logo

Chingizxon va Xorazimshohlar o’rtasidagi diplomatiya

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

8211.5 KB
Chingizxon va Xorazimshohlar o’rtasidagi diplomatiya
Reja:
Kirish.
1. Asosiy qism
1.1. Xorazimshohlar   va   Mug ’ illar   o ’ rtasidagi   ilk   siyosiy
aloqalar . 
1.2. Ikki   davlat   o ’ rtasidagi   siyosiy   aloqalardan   ko ’ zlagan
maqsadi . 
1.3    Ikki davlat o’rtasidagi diplomatik aloqalarning uzilishi
Xulosa
Foydalanilgan   adabiyotlar . Kirish .
Chingizxon bosqini arafasida xorazmshohlar sulolasi dunyoning eng qudratli
siyosiy   kuchlaridan   biriga   aylangandi.   Xuddi   shu   davrda   sharqda   mo‘g‘ullarning
yirik   imperiyani   tashkil   qilingan   edi.   Bu   esa,   XIII   asr   o‘ninchi   yillari   oxirida
Sharqda ikki yirik kuch - xorazmshohlar va chingiziylarning o‘zaro to‘qnashishlari
zaruriyatini shakllantirdi.
1215   yili   Dashti   qipchoq   yurishida   Xorazmshoh   mo‘g‘ullarning   Jo‘chi
boshchiligidagi   harbiy   qo‘shiniga   duch   keladi.   Mo‘g‘ullar   bu   yerlarda
Chingizxonning   buyrug‘iga   ko‘ra   markit   qabilalariga   zarba   berish   uchun   yurish
qilgan   edilar.   O‘zaro   to‘qnashuvdan   so‘ng   mo‘g‘ullar   Chingizxondan
Xorazmshohlar   davlatiga   nisbatan   yurish   qilish   xususida   hech   qanday   ko‘rsatma
olmaganliklari   uchun   orqaga   chekindilar.   Jurjoniyning   yozishicha,   sultonni   har
vaqt undan Sharqda joylashgan davlatlar qiziqtirar va uning Xitoy tomoniga harbiy
yurish  qilish  niyati  ham  bo‘lganligi   aniq  edi. Lekin Xitoy  Chingizxon  tomonidan
o‘sha   yili   olinganligini   eshitgan   sulton   bu   holni   tasdiqlatish   va   qolaversa
Chingizxon   davlati   xususida   aniq   ma‘lumot   olib   kelish   maqsadida   sayidlar
avlodidan   bo‘lmish   taniqli   zot   Bahovuddin   Roziyni   o‘z   elchisi   sifatida   xon
huzuriga jo‘natadi.
Bahovuddin   Roziy   boshchiligidagi   elchilik   guruhini   Chingizxon   Pekinda
qabul   qilib,   ularga   ijobiy   munosabatda   bo‘ladi.   Xorazm   davlati   elchilariga
Chingizxon   o‘zaro   ikki   davlat   o‘rtasida   tinchlik   va   do‘stlik   hukmdorlik   qilishi
lozimligini   uqtirib,   o‘zini   -   Sharq   hukmdori,   Xorazmshoh   Muhammadni   -   g‘arb
yerlarning   egasi   deb   ta‘kidlaydi.   Xitoy   yerlariga   endilikda   yurish   qilish   nojoiz
ekanligini   anglagan   Xorazmshoh   o‘z   diqqat-e‘tiborini   yana   janub   hamda   g‘arb
yerlariga   qaratadi.   1217-yili   Bag‘dod   xalifasi   an-Nosir   (1180-1225)   sultonning
Bag‘dodni   unga   topshirishi   va  uning   nomini   xutbaga   qo‘shib   o‘qishini   qat‘iy   rad
etgach,   Muhammad   Xorazmshoh   100   000   kishilik   qo‘shin   bilan   abbosiylar
xalifaligiga   yurishni   boshlab   yuboradi.   Xorazmshohlar   tangalari   va   xutbalardan
xalifa nomi chiqarib tashlanadi. Sulton farmoniga ko‘ra, termizlik shayx Olamulk
at-Termiziy   xalifa   etib   tayinlanadi.   Sultonning   yuqoridagi   hatti-harakatlari ko‘pchilik   ulamolar,   din   peshvolari   tomonidan   ma‘qullanmaydi.   Ular   sultonga
barcha   musulmonlar   diniy   rahnamo   xalifa   ustiga   yurish   qilish,   islom   dunyosida
xorazmshohga   nisbatan   salbiy   munosabat   keltirib   chiqarishini   tushuntirmoqchi
bo‘ladilar.   Ulamolar   noroziligini   hisobga   olmagan   Sulton   ularning   ko‘pchiligini
jazoga   tortadi,   hatto   taniqli   shayx   Majididdin   Bag‘dodiyni   qatl   ettiradi.   Bu   hol
diniy   ulamolar,   ruhoniylar,   darveshlik   guruhlari   oldida   sulton   obro‘   e‘tiborining
pasayishiga   va   unga   qarshi   muxolif   kuchlar   safining   kengayishiga   olib   keladi.
Bag‘dod yurishi tabiiy ofatlar tufayli muvaffaqiyatsiz yakun topadi.  Asosiy qism.
“Shuhratparastlik   odamning   ongini   zaiflashtiradi   va   u   o‘ziga   yaqinlashib
kelayotgan xatarni sezmaydi”.
Faylasuf Ezop
                 XIII asr boshlarida ko‘chmanchi mo‘g‘ul qabilalarini Chingizxon o‘z qo‘l
ostida   birlashtirib,   mo‘g‘ul   imperiyasiga   asos   soldi.   Bu   vaqtda,   Movarounnahr
zaminida   XI   asrda   vujudga   kelgan   Xorazmshohlar   davlati   ham   kundan-kunga
kengayib,   qudrati   ortib   bormoqda   edi.   Chingizxon   1215   yilda   Xitoyni   bosib
olgach,   mo‘g‘ul   imperiyasining   g‘arbiy   chegarasi   Xorazmshohlar   saltanati   bilan
tutashadi. Ma’lum sabablarga ko‘ra, ikki o‘rtada chiqqan nizo qonli to‘qnashuvga,
oxir-oqibat   Xorazmshohlar   davlatining   qulashiga   sabab   bo‘ldi.   Bugungi
maqolamizda   Chingizxon   va   sulton   Aloviddin   o‘rtasidagi   o‘zaro   nizoning   paydo
bo‘lishi   hamda   mo‘g‘ullarning   bosqinchilik   yurishi   haqida   so‘z   boradi.               XII asrning   oxiri   XIII   asr   boshlarida   ijtimoiy - iqtisodiy   va   madaniy   taraqqiyotning   quyi
bosqichida   turgan   ko ‘ chmanchi   mo ‘ g ‘ ul   qabilalari   katta   va   qudratli   davlatni   barpo
etish   uchun   o ‘ zaro   kurash   olib   borishayotgan   edi .   Chingizxonning   asl   ismi
Temuchin   bo‘lib,   u   1155   yilda   tug‘ilgan.   Otasining   ismi   Yasugay   Bahodir,
onasining   ismi   esa   O‘lun   xotun   edi.   Chingizxon   onadan   tug‘ilgan   vaqtida   o‘ng
qo‘lining   mushtumida  bir   kaft   qotib   qolgan   qon  bor   edi.   Kohinlar,   “bu   bola   vaqt
o‘tishi bilan zamon ahlini qatl etib, ko‘plab podshohlarni oyoqosti qiladi. Xudodan
boshqa   hamma   uning   qo‘l   ostida   xor   bo‘ladi”,   deb   bashorat   qilishadi.   Yasugay
Bahodir   bu   o‘g‘liga   Temuchin   deb   ism   qo‘yadi.   Temuchin   13   yoshida   otasidan
ayriladi.   Shu   vaqtda   otasiga   tobe   bo‘lgan   barcha     mo‘g‘ul   qabilalari   unga   itoat
etmasdan   tashlab   ketadilar.   Faqatgina,   katta   bobosidan   qolgan   qabilalar
Temuchinga sodiq qolishadi. U bir necha bor qabilaviy urushlarda o‘limdan qoladi.
Tarixiy kitoblarda ma’lumot berilishicha, Temuchin dastlabki yurishlarida atigi 13
000 kishilik qo‘shin to‘play olgan ekan. Birin ketin naymanlar, keroitlar, totorlar,
o‘ngg‘utlar,   uyg‘urlar   va   boshqa   qabilalarni   o‘ziga   tobe   qilgan   Temuchin,   1205
yilda   butun   Mo‘g‘uliston   hududining   yagona   hukmdoriga   aylanadi.   U   o‘zining
hukmronligini   qonuniylashtirish   maqsadida   1206   yil   Onan   daryosining   yuqori
qismida   qurultoy   chaqiradi.   Bu   qurultoyda   Temuchinga   Chingizxon   laqabi
beriladi. Mirzo Ulug‘bekning “To‘rt ulus tarixi” kitobida shunday yoziladi:
“Bir   kohin   qurultoyga   yig‘ilgan   qabila   sardorlari   huzuriga   kirib,   “kecha   Tangri
menga   xabar   berdiki,   jahonga   yangi   nasoq   qilurman,   jahon   mulkini   Temuchinga
bergum.   Unga   Chingizxon   nomini   beramiz.   Olam   podshohlarini   unga   tobe
qilurmiz.   Qo‘r   tuzgan   vaqtingdan   boshlab,   shuni   bilki,   tangri   senga   adolat   qilib,
ko‘pchilik mulklarni senga berdi. Endi sen yalovingni baland ko‘tarib, odil qadam
tashla.   Zolimlardan   mazlumlar   dodini   qutqaz.   Kelib   chiqishing   gado   bo‘lsa   ham
jahonni   nopoklardan   tozala,   fosiqlarni   yo‘qot.   Aysh   ahli   kosasiga   tuproq   tashla,
xashakka   tortinmay   g‘azab   o‘tini   qo‘y.     Sarkashlarning   boshini   ko‘m,   podsholar
boshi oyog‘ing tuprog‘i bo‘lur. Xudo joyingni podsholar tojida belgilaydi. Tangri
nomidan   aytaman   senga   bu   rozni,   Haq   amridan   chiqmagin,   seni   Chingizxon   deb
atayman. Endi Temuchin emassan”. Bu gapni eshitgan qabila sardorlari shu zahoti
egilib yer o‘pdilar.
