logo

Eksperimental psixologiya fanining rivojlanish tarixi

Загружено в:

27.11.2024

Скачано:

0

Размер:

42.5390625 KB
Eksperimental psixologiya fanining rivojlanish tarixi
MUNDARIJA:
KIRISH..........................................................................4
I.BOB. EKSPERIMENTAL PSIXOLOGIYA FANINING 
SHAKLLANISHI............................................................5
1.1. Eksperimental psixologiya fanining falsafadan 
ajralib chiqishi.........................................................5-16
1.2. Eksperimental psixologiya fanining rivojlanish 
tarixi.......................................................................17-23
II.BOB. Eksperimental psixologiya fanining maqsad
 va  vazifalari................................................     ..........24
2.1. Eksperimental psixologiyaning tadqiqot meto-
dikalari....................................................................24-27
2.2. Eksperiment metodining ahamiyati...............28-34
XULOSA..................................................................34-35
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI.............36
1                                                          KIRISH
Mavzuning dolzarbligi.  Hozirgi kunda psixologiya fani hayotimizda muhim 
rol o‘ynaydi. Psixologiya fani rivojlanib, falsafa fani tarkibidan ajralib chiqqandan 
keyin psixologiyaning birqancha turlari ham rivojlana boshlaydi. Bularga misol 
qilib, tibbiyot psixologiyasi, madaniyat psixologiyasi, eksperimental psixologiya  
kabi turlari shakllanadi. Eksperimental psixologiya fani ham psixologiya fanining 
muhim bir turi hisoblanib, bu fan orqali biz turli eksperimentlar yani tajribalar 
qilishimiz mumkin. Eksperimental psixologiya fani rivojiga birqancha olimlar o‘z 
hissalarini qo‘shadilar. Bular Vilgelm Vundt, Zigmund Freyd, Galton, Kettel, 
Ayzenklarni olishimiz mumkin. Ular psixologiya rivoji uchun qimmatli vaqtlarini 
ayamay turli fikrlar bildiradilar va turli metodikalari o‘ylab chiqadilar. Har bir 
fanning asosini metodika va metodlar tashkil qilganidek eksperimental psixologiya
fanining asosini ham metodlar tashkil qiladi. Eksperimental psixologiya fanining 
asosiy metodlariga tajriba test intervyu suhbat bigrafik sotsigeometrik va 
Proyektiv metodikalar kiradi. Biz bir qatorda metodikalar orqali insonning shaxsiy 
sifatlarini, xususiyatlarini qiziqishlarini layoqatlarni o‘rganishimiz mumkin. 
Proyektiv metodikalar ham bu fanning asosini tashkil qiladi. Bu metodikalarga biz 
"Mavjud bo‘lmagan hayvon"  "Zinaga zina" " Kaktus"  "Qayiq" " Turnalar" va yana 
birmuncha metodikalari olishimiz mumkin. Biz psixologiyani bilibgina insonlarning 
shaxsiy sifatlarini aniq bilib olamiz.
Kurs ishining obyekti.  Shaxslarda psixologiya faniga bo‘lgan qiziqishlarni 
kuchaytirish. Eksperimental psixologiya fanining rivojlanish tarixini o‘rganish.
Kurs ishining  predmeti.  Eksperimental psixologiya fani rivojlanishga hissa 
qo‘shgan olimlarning tadqiqotlari va metodikalari.
Kurs ishining vazifalari:
 Psixologiya fanining hayotimizdagi ahamiyatini aniqlash;
 Eksperimental psixologiya fanining mustaqil fan sifatida
 rivojlanishini o‘rganish;
2  Eksperimental psixologiya fanining vazifalari va maqsadini o‘rganish;
 Bu fanning metodikalarni aniqlash;
 Eksperiment metodining ahamiyatini aniqlash.
Kurs ishining tarkibi:  Kirish, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, 2 bob va 4 
bo‘limdan iborat.
       I.BOB. EKSPERIMENTAL PSIXOLOGIYA FANINING   
    SHAKLLANISHI
     1.1. Eksperimental psixologiya fanining falsafadan 
     ajralib chiqishi.
Har bir mustaqil fan singari “Eksperimental psixologiya” fani ham o’zining 
rivojlanish tarixiga egadir. Eksperimental psixologiya mustaqil fan sifatida XIX asr 
o’rtalarida rivojlana boshladi. Psixologiyada eksperimental tadqiqotlarni 
qo’llanilishi va rivojlanishi bu fanning ilmiy-amaliy asosga ega ekanligini yana bir 
bor ko’rsatib berdi.
