logo

TUPROQDAGI MIKROBIOLOGIK JARAYONLARGA O’G‘ITLARNING TA’SIRI

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

91.384765625 KB
1
TUPROQDAGI MIKROBIOLOGIK JARAYONLARGA 
O’ G‘ITLARNING TA’SIRI
MUNDARIJA
Kirish………………………………………………………………………..3
1. Adabiyotlar sharhi……………………………………………………..5
1.1.   Zarafshon vohasi   tuproqlarining holati va uni yaxshilash choralari…..5
1.2.   Tuproqlarning   gumusli   va   meliorativ   holatini   yaxshilashda
sideratlarning roli………………………………………………….……..............10
1.3. Mineral va organik   o` g`itlarning tuproq mikrobiologik jarayonlariga va
unumdorligiga ta’siri…………..…………………………………………………19
2. Tadqiqot sharoitlari, obyekti va uslublari………………………….23
2.1 Tadqiqot sharoitlari…………………………………………………..23
2.2. Tadqiqot obyektlari………………………………………………….25
2.3 Tadqiqot uslublari…………………………………………................25
3. Tadqiqot natijalari…………………………………………...............26
3.1.   Yangi   orgonomineral   o` g`itning   tipik   b o` z   tuproqlar   agrokimyoviy
xossalariga ta’siri…………………………………………………………………26
3.2. Sug`oriladigan tipik b o` z tuproqlarda mineral va organik   o` g`it larning
harakatchan og`ir metallar miqdoriga ta’siri……………………………………..35
3.3. Tuproqlar kimyoviy ifloslanishining ekologik qolatiga ta`siri………..45
Xulosalar………………………………………………………………………..54 
Tavsiyalar ………………………………………………………………………55
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………..................56  2
KIRISH
Mavzuning   dolzarbligi.   Tuproq   qishloq   xo’jalik   mahsulotlarini
yetishtirishda   asosiy   omil   hisoblanadi.   Uning   ekologik   holatini   yaxshilash,
unumdorligini   oshirish   dolzarb   masalalardan   biri   hisoblanadi.   Lekin,   hozirgi
paytda   ko’pchilik   yerlarda   tuproq   unumdorligi   pasayib   holati   yomonlashmoqda.
Buning   asosiy   sabablaridan   biri   qishloq   xo’jalik   jarayonlarini
intensivlashtirilishidir.   Bunda   ekin   strukturasidan   tuproq   unumdorligiga   ijobiy
ta’sir ko’rsatadigan ekinlarni olib tashlanishi, mineral o’g’itlardan yuqori me’yorda
foydalanish,   organik   o’g’itlarni   yetishmasligi,   tuproqqa   jadal   ishlov   berish,   qator
orasiga   ishlov   berish,   qator   orasiga   ishlov   beriladigan   ekinlarning   ekin
strukturasidagi   ulushi   yuqoriligi   muhum   o’rin   tutadi.   Buning   oqibatida   tuproqda
gumus miqdori sezilarli kamayib uning sifati yomonlashadi. Gumin kislotalarining
fulvokislotalarga   nisbati   qisqarib   fulvokislotalarning   ulushi   ortgan.   Bu   holat
tuproqning barcha xossa va xususiyatlariga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Bunda ayniqsa
tuproqning   agrofizik   ko’satkichlari   yomonlashadi.   Masalan,   hajmiy   massa   ortadi,
tuproq   g’ovakligi   pasayadi,   agregat   va   struktura   holati   yomonlashadi.   Shu   bilan
birga   tuproqning   suv,   havo,   issiqlik   xossalari   salbiy   tomonga   o’zgaradi.   Gumus
miqdori   sezilarli   kamayganda   agrokimyoviy   va   mikrobiologik   xossalari   ham
susayadi.   Chunki,   gumus   tuproqdagi   juda   ko’pgina   oziq   moddalarini   o’zida
saqlaydi   va   geterotrof   mikroorganizmlar   uchun   oziq   manbai   hisoblanadi.
Gumusning   kamayishi   Zarafshon   vohasidagi   ko’p   tarqalgan   nishab   yerlarning
irrigatsion   eroziyaga   chidamliligini   pasaytiradi.   Bu   esa   tuproq   holati   tuproq
agrokimyoviy xossalari, jumladan oziq rejimi bilan bog’liq.
Tadqiqotning maqsadi.   Sug‘oriladigan yerlardan samarali foydalanishning
ekologik   asoslarini   o’ rganish   maqsadida   tuproqlarda   sodir   b o’ ladigan
mikrobiologik   jarayonlarga   organik   hamda   mineral   o’ g‘itlarning   ta’sirini   ilmiy
manbalardan  o’ rganishdan iborat.    3
Tadqiqot vazifalariga  quyidagilarni  o’ rganish masalasi kiritiladi.
1. Zarafshon  vohasi   tuproqlarida  gumusning holati   va  uning  unumdorlikka
ta’sirini  o’ rganish.
2. Bo’z tuproqlarning unumdorligi va unga organik va mineral  o’ g‘itlarning
ekologik ta’sirini  o’ rganish.
3. Sug‘oriladigan tuproqlarda mineral  va organik o’g‘itlarning harakatchan
og‘ir metallar miqdoriga ta’sirini  o’ rganish.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati . 
Tuproqlardagi   mikrobiologik   jarayonlarga   organik   va   mineral   o’ g‘itlarning
ta’sirini   o’ rganishning   ilmiy   ahamiyati   shundan   iboratki,   o’ g‘itlar   tuproqning
gumus   miqdoriga,   strukturasiga,   oziqa   elementlarining   t o’p lanishiga   va
hosildorlikka ta’sir k o’ rsatadi.
O’ g‘itlar   tuproq   ekologik   muhitini   saqlashda   muhim   omil   hisoblanadi.
Keyingi yillarda almashlab ekishning y o’ lga q o’ yilmasligi, tuproq unumdorligidan
not o’ g‘ri   foydalanish   oqibatida   tuproqlardagi   mikrobiologik   jarayonlar   salbiy
tomonga   o’ zgargan   holatlar   ham   kuzatilmoqda.   Respublikamizda   tarqalgan
tuproqlar   unumdorligi   va   gumus   miqdorini   oshirish   muammolaarini   o’ rganish
ishning amaliy ahamiyatini k o’ rsatadi.
Ishning tuzilishi va hajmi . 
Bitiruv   malakaviy   ishI i   -   58   sahifadan   ib o rat   b o’l ib,   kirish,   adabiyotlar
shar h i,   tadqiqot   sharoitlari,   obyekti   va   uslublari   hamda   tadqiqot   natijalaridan
iborat .  3 ta bobni va 9   ta jadvalni o’z ishiga oladi. Ishda xulosalar, tavsiyalar,  26 ta
foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati mavjud. 4
1. ADABIYOTLAR SHARHI
1.1. Zarafshon vohasi tuproqlarining hozirgi holati va uni yaxshilash
choralari
  [Sh.T. Xoliqulov, T.Q.Ortiqov, 2010] ma’lumoti bo’yicha.
Tuproqda gumus miqdorining kamayishi  bilan undagi yalpi  va harakatchan
oziq   moddalar   miqdori   ham   kamayib   bormoqda.   Oziq   moddalar   balansini   faqat
mineral o’g’itlar hisobiga ijobiy holga olib kelish ko’zlangan maqsadni bermaydi.
Chunki   mineral   o’g’itlar   ayniqsa   azotli   o’g’itlar   me’yori   oshirilaganda   tuproqda
organik   moddaning   minerallashishi   kuchayadi,   mineral   moddalarning   tuproqda
ushlanib   qolishi   juda   qiyin   kechadi.   Azotli   o’ g‘itlarning   tuproq   tarkibida
mustahkamlanishi deyarli kuzatilmaudi. Demak, ortiqcha azotni mikroorganizmlar
mikrobiologik   jarayonlar   natijasida   atmosferaga   chiqarib   yuboradi.   Bu   ishni
bajarish   uchun   ular   tuproq   organik   moddasidan   foydalanadi.   Bu   esa   intensiv
dehqonchilikda   ham   organik   o’g‘itlarsiz   oziq   moddalarning   neytral   yoki   ijobiy
balansiga   erishib   b o’ lmasligini   k o’ rsatadi.   Bu   esa   respublikamizda   asosiy   ekinlar
b o’ lgan   g‘ o’ za   va   bug‘doyda   g‘ o’ zapoya   va   somonni   daladan   olib   chiqib   ketish
yanada   chuqurlshadi.   Chunki   bunda   tuproqda   organik   modda   miqdori   yanada
kamayib   ketadi.   Shunday   ekan   tuproqda   oziq   moddalar   balansiga   erishish   uchun
mineral   va   organik   o’ g‘itlarni   muqobillashtirilgan   va   uyg‘unlashtirilgan   holda
q o’ llash   hamda   almashlab   ekishga   tuproqda   organik   modda   miqdorini
stabillashtiradigan   ekinlarni,   jumladan   bedani   kiritish   kerak.   Zarafshon   vohasi
tuproqlarida   yana   muhim   muammolardan   biri   suv,   jumladan   irrigatsion   eroziya
hisoblanadi.   Bu   ayniqsa   tog‘   va   tog‘oldi   mintaqalarida   tarqalgan   tuproqlarda
sezilarli   kuzatiladi.   Eroziyaga   uchragan   tuproqlarning   agrofizik   va   agrokimyoviy
xossalarini   yaxshilash   ularni   sug‘orish   sulariga   chidamliligini   oshirishga   olib
keladi.   Lekin,   u   yerlarda   tamaki,   makkaj o’ xori,   g‘ o’ za   kabi   qator   orasiga   ishlov
beradigan   ekinlarni   ekish,   tuproqqa   qayta-qayta   ishlov   berish   tuproqda   gumus
miqdorini   kamayishiga   uning   agregat   holati   va   strukturasini   buzilishiga, 5
aeratsiyasini   yomonlashishiga   olib   keladi.   Shuning   uchun   eroziyaga   uchragan   va
eroziya   xavfi   yuqori   b o’ lgan   tuproqlarda   unga   ishlov   berishni   minimallashtirish,
tuproq   yuzasini   mulchalash   yoppasiga   ekiladigan   ekinlarni   ekish,   organik
o’ g‘itlarni   q o’ llash,   zamonaviy   sug‘orish   usullaridan   foydalanish   maqcadga
muvofiqdir.   Gumusni   k o’ payishi   tuproq   zarrachalarining   suvga   chidamliligini
oshiradi. Bunday yerlarda kech kuz-qish erta bahor davrida siderat ekinlarni ekish
katta   ahamiyatga   ega.   Ushbu   holatllarga   e’tibor   berilmasa,   eroziyaga   uchragan
tuproqlarning   unumdorligi   yanada   pasayib   ketishi   mumkin.   Bu   esa   qishloq
xo’jaligi mahsuldorligini pasayishiga olib keladi.
Samarqand   viloyatida   Zarafshon   daryosi   atrofida   magniy   karbonatli
sho’rlangan tuproqlar kehg tarqalgan bo’lib, bunday tuproqlar Jomboy, Bulung’ur,
Oqdaryo,   Tayloq,   Ishtixon   tumanlarini   qamrab   olgan.   Bu   o’ziga   xos   sho’rlanish
bo’lib oddiy sho’rlanishdan ancha farq qiladi. Uni yo’qotish uchun nafaqat nafaqat
sizot   suvlarining   sathini   pasaytirish   kerak   balki,   tuproq   singdirish   kompleksida
magniyning ulushini kamaytirib, kalsiyni k o’ paytirish kerak. Buning uchun gips va
fosfogipsdan   foydalanish   maqsadga   muvofiq   bo’ladi.   Bunday   yerlarda   organic
ug’itlardaqo’llash   tuproq   xossalarini   yaxshilashga   olib   keladi.   Samarqand
viloyatining   Paxtachi,   Narpay   tumanlarida   gipsli   tuproqlar   keng   tarqalgan   bo’lib,
ularning   meliorativ   holatini   yaxshilash   qishloq   xo’jaligi   samaradorligini
ko’tarishda   muxum   rol   o’ynaydi.   Gipsli   tuproqlarda   organink   o’g’itlarni   qo’llash
gipsni   eruvchanligini   oshiradi,   hamda   mikrobiologik   jarayonlarni   faollashtirib
sulfatlarni   qaytarilishini   kuchaytiradi.   Bu   esa   sulfatlarni   pastki   qatlamlarga
yuvilishini va miqdorini kamayishini ta’minlaydi.
Zarafshon   vohasi   tuproqlari   unumdorligi   oshirishida   ilmiy   asoslangan
almashlab   ekishdan   foydalanish   va   almashlab   ekish   tartibiga   dukkakli   o’tlarni
jumladan   bedani   kiritish   yuqori   samara   beradi.   Beda   va   boshqa   o’tlar   tuproq
unumdorligini   oshiradi.   Bu   esa   tuproq   unumdorligini   oshirib,   xossa   va
xususiyatlarni   yaxshilaydi.   Almashlab   ekishda   qator   orasiga   ishlov   beriladigan
ekilar ulushini ortishi tuproq unumdorligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. 6
Tuproqqa   minimal   ishlov   berishga   o’tish   oldidan   albatta   gumus   miqdorini
oshirish   kerak   bo’ladi.   Chunki   kam   gumus   tuproqlar   sug’orilgandan   keyin   yoki
yomg’irdan   so’ng   tez   qotadi   yoki   qatqaloq   xosil   qiladi,   aeratsiya   yomonlashadi.
Shuning  uchun  bunday  tuproqqa   ishlov  bermaslikning  iloji   yo’q.  Gumus   miqdori
yuqori bo’lganda tuproq govakligi yuqori ko’rsatkichga ega bo’ladi va buladi va bu
xolat   nisbatan   uzoq   vaqt   saqlanadi.   Bu   esa   ishlov   berishni   minimallashtirishga
imkon   beradi.   Tomchilatib   va   yer   ostidan   sug’orish   xatto   yomg’irlatib   sug’orish
tuproqqa   ishlov   berishni   minimallashtirishga   zamin   yaratadi.   Mineral   o’g’itlarni
to’g’ri   qo’llash   ham   muhum   ahamiyatga   ega.   Oxirgi   yillarda   kaliyli   o’g’itlarni
qo’llanilamasligi   qishloq   xo’jaligida   kaliy   oziq   moddasini   salbiy   balansini   olib
kelmoqda   va   buning   natijasida   tuproqda   kaliy   miqdori   kamayib   unumdorlik
pasaymoqda.   Buning   oldini   olishda   turli   xil   chiqindilardan   tayyorlangan
kompostlarni qo’llash ma’lum bir muommoni yechishga yordam beradi.
Oxirgi   paytlarda   fosforli   o’gitlarning   assortimentlarini   o’zgarishi,   ammofos
o’rniga   rfm   darajada   gidrolizlangan   fosforli   yoki   kompleks   o’g’itlarni   qo’llash
qishloq   xo’jalik   ekinlari   oziqlanishi   va   tuproq   fosfat   rejimiga   salbiy   ta’sir
ko’rsatishi   mumkin.   Bunday   o’g’itlardagi   fosfatlarning   harakatchanligini   oshirish
uchun   ular   organic   o’g’itlar   bilan   birga   qo’llanilishi   yaxshiroq   samara   beradi.
Azotli   o’g’larni   qo’llash   bilan   bog’liq   juda   ko’p   muommolar   mav   jud.   Ulardan
muximi   azotning   azotning   juda   xarakatchanligi,   buning   oqibatida   yuvilib   ketishi,
tuproqni   yuqori   meyordagi   mineral   azot   konsentratsiyasini   bir   tomonlama   qabul
qila   olmasligi   natijasida   denitrifikatsiya   hisobiga   uchib   ketishi,   bunda   tuproq
o’zining   potensial   unumdorligidan   foydalanishi   tufayli   «ekstra»   azotining   hosil
bo’lishi,   gumus   miqdorining   kamayishi   kabilar   xisoblanadi.   Bunga   sabab   azotli
o’g’itlar   qo’llanilganda   uglerod:   azot   (C:   N)   nisbatining   qisqarishidir.   Shuning
uchun azotli o’g’itlar uglerodga boy bo’lgan g’o’zapoya va somondan foydalanish
mumkin.   Ular   tuproqda   mineral   azotni   mustaxkamlanishi   va   organic   modda
tarkibiga   kirishini   ta’minlaydi.   Tuproqda   organik   moddani   ko’payishi   tabiatda
uglerod aylanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Uglerodning ko’p qismi atmosferadagi
karbonat   angidrid   gazi   xolidan   tuproq   organic   moddasi   ko’rinishiga   o’tishi, 7
«parnik»  effektivini pasaytirib ekolagik salbiy oqibatlarini oldini oladi. Aksincha,
gumusning   parchalanishi   atmosferada   karbonat   angidrid   gazini   ko’payishiga   olib
keladi.
Zarafshon   voxasida   texnogen   ta’siriga   uchragan   tuproqlar   ham   borki,
ularning   agrokimyoviy,   agrofizik   va   mikrobiologik   hossalari   hamda   ekologik
holati tipik sharoitdagidan sezilarli farq qiladi. Masalan, tadqiqotlar ko’rsatishicha,
Samarqand   kimyo   kombinati   atrofida   tarqalgan   tipik   bo’z   tuproqlarda
guminifikatsiya jarayoni va mikrobiologikfaollik susayadi. Shunung uchun gumus
miqdorini   ma’lim   darajada   pasayishi   kuzatiladi.   Bunga   sabab   ushbu   tuproqlarda
og’ir metallarning miqdorini kombinat ta’sirida sezilarli oshishidir. Xuddi shunday
holat   magistral   yo’llar   atrofida   ham   kuzatiladi.   Bunday   yerlarda   oziq-ovqat
mahsulotlarini   beradigan   ekinlarni,   jumladan   mevali   daraxtlar,   sabzavot,   poliz
ekinlari,   kartoshka   va   g’alla   ekinlarini   ekish   maqsadga   muvofiq   emas.   Og’ir
metallarning salbiy ta’sirini kamaytirishda organic o’g’itlarning roli beqiyosdir. Bu
maxsus dala tajribalarida o’z isbotini topdi. 
Olib   borilgan   tadqiqotlarning   ko’rsatishicha,   organic   o’g’itlar,   jumladan
go’ng tuproq unumdorligi va xossalarini yaxshilahda katta ahamiyatga ega. Lekin,
an’anaviy   organic   o’g’it   go’ng   etishmaganda   turli   xil   organogen   chiqindilardan
tayyorlangan   kompostlardan   ham   foydalanish   mumkin.   Tajribalar   shunu
ko’rsatadiki,   compost   tayyorlashda   turli   xil   chiqindilardan   foydalanish   mumkin.
Ular qatoriga shahar qattiq maishiy chiqindilari, paxta tozalah zavodi chiqindilari,
tovuq   axlati,   fosfogips,   segareta   fabrikasi   chiqindisi,   il   kabilar   kiradi.   Ularning
hammasi   Samarqand   viloyatida   ko’plab   miqdorda   topiladi.   Kompostlarning
qo’llanilishi   tuproqda   gumus   miqdori   va   GK:FK   nisbatini   sezilarli   ortishiga   olib
keladi.   Shu   bilan   birga   oziq   moddalar   miqdori   ham   ortadi.   Kompostlar   tuproq
agrofizik va mikrobiologik xossalarini yaxshiladi.
Shunday   qilib,   Zarafshon   vohasi   tuproqlari   unumdorligini   yaxshilahda
tuproqda   gumus   miqdorini   oshirish,   bunda   kompostlardan   foydalanish   muhim
ahamiyatga   ega.   Eroziyaga   uchragan   tuproqlarda   maxsus   agrotexnologik 8
tadbirlardan   foydalanish   maqsadga   muvofiqdir.   Tarkibida   fosfogips   bo’lgan
kompostlar magniy karbonatli sho’rlangan tuproqlarda yuqori samara beradi. 9
1.2. Tuproqlarning gumusli va meliorativ holatini yaxshilahda
sideratlarning roli.
