BA’ZI ORGANIK MODDALAR ARALASHMASINI POLIAKRILAMID GELIDA AJRALISH JARAYONINI TADQIQ ETISH
BA’ZI ORGANIK MODDALAR ARALASHMASINI POLIAKRILAMID GELIDA AJRALISH JARAYONINI TADQIQ ETISH MUNDARIJA KIRISH……………………………………………………………………..5 I.BOB. QISMAN GIDROLIZLANGAN POLIAKRILAMID ASOSIDA GELLAR OLISH VA ULARNING XOSSALARINI TEKSHIRISH (ADABIYOTLAR SHARHI) 1.1 Polimer gellar haqida umumiy tavsif…………………………………..8 1.2 Poliakril amid asosida gellar olish……………………………………..12 1.3 Poliakrilamid gelini turli xil sharoitlarda olinishi…………………… 21 1.4 Gellarda ajralish jarayoni………………………………………………33 1.5 Gellarning fizik xossalari………………………………………………. 39 II.BOB. QISMAN GIDROLIZLANGANPOLIAKRILAMIDASOSIDA GELLAR OLISH ( TAJRIBAVIY QISM ) 2.1. Tadqiqot obyektlari haqida ma’lumotlar ............................................. 46 2.2.Turli sharoitlardapoliakril amid g elini olish……………………….... 49 2.3. Olingan gellarni kimyoviy modifikatsiyalash………………………. 53 2.4. Olingan gellarning ba’zi xossalarini tekshirish……………………... 56 2.5.Gellarni vizkozametrik usul orqali molekulyar massasini aniqlash.. 57 2.6. PAA asosida membrana materiallar olish…………………………... 60 2.7. Olingan gellar hamda membrana materiallarining tuzilishini IQ-spektroskopik usullarda tadqiq etish………………………………… 61 III .BOB. BA ’ ZI ORGANIK MODDALAR ARALAS H MASINI GELLARDA AJRALIS H JARAY O NINITADQIQ ETIS H 3.1.Ajratish nazarda tutilganvitaminlarning asosiy tavsiflari ................. 67 3.2.Olingan gellarda vitaminlar aralashmasini ajralish jarayonini tadqiq etish ................................................................................................................. 69
XULOSALAR................................................................................................ 73 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI…………………… 74 KIRISH Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi. Turli organik birikmalar aralashmasidan tozalik darajasi yuqori bo‘lgan moddalarni individual holda ajratib olish muhim vazifalardan bo‘lib, tibbiyot, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi va xalq xo‘jaligining boshqa sohalari uchun zarur birikmalar olish uchun ahamiyati katta. Kimyoviy tabiati yaqin bo‘lgan biologik faol organik birikmalar, masalan, vitaminlar aralashmasidan komponentlarni individual holda ajratib olish uchun mavjud usullarni takomillashtirish, qo‘llaniladigan harakatsiz fazalarni yangi turlarini ishlab chiqish, moddalarni ajratish jarayonining samaradorligini oshirish hozirgi kunda dolzarb vazifalardan bo‘lib, ham nazariy ham amaliy jihatdan keng tadqiq etishni taqozo qiladigan ilmiy yo‘nalishlardan biridir. Oxirgi yillarda biologik ob’yektlar bilan muvofiqligi yuqori bo‘lgan, tanlab ta’sir etish xususiyati yaxshilangan, ajratib olinadigan moddalarning fizik- kimyoviy xususiyatlariga ta’sir ko‘rsatmaydigan polimer gellardan foydalanish jadal sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Mazkur magistrlik dissertatsiya ishi biologik faol birikmalar, xususan B guruhiga mansub vitaminlar aralashmasini polimer gellar, xususan poliakrilamid (PAA) asosida olingan gellarda ajralish jarayonini tadqiq etishga yo‘naltirilgan. Bu kabi tadqiqotlar nisbatan kam o‘rganilgan bo‘lib, moddalarning ajralish jarayonini polimer gellar tarkibi, uning modifikatsiyalanish turi, biofaol birikmalarning kimyoviy tabiati singari omillarga bog‘liqligini tadqiq qilish dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Tadqiqot ob’yekti va predmeti. Mazkur ishda tadqiqot ob’yekti va predmeti sifatida qisman gidrolizlangan hamda modifikatsiyalangan poliakrilonitril asosida poliakrilamid gellariolish hamda ularda biofaol birikmalar – vitaminlar aralashmasini ajralish jarayonini tadqiq etish belgilangan. Tadqiqot maqsadi va vazifalari. Tadqiqotning maqsadi qisman gidrolizlangan hamda modifikatsiyalangan poliakrilamid asosida gellar va 2