                        Chingizxon   laqabi   turli   yozma   manbalarda   turlicha   talqin   qilinadi.
Xususan, Mirzo Ulug‘bekning “To‘rt ulus tarixi” kitobida Chingizxonning ma’nosi “shohlarning   shohi”   deb   keltiriladi.   Tarixchi   Rustam   Shamsutdinovning   “Vatan
tarixi”   kitobida   esa   “toza”,   “quvvatli”,   “kuchlilar   xoqoni”   degan   ma’nosini
anglatishi   yozilgan.   Shu   tariqa   Chingizxon   Manjuriyadan   Irtish   daryosigacha,
Boykaldan To‘ng‘utgacha bo‘lgan hududlarda ko‘chib yuruvchi ko‘p sonli jangari
qabilalarning   yagona   hukmdoriga   aylanadi.   Shundan   so‘ng,   Chingizxon   qo‘shni
davlatlarga qo‘rquv va dahshat sola boshladi. Mo‘g‘ul imperiyasining asosiy kuchi
Chingizxon   yurgizgan   qattiqqo‘l   va   huquqiy   jihatdan   asoslangan   siyosat   tashkil
etgan.
Chingizxon   1211-1215   yillarda   Chin   yurtiga   qarshi   bir   necha   bor   bosqinchilik
hujumlarini   uyushtiradi.   1215   yil   mo‘g‘ul   lashkari   Shimoliy   Xitoyning   markazi
hisoblangan   Chjundu   (Pekin)   shahrini   egallab   oladi.   Chingizxon   Yapon   va   Sariq
dengizlaridan   Irtish   daryosigacha,   Sibir   yerlaridan   Xitoygacha   bo‘lgan   ulkan
hududlarni   qo‘lga   kiritadi.   Shunda   mo‘g‘ul   imperiyasining   g‘arbiy   chegaralari Markaziy   Osiyoda   kun   sayin   kengayib   borayotgan   Xorazmshohlar   davlati   bilan
tutashadi.   1200 yil 3 avgust kuni Sulton Takashning o‘g‘li Aloviddin Muhammad
Xorazmshohlar   taxtiga   chiqadi.   Aloviddin   Muhammad   (1200-1220)   yillarda
hukmronlik   qilib,   o‘zining   20   yillik   hukmronlik   davrini   faqat   urushlar,   jang-u
jadallar   bilan   o‘tkazadi.   Sulton   Aloviddin   1202   yilda   Marvni,   Nishopur   va
Saraxsni   egallab,   1204   yilning   yanvar   oyida   Hirotni   qo‘lga   kiritadi.   1206   yilda
o‘zining   asosiy   raqibi   bo‘lgan   qudratli   g‘urlar   davlatiga   qaqshatqich   zarba   berib,
Balx   va   Termizni   egallaydi.   1207   yil   Buxoroga   qo‘shin   tortib   uni   o‘z   davlati
tarkibiga   qo‘shib   oladi.   Keyinchalik   sulton   Aloviddin   1211   yil   qoraxitoylarga
qarshi   yurish   qilib,   ularni   tor-mor   etadi   va   Yettisuvgacha   bo‘lgan   hududlarni
Xorazm   davlati   tarkibiga   qo‘shadi.     Ba’zi   tarixiy   manbalarda,   “sulton   Aloviddin
mamlakatda faqat rasmiy hukmdor edi, xolos. Davlatni sultonning onasi – qipchoq
qabilasidan   bo‘lgan   Turkon   Xotun   boshqargan.   Asosan   turklardan   tarkib   topgan
qo‘shin ham sultonga emas, aynan qirolichaga bo‘ysunardi. Davlat boshqaruvidagi
sarkardalar   va   saroy   amaldorlarining   aksar   qismi   qipchoqlar   bo‘lgan.   Qipchoq
malikasining   qo‘lidagi   muhrda   “Umidin   faqat   Allohdan”   degan   yozuv   bo‘lib,   bu
muhr,   hatto   Xorazimshoh   Muhammad   muhridan   qudratli   bo‘lgan.   Turkon   Xotun
chet   ellik   elchilarni   shaxsan   o‘zi   qabul   qilib,   mamlakatning   diplomatik
munosabatlarni hal etar edi”, degan ma’lumotlar uchraydi. Xorazmshoh qo‘shinlari
1215-1217 yillarda Kermon, Belujiston, Makrom, Iroq, Mozandaron, Arron, Ozor
yurti,  Shivon  va  boshqa   hududlarni  egallaydi.   Xorazmshoh  davlatining  sarhadlari
Iroqdan Hindistongacha va Orol dengizidan to Hind okeanigacha cho‘zilib ketadi.
Biroq,   bu   g‘alabalaridan   sulton   Aloviddin   kibrga   beriladi.   U   qoraxitoylarni
mag‘lubiyatga uchratgach, o‘zini dunyodagi eng qudratli, yengilmas podshoh, deb
e’lon   qiladi.   Shu   munosabat   bilan   o‘zini   “Sulton   Sanjar”   va     “Iskandari   soniy”
(ikkinchi Iskandar) deb atay boshlaydi.
                  O‘z   kuchi   va   qudratiga   ortiqcha   ishonib   yuborgan,   o‘zini   yengilmas,   deb
hisoblovchi   sulton   Aloviddin   Bag‘dodni   qo‘lga   kiritishni   istab   qoladi.   Buning
uchun rejalar tuzib, xalifalik tomon qo‘shin tortish harakatlarini boshlab yuboradi. Kibrga berilgan Xorazmshoh Muhammad xalifalikni o‘ziga tobe qilib, o‘z nomini
xalifalik markazida xutbaga qo‘shib o‘qitishga azmu qaror qilgan edi.
Mixail   Ivanin   o‘zining   “Ikki   buyuk   sarkarda”   kitobida   sulton   Aloviddinning
Bag‘dod   xalifaligi   tomon   yurishning   sabablarni   boshqacharoq   keltirib   o‘tadi.
“Xorazmshoh Muhammad G‘azna shahrini egallab olganida, hujjatlar saqlanadigan
omborxondan Bag‘dod xalifasi An-Nosirning G‘azna va G‘ur hukmdorlarini sulton
Aloviddinga qarshi gij-gijlovchi yozishmalari topib olinadi. Bundan g‘azablangan
Xorazmshoh Muhammad xalifadan o‘zining sultonlik unvonini tasdiqlashini, uning
ismini   xutbaga   qo‘shib   o‘qishini   va   uning   odamini   Bag‘dod   hokimi   qilib
tayinlashini   talab   qiladi.   Ammo,   xalifa   bu   shartlarga   rad   javobini   beradi.   Shunda
sulton Aloviddin xalifa An-Nosirni jazolash uchun Bag‘dod sari qo‘shin tortgan”.
Xorazmshoh Muhammad Bag‘dodni egallab, Gurjistonni so‘ngra Vizantiya, Shom
va   Misrni   qo‘lga   kiritishni   maqsad   qilgan   edi.   Biroq,   xalqimizda   “orzuga   ayb
yo‘q”,   degan   naql   bor.   Xorazmshoh   ham   Bag‘dod   yurishiga   zo‘r   tayyorgarlik
ko‘radi.   Sulton   Aloviddin   1217   yilning   kech   kuzida   g‘arb   tomon   yurish   qiladi.
Ba’zi   tarixchilarning   ma’lumot   berishicha,   bu   qo‘shinning   soni   600   ming,   Al- Nasaviyning ta’kidlashicha, 400 ming kishidan iborat bo‘lgan. Ammo, toleyi kulib
boqmasa,   yo‘l   yo‘q   ekan.   Qo‘lga   kiritgan   muvaffaqiyatlaridan   kibrga   berilgan
Xorazmshohga   zafar   nasib   etmaydi.   Uning   lashkari   Xulvon   yaqinidagi   Asobod
dovoniga   yaqinlashganida,   kutilmaganda   qor   yog‘ib,   uch   kecha-yu,   uch   kunduz
tinmaydi.   Kun   sovib,   o‘lim   keltiruvchi   sovuq   boshlanadi.   Bu   izg‘irinda   Xorazm
qo‘shini tutdek to‘kila boshlaydi. Oppoq qor usti o‘liklar bilan qoplanadi. Tuyalar,
otlar   qirilib  ketadi. Ilojsiz  qolgan Xorazmshoh  ortga qaytishdan   o‘zga  chora topa
olmaydi.       Tarixiy   manbalarga   qaraganda,   Chingizxon   Xitoyni   bosib   olishidan
avval   Xorazmshoh   Aloviddinning   ham   shunday   niyati   bo‘lgan.   Sulton
Xorazmshohning   kotibi   (dobiri)   bo‘lgan   Imod   Al-Mulk   Tojiddin   Jomiyning
“Tarixi Jurjoniya” asarida aytishicha, 1214 yoki 1215 yilda Aloviddin Muhammad
savdogarlardan   Xitoyning   g‘aroyib   boyliklari   haqida   eshitib,   uni   bosib   olishni
rejalashtirgan.   Chingizxon   Xitoyni   bosib  olganini   eshitgan   Xorazmshoh   bu  xabar
to‘g‘ri   yoki   noto‘g‘ri   ekanligini   bilib   kelish   uchun   Chingizxonning   huzuriga
o‘zining   mashhur   elchisi   Sayid   Bahovuddin   Roziyni   yuboradi.   Ana   shu   davrdan
e’tiboran mo‘g‘ul xoqoni va Xorazmshoh sultoni o‘rtasida ilk diplomatik aloqalar
yo‘lga   qo‘yiladi.   Har   ikki   davlat   o‘rtasida   elchilik   munosabatlari   o‘rnatiladi.