Mashhur ingliz olimi F.Gal’ton 1884 –1885 yillar davomida bir necha seriyalardan 
iborat tajribalar o’tkazdi. Bunda 5 yoshdan 80 yoshgacha bo’lgan xohlovchilar 
arzimagan haq evaziga laboratoriyada o’z kuchi, reaktsiya tezligi; organizmning 
3 xislatlarini 17 ko’rsatkich bo’yicha tekshirishlari lozim edi. Bu ko’rsatkichlar 
qatoriga shuningdek, bo’yi, og’irlik, o’pkaning tiriklik sig’imi, kaft va musht kuchi, 
harflarni eslab qolish qobiliyati, ko’rish o’tkirligi, rangni farqlash kabi ko’rsatkichlar
ham kiritildi. To’liq dastur bo’yicha hammasi bo’lib 9337 kishi tekshirilib chiqildi. 
F.Gal’tonning fikriga ko’ra, testni o’tkazish eksperimentni talab etadi. Shunday 
qilib, eksperiment fanning haqiqiy asosi, poydevori deb qarala boshlandi. Bu 
haqida Dj.Kettell ham ta’kidlab o’tgan: qachonki asosini eksperiment va o’lchash, 
aniqlash tashkil qilar ekan, shundagina psixologiya haqiqiy va aniq fan bo’lishi 
mumkin. 1890 yilda nashr qilingan ilmiy ishida Dj.Kettell 50 turdagi laboratoriya 
testlarining ro’yxatini keltiradi. Hozirgi kunda ularni testdan ko’ra ko’proq 
topshiriqlar deb atash to’g’riroq bo’ladi. Bu topshiriqlar testlarga qo’yiladigan 
talablardan faqat ikkitasiga ega edi: uni qo’llash ko’rsatmasi mavjud hamda 
tadqiqotning (laborator) ilmiy tabiati ta’kidlangan edi. Bu talablarga ko’ra 
laboratoriya yaxshi jihozlanishi; testni o’tkazish vaqtida begonalar bo’lmasligi; 
barcha sinaluvchilarga bir xilda ko’rsatma berilishi, ya’ni ular nima qilishlari 
kerakligini yaxshi o’zlashtirib olishlari lozim edi.
F.Gal’ton va Dj.Kettell dastlabki asarlari nashr etilgach, test metodi g’oyasi turli 
mamlakat olimlarining diqqatini o’ziga tortdi. Shu tariqa uning tarafdorlari va 
qarshi bo’lgan olimlar paydo bo’la boshladi. Bu metodni qo’llash tarafdorlariga 
quyidagilarni kiritish mumkin: Germaniyada – G.Myunsterberg, S.Krepilin, V.Onri, 
Frantsiyada – A.Bine, AQShda – Dj.Gilberd va boshqalar. Bu tadqiqotchilar yangi 
turdagi, ya’ni psixologiyani amaliyot ehtiyojlari bilan bog’lashga uringan olimlar 
edilar. Biroq amaliy tadqiqotlarga intilish psixologiyada fandan yiroqlashish deb 
baholanadi. Dj.Kettellning ta’kidlashicha, u o’zining dastlabki testlarini 
4 laboratoriya tadqiqotlarida individual farqlarni aniqlash maqsadida 1885 yilda 
qo’llagan, ammo V.Vundtning qarshiligi tufayli ularni nashrdan chiqara olmadi.
Ma`lumki, XIX asr fizika, biologiya, fiziologiya, kimyo va boshqa fanlarning 
rivojlanishi bilan tavsiflanadi. Fanda paydo bo’lgan eksperimental metodning keng
qo’llanilishi bu fanning rivojlanishiga yordam berdi. XVIII asrning oxiri X1X asrning 
boshlaridayoq psixologlar o’rtasida psixik hodisalarni o’rganishda eksperimentni 
tatbiq qilish mumkin emasmikan, degan muammo paydo bo’ldi.
Bu muammo bo’yicha faylasuf Kant o’z fikrini bildirdi. Uning fikricha, psixologiyada
eksperimentning bo’lishi mumkin emas, chunki psixik hodisalarni o’lchash 
mumkin emas, ularga matematikani tadbiq qilish ham mumkin emas.
Psixik hodisalarni o’lchashning mumkinligi, binobarin, psixologiyada 
eksperimentning bo’lishi mumkinligi haqida nemis psixologi I.Gerbart (1776-1841)
ijobiy fikr bildirgan. U «psixologiyada matematikani tadbiq qilish mumkin va 
zarurligi haqida» shunday degan: «Mening tadqiqotlarim amalda faqat 
psixologiyaning o’zi bilan cheklanib qolmasdan, balki fizikaga va umuman tabiat 
fanlariga ham qisman aloqadordir».
