ektivlashgan ma’naviy borliq); - sotsial borliq (ayrim odamning tarixiy jarayondagi borlig‘i va jamiyat borlig‘i), u ijtimoiy borliq ham deb ataladi. Borliqning moddiy shakli materiya o‘ziga barcha jismlarni, hodisalarni, jarayonlarni va ularning xususiyatlarini qamrab oladi. Bundan tashqari u

tafakkurni ham, olamda mavjud bo‘lgan barcha aloqadorliklarni va munosabatlarni ham qamrab oluvchi umumiy falsafiy tushunchadir. Borliqning moddiy shakliga xos umumiylikni axtarishning bir yo‘nalishi moddiy olamning asosida yotuvchi umumiy mohiyatni axtarish yo‘li bo‘lib, yuqorida qayd etganimizdek, substansiyani aniqlash yo‘lidir. Ikkinchi yo‘l esa — moddiy olamning asosiy tarkibiga kiruvchi «qurilish elementlarini»- substratni axtarish yo‘li. Uchinchi yo‘l — hamma narsaning vujudga keltiruvchi bosh sababchisini, ota moddani, ya’ni pramateriyani axtarish yo‘li. Moddiy va g‘oyaviy borliq. Atrofimizni o‘rab turgan dunyo ikki xil reallikdan tashkil topgandir. Ob’ektiv reallik va sub’ektiv reallik. Ongimizdan tashqarida va unga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud bo‘lgan reallik ob’ektiv reallik deyiladi. Bu tushunchani materialistlar materiya tushunchasi bilan aynan bir ma’noda ishlatishadi. Reallikning inson ongi bilan bog‘liq bo‘lgan va ongning mahsuli hisoblangan qismi sub’ektiv reallik deyiladi. Ob’ektiv reallik moddiy borliq tushunchasiga mos kelsa, sub’ektiv reallik esa borliqning g‘oyaviy shakliga muvofiq keladi. Materializm vakillari borliqning g‘oyaviy shakli moddiy shaklining maxsuli, deb hisoblashadi. Idealizm vakillari esa moddiylik g‘oyaviylikning ijodi yoki g‘oyaviylikning namoyon bo‘lish shaklidir. Aktual va potensial borliq. Aktual borliq borliqning ayni paytda va shu joydagi voqelikda namoyon bo‘lib turgan va shu voqelik bilan aloqadorlikdagi qismi. Bu ob’ektiv reallik tushunchasiga mos keladi, chunki ob’ektiv reallik borliqning shu joyda berilgan va shu onda amal qilayotgan qismidir. Dunyoning hamma tomoni birdan berilgan emas. Biz borliqning hozirgi zamonga tegishli qismi bilangina aloqadamiz. Bu qismi o‘tmishga aylanib, uning o‘rnini kelajakdagi qismi egallaydi. Hozirgi zamonda kelgusi voqelikning kurtaklari mujassamlashgan bo‘ladi. Aktual borliqning hali voqelikka aylanmagan va kelgusida voqelikka aylanadigan murtak holidagi qismi potensial borliq deyiladi. Potensial borliq hali voqelikka aylanishga ulgurmagan, salohiyotdagi aktual borliqdir. Real va virtual borliq. Borliqning biz uchun mavjud qismi real borliq deyiladi. Real borliqni naqd borliq ham deyish mumkin. Ammo borliqning shunday qismi ham borki, uning bo‘lishi ham, bo‘lmasligi ham mumkin. Borliqning bunday qismi ehtimoliy mazmunga ega. U hali reallikdan uzoqda. Mana shunday mazmundagi borliq virtual (lot. virtuales - ehtimol) borliq deyiladi. Bizni qurshagan dunyo mazmuni, borliqning umumiy xossasi bo‘lgan borliq haqida so‘z yuritar ekanmiz, makon va vaqt tushunchalarini chetlab o‘tishimiz mumkin emas. Zero, har qanday jism, narsa, hodisa doim borliqning boshqa predmetlari va hodisalari bilan yonma-yon keladi, ko‘lamlilik xususiyatiga ega bo‘ladi. SHuningdek ular o‘z ichki va tashqi holatlarini bir-biriga nisbatan o‘zgartiradi va bu turli hollarda har xil tezlik, marom, sur’at va davomlilik bilan yuz beradi. Alohida holda ayrim yagona deb qaraladigan bu ko‘rsatkichlar

majmui bizga vaqt haqida tasavvur beradi. Makon va vaqt o‘z rang-barangligida cheksiz borliqning shakllari sifatida amal qiladi. Umuman, Siz olam deganda nimani tushunasiz? Olam, eng avvalo, tor ma`noda bu odam yashaydigan joy. Aslida odamzod va hayvonot olami, o’simlik va hasharotlar dunyosi, jismoniy, ruhiy, ma`naviy olam va boshqa shu singari ko’plab tushunchalar bor. Ular dunyoda mavjud bo’lgan narsa va hodisalar nomi bilan ataladi. Masalan, odamning ruhiy olami uning bilim, tajriba va hayolotini o’z ichiga oluvchi o’ta keng qamrovli tushunchadir. Bunda biz olam odam yashaydigan joy, degan ma`noga qaraganda yanada kengroq mazmunga ega bo’lamiz. Nimaiki mavjud bo’lsa, ularning hammasi birgalikda siz bilan biz mansub bo’lgan dunyoni ifodalaydi. Ammo tabiat, jamiyat va inson tafakkurining asosida yotuvchi va ularni birlashtiruvchi shunday bir umumlashtiruvchi tushuncha ham borki, u ob`yektiv olamning mazmunini ifoda etadi. Bunday tushuncha haqidagi tasavvurlar butun fan tarixi mobaynida rivojlanib kelgan. Dastlab, bu umumlashtiruvchi tushuncha, narsalarning asosida nima yotadi, degan nuqtai nazardan kelib chiqib, substansiya (lotincha, substantia — nimaningdir asosida yotuvchi mohiyat degan ma`noni beradi) deb ataldi. Substansiya deganda nimani tushunasiz?