Ammo, har ikki taraf ham elchilardan ayg‘oqchilik maqsadida foydalangan. 1216 yilda Chingizxon Xorazmshoh Muhammad elchi qilib yuborgan Bahoviddin
Roziyni   izzat-ikrom,   hurmat   va   tavoze   bilan   kutib   oladi.   Elchilar   Xorazmga
qaytayotganda,   mo‘g‘ul   xoqoni   sulton   Aloviddin   uchun   juda   noyob   sovg‘a-
salomlar   berib,   elchiga   “men   –   Mashriq   hukmdori,   sen   –Mag‘ribning   hukmdori.
Kel,   oramizda   do‘stlik   va   tinchlik   haqida   qat’iy   ahdnoma   bo‘lsin!   Ikkala
davlatning savdogarlari bordi-keldi qilishsin. Mening yerlarimdagi noyob va oddiy
mol-buyumlar   sen   tomonga,   sening   mollaring   men   tomonga   kelib   tursin”,   deb
yozilgan maktubni berib yuboradi. O‘z navbatida Chingizxon ham javob tarzida o‘z savdo karvonlarini elchilar bilan
Xorazmshoh davlatiga yuborgan. Bu savdo karvoniga elchi Mahmud Yalovich Al-
Xorazmiy,   Aliakbar   Xo‘ja   Al-Buxoriy   va   Yusuf   Kenka   Al-O‘troriylar   boshchilik
qilgan.   Mahmud   Yalovich   asli   xorazmlik   bo‘lgan.   Ammo,   u   o‘z   ona   Vataniga
xiyonat   qilib,   mo‘g‘ullarga   sotilib   ketgan   edi.   Tarixchi   Shahobiddin   An-
Nasaviyning   bergan   ma’lumotlarga   qaraganda,   Chingizxon   Xorazmshoh
Muhammad   uchun   turkiy   odatga   ko‘ra,   tuya   o‘rkachi   barobar   keladigan   quyma
oltin   yuborgan.   Bundan   tashqari   savdo   karvonida   qimmatbaho   toshlar,   nusub   al-
xutuvv   (morj   tishlar),   qop-qop   mushk   (xushbo‘y   moddalar),   yoqut   va   tarqu   deb
ataladigan   oq   tuya   yungidan   to‘qilgan   kiyimlar   bo‘lgan.   Sulton   Aloviddin
Chingizxon   yuborgan   elchilarni   1218   yilning   bahorida   qabul   qiladi.   Shunda
elchilar   Xorazmshohga   mo‘g‘ul   xoqonining   maktubini   topshiradilar.   Bu   xatni
Bosh   vazir   Nizom   Ul-Mulk   elchilarni   qabul   qilish   marosimida   o‘qib   eshittiradi.
Chingizxon yo‘llagan nomasida shunday deyilgan edi.
“Senga   o‘z   salomimni   yo‘llayman.   Men   sening   mamlakatingni   kengligini   va
qudratini yaxshi bilaman. Sen ko‘plab xalqlar ustidan hukmronlik qilasan, shuning
uchun   sen   bilan   tinchlikda   yashashni   istardim.   Men   seni   o‘zimning   eng   suyukli
o‘g‘lim,   deb   hisoblaguchiman.   Mening   Xitoyni   zabt   etganim   va   undan   shimolda
yashovchi   hamma   xalqlarni   bo‘ysundirganim   senga   ma’lum.   Shuni   bilginki,
mening   saltanatim   chumoli   uyasidek   jangchilar   uyasi   hamda   kumush   kondir   va
menda   birovning   mulkiga   egalik   qilish   ehtiyoji   yo‘q.   O‘ylaymanki,
fuqarolarimizning   savdo   munosabatlarini   rivojlantirishdan   ikkimiz   ham
manfaatdor bo‘lamiz”.
Chingizxon sulton Muhammad bilan ilk munosabatlarni o‘rnatishdanoq diplomatik
mahoratini ishga solib, uni “o‘g‘lim” deb ustunlikga erishmoqchi bo‘lgan. Albatta
“o‘g‘lim”   degan   so‘z   o‘zini   “Aleksandr   Soniy”   (Ikkinchi   Aleksandr)   “Sulton
Sanjar   Monand”   (Yaratganning   yerdagi   soyasi)   deb   atovchi   Xorazmshohga
yoqmaydi. Sulton Aloviddin bo‘lsa bunga qanday javob qaytarishni bilmay qoladi. Shunda   Xorazmshoh   Muhammad   qulay   fursat   poylab,   yurt   xoini   Mahmud
Yalovichni o‘z huzuriga chaqiradi.
    “Sening   xoning   Xitoy   yurtini   olgani   rostmu,   deb   bir   qimmatbaho   durni   sulton
Aloviddin bozusindin chiqarib, Mahmud Yalovichga berdi”. Bu bilan Xorazmshoh
Muhammad,   Mahmud   Yalovichni   xorazmlik   bo‘lgani   uchun   uni   Chingizxon
huzuridagi o‘zining ayg‘oqchisiga aylantirmoqchi edi.    U Yalovichdan Chingizxon
lashkari   va   davlati   haqida   bor   ma’lumotlarni   aytishini   talab   qiladi.   Shunda   xoin
Yalovich ayyorlik ishlatib, shunday deydi.
        “Tavba qildim, ulug‘ sulton! Meni avf et! Olampanoh, sening oftob yang‘lig‘
qudratli   lashkaring   oldida   Chingizxonning   qo‘shini   bir   xira   shamdur.   Oftob-
olamtob   chiqqach,   yuz   ming   sham   nuri   ham   bir   pul   bo‘ladi.   Sham   tunda   lozim,
oftob   hamma   vaqt...   Ulug‘   sulton!   Men   beimon   emasman!   Aslim   ulug‘   va
muqaddas   xorazmlik.   Sening   qudrating   oldida   bosh   egurman.   Mol-mulkim
Chingizxon   tasarrufida   bo‘lgani   uchun   uning   xizmatidaman.   Dilimda   ona   tuproq
manfaati   hukmron.   Yana   bir   karra   ona   tuproq   manfaati   haqqi,   qasam   ichib
aytadurmenki,  meni   g‘azabingga   duchor   etma,  men   faqat   Yalovichmen...   Elchiga
o‘lim   yo‘q”,   deb   Xorazmshohga   bosh   egadi.   Bundan   o‘zicha   xursand   bo‘lgan
sulton   Aloviddin   Chingizxon   bilan   shartnoma   tuzishga   rozilik   berib,   elchilarga
qimmatbaho to‘n kiygizib, ortiga jo‘natib yuboradi. Mahmud Yalovich Chingizxon
huzuriga   borganida   Xorazmshoh   bilan   bo‘lgan   voqeani   aytib   beradi.   Mo‘g‘ul
xoqoni  esa   bundan juda  xursand   bo‘ladi   va Yalovichga  Xorazmshoh  Muhammad
bergan   qimmatbaho   sovg‘alardan   ham   ko‘proq   boylik   berib,   unga   minnatdorlik
bildiradi.  Chingizxon sulton Aloviddin ustidan diplomatik g‘alabaga erishgan edi. O‘z   rejalari   amalga   oshganini   bilgan   Chingizxon   fursatni   boy   bermasdan,   o‘z
minnatdorligini izhor etish va ikki buyuk davlat o‘rtasida tuziladigan shartnomani
tezlashtirish   maqsadida   zudlik   bilan   Xorazmga   juda   katta   savdo   karvonini
jo‘natadi.   Mirzo   Ulug‘bekning   “To‘rt   ulus   tarixi”   kitobida   yozilishicha,   bu
karvonda   to‘rt   yuz   nafar   musulmon   savdogarlar   bo‘lgan.   Elchilar   orqali
Chingizxon   sulton   Aloviddinga   maktub   ham   yuboradi.   Ushbu   xat   “To‘rt   ulus
tarixi” kitobida keltiriladi:
“Ul   tarafdan   bozorgonlar   bu   diyorga   kelishdi.   Ularga   qay   tarzda   e’zoz-ikrom
ko‘rsatilganini o‘zlari aytishlari mumkin. Ular nimani mushohada qilgan bo‘lsalar,
barchasini   bayon   qilsalar   kerak.   Bu   tomondan   ham   bir   musulmon   jamoasi   turli
mol-u   gazlama,   mushk-u   chiniy,   zar-u   nuqra,   javohirlar   bilan   ul   diyor   sari
yo‘naldilar. Bu ahd-u paymonada osmon-u zamin egasi ro‘yi zamin mamlakatlarini
bizga   va   senga   tortiq   qilgan.   Xudo   bandalari   borib   kelishib,   obodonchilik   bilan
mashg‘ul   bo‘lmoqlari   lozim.   Biz-u   sening,   ular   davri   sultonlarining   saxovatidan xursand va bahravor bo‘lurlarki, zamon mardumi bizu sening duoyi jonimizni qilib
yashaydilar”.