Gerbartning fikricha, asosiy psixofizik element tasavvurdir, qolgan barcha 
jarayonlar – hissiyot, iroda, tasavvurlar majmuasidan va munosabatlaridan 
iboratdir. Ruhiy holatlar doimo o’zgarish jarayonida bo’ladilar. Tasavvurlarning bu 
doimiy o’zgarish va almashish jarayonida ma`lum darajada doimiylik, qonuniyat 
bor. Bu doimiylikning miqdor tomonini o’lchash mumkin. Shuning uchun ham, 
Gerbartning fikricha, psixologiyaga matematikani tatbiq qilish mumkin.
5 Gerbart garchand psixologiyada eksperimentdan foydalanishning zarurligi va 
foydaliligini isbotlagan bo’lsa ham, lekin uning o’zi bu metoddan foydalanmadi.
Psixologiyada eksperimentni tatbiq qilish bo’yicha dastlabki ishlarni fiziolog Veber 
(1796-1878) va fizik Fexner (1801-1887) amalga oshirdilar. Veber va Fexnerning 
maqsadi tashqi ta`sirotlar (fizik omillar) ta`sirida sezgilarning o’zaro munosabatlari
sohasidagi qonuniyatlarni topishdan iborat edi. Fexner eksperimental metodlar 
asosida sezgilarning ortib borishi bilan ularni qo’zg`atuvchi ta`sirlar o’rtasidagi 
q’iyosiy munosabatni aniqlab, sezgi qo’zg`atgich logarifmiga proportsionaldir, 
degan psixofizik qonunni kashf etdi. Veber va Fexner o’tkazgan tajribalar 
«Psixofizika» degan alohida fanning paydo bo’lishiga olib keldi.
Veber va Fexner ishlarining ahamiyati, asosan, shundan iboratki, ular birinchi 
bo’lib psixologiyani, tabiat fanlari singari, eksperimental fanga aylantirish mumkin 
ekanligini isbotladilar. Shu vaqtgacha faqat kuzatish, asosan o’z-o’zini kuzatishdan 
foydalanib kelayotgan psixologiya, endi aniq fanlardagi ob`yektiv metoddan 
foydalana boshlaydi.
Eksperimental psixologiya taraqqiyotida ayniqsa nemis fiziologi va psixologi 
Vilgelm Vundtning (1832-1920) ishlari katta ahamiyatga ega bo’ldi. Vundtgacha 
faqat ichki tajribadan va o’z-o’zini kuzatishdan foydalanib kelgan psixologiya 
faqatgina ijtimoiy fan edi. Vundt eksperiment va o’lchash metodlarini zarur deb 
topib, psixologiyani eksperimental fanga aylantirishni maqsad qilib qo’ydi. Vundt 
psixologiya uchun klassik metodlar bo’lib qolgan bir qancha metodlarni, ya`ni 
kuzatish metodi, ifodalash metodi va reaktsiya metodlarini kashf etdi hamda 
rivojlantirdi. Vundt 1879 yili Leypsigda birinchi eksperimental psixologiya 
laboratoriyasini tashkil qildi.
6 Vundt shug`ullangan masalalardan biri o’sha vaqtda astronomlar tomonidan 
ochilgan diqqatni bir vaqtda ikkita har xil qo’zg`atuvchiga to’plash mumkin 
emasligi haqidagi masala edi. Bu hodisani aniqlash uchun Vundt (laboratoriya 
tashkil qilingunga qadar) 1861 yilda alohida mayatnik o’ylab chiqardi (Vundt 
mayatnigi). Bu mayatnik graduslarga bo’lingan yoy atrofida harakatlanadi va har 
bir ma`lum vaqtdan keyin shig`irlaydi. Bu psixologik eksperimentlar uchun kashf 
etilgan birinchi asbob edi.
Ilmiy psixologiyani rivojlantirish uchun Vundt qo’shimcha vosita sifatida turdosh 
fanlar, ayniqsa fiziologiya, astronomiya, geografiya, tarix va boshqa fanlardan 
olingan ma`lumotlardan foydalanish zaruriyatini ilgari surdi.
1883 yilda Vundt o’z tajribalarini ommaga yetkazish uchun “Falsafiy maktab” 
degan jurnalga asos soladi va bu jurnalga 1903 yilda “Psixologiya maktabi” degan 
nom beriladi. 1889 yilda Vundt laboratoriyasi psixologiya institutiga aylantirildi. 
1887 yilda Vundt psixologik asbob-uskunalarni ishlab chiqaruvchi “E.Simmerman” 
firmasiga asos soldi.
1882 yilda Germaniyada yana boshqa psixologiyaga oid laboratoriyalar ochildi. 