[Tursunov L., Temirova B.Y.,2010] ma’lumoti bo’yicha
Sug‘oriladigan erlarning gumusli, agregatli va meliorativ holatini yaxshilash
sohasida   yashil   o’g‘itlar   sideratlardan   foydalanish   tajribalari   amaliyotga   kirib
kelmoqda.   Ma’lumki,   qishki   sideratlar   tuproq   unumdorligini   oshiribgina
qolmasdan,   balki   ayni   paytda   biomassa   evaziga   tuproqni   eroziyadan   muhofaza
qiladi,   uning   xossalarini   yaxshilab,   pirovard   natijada   qishloq   xo’jalik   ekinlari
hosildorligiga va mahsulot sifatiga ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Sideratlardan oraliq ekin sifatida foydalanish bir tomondan tuproqqa ko’plab
biomassa   to’plashga   imkoniyat   yaratsa,   ikkinchi   tomondan   R.O.Oripov   va
boshqalarning   ta’biri   bilan   aytgandab   sideratlar-   oraliq   ekinlar   yordamida
fotosintetik   aktiv   radiatsiya   (FAR)   ning   foydali   ish   koeffitsentini   ko’paytirish
hamda   tuproqdan   eng   arzon   va   foydali   aktiv   biologik   energiya   olish   imkoniyati
tug‘iladi.   Mualliflarning   ko’rsatishicha,   oraliq   ekinlar   yashil   o’g‘it   sifatida
foydalanilganda tuproqda 50-60 kun mobaynida chirib, har gektariga 100 kg gacha
azot   va   shuncha   miqdorda   fosfor   va   kaliy   qoldiradi.   N.   Xolmonovning
ko’rsatishicha,   sideratlar   hisobiga   tuproqda   mikrobiologik   jarayonlar   tezlashadi,
karbonat   angidrid   gazining   ajralishi   16-21   %   ga   ortadi.   G‘o’zaning   unib   chiqish
fazasida   SO
2   hisobidan   material   to’planishi   nazorat   variantiga   nisbatan   qisman
ortiq bo’lishi kuzatiladi.
Qishloq   xo’jalik   tajribasida   siderat-   oraliq   ekinlar   sifatida   raps,   perko,
xantal,   javdar,   arpa,   tritikals,   no’xat,   vika,   mosh,   gorox,   soya   kabilardan
foydalaniladi.
Qarshi   cho’li   sug‘oriladigan   taqirli   –o’tloqi   tuproqlarning   gumusli   va
agregatli   holatlarining   o’zgarishiga   kuzgi   bug‘doy-oraliq   ekin-g‘o’za   ekinlari
tizimida   oraliq   ekin   sifatida   ekilgan   ko’k   no’xat   +arpaning   ta’sirini   ko’rsatuvchi
ma’lumotlarni   tahlil   qilamiz.   Dastavval   shuni   qayd   qilish   lozimki,   biz   o’z
oldimizga   faqatgina   oraliq   ekinlarning   o’rganilgan   tuproqlarning   gumus   va 10
agregatlik holatiga hamda uning sho’rlanish darajasiga ta’si rini chuqur o’rganishni
asosiy vazifa qilib qo’yganligimizni bildiramiz.
1-jadvalda   bug‘doy   –   oraliq   ekin   –   g‘o’za   tizimida   sug‘oriladigan   taqirli-
o’tloqi   tuproqlarning   ayrim   agrokimyoviy   xossalarining   o’zgarishini   ifodalovchi
ma’lumotlar   keltirgan.   Dastavval   bug‘doydan   keyin   g‘o’za   ekilgan   tuproqlarning
agrokimyoviy   ko’satkichlarini   tahlil   qilamiz.   Olingan   ma’lumotlarning
ko’rsatishichab   bug‘doydan   keyin   ekilgan   erlarning   0-30   sm   qatlamida   gumus
miqdori   turli   oziqa   variantlarida   0,72-0,92%,   azot   0,068-0,096%   yoki   ularning
zahirasi   mutanosib   holda   30-38,   2-4   t/ga   o’rtasida   o’zgarib   turadi.   Gumus   va
azotning   eng   ko’p   miqdori   III   variantda,   ya’ni   gektariga   40   t/gago’ng   solingan
maydonlarga to’g‘ri keladi. Vegetatsiya oxirida barcha tajriba variantlarida gumus
va   boshqa   oziqa   elementlari   miqdori   qo’llanilgan   20-40   t   go’ng   va   10   l   MO’Q
bo’lishiga   qaramasdan,   kichik   ko’rsatkichda   bo’lsa   ham   kamayadi.   Jumladan,
gumus zahirasi barcha variantlarda vegetatsiya oxirida 0-30 sm qatlamda 2-3, 0-50
sm qatlamda 1-4 t/ga gacha kamayadi. Bunga mutanosib holda azot ham kamayadi
(1- jadval). 11
1-jadval
Taqirli –o’tloqi tuproqlarning bug`doy-oraliq ekin-g`o`za tizimida
ayrim agrokimyoviy xossalarining o`zgarishi
(Tursunov L., Temirova B.Y.,2010)
Kesma
№ CHuqurlik,
sm Gumus,
% Umumiy
azot, % Umumiy
fosfor,% Umumiy
kaliy, % CHuqurli
k, sm zahira
t/ga
gumus azot
Bug‘doydan keyin g‘o’za ekilgan.04.04.2009
I 0-30 0,72 0,068 0,143 1,99 0-30 30,24 2,86
30-50 0,50 0,038 0,114 1,86 30-50 14,0 1,06
0-50 44,24 3,92
II 0-30 0,81 0,078 0,162 2,01 0-30 34,02 3,28
30-50 0,59 0,049 0,118 1,99 30-50 16,52 1,37
0,50 50,54 4,65
III 0-30 0,92 0,096 0,180 1,86 0-30 38,64 4,03
30-50 0,61 0,050 0,122 2,01 30-50 17,08 1,40
0-50 55,72 5,43
IV 0-30 0,89 0,079 0,179 2,11 0-30 37,38 3,31
30-50 0,52 0,041 0,119 1,87 30-50 14,56 1,14
0-50 51,70 4,45 12
2-jadval
quyidagilarni  o’ rganish masalasi kiritiladi.
Zarafshon   vohasi   tuproqlarida   gumusning   holati   va   uning   unumdorlikka
ta’sirini  o’ rganish.
Bo’z   tuproqlarning   unumdorligi   va   unga   organik   va   mineral   o’ g‘itlarning
ekologik ta’sirini  o’ rganish.
Sug‘oriladigan   tuproqlarda   mineral   va   organik   o’g‘itlarning   harakatchan
og‘ir metallar miqdoriga ta’sirini  o’ rganish.
3-jadval
Taqirli –o’tloqi tuproqlarning bug‘doy-oraliq ekin-g‘o’za tizimida
ayrim agrokimyoviy xossalarining o’zgarishi
(Tursunov L., Temirova B.Y.,2010)
Kesma
№ CHuqurlik
, sm Gumus,
% Umumiy
azot, % Umumiy
fosfor,% Umumiy
kaliy, % CHuqurli
k, sm zahira
t/ga
gumus azot
Bug‘doy-oraliq ekindan keyin g‘o’za ekilgan.04.04.2009
I 0-30 0,76 0,070 0,150 2,01 0-30 31,92 2,94
30-50 0,58 0,040 0,118 1,98 30-50 16,24 1,37 13
0-50 47,26 4,31
II 0-30 0,86 0,078 0,172 1,96 0-30 36,12 3,27
30-50 0,61 0,050 0,122 1,83 30-50 17,08 1,40
0,50 53,20 4,67
III 0-30 1,01 0,119 0,182 2,13 0-30 42,42 4,62
30-50 0,70 0,065 0,125 1,95 30-50 19,60 1,82
0-50 62,02 6,44
IV 0-30 0,98 0,106 0,179 2,01 0-30 41,16 4,45
30-50 0,59 0,50 0,118 1,96 30-50 16,52 1,40
0-50 57,68 5,85
4-jadval
Taqirli –o’tloqi tuproqlarning bug‘doy-oraliq ekin-g‘o’za tizimida
ayrim agrokimyoviy xossalarining o’zgarishi
(Tursunov L., Temirova B.Y.,2010)
Kesma
№ CHuqurlik
, sm Gumus,
% Umumiy
azot, % Umumiy
fosfor,% Umumiy
kaliy, % CHuqurli
k, sm zahira
t/ga
gumus azot
Vegetatsiya oxiri.10.11.2009
I 0-30 0,70 0,061 0,152 1,96 0-30 29,40 2,56
30-50 0,50 0,042 0,120 1,85 30-50 14,00 1,17
0-50 43,40 3,73
II 0-30 0,82 0,075 0,170 1,99 0-30 34,44 3,15 14
30-50 0,53 0,040 0,124 1,92 30-50 14,84 1,12
0,50 49,28 4,27
III 0-30 0,58 0,101 0,184 2,01 0-30 41,16 4,27
30-50 0,66 0,059 0,126 1,90 30-50 18,48 1,65
0-50 59,64 5,89
IV 0-30 0,95 0,100 0,180 1,97 0-30 39,90 4,20
30-50 0,54 0,045 0,121 1,87 30-50 15,12 1,26
0-50 55,02 5,46
Bug‘doy – oraliq ekindan keyin g‘o’za ekilgan tajriba maydonlarida gumus
va barcha oziqa elementlarining miqdori o’zgacha ko’rinish oldi. Bug‘doy – oraliq
ekindan   keyin   g‘o’za   ekilgan   maydonlarda   (vegetatsiyadan   oldin)   tajriba
variantlari tuproqlarining 0-30 sm qatlamida gumus 0,76 %, zaqirasi 31,92 t/ga, 0-
50 sm da 47,26 t/ga ni tashkil g‘iladi. Bu ko’rsatkich oraliq ekin ekilmagan, ya’ni
bug‘doydan   keyin   ekilgan   g‘o’za   maydoniga   nisbatan   3   t/gp   ortiq,   boshqa
variantlarda   (II,   III)   bu   ko’rsatkich   6   t/ga   gacha   ko’tariladi.   G‘o’za   ekini
vegetatsiyasi   oxirida   gumusning   nisbiy   miqdori   va   zahirasi   0-30;   0-50   sm
qatlamlarda kamaysada,  umumiy   gumus zahirasi  vegetatsiya  oxirida bug‘doydan
keyin   ekilgan   g‘o’za   maydonlari   tuproqlaridagi   zahiraga   nisbatan   2-4   t/ga   gacha
ortiqligining guvohi bo’lamiz (1-jadval).
Xuddi   shunday   qonuniyatlar   asosida   azotning   nisbiy   miqdori   va   uning
qatlamlardagi   zahirasi   ham,   fosfor   elementining   ko’rsatkichlari   ham   o’zgarib
turadi.   Bu   ma’lumotlardan   shunday   xulosa   qilish   mumkinki,   oraliq   ekinning   xo’l
biomassasi  qish faslida va erta bahorda batamom mineralizatsiya, guminifikatsiya
jarayonlarini   tamomlab,   qishloq   xo’jalik   ekinlari,   jumladan   g‘o’za   uchun   tayyor
holda tuproqda saqlanadi.
Oraliq   ekinlardan   keyin   ekilgan   g‘o’za   variantlarida   vegetatsiya   davrida
qayta sho’rlanish darajasining custligi ham aniqlandi va buni 2-jadvalda keltirilgan
ma’lumotlardan ko’rish mumkin.    15
5-jadval
Bug‘doy-oraliq ekin-g‘o’za ekinlari tizimida sug‘oriladigan taqirli-o’tloqi
tuproqlarning qayta sho’rlanish darajasining o’zgarishi
(Tursunov L., Temirova B.Y.,2010)
CHuqurli
k, sm Quruq
qoldiq,
% NSO
3 ,
% Sl, % SO  2-
4 ,
% Quruq
qoldiq,% NSO
3 , % Sl, % SO  2-
4 , 
%
Bug‘doy keyin g‘o’za ekilgan.04.04.2009 Bug‘doy-oraliq ekin-g‘o’za ekilgan. 
04.04.2009
0-10  0,480 0,030 0,026 0,290 0,283 0,037 0,011 0,216
10-20 0,510 0,031 0,023 0,302 0,270 0,031 0,13 0,198
20-30 0,412 0,027 0,028 0,270 0,295 0,029 0,10 0,186
30-40 0,318 0,029 0,019 0,286 0,201 0,033 0,10 0,150
40-50 0,300 0,030 0,018 0,179 0,190 0,034 0,09 0,172 16
50-60 0,295 0,020 0,014 0,160 0,186 0,031 0,09 0,169
60-70 0,290 0,021 0,010 0,169 0,295 0,026 0,12 0,201
70-80 0,388 0,033 0,020 0,192 0,300 0,027 0,14 0,231
80-90 0,400 0,030 0,022 0,260 0,310 0,036 0,17 0,235
90-100 0,330 0,029 0,019 0,283 0,216 0,031 0,11 0,201
6 -jadval
Bug‘doy-oraliq ekin-g‘o’za ekinlari tizimida sug‘oriladigan taqirli-o’tloqi
tuproqlarning qayta sho’rlanish darajasining o’zgarishi
(Tursunov L., Temirova B.Y.,2010)
CHuqurli
k, sm Quruq
qoldiq,
% NSO
3 ,
% Sl, % SO  2-
4 ,
% Quruq
qoldiq,% NSO
3 , % Sl, % SO  2-
4 , 
%
Vegetatsiya oxiri.10.11.2009 Vegetatsiya oxiri.10.11.2009
0-10 0,520 0,029 0,033 0,38 0,310 0,026 0,019 0,226
10-20 0,610 0,030 0,026 0,392 0,300 0,030 0,022 0,240
20-30 0,600 0,027 0,021 0,401 0,360 0,027 0,028 0,272
30-40 0,586 0,031 0,030 0,398 0,330 0,030 0,029 0,283
40-50 0,330 0,032 0,019 0,275 0,390 0,033 0,042 0,284 17
50-60 0,295 0,027 0,018 0,283 0,183 0,028 0,016 0,115
60-70 0,310 0,033 0,021 0,300 0,280 0,027 0,021 0,201
70-80 0,320 0,030 0,029 0,295 0,310 0,031 0,020 0,265
80-90 0,350 0,032 0,013 0,346 0,350 0,029 0,022 0,201
90-100 0,405 0,028 0,037 0,250 0,312 0,026 0,015 0,285
Xulosa qilib aytish mumkinki, tuproq unumdorligini oshirish yo’llari   ko’p,
faqatgina   ularni   xo’jalikning   tuproq-iqlim   sharoitini   to’g‘ri   hisobga   olgan   holda
qo’llash,   takroriy   va   oraliq   ekin   turlari,   beriladigan   mineral   va   oraliq   o’g‘itlar,
qolaversa   mahalliy   o’g‘itlar   me’yorlarini   to’g‘ri   qo’llash   albatta   xo’jalikda
etishtiriladigan   asosiy   ekin   turlari   hosildorligini   oshirishga   iqtisodiy
samaradorlikka erishishga olib kelishi muqarrardir. 
1.3. Mineral va organik o’g‘itlarning tuproq mikrobiologik jarayonlariga va
unumdorligiga ta’siri. 
[ T.Q.Ortiqov,2007] ma’lumoti bo’yicha;
Tuproq   unumdorligini   saqlash   va   oshirish   dehqonchilik   va
tuproqshunoslikning   dolzarb   masalalaridan   biridir.   Tuproq   unumdorligiga   kuchli
va tez ta’sir qiladigan omil bu o’g‘itlarni qo’llashdir. 
Tuproq   unumdorligi   va   o’g‘itlarni   qo’llashga   bog‘liq   ravishda   qishloq   xo’jalik
ekinlari   hosildorligi   ham   o’zgaradi.   Ushbu   masalalar   qishloq   xo’jaligida   eng
muhim   hisoblanadi.   SHuning   uchun   ularni   ilmiy   jihatdan   o’rganish   katta
ahamiyatga   ega.   Zarafshon   vohasida   olib   borilgan   tadqiqotlar   shuni   ko’rsatadiki,
mineral   va   organik   o’g‘itlar   tuproq     unumdorligiga   turlicha   ta’sir   ko’rsatadi.
Mineral o’g‘itlar tuproqdagi harakatchan oziq moddalar miqdorini keskin oshirdi.
Lekin   ularning   ta’siri   organik   o’g‘itlarnikidan   qisqaroq   bo’ladi.   Mineral   o’g‘itlar
ichida azotli o’g‘itlar tuproqqa jadal ta’sir qilishi, harakatchanligi, tuproqda kuchli 18
o’zgarishlar   qilishi   bilan   ajralib   turadi.   Azotli   o’g‘itlarni   qo’llash   natijasida
tuproqda mineral, ya’ni ammoniy va nitrat shakldagi  azot keskin ortadi. Ularning
ortishi asosan ular qo’llanilgandan keyin biro y ichida qayd etiladi. Keyin mineral
azot   miqdori   sezilarli   kamaya   boshlaydi.   Azotli   o’g’itlarning   samaradorligiga
ularni qo’llash muddati, usuli, me’yori kabi ko’rsatkichlar katta ta’sir qiladi.
  Azotli o’g’itlar me’yorini ortishi bilan tuproqda mineral azot miqdori ortib,
uning   azot   rejimi   muqobillashadi.   Lekin   azotli   o’g’itlar   me’yorini   ortishi   bilan,
ayniqsa   300-350   ru/uf   me’yorda   qo’llanilganda   gumus   hosil   bo’lish   jarayonlari
susayib,   gumusning   parchalanishi   kuchayadi.   Bu   tuproqda   C:N   nisbatning
qisqarishi   bilan   bog’liq   bo’lishi   mumkin,   yuqori   dozada   azotli   o’g‘itlar
qo’llanilganda   ekstra   azot   hosil   bo’lishi   ham   tuproqda   organik   moddaning
parchalanishi   bilan   bog‘liq.   Azotli   o’g‘itlarning   yillik   me’yorini   bir   necha   marta
hisobiga   bo’lib   qo’llash   ushbu   dozani   bir   marta   hisobiga   qo’llashdan   samarali
ekanligi aniqlandi. Azotli o’g’itlar bir marta, ayniqsa kuzgi shudgor, yoki ekishdan
oldin   qo’llanilganda   tuproqdagi   mineral   azot   miqdori   faqat   bir-bir   yarim   oy
davomida  ortishi,   keyin  esa   yana   nazorat   darajasiga   yaqin   bo’lishi   kuzatiladi.   Bu
ayniqsa   engil   tuproqlarda   singdirish   sig’imi   kichik   bo’lganligi   sababli   oziq
moddalarning   yo’nalishi,   jumladan   yuvilishi   kuchli   bo’ladi.   Bir   martalik   qo’llash
usuli   o’rniga   azotlo   o’g’itlarning   yillik   me’yorini   bo’lib   qo’llash   natijasida
tuproqning   azot   rejimi   yaxshilanadi.   Azotli   o’g’itlar   o’suv   davrida   berilganda
ularning   samaradorligi   yanada   ortadi.   Bu   holat   yem-xashak   uchun   ekilgan   yarim
shaker   lavlagi   va   g’o’zada   kuzatiladi.   Azotli   o’g’itlar   kichik   dozada   bir   necha
marta   bo’lib,   qo’llanilganda   ularning   gumus   parchalanishga   va   tuproq
mikroorganizmlariga   salbiy   ta’siri   kamayadi   yoki   qayd   etilmaydi.   Azotli
o’g’itlarning   tuproq   oziq   rejimiga   nisbatan   samaradorligiga   nitrifikatsiya
ingibitorlari   ham   katta   ta’sir   ko’rsatadi.   O’rganilgan   KMP,   DSDA   va   ATG
nitrifikatsiya   ingibitorlari   azotli   o’g’itlar   qo’llash   natijasida   ko’paygan   ammoniy
shaklidagi   azot   miqdorini   uzoq   vaqt   saqlanib   qolishiga   sabab   bo’ldi.   Tadqiqot
natijalaridan   ma’lum   bo’ldiki,   nitrifikatsiya   ingibitorlari   gumus   mineralashishini
susaytirib,   guminifikatsiyalash   jarayonlarini   kuraytiradi.   Bu   esa   gumus   miqdorini 19
ortishiga   olib   keladi.   Umuman   olganda   nitrifikatsiya   ingibitorlari   tuproq   oziq
rejimini   yaxshilaydi.   O’g’itlar   qo’llash   natijasida   tuproqda   azotli   mineral
birikmalar,   xususan   ammoniy   va   nitrit   ionlarining   ortishi   harakatchan   fosfor
miqdorini   eruvchi   holatga   o’tishiga   sababchi   bo’ldi.   Fosforli   va   kaliyli   o’g’itlar
qo’llanilganda   ham   tuproqda   ushbu   oziq   moddalarning   harakatchan   shakllari
keskin ortadi. Ularning ta’siri azotli o’g’itlarnikiga nisbatan uzoqroq davom etadi.