                 Ammo, yo‘lga chiqqan savdo karvoni Urganchga yetib bora olmaydi. Uni
O‘tror   shahar   hokimi   Inalxon   buyrug‘i   bilan   ushlab   qoladilar.   Yozma
manbalarning guvohlik berishicha, Inalxon oltmish yoshga borgan, cho‘qqi soqol,
baland   bo‘yli,   ortiq   va   chayir   odam   bo‘lgan.   U   Turkon   Xotunga   qarindosh
bo‘lganidan   G‘oyirxon   laqabini   olgan.   Savdo   karvonidagi   jamoa   a’zolaridan   biri
hind   bo‘lib,   ilgari   juda   mashhur   bo‘lgan   ekan.   U   Inalxonning   oldindan   tanishi
bo‘lgan.   Shu   bois   ilgaridagi   odat   bo‘yicha   hindi   lohchada   shahar   hokimiga
Inolchuq deb murojaat qilgan. Bu so‘z shahar hokimi Inalxonga qattiq botgan. Shu
boisdan Inalxon elchilar va barcha karvon a’zolarini qirg‘in qilishga buyruq beradi.
Mirzo Ulug‘bek bu ishlarni “dev ko‘rsa ham lol qolar edi”, deb ta’riflagan. Faqat
birgina   tuyakash   tasodifan   tirik   qolib,   bo‘lgan   voqeani   Chingizxonga   so‘zlab
beradi.
 “Shuhratparastlik odamning ongini  zaiflashtiradi va  u o’ziga yaqinlashib
kelayotgan xatarni sezmaydi”.
Faylasuf Ezop
XII asrning oxiri XIII asr boshlarida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotning
quyi bosqichida turgan ko’chmanchi mo’g’ul qabilalari katta va qudratli davlatni barpo
etish   uchun   o’zaro   kurash   olib   borishayotgan   edi.   XIII   asr   boshlarida   ko’chmanchi
mo’g’ul qabilalarini Chingizxon o’z qo’l ostida birlashtirib, mo’g’ul imperiyasiga asos
soldi.   Bu   vaqtda,   Movarounnahr   zaminida   XI   asrda   vujudga   kelgan   Xorazmshohlar
davlati   ham   kundan-kunga   kengayib,   qudrati   ortib   bormoqda   edi.   Chingizxon   1215
yilda   Xitoyni   bosib   olgach,   mo’g’ul   imperiyasining   g’arbiy   chegarasi   Anushteginiy
Xorazmshohlar saltanati bilan tutashadi. Ma’lum sabablarga ko’ra, ikki o’rtada chiqqan
nizo qonli to’qnashuvga, oxir-oqibat Xorazmshohlar davlatining qulashiga sabab bo’ldi.
Mazkur maqolamizda   Chingizxon va Sulton Alovuddin Muhammad o’rtasidagi o’zaro
diplomatik  va   savdo   aloqalari,  ikki   buyuk  davlarlar   o’rtasida     nizoning  paydo   bo’lishi
hamda mo’g’ullarning bosqinchilik yurishi haqida so’z boradi. Tarixiy   manbalarning   guvohlik   berishicha,   Chingizxon   Xitoyni   bosib   olishidan
avval Xorazmshoh Aloviddinning ham shunday niyati bo’lgan. Sulton Xorazmshohning
kotibi   (dobiri)   bo’lgan   Imod   Al-Mulk   Tojiddin   Jomiyning   “Tarixi   Jurjoniya”   asarida
aytishicha,   1214   yoki   1215   yilda   Aloviddin   Muhammad   savdogarlardan   Xitoyning
g’aroyib boyliklari haqida eshitib, uni bosib olishni rejalashtirgan. Chingizxon Xitoyni
bosib   olganini   eshitgan   Xorazmshoh   bu   xabar   to’g’ri   yoki   noto’g’ri   ekanligini   bilib
kelish   uchun   Chingizxonning   huzuriga   o’zining   mashhur   elchisi   Sayid   Bahovuddin
Roziyni   yuboradi.   Ana   shu   davrdan   e’tiboran   mo’g’ul   xoqoni   va   Xorazmshoh   sultoni
o’rtasida   ilk   diplomatik   aloqalar   yo’lga   qo’yiladi.   Har   ikki   davlat   o’rtasida   elchilik
munosabatlari   o’rnatiladi.   Ammo,   har   ikki   taraf   ham   elchilardan   ayg’oqchilik
maqsadida foydalangan
  1216   yilda   Chingizxon   Xorazmshoh   Muhammad   elchi   qilib   yuborgan
Bahoviddin Roziyni izzat-ikrom, hurmat va tavoze bilan kutib oladi. Elchilar Xorazmga
qaytayotganda,   mo’g’ul   xoqoni   sulton   Aloviddin   uchun   juda   noyob   sovg’a-salomlar
berib,   elchiga   “men   –   Mashriq   hukmdori,   sen   –Mag’ribning   hukmdori.   Kel,   oramizda
do’stlik   va   tinchlik   haqida   qat’iy   ahdnoma   bo’lsin!   Ikkala   davlatning   savdogarlari
bordi-keldi qilishsin. Mening yerlarimdagi noyob va oddiy mol-buyumlar sen tomonga,
sening mollaring men tomonga kelib tursin”, deb yozilgan maktubni berib yuboradi.
O’z navbatida Chingizxon ham javob tarzida o’z savdo karvonlarini elchilar bilan
Xorazmshoh   davlatiga   yuborgan.   Bu   savdo   karvoniga   elchi   Mahmud   Yalovich   Al-
Xorazmiy,   Aliakbar   Xo’ja   Al-Buxoriy   va   Yusuf   Kenka   Al-O’troriylar   boshchilik
qilgan. Mahmud Yalovich asli  xorazmlik bo’lgan. Ammo, u o’z ona Vataniga xiyonat
qilib,   mo’g’ullarga   sotilib   ketgan   edi.   Tarixchi   Shahobiddin   An-Nasaviyning   bergan
ma’lumotlarga   qaraganda,   Chingizxon   Xorazmshoh   Muhammad   uchun   turkiy   odatga
ko’ra,   tuya   o’rkachi   barobar   keladigan   quyma   oltin   yuborgan.   Bundan   tashqari   savdo
karvonida   qimmatbaho   toshlar,   nusub   al-xutuvv   (morj   tishlar),   qop-qop   mushk
(xushbo’y   moddalar),   yoqut   va   tarqu   deb   ataladigan   oq   tuya   yungidan   to’qilgan
kiyimlar   bo’lgan.   Sulton   Aloviddin   Chingizxon   yuborgan   elchilarni   1218   yilning
bahorida   qabul   qiladi.   Shunda   elchilar   Xorazmshohga   mo’g’ul   xoqonining   maktubini
topshiradilar.   Bu   xatni   Bosh   vazir   Nizom   Ul-Mulk   elchilarni   qabul   qilish   marosimida o’qib eshittiradi. Chingizxon yo’llagan nomasida shunday deyilgan edi.
“Senga   o’z   salomimni   yo’llayman.   Men   sening   mamlakatingni   kengligini   va
qudratini   yaxshi   bilaman.   Sen   ko’plab   xalqlar   ustidan   hukmronlik   qilasan,   shuning
uchun sen bilan tinchlikda yashashni istardim. Men seni o’zimning eng suyukli o’g’lim,
deb   hisoblaguchiman.   Mening   Xitoyni   zabt   etganim   va   undan   shimolda   yashovchi
hamma   xalqlarni   bo’ysundirganim   senga   ma’lum.   Shuni   bilginki,   mening   saltanatim
chumoli uyasidek jangchilar uyasi hamda kumush kondir va menda birovning mulkiga
egalik   qilish   ehtiyoji   yo’q.   O’ylaymanki,   fuqarolarimizning   savdo   munosabatlarini
rivojlantirishdan ikkimiz ham manfaatdor bo’lamiz”
Chingizxon sulton Muhammad bilan ilk munosabatlarni o’rnatishdanoq diplomatik
mahoratini   ishga   solib,   uni   “o’g’lim”   deb   ustunlikga   erishmoqchi   bo’lgan.   Albatta
“o’g’lim”   degan   so’z   o’zini   “Iskandari   Soniy”   (Ikkinchi   Iskandar)   “Sulton   Sanjar
Monand” (Yaratganning yerdagi  soyasi)  deb atovchi  Xorazmshohga yoqmaydi. Sulton
Aloviddin   bo’lsa   bunga   qanday   javob   qaytarishni   bilmay   qoladi.   Shunda   Xorazmshoh
Muhammad qulay fursat poylab, yurt xoini Mahmud Yalovichni o’z huzuriga chaqiradi.
Abulg’oziy Bahodirxonning “Shajarayi turk” asarida shunday yoziladi:
“Sening   xoning   Xitoy   yurtini   olgani   rostmu,   deb   bir   qimmatbaho   durni   sulton
Aloviddin   bozusindin   chiqarib,   Mahmud   Yalovichga   berdi”.   Bu   bilan   Xorazmshoh
Muhammad, Mahmud Yalovichni xorazmlik bo’lgani uchun uni Chingizxon huzuridagi
o’zining   ayg’oqchisiga   aylantirmoqchi   edi.     U   Yalovichdan   Chingizxon   lashkari   va
davlati haqida bor ma’lumotlarni aytishini talab qiladi. Shunda xoin Yalovich ayyorlik
ishlatib, shunday deydi.