Geytengen shahrida Myuller, Berlinda Ebbingauz, Freyburgda Myustenburg, 
Bonnda Lips, Geydelburg, Strasburg, Gallda psixologlarning kabinetlari ochildi. 
Keyinchalik esa Vyursburgda – Kyunpe, Frankfurtda – Shumann labratoiyalari 
ochildi.
1890 yilga kelib Ebbingauz va Kenning ishtirokida “Sezgi a`zolari psixologiyasi va 
fiziologiyasi” jurnaliga asos solindi. 1903 yilda E.Meymann “Umumiy psixologiya 
arxivi” degan jurnal nashr ettira boshladi.
7 Leypsig laboratoriyasi va institutidan namuna olib boshqa mamlakatlarda 
jumladan, Frantsiya, Angliya va Amerikada laboratoriya hamda institutlar tashkil 
qilindi. XIX asrning oxirida Rossiyada ham bir qancha eksperimental psixologiya 
laboratoriyalari tashkil qilindi: Moskvada Tokarskiy, Qozonda Bexterev, Odessada 
N.N.Langelar tomonidan shunday laboratoriyalar ochildi. 1911 yil Moskva 
universiteti huzurida, maxsus qurilgan binoda professor Chelpanov rahbarligida 
eksperimental psixologiya instituti tashkil qilindi. Hozirgi vaqtda bu institut RF 
Pedagogika fanlari akademiyasi tizimiga kiradi.
Bundan tashqari Rossiyada I.Sechenov eksperimental psixologiyaning otasi 
sifatida tan olindi. Uning asosiy g`oyalari nevropatologiya va psixologiya 
patologiyalari edi. Shundan so’ng psixologiya va fiziologiyani bog`lab o’rganish avj 
oldi.
1886 yilda Qozonda Bexterev tomonidan birinchi psixologiya laboratoriyasi 
ochildi. 1883 yilda esa Bexterev tomonidan “Nevrologik axborotnoma” jurnaliga 
asos solindi. 1894 yilda Bexterev harbiy akademiyada ikkinchi psixologiya 
laboratoriyasini ochadi. Bu yerda asosiy e`tibor sezgilarga qaratiladi. 1886 yilda 
Bexterev asos solgan “Psixiatriya, nevrologiya, eksperimental psixologiya 
xabarnomasi” jurnalida akademiyada o’tkazilgan tadqiqotlar natijalari yoritiladi.
1907 yilda Bexterevning tashabbusi bilan Peterburgda ikkinchi psixologik 
nevropatologiya instituti ochiladi. 1918 yilda esa miya va psixik faoliyatni 
o’rganuvchi institutga asos solinadi.
XIX asrning 80-yillarida Xarkov va Yurev shaharlarida psixologiya laboratoriyalari 
ochiladi. Xarkov laboratoriyasining asoschisi P.I.Kovalevskiy edi. 1883 yilda esa 
8 Kovalevskiy Rossiyada birinchi psixiatriya jurnali “Psixiatriya, nevrologiya va sud 
psixopatologiyasi” jurnalini nashr qildiradi.
Yurev shahridagi laboratoriyaning asoschisi Krepelin edi. 1891 yilda bu 
laboratoriyaga V.F.Chij rahbarlik qilgan. Bu laboratoriya dunyo bo’yicha Vundt 
laboratoriyasidan keyin ikkinchi o’rinda turadi.
1895 yilda psixiatr Korsakov laboratoriya ochib unga rahbarlik qilishni Tokarskiyga 
topshiradi. Bu laboratoriyada sezgi, idrok, xotira o’rganilgan. Bu yerdagi 
ma`lumotlar “Laboratoriya qaydlari” degan jurnalda yoritib borildi.
1912 yilda Rossiyada psixologiya institutiga asos solindi. Bu institutga Chelpanov 
rahbarlik qildi. I.A.Skorskiy Kiyevda ochgan laboratoriyada aqliy faoliyat va toliqish
muammolari o’rganildi. 1985 yilda I.A.Skorskiy asos solgan “Nevropsixik tibbiy 
muammolar” jurnali chop etildi.
1892 yilda Odessadagi “Novorossiysk” universiteti filologiya fakulteti qoshida 
faylasuf va psixolog N.N.Lange laboratoriya ochdi. Bu yerda idrok va xotira 
muammolari o’rganildi.
Professor A. F. Lazurskiy (1874-1917 y.) tomonidan eksperimental metodning 
alohida turi – tabiiy eksperiment ishlab chiqarilgan. Eksperimentning bu turidan 
bizda bolalar psixologiyasini o’rganishda, pedagogika masalalarini, ayniqsa, ta`lim 
psixologiyasi masalalarini ishlab chiqarishda keng va unumli foydalanilmoqda.