Organik o’g’itlar mineral o’g’itlardan farqli o’laroq tuproq oziq rejimiga ular
kabi   kuchli   ta’sir   ko’rsatmasada   tuproq   unumdorligini   sezilarli   oshiradi.   Organik
o’g’itlar tuproq unumdorligining barcha qirralariga ijobiy ta’sir qilib, tuproq hosil
bo’lish   va   rivojlanish,   madaniylashish   jarayonlarini   jadallashtiradi.   Olib   borilgan
tadqiqotlar   shuni   ko’rsatadiki,   organik   o’g’it   qo’llash   natijasida   tuproqda   gumus
miqdori ortadi. Bu holat go’ng va har xil chiqindilardan tayyorlangan kompostlar
qo’llanilganda   ham   kuzatilagi.   Organik   o’g’itlar   dozasini   ortib   borishi   bilan
ularning   tuproq   unumdorligiga   ijoboy   ta’siri   kuchayib   boradi.   Organik   o’g’itlar
tuproqning   agrofizik,   agrokimyoviy,   kimyoviy   va   mikrobiologik   xossalari   hamda
suv,   issiqlik,   harorat,   havo   va   oziq   rejimlarini   yaxshilaydi.   Organik   o’g’itlar,
jumladan yarim chirigan go’ng, organogen chiqindilardan tayorlangan kompostlar
tuproqdagi   yalpi   va   harakatchan   oziq   moddalar   miqdorini   ishonarli   oshirdi.   Bu
holat g’o’za, bug’doy va don uchun ekilgan makkajo’xori ekinlarida tipik bo’z va
o’tloq   tuproqda   kuzatildi.   Organik   o’g’itlar   tuproqda   mineral   o’g’itlar   nisbatan
harakatchan oziq moddalar miqdorini kam darajada oshirsada, lekin bu jarayon 
uzoq vaqt  davom  etadi. Mineral  o’g’itlar, ayniqsa  azotli  o’g’itlar  tuproqdagi  oziq
moddalarni yalpi miqdoriga de’yarli ta’sir ko’rsatmaydi.
             Organik o’g’itlar, ayniqsa ketma-ket bir necha yil q’ollanilganda tuproqdagi
oziq moddalarini  yalpi  miqdorini  sezilarli  oshiradi. Buning natijasida  tuproq oziq
rejimi   yangi   bir   pog’onaga   chiqishi   mumkin.   Organik   o’g’itlar   qo’llanilganda
tuproqda   o’simlik   oziqlanishi   uchun   umumiy   vaziyat   yaxshilanadi.   Demak,
mineral   va   organik   o’g’itlarning   tuproq   unumdorligiga,   jumladan   oziq   rejimidagi
roli turlicha bo’lib, bir - biridan farq qiladi. Bu esa mineral va organik o’g’itlarni 20
bir - biri bilan almashtirib bo’lmasligiga, har birini o’z o’rni va joyida qo’llanilishi
kerakliligini ko’rsatadi.
       Mineral va organik o’g’itlarni qo’llash natijasida tuproq unumdorligini ortishi,
jumladan   oziq   rejimini   muqobillashishi   o’simlikning   o’sishi,   rivojlanishi   va
hosildorligiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. O’g’it qo’llash natijasida o’simlikning bo’yi,
barg   va   hosil   elementlarining   soni,   barg   yuzasi   ortdi.   Bu   holat   lavlagi,   g’o’za,
bug’doy   va   makkajo’xori   ekinlarinida   kuzatildi.   Qishloq   xo’jalik   ekinlarining
biometrik   ko’rsatkichlariga   mineral   o’g’itlar   organik   o’g’itlar   nisbatan   kuchliroq
ta’sir ko’rsatishi aniqlandi.
Lekin keying yillarda bu variantlar o’rtasidagi farq qisqarib boradi. Organik
o’g’itlar   bir   necha   yil   ketma-ket   qo’llanilishi   natijasida   ularning   ta’siri   kuchayib
boradi. Demak, organik o’g’itlarning keying ta’siri ancha kuchli. Mineral o’g’itlar
ichida azotli o’g’itlar o’simlikning o’sishi va rivojlanishiga kuchli ta’sir ko’rsatadi.
Azotli o’g’itlarning o’simlikning o’sishi va rivojlanishigagi samaradorligi ularning
qo’llash   me’yori,   muddati,   usuli   kabi   omillarga   sezilarli   bog’liq   bo’ladi.   Azotli
o’g’itlarning   yillik   me’yori   bir   marta   hisobiga   qo’llanilganda   qishloq   xo’jalik
ekinlarining o’sishi sekin boradi. Lekin shu o’g’it me’yorini bir necha marta bo’lib
berish o’simlik o’sish va rivojlanishini ishonarli kuchaytiradi. Azotli o’g’itlarning
me’yori ortib borishi bilan o’simliklarning o’sishi va rivojlanishi kuchayib boradi.
Mineral   va  organik  o’g’itlar   qishloq   xo’jalik  ekinlari   hosildorligini   organik
o’g’itlarda qaraganda ko’proq miqdorda jshiradi. Azotli o’g’itlarning ta’siri fosforli
va   kaliyli   o’g’itlarnikidan   yuqoriroq   ekanligi   aniqlandi.   Azotli   o’g’itlar   o’suv
davrida   kichik   dozada   bir   necha   marta   bo’lib   berilganda   hosildorlikni   ko’proq
miqdorda   oshiradi.   Nitrifikatsiya   ingibitorlari   ham   qishloq   xo’jalik   ekinlari
hosildorligini   sezilarli   ko’paytiradi.   Organik   o’g’itlar   jumladan   go’ng,   har   xil
chiqindilardan   tayyorlangan   kompostlar   ekinlar   hosildorligiga   ishonarli   ta’sir
ko’rsatadi. Demak, qishloq xo’jalik ekinlari hosildorligi tuproqning oziq rejimi va
unumdorligiga bog’liq.   21
2.  TADQIQOT SHAROITLARI, OB’EKTI  VA USLUBLARI
2.1.Tadqiqot   sharoitlari.   Samarqand   viloyati   Pomir   -   Oloy   tog‘larining
g‘arbiy   chegarasida,   Zarafshon   daryosi   havzasining   o‘rta   qismida   joylashgan
bo‘lib,   relefi,   asosan,   kenglik   bo‘ylab   cho‘zilgan   va   shimoldan   Turkiston     tog‘
tizmalarining tarmoqlari (Nurota tog‘i, uning balandligi 2169 m, Oqtog‘-2003 m).
Janubdan   Zarafshon   tog‘   tizmalari   bilan   o‘ralgan   Zarafshon   vodiysidan   iborat.
Vodiy sharqdan (750 - 800 m) g‘arbga (350 m) tomon pasayib boradi. U g‘arbda
60 - 100 metrgacha kengayib, shimoliy - sharqda (viloyat hududining tashqarisida)
Qizilqum   cho‘liga,   Janubiy   g‘arbda   Karnob   cho‘liga   o‘tadi,   shimoliy-sharqda
Nurota     cho‘llari   orqali   Mirzacho‘lga   birlashadi.   Vodiyning   o‘rtasidan   Zarafshon
daryosi oqib o‘tadi. Vodiydan shimoliy qismda va uning janubida qiya tekisliklar
joylashgan va tog‘larga yaqinlashganda adirlar boshlanadi. Zarafshon tog‘ tizmasi 22
(uning g‘arbiy qismi) janubda Qashqadaryo viloyati bilan bo‘lgan chegara bo‘ylab
cho‘ziladi.   Bu   tizma   (2388   m)   asosan,   paleozoyning   kristalli   shakllari   va
ohaktoshlardan   iborat.   G‘arbda   bu   tizma   tog‘   asta   -   sekin   pasayib   borib,
Kattaqo‘rg‘ondan   janubda   past   -   baland   tepaliklardan   iborat   bo‘lgan   tekisliklar
bilan   qo‘shilib   ketadi.   Asosan,   qumli,   slanets   va   magmatik   jinslardan   tashkil
topgan.   Nurota   tog‘i   bir   necha   yirik   organik   birliklardan   parchalanib   ketgan.
Foydali   qazilmalardan   oltin,   kumush,   alyuminiy,   volfram   chiqadi:   (Ingichkada),
flyuarit,   kvars,   ohaktosh,   granit,   tergel,   gips,   bektoniy   gili,   mineral   boyliklar,   oq
marmar   (Omonqo‘ton,   G‘azg‘on,   Jom)   va   2007   yildan   iborat   (Nurota   tog‘larida)
dunyoda   yagona   bo‘lgan   gulobi   marmarni   qazish   ishlari   boshlandi.   Nurobodda
Korun konlari va mineral buloqlar mavjud. 
Iqlimi.   Kontinental,   quruq   iqlim,   bulutli   kunlar   kam   bo‘ladi.   Tekisliklarda
qish iliq. YAnvarning o‘rtacha harorati shimolda – 2 0
S, tog‘larda - 4,8 0
S, iyulning
o‘rtacha   haroratini   25   -   30 0
S,   absolyut   minimum   –32 0
S,   absolyut   maksimum
harorat   46 0
S  ni   tashkil   etadi   (Petrov,   1982).   Yillik  o‘rtacha   yog‘in  miqdori   200  -
881   mm   va   yog‘inning   80   foizi   qish   va   bahorda   yog‘adi.   Qor   16   -   20   kungina
yotadi.   O‘simliklarning   vegetatsiya   davri   269   (harorat   5 0
S   dan   yuqori)   kundan
ko‘p.   Balandlikka   ko‘tarilgan   sari   harorat   pasayadi.   Iqlim   harorati   va   sug‘orish
Samarqand   viloyatida   paxta,   tamaki,   shaftoli,   o‘rik,   uzum,   anjir   va   anor   o‘stirish
imkonini   beradi.   Oxirgi   10   -15   yilda   ushbu   viloyatda   subtropik   o‘simliklardan
xurmo ham iqlimlashtirilgan. 
Viloyatning asosiy daryosi – Zarafshon, uning viloyat hududidagi qismining
uzunligi 215 km bo‘lib, Samarqand viloyati maydonida Oqdaryo va Qoradaryoga
ajraladi.   Ushbu   daryolar   YAngi   rabot   qishlog‘i   yonida   yana   qo‘shilib   Miyonkol
orolini   (1200   km 2
  maydoni)   hosil   qiladi.   Zarafshon   daryosi   muz   qorlardan
to‘planadi.   Tevarak   atrofdagi   tog‘lardan   oqib   tushgan   soylar   sug‘orishga
sarflangani   uchun   Zarafshonga   etmasdan   tugaydi.   Darg‘om,   Narpay,   o‘ng   sohil
Zarafshon, Eski Anhor, Tuyatortar, Miyonkol-Xatirchi kanallari va Kattaqo‘rg‘on 23
suv   omboridan   ham   ekinlarni   sug‘orishda   foydalaniladi.   Viloyatning   janubiy
g‘arbiy qismida oqadigan bir necha soylar ham yozda qurib qoladi.
Tuproqlari . Tuproqlari  asosan,  bo‘z tuproqlar. Tekisliklar  va 500 m  gacha
balandliklardagi   tog‘   etaklarida   och   bo‘z   tuproqlar   (sug‘oriladigan   erlarda   o‘tloqi
bo‘z tuproqlar), 1500-1700 m balandliklarda bo‘z tuproqlar, cho‘l zonasida qumoq,
taqir   bo‘z   qo‘ng‘ir   tuproqlar   va   sho‘rxoklar   tarqalgan.   YOng‘oqzorlar   va
archazorlar   tagida   qo‘ng‘ir   tuproqlar   yanada   balandliklarda   qoramtir   tuproqlar
bo‘lib, undan yuqorida tog‘-o‘tloqi va tog‘-tundra tuproqlari uchraydi.
Yovvoyi   o‘simliklardan:   chalacho‘l   va   cho‘l   o‘simliklari   asosiy   o‘rinni
egallaydi, tog‘ yon bag‘irlarida o‘rmonlar uchraydi (archa, namataklar). Tog‘ yon
bag‘irlaridagi tekisliklarda shuvoq va efemerlar, ya’ni tez qurib qoluvchi 1-2 yillik
o‘simliklar o‘sadi.
Daryo vodiylarida, dashtlarida, sho‘ra-galofit  o‘simliklari o‘sadi. Zarafshon
daryosi vodiysida terak, jiyda, chakanda, tol, maymunjon, yo‘lg‘un va turli-tuman
to‘qayzorlar   mavjud.   Tog‘larda   1100-2700   m   balandliklarda   archa,   pista,   toshloq
yon   bag‘irlarida   bodomzorlar   uchraydi.   Samarqand   shahri   yaqinidagi   Omon-
qo‘tonda yong‘oqzorlar ko‘p.
Yovvoyi hayvonlardan tulki, chiyabo‘ri, bo‘ri, tekisliklarda jayron, tog‘larda
qo‘ng‘ir   ayiq,   tog‘   suvsari,   to‘qayzorlarda   cho‘chqa,   to‘qay   mushugi,   daryo
suvsari,   qushlardan   tustovuq,   tuvaloq,   tog‘larda   kaklik,   daryolarda   baliqlar:
qorabaliq   -   marinka,   laqqa   baliq   va   hakozolar   ko‘p.   Samarqand   yaqinidagi
«Zarafshon»   qo‘riqxonasida   «Buxoro   jayron   pitomnigi»   dan   iqlimlashtirilgan
Buxoro kiyigi – Xongul yashaydi. 
2.2 .   Tadqiqot   obyekt lar i.   Respublikamizning   sug‘orib   dehqonchilik
qilinadigan   tuproq   maydonlarining   60   %   dan   ziyod   qismi   sug‘orish   eroziyasiga
chalinib   unumdorligini   pasaytirirish   xususiyatiga   ega.   Ushbu   hududlarda   olib
borilgan   ilmiy-tadqiqot   ishlari   va   tajriba   natijalarini   o‘rganib   chiqish   hamda
sug‘orish eroziyasiga uchragan tuproqlarni tadqiq etish ushbu ishning obekti qilib
olindi.  24
2.3.   Tadqiqot   uslublari.   Dala   tajribasida   quyidagi   kuzatish   va   hisob-kitoblar
o‘tkazildi   va   uslublar   qo‘llaniladi:   Eroziyaga   uchragan   tuproqlarning   yuvilishi,
oqavaning   to‘planishi   va   unumdorligiga   ta’sirini   o‘rganish   M.   N.   Zaslavskiy
(1987) uslublari asosida o‘rganiladi [10].
Tuproqning fizik xossalarini aniqlashda quyidagi uslublar qo’llaniladi:
a) tuproqning mexanik tarkibi – Kachinskiy  buyicha pipetka usulida; 
b) tuproqning solishtirma massasi–piknometr usulida; 
v) tuproqning hajmiy massasi-silindr usulida;  
g) tuproqning kovakligi – hisob-kitob yuli bilan aniqlanadi.
3. Tadqiqot natijalari
3.1. Yangi orgonomineral  o’ g‘itning tipik b o’ z tuproqlar agrokimyoviy
xossalariga ta’siri [N.G.Mavlyanov, A.J.Bairov, E.N.Mavlyanov,
D.X.Xamdamov, 2007] ma’lumoti bo’yicha.
Bu   kompozitsiyalar   ko’p   hollarda   biologic   kelib   chiqishga   ega   sanoat
chiqindilaridan va agrorudalardan tayyorlanmoqda.
MDH   mamlakatlarida   o’tkazilgan   tadqiqotlar   natijalariga   ko’ra   selliyuza-
qog’oz kombinatlari chiqindilaridan [O.A.Ul’yanova, 2004], tashlab yuboriladigan
suvlar   cho’kmalaridan   [M.S.Suixina,   2004],   orgonoseolitlardan   [L.R.Mukina,
2004],   qattiq   maishiy   chiqindilardan   [S.E.Vitkovskaya,   2004]   orgonomineral
o’g’itlar tayyorlab tuproqlarga berilganda ularning unumdorlik darajasi oshgan va
qishloq xo’jalik ekinlari hosildorligi ortgan.  25
O’zbekistonda   har   xil   chiqindilardan   orgonomineral   o’g’itlar   tayyorlash
muammolariga   bag’ishlangan   ishlar   jumlasiga   tuproqdagi   mahalliy   zoogenlar
yordamida   har   xil   organic   qoldiqlardan   bioo’g’it   tayyorlash   [J.S.Sattorov,
A.Karimberdieva, 2004], go’ngni yomg’ir chuvalchanglari yordamida qayta ishlab
vermikompost   (biogumus)   olish   [O.T.Karimov,   2002],   Surxondaryo   viloyati
agrorudalaridan   kompostlar   tayyorlash,   fosfogipsdan   kompostlar   tayyorlash
[M.M.Toshqo’ziyeva   va   b.,   2001],   agrorudalar-bentonit   va   gloukonitdan   o’g’itlar
tayyorlash   [L.N.Slesarieva   va   b.,2000],   Qizilqum   fosforitlariga   go’ng   aralashtirib
orgonomineral   o’g’it   tayyorlash   [b.I.Niyozaliyev   va   b.,2004],   paxta   tozalash
zavodi, chuchuk suv ili, qattiq maishiy chiqindilar va go’ng aralashtiribkompostlar
tayyorlash   [N.I.   Toshmatov,   1996],   agrorudalarga   va   daryo   yotqiziqlariga   go’ng
aralashtirib   kompostlar   tayyorlash   [Sh.M.   Bobomurodov,   2001]   lar   tomonidan
amalga   oshirilgan   tadqiqotlarni   kiritish   mumkin.   Bu   tadqiqotlar   natijalariga   ko’ra
orgonomineral   o’g’itlar   q’o’llanilganda   tuproqlarning   agrokimyoviy   va
agrofizikaviy   xossa   va   xususiyatlari   yaxshilangan,   qishloq   xo’jalik   ekinlari
hosildorligi ko’tarilgan.
Bu   yo’nalishda   O’zbekiston   ko’mir   konlarida   katta   miqdorda   (10   mln
tonnadan   ortiq)   yig’ilgan   qoldiqlardan   ekologik   toza   orgonomineral   o’g’itlar
tayyorlab   qishloq   xo’jaligida   foydalanish   texnologiyalarini   ishlab   chiqish
tuproqlarni   organic   moddaga   boyitish,   ularning   agrokimyoviy   va   agrofizik   xossa
va   xususiyatlarini   yaxshilash,   ekinlar   hosildorligini   oshirish   muammolarini
yechishga xizmat qiladi.