“Tavba   qildim,   ulug’   sulton!   Meni   avf   et!   Olampanoh,   sening   oftob   yang’lig’
qudratli   lashkaring   oldida   Chingizxonning   qo’shini   bir   xira   shamdur.   Oftob-olamtob
chiqqach,   yuz   ming   sham   nuri   ham   bir   pul   bo’ladi.   Sham   tunda   lozim,   oftob   hamma
vaqt...   Ulug’   sulton!   Men   beimon   emasman!   Aslim   ulug’   va   muqaddas   xorazmlik.
Sening   qudrating   oldida   bosh   egurman.   Mol-mulkim   Chingizxon   tasarrufida   bo’lgani
uchun uning xizmatidaman. Dilimda ona tuproq manfaati hukmron. Yana bir karra ona
tuproq manfaati haqqi, qasam ichib aytadurmenki, meni g’azabingga duchor etma, men
faqat Yalovichmen... Elchiga o’lim yo’q”, deb Xorazmshohga bosh egadi Bundan   o’zicha   xursand   bo’lgan   sulton   Aloviddin   Chingizxon   bilan   shartnoma
tuzishga rozilik berib, elchilarga qimmatbaho to’n kiygizib, ortiga jo’natib yuboradi.
Mahmud   Yalovich   Chingizxon   huzuriga   borganida   Xorazmshoh   bilan   bo’lgan
voqyeani aytib beradi. Mo’g’ul xoqoni esa bundan juda xursand bo’ladi va Yalovichga
Xorazmshoh  Muhammad   bergan  qimmatbaho  sovg’alardan  ham   ko’proq  boylik  berib,
unga minnatdorlik bildiradi. Chingizxon sulton Aloviddin ustidan diplomatik g’alabaga
erishgan  edi.O’z rejalari  amalga  oshganini  bilgan Chingizxon  fursatni  boy bermasdan,
o’z   minnatdorligini   izhor   etish   va   ikki   buyuk   davlat   o’rtasida   tuziladigan   shartnomani
tezlashtirish maqsadida zudlik bilan Xorazmga juda katta savdo karvonini jo’natadi. 
Mirzo   Ulug’bekning   “To’rt   ulus   tarixi”   kitobida   yozilishicha,   bu   karvonda   to’rt
yuz   nafar   musulmon   savdogarlar   bo’lgan.   Elchilar   orqali   Chingizxon   sulton
Aloviddinga   maktub   ham   yuboradi.   Ushbu   xat   “To’rt   ulus   tarixi”   kitobida
keltiriladi: “Ul   tarafdan   bozorgonlar   bu   diyorga   kelishdi.   Ularga   qay   tarzda   e’zoz-
ikrom   ko’rsatilganini   o’zlari   aytishlari   mumkin.   Ular   nimani   mushohada   qilgan
bo’lsalar,   barchasini   bayon   qilsalar   kerak.   Bu   tomondan   ham   bir   musulmon   jamoasi
turli   mol-u   gazlama,   mushk-u   chiniy,   zar-u   nuqra,   javohirlar   bilan   ul   diyor   sari
yo’naldilar.   Bu   ahd-u   paymonada   osmon-u   zamin   egasi   ro’yi   zamin   mamlakatlarini
bizga   va   senga   tortiq   qilgan.   Xudo   bandalari   borib   kelishib,   obodonchilik   bilan
mashg’ul   bo’lmoqlari   lozim.   Biz-u   sening,   ular   davri   sultonlarining   saxovatidan
xursand   va   bahravor   bo’lurlarki,   zamon   mardumi   bizu   sening   duoyi   jonimizni   qilib
yashaydilar”.
Ammo,  yo’lga  chiqqan   savdo  karvoni   Urganchga  yetib  bora  olmaydi.  Uni   O’tror
shahar  hokimi  Inalxon buyrug’i  bilan ushlab qoladilar. Yozma manbalarning guvohlik
berishicha, Inalxon oltmish yoshga borgan, cho’qqi soqol, baland bo’yli, ortiq va chayir
odam   bo’lgan.   U   Turkon   Xotunga   qarindosh   bo’lganidan   G’oyirxon   laqabini   olgan.
Savdo karvonidagi jamoa a’zolaridan biri hind bo’lib, ilgari juda mashhur bo’lgan ekan.
U   Inalxonning   oldindan   tanishi   bo’lgan.   Shu   bois   ilgaridagi   odat   bo’yicha   hindi
lohchada   shahar   hokimiga   Inolchuq   deb   murojaat   qilgan.   Bu   so’z   shahar   hokimi
Inalxonga   qattiq   botgan.   Shu   boisdan   Inalxon   elchilar   va   barcha   karvon   a’zolarini
qirg’in   qilishga   buyruq   beradi.   Mirzo   Ulug’bek   bu   ishlarni   “dev   ko’rsa   ham   lol   qolar edi”,   deb   ta’riflagan.   Faqat   birgina   tuyakash   tasodifan   tirik   qolib,   bo’lgan   voqyeani
Chingizxonga   so’zlab   beradi.   Mo’g’ul   xoqoni   Xorazmshoh   Muhammad   huzuriga   Ibn
Karfaj Bug’roni (uning otasi sulton Takashning amirlaridan biri bo’lgan) va ikki tatarni
elchi qilib yuboradi.
Shahobiddin   An-Nasaviyning   bergan   ma’lumotlariga   qaraganda,   Chingizxon
sulton   Aloviddinga   quyidagi   mazmunda   maktub   yo’llagan:   “Sen   savdogarlarning
bexavf-xatar bo’lmog’ini, ularga hyech kim hujum qilmasligini yozib, o’z qo’ling bilan
imzolagan   va’dani   bergan   eding.   Lekin   xiyonatkorona   yo’l   tutding   va   so’zingni
buzding. Bu ishni Islom sultoni tomonidan qilingani yana ham yomondir. Inalxon qilgan
ish sening amring bilan bo’lmaganini tasdiqlasang, u holda Inalxonni tutib ber, toki biz
uni   jazolaylik.   Aks   holda,   eng   aziz   qalblarni   larzon   qiladigan   va   nayzalarning   sopi
sinadigan urush bo’ladi”.
Bu   maktubdan   g’azablangan   Xorazmshoh   elchi   Karfaj   Bug’roni   qatl   etishga
buyruq   beradi.   Uning   ikki   hamrohini   esa   soqoli   va   sochini   qirdirib   ortga   jo’natib
yuboradi.   Bu   voqyeadan   so’ng,   Chingizxon   bilan   Xorazmshoh   Muhammad   o’rtasida
to’qnashuv   bo’lishi   aniq   edi.   Jaloliddin   Manguberdi   to   umrining   oxirigacha
Xorazmshohlar   davlatini   qayta   tiklash,   mo‘g‘ullardan   ozod   etish   istagi   bilan   harakat
qildi.
Chingizxon   bosqini   arafasida   xorazmshohlar   sulolasi   dunyoning   eng   qudratli
siyosiy   kuchlaridan   biriga   aylangandi.  Xuddi   shu   davrda  sharqda   mo‘g‘ullarning  yirik
imperiyani   tashkil   qilingan   edi.   Bu   esa,   XIII   asr   o‘ninchi   yillari   oxirida   Sharqda   ikki
yirik   kuch   -   xorazmshohlar   va   chingiziylarning   o‘zaro   to‘qnashishlari   zaruriyatini
shakllantirdi.   1215   yili   Dashti   qipchoq   yurishida   Xorazmshoh   mo‘g‘ullarning   Jo‘chi
boshchiligidagi  harbiy qo‘shiniga duch keladi. Mo‘g‘ullar bu yerlarda Chingizxonning
buyrug‘iga   ko‘ra   markit   qabilalariga   zarba   berish   uchun   yurish   qilgan   edilar.   O‘zaro
to‘qnashuvdan   so‘ng   mo‘g‘ullar   Chingizxondan   Xorazmshohlar   davlatiga   nisbatan
yurish qilish xususida hech qanday ko‘rsatma olmaganliklari uchun orqaga chekindilar.
Jurjoniyning yozishicha, sultonni har vaqt undan Sharqda joylashgan davlatlar qiziqtirar
va   uning   Xitoy   tomoniga   harbiy   yurish   qilish   niyati   ham   bo‘lganligi   aniq   edi.   Lekin
Xitoy   Chingizxon   tomonidan   o‘sha   yili   olinganligini   eshitgan   sulton   bu   holni tasdiqlatish   va   qolaversa   Chingizxon   davlati   xususida   aniq   ma‘lumot   olib   kelish
maqsadida   sayidlar   avlodidan   bo‘lmish   taniqli   zot   Bahovuddin   Roziyni   o‘z   elchisi
sifatida xon huzuriga jo‘natadi.
Bahovuddin   Roziy   boshchiligidagi   elchilik   guruhini   Chingizxon   Pekinda   qabul
qilib, ularga ijobiy munosabatda bo‘ladi. Xorazm davlati elchilariga Chingizxon o‘zaro
ikki davlat o‘rtasida tinchlik va do‘stlik hukmdorlik qilishi lozimligini uqtirib, o‘zini -
Sharq   hukmdori,   Xorazmshoh   Muhammadni   -   g‘arb   yerlarning   egasi   deb   ta‘kidlaydi.
