TUPROQNING KELIB CHIQISHI, TUZILISHI, TARKIBI, XOSSALARI VA UNUMDORLIGI, TUPROQ VA O’SIMLIK O’RTASIDAGI UZVIY BOG’LIQLIGI, TUPROQLARNING GEOGRAFIK TARQALISH QONUNIYATLARI
TUPROQNING KELIB CHIQISHI, TUZILISHI, TARKIBI, XOSSALARI VA UNUMDORLIGI, TUPROQ VA O’SIMLIK O’RTASIDAGI UZVIY BOG’LIQLIGI, TUPROQLARNING GEOGRAFIK TARQALISH QONUNIYATLARI MUNDARIJA: I.KIRISH II.ASOSIY QISM 1. Tuproqning kelib chiqishi haqidagi ma’lumotlar 2. Tuproqning morfologik tuzilishi va tarkibi haqida 3. Tuproqning xossalari va unumdorligi 4. Tuproq va o’simlik o’rtasidagi uzviy bog’liqlik 5. Tuproqlarning geografik tarqalish qonuniyatlari III.XULOSA IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR V.ILOVA 1
I.KIRISH Respublikamizda qishloq xo‘jalik mahsulotlari va ularni yetishtirishda unumdor tuproq qoplami mamlakatimiz iqtisodiy salohiyati va barqarorligini belgilaydigan asosiy manba hisoblanadi. Mamlakatimizda agrar sanoat rivojlangan bo‘lib, uning tabiiy iqlim sharoiti, tuproq va suv manbalari mehnat resurslari hamda qishloq xo‘jaligi ekinlari - paxtachilik, g'allachilik, bog'dorchilik va sabzavot-poliz mahsulotlaridan yuqori hosil olishga imkoniyat yaratib beradi. Yurtimiz bo‘yicha haydaladigan yerlar 4,9 mln. gektar bo‘lib, shundan sug‘oriladigan yerlar 4,3 mln. gektarni tashkil etadi. Sobiq Ittifoq davrida intensiv dehqonchilik va paxta monokulturasining qishloq xo‘jaligida keng qo‘llanishi natijasida sug‘oriladigan yerlarning 60-70% i sho‘rlangan, eroziyaga uchragan, pestitsidlar va og‘ir metallar bilan ifloslangan. Davlatimiz yuqorida aytib o‘tilgan muammolarni hal qilish maqsadida Yer kodeksi va kadastrini ishlab chiqish, yerni ijara sifatida fermer va dehqon xo‘jaliklariga berish masalasini amalga oshirdi. Tuproq biosferaning tarkibiy qismi va qishloq xo‘jaligini rivojlantiradigan ishlab chiqarishning asosiy vositasi bo‘lib, uni har tomonlama o‘rganadigan fan - tuproqshunoslik fanidir. Respublikamiz mustaqillikka erishgan davrigacha, tuproqshunos va agrokimyogar mutaxassislar Toshkent davlat universiteti va Toshkent Agrar hamda Samarqand Qishloq xo‘jalik institutida tayyorlanar edi. Tuproqshunoslik bo‘yicha yozilgan darsliklar rus tilida bo‘lib, faqat o‘tgan asrning oxirlarida M.A.Pankovning “Tuproqshunoslik”, 1963-yilda A.M.Rasulov va M.Bahodirovning “Tuproqshunoslik va dehqonchilik asoslari”, nihoyat I.Boboxo‘jayev va P.Uzoqovning “Tuproqshunoslik” darsligi 1995-yilda chop etildi. Afsuski, bu darslik qishloq xo‘jaligi yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan. 2
O‘rta Osiyoda ilk bor tashkil etilgan Toshkent universitetida davr talabi bilan “Tuproqshunoslik” fanidan o‘zbek tilida kichik hajmda X.A.Abdullayev, L.T.Tursunov (1974, 1975) va H.X.Tursunovlar (2000) tomonidan qo‘llanma va matnlar chop etildi. Respublikamizda malakali tuproqshunos mutaxassislarini tayyorlash uchun dunyo talablariga javob beradigan Yevropa, Amerika va Osiyo tuproqshunoslari tomonidan ishlab chiqilgan ilmiy g‘oyalarga asoslangan umumiy ta’limni rivojlantirishga to‘g‘ri keladi. Shu davrgacha tuproqshunoslik fanining asoschisi V.V.Dokuchayev va uning shogirdlari tomonidan ilgari surilgan g‘oyalar va ta’limotlarga asoslanib keldik. Dehqonchilik fani va tabiatshunoslik tarixiga oid hamda tuproq to‘g‘risidagi ma’lumotlar qadimiy Yunoniston, Misr, Eron, Xitoy, Hindiston, Yaponiya va Markaziy Osiyoda yashab ijod qilgan buyuk allomalarimiz al Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, al Farobiy asarlarida keltirib o‘tilgan. Markaziy Osiyo tuproqlari haqidagi ma’lumotlar zardushtiyikning “Avesto”, al Xusayn Narshaxiyning “Tarixi Narshahiy” va “Qobusnoma” kabi tarixiy kitoblarda bayon etilgan. Buyuk mutafakkirlarimiz hazrati Navoiy va Boburning asarlarida ham tuproq to‘g‘risida tafsilotlar keltirilgan. 3