Ko’mir   konlari   chiqindilaridan   orgonomineral   o’g’itlar   tayyorlash   va
qishloq   xo’jalik   ekinlariga   qo’llash   masalalariga   bag’ishlangan   ilmiy   izlanishlar
respublikamizda   juda   kam   bajarilgan.   Bular   qatoriga   eroziyaga   uchragan
tuproqlarda   «Sulfougol»   preparatini   qo’llash   [M.Teshaboyev,   1987],   ko’mir
chiqindilarini   foydali   mikroorganizmlar   bilan   boyitib   qo’llash
[N.G.Mavlyanov,2006],   ko’mir   ishlab   chiqarish   chiqindilarini   go’ng   bilan   yoki
karbamid,   ammofos   va   xlorella   bilan   yoki   karbamid,   ammofos   va   azotobakter 26
cucpenziyasi aralashtirib kompostlar tayyorlash [J.S.Sattorov, 2004 da keltirilgan]
tadqiqiotlarini ko’rsatish mumkin. Bu tadqiqotlar ham ijobiy natijalar bergan.
Mineral   resurslar   instituti   xodimlari   B.S.Popov   va   S.I.Barminskiylar
tomonidan yaratilgan ko’mir konlari qoldiqlaridan guminli bacterial o’g’it (patent
–UZ IAP 02336, 2001 y.) Shreder nomli O’zbekiston uzumchilik va bog’dorchilik
ilmiy tadqiqot institutida pomidor, limon, olma va zemlyanika o’simliklariga 0,5-2
t/ga me’yorda qo’llanilganda hosildorlik 20-50% ga oshgan.
Bizning   tadqiqotlarimiz   ko’mir   konlari   qoldiqlarini   foydali
mikroorganizmlar   bilan   boyitish   texnologiyasi   asosida   olingan   yangi
orgonomineral   o’g’itni   sug’oriladigan   tipik   bo’z   tuproqlar   sharoitida   sinab
ko’rishga   bag’ishlangan.   Bu   o’g’it   o’z   tarkibida   12,6%   organik   uglevod,   0,25   %
azot, 0,12 %  fosfor, 0,3%  kaliy va 16,9 mg/ kg harakatchan P
2 O
5   100 mg/kg K
2 O
saqlaydi, pH-5,5. Uning tarkibida gumus kislotalarining umumiy miqdori 5,7 % ni
tashkil etib shundan 3,4 % I gumin kislotalaridan, 2,3 % ful’vokislotalardan iborat.
Bu   orgonomineral   o’g’it   Sanitariya   va   gigiena   institute   tomonidan   ijobiy
baholangan.
Tadqiqotlar   «GIDROINGEO»   va   «Genetika   va   o’simliklar   eksperimental
biologiyasi»   institutlari   bilan   hamkorlikda   ushbu   institutning   Toshkent   viloyati
Zangiota   tumanidagi   eksperimental   bazasining   eskidan   sug‘oriladigan   tipik   bo’z
tuproqlarida   g‘o’za   o’simligi   bilan   lizimetrik   tajribalar   qo’yish   usulida   olib
borilmoqda. CHigit 2007 yil may oyida ekilgan.
Tajriba sxemasi: 1. N
200  P
140  K
100  –fon; 2. Fon + 10 t/ga go’ng, 3.Fon + 5 t/ga
orgonomineral   o’g‘it;   4.   Fon+10   t/ga   orgonomineral   o’g‘it;   5.   Fon   +   15   t/ga
orgonomineral o’g‘it.
Tadqiqotlar   natijalari   ko’rsatishicha   g‘o’zaning   shonalash   davriga   kelib
go’ng   va   orgonomineral   o’g‘it   qo’llanilgan   variantlar   tuprog‘ida   organik   uglerod
miqdori   nazarotga   nisbatan   bir   muncha   oshganligi   kuzatilmoqda.   Tajribaning   10
t/ga go’ng berilgan variantining 0-25 sm tuproq qatlamida organik uglerod miqdori
0,90 % ni tashkil etib nazorat – faqat mineral o’g’itlar berilgan variantga (0,80%)
nisbatan 0,10% ortgan. Organomineral o’g’it qo’llangan variantlarda ham tuproqda 27
nazoratga   nisbatan   organik   uglerod   miqdorini   ortishi   kuzatildi.   Tuproqning   0-25
sm   qatlamida   organik   uglerodning   eng   ko’p   to’planishi   15   t/ga     organomineral
o’g’it   qo’llanilgan   variantda   kuzatildi   (1,07%).10   t/ga   va   5   t/ga   organomineral
o’g’it   qo’llanilgan   variantda   esa   organik   uglerod   miqdori   tegishlicha   0,98%   va
0,90% ni tashkil etib, nazoratga nisbatan 0.18% va 0,10%ga ortiq bo’ldi. 
G‘o’zaning   shonalash   davrida   nitratlar   barcha   variantlarning   0-25   sm
qatlamida   oz   miqdorda   (8-16   mg/kg)   ekanligi   aniqlandi.   Bunda   uning   nisbatan
ko’proq   miqdorlari   nazorat   va   go’ng   qo’llanilgan   variantlarda   kuzatildi.   Bu
holatga, organomineral o’g’it qo’llanilganda tuproqda C:N nisbati o’zgarishi, ya’ni
uglerod   miqdori   ortishi   sababli   ammonifikatsiya   jarayonida  hosil   bo’ladigan  NH
4
ning   mikroorganizmlar   tomonidan   o’zlashtirilishi   kuchayishi   natijasida   nitratlar
kam   hosil   bo’lgan   deb   qarash   mumkin.   O’rganilayotgan   variantlarning   barchasi
harakatchan   fosfor   bilan   yuqori   darajada   ta’minlanganligi   aniqlandi   (0-25   sm
qatlamda 51-63 mg/kg). Bunda harakatchan fosforning variantlar orasidagi eng oz
miqdori (51,0 mg/kg). nazorat variantida aniqlandi. Go’ng va  organomineral o’g’it
qo’llanilgan   variantlardagi   uning   miqdori   nazoratga   nisbatan   bir   muncha   ortiq
bo’lib go’ng qo’llanilganda 55,4 mg/kg ni, 15 t/ga, 10 t/ga va 5 t/ga organomineral
o’g’it   berilganda   tegishlicha   63,0   mg/kg   va   53,4   mg/kg   ni   tashkil   etib,   uning
nisbatan ko’proq miqdorlari organomineral o’g’it berilgan variantlarda kuzatildi.
O’tkazilgan   fenologik   kuzatuvlar   go’ng   va   organomineral   o’g’it   berilgan
variantlarda   g‘o’za   o’simligining   o’sishi   va   rivojlanishi   nazoratga   nisbatan
kuchliroq   ekanligini   ko’rsatdi.   YA’ni   bu   variantlarda   shonalash   davriga   kelib
g‘o’zaning   asosiy   poyasi   uzunligi,   hosil   shoxlari   va   shonalar   soni   go’ng   va
orgonomineral   o’g‘it   berilgan   variantlarda   nazoratga   nisbatan   ko’proq   ekanligi
aniqlandi. Bu ko’rsatkichlar 10 t/ga go’ng, 10 t/ga va 15 t/ga  orgonomineral o’g‘it
berilgan variantlarda o’zaro katta farq qilmadi. 5 t/ga
orgonomineral   o’g‘it   berilgan   variantda   esa   bir   muncha   sustroq   ekanligi,   ammo
shunga qaramasdan nazoratga nisbatan nazoratga nisbatan ustunligi kuzatildi.
O’tkazilgan   tadqiqotlar   asosida   dastlabki   xulosa   sifatida   shuni   aytish
mumkinki   ko’mir   konlari   chiqindilari   asosida   tayyorlangan   yangi   orgonomineral 28
o’g‘it   tuproq   organik   moddasi   hosil   bo’lishida   katta   rol   o’ynaydigan   organik
uglerod   miqdorini   oshirishga   xizmat   qiladi.   Bu   esa   o’z   navbatida   tuproqlar
unumdorligini   saqlash   va   oshirish   hamda   qishloq   xo’jalik   ekinlari   hosildorligini
ko’tarish maqsadida organik o’g‘itlarning qo’shimcha resurslarini qishloq xo’jaligi
ishlab chiqarishiga jalb etish imkoniyatlarini yaratadi.
Organik o’g‘it sifatida biogumus qo’llanilganda o’simlik tomonidan
o’zlashtirilgan oziqa moddalar miqdori
[B.I.Niyazaliev, 2007] ma’lumoti bo’yicha
O’zbekiston Respublikasi bozor iqtisodiyoti sharoitida ma’dan o’g‘itlar bilan
birgalikda   organik   o’g‘itlardan   samarali   foydalanish   va   bu   o’g‘itlarni   miqdorini
ko’paytirish va ularni qayta ishlab yangi o’g‘itlar turlarini topish muhim iqtisodiy
ahamiyatga   egadir.   Bundan   tashqari,   faqat   ma’dan   o’g‘itlarini   qo’llash   natijasida
tuproqda   zaharli   kimyoviy   moddalar   to’planib   qolsa,   tuproqdagi
mikroorganizmlarning hayotiga zomin bo’ladi.
Ilmiy   –   tadqiqot   ma’lumotlarida   ko’rsatilishicha,   1   gektar   erning   ustki
haydaladigan   qatlamda   5   –   10   tonnaga   qadar   mikroorganizm   bo’lar   ekan.   Ko’rik
erlardagi   tipik   bo’z   tuproqlarda   umumiy   azot   0,07%,   1   gramm   tuproqda   1,427
milliard   mikroorganizm   bo’lsa,   eskidan   cug‘orib   kelinayotgan   tipik   bo’z
tuproqlarda   umumiy   azot   –   0,096   %,   mikroorganizm   miqdori   –   1,852   milliard
bo’lar ekan (Toropkina, 1965).
Tuproqning   biologik   holatini   yaxshilash   hamda   organik   moddalar   bilan
boyituvchi   manbalardan   biri   organik   o’g‘it   hisoblanadi.   Ularning   asosini   go’ng
tashkil etadi. Tuproq unumdorligini pasayib ketishini oldini olish maqsadida ilmiy
asoslangan tavsiyanomalarga binoan har gektar maydonga ikki yoki uch yilda bir
marotaba 20-30 tonna go’ng yoki kompost qo’llash taqozo etiladi. Ammo hozirgi
kunda   mamlakatimizda   to’planadigan   go’ng   va   boshqa   organik   o’g‘itlar   miqdori
etishmasligi   sababli,   ularni   bir   gektar   maydonga   to’g‘ri   keladigan   miqdori   o’rta
hisobda   5-6   tonnani   tashkil   etadi.   Organik   o’g‘itlarni   miqdorini   ko’paytirish   va
sifatini   yaxshilash   usullaridan   biri   «Qizil   kaliforniya   chuvalchanglarini   boqish»,
ya’ni vermikultura usuli bilan «biogumus» oolishdir. 29
Bundan   bir   necha     yillar   ilgari   AQSH   dagi   Kaliforniya   shtati   olimlari
kasalga   chidamli   xo’ra   va   serpusht   chuvalchanglarni   kashf   qilishdi   va   ularni
ko’paytirishdi.   SHuning   uchun   bu   chuvalchanglarni   Kaliforniya   qizil   yomg‘ir
chuvalchanglari deb aatashadi.
«Qizil   kaliforniyalik»   chuvalchanglarni   odatdagilardan   farqi   shundaki,   ular
tez ko’payadilar va uzoqroq umr ko’radilar.
Olingan   qizil   gibrid   har   xil   sharoitda   moslashib,   organik   modda   tutadigan
massani   qayta   ishlashga   qodir.   CHuvalchanglar   ichagi   orqali   chiqindini   o’tkazish
jarayonida ularni hazm qilib, so’ngra uni oziqa moddalar bilan boyitadi va ajratib
chiqayotgan biomassa kaprolit deb atalib, u har xil foydali moddalarga boy: unda
fermentlar, antibiotiklar, vitaminlar, aminokislotalar va boshqa qator biologik aktiv
moddalar bor.
O’zbekistonla   «chuvalchanglarni   boqish»,   ya’ni   vermikultura   usuli   bilan
biogumus   olish   ba’zi   bir   xo’jalik   va   shirkatlarda   1990   yildan   boshlangan.   Bu
borada   ilk   qadamlar   Andijondagi   «Do’stlik»   asalarichilik   davlat   xo’jaligida   qizil
kaliforniya chuvalchanglarni boqib biogumus olingan. Ularning tavsiyalariga ko’ra
(1993) ma’dan o’g‘itlar bilan birga qo’llanilganda biogumus har bir kvadrat metrga
250   gramm   (gektariga   2,5   tonna)   miqdorida   to’g‘ri   kelishi   kerak,   faqat   o’zi
qo’llanilsa   –   400-500   g.   (4-5   tonna).   Eritma   sifatida   o’simliklar   barg   orqali
oziqlanishi   uchun:10   litr   suvda   200-300   gramm   biogumus   eritilib,   bir   kvadrat
metrga   2-4   litr   eritma   to’g‘ri   kelishi   lozim.   Lekin   bu   miqdorlarni   qaysi   ekinga
tavsiya qilinganligi aniq ko’rsatilmagan. Shu bilan birgalikda bu tavsiyalarni ilmiy
asosi   bo’yicha   ma’lumotlar   yo’q.   Biogumus   organik   o`g‘it   sifatida   ishlatilganda
ilmiy   asoslangan   ma’lumotlar   olish   maqsadida   biz   tajribalarimizda   chuvalchang
etishtirib,   ozuqa   sifatida   qoramol   go’ngidan   foydalandik.   Olib   borilgan   kuzatish
natijalariga ko’ra o’rta hisobda 1 t go’ngni chuvalchangdar qayta ishlashi natijasida
60   foizga   yaqin   biogumus   olindi.   G‘o’za   maydonlariga   gektariga   10   t   biogumus
soli щ sh uchun 16-17 t yarim chirigan holatdagi go’ng ssarflanadi.
Biogumus va  go’ngning ikki xil me’yorini (10 va 15 t/ga) va (20 va 30 t/ga)
erni   haydash   oldidan   (kuzda)   tuproqqa   (P   70-105     kg/ga)   va   (K   75-100     kg/ga) 30
o’g‘itlarni   ham  solib,  ma’dan  o’g‘itlar   (N150P100K75  va  N200P150K100  kg/ga)
bilan   va   ularsiz   qo’llanilganda   o’simlik   tomonidan   oziqa   moddalarni
o’zlashtirilishini   hamda   bir   tonna   paxta   hosiliga   sarflangan   miqdorini   aniqlash
maqsadida   O’zPITI   Markaziy   tajriba   xo’jaligida   dala   tajribasini   olib   bordik.
Eskidan   sug‘orilib   kelinayotgan   tajriba   dalasi   tipik   bo’z   tuproq   bo’lib,   mexanik
tarkibi o’rta qumoqli, er osti suvlari chuqur joylashgan.
Tuproqning   agrokimyoviy   tahlili   natijalariga   ko’ra,   tajriba   o’tkazishdan
oldin tuproqning haydov va ostki qatlamlarida (0-30 va 30-50 sm) chirindi miqdori
0,914 va 0,612 %, umumiy azot – 0,092 va 0,076 %, fosfor 0,217 va 0,163 %, 1 kg
tuproqda   nitratli   azot   –   6,3   va   5,4   mg,   harakatchan   fosfor   34,1   va   28,5   mg/kg,
almashinuvchi kaliy 310 va 250 ig ni tashkil etdi.
Tajriba   variantlari   to’rt   takrorlanishda,   bir   yarusda   joylashtiriladi.
Bo’linmalarning   eni   –   2,4   m,uzunligi-35   m,   umumiy   maydoni   84   m 2
,   hisoblash
maydonchasi 42 m 2
. G‘o’zaning o’rta tolali S-6524 navi 60x22x2-3 shaklda ekildi.
Quyidagi   ma’dan   o’g‘itlar   har   yili   qo’llanildi:   ammiakli   selitra   (34   %   N)
ammofos (46 % P
2 O
5 , 11% N) va (K
2 O).
Azotli   o’g‘itlarni   yillik   me’yorlari   g‘o’za   o’suv   davrlarida   qo’llanilib,   2-4
chin bargda 50 kg/ga, shonalashda 50 va 75 50 kg/ga, gullash davrini boshida ham
50-75 50 kg/ga hamda  fosforni  o’g‘itlarni  qolgan  me’yorlari  (30 va 45 50 kg/ga)
bilan birgalikda ishlatildi.
Biogumus   va   go’ng   kuzda   bir   marta   solingan,   birinchi   yili   ta’siri,   keyingi
yillari so’ngi ta’sirlari o’rganildi.
Dala   tajribasini   o’tkazish,   fenologik   kuzatuvlar,   tuproq   hamda   o’simlik
namunalarini olish O’zPITI (1973, 1981) usulnomasiga asosan o’tkazildi.
Olib   borilgan   ilmiy   tadqiqotlar   natijalariga   ko’ra,   biogumus   va   qoramol
go’ngi   ma’danli   o’g‘itlar   bilan   birga   qo’llanilganda   tuproqning   agrofizikaviy   va
agrokimyoviy   xususiyatlari     yaxshilanib,   o’simlik   tomonidan   oziqa   moddalarni
o’zlashtirilishiga maqbul sharoit yaratilganligi aniqlandi.
Bunda izlanishlarimizning birinchi yili, ya’ni organik o’g‘itlarni ta’siri yilida
nazorat variantida g‘o’za 1 gektar maydonda 84,6 kg azot, 60,6 kg fosfor va 112,6 31
kg   kaliyni   o’zlashtirgan.   SHuni   aytish   keraki   3   –yil   davomida   ham   barcha
variantlarda azotga nisbatan kaliyni o’zlashtirilishi 10-15 kg ko’proq bo’ldi. Faqat
biogumus (10 t/ga) va go’ng (20 t/ga) solingan variantlarda azot, fosfat va kaliyni
gektar   maydondan   o’zlashtirilishi   bir   xil   bo’ldi,   nazoratdan   esa   10-18   kg   ga
ortiqroqdir.   Ma’dan   o’g‘itlarni   gektariga   N150P100K75   kg   solinganda   99,3   kg
azot,   70,5   kg   fosfor   va   124,4   kg   kaliy   o’zlashtirib,   10   t/ga   biogumus   birga
qo’llanilganda   102,1,   71,8   va   127,7   kg;   20   t/ga   go’ng   bilan   esa   100,0,   76,2   va
118,6 kg ni tashkil qildiki, bu biogumusdan 2,1; 2,2 va 9,1 kg/ga kamdir. Ma’dan
o’g‘itlar me’yorlari  N200P150K100 kg bo’lganda oziqa unsurlarini o’zlashtirilishi
N150P100K75 kg/ga nisbatan 4,%-0,7 va 4,4 kg/ga ortiq bo’ldi.
Ma’dan o’g‘itlarni shu me’yorida biogumusni (10 t/ga) va go’ngni (20 t/ga)
qo’llash   natijasida   g‘o’zaning   oziqa   moddalarni   o’zlashtirilishi   yanada   ortganligi
kuzatildi.   Keyingi   yillarda   ham     shunga   yaqin   ma’lumotlar   olindi.   Faqat   shuni
aytish   kerakki   izlanishning   birinchi   yili   fosfor,   ikkinchi   yili   azot   va   uchinchi   yili
kaliyni o’zlashtirilishi nisbatan ko’proq bo’lganligi aniqlandi. Bizning nazarimizda
bu   holat   yil   sharoitlariga   hamda   tuproqning   agrokimyoviy   holatlariga   ham
bog‘liqdir.   G‘o’zaning   1   gektar   maydondan   o’zlashtirilgan   azot,   fosfor   va   kaliy
haqidagi   ma’lumotlar   asosida   1   tonna   paxta   hosili   uchun   sarflangan   jziqa
moddalarni miqdorlarini hisobladik.