Eksperimental metodning tatbiq qilinishi psixologiya fani taraqqiyotiga juda 
unumli ta`sir ko’rsatdi.
9 Bu metod yordamida oddiy kuzatish yoki o’z-o’zini kuzatish yo’li bilan aniqlash 
qiyin bo’lgan yoki butunlay mumkin bo’lmagan ko’p ma`lumotlar aniqlandi, ayrim 
psixik hodisalar o’rtasidagi bog`lanishlar aniqlangan, psixik jarayonlardagi, 
ayniqsa, sezgilar, diqqat, idrok, xotira sohasidagi ba`zi bir qonuniyatlar ochilgan.
Eksperimental analiz yo’li bilan murakkab psixik jarayonlar (idrok, xotira, 
tafakkur)ning alohida tarkibiy qismlari ajratilgan, psixik jarayonlarning fiziologik 
hodisalar bilan, shuningdek, tashqi fizik muhit hamda ijtimoiy muhit bilan bo’lgan 
bog`lanishlari ochilgan.
Eksperimental tekshirishlarning yakunlari, shuningdek, eksperimental metodning 
usullaridan foydalanish amaliy faoliyatning turli sohalarida – o’quv tarbiya 
ishlarida, tibbiyotda, mehnatni tashkil qilish va ratsionalizatsiyalashtirishda, sud 
ishlarida, san`atda juda ko’p foyda keltiradi.
AQShda eksperimental psixologiyaning rivojlanishida yevropalik olimlarning 
hissasi kattadir. Amerika psixologiyasining asoschilari S.T.Xoll, D.Kettel, D.Endjel, 
Skripcher kabilar edi. Ular uzoq vaqt Leypsig shahridagi Vundt laboratoriyasida 
ta`lim olishgan.
AQShga yevropadan ko’chib kelgan psixologlar E.Titchener, G.Myustenberg, 
K.Levin, Mak-Dugal kabi psixologlar eksperimental psixologiyani AQShga olib 
kirdilar.
1883 yilda Baltimor shahridagi D.Gopkins universitetida Xoll ta`lim olib, AQShda 
birinchi laboratoriyani ochdi. 1888 yilda Vorchestordagi S.Klarks universitetida Xoll
ikkinchi laboratoriyani ochdi. Bu laboratoriyani E.Sanford boshqardi. 1891 yilda 
“Pedagogik seminar” uyushtirildi.
10 1877 yilda “Amerika psixologiyasi” jurnali, 1915 yilda “Amaliy psixologiya” 
jurnaliga asos solindi. 1892 yilda Xoll tashabbusi bilan Amerika psixologlari 
assotsiatsiyasi tuzildi. Bu assotsiatsiyaning birinchi prezidenti etib Xollning o’zi 
tayinlandi.
1887 yilda Kettel Penselvaniya shahrida laboratoriya ochdi. Xuddi shu yilda 
D.Petrik ham Yova universiteti qoshida laboratoiya ochadi. 1888 yilda Viskonsern 
universitetida (D.Yastrov), 1891 yilda Torontoda (D.Bolduin), 1891 yilda 
Kolumbiya universitetida (D.Kettel), 1892 yilda Garvard universitetida 
(G.Myustenburg) lar psixologik laboratoriya ochdilar.
XIX asrning oxiriga kelib Amerikada 27 laboratoriya va psixologlar mahkamalari 
faoliyat yuritgan.
Angliyada birinchi laboratoriya 1897 yilda ochildi. Kembridjda ochilgan bu 
laboratoriyaga dastlab R.Rivers, 1912 yildan boshlab esa S.Mayerlar boshchilik 
qildi. 1897 yilda J.Solli Londonda universitet kolledji qoshida ikkinchi 
laboratoriyaga asos soldi. Ushbu laboratoriyaning ayrim jihozlari Myustenberg 
(Freyburg shahrida) laboratoriyasidan olindi. 1900 yilda Angliyada boshqa 
laboratoriyalar yo’q edi. 1903 yilda Mayer qirollik kolledjida uchinchi 
laboratoriyaga asos soldi. 1936 yil Oksfordda eksperimental psixologiya instituti 
ochildi. 1901 yilga kelib ilk bora psixologlarning birinchi yig`ilishi bo’lib o’tdi. 1904 
yilda Rivers, Mayer va Uartlar psixologiyaning “Britaniya” jurnaliga asos soldilar.