Xitoy   yerlariga   endilikda   yurish   qilish   nojoiz   ekanligini   anglagan   Xorazmshoh   o‘z
diqqat-e‘tiborini yana janub hamda g‘arb yerlariga qaratadi. 1217-yili Bag‘dod xalifasi
an-Nosir (1180-1225)  sultonning Bag‘dodni unga topshirishi  va uning nomini xutbaga
qo‘shib o‘qishini  qat‘iy rad etgach, Muhammad Xorazmshoh 100 000 kishilik qo‘shin
bilan   abbosiylar   xalifaligiga   yurishni   boshlab   yuboradi.   Xorazmshohlar   tangalari   va
xutbalardan   xalifa   nomi   chiqarib   tashlanadi.   Sulton   farmoniga   ko‘ra,   termizlik   shayx
Olamulk   at-Termiziy   xalifa   etib   tayinlanadi.   Sultonning   yuqoridagi   hatti-harakatlari
ko‘pchilik   ulamolar,   din   peshvolari   tomonidan   ma‘qullanmaydi.   Ular   sultonga   barcha
musulmonlar diniy rahnamo xalifa ustiga yurish qilish, islom dunyosida xorazmshohga
nisbatan   salbiy   munosabat   keltirib   chiqarishini   tushuntirmoqchi   bo‘ladilar.   Ulamolar
noroziligini hisobga olmagan Sulton ularning ko‘pchiligini jazoga tortadi, hatto taniqli
shayx   Majididdin   Bag‘dodiyni   qatl   ettiradi.   Bu   hol   diniy   ulamolar,   ruhoniylar,
darveshlik guruhlari oldida sulton obro‘ e‘tiborining pasayishiga va unga qarshi muxolif
kuchlar   safining   kengayishiga   olib   keladi.   Bag‘dod   yurishi   tabiiy   ofatlar   tufayli
muvaffaqiyatsiz yakun topadi.
Abbosiylar   xalifaligiga   muvaffaqiyatsiz   yurishdan   so‘ng,   1218   yili   Muhammad
Xorazmshoh o‘zining yangi poytaxti deb e‘lon qilgan Samarqand shahriga kirib keldi va
xutba, tangalardan esa xalifa nomini chiqarib tashlash xususida farmon berdi. O‘sha yili
Muhammad   Xorazmshoh   Chingizxon   huzuriga   yana   o‘z   elchilarini   yuboradi.   Bunga
javoban   Chingizxon   kechiktirmasdan   qimmatbaho   sovg‘alar   va   mollar   ortilgan   katta
karvon   bilan   o‘z   elchilarini   xorazmshohlar   sultoni   huzuriga   yuboradi.   Sultonga
mo‘ljallangan   qimmatbaho   sovg‘alar   ichida   Chingizxon   o‘lja   olgan   tuya   o‘rkachidek
keluvchi   oltin   bo‘lagi   ham   bor   edi.   Elchilarga   xorazmlik   taniqli   savdogar   Mahmud Yalavoch   (Mahmud   al   -   Aromiy)   rahbar   etib   tayinlanib,   yana   2   ta   odam,   buxorolik
savdogar   Alixo‘ja   va   o‘trorlik   Yusuf   qanqalar   elchilik   rutbasiga   ega   edilar.   Sulton
Muhammad   bu   elchilarni   1218-yil   bahorida   Buxoro   shahrida   qabul   qiladi.   Elchilar
Chingizxon  sultonning  zafarli   yurishlaridan   xabardor  ekanliklari,  uni   qudratli  podshoh
sifatida   tan   olib   -   o‘zining   eng   ardoqli   o‘g‘illari   qatorida   ko‘rishini   bayon   etishadi.
Chingizxon o‘z nomasida  kuch-qudrati  zafarini  ko‘rsatish  ma‘nosida  Xitoy va qo‘shni
mamlakatlarni   qanday   kuch   bilan   egallaganligini   ham   aytib   o‘tadi.   Elchilar   nomasi
shubhasiz   sultonga   ma‘qul   bo‘lmaydi.   Ayniqsa,   mo‘g‘ul   davlatining   xonini,   uni
o‘zining   -o‘g‘li   qatorida   ko‘rish,   bu   sharq   ustamonligida   qaram   qilish   yoki   o‘z
homiyligini olish degan ma‘noni anglatishni sulton yaxshi tushunadi. Elchilarga sulton
javobi ma‘lum emas, lekin o‘sha tunda u o‘z yoniga Mahmud Yalavochni chorlab bor
haqiqatni   bayon   etishni,   uning   xizmatiga   o‘tib,   maxfiy   josus   bo‘lib   xizmat   qilishni
buyuradi.   O‘z   hayotidan   xavfsiragan   Mahmud   Yalavoch,   muarrix   an-   Nasaviyning
yozishicha,   -sulton   eshitishni   xohlagan   ma‘lumotni   aytib,   sulton   taklifiga   ko‘nadi.
Xorazmshoh   unga   qimmatbaho   javohir   sovg‘a   qilib,   Chingizxon   bilan   shartnoma
tuzishga   rozi   ekanligini   bildiradi.   Chingizxon   Mahmud   Yalavoch   guruhi   xizmatidan,
to‘plangan ma‘lumotlardan mamnun bo‘ladi. Zero Yalavoch soxta -josus rolini o‘ynab,
bor  haqiqatni Chingizxonga  yetkazgan edi. O‘sha yiliyoq, ya‘ni 1218-yili, Chingizxon
sulton   Muhammadga   o‘z   minnatdorchiligini   izhor   etish   va   o‘zaro   shartnoma   tuzish
maqsadida   katta   savdo   va   elchilar   karvonini   jo‘natadi.   Ulkan   savdo   karvoni   450   ta
musulmon   savdogari   va   500   ta   tuyaga   ortilgan   qimmatbaho   mollardan   iborat   edi.   O‘z
davlati   qudratini   namoyon   etish   niyatida   Chingizxon   Tang‘ut   va   boshqa   davlatlardan
o‘lja   olingan,   janubiy   Sibir   va   Xitoydan   talab   keltirilgan   ajoyib,   sara   mollar   bilan
xurjunlarni to‘ldirgan edi. Karvon bilan, shuningdek, Chingizxon elchisi, mo‘g‘ullardan
bo‘lgan Uxuna ham bo‘lib, u Xorazmshohga Chingizxon nomasini olib kelayotgan edi.
Noma   jahon   fotihligiga   da‘vo   qilayotgan   Chingizxon   nomidan   buyruqnamo   ohangda
yozilgan   edi.   Unda   jumladan,   -...   biz   bundan   buyon   davlatlar   o‘rtasida   tinchlik
o‘rnatilishini   buyuramiz...   deyilgan   edi.   Noma   Chingizxon   ochiq-oydin   jahon   egasi
bo‘lishga   ishtiyoqi   baland   ekanligidan   dalolat   berar   edi.   Ushbu   karvonda   asli
movarounnahrlik   bo‘lmish   Umarxo‘ja   O‘roriy,   hammol   Merokiy,   Fahruddin   Dizaqiy Buxoriy,   Aminuddin   Haraviy   singari   savdogarlar   karvon   sarbonlari   hamda   o‘rda
elchilari   edilar.   Karvon   Urganch   tomon   yo‘l   olgan   edi.   Lekin   xorazmshohlarning
chegara viloyati O‘tror yerlariga kirib kelishi bilanoq bu karvon ushlab qolindi. O‘tror
hokimi Inalxon (Inolchiq, uning forsiy taxallusi g‘oyirxon edi) Turkon xotunning yaqin
qarindoshi, Xorazmshohga yaqin shaxs bo‘lgan. Inalxon, arab tarixchisi ibn al-Asir, an-
Nasaviylarning   yozishicha,   Xorazmshoh   ijozati   bilan   bu   karvonlarni   talashga   buyruq
berib,   karvon   a‘zolarini   josuslikda   ayblaydi   va   ularni   qirib   tashlaydi.   Talab   olingan
mollar   Samarqand   va   Buxoro   savdogarlari   o‘rtasida   taqsimlanib,   Xorazmshoh   ushbu
savdo mollari pulini o‘ziga oladi. Ba‘zi tarixiy manbalarda esa, Inalxon garchi karvonni
to‘xtatish buyrug‘ini olgan bo‘lsa ham, o‘z holicha uni qirib tashlagan deb ham aytiladi.
Nima   bo‘lganda   ham,   Xorazmshohlar   qo‘pol   siyosiy   xatoga   yo‘l   qo‘yib,   elchilarni
qirg‘in-barot   qildiradilar.   O‘tror   fojeasidan   so‘ng   Chingizxon   Ibn   Kafrojiy   Bug‘roni
ikki mulozim bilan Xorazmshoh huzuriga elchi etib jo‘natdi. As-Subqiyning yozishicha,
Chingizxon O‘tror fojeasining  aybdori Inalxonni  tutib mo‘g‘ullar qo‘liga topshirishini,
elchilar o‘limining sabablarini keskin tarzda so‘raydi. Mo‘g‘ullar bilan munosabatlarni
keskinlashtirmaslik   uchun   O‘tror   hokimini   Chingizxon   qo‘liga   topshirish   kerak   degan
taklifni   ko‘targan   Jaloliddinning   fikrini   sulton   rad   etadi.   Sulton   buyrug‘i   bilan   elchi
bo‘lmish Ibn Kafroj Bug‘ro o‘ldirilib, ikki mulozimning soqol-mo‘ylovlari sharmandali
tarzda   qirib   tashlanadi.   Xorazmshoh   mo‘g‘ullar   bilan   ertami-kechmi,   urush   bo‘lishini
yaxshi   anglagan   edi.   Qolaversa,   mamlakatda   mo‘g‘ullar   bostirib   kirishi   xususida   turli
mish-mishlar   ham   avj   olgan   edi.   Nima   bo‘lganda   sulton   ham   Chingizxonga   shu
yo‘sinda dag‘dag‘ali javob berishga qaror qildi. Tarixchi Rashiddin o‘zining «Jome at-
Tavorix»   asarida   yozishicha   Xorazmshohning   ushbu   dag‘dag‘asi   va   qilmishi
«Chingizxonning yuragiga shunday ta‘sir qildi-ki, unda ortiq chidam va toqat qolmadi.