Ma’lumotlarni   ko’rsatilishicha   1 tonna  paxta hosili  uchun  oziqa  unsurlarini
eng   kam   sarflanish   (albatta   tuproqdagi   NPK   ning   zahiralari   hisobiga)   nazorat
variantida kuzatildi. Bunda birinchi yili 39,1  kg azot, 26,0 kg fosfor, 52,1 kg kaliy
sarflangan bo’lsa,  bu ko’rsatkichlar  ikkinchi  yili  25,1;  14,4;  34,9 va uchinchi  yili
22,2; 13,0; 35,3 kg ni tashkil qildi. Endi qo’llanilgan ma’dan va organik o’g‘itlar
oziqa   moddalarni   ishlatilishi   haqida   so’zlasak,   tajriba   birinchi   yili   10   t/ga
biogumus solinganda azotni 39,2; fosforni 27,9 va kaliyni 50,4 kg ni ssarflangan.
Bizni   nazarimizda   azot,   fosfor   va   kaliyni   1   tonna   paxta   xosili   uchun
tejamkorlik bilan sarflanishi ma’dan o’g’it meyorlari N150P100K75 kg va 10 t/ga
biogomus   qo’llanilgan   kuzatildi.   Bu   variantda   azot,   fosfor   va   kaliy   sarflanishi
yillar   bo’yicha   36,3;   28,8   25,0   va   39,1;   18,6;   44,5   xamda   29,0;   14,4;   41,6   kg   ni 32
tashkil   qildi.   Bu   ko’rsatkichlar   20   t/ga   go’ng     qo’llanilgan   variantga   nisbatan
tajriba birinchi yili misolida 3,4; 0,9; 2,8 kg kam, ikkinchi va uchinchi yillari esa
deyarli bir hil bo’ldi.
N200P150K100 kg /ga va shu meyorda 10 t/ga biogomus yoki 20t/ga go’ng
solingan   variantlarda   oziqa   moddalarni   1   tonna   paxta   xosili   uchun   sarflashdi   2-3
kg/ga   ko’proqdir.Oziqa   moddalarni   eng   ko’p   sarflanishi   madan   o’g’it   meyorlari
gektariga N200P150K100 kg va shunga yana 30 t/ga go’ng qo’shilganda kuzatilib,
tajriba ikkinchi yili azot - 41,3; fosfor-20,1 va kaliy -47,3 kg ni tashkil qildi.
Demak,   oziqa   moddalarni   maqbul   o’zlashtirilishi   va   sarflanishi   gektariga
N150P100K75   kg/ga   va   10   t/ga   biogumus   qo’llanilganda   kuzatilib,   g’o’zani
o’sishi, rivojlanishi avj olib, Paxtadan yuqori hosil olishda ko’saklar vazniga ijobiy
ta’sir etdi.
O’g’it   solinmagan   nazorat   variantida   izlanish   yillariga   mutanosib   ravishda
bir  ko’sak  paxta vazni  o’rtacha  3,2;3,9 va 3;3 ni  tashkil  qilgan holda uch yilda –
o’rtachasi   3,4   g   ga   teng   bo’ldi.   Gektariga   faqat   20   tonna   go’ng   qo’llanilganda
3,3;4,0   va   3,4   g.   bo’lib,   uch   yilda   o’rtacha   3,5   g.   gektariga   10   tonna   biogumus
(alohida)   qo’llanilganda   4,4;4,1   va   3,5   uch   yilda   o’rtacha   3,6   g   ni   tashkil   qildi.
Demak, biogumus qo’llanilganda go’ngga nisbatan paxta vazni 0,1 g ortiq bo’ldi.
Biogumusni   yoki   qoramol   go’ngini   ma’dan   o’g‘itlar   N150P100K75   kg/ga
bilan birgalikda qo’llanilganda bir ko’sak paxtasini vazni yanada ortishi kuzatildi.
Eng   yuqori   paxta   vazni   o’rtacha   uch   yilda,   gektariga   10   tonna   biogumus
N150P100K75   kg   bilan   birgalikda   qo’llanilganda   yaratilib,   bir   ko’sak   paxtasini
vazni nazoratga nisbatan 0,5 g, biogumus alohida qo’llanilganga nisbatan 0,42 g ga
ortiq bo’ldi hamda uch yilda o’rtacha paxta hosili gektariga 31,7 sentnerni tashkil
qilib,   faqat   biogumus   ta’siri   va   so’nggi   ta’sirlaridan   olingan   qo’shimcha   paxta
hosili   o’rtacha   2,7   sentnerni   tashkil   qildi.   Ma’dan   o’g’itlarni   yuqoridagi
me’yorlarida   gektariga   20   tonna   go’ngni   qo’llash   natijasida   olingan     paxta   hosili
uch  yilda   o’rtacha   30,2   sentnerni   tashkil   qilgan   holda  faqat   go’ngdan   1,7  sentner
o’rtacha   qo’shimcha   paxta   hosili   olindi.   Nazorat   (o’g’it   solinmagan)   variantda
izlanish   yillariga   mutanosib   ravishda   gektaridan   o’rtacha   uch   yilda   21,5   sentner 33
tashkil qildi. Demak, bu hosildorlik tuproqni   tabiiy unumdorligi hisobiga bo’lgan
yoki     avvalgi   yillari   solingan   o’g’itlarni   so’nggi   ta’siri   hisobiga   olindi   dessak
bo’ladi.   Gektariga   faqat   20   tonna   go’ng   solinganda   paxta   hosili   yillar   bo’yicha
23,7;   23,9   va   23,7   sentnerni   tashkil   qilib,   o’rtachasi   23,7   sentner,   nazorat
variantiga   nisbatan   qo’shimchasi   2,2   sentner   bo’ldi.   Faqat   10   tonna   biogumus
qo’llanilganda esa bu ko’rsatkichlar 24,7; 24,9 va 24,8 sentnerni, o’rtachasi 24,8 va
3,3 sentner qo’shimchani tashkil qildi. Ma’dan o’g’itlarni gektariga N150P100K75
va   N200P150K100   kg/ga   me’yorlarda   qo’llanilganda   paxta   hosili   uch   yilda
o’rtachasi   29,0   va   30,2   t/ga   ni   tashkil   etib,   nazoratga   nisbatan   7,5   va   8,7   s/ga
qo’shimcha paxta hosili olishga erishildi.
Shunday   qilib,   biogumus   (10   t/ga)   kuzgi   shudgor   oldidan   (uch   yilda   bir
marta)   ma’danli   o’g’itlar   N150P100K75   kg/ga   bilan   qo’llanilsa,   tuproqning
agrokimyoviy   xususiyatlari   hamda   o’simlikning   oziqa   moddalari   bilan
ta’minlanishi   yaxshilanib,   paxtadan   yuqori   va   sifatli   hosil   olish   bilan   birga
ma’danli o’g’itlar yillik me’yorining 20-25 foizini tejab qolosh mumkin.
 
3.2. Sug‘oriladigan tipik b o’ z tuproqlarda mineral va organik 
o’ g‘itlarning harakatchan og‘ir metallar miqdoriga ta’siri
[I.B.Bobobekov, 2007] ma’lumoti bo’yicha
Hozirgi   kunda   dunyo   miqyosida   tuproqlarni   og‘ir   metallardan   muhofaza
qilish   bo’yicha   ko’pgina   chora   tadbirlar   qo’llanilmoqda.   Masalan,   Germaniyada
ion   almashinuvchi   smolalar   ishlatilmoqda.   Bu   smolalar   og‘ir   metallar   bilan   xelat
birikmalar   hosil   qilib,   ular   harakatchanligini   kamaytirib   zararsizlantiradi.
Fransiya,Angliya,germaniya davlatlarida YAponiyada ishlab chiqarilgan merketo –
8-triazin   preparati   ishlatilmoqda.Bu   preparat   tuproqdagi   kadmiy,   simob,   rux   va
qo’rg‘oshin elementlarini suvda erimaydigan va o’simliklar o’zlashtira olmaydigan
shaklga   o’tkazib,   uni   tuproqqa   qattiq   singdiradi,   lekin   boshqa   oziq   moddalar   o’z
holida   qoladi.   Bu   preparat   tuproqqa   eritma   yoki   aerozot   sifatida   sepiladi.
SHuningdek,   tuproqlarni   organik   moddalar   bilan   boyitish,   mineral   o’g‘itlardan,
jumladan fosforli o’g‘itlardan foydalanish, ohaklash ham tuproqdagi og‘ir metallar 34
harakatchanligini   kamaytiradi   (Dobrovolskiy,   Gri щ inab   1985;   Alekseev,   1987;
Abdullaev, 1989). CHunki bir qator mualliflarning (Rinkis, 1996; Ilin, Stepanova,
1980)   ko’rsatishicha,   og‘ir   metallarni   toksinligi   ko’p   omillarga   bog‘liq.   Bunday
omillar   qatoriga   tuproqdagi   gumus   miqdorib   uning   muhit   reaksiyasi,   mexanik
tarkibi,   karbonatligi,   iqlim   va   bu   tuproqda   o’sayotgan   o’simliklarning   o’ziga
xosligi   kiradi.   Og‘ir   metallarning   salbiy   ta’siri   engil   va   gumusi   kam   bo’lgan
tuproqlarda ko’proq kuzatiladi. Og‘ir, gumusga boy va singdirish qobiliyati yuqori
bo’lgan tuproqlarda og‘ir metallar loy zarrachalari bilan ko’proq adsorbsiyalanadi.
SHuning uchun ham ular ushbu tuproqda nisbatan kam xavflidir.
Respublikamizda   xususan   Samarqand   viloyati   tuproqlarida   og‘ir
metallarning   miqdori   va   tarqalishini   o’rganish   bo’yicha   ko’pgina   tadqiqotlar
(Risqieva   va   boshq.2003;   2005;   Risqieva,   2005;   Tursunova   va   boshq.2000,2003;
rajabov,2001;   2002;   2005)   olib   borilgan.   Lekin   Samarqand   viloyati   sharoitida
tuproqda og‘ir metallarning tarqalishiga kimyo kombinatlarining ta’siri va ularning
zararlilik darajasini kamaytirish bo’yicha tajribalar o’tkazilmagan. SHu maqsadda
biz   tuproqdagi   harakatchan   og‘ir   metallar   miqdoriga   mineral   va   organik
o’g‘itlarning   ta’sirini   o’rganish   bo’yicha   Samarqand   kimyo   kombinati   atrofida
tarqalgan sug‘oriladigan tipik bo’z tuproqlarda bir qator tajribalar olib bordik.
Og‘ir   metallarning   zararlilik   darajasini   kamaytirish   bo’yicha   kimyo
kombinatidan   shimoliy   -   g‘arb   yo’nalishda   og‘ir   metallar   bilan   ifloslangan
tuproqda   (1,5   km   uzoqlikda)   dala   tajribasi   qo’yildi.   Tajriba   o’tkazilgan   maydon
tuprog‘i   sug‘oriladigan   tipik   bo’z,   mexanik   tarkibi   jihatidan   o’rta   qumoq
tuproqning   ustki   0-30   sm   lik   qatlamida   gumus   miqdori   –   1,1%,   fosfor   –   0,10%,
kaliy  –   1,8  %,  harakatchan   oziq   moddalar   miqdori   1  kg   tuproqda,   N   NO
3   –   14,0
mg,   N-NH
4     -   18,5   mg,   P
2 O
5 -20,1   mg,   K
2 O-280   mg   ni   tashkil   etdi.   Tajribada
g‘o’zaning   Oqdaryo   –   6   navi   ekildi.   Ekish   sxemasi   60x15x1.   Dala   tajribasi
quyidagi tuzilma bo’yiach o’tkazildi.
1.Nazorat (o’g‘itsiz). 
2. N
250  P
175  K
125   
3. Go’ng 30 t/ga N-0,48%, P
2 O
5 -0,25%,  K
2 O- 0,56 % 35
4. Go’ng mulcha 10 t/ga
5. Biogumus 7 t/ga N-1,8%, P
2 O
5 -1,325%,  K
2 O- 1,2 %
6.  N
250  P
175  K
125  + go’ng  30 t/ga
7. N
250  P
175  K
125  + go’ng  mulcha 10 t/ga
8. N
250  P
175  K
125  + Biogumus 7 t/ga
9. Go’ng 10 t/ga
10. N
250  P
175  K
125  + go’ng  10 t/ga
11. N
350  P
175  K
125  
Tajribada mineral o’g‘itlardan ammiakli selitra (N – 34,6%), ammofos (N -
11%,   P
2 O
5   -   46%)   va   (K
2 O   -   60   %)   qo’llanildi.   O’g‘itlarni   qo’llash   usullari   va
muddatlari   paxtachilik   ITI   tavsiyasi   asosida   amalga   oshirildi.   Dala   tajribasi   to’rt
qaytariqda, ikki yarusda o’tkazildi.
Og‘ir metallardan mis, rux, qo’rg‘oshin, kobalt va mishyak elementlarining
harakatchan shakllari o’rganildi. Tadqiqotda tuproq namunalari olish va bajarilgan
tahlil   usullari   umumqabul   qilingan   standart   usullarda   olib   borildi.   Kombinat
atrofidagi   tuproqlar   harakatchan   og‘ir   metallar   bilan   ifloslangan   bo’lib,   ularning
eng   ko’p   miqdorlari   quyidagicha   miss   1   kg   tuproqda   32   mg/kg,   rux-42   mg,
qo’rg’oshin-46   mg,   kobalt-40   mg,   mishyak-19   mg   bo’lib   mis,   rux   va   kobalt
kombinatdan   g’arbda   250   metr,   qo’rg’oshin   va   mishyak   shu   yo’nalishda   500
metrda kuzatildi. Og’ir metallarning eng ko’p miqdorlari kombinatning 1500-2000
metrgacha   radiusda   va   g’arb   yo’nalishlarida   uchraydi.   Yuqorida   keltirilgan
raqamlar ularning ruxsat etilgan me’yori va fon ko’rsatkichidan bir necha barobar
ko’pdir.
Samarqand   kimyo   kombinati   atrofidagi   sug‘oriladigan   tipik   bo’z   tuproqda
o’tkazilgan   tajribada   mineral   va   organik   o’g‘itlar   qo’llanilishi   harakatchan
shakldagi og‘ir metallar miqdoriga ta’sir ko’rsatdi.
Tajribada,   og‘ir   metallarning   tuproqdagi   miqdori   iyun   oyigacha   oyigacha
oshib   borishi   kuzatildi.   Bu   holat   bahorgi   ob-havo   natijasida   kombinatdan
chiqayotgan   chang   va   dudlar   hamda   chiqindilarning   shamol   ta’sirida   shu   atrofga
tushib   to’planishi   hamda   haroratning   ko’tarila   borishi   va   tuproqda   mikrobiologik 36
jarayonlar   faolligining   ortishi,   o’simlik  ildiz   sistemasi   ta’sirining   kuchaya   borishi
natijasida   harakatchan   shakldagi   og‘ir   metallar   miqdorini   ortishi   bilan   bog‘liq.
Og‘ir   metallar   miqdorining   iyun   oyidan   boshlab   kamayib   borishi   esa   ularni
o’simliklar tomonidan ko’proq o’zlashtirilishi yoki qo’llanilgan mineral va organik
o’g‘itlar ta’sirida suvda erimaydigan shaklga o’tishi bilan izohlanishi mumkin.
Olingan   ma’lumotlarning   ko’rsatishichab   og‘ir   metallar   bilan   ifloslangan
tuproqlarda   mineral   o’g‘itlarni   qo’llash   ularning   harakatchan   shakldagi   miqdorini
kamaytiradi.   Masalan   nazorat   variantida   vegetatsiya   boshida   (29   aprel)   tuproqda
og‘ir   metallar   miqdori   quyidagi   miqdorda   kuzatildi:   Cu-   1,5   mg/kg;   Zn-14,5
mg/kg;   Pb-10,0   mg/kg;     Co-   11,5   mg/kg;As-6,5   mg/kg.   O’suv   davri   oxirida   (20
sentyabrda) esa shunga mos ravishda 1,0; 10,5; 8,7; 8,8; 4,5 mg/kg ni tashkil etdi.
N
250   P
175   K
125   qo’llanilgan variantda esa  sentyabrda tegishlicha 0,85;  9,7;  8,4;  8,6;
4,2   mg/kg   miqdorda   bo’ldi.   Bunda   mineral   o’g‘itlarning   kamayishi   nazorat
variantga   nisbatan   Cu-   36   %,   Zn-33   %,     Pb-16   %,       Co-   25%,   As-   36   %   gacha
kamaygan.   Bu   holni   tuproqdagi   og‘ir   metallar   kationlarining   mineral   o’g‘itlar
anionlari,   ayniqsa   fosfatlar   bilan   bog‘lanib   suvda   erimaydigan   kompleks
birikmalar hosil qilishi bilan tushuntirish mumkin.
Har   yili   organik   o’g‘itlar   qo’llanilgan   tuproqlarda   harakatchan   shakldagi
og‘ir   metallar   miqdorining   kamayishi   ularni     adsorbsiyalanishi   va   singdirilgan
holatda   ushlanib   turilishi   bilan   bog‘liq.   Bundan   tashqari   organik     o’g‘itlarni
qo’llash   tuproqlardagi   gumus   miqdorini   oshiradi.   Organik   o’g‘itlar   mustaqil
ravishda     ham   og‘ir   metallarni   singdirilgan   holatda   ushlab   turadi   va   ularning
harakatchanligini   kamaytirishi   mumkin.   Organik   o’g‘itlarni   gektariga   30   t/ga
dozada   solish   va   xuddi   shu   dozada   go’ngni   NPK     bilan   birga   qo’llash   og‘ir
metallar miqdorini keskin kamaytiradi. Masalan, 20 sentyabrda nazoratda Cu- 1,0;
Zn-10,5;  Pb-8,7;   Co- 8,8; As- 3,7 mg/kg bo’lgan bo’lsa, 30 t/ga go’ng qo’llagan
variantda Cu- 0,6; Zn-8,0;   Pb-7,4;     Co- 6,0; As- 3,7 mg/kg   ni tashkil etdi.   N
250
P
175  K
125  + go’ng  30 t/ga go’ng qo’llanilgan variantda og‘ir metallarning eng ko’p
kamayishi   kuzatildi.   Bu   variantda   ularning   miqdori   mos   ravishda   0,52;   7,5;   7,0; 37
5,7; 3,6 mg/kg ni tashkil etdi. YA’ni ushbu variantda nazoratga nisbatan Cu- 65 %,
Zn-48 %,  Pb-30 %,   Co- 51%, As- 45 %gacha kamaygan.
Organik   o’g‘itlar   orasida   og‘ir   metallarning   zararlilik   ta’sirini   kamaytirish
bo’yicha   keyingi   o’rinni   biogumus   egalladi.   Biogumusni   alohida   va   NPK   bilan
birgalikdaqo’llash   harakatchan   shakldagi   og‘ir   metallar   miqdorini   kamaytiradi.
Biogumus   qo’llanilgan   variantda   hosildorlik   oshdi.   Bu   ham   tuproqdagi   og‘ir
metallarning   hosil   bilan   olib   chiqib   ketishini   ko’paytiradi.   Bundan   tashqari
biogumus   mineral   o’g‘itlar   ham   ta’sir   etadi   va   biogumusning   rolini   oshiradi.
SHuningdek,   go’ngni   mulcha   sifatida   qo’llash   ham   harakatchan   shakldagi   og‘ir
metallar   miqdorini   olib   keldi.   Bizning   fikrimizcha,   bu   atmosferadan   tushuyotgan
og‘ir   metallarni   mulcha   go’ng   tomondan   migratsiyalanish   qatlamiga   o’tkazmay
ushlanib qolinishi, hamda ularni mulcha tomondan adsorbsiyalanishi bilan bog‘liq.