Frantsiyada psixologiyaning rivojlanishi P.Jane, A.Bine va T.Ribo nomi bilan 
bog`liq. Rossiya psixologiyasida Sechenev, Germaniya psixologiyasida Vundt 
qanchalik katta ahamiyatga ega bo’lsalar Frantsiya psixologiyasi uchun T.Ribo 
shunchalik qadrlidir. T.Ribo eksperimental tadqiqotlar o’tkazmagan bo’lsa ham, 
11 Frantsiya psixologiyasining g`oyaviy otasi hisoblanadi. 1889 yilda Ribo Sarbonnada
birinchi laboratoriyani ochadi va unga Bonini prezident etib tayinlaydi. 1895 yildan
boshlab esa bu laboratoriyaga A.Bine rahbarlik qila boshlaydi.
1896 yilda V.Burdon Reyn shahrida ikkinchi laboratoriyani ochadi. 1921 yilda Parij 
psixologiya institutiga asos solinadi. Bu institutga A.Peron rahbarlik qilgan. 1901 
yilda esa frantsuz psixologlar jamiyati tashkil etildi.
Pozitivizm asoschisi O. Kant XIX asr o’rtalarida inson bilimi rivojlanishi haqidagi 
ta’limotni taklif qildi. U bilimning uchta ketma-ket bir-birini almashtiradigan 
shakllarini qarab chiqqan.
1) diniy urf – odatlar va individual ishonishga asoslangan,
2) falsafiy – u yoki bu ta’limot muallifining intuitsiyasiga, o’z ma’nosi jihatidan 
oqilona va aqliy ko’rinishga asoslangan.
3) Pozitiv-maqsadli kuzatish va eksperiment yo’lida faktlarni eslab qolishga 
asoslangan ilmiy bilim.
Biroq, pozitiv bilimlar muvaffaqiyatiga qaramay, XX asrda na falsafiy, na diniy 
bilimlarni rad etmadi. SHunday qilib, gap bir bilimni ikkinchisiga o’zgartirish haqida
emas, balki tsivilizatsiyaning rivojlanishi yo’lida bilimlar u yoki bu shaklini 
dominatsiyasi o’zgarishi haqida bilimlarning turlicha shakli parallel ravishda bor 
bo’lib va rivojlanib boradi, xuddi baravariga tirik tabiatda bo’lgani kabi har-xil 
ekologik tenglikni egallab ketayotib suv o’tlari va sut emizuvchilar, chuvalchang va
hashoratlardek.
12 «Psixologiya» - bu shunday atamaki, qaysi inson amaliyoti va bilimlarining har-xil 
ko’rinishlarida tatbiq qilinsa bo’ladi.
       Birinchidan, odamlarning «psixika» haqidagi kundalik bilimlari tuzilmasi kabi 
boshqa odamlarning xatti-harakati o’zining va boshqalarning ruhiy hayoti 
rivojlanishining asosi va qonuniyatlari bo’lgan psixologiya. Bu «kundalik 
psixologiya» bugungi kunda ilmiy psixologiya tarmoqlaridan birining kuzatish 
predmeti bo’lib qoldi. Odatiy, kundalik so’zlar ma’nosida tabiiy tilda muhrlangan, 
qaysiki inson psixikasi ahamiyati uning xatti-harakati, uning shaxsiy tomonlari, 
imkoniyatlari motivlari va boshqalarni ifodalaydigan, u hikmatlar va maqollarda 
uchraydi. Ruhning diniy tafakkuri uning tabiati haqida odatiy, kundalik bilimlarni 
tushunishi asosida paydo bo’ladi.
Ikkinchidan «falsafiy psixologiya» ham mavjud bo’lib, psixik reallik tabiati 
haqida savol eng asosiy hisoblanadi.
Doimiy «falsafaning asosiy savoli» ideal va material nisbat haqida, qaysisi 
«birlamchi», qaysisi «ikkilamchi» ideal (sub’ektiv, ruhiy, psixik) borligi to’g’risida 
ko’p yoki kamroq aniq fikr jamlanishi mumkin emas. SHuning uchun ko’pchilik 
psixologlar psixika kontseptsiyasini o’ylab topishgan, shaxs haqida o’zlarining 
tushunchalarini uning rivojlanishi ahamiyati, ob’ektiv va sub’ektiv borliqni 
(jumladan aks ettirish qonuni), inson va insonlar guruhi xatti-harakati determinant
haqida o’z fikrlarini bayon qilishgan. «Falsafiy psixologiya» doirasi ichida hozirgi 
kunda psixika yoki uning alohida tuzilishlari ostidagi modellari yaratilayapti.
