SUG’ORISH EROZIYASI JARAYONIDA TUPROQLARNING FIZIKAVIY XOSSALARINING O’ZGARISHI
1 SUG’ORISH EROZIYASI JARAYONIDA TUPROQLARNING FIZIKAVIY XOSSALARINING O’ZGARISHI MUNDARIJA Kirish……………………………………………………………………..3 1. Adabiyotlar sharhi……………………………………………………..5 1.1. Sug’orish eroziyasining tuproq morfologiyasiga ta’siri……………....5 1.2. Bo’z tuproqlar agrokimyoviy xossalarining sug’orish eroziyasi ta’sirida o’zgarishi……………………………………………………………………….....10 1.3. Tuproqlar umumiy fizik xossalarining sug’orish ta’sirida o’zgarishi...30 2. Tadqiqot sharoitlari, obyekti va uslublari……………………………40 2.1 Tadqiqot sharoitlari…………………………………………………….40 2.2. Tadqiqot obyektlari……………………………………………………42 2.3 Tadqiqot uslublari…………………………………………..................42 3. Tadqiqot natijalari………………………………………….................43 3.1. Tuproqning zichlashuvini kamaytirish yo’llari……………………….43 3.2. Och tusli bo’z tuproqlari sharoitida chigitni har xil muddatlarda ekilganda paxta hosildorligiga ta’siri…………………….……………………….44 3.3. Sug’oriladigan tuproqlarning agrofizik holatini maqbullashtirish va boshqarish…………………………………………………………………….......46 Xulosalar………………………………………………………………….48 Tavsiyalar ………………………………………………………………..49 Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………........50
2 KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so‘ng yer resurslaridan samarali foydalanishga qaratilgan «Yer kadastri», «Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida» gi, «Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida» gi, «Davlat yer kadastri to‘g‘risida» gi qonunlarning qabul qilinishi, Respublika Prezidentining Farmonlari va bir qator Hukumat qarorlari mamlakatimizda yer resurslaridan oqilona foydalanishning huquqiy zaminini yaratdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Vazirlar Mahkamasining 2015 yilda ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishning yakunlariga va 2016 yilda iqtisodiy dasturning eng muhim ustivor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan majlisda aytganlaridek, mamlakatimizda mulkchilik munosabatlarining o‘zgarishiga dehqonlarda yer egasi hissiyotini rivojlantirishga qaratilgan iqtisodiy islohatlarni maqsadga yo‘naltirilgan holda amalga oshirish qishloq xo‘jaligida chuqur ijobiy o‘zgarishlar yuz berishiga olib keldi. Fermer xo‘jaliklari qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining asosiy shakliga, ya’ni shu soha rivojlanishining asosiy dokomotiviga aylandi. Shuni ham aytish kerakki, qishloq xo‘jaligi sohasida xususan yer resurslaridan foydalanishda iqtisodiy-huquqiy islohatlarni amalga oshirish agrar sohaning respublikamiz iqtisodiyotiga, xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida islohatlarni amalga oshirishda asosiy ahamiyatga ega ekanligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda yer resurslarini boshqarish – yer resurslarini o‘rganish va ularni haritalash, yer monitoringini va yer kadastrini yuritishni, yerdan samarali foydalanishni va uni muhofazalash, tuproqlar unumdorligini saqlash va oshirish kabi asosiy yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi. Bu xususda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat
3 qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risidagi 2004 yil 15 oktyabrdagi PF -3502 – sonli Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 19-oktyabrdagi 483 – sonli O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida qarori respublikamiz yer resurslaridan foydalanishda yagona davlat siyosatini amalga oshirishning asoslarini yaratib berganligini ta’kidlash zarur. Tadqiqotning maqsadi. Sug‘orib dehqonchilik qilinadigan yerlarda sug‘orish eroziyasi jarayonida tuproqlarning fizikaviy xossalarining o‘zgarishi va uning tuproq unumdorligiga ta’sirini ilmiy manbalardan o’rganishdan iborat. Tadqiqot vazifalariga quyidagilarni kiritildi. 1. Qadimdan sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlarning sug‘orish eroziyasi natijasida morfologik o‘zgarishlarini o’rganish. 2. Sug‘orish eroziyasi mavjud maydonlarda mineral va organik o‘g‘itlar qo‘llashning tuproq fizikaviy xossalariga ta’sirini o’rganish. 3. Sug‘orish eroziyasiga uchragan tuproqlarning unumdorligini oshirish chora tadbirlarini o’rganish. Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati . Tuproqlarning cuv fizik xossalarining o‘zgarishining ilmiy ahamiyati, uning unumdorligini belgilashda, ayniqsa madaniy o‘simliklarning me’yorida rivojlanishida, hosildorligini oshirishda hamda tuproqda kechadigan barcha jarayonlarning namoyon bo‘lishida muhim ahamiyatga ega. Tuproqlarning fizikaviy xossalarining o‘zgarishining amaliy ahamiyati shundan iboratki, sug‘oriladigan tuproqlarni unumdorligini saqlash va tiklash uchun uning umumiy fizik xossalari muhim hisoblanadi. Tuproqlarning zichlanishi oldini olish maqsadida har 2-3 yilda tuproqning haydalma osti (plug tovon) qatlamini yumshatish, tavsiya etilgan me’yorlar asosida organik va mahalliy o‘g‘itlardan keng foydalanish, hamda tuproqlarning havo va namlik rejimini yaxshilash maqsadida almashlab ekish tizimini ishlab chiqarishga keng joriy etish yuqori samarali usullardan hisoblanadi.