Bundan   tashqari,   mulcha   yuqoriga   harakatlanuvchi   oqim   bilan
ko’tarilayotgan   og‘ir   metallarni   o’zida   ushlab,   qayta   pastki   qatlamlarga   ketishiga
yo’l   qo’ymaydi   va   tuproqdagi   og‘ir   metallarning   kamayishiga   olib   keladi.   Buni
mulcha sifatida ishlatilgan go’ngning  tajribagacha va tajribadan keyingi kimyoviy
tarkibi   ham   ko’rsatib   turibdi.   Masalan,   tajribagacha   go’ngdagi   og‘ir   metallar
miqdori:   rux   -   44,7;   kobalt   –   1,3;   qo’rg‘oshin   –   11,3;   kadmiy   -   0,33;   mis   -   28,2
mg/kg   ni   tashkil   etgan   bo’lsa,   tajriba   oxiriga   borib   yuqoridagiga   mos   ravishda
47,8;   1,5;   14,2;   12,6;   0,38;   31,3   mg/kg   bo’ldi.   Go’ngni   mulcha   shaklda   NPK
fonida qo’llash ham tuproqdagi og‘ir metallar miqdorini kamaytirdi. 10 t/ga go’ng
qo’llangan variant og‘ir metallar miqdorini kamaytirishda eng kam samara beradi.
SHuningdek,   N
350   P
175   K
125   variantda   ham   harakatchan   shakldagi   og‘ir   metallar
miqdorini pasayishi kuzatildi.
Demak, og‘ir metallar zararini kamaytirishdagi  eng yuqori  samara N
250   P
175
K
125   +   30   t/ga   go’ng,   keyin   esa   30   t/ga   go’ng   qo’llanilgan   variantda   olindi.
Biogumus   va   organik   o’g‘itlarni   mulcha   ko’rinishda   qo’llash   hamda   mineral
o’g‘itlarni alohida qo’llash ularga nisbatan kamroq samara berdi.  38
Orgonomineral o’g‘itlarni ng oddiy qarag‘ay urug‘ ko’chatlarining o’sishiga
ta’siri
[J.M.Jo’raev,S.K.Kojaahmedov, A.Panjiev]
            Mamlakatimizda o’rmon xo’jaligini jadallashtirishning samarali usullaridan
biri,   bu   tuproqda   o’g‘itlarni   turli   xil   turlaridan   foydalanishdan   iboratdir.   So’nggi
yillarda o’rmon xo’jaligida o’g‘itlarini qo’llash asosan, yaproq bargli ko’chatlarini
etishtirishda,   ihota   o’rmonlarini   barpo   etishda   qo’llanilgan   (T.A.Jiltikova,   1965,
S.K.Kojaaxmetov, 1995), shu bilan bir qatorda xalq xo’jaligi talablarini qondirish
yog‘ochsozlik   va   ko’kalamzorlashtirish   yillik   me’yorlarini   inobatga   olish   kerak
bo’ladi.   Buning   uchun   ko’p   mihdorda   yuhori   sifatli   ko’chatlar,   ninabargli   daraxt
turlaridan   o’stirish   kerak.   SHu   jumladan,   oddiy   qarag‘ay   urug‘ko’chatlarini
tog‘oldi sharoitidagi ko’chatxonalarda ko’paytirish masalasidir.
            Oxirgi yillar izlanishdari shuni ko’rsatdiki, oldingi mavjud fikrlarga qarshi
o’laroq   ko’chatlar   va   urug‘dan   o’stiriladigan   o’rmon   daraxtlari   ko’p   miqdorda
ozuqa   moddalarga   muhtoj   ekan.   Vaholanki,   har   yili   ko’chat   kovlashda   ko’chat
bilan birga deyarli  to’liq ozuqa birga chiqib ketar  ekan. Bu bir tomondan o’rmon
o’simliklarining ko’p ozuqaga muhtoj ekanligidan dalolat beradi.
                  Bizlarning   izlanishimizdagi   maqsad   shundan   iboratki,   salmoqli   standart
biologik   tomondan   chidamli   oddiy   qarag‘ay   ko’chatlarini   olishda   ekilgan
ko’chatzorlar maydonida kam sarf harajat qilgan holda ko’chat etkazish maqsadida
organik va mineral  o’g‘itlarini berishning samarali  muddatini  va miqdorini  ishlab
chiqishdir.
                    Tajriba   Brichmulla   o’rmon   xo’jaligining   Sijak   bo’limida   olib   borildi.
Tuprog‘i-   jigarrang   karbonatli   tuproq,   0-30   sm   qatlamda   1,73-2,80   %   gacha
chirindi,   0,180-0,196   %   gacha   azot   va  0,163-0,168  %   fosforga  ega.   Bu   tuproqlar
oson   o’zlashtiriladigan   ozuqa   moddalar   elementlariga   kambag‘aldir.   Nitratning
miqdori 7,1-10,0 mg, o’zlashtiriladigan fosfor 15,2-26,0 mg 1 kg tuproqqa tashkil
etadi.
                     Organik va mineral o’g‘itlarni sepish  me’yorlari va muddatlari bo’yicha
quyidagi variantlarda tajriba qo’yildi. 39
           1.Nazorat (o’g‘itsiz); 2.Go’ng – 20 t/ga – ekishdan oldin; 3. N
60  P
30  + 20 t/ga
go’ng ekishdan olidin; 5. N
90   P
60   K
30   – N
60   P
30   K
30     ekishdan oldin, qolgani N
30   P
30
bo’yiga   o’sish   davrining   boshlanishida   oziqlantirish;   6.   N
120   P
90   K
30   –   N
60   P
30   K
30
ekishdan oldin, qolgani – bo’yiga o’sish boshlang‘ich va maksimal o’sish davrida
N
30  P
30    me’yorda oziqlantirish.
                      Urug‘   ekishdan   oldin   er   chuqur   haydalib,   tekislanadi.   Urug‘lar   har   bir
pagonli   metrga   3,5   g   miqdorda   ekildi   va   1,5-2   sm   chuqurlikka   ko’mildi.   Ustiga
chirigan go’ng 1-1,5 sm qalinlikda sepildi. Urug‘larning unib chiqishlari doimiy 1
pagonli metr uzunlikda hisobga olinib turildi.
                        Oddiy   qarag‘ayni   urug‘lari   3   iyunda   sepilgan   edi,   yakkam-dukkam
niholchalari 10 iyunda, yalpi ravishda esa 15 iyunda paydo bo’lishgan.
             1-jadvaldan ko’rinib turibdiki 1 yoshli oddiy qarag‘ay urug‘ ko’chatlarini
o’sishiga organik va mineral o’g‘itlar ijobiy ta’sir qilgan.
            N
60  P
30  variantda urug‘ ko’chatlarining bo’yi  nazoratnikidan 16,4 % yuqori
bo’lgan,   quruq   moddasining   yig‘indisi   44,6%   ga   ortgan   N
90   P
60   K
30   variantda   esa
bo’yi   nazoratnikidan   24,1   %   ga   ortgan,   quruq   modda   esa   2,1     marotaba   yuqori
bo’lgan. N
120  P
90  K
30   variantda – bo’yi 29,8 %, quruq massasi 2 barobar ko’paygan.
N
60   P
30   +   20   t/ga   go’ng   berilgan   variantda   bo’yi   32,1   %,   quruq   massasi   85,5   %
nazoratga nisbatan oshgan, go’ngning o’zi berilganda mos ravishda 22,6 va 49,1 %
bo’lgan. 2 yoshli urug‘ko’chatlari o’g‘itli variantlarga yaxshiroq o’sgan (2-jadval). 
7-jadval
Orgonomineral o’g‘itlarning oddiy qarag‘ayning 1-yoshli
urug‘ko’chatlarining o’sishiga ta’siri
Variantlar Balandligi Ildiz
bo’g‘inining
diametri, sm Ildizning uzunligi Quruq massasi Tajribaning
aniqlik
darajasi, %sm % sm % gr %
Nazorat
(o’g‘itsiz) 5,07
± 0,13 100 0,10 16,3
± 0,64 100 3,45 100 2,6
Go’ng-20 6,22
± 0,23 122, 0,10 17,8
± 1,0 109,1 5,15 149,2 3,8 40
t/ga 6
N
6 0  P
30 5,90
± 0,17 116,
4 0,11 16,3
± 0,64 100 4,99 144,6 2,9
N
60  P
30  +
go’ng 20
t/ga 6,70
± 0,16 132,
1 0,12 16,0
± 0,67 100 6,40 185,5 2,4
N
9 0  P
60  K
30 6,30
± 0,13 124,
1 0,13 16,0
± 0,69 100 7,55 218,8 3,6
N
120  P
90  K
30    7,00
± 0,30 17,5
± 0,70 8,20 3,0
8-jadval
2-yoshli qarag‘ay urug‘ko’chatlarining o’sish ko’rsatkichlari
Variantlar
Balandligi Diametri Ildiz uzunligi
sm % t sm % t sm % t
Nazorat
(o’g‘itsiz) 10 ,5
± 0,20 100 3,0 1,3 ±0,10 100 3,1 23,5
± 0,50 100 3,0
Go’ng-20
t/ga 11,3
± 0,25 107,6 3,1 1,7
± 0,15 130,7 3,6 24,2
± 0,55 105,3 3,1
N
6 0  P
30 12,0
± 0,33 114,3 3,4 1,6
± 0,15 123,0 3,4 25,5
± 0,54 108,8 3,7
N
60  P
30  +
go’ng 20
t/ga 13,4
± 0,35 127,6 3,7 1,8
± 0,20 138,4 3,5 27,8
± 0,50 118,3 4,0
N
9 0  P
60  K
30 14,0
± 0,40 133,3 4,0 1,8
± 0,20 138,4 4,2 26,5
± 0,45 112,7 4,2 41
N
120  P
90  K
30    14,5
± 0,45 138,0 4,1 1,8
± 0,30 138,4 4,3 27,3
± 0,48 115,3 4,7
          Jadvaldan ko’rinib turibdiki,  N
90   P
60   K
30  va  N
120   P
90   K
30  variantlarda nazoratga
nisbatan   bo’yi   33,3-38,0%   ortgan,   ildiz   bo’g‘izi   diametri   38,4   %   ortgan.   Quruq
modda   o’g‘itlar   to’liq   solingan   variantlardan   ko’proq   yig‘ilgan   (3-jadval).
Masalan,   N
90   P
60   K
30   va   N
120   P
90   K
30   variantlarda   2   yoshli   oddiy   qarag‘ay
ko’chatining quruq massasi 40,0 gr dan 70,2-75,4 gr gacha ortgan. Alohida go’ng
va   go’ng   mineral   o’g‘itlar   bilan   qo’shib   berilgan   variantlarda   ham   quruq
massaning to’planishiga ijobiy ta’sir ko’rsatgan.
                 Ikki yoshli oddiy qarag‘ay urug‘ko’chatlarining maydon birligidan chiqishi
ham to’liq o’g‘it berilgan variantda yaxshiroq bo’lgan (3-jadval).     
9-jadval
Orgonomineral o’g‘itlarning2 yoshli oddiy qarag‘ay urug‘ko’chatlarining
massasiga va chiqishiga  ta’siri
Variantlar
Jami, gr                SHu jumladan Urug‘ko’chatlarning chiqishi
Tanasig
r Igna
bargli, gr Ildiz
tizimi,
gr Umumiy
, ming
dona/ga Standartli
ming
dona/ga Nazoratga
nisbatan,
%
Nazorat
(o’g‘itsiz) 40,0 13,0 20,1 7,0 1220 270 100
Go’ng-20 48,0 17,2 24,2 9,6 1300 310 114,8 42
t/ga
N
6 0  P
30 50,5 17,4 26,5 6,9 1372 352 130,8
N
60  P
30  +
go’ng 20
t/ga 67,1 18,3 29,2 22,0 1670 470 174,0
N
9 0  P
60  K
30 70,2 18,8 29,2 22,0 1670 470 174,0
N
120  P
90  K
30    75,4 19,1 31,0 25,0 1770 520 142,0
Masalan,   N
90   P
60   K
30   va   N
120   P
90   K
30   variantda urug‘ko’chatlarning 1 ga dan
chiqishi   1670-1770   ming   dona   bo’lsa,   nazoratda   esa   1220   ming   donani   tashkil
etdi.SHundan   470-520   ming   donasi   andozali   ko’chat   bo’lib,   nazoratda   esa   bo
yo’g‘i   270   ming   dona   andozali   ko’chat   chiqqan.   Go’ng   mineral   o’g‘it   qo’shib
berilgan variantda ham andozali ko’chatlarning chiqishi ancha yuqori bo’lgan.
Xulosa
Olingan   ma’lumotlar   oddiy   qarag‘ay   urug‘ko’chatlarini   etishtirishda   ularni
ozuqa   elementlari   bilan   oziqlantirish   qonuniyatlarini   aniqlashga   imkon   berd   iva
o’g‘itlar tizimini qo’llash bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqilishiga asos bo’ldi.
Asosiy o’g‘it erni haydash vaqtida 20-25 sm chuqurlikka 90 kg/ga fosfor va
30 kg/ga kaliy miqdorida solinadi.
Bir   yoshli   ekinlarda   niholchalar   paydo   bo’lgandan   so’ng   N   va   P   bilan   har
biri 30 kg/ga dan oziqlantiriladi. Ikkinchi oziqlantirish esa o’simliklarning intensiv
o’sish davrida iyulning azot bilan 30 kg/ga miqdorda oziqlantiriladi.
Ikki yoshli ekinlarda shunga o’xshash N va P igna barglarining yozilishining
boshida va o’simlikning intensiv o’sish davrida o’tqaziladi. 43
3.3.Tuproqlar kimyoviy ifloslanishining ekologik qolatiga ta’siri
[O’.M.Matkarimov, 2007] ma’lumoti bo’yicha
Tuproqlar   unumdorligining   pasayib   ketishiga   sababchi   bo’ladigan
omillardan biri – uning kimyoviy vositalar bilan ifloslanishidir. Ifloslanishning bu
turi sanoat ishlab chiqarish korxonalari, kon qazib olish, transport, atom reaktorlari
ishlashi, qishloq xo’jalik ishlab chiqarishida kimyoviy vositalardan foydalanish va
boshqalar orqali sodir bo’lishligi mumkin.
Prof.Z.M.   Akramov   (1989)   ning   ma’lumotlariga   ko’ra   O’zbekistonda
faoliyat   ko’rsatayotgan   sanoat   korxonalari   yiliga   2   mln.   tonnadan   ortiq   zaharli
moddalar chiqarar ekan. Ular shamollar ta’sirida harakat qilib ma’lum masofalarda
tuproqqa   cho’kib   ifloslantiradilar.   Samarqand   kimyo   kombinati   atroflari   10   km
radiusi   shamollar   yo’nalishi   bo’yicha   tuproq   namunalari   olinib   tahlil   qilinganda
tuproq   tarkibida   nazoratga   nisbatan   ftor,   marganets   elementlari   5-10   karra
saqlanishligi aniqlandi. 44
Atmosfera   havosi   –   suv,   tuproqni   ifloslantiradigan   manbalardan   sanoat
korxonalari   bilan   birga   transport   va   boshqalari   ham   ko’rsatish   mumkin.   Havoni
eng   ko’p   ifloslantiradigan   moddalardan   biri   bo’lib   oltingugurt   3-   oksidi
hisoblanadi.   Oltingugurt   azot   kislotalarini   hosil   qiladi.   Kislotali   yomg‘irlar
daraxtlarni   kasallantirib   ularning   qurishiga,   tuproqqa   tushib,   tuproq
mikroorganizmlariga   salbiy   ta’sir   qiladi,   tuproqda   gumus   hosil   bo’lish   jarayonini
susaytirib strukturasining buzilib ketishiga olib keladi, o’simliklarni azot elementi
bilan etarli darajada ta’minlab turishga, ekinlar hosildorligining  kamayib ketishiga
sababchi bo’ladi.
Kislotali yomg‘irlar daryo va ko’l suvlarining ham kislotali muhitini oshirib,
ulardagi   baliq   va   boshqa   suvda   yashovchi   hayvonlar,   o’simliklarning   o’limiga
sabachi   bo’ladi.   Kislotali     yomg‘irlar   temir   –   beton   va   marmartoshdan   ishlangan
inshoatlarni,   tarixiy   yodgorliklarning   emirilishini   tezlatadi.   Sanoat   korxonalari
havoni   ifloslantirishdan   tashqari,   suyuq   va   qattiq     chiqindilarni   ham   chiqaradi.
CHiqindi suvlarining ichida ancha miqdorda zararli moddalar ham bo’ladi.
Uning tarkibidagi zararli moddalardan biri simob asbobsozlik, metallurgiya,
farmatsevtika   kabi   sanoat   tarmoqlarida   ishlatiladi.   Uning   suvga   tushgan   qismi
mayda   suv   o’tlari   va   jonivordan   boshlab,   ular   bilan   oziqlangan   yirik   baliqlarga
o’tgan sari ularning miqdori oshib boradi. Tarkibida simob ko’p bo’lgan baliqlarni
is’temol   qilinishi   insonning   asab   tomirlarini   harakat   a’zolarini   kasallantiradi,
ko’rish   qobiyatini   pasaytiradi.   Hozirgi   paytda   aniq   tahlil   ob’ektlari   tanlanib,
namuna   olish,   saqlash,   yuqori   sezuvchanlikka   ega   bo’lgan   usullar   tanlash   hamda
tahlil jarayonlarini o’tkazish ustida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Sobiq   Ittifoqning   xalq   xo’jaligi   yoppasiga   kimyolashtirish   davrlari   qishloq
xo’jaligi   ishlab   chiqarishga   ham   keng   yoyilib   ketdi.   Mineral   o’g’itlar   ishlab
chiqarish   bo’yicha   Sobiq   Ittifoq   dunyoda   1   -   o’ringa   (1979   yilda   ta’sir   qiluvchi
modda hisobiga 19,4 mln. tonna AQSH da 17,5 mln.tonna) chiqdi. 
Qishloq   xo’jaligini   kimyolashtirish   boshlangan   birinchi   yillar   (1960
yillardan   keyin)   ekinlar   hosildorligiga,   ularning   himoyasiga   sezilarli   darajada   o’z
samarasini   berdi.   Biroq   uzoq   yillar   davomida   g‘o’za   dalalarida   belgilangan 45
qoidalarga rioya qilmagan holda har gektariga ta’sir qiluvchi modda hisobiga 300-
350   kg   azotli,   200-250   kg   fosforli,   100-150   kg   kaliyli   mineral   o’g‘itlar,   ekinni
himoya   qilish   va   boshqa   maqsadlarda   gektariga   70-100   kg   dan   50   dan   oshiq
turdagi pestitsidlar ishlatildi.
O’tgan   asr   o’rtalarida   g‘o’za   ekiniga   solinadigan   azotli   o’g‘itlarning   60-70
foizi   o’simlik   tomonidan   o’zlashtirilib   olinar   edi.   Keyingi   yillarda   bu   koeffitsent
azot uchun 35-40, fosfor uchun esa, 12-20 foizga tushib qolgan.
Akademik M.V. Muxammadjonov (1987) ma’lumotlariga ko’ra dalalarga ki
ritilgan   azotli   o’g‘itlarning   8-15   foizi,   fosfororganik   pestitsidlarning   2,5   foizi,
defoliantlarning   4,8   foizi   er   yuza   suvlari,   sizot   va   quduq   suvlariga   yuvilib   ketar
edi. 
Tuproq tarkibida saqlanib qolgan pestitsidlar hatto mineral o’g‘itlarning ham
qoldiq   shakllari   tuproqda   gumus     hosil   bo’lishida   ishtirok   etuvchi
mikroorganizmlar   faoliyatini   susaytirib,   hatto   halokatga   ham   olib   keladi.
(A.I.CHunderova, 1974, A.SH.Galstyan 1978, I.K.Xambirov 1979, L.M. Borisova
1981,   N.S.Avdonin   1982).   Kimyoviy   vositalardan   jadal   sur’atlarda   foydalanilgan
g‘o’za   dalalari   va   taqqoslash   uchun   ular   ishlatilmagan   dalalarda   o’tkazgan
tadqiqotlarimiz tuproqlardan namunalar olinib tahlil qilishga bag‘ishlangan edi.