II.ASOSIY QISM 1. Tuproqning kelib chiqishi haqidagi ma’lumotlar Tuproqshunoslik qadimgi davrlardan rivojlanib kelayotgan tabiiy fanlardan biri bo‘lib, insoniyat tarixiy taraqqiyoti bilan chambarchas bog‘liqdir. Tuproq qoplami yer yuzidagi biogen qobiqdan tashkil topgan alohida mahsulot bo‘lib, u quruqlik va suv havzalarini o‘rab olgan. Tog‘ jinslarining (litosferaning) yer yuzasidagi qismi tirik jonivorlar, atmosfera va gidrosfera omillari ta’sirida o‘zgarib, tuproq qoplamini hosil qiladi. Tuproq qoplami o‘simlikning o‘sishi va rivojlanishi, tirik jonivorlarning yashashi biomahsulotning shakllanishi hamda planetadagi geofizik va biogeokimyoviy jarayonda faol ishtirok etadi. Akademik V.I.Vernadskiy tuproqni yer kurrasining foydali va unumdor zontidir deb ataydi. Tuproq qoplami yuqorida aytib o‘tilganidek, yer qobig‘ining tarkibiy qismidagi, litosferadagi geofizik o‘zgarishlar, atmosfera, gidrosfera va biosferaning o‘zaro munosabatidan vujudga kelgan mahsulotdir. Tuproq hosil bo‘lishi deganda - tog‘ jinslarini (magmatik, metamorfik, cho‘kindi) mexanik, fizik, kimyoviy va biologik jarayonlar ta’sirida yemirilib, iqlim, suv va gravitatsion kuchlar ta’sirida elyuviy, delyuviy, prolyuviy, allyuviy va eol yotqiziqlar ustida tabiiy sharoitda tuproq paydo bo‘lishi hamda inson faoliyati ta’sirida uning tadrijiy rivojlanishi va evolyutsiyasini tushunamiz. Tuproq fizikaviy holatiga ko‘ra uch fazali tizim: qattiq, suyuq, gazsimon, keyinroq A.A.Rode to‘rtinchi biologik fazani ham hisoblanishini tavsiya etadi. Ma’lumki, tuproq paydo bo‘lishining birinchi bosqichi tog‘ jinslarining nurash davriga to‘g‘ri keladi. Bu jarayon va davr ichida tuproq paydo bo‘lishi litosferaning yemirilish qobig‘i bilan birgalikda rivojlanadi. Magmatik, metamorfik va cho‘kindi tog‘ jinslari litosferaning asosini tashkil qiladi. Magmatik tog‘ jinslari yuqori haroratda erigan magmaning chuqur 4
qatlamlarida katta bosim ta’sirida qotib qolishi natijasida paydo bo‘ladigan intruziv (granitlar, sienitlar, dioritlar) jinslarga hamda yer yuziga oqib chiqqan magmaning odatdagi atmosfera bosimi sharoitida qotishi natijasida hosil bo‘lgan effuziv (bazalg‘tlar, porfiritlar, tuflar) va boshqa jinslarga bo‘linadi. Litosferaning 95%i magmatik (otqindi) tog‘ jinslaridan tashkil topganligi aniqlangan. Intruziv tog‘ jinslari +1000 S0 yuqori harorat, bir necha ming atmosferadan yuqori bosim sharoitda hosil bo‘lib kristallanadi va zichlashadi. Effuziv tog‘ jinslari magmaning yer yuzasiga litosferaning yoriqlari orqali ko‘tarilib, past harorat va bosim sharoitida beqaror bo‘lib yemiriladi va o‘z shaklini o‘zgartirib, yer ustki qatlamlarining termodinamik sharoitiga chidamli yangi tog‘ jinslarini ham hosil qiladi. Cho‘kindi (klastik) mahsulotlar magmatik tog‘ jinslarining yog‘inlar va mexanik kuchlar (haroratning o‘zgarishi, oqar suv, muz, shamol) ta’siri ostida hosil bo‘ladi. Lyosslar, qumlar, konglomerat, qumtosh, slanetslar ana shu guruhga kiradi, cho‘kindi tog‘ jinslari kimyoviy, organogen va boshqa qismlarga bo‘linadi. Ohaktosh, bo‘r, toshko‘mir, neft va boshqalar ham shular qatoriga kiritilgan. Cho‘kindi jinslar quruqlikning 75% maydonini egallaydi. Ular dengizlar hosil qilgan ohaktosh, soz, slanets, qumtosh va kontinental quruqlikda hosil bo‘lgan muzlik, daryo, ko‘l, shamol cho‘kindilar va yig‘ilmalardan iboratdir. Yerning chuqur qismida yuqori bosim va harorat sharoitida magmatik va cho‘kindi jinslar hosil bo‘ladi. Bunday tog‘ jinslari tuzilishi va o‘z xossalariga ko‘ra zich va qattiq holatda bo‘lib, yer yuzida keng tarqalgan. Litosferaning yer yuzasiga yaqin joylashgan qatlamidan tog‘ jinslari, ularni tashkil qiluvchi minerallar, iqlimiy omillar, mexanik kuchlar, suv va uning tarkibidagi erigan moddalar, havo, tirik organizmlar ta’siriga uchrab yemiriladi. Tog‘ jinslari va ularning tarkibidagi minerallarni atmosfera agentlari, turli jarayonlar ta’sirida yemirilishi, o‘z shakli va tuzilishini 5