Nihoyat «psixologiya» atamasi XIX asrda paydo bo’lgan fanni ba’zida o’zini-o’zi 
boshqaradigan reallik, moddiy asosi bo’lgan, ya’ni aks ettiruvchi va inson xatti-
harakatini boshlab turuvchi mexanizmi va atroflicha metod bilan tekshirilgan 
13 psixika to’grisidagi fandir. Materializm ob’ektivlik va determinizm printsiplari 
psixikani o’rganishning tabiiy bilimlariga yondashish asosida yotgan. Psixologiya 
fan sifatida tabiatshunoslik metodologiyasini qabul qilgan holda X1X asrning 
oxirlari va XX asrning boshlarida tarkib topgan.
Bir paytning o’zida nemis faylasufi V. Dil’tey «Ruh haqidagi fanlar» va tashqi 
dunyo haqidagi fanlarni alohida qarab chiqishni taklif etdi.
Birinchilarga u falsafa, etika, estetika lingvistika, huquq va boshqalarni kiritdi. 
Ikkinchilarga fizika, ximiya, geologiya, biologiya va boshqa tabiiy fanlarni kiritdi. 
Psixologiyani u hamma fanlar ruh haqida boshlangich bilimlar oluvchi 
fundamental fan sifatida ajratdi. Bu fandan «Ruh haqidagi fan» asosiy metod- 
ya’ni tushunish metodi deb qaraydi.
Dil’tey psixologiyani empiristik fan sifatida hisobladi, lekin psixologiyada empiristik
bilim tabiati boshqa tabiiy fanlarga qaraganda boshqacharoq. Gumanitar 
psixologik bilim kundalik tajribaga yaqin, uning ma’nosi madaniyatda taniqli va 
muhrlangandir, shuning uchun tabiiy fanlar tushunchasida yangilik uyg’otmaydi.
Tushunish, tadqiqot metodi sifatida psixologik tadqiqotlarning har birida ishtirok 
etadi. Biroq ko’pchilik kuzatuvchilar tushunuvchan yoki gumanitar psixologiya, 
psixologik tafakkur alohida sferasi sifatida ajratadilar, qaysiki tushunish asosiy 
metod sifatida gavdalanadi.
Tabiiy – ilmiy yonadashish psixologlarni odam va hayvonlarni tashqi kuzatish 
faoliyatini, xatti-harakatini tekshirishga yo’naltiradi. Psixologiyani xatti-harakat 
fanlariga qo’shishda, tadqiqot, o’lchash va eksperimentni psixologiyada xulq-atvor
kuzatish metodlari deb atashadi.
14 Insonning xulq-atvori verbal (nutqiy) va noverbal (predmetli harakat, nutqsiz 
kommunikatsiya) ga bo’linadi. Tekshiruv usullari – bu verbal va noverbal xatti-
harakatlarni ro’yxatga oluvchi metodikadir.
Umuman olganda, eksperimental psixologiya turli xil psixik vaziyatlarni 
eksperimental metodlar yordamida tadqiq qilishni o’rganadi. Psixologiyaning 
eksperimental deb atalishiga uning metodi sabab bo’lgan. Agar falsafa umuman 
olganda tabiat qonunlarini o’rgansa, eksperimental psixologiya esa fan sohasida 
hayvon va insonning xususiyatlarini anglab olishga yordam beradi.
Eksperimental psixologiya fani sohasidagi bilimlar, ilmiy xulosalar nafaqat 
eksperiment, balki kuzatish, so’roq va boshqa metodlar yordamida to’plangan. 
Ma’lumki, falsafa va umuman psixologiya fani orasida dastlab chegara yo’q edi.
Arastuning "Jon haqida" asari dastlabki metofizik asar bo’lib hisoblanadi. 
Psixologiya fanining falsafa ichidan ajralib chiqishiga ikkita asosiy omil sabab 
bo’lgan:
Psixologiya ilmiy muammolarga boyib borishi va yaqin istiqbollarning vujudga 
kelishi.
Psixolog olimlarning tadqiqot olib borishi uchun yangi vositalar paydo bo’lishi.
Falsafa va biologiyaning rivojlanishi psixologiyaning paydo bo’lishi, rivojlanishiga 
omil bo’ldi, ya’ni Arastu davridagi falsafaning rivoji o’rnini X asrda tabiiy fanlar 
egallaydi.