Tekshirishlar   ko’rsatadiki,   tuproqda   qoldiq   holdagi   nitrat   azot   nazoratga
nisbatan 4-5 karra, pestitsidlardan DDT, DDE, GXSG larning miqdori 10-15 karra
ko’p   saqlanishi   aniqlandi.   Tuproqlardan   olingan   shu   namunalarda   biologik
xossalari  o’rganildi. Olingan ma’lumotlar  ko’rsatishicha  tuproqning «nafas  olish»
jadalligi   nazoratga   nisbatan   13,3   foiz,   degidrogenaz   fermenti   faolligi   4,7   karra,
ureaza 2,0, fosfataza esa 2,3 karra pasayganligi, natijada gumus miqdori nazoratga
nisbatan 14,1 foiz kam saqlanishi ma’lum bo’ldi.
G‘o’za   ekilgan   dalalarda   hosildorlikni   oshirish   uchun   yuqori   me’yorlarda
ishlatilgan mineral o’g‘itlar, o’z ta’sir dirasidan chiqib atrof-muhitni ifloslashi ikki
yo’l bilan sodir bo’lishi mmumkin. 46
     G‘o’za ekilgan dalalarda hosildorlikni oshirish uchun yuqori me’yorlarda
ishlatilgan mineral o’g‘itlar, o’z ta’sir dirasidan chiqib atrof-muhitni ifloslashi ikki
yo’l bilan sodir bo’lishi mmumkin.
Birinchidan,   suv   va   shamol   eroziyasi,   xususan   mamlakatimiz   sug‘orma
dehqonchilik   sharoitida   kuzatiladigan   irrigatsion   eroziya   ta’sirida,   ikkinchidan
sug‘orish   suvi   bilan   tuproqning   ustki,   o’simliklar   ildiz   tizimlari   joylashgan
qatlamdan  pastga   sizilib  (filtratsiya)   ketishi  natijasida   atrof  muhit   azot  va  boshqa
elementlar bilan ifloslanadi.
  Ifloslanishlar   ichida   ayniqsa   nitratlar   bilan   ifloslanish   juda   xavfli   bo’lib,
quduqlar,   sizot   va   er   yuza   suv   havzalari,   o’simlik   mahsulotlari,   chorva   em-
xashaklarini   ifloslaydi.   Ayniqsa   o’simlik   mahsulotini   shu   daraja   ifloslaydiki,
bunday omillar hayvon va odamlar uchun o’ta zararlidir.
Inson   va   hayvonlar   zararlangan   o’simlik   mahsulotini   iste’mol   qilganlarida
nitratlar nitritlarga aylanib, metgemoglobanemiya (organizmda kislorod tanqisligi)
kasalligini keltirib chiqaaradi.
Nitrat azotining oziqalar tarkibidagi ruxsat etilgan chegarasi (PDK) o’simlik
mahsuloti quruq massa hisobiga 0,25 foizdan oshmasligi shart.
Mutaxassislar   ma’lumotlariga   ko’ra,   o’simliklardan   ismaloq   (shpinat)
tarkibida   eng   ko’p   miqdorda   nitratlar   saqlanar   ekan.   Nitratlardan   tashqari
o’simliklar   tarkibida   kul   elementlaridan   3  foizdan   ko’p   kaliy  saqlangan   mahsulot
is’temol qilinsa ham hayvon va odamlar organizmga jiddiy zarar etkazadi.
Keyingi   yillarda   o’simliklar   oziqa   moddalari   saqlanishida,   mineral
o’g‘itlardan   foydalanishda   ularning   atrof-muhitga   ehtimoliy   zarari   oqibatlari,
biosfera ifloslanishining oldini olish maqsadida ko’pgina ilmiy-tadqiqot ishlari olib
borilmoqda.   Tadqiqotlar   ko’satishicha   azotli   mineral   o’g‘itlar   yuqori   me’yorlarda
(300-350   kg/ga)   ishlatilganda   80   foiz,   optimal   me’yorda   (180-200   kg/ga)   esa,   50
foiz   azot   befoyda   yo’qotilar   ekan.   Shu   maqsadda   dunyoning   ko’pgina
mamlakatlarida   azot   saqlovchi   o’g‘itlarga   turli   qo’shimchalar,   jumladan,
nitrifikatsiya  va ureaza  faolligi  ingibitorlari, mochevinani  kapsulalashtirish,   o’g‘it 47
yuzasini sintetik plyonka bilan qoplash kabi o’simlik vegetatsiyasi jarayonida azot
yo’qotilishini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar qo’llanilmoqdda.
Ayni   shu   davrlarda   qishloq   xo’jaligi   ishlab   chiqarishida   ekinlarni   himoya
qilish   va   boshqa   maqsadlarda   foydalanilgan   pestitsidlarning   inson,   hayvonlar
salomatligiga keltirgan zarari oqibatlarini sanab chiqish qiyin.
Keyingi   yillarda   O’zbekistonda   ko’ngina   zararli   pestitsidlarni   ishlatish
taqiqlandi.   Foydalaniladigan   pestitsidlarning   ham   assortimenti   to’xtovsiz
takomillashib   bormoqda.   Issiqqonli   hayvonlar   va   inson   uchun   minimal   toksik
zararli yoki umuman zarasiz, yuqori darajada o’ziga xos ta’sirchan, atrof-muhitga
tez   parchalanib   ketadigan   mustahkam   bo’lmagan   birikmalar   ishlanib
chiqilmoqdda.
Har   qaysi   pestitsid   ishlatish   muhiti   havo   va   suvda   ishlatish   qoidalari,
muddatlari, ruxsat etilgan konsentratsiya chegarasi (PDK), oziqa mahsulotlari, em-
xashaklar   tarkibida   darajasi   belgilangan.   Pestitsidlar   bilan   ishlashda   xavfsizlik
texnikasi qoidalariga qat’iy rioya qilish belgilangan.
  Tuproqning   kimyoviy   vositalar   bilan   ifloslanishi   va   uning   tuproq
xossalariga   salbiy   ta’sir   etkazishining   oldini   olish   va   unga   qarshi   kurash
maqsadlarida quyidagi tadbirlarni tavsiya etish mmumkin:
 Sanoat korxonalarida kam chiqindili yoki chiqindisiz texnologiyani joriy eti
shva mahsus filtrlardan foydalanish; 
Yoqilg‘ilarning chiqindisiz ishlaydigan turlaridan foydalanib, tashqi muhitga
kul yoki qurumlarning chiqib ketishiga yo’l qo’ymaslik;
Qishloq   xo’jaligida   mineral   o’g‘itlardan   foydalanishni   ilmiy   asosda   tashkil
qilish,   oziqa   elementlarning   tuproq   tarkibida   mavjud   harakatchan   shakllari
miqdorini   o’rganish   asosida   har   tuproq   tipiga   O’zPI   tomonidan   tavsiya   etilgan
me’yorlarda berish;
Ekinlar   hosilini   kasallik   va   zararkunandalardan   himoya   qilish   va   boshqa
maqsadlarda   pestitsidlar   ishlatishda   atrof-muhitga   zararsiz   va   kam   zarar
etkazadigan   shakllaridan   foydalanish   bu   borada   biologik   usullarni   keng   joriy
qilish; 48
Tabiiy   muhitning   kimyoviy   vositalar   bilan   ifloslanishining   oldini   olish
uchun   sanoat   chiqindilari   tarkibi,   qishloq   xo’jaligida   ishlatiladigan   kimyoviy
vositalar   miqdori   va   tarkibini   qattiq   nazorat   ostiga   olib   atrof   muhit   ifloslanishi,
sabzavot, poliz ekinlari tarkibiga singdirilishiga yo’l qo’ymaslik;
Ko’rsatilgan   tavsiyalarga   qat’iy  rioya  qilinsa,   inson,   hayvonot   olami   uchun
atrof   muhit   ekologiyasining   musaffo   bo’lishiga   imkoniyat   yaratiladi   degan
fikrdamiz.
Mineral o’g‘itlar va atrof muhit muhofazasi
[S.G‘aniev, A.G.Kojevnikova, D.Qosimova, J.Rasulova, 2007]
ma’lumoti bo’yicha
Ma’lumki,   qishloq   xo’jaligi   ishlab   chiqarishini   jadallashtirishini   uni
kimyolashtirmasdan amalga oshirish mumkin emas.
Qishloq   xo’jaligini   kimyolashtirish   bu   agrokimyo   fani     va   kimyo   sanoati
erishgan   ulkan   muvaffaqiyatlar   asosida   ish   ko’rish   ya’ni   ekinlar   hosildorligi   va
mahsulot   sifatini   yaxshilashga   imkon   beradigan   kimyoviy   vositalar   hamda
usullardan keng ko’lamda foydalanish demakdir.
Kimyoviy   vositalardan   keng   ko’lamda   va   reja   asosida   foydalanishni   o’z
ichiga   olgan   tadbirlar   kompleksida   mineral   o’g‘itlarni   me’yori,   ularni   qo’llash
muddatlari   va   nisbatiga   e’tibor   berish   muhim   ahamiyatga   egadir.   Haqiqatdan 49
tuproq unumdorligi va ekinlar  hosildorligini  jibhbilf  mineral o’g‘itlarning foydasi
beqiyosdir,   lekin   ulardan   noto’g‘ri   foydalanish   oqibatida   foydadan   ko’ra   ko’proq
ziyon   ko’rish   mumkin.   Shunga   qaramasdan   ayrim   hollarda   ko’proq   hosil   olish
maqsadida   va   mineral   o’g‘itlar   ishlatishda   nazoratning   yo’q   darajada   ekanligidan
foydalanib   ekin   maydonlariga   ba’zan   yashirincha,   ba’zan   esa   ochiqchasiga
belgilangan   me’yordan   bir   necha   barobar   ko’p   mineral   o’g‘itlar   solinmoqda.
To’g‘ri   mineral   o’g‘itlar   me’yori   ortib  borgan   sari   ularning  samaradorligi   dastlab
ortadi va ma’lum miqdoriga etganda maksimal hosildorlikka erishiladi, lekin doza
me’yori   haddan  ziyod  ortib  ketgach  hosildorlik  asta-sekin   kamayadi.  Bu   ortiqcha
qo’llanilgan mineral o’g‘itlarning ekinlarga salbiy ta’siridir.
  Erga   solingan   mineral   o’g‘itlarning   bir   qismi   o’simlik   tomonidan
o’zlashtirilsa,   ikkinchi   qismi   yuvilib   ketadi,   uchinchi   qismi   esa   tuproqda
fiksatsiyalanadi.   Masalan   g‘o’zaga   qo’llanilgan   o’g‘itlar   tarkibidagi   oziqa
moddalarning   faqat   20-40   %   i   o’zlashtiriladi,   qolgani   esa   tuproqda   qoladi,   ayrim
shakllari esa yuvilib ketadi.
Kuzatishlar   natijasi   shuni   ko’rsatdiki   eng   ko’p   oziq   moddalar   ammiakli
selitradan   ya’ni   20   mg/l   nitrat   (NO
3 )     0,2   mg/l   ammoniy   (NH
4 )   yuvilishi
isbotlangan. Bu ko’rsatkich ammoniy sulfat va mochevinada mos ravishda NO
3   –
3,5 va 10 mg/l NH
4 +
 - 1,6 va 2,7 mg/l ni tashkil qilgan.
Fosforli o’g‘itlar suvda kam eriganligi sababli u juda kam yuviladi, shuning
uchun ham tuproqda ko’p miqdorda suvda erimaydigan birikmalar to’planadi.
Tuproqning   mexanikaviy   tarkibi,   suv   rejimi   va   o’g‘it   me’yoriga   bog‘liq
ravishda bir gektar maydonda o’rtacha 0,4 – 60 kg kaliyning yuvilishi aniqlangan.
Ammo kaliyning yuvilishi ko’p jihatidan paykalning ekinlar bilan band yoki band
emasligiga   bog‘liq.   SHudgor   qilib   tashlab   qo’yilgan   maydonning   bir   gektaridan
160 kg kaliy yuvilsa  ko’p yillik o’simliklar bilan band bo’lgan maydonlarda  atigi
3,0 kg yuvilishi kuzatilgan.
Tuproqdan   yuvilgan   oziq   moddalar   er   osti   yoki   daryo   suvlariga   qo’shilib
ketadi.   Natijasida   katta-katta   er   maydonlari   ishdan   chiqadi,   daryo   sho’rlanib, 50
chuchuk   suv   zaharlanadi,   suv   jonivorlari   uchun   zaharli   bo’lgan   xilma-xil
chiqindilar ko’payadi.
Ortiqcha   miqdorda   qo’llanilgan   azotli   o’g‘itlar   qishloq   xo’jalik   ekinlari
mahsulotlariga   ham   salbiy   ta’sir   ko’rsatadi.   Masalan:   sug‘orilib   dehqonchilik
qilinadiganjoylardagi   ekinlar   tarkibidagi   nitratlar   miqdori   1   foizga   etadi   bu   esa
PDK   dan   ancha   ko’pdir,   aksincha   sug‘orilmaydigan   erlarda   tabiiy   o’sadigan
o’simliklar tarkibidagi nitratlar miqdori 0,005-0,5 foizdan oshmaydi.
Azotli   o’g‘itlarni   keragidan   ortiqcha   miqdorda   ishlatilishi   natijasida   1982
yilga nisbatan 1 kg kartoshkada azotning nitrat shakli nitrat shakli miqdori 80 mg
dan 250 mg gacha,  karamda 150 mg dan 500 mg gacha, pomidorda 60 mg dan 150
mg gacha oshgan. Bunday ortiqcha zaharli  moddalar poliz ekinlarida ham albatta
mavjud.        
Bu   salbiy   jarayonlarning   barchasi   birga   qo’shilib   atrof   muhit   va   inson
salomatligiga katta zarar etkazadi.
Chunki   ortiqcha   nitratlar   ichimlik   suvlari   yoki   sabzavot   va   poliz   ekinlari
orqali   inson   organizmiga   o’tadi,   bu   o’z   navbatida   oshqozon-ichak   va   havo
yetishmaslik kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin. Ayniqsa ichimlik suvlaring
har litrida nitratlar 64-86 mg ga yetgan bolalarda ana shu kasallik alomatlari sezila
boshlaydi. 
Fosforli   o’g’itlar   insonlar   va   hayvonlar   organizmi   uchun   unchalik   hafli
emas.   Biroq   bu   o’g’itlar   me’yordan   ortiqcha   qo’llanilsa,   tuproqda   fosfor   miqdori
ortib borsa, o’zi bilan bevosita bog’liq bo’lgan boshqa elementlar masalan, bazi bir
og’ir metallar (uran, toriy, stontsiy, ftor va boshqalar) ning tuproqda to’planishiga
sababchi   bo’ladi.   Tadqiqotchilarning   aniqlashlaricha,   har   bir   tonna   oddiy
superfosfat  bilan  dalaga  100-160  kg ftor   tushadi.  Ftor   ionlari   o’z  navbatida  temir
va marganes bilan reaktsiyaga kirishib, o’simlik va hayvonlar organizmlari uchun
zarur bo’lgan faolligini susaytiradi.
Ayrim   olimlarning   fikricha   fosforitlar   tarkibidagi   ma’lum   miqdordagi   uron
parchalanib   gaz   holidagi   radonga,   keyin   esa   qo’rg’oshinga,   u   ham   o’z   navbatida
radioaktiv   paloniyga   aylanadi,   kishi   nafas   olganda   to’g’ri   o’pkaga   boruvchi 51
polonoy bu azoning nozik to’qimlalarini yemiradi, natijada og’ir xastalikni keltirib
chiqarishi mumkin.
Yuqorida   qayd   azotli   va   fosforli   o’g‘itlarga   nisbatan   kaliyli   o’g‘itlar   atrof
muhitga   u   qadar   zarar   etkazmaydi.   Lekin   bu   o’g‘it   bilan   birgalikda   tuproqqa
ko’plab   miqdorda   xlor   tushadi,   bu   o’z   navbatida,   ayniqsa   er   osti   sizot   suvlari
chuqur   joylashgan   mintaqalarda   tuproqni   xlor   bilan   boyishiga   sababchi   bo’ladi.
Ortiqcha xlor esa tuproqni sho’rlanishiga olib keladi.
Bulardan tashqari erga mutasil ravishda ortiqcha miqdorda mineral o’g‘itlar
qo’llash   oqibatida   tuproq     minerallashib   undagi   organik   moddalar   bilan   mineral
moddalar o’rtasidagi nisbat buziladi, natijada tuproq  unumdorligi pasayadi. SHuni
aytib   o’tish   joizki   qishloq   xo’jalik   ekinlariga   qanchalik   ko’p   mineral   o’g‘itlar
qo’llanilmasin ular hech qachon organik o’g‘itlar o’rnini bosolmaydi va tuproqdan
yo’qolgan organik moddalar o’rnini tiklay olmaydi.
Shuning   uchun   atrof   muhit   va   inson   salomatligini   muhofaza   qilish   uchun
eng   avvalo   o’g‘itlar   turkumidagi   organik   o’g‘itlar   ulushini   ko’paytirish   va
almashlab   ekishni   joriy   qilish   muhim   ahamiyatga   ega.   Shuningdek   qishloq
xo’jaligida   mineral   o’g‘itlarga   bo’lgan   talab   ehtiyojini   aniqlashda   har   bir
xo’jalikning   aniq   tuproq   –   iqlim   sharoitlari,   almashlab   ekish   tizimidagi   ekinlar,
o’simliklarning   oziqlanish   xususiyati,   o’g‘it   turlarini   hisobga   olgan   holda,   ilmiy
tadqiqot   institutlari   va   viloyat   agrokimyoviy   stansiyalar   tavsiyalari   asosida   ish
ko’rish maqsadga muvofiqdir.
Mineral   o’g‘itlardan   qanchalik   oqilona   foydalansak,   atrof   muhitni
shunchalik muhofaza qilgan bo’lamiz.                         
   52
XULOSALAR
1.Zarafshon   vohasi   tuproqlari   unumdorligini   yaxshilahda   tuproqda   gumus
miqdorini   oshirish,   bunda   kompostlardan   foydalanish   muhim   ahamiyatga   ega.
Eroziyaga   uchragan   tuproqlarda   maxsus   agrotexnologik   tadbirlardan   foydalanish
maqsadga muvofiqdir. Tarkibida fosfogips bo’lgan kompostlar  magniy karbonatli
sho’rlangan tuproqlarda yuqori samara beradi.
2. Tuproq unumdorligini oshirish yo’llari ko’p, faqatgina ularni xo’jalikning
tuproq-iqlim sharoitini to’g‘ri hisobga olgan holda qo’llash, takroriy va oraliq ekin
turlari,   beriladigan   mineral   va   oraliq   o’g‘itlar,   qolaversa   mahalliy   o’g‘itlar
me’yorlarini   to’g‘ri   qo’llash   albatta   xo’jalikda   etishtiriladigan   asosiy   ekin   turlari
hosildorligini   oshirishga   iqtisodiy   samaradorlikka   erishishga   olib   kelishi
muqarrardir.  53
3.   Organik   o’g’itlar   jumladan   go’ng,   har   xil   chiqindilardan   tayyorlangan
kompostlar   ekinlar   hosildorligiga   ishonarli   ta’sir   ko’rsatadi.   Demak,   qishloq
xo’jalik ekinlari hosildorligi tuproqning oziq rejimi va unumdorligiga bog’liq.  
4. Bir yoshli ekinlarda niholchalar paydo bo’lgandan so’ng N va P bilan har
biri 30 kg/ga dan oziqlantiriladi. Ikkinchi oziqlantirish esa o’simliklarning intensiv
o’sish davrida iyulning azot bilan 30 kg/ga miqdorda oziqlantiriladi.
Ikki yoshli ekinlarda shunga o’xshash N va P igna barglarining yozilishining
boshida va o’simlikning intensiv o’sish davrida o’tqaziladi.