Nafrat o‘ti bilan yonib u bir o‘zi tepalikka ko‘tarildi, bo‘yniga belbog‘ini tashlab, bosh
yalang   yerga   yotib   ibodat   qildi.   Uch   kungacha   yig‘lab   xudoga   nola   qilib   yordam
so‘radi...»
Chingizxon   1219-yili   o‘z   o‘g‘illari   boshliq   200   mingga   yaqin   asosiy   harbiy
kuchlari   bilan   anchadan   beri   puxta   tayyorlanib,   Xorazmshoh-Anushteginiylar   davlati
ustiga   harbiy   yurishni   boshladi.   Bu   kuchlar   yozni   Irtish   daryosi   bo‘yida   o‘tkazib, sentabr   oyida   chegaradan   o‘tadi.   Chingizxonga   uyg‘ur   ediquti   (xoni)   Baurchak,
qarluqlar xoni Arslonxon va Olmaliq hukmdori Sig‘noqteginlar ham o‘z qo‘shini bilan
kelib   qo‘shildilar.   Chegaradan   o‘tgan   Chingizxon   o‘z   qo‘shini   bilan   janubiy   qozoq
cho‘llarining Sirdaryoga tutashgan joyidagi O‘tror shahri yaqinida to‘lab uni 4 qismga
bo‘ladi. Chig‘atoy va O‘qtoy qo‘shinning bir qismi  bilan O‘trorni qamal  etib, egallash
uchun qoldirildi. Ikkinchi qism esa Jo‘chi boshchiligida Sirdaryoning yuqori oqimidagi
Jand,   Yangikent,   Borchig‘lig‘kent,   Sig‘noq   shaharlarni   bosib   olish   uchun   yuborildi.
Uchinchi   qismidagi   besh   ming   chog‘li   qo‘shinga   Uloq  no‘yon  va   Suketu  Cherbi   bosh
bo‘lib   O‘trordan   janubga,   Xo‘jand   va   Banokatni   egallash   vazifasi   topshirildi.
Chingizxon o‘zi bosh bo‘lgan to‘rtinchi, asosiy qism (uning tarkibida taniqli sarkardalar
Jebe   va   Subutoy   ham   bor   edi)   Zarafshon   vohasi   tomon-Buxoro   hamda   Samarqandni
istilo etish uchun yo‘l oldi. Chingizxon Xorazmga yurish qilib O‘tror (1219), Buxoro va
Samarqandni   (1220)   bosib   oldi.   Muhammad   Movarounnahrni   tashlab   Xuroson   tarafga
qochdi.   Chingizxonning   20   minglik   qo‘shinining   tinimsiz   ta‘qib   qilishi   Muhammadga
o‘z   kuchlarini   qayta   to‘plab,   nafasini   rostlashga   imkon   bermadi.   Kaspiy   dengizining
Ashur   oroliga   borib   qolgan   Muhammad   qattiq   betob   bo‘lib   qoldi   va   umrining   oxirida
oldingi   qarorini   o‘zgartirib,   o‘g‘li   Qutbiddin   O‘zloqshohning   o‘rniga   Jaloliddin
Manguberdini valiahd deb e‘lon qildi. O‘sha orolda 1221 yilda vafot etdi va shu yerda
dafn   etildi.   Keyinchalik   Jaloliddinning   farmoyishiga   ko‘ra,   Muhammadning   jasadi
Isfaxondagi   xorazmshohlarning   xotirasiga   qurilgan   maqbaraga   ko‘mish   uchun   Ardahn
qal‘asiga keltirilgan.
Mo‘g‘ullar 1221 yilda Xorazmshohlar poytaxti Urganchni 5 oylik qamaldan so‘ng
istilo   qildilar.   Jaloliddin   Manguberdining   mardonvar   qarshi   harakatlari   ham
mo‘g‘ullarning   bosqinchilik   harakatlarini   to‘htata   olmadi.   Jaloliddin   Manguberdi   to
umrining   oxirigacha   Xorazmshohlar   davlatini   qayta   tiklash,   mo‘g‘ullardan   ozod   etish
istagi   bilan   harakat   qildi.   Lekin   uning   barcha   tadbirlari   o‘z   natijasini   bermadi.   O‘sha
davrlarda   yaratilgan   barcha   yozma   manbalarda   Jaloliddin   Manguberdining   botirliligi   ,
mardligi, jarosatlari haqida yozib qoldirilgan.
XIII   asrning   boshlarida   Xorazmshohlar   saltanati   qoshinining   umumiy   soni
Chingizxon   harbiy   kuchiga   nisbatan   birmuncha   oshiqroq   edi.   Xorazmshoh   hokimiyati siyosiy,   xususan,   ma‘muriy   boshqaruv   jihatidan   mustahkam   emas   edi.   Chunki,
mansabdorlar   davlat   tang   ahvolga   tushib   o‘z   vazifalarini   tashlab   ketar,   podshoga
itoatsizlik   qilar,   o‘zboshimchalik   bilan   o‘z   bilganlaricha   yo‘l   tutar   edilar.   Hatto   ayrim
viloyat   hokimlari   Xorazmshohga   nomigagina   bo‘ysunib,   amalda   deyarli   mustaqil   edi.
Buning   ustiga   Sulton   oliy   dargohi   ichida   kuchli   nizo   hukm   surardi.   Ayniqsa,   Turkon
xotun, ya‘ni «turklar onasi» nomi bilan shuhrat topgan Sulton Muhammadning volidasi
qo‘shinning   oliy   sarkardalari   hisoblangan   qipchoq   oqsuyaklari   bilan   urug‘   qabila
aloqalari orqali mahkam bog‘langan edi. U o‘z qabiladoshlari manfaati yo‘lidasaroyda
ko‘tarilgan barcha fitnalarga boshchilik qilar, hatto ularda shohga qarshi  adovat ruhini
uyg‘unlashtirib   qo‘ygan   edi.   Ichki   nizo,   boshboshdoqlik   va   fuqarolarning   noroziligi
kuchayib,   mamlakat   siyosiy   hayoti   inqirozga   yuz   tutgan   edi.   Bunday   o‘ta   xavfli
vaziyatni   bartaraf   etish   maqsadida   Sulton   Muhammad   o‘z   hukmronligining   so‘ngida
«Davlat kengashi»ni ta‘sis etadi. Kengashga 6 nafar bilimdon vakillar jalb etiladi. Unda
eng dolzarb masalalar muhokama etilib, qaror qabul qilinsa-da, ammo u amalda ijobiy
natija   bermaydi.   Ana   shunday   vaziyatda   u   jangari   mo‘g‘ul   qabilalarining   Chingizxon
boshliq bosqiniga duchor bo‘ladi.
Chingizxonning   bosqini   100   yildan   ortiq   vaqt   davomida   Markaziy   Osiyoda
hukmron   bo‘lib   kelgan   Xorazmshohlar   davlatining   tanazazuli   va   tarix   sahnasidan
ketishiga sabab bo‘ldi. Xulosa
XIII   asrning   boshlarida   Xorazmshohlar   saltanati   qoshinining   umumiy   soni
Chingizxon   harbiy   kuchiga   nisbatan   birmuncha   oshiqroq   edi.   Xorazmshoh
hokimiyati siyosiy, xususan,  ma‘muriy boshqaruv jihatidan mustahkam  emas edi.
Chunki,   mansabdorlar   davlat   tang   ahvolga   tushib   o‘z   vazifalarini   tashlab   ketar,
podshoga itoatsizlik qilar, o‘zboshimchalik bilan o‘z bilganlaricha yo‘l tutar edilar.
Hatto   ayrim   viloyat   hokimlari   Xorazmshohga   nomigagina   bo‘ysunib,   amalda
deyarli   mustaqil   edi.   Buning   ustiga   Sulton   oliy   dargohi   ichida   kuchli   nizo   hukm
surardi.   Ayniqsa,   Turkon   xotun,   ya‘ni   «turklar   onasi»   nomi   bilan   shuhrat   topgan
Sulton Muhammadning volidasi qo‘shinning oliy sarkardalari hisoblangan qipchoq
oqsuyaklari   bilan   urug‘   qabila   aloqalari   orqali   mahkam   bog‘langan   edi.   U   o‘z
qabiladoshlari   manfaati   yo‘lidasaroyda   ko‘tarilgan   barcha   fitnalarga   boshchilik
qilar,  hatto  ularda  shohga   qarshi  adovat  ruhini   uyg‘unlashtirib  qo‘ygan  edi.  Ichki
nizo,   boshboshdoqlik   va   fuqarolarning   noroziligi   kuchayib,   mamlakat   siyosiy
hayoti   inqirozga   yuz   tutgan   edi.   Bunday   o‘ta   xavfli   vaziyatni   bartaraf   etish
maqsadida Sulton Muhammad o‘z hukmronligining so‘ngida «Davlat kengashi»ni
ta‘sis   etadi.   Kengashga   6   nafar   bilimdon   vakillar   jalb   etiladi.   Unda   eng   dolzarb
masalalar   muhokama   etilib,   qaror   qabul   qilinsa-da,   ammo   u   amalda   ijobiy   natija
bermaydi.   Ana   shunday   vaziyatda   u   jangari   mo‘g‘ul   qabilalarining   Chingizxon
boshliq bosqiniga duchor bo‘ladi.