membrana materiallari olish uchun optimal sharoit tanlash va ularda biofaol moddalar – vitaminlarni gel-filtratsiya usulida ajralish jarayonini tadqiq etish hisoblanadi. Qo‘yilgan maqsadga erishish uchun quyidagi asosiy vazifalar belgilab olindi: • Ba’zi noorganik kislota va ishqorlar yordamida PAA gelini hamda membarana materiallari olish sharoitlarini o‘rganish; • Olingan mahsulotlarni turli moddalar bilan kimyoviy modifikatsiyalash reaksiyalarini amalga oshirish; • Hosil qilingan gellar va membrana materiallarining fizik-kimyoviy xossalarini tadqiq etish; • Olingan gellar va membrana materiallarida ba’zi organik moddalar, xususan, ba’zi B guruhi vitaminlari aralashmasini ajralish jarayonini tadqiq etish. Ilmiy yangiligi. Poliakrilamid asosida gellar olish jarayoni keng tadqiq etilgan bo‘lishiga qaramasdan, ularning turli kimyoviy birikmalar, xususan polivinil spirti, kraxmal hamda glitserin bilan modifikatsiyalash olib borilmaganligi adabiyotlar ma’lumotlaridan o‘rganildi. Ushbu ishda qisman gidrolizlangan PAN asosida olingan mahsulotlar PVS, kraxmal hamda glitserin bilan kimyoviy modifikatsiyalash orqali gellar hamda membrana materiallari olindi.Ushbu materiallarda ba’zi B guruhi vitaminlari aralashmasini ajralish jarayoni tadqiq etildi. Tadqiqot mavzusi bo ‘ yicha adabiyotlar sharhi (tahlili). PAA geliga turli modifikatorlar qo‘shish orqali membrana materiallari olingan hamda ushbu materiallar asosan, sanoat-korxonalari chiqindi suvlari yoki dengiz suvlarini mineral tuzlardan tozalash maqsadida filtrlash qurilmalarida qo‘llanilgan. Kimyoviy modifikatorning tabiatiga ko‘ra turli neft mahsulotlari hamda sanoat chiqindilari tarkibida mavjud lipidli moddalar saqlagan ifloslangan suvlarni tozalashda PAA asosidagi gellardan foydalanish borasida tadqiqotlar olib borilgan. Eng ko‘p tadqiqotlar PAA asosidagi polimer gellarda noorganik tuzlar, ionlar, zaharli metallar ionlarini tozalashda qo‘llash borasida olib borilgan. 3
Adabiyotlarni tahlil qilish mobaynida biofaol birikmalarni ajratish va tozalashda PAA asosidagi gellarni qo‘llash borasidagi tadqiqotlar kam ekanligi kuzatildi. Shu sababli ushbu ishda bu boradagi tadqiqotlar amalga oshirildi. Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Tadqiqotlar natijasida biologik faol birikmalar, xususan ba’zi B guruhiga mansub vitaminlar aralashmasini selektiv ajratish uchun qisman gidrolizlangan hamda kimyoviy modifikatsiyalangan PAA asosidagi gellar hamda membrana materiallaridan foydalanish imkoniyati mavjudligi ko‘rsatilgan. Ushbu natijalar ham nazariy ham amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, farmatsevtika, tibbiyot va xalq xo‘jaligining boshqa sohalarida qo‘llanilishi mumkin. Ish tuzilmasining tavsifi. Dissertatsiya ishi kirish, adabiyotlar sharhi, asosiy qism, xulosalar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat 3 bobda rasmiylashtirilgan bo‘lib, 00 bet kompyuter matnida, 14 rasm, 3 ta jadvallar va 79 ta ilmiy ishlar ro‘yxatidan iborat. 4
1. BOB . QISMAN GIDROLIZLANGANPOLIAKRILAMIDASOSIDA GELLAROLISH VA ULARNING XOSSALARINI TEKSHIRISH ( ADABIYOTLAR SHARHI ) 1.1. Polimer gellar haqida umumiy tasnif Poliakrilamid (PAA) eng keng tarqalgan polimerlardan biridir. Tegishli erituvchilardan foydalangan holda PAA eritmalari PAA tolalari, osmotik membranalar va boshqa PAA bilan bog‘liq materiallarni tayyorlash uchun prekursorlardir. PAA eritmalarining fizik va kimyoviy xossalari olingan materiallarning xususiyatlariga katta ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu maqolada polimer eritmasining gellanishi va polimer gellarining xarakteristikalari, shuningdek, PAA va PAA gellarining xususiyatlari keltirilgan. Konsentrlangan polimer eritmalari tizimlarining xususiyatlariga ko‘ra PAA eritmalarining gellanishini tavsiflashning tegishli usullari taklif qilingan. So‘nggi tadqiqot natijalari va PAA eritmalarini gellanishi bo‘yicha so‘nggi yutuqlar quyidagi jihatlarda jamlangan: PAA eritmalarining gellanishiga kontsentratsiya va haroratning ta'siri, PAA eritmalarining gellanishiga eskirish va erituvchi yo‘qligining ta‘siri, PAA gellanishining termal qaytaruvchanligio‘rganildi . Eritmalar, PAA eritmalarining gellanishining fraktal xarakteristikalari va poliakrilonitril gellarning o‘zaro bog‘lanish mexanizmiko‘rib chiqildi. PAN eritmalarining gellanishi va PAA gellarining holati tashqi muhit va gellarning tarkibiga kuchli bog‘liqligi aniqlandi[1]. Nihoyat, PAA eritmalari va PAA gellarining gellanishini o‘rganish istiqbollari kutilmoqda. Poliakrilamid (PAA) turli konsentratsiyalarda PAA eritmalarini tayyorlash uchun dimetil sulfoksidda (DMSO) eritilgan va PAA molekulalarining biologik o ‘ zaro bog ‘ lanishi tufayli PAA eritmasida uzoq qarish davridan keyin yoki past haroratda fizik gel paydo bo ‘ lishi mumkin [2]. Teologik o ‘ lchovlardan foydalanib, PAA eritmalarining qarish paytida ham, chastotali skanerlash paytida ham (ma’lum konsentratsiya va haroratda) viskoelastik xususiyatlarini o ‘ rganib chiqildi. Birinchidan, Winter va Chambon nazariyasiga asoslanib, eskirish davrida 5