4.   Tabiiy   muhitning   kimyoviy   vositalar   bilan   ifloslanishining   oldini   olish
uchun   sanoat   chiqindilari   tarkibi,   qishloq   xo’jaligida   ishlatiladigan   kimyoviy
vositalar   miqdori   va   tarkibini   qattiq   nazorat   ostiga   olib   atrof   muhit   ifloslanishi,
sabzavot, poliz ekinlari tarkibiga singdirilishiga yo’l qo’ymaslik lozim.
5.   Mineral   o’g‘itlardan   qanchalik   oqilona   foydalansak,   atrof   muhitni
shunchalik muhofaza qilgan bo’lamiz.         
TAVSIYALAR 
Suv va shamol eroziyasiga qarshi kompleks tadbirlar qo‘llash, suv oqimi va
tezligini   boshqarish   yaxshi   natijalar   beradi.   Tuproqni   yuvilishdan,   yemirilishdan
va deflyatsiyadan saqlash, eroziyalangan, lalmi va yaylov yerlarning unumdorligini
oshiradi.   Hozirgacha   ishlab   chiqilgan   har   xil   uslublar   suv,   irrigatsiya   va   shamol
eroziyasining   oldini   olishda,   hamda   tuproqlar   unumdorligini   va   qishloq   xo‘jalik
ekinlarining   hosildorligini   oshirishda   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   Tuproqdagi
organik   qoldiqlarining   to‘xtovsiz   ravishda   chirishi,   parchalanishi   va   qayta
sintezlanishi natijasida organik moddalarning to‘planib, kamayib hamda yangilanib
borishi kuzatiladi. Yerlarni asosli tekislash, suv oqimini boshqarish, dalaga kichik
me’yorda suv berish va organik o’g’itlarni qo’llash tavsiya etiladi.   54
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR  RO‘YXITI
1.   I.   A.Karimov.   «O‘zbekistonda   oziq-ovqat   dasturini   amalga   oshirishning
muhim   zahiralari»   mavzusidagi   xalqaro   konferensiyadagi   ochilish   marosimidagi
nutqi. Xalq so‘zi. 2014 yil 7 iyun, №110.
    2.  I.A.Karimov.  Jahon   moliyaviy-iqtisodiy  inqirozi,  O‘zbekiston  sharoitida
uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari.–Toshkent: O‘zbekiston.  2009. -56 b.
3.   I.A.   Karimov.   O’zbekistan   Respublikasi   Vazirlar   Maxkamasining   "2014
yilda   respublikani   ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlantirish   yakunlariga   va   2015   yilda
iqtisodiyotni   barqaror   rivojlantirishning   ustivor   yunalishlari"   J.   O‘zbekiston
qishloq xo‘jaligi jurnali. -2015, №2. -B.2. 
4.   Abdullayev   S.A.   Jizzax   –   Sirdaryo   tuproqlari.   Monografiya.   Toshkent,
2005. 55
           5. Bobojonov A.R., Rahmonov Q.R., G‘ofirov A.J. “Yer kadastri” fanidan 
darslik. T.: TIMI, 2008 y.
          6 . Risqiyeva X.T., Risqiyev R.R. Nekotorie ekologicheskiye problemi 
primeneniya pestitsidov. Materiali III s’ezda pochvovedov O'zbekistana. Tashkent,
2000.
          7. Risqiyeva X.T., Nasedjanov M. Ekologicheskoye sostoyaniye pochv i vod
Golodnoy stepi. Sb. Effektivnoye ispolzovaniye zemelnix resursov i oxrana pochv.
Tashkent, 2001.
           8. Safarov E.Yu., Musayev I.M., Abduraximov X.A. Geoaxborot tizimlari 
va texnologiyalari. Toshkent. 2008 y.
            9 . Gedroys K.K. Izbrannie sochineniya. Tom 2. Ximicheskiy analiz pochvi.
Gos. Izd – vo selkoxozyaystvenniy literaturi. Moskva, 1955. 
           10.  Arinushkina Ye.V. Valovoy ximicheskiy analiz pochv i gruntov. Izd –
vo MGU, Moskva, 1949.
           11. Arinushkina Ye.V. Rukovodstvo po ximicheskomu analizu pochv. Izd –
vo MGU, Moskva, 1961.
                        12.   Ponomareva   V.V.,   Plotnikova   T.A.   Gumus   i   pochvoobrazovaniye,
“Nauka” Leningradskoye otdeleniye. Leningrad, 1980
            13. Maxsudov X.M. – Eroziya pochv aridnoy zoni O'zbekistana. Tashkent,
1989, str. 31 – 67.
                        1 4 .   Maxsudov   X.M.   –   Erodirovannie   serozemi   i   puti   povisheniya   ix
produktivnosti. «FAN», Tashkent, 1981.
                          15.   Maxsudov   X.M.,   G‘afurova   L.A.   “O‘zbekistonning   eroziyaga
uchragan tog‘ va tog‘ oldi tuproqlari. O‘zbekistonning tuproqlari va unumdorligini
oshirishning ayrim yo‘nalishlari”, Mehnat, T., 1998.
              16. Maxsudov .X.M.,  Quchqorova N.P.  Sug‘oriladigan  bo‘z tuproqlarda
irrigatsiya   eroziyasiga     qarshi   kura   shva   eroziyalangan   tuproqlarni   unumdorligini
tiklash,   oshirishni   ayrim   yo‘llari     //       Orol   dengizi   havzasinig   sahrolanish
jarayonida tuproq unumdorligini tiklash, oshirish va ular melioratsiyasinig dolzarb
muammolari  –T. 2002 -B.57. 56
                17. Maxsudov X.M. Tuproq morfologiyasi sug‘orish eroziyasining ta’siri
//  Er resurslaridan  samarali  foydalanish muammolari. –T. 2007. -B. 71.
                18.   Mirxaydarova G.S., Maxsudov X.M.  G‘arbiy chotqol tog‘ yon bag‘ri
to‘q tusli bo‘z tuproqlari fizik xossalarining eroziyaga  qarshi o‘tkazilgan tadbirlar
ta’sirida   o‘zgarishi   //       Orol   dengizi   havzasinig   sahrolanish   jarayonida   tuproq
unumdorligini tiklash, oshirish va ular melioratsiyasinig dolzarb muammolari   –T.
2002. -B.177.
                                19.   Наседжанов   M.A.   Экологическое   состояние   почвогрунтов
теплиц   Ta шкентской   области //     O‘zbekiston   tuproqshunoslari   va
agrokimyogarlari jamiyatining  V qurultoyi  materiallari  –T. 2010. -B.267.
                                20 .   G‘afurov   L.A.   Abdullayev   S.A.   Namozov   X.Q.   “Meliorativ
tuproqshunoslik” fani bo‘yicha ma’ruza matnlari. Toshkent. 2000.
                            21.   Shadraimova   K,   Pattayeva   M,   To‘xtanov   T,   Abdushukurova   S.
Eroziyaga   uchragan   sug‘oriladigan   tipik   bo‘z   tuproqlar   va   ularning   soya
hosildorligiga   ta’siri.   “Sug‘oriladigan   bo‘z   tuproqlar   unumdorligini   oshirish   va
uning ekologik muammolari”. Konferensiya meteriallari. Samarqand – 2002. – B.
95 – 97.
                         22. Mo‘minova Z., Muminov K. Sug‘orish ekologiyasiga uchragan bo‘z
tuproqlarning   agrokimyoviy   agrofizikaviy   xossalari   va   uni   yaxshilash   tadbirlari.
–“Sug‘oriladigan   bo‘z   tuproqlar   unumdorligini   oshirish   va   uning   ekologik
muammolari”. Konferensiya meteriallari. Samarqand – 2002. -B. 108 -111.
 23.Oripov R., Sanaqulov A., Islamov I., Shonazarov S. Tuproq unumdorligi
va ekinlar hosildorligini oshirishda oraliq ekinlarning roli. O’zbekiston janubida
dehqonchilikni   rivojlantirish   muammolari.   Resp.Ilmiy   amaliy
konf.ma’r.To’plami.Qarshi,2006.B.8-9.
24. Xolmanov   N.   Siderat,   eroziya   va   hosildorlik.   Agroilm.O’zbekiston   qishloq
xo’jaligi.Toshkent,2009 №4 (12).B.32-33.
25. Jeltikova T.A. Razrabotka norm i srokov vneseniya mineraln ы x udobreniy v
oroshaem ы x   lesn ы x   pitomnikax   Sredney   Azii.   Nauchnыy   otchyot   po   teme
№ 5404 za 1961-1965 gg. Tashkent, 1966. 57
26. Kojaxmedov S.K. Nauchnыy otchyot UzNIILX za 1991-1995 gg. po teme:
«Obosnovat   primenenie   mineralnыx   udobreniy   v   lesnыx   pitomnikax
Priaralya s selyu povыsheniya ix produktivnosti», Tashkent, 1995.

1 TUPROQDAGI MIKROBIOLOGIK JARAYONLARGA O’ G‘ITLARNING TA’SIRI MUNDARIJA Kirish………………………………………………………………………..3 1. Adabiyotlar sharhi……………………………………………………..5 1.1. Zarafshon vohasi tuproqlarining holati va uni yaxshilash choralari…..5 1.2. Tuproqlarning gumusli va meliorativ holatini yaxshilashda sideratlarning roli………………………………………………….……..............10 1.3. Mineral va organik o` g`itlarning tuproq mikrobiologik jarayonlariga va unumdorligiga ta’siri…………..…………………………………………………19 2. Tadqiqot sharoitlari, obyekti va uslublari………………………….23 2.1 Tadqiqot sharoitlari…………………………………………………..23 2.2. Tadqiqot obyektlari………………………………………………….25 2.3 Tadqiqot uslublari…………………………………………................25 3. Tadqiqot natijalari…………………………………………...............26 3.1. Yangi orgonomineral o` g`itning tipik b o` z tuproqlar agrokimyoviy xossalariga ta’siri…………………………………………………………………26 3.2. Sug`oriladigan tipik b o` z tuproqlarda mineral va organik o` g`it larning harakatchan og`ir metallar miqdoriga ta’siri……………………………………..35 3.3. Tuproqlar kimyoviy ifloslanishining ekologik qolatiga ta`siri………..45 Xulosalar………………………………………………………………………..54 Tavsiyalar ………………………………………………………………………55 Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………..................56

2 KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Tuproq qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirishda asosiy omil hisoblanadi. Uning ekologik holatini yaxshilash, unumdorligini oshirish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Lekin, hozirgi paytda ko’pchilik yerlarda tuproq unumdorligi pasayib holati yomonlashmoqda. Buning asosiy sabablaridan biri qishloq xo’jalik jarayonlarini intensivlashtirilishidir. Bunda ekin strukturasidan tuproq unumdorligiga ijobiy ta’sir ko’rsatadigan ekinlarni olib tashlanishi, mineral o’g’itlardan yuqori me’yorda foydalanish, organik o’g’itlarni yetishmasligi, tuproqqa jadal ishlov berish, qator orasiga ishlov berish, qator orasiga ishlov beriladigan ekinlarning ekin strukturasidagi ulushi yuqoriligi muhum o’rin tutadi. Buning oqibatida tuproqda gumus miqdori sezilarli kamayib uning sifati yomonlashadi. Gumin kislotalarining fulvokislotalarga nisbati qisqarib fulvokislotalarning ulushi ortgan. Bu holat tuproqning barcha xossa va xususiyatlariga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Bunda ayniqsa tuproqning agrofizik ko’satkichlari yomonlashadi. Masalan, hajmiy massa ortadi, tuproq g’ovakligi pasayadi, agregat va struktura holati yomonlashadi. Shu bilan birga tuproqning suv, havo, issiqlik xossalari salbiy tomonga o’zgaradi. Gumus miqdori sezilarli kamayganda agrokimyoviy va mikrobiologik xossalari ham susayadi. Chunki, gumus tuproqdagi juda ko’pgina oziq moddalarini o’zida saqlaydi va geterotrof mikroorganizmlar uchun oziq manbai hisoblanadi. Gumusning kamayishi Zarafshon vohasidagi ko’p tarqalgan nishab yerlarning irrigatsion eroziyaga chidamliligini pasaytiradi. Bu esa tuproq holati tuproq agrokimyoviy xossalari, jumladan oziq rejimi bilan bog’liq. Tadqiqotning maqsadi. Sug‘oriladigan yerlardan samarali foydalanishning ekologik asoslarini o’ rganish maqsadida tuproqlarda sodir b o’ ladigan mikrobiologik jarayonlarga organik hamda mineral o’ g‘itlarning ta’sirini ilmiy manbalardan o’ rganishdan iborat.

3 Tadqiqot vazifalariga quyidagilarni o’ rganish masalasi kiritiladi. 1. Zarafshon vohasi tuproqlarida gumusning holati va uning unumdorlikka ta’sirini o’ rganish. 2. Bo’z tuproqlarning unumdorligi va unga organik va mineral o’ g‘itlarning ekologik ta’sirini o’ rganish. 3. Sug‘oriladigan tuproqlarda mineral va organik o’g‘itlarning harakatchan og‘ir metallar miqdoriga ta’sirini o’ rganish. Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati . Tuproqlardagi mikrobiologik jarayonlarga organik va mineral o’ g‘itlarning ta’sirini o’ rganishning ilmiy ahamiyati shundan iboratki, o’ g‘itlar tuproqning gumus miqdoriga, strukturasiga, oziqa elementlarining t o’p lanishiga va hosildorlikka ta’sir k o’ rsatadi. O’ g‘itlar tuproq ekologik muhitini saqlashda muhim omil hisoblanadi. Keyingi yillarda almashlab ekishning y o’ lga q o’ yilmasligi, tuproq unumdorligidan not o’ g‘ri foydalanish oqibatida tuproqlardagi mikrobiologik jarayonlar salbiy tomonga o’ zgargan holatlar ham kuzatilmoqda. Respublikamizda tarqalgan tuproqlar unumdorligi va gumus miqdorini oshirish muammolaarini o’ rganish ishning amaliy ahamiyatini k o’ rsatadi. Ishning tuzilishi va hajmi . Bitiruv malakaviy ishI i - 58 sahifadan ib o rat b o’l ib, kirish, adabiyotlar shar h i, tadqiqot sharoitlari, obyekti va uslublari hamda tadqiqot natijalaridan iborat . 3 ta bobni va 9 ta jadvalni o’z ishiga oladi. Ishda xulosalar, tavsiyalar, 26 ta foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati mavjud.

4 1. ADABIYOTLAR SHARHI 1.1. Zarafshon vohasi tuproqlarining hozirgi holati va uni yaxshilash choralari [Sh.T. Xoliqulov, T.Q.Ortiqov, 2010] ma’lumoti bo’yicha. Tuproqda gumus miqdorining kamayishi bilan undagi yalpi va harakatchan oziq moddalar miqdori ham kamayib bormoqda. Oziq moddalar balansini faqat mineral o’g’itlar hisobiga ijobiy holga olib kelish ko’zlangan maqsadni bermaydi. Chunki mineral o’g’itlar ayniqsa azotli o’g’itlar me’yori oshirilaganda tuproqda organik moddaning minerallashishi kuchayadi, mineral moddalarning tuproqda ushlanib qolishi juda qiyin kechadi. Azotli o’ g‘itlarning tuproq tarkibida mustahkamlanishi deyarli kuzatilmaudi. Demak, ortiqcha azotni mikroorganizmlar mikrobiologik jarayonlar natijasida atmosferaga chiqarib yuboradi. Bu ishni bajarish uchun ular tuproq organik moddasidan foydalanadi. Bu esa intensiv dehqonchilikda ham organik o’g‘itlarsiz oziq moddalarning neytral yoki ijobiy balansiga erishib b o’ lmasligini k o’ rsatadi. Bu esa respublikamizda asosiy ekinlar b o’ lgan g‘ o’ za va bug‘doyda g‘ o’ zapoya va somonni daladan olib chiqib ketish yanada chuqurlshadi. Chunki bunda tuproqda organik modda miqdori yanada kamayib ketadi. Shunday ekan tuproqda oziq moddalar balansiga erishish uchun mineral va organik o’ g‘itlarni muqobillashtirilgan va uyg‘unlashtirilgan holda q o’ llash hamda almashlab ekishga tuproqda organik modda miqdorini stabillashtiradigan ekinlarni, jumladan bedani kiritish kerak. Zarafshon vohasi tuproqlarida yana muhim muammolardan biri suv, jumladan irrigatsion eroziya hisoblanadi. Bu ayniqsa tog‘ va tog‘oldi mintaqalarida tarqalgan tuproqlarda sezilarli kuzatiladi. Eroziyaga uchragan tuproqlarning agrofizik va agrokimyoviy xossalarini yaxshilash ularni sug‘orish sulariga chidamliligini oshirishga olib keladi. Lekin, u yerlarda tamaki, makkaj o’ xori, g‘ o’ za kabi qator orasiga ishlov beradigan ekinlarni ekish, tuproqqa qayta-qayta ishlov berish tuproqda gumus miqdorini kamayishiga uning agregat holati va strukturasini buzilishiga,

5 aeratsiyasini yomonlashishiga olib keladi. Shuning uchun eroziyaga uchragan va eroziya xavfi yuqori b o’ lgan tuproqlarda unga ishlov berishni minimallashtirish, tuproq yuzasini mulchalash yoppasiga ekiladigan ekinlarni ekish, organik o’ g‘itlarni q o’ llash, zamonaviy sug‘orish usullaridan foydalanish maqcadga muvofiqdir. Gumusni k o’ payishi tuproq zarrachalarining suvga chidamliligini oshiradi. Bunday yerlarda kech kuz-qish erta bahor davrida siderat ekinlarni ekish katta ahamiyatga ega. Ushbu holatllarga e’tibor berilmasa, eroziyaga uchragan tuproqlarning unumdorligi yanada pasayib ketishi mumkin. Bu esa qishloq xo’jaligi mahsuldorligini pasayishiga olib keladi. Samarqand viloyatida Zarafshon daryosi atrofida magniy karbonatli sho’rlangan tuproqlar kehg tarqalgan bo’lib, bunday tuproqlar Jomboy, Bulung’ur, Oqdaryo, Tayloq, Ishtixon tumanlarini qamrab olgan. Bu o’ziga xos sho’rlanish bo’lib oddiy sho’rlanishdan ancha farq qiladi. Uni yo’qotish uchun nafaqat nafaqat sizot suvlarining sathini pasaytirish kerak balki, tuproq singdirish kompleksida magniyning ulushini kamaytirib, kalsiyni k o’ paytirish kerak. Buning uchun gips va fosfogipsdan foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi. Bunday yerlarda organic ug’itlardaqo’llash tuproq xossalarini yaxshilashga olib keladi. Samarqand viloyatining Paxtachi, Narpay tumanlarida gipsli tuproqlar keng tarqalgan bo’lib, ularning meliorativ holatini yaxshilash qishloq xo’jaligi samaradorligini ko’tarishda muxum rol o’ynaydi. Gipsli tuproqlarda organink o’g’itlarni qo’llash gipsni eruvchanligini oshiradi, hamda mikrobiologik jarayonlarni faollashtirib sulfatlarni qaytarilishini kuchaytiradi. Bu esa sulfatlarni pastki qatlamlarga yuvilishini va miqdorini kamayishini ta’minlaydi. Zarafshon vohasi tuproqlari unumdorligi oshirishida ilmiy asoslangan almashlab ekishdan foydalanish va almashlab ekish tartibiga dukkakli o’tlarni jumladan bedani kiritish yuqori samara beradi. Beda va boshqa o’tlar tuproq unumdorligini oshiradi. Bu esa tuproq unumdorligini oshirib, xossa va xususiyatlarni yaxshilaydi. Almashlab ekishda qator orasiga ishlov beriladigan ekilar ulushini ortishi tuproq unumdorligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.