Chingizxonning   bosqini   100   yildan   ortiq   vaqt   davomida   Markaziy   Osiyoda
hukmron  bo‘lib  kelgan  Xorazmshohlar  davlatining  tanazazuli   va  tarix  sahnasidan
ketishiga sabab bo‘ldi. FOYDALANILGAN MANBALAR VA ADABIYOTLAR RO’YXATI 
MANBALAR:
1. Shihobiddin Muhammad an-Nasaviy “Siyrat as-sulton Jalol ad-Din Mangburni” 
(“Sulton Jaloliddin Manguberdi hayoti tafsiloti”) / Matyoqubov tarjimasi./ T.: 
“O’zbekiston”- “Yozuvchi”, 1999.
2. Alovuddin Atomalik Juvayniy “Tarixi Jahongushoy” (“Jahon fotihi tarixi”) / 
Mas’ul muharrirlar:  X. Boltaboyev, M. Mahmudov. - Toshkent: MUMTOZ SO‘Z, 
2015.
3. Mirzo Ulug’bek “Tarixi Arba’ ulus” (“To’rt ulus tarixi”) 
4.  Abulg’oziy Bahodirxon “Shajarayi Turk” T.: Cho’lpon, 1992
5. Imod Al-Mulk Tojiddin Jomiyning “Tarixi Jurjoniya” T.: “O’zbekiston”- 
“Yozuvchi”, 1990.

Chingizxon va Xorazimshohlar o’rtasidagi diplomatiya Reja: Kirish. 1. Asosiy qism 1.1. Xorazimshohlar va Mug ’ illar o ’ rtasidagi ilk siyosiy aloqalar . 1.2. Ikki davlat o ’ rtasidagi siyosiy aloqalardan ko ’ zlagan maqsadi . 1.3 Ikki davlat o’rtasidagi diplomatik aloqalarning uzilishi Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar .

Kirish . Chingizxon bosqini arafasida xorazmshohlar sulolasi dunyoning eng qudratli siyosiy kuchlaridan biriga aylangandi. Xuddi shu davrda sharqda mo‘g‘ullarning yirik imperiyani tashkil qilingan edi. Bu esa, XIII asr o‘ninchi yillari oxirida Sharqda ikki yirik kuch - xorazmshohlar va chingiziylarning o‘zaro to‘qnashishlari zaruriyatini shakllantirdi. 1215 yili Dashti qipchoq yurishida Xorazmshoh mo‘g‘ullarning Jo‘chi boshchiligidagi harbiy qo‘shiniga duch keladi. Mo‘g‘ullar bu yerlarda Chingizxonning buyrug‘iga ko‘ra markit qabilalariga zarba berish uchun yurish qilgan edilar. O‘zaro to‘qnashuvdan so‘ng mo‘g‘ullar Chingizxondan Xorazmshohlar davlatiga nisbatan yurish qilish xususida hech qanday ko‘rsatma olmaganliklari uchun orqaga chekindilar. Jurjoniyning yozishicha, sultonni har vaqt undan Sharqda joylashgan davlatlar qiziqtirar va uning Xitoy tomoniga harbiy yurish qilish niyati ham bo‘lganligi aniq edi. Lekin Xitoy Chingizxon tomonidan o‘sha yili olinganligini eshitgan sulton bu holni tasdiqlatish va qolaversa Chingizxon davlati xususida aniq ma‘lumot olib kelish maqsadida sayidlar avlodidan bo‘lmish taniqli zot Bahovuddin Roziyni o‘z elchisi sifatida xon huzuriga jo‘natadi. Bahovuddin Roziy boshchiligidagi elchilik guruhini Chingizxon Pekinda qabul qilib, ularga ijobiy munosabatda bo‘ladi. Xorazm davlati elchilariga Chingizxon o‘zaro ikki davlat o‘rtasida tinchlik va do‘stlik hukmdorlik qilishi lozimligini uqtirib, o‘zini - Sharq hukmdori, Xorazmshoh Muhammadni - g‘arb yerlarning egasi deb ta‘kidlaydi. Xitoy yerlariga endilikda yurish qilish nojoiz ekanligini anglagan Xorazmshoh o‘z diqqat-e‘tiborini yana janub hamda g‘arb yerlariga qaratadi. 1217-yili Bag‘dod xalifasi an-Nosir (1180-1225) sultonning Bag‘dodni unga topshirishi va uning nomini xutbaga qo‘shib o‘qishini qat‘iy rad etgach, Muhammad Xorazmshoh 100 000 kishilik qo‘shin bilan abbosiylar xalifaligiga yurishni boshlab yuboradi. Xorazmshohlar tangalari va xutbalardan xalifa nomi chiqarib tashlanadi. Sulton farmoniga ko‘ra, termizlik shayx Olamulk at-Termiziy xalifa etib tayinlanadi. Sultonning yuqoridagi hatti-harakatlari

ko‘pchilik ulamolar, din peshvolari tomonidan ma‘qullanmaydi. Ular sultonga barcha musulmonlar diniy rahnamo xalifa ustiga yurish qilish, islom dunyosida xorazmshohga nisbatan salbiy munosabat keltirib chiqarishini tushuntirmoqchi bo‘ladilar. Ulamolar noroziligini hisobga olmagan Sulton ularning ko‘pchiligini jazoga tortadi, hatto taniqli shayx Majididdin Bag‘dodiyni qatl ettiradi. Bu hol diniy ulamolar, ruhoniylar, darveshlik guruhlari oldida sulton obro‘ e‘tiborining pasayishiga va unga qarshi muxolif kuchlar safining kengayishiga olib keladi. Bag‘dod yurishi tabiiy ofatlar tufayli muvaffaqiyatsiz yakun topadi.

Asosiy qism. “Shuhratparastlik odamning ongini zaiflashtiradi va u o‘ziga yaqinlashib kelayotgan xatarni sezmaydi”. Faylasuf Ezop XIII asr boshlarida ko‘chmanchi mo‘g‘ul qabilalarini Chingizxon o‘z qo‘l ostida birlashtirib, mo‘g‘ul imperiyasiga asos soldi. Bu vaqtda, Movarounnahr zaminida XI asrda vujudga kelgan Xorazmshohlar davlati ham kundan-kunga kengayib, qudrati ortib bormoqda edi. Chingizxon 1215 yilda Xitoyni bosib olgach, mo‘g‘ul imperiyasining g‘arbiy chegarasi Xorazmshohlar saltanati bilan tutashadi. Ma’lum sabablarga ko‘ra, ikki o‘rtada chiqqan nizo qonli to‘qnashuvga, oxir-oqibat Xorazmshohlar davlatining qulashiga sabab bo‘ldi. Bugungi maqolamizda Chingizxon va sulton Aloviddin o‘rtasidagi o‘zaro nizoning paydo bo‘lishi hamda mo‘g‘ullarning bosqinchilik yurishi haqida so‘z boradi. XII

asrning oxiri XIII asr boshlarida ijtimoiy - iqtisodiy va madaniy taraqqiyotning quyi bosqichida turgan ko ‘ chmanchi mo ‘ g ‘ ul qabilalari katta va qudratli davlatni barpo etish uchun o ‘ zaro kurash olib borishayotgan edi . Chingizxonning asl ismi Temuchin bo‘lib, u 1155 yilda tug‘ilgan. Otasining ismi Yasugay Bahodir, onasining ismi esa O‘lun xotun edi. Chingizxon onadan tug‘ilgan vaqtida o‘ng qo‘lining mushtumida bir kaft qotib qolgan qon bor edi. Kohinlar, “bu bola vaqt o‘tishi bilan zamon ahlini qatl etib, ko‘plab podshohlarni oyoqosti qiladi. Xudodan boshqa hamma uning qo‘l ostida xor bo‘ladi”, deb bashorat qilishadi. Yasugay Bahodir bu o‘g‘liga Temuchin deb ism qo‘yadi. Temuchin 13 yoshida otasidan ayriladi. Shu vaqtda otasiga tobe bo‘lgan barcha mo‘g‘ul qabilalari unga itoat etmasdan tashlab ketadilar. Faqatgina, katta bobosidan qolgan qabilalar Temuchinga sodiq qolishadi. U bir necha bor qabilaviy urushlarda o‘limdan qoladi. Tarixiy kitoblarda ma’lumot berilishicha, Temuchin dastlabki yurishlarida atigi 13 000 kishilik qo‘shin to‘play olgan ekan. Birin ketin naymanlar, keroitlar, totorlar, o‘ngg‘utlar, uyg‘urlar va boshqa qabilalarni o‘ziga tobe qilgan Temuchin, 1205 yilda butun Mo‘g‘uliston hududining yagona hukmdoriga aylanadi. U o‘zining hukmronligini qonuniylashtirish maqsadida 1206 yil Onan daryosining yuqori qismida qurultoy chaqiradi. Bu qurultoyda Temuchinga Chingizxon laqabi beriladi.