Organik paxta yetishtirishda organik o‘g‘itlarning roli
Organik paxta yetishtirishda organik o‘g‘itlarning roli M U N D A R I J A KIRISH . … ................................................................................... 9 I-BOB ADABIYOTLAR SHARHI. ORGANIK PAXTA YETISHTIRISHDA G’O’ZA O’SIMLIGINING O‘SISHI, RIVOJLANISHI HOSILDORLIGIGA VA TUPROQ XOSSALARIGA TURLI ORGANIK O‘G‘ITLARNING TA’SIRI.................... 14 1.1. T urli organik o‘g‘itlarning tuproq xossalariga ta’siri ..................... 14 1. 2 . Organik paxta yetishtirishda organik chiqindilardan kompost tayyorlash imkoniyatlari ................................................................ 24 1.3. Organik paxta yetishtirishda g’o’za va boshqa ekinlarning o‘sishi, rivojlanishi, hosildorligi va tuproq xossalariga organik o’g’itlarning ta’siri......................................................................... 31 II TADQIQOT SHAROITI, OB’EKTI VA O‘TKAZISH USLUBLARI................................................................................. 43 2.1. Tadqiqot o‘tkazish sharoiti va usullari........................................... 43 2.2. Dala tajribasida g‘o‘za o‘stirish agrotexnologiyasi........................ 45 2 .3. Buxoro -102 g‘o‘za navi ta’rifi...................................................... 47 III BOB TADQIQOT NATIJALARI........................................................ 48 3.1. Organik paxta yetishtirishda organik o’g’itlarning agrokimyoviy tarkibi.............................................................................................. 48 3.2 . Organik o‘g‘itlarni tuproqning oziq rejimiga ta’siri. 50 3.3 Organik o‘g‘itlarning g‘o‘za o‘sishi va rivojlanishiga ta’siri......... 61 3.4. Organik o‘g‘itlarning g‘o‘za hosildorligiga ta’siri......................... 73 3.5. Organik va mineral chirindilardan tayyorlangan kompostlarning g‘o‘za o‘stirishidagi iqtisodiy samaradorligi................................. 76 XULOSA VA TAKLIFLAR........................................................ 80 ISHLAB CHIQARISHGA TAVSIYALAR............................... 80 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI................ 81 1
KIRISH Magistirlik dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi . Respublikamiz dehqonchiligida paxtachilik eng katta va muhim tarmoq bo‘lib uni rivojlantirishga oid ko‘plab samarali ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Shular qatorida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Paxtachilik kengashining tashkil etilishi paxta urug‘chiligi, nav tanlash, yerga ishlov berish, biostimulyatorlarni qo‘llash, o‘g‘itlash, g‘o‘za kasalliklari va zarakunandalariga qarshi kurashish hamda samarali sug‘orish tizimini joriy etish bo‘yicha hududlarning tuproq-iqlim sharoitiga mos takliflarni ishlab chiqish ishlarini tashkil etish kabi muhim vazifalarni ham yuklaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 oktabrdagi PF-5853- son «O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlashto‘g‘risida» gi farmonining 2 bandida «oziq-ovqat havfsizligini ta’minlash yer va suv resurslari, o‘rmon fondidan oqilona foydalanishni nazarda tutuvchi tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhitni muxofaza qilish tizimini takomillashtirish» muhim strategik vazifalar sifatida belgilab berilgan. Bugungi kunda dunyo dehqonchiligida organik mahsulot yetishtirish, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, uning