4 Ishning tuzilishi va hajmi. Malakaviy bitiruv ishi – 64 betdan iborat bo’lib, kirish, 3 bob, xulosalar, foydalanilgan 31 ta adabiyotlar ro’yxati va tavsiyalardan iborat. Malakaviy bitiruv ishi matnida 1 ta jadval, 10 ta rangli rasm keltirilgan. 1. ADABIYOTLAR SHARHI 1.1. Sug’orish eroziyasining tuproq morfologiyasiga ta’siri Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri – xo‘jaliklarda eroziya jarayonlariga qarshi chora-tadbirlarni keng joriy qilishdir. Dehqonchilik madaniyatini yuqori pog‘onalarga ko‘tarish, sug‘oriladigan yerlardan oqilona foydalanish va ularni unumdorligini oshirish, fan va texnika yutuqlarini hamda ilg‘orlar tajribalarini amaliyotga qo‘llash ko‘p jihatdan chora-tadbirlarni to‘g‘ri joriy qilishga bog‘liq. Ilmiy jihatdan asoslangan va xo‘jaliklarning tuproqlariga mos keladigan chora – tadbirlarni joriy qilish, ishlab chiqarish omillaridan unumli foydalanish, uning samaradorligini oshirish imkonini beradi. Eroziya jarayonlariga qarshi qo‘llanilayotgan chora-tadbirlar tufayli yerdan unumli foydalanish yaxshilanadi. Tuproqning donadorligiva sifati oshib, sug‘orish suvi tejaladi, xo‘jaligining moliyaviy ahvoli yaxshilanadi, dalalar begona o‘tlardan tozalanadi, o‘simliklarning zarakunanda hasharot va zararkunandalardan zararlanishi kamayadi. Eroziyaga doir chora-tadbirlar to‘g‘ri va sifatli olib borilishi natijasida yerlarning unumdorligi oshadi, oraliq va takroriy ekinlardan oqilona foydalanish tufayli yerning unumli foydalanish koeffitsenti ortadi, ekinlar hosildorligi oshib, mahsulot sifati yaxshilanadi. O’ zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng g‘alla mustaqilligini ta’minlash zaruriyati munosabati bilan sug‘orib ekiladigan dehqonchilikda keskin burilishlar ro‘y berdi, ya’ni g‘o‘za yakka ziroatchiligi barham topib, eroziyaga uchragan yerlarda don va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish strukturasi ham o‘zgardi. Respublikaimzning eroziyaga uchragan yerlariga, xususan, Qashqadaryo viloyati tuproq-iqlim sharoitiga mos keladigan, g‘o‘za-don-siderat ekinlarni
5 almashlab ekish tizimini joriy qilish ijobiy natijalar bermoqda. Eroziyaga uchragan sug‘oriladigan tuproqlarda g‘o‘za-don-siderat ekinlarining o‘rni qanday va bu ekin turlari tuproq unumdorligiga qay darajada ta’sir etadi, biz qo‘llagan chora- tadbirlardan keyin ekilgan ekin turlarining hosildorligi qanday bo‘ladi? – degan savollarga ilmiy asoslangan javob topish hozirgi kunning eng muhim dolzarb masalalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Bundan tashqari, O‘zbekiston aholisini g‘alla bilan va chorvani yem-xashak mahsulotlari bilan ta’minlash, chetdan mahsulot olmasdan turib, o‘zimizda arzon va sifatli don mahsulotlarini yetishtirish va eroziyaga uchragan yerlarning unumdorligini oshirishda qo‘llanilayotgan chora-tadbirlarni kiritish va uni ilmiy jihatdan asoslash ayni paytda muhim ahamiyat kasb etuvchi vazifalardan biri hisoblanadi. Bu muammolarni ijobiy hal qilish maqsadida X.Maqsudov tomonidan tuproq eroziyasi va muhofazasi bo‘limi xodimlari Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumani «Ibragimov» xo‘jaligida 2006 yildan boshlab, hozirgi kunga qadar «O‘zbekistonning tog‘lik hududlarida tuproq eroziyasini oldini olishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqish» mavzusi bo‘yicha dala tajribalari olib borilgan. 1. Tuproq + NPK (fon) xo‘jalik sharoitida qo‘llaniladigan o‘g‘itlar me’yori. 2. Tuproq + (fon) + K-9 (gektariga 10-15 kg). 3. Tuproq + (fon) + sideratlar (Perko + roj). (Polikompleks 1-2 vegetatsiya sug‘orishdan so‘ng jo‘yak orasiga 10-15 sm kenglikda sepiladi). Tajriba o‘tkazilayotgan dala tuprog‘i sug‘orilib kelinayotgan tipik bo‘z tuproqlar, mexanik tarkibi moyil yengil va o‘rta qumoqlardan iborat. Tuproqlarning morfologik belgilari tuproq turini aniqlashda, tuproqqa tavsif berishda, shuningdek eroziyalanganlik darajasini aniqlashda muhim diagnostik ahamiyatga ega. Tuproqning morfologik ko‘rsatkichlariga eroziyani va unga qarshi o‘tkazilgan chora-tadbirlarning ta’sirini o‘rganishda, biz asosan har qaysi kesmaning gkmksli qatlam qalinligiga, yuqori qatlamning rangiga, donadorligiga,