xossalarini yaxshilash hamda qishloq xo‘jalik ekinlarining oziqa rejimini maqbullashtirishda organik o‘g‘itlar, xususan kompostlardan keng foydalanilmoqda. Qishloq xo‘jaligida turli komponentli kompostlardan samarali foydalanish bo‘yicha AQSh, Rossiya Federatsiyasi, Xitoy, Yaponiya, Hindiston va Avstraliya kabi davlatlarda yuqori natijalarga erishilmoqda 1 . Organik o‘g‘itlar tuproqni gumus va boshqa oziqa moddalari bilan boyitadi, uning agrofizikaviy, agrokimyoviy xossalarini yaxshilaydi, atrof- muhitning zararlanishini kamaytiradi, shuningdek, ekinlardan yuqori va sifatli hosil olishga xizmat qiladi. 1 http://agro.uz/uz/services/recomendations 2
Dunyoning ko‘pgina paxtachilik bilan shug‘ullanadigan davlatlarida organik paxta yetishtirishga anchagina katta va samarli ishlar amalga oshirilmoqda, jumladan bizning respublikamizda ham hozirgi vaqtda organik paxtaga bo‘lgan talab yetarli darajadadir. Organik paxta yetishtirishning eng asosiy mezoni esa imkon darajasida organik o‘g‘itlardan foydalanish, mineral o‘g‘itlar va pistitsidlardan ro‘hsat etilgan me’yordan ortiqcha foydalanmaslik bo‘lib hisoblanadi. Parrandachilik korxonalari chiqindisi go‘ngi, ariq-zovur loyqasi-il il va sanoat chiqindisi fosfogips muayyan hududlarda to‘planib, atrof-muhit ifloslanishiga sabab bo‘lmoqda. Respublikamizda fosfogips katta miqdorda Olmaliq va Samarqand mineral o‘g‘itlar ishlab chiqaradigan zavodlar atrofidagi katta maydonda to‘plangan hamda atrof-muhitga zarar yetkazmoqda. Shuning uchun ushbu chiqindilardan qayta foydalanish (utilizatsiya)ni yo‘lga qo‘yish masalasi dolzarb bo‘lmoqda. Shuning uchun tovuq go‘ngi, ariq-zovur loyqasi-il va fosfogips singari komponentlar asosida tayyorlanadigan kompostlarni qo‘llashning tuproq xossalariga hamda g‘o‘za hosildorligiga ta’sirini o‘rganish, shuningdek, ijobiy natijalarni amaliyotga keng joriy qilish bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlar dolzarb hisoblanadi. Tadqiqot ob’ekti va predmeti sifatida o‘rta tolali «Buxoro-102» g‘o‘za navi, Samarqand viloyatining qadimdan sug‘oriladigan o‘tloq tuproqlari, kompost, fosfogips, qoramol va tovuq go‘ngi hamda ariq zovur loyqasi ildan foydalanilgan. Qoramol go‘ngi va organomineral chiqindilardan tayyorlangan kompostlarning g‘o‘zaning oziqlanishi, o‘sishi, rivojlanishi, hosildorligi, mahsulot sifati, tuproq agrokimyoviy xossalariga hamda oziqa moddalarni o‘zlashtirishiga ta’sirini go‘ng bilan qiyoslab o‘rganish hisoblanadi. Tadqiqotning maqsadi va vazifalari organik chiqindilardan tovuq go‘ngi, ariq-zovur loyqasi-il va fosfogips asosida kompost tayyorlash texnologiyasini qo‘llab ushbu kompostlarni Samarqand viloyatining sug‘oriladigan o‘tloq 3
tuproqlari sharoitida g‘o‘za o‘sishi, rivojlanishi, hosildorligi, tolani texnologik xossalari va tuproq unumdorligiga ta’sirini aniqlashdan iborat. Vazifalari esa qoramol go‘ngi, tovuq go‘ngi, il va fosfogipsning kimyoviy tarkibini o‘rganish; tayyorlanayotgan kompost kompostning kimyoviy tarkibini o‘rganish; go‘ng, kompost, mineral o‘g‘itlar o‘zlari alohida va ularni birgalikda qo‘llashning tuproqni agrokimyoviy xossalariga ta’sirini aniqlash; g‘o‘zani biometrik ko‘rsatkichlari (o‘simlik bo‘yi, bitta o‘simlikdagi hisil shoxlari, barg, shona, gul, hosil tuguni, ko‘sak va ochilgan ko‘saklar soni)ga organik o‘g‘itlarning ta’sirini o‘rganish; g‘o‘zaning oziqlanishi, hosildorligi va hosil sifatiga organik o‘g‘itlar va mineral o‘g‘itlar hamda ularni birgalikda qo‘llashning ta’sirini o‘rganish; organik paxta yetishtirishda organik o‘g‘itlarlarni qo‘llashning sug‘oriladigan o‘tloq tuproqlar sharoitida iqtisodiy samaradorligini aniqlash. Ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: ilk bor tovuq go‘ngi, il va fosfogips asosida 45 : 45 : 10 ; foizli nisbatda kompost tayyorla sh va ularni organik paxta yetishtirishda qoramol go‘ngi bilan qiyosiy ravishda qo‘llash agro texnologiyasi ishlab chiqilgan; organik o‘g‘itlar qoramol go‘ngi va kompostning tuproq unumdorligiga ta’siri va harakatchan oziq moddalarning mavsumiy dinamikasi aniqlangan; organik o‘g‘itlar qoramol go‘ngi va kompostning g‘o‘za o‘simligi bo‘yi, barg, hosil shoxlar, shona, gul, ko‘sak va ochilgan ko‘saklar soniga ta’siri aniqlangan; organik o‘g‘itlar qoramol go‘ngi va kompostning g‘o‘za hosildorligi va tola sifatiga oid yangi ma’lumotlar olingan. Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Respublikamizda maishiy chiqindilar, il, bentonit, mahalliy o‘g‘itlar va boshqa chiqindilardan kompost tayyorlash texnologiyalari ishlab chiqilgan va ularning tuproq unumdorligi hamda ekinlar hosildorligiga ta’siri bo‘yicha M.Toshqo‘ziev, J.Sattarov, Sh.Nurmatov, A.Bairov, S.Azimbaev, B.Niyazaliev, B.Tillabekov, Sh.Xoliqulov, D.Tungushova, S.Boltaev, J.Abdumalikov, Sh.Hazratqulov, A.Sayimbetovlar, xorijiy davlatlarda 4
esa C.C.Singh, W.Oiwer, P.R.Hesse, R.Apfelthalter lar tomonidan ilmiy- tadqiqotlar olib borilgan. Lekin, tovuq go‘ngi, ariq-zovur loyqasi – il va sanoat chiqindisi hisoblangan fosfogips asosida kompostlar tayyorlash, ushbu kompostlarning qadimdan sug‘oriladigan o‘tloq tuproqlar unumdorligi, agrokimyoviy va agrofizik xossalari, oziq moddalarning g‘o‘za tomonidan o‘zlashtirilishi, g‘o‘zani o‘sib-rivojlanishi, hosildorligi hamda tola sifatiga ta’siri bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlar yetarlicha olib borilmagan. Tadqiqot usullari. Tajribada barcha fenologik kuzatuvlar, biometrik o‘lchashlar tahlillar va hisob-kitob ishlari « Методы агрохимических, агрофизических и микробиологических исследований в поливных хлопковых районах » uslubiy qo‘llanmalari asosida olib borilgan, kompostlarni qo‘llashning g‘o‘zadagi iqtisodiy samaradorligini aniqlashda « Инструкция и нормативы по определению экономической эффективности удобрений» qo‘llanmasidan foydalanilgan. Olingan ma’lumotlar «Методика полевого опыта» (B.A.Dospexov) bo‘yicha matematik-statistik tahlil qilingan. Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati g‘o‘zadan yuqori va sifatli organik paxta hosil olishni ta’minlash maqsadida organik o‘g‘itlarni qo‘llash orqali tuproq xossalarining yaxshilanishi, g‘o‘zaning o‘sib-rivojlanishi maqbullashishi, bo‘yicha ilmiy ma’lumotlar to‘planganligi hamda hosildorlikning ortishi ilmiy asoslanganligi bilan izohlanadi. Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati, atrof-muhit turli chiqindilardan, ya’ni parrandachilik korxonasi chiqindisi go‘ng, ariq-zovur loyqasi-il va sanoat chiqindisi fosfogipsdan tozalanganligi, ularni qulay nisbatda aralashtirib dehqonchilik uchun muhim o‘g‘it – kompost tayyorlash texnologiyasi takomillashtirilganligi, ularni qo‘llash orqali tuproq unumdorligining oshishi natijada qo‘shimcha paxta hosili olish ta’minlanganligi hamda xo‘jaliklarning iqtisodiy samaradorligi sezilarli oshishiga erishilganligi bilan izohlanadi. 5