15 1.2. Eksperimental psixologiya fanining rivojlanish 
tarix i
Psixologiya eksperimental tadqiqot sohasi sifatida 1854-yilda Germaniyaning 
Leyptsig shahrida Gustav Fexner hissiy tajribalar haqida hukm chiqarish va ular 
ustida qanday tajriba oʻtkazish haqida birinchi nazariyani yaratgandan soʻng 
boshlangan. Bugungi kunda Signalni aniqlash nazariyasi sifatida eʼtirof etilgan 
Fexner nazariyasi qiyosiy mulohazaning statistik nazariyalari va uning gʻoyalari 
asosida minglab tajribalar rivojlanishini bashorat qildi. Keyinchalik, 1879-yilda 
Vilgelm Vundt Germaniyaning Leyptsig shahrida faqat psixologik tadqiqotlarga 
bagʻishlangan birinchi psixologik laboratoriyaga asos soldi. Vundt oʻzini psixolog 
deb atagan birinchi odam ham edi. Vundtning muhim kashfiyotchisi Ferdinand 
Uebervasser (1752-1812) edi, u 1783-yilda oʻzini empirik psixologiya va mantiq 
professori etib tayinladi va Germaniyaning Eski Myunster universitetida empirik 
psixologiya boʻyicha maʼruzalar oʻqidi[2]. Bu sohaga boshqa muhim hissa 
qoʻshganlar orasida Hermann Ebbinghaus (xotirani oʻrganish boʻyicha kashshof), 
Uilyam Jeyms (amerikalik pragmatizmning otasi) va Ivan Pavlov (klassik 
konditsionerlik bilan bogʻliq protseduralarni ishlab chiqqan).
Eksperimental psixologiyaning rivojlanishidan koʻp oʻtmay, amaliy psixologiyaning 
har xil turlari paydo boʻldi. G.Stenli Xoll 1880-yillarning boshlarida Germaniyadan 
AQSHga ilmiy pedagogikani olib keldi. Jon Dyuining 1890-yillardagi taʼlim 
nazariyasi yana bir misol edi. Shuningdek, 1890-yillarda Gyugo Myunsterberg 
psixologiyani sanoat, huquq va boshqa sohalarda qoʻllash haqida yozishni 
boshladi. Lightner Witmer 1890-yillarda birinchi psixologik klinikani yaratdi. Jeyms
16 MakKin Kettell 1890-yillarda birinchi aqliy test dasturini yaratish uchun Frensis 
Galtonning antropometrik usullarini moslashtirdi. Shu bilan birga, Vena shahrida 
Zigmund Freyd ongni oʻrganish uchun psixoanaliz deb nomlangan mustaqil 
yondashuvni ishlab chiqdi.
XX-asr Edvard Titchenerning Vundt empirizmini tanqid qilganiga munosabat 
bildirgan. Bu B. F. Skinner tomonidan ommalashtirilgan Jon B.Uotson tomonidan 
bixeviorizmning shakllanishiga yordam berdi. Bixeviorizm ochiq xulq-atvorni 
oʻrganishga urgʻu berishni taklif qildi, chunki buni miqdoriy va oson oʻlchash 
mumkin. Dastlabki bixevioristlar "ong"ni oʻrganishni samarali ilmiy oʻrganish 
uchun juda noaniq deb hisoblashgan. Biroq, Skinner va uning hamkasblari 
fikrlashni yashirin xulq-atvor shakli sifatida oʻrganishdi, ularda ochiq (omma 
tomonidan kuzatilishi mumkin boʻlgan) xatti-harakatlar bilan bir xil printsiplarni 
qoʻllashlari mumkin edi.
XX-asrning soʻnggi oʻn yilliklarida inson ongini oʻrganishga fanlararo yondashuv 
boʻlgan kognitiv fanning yuksalishi kuzatildi. Kognitiv fan yana kognitiv psixologiya,
tilshunoslik, informatika, falsafa, bixeviorizm va neyrobiologiya vositalaridan 
foydalangan holda "aql"ni tadqiqot mavzusi sifatida koʻrib chiqadi. Tadqiqotning 
ushbu shakli inson ongini keng tushunish mumkinligini va bunday tushunchani 
sunʼiy intellekt kabi boshqa tadqiqot sohalarida qoʻllash mumkinligini taklif qildi.
Psixologiyaning „kuchlar“ yoki „toʻlqinlar“ deb ataladigan kontseptual boʻlinmalari
mavjud boʻlib, ular maktablari va tarixiy tendentsiyalariga asoslanadi. Ushbu 
atama psixologlar orasida 1930-yillardan boshlab terapevtik amaliyotda kuchayib 
borayotgan gumanizmni, Uotsonning bixeviorizmi va Freyd psixoanalizining 
deterministik tendentsiyalariga javoban „uchinchi kuch“ deb atalganini farqlash 
17 uchun ommalashgan[3]. Gumanistik psixologiyaning muhim tarafdorlari Karl 
Rojers, Avraam Maslou, Gordon Allport, Erich Fromm va Rollo Meydir. Ularning 
gumanistik kontseptsiyalari ekzistensial psixologiya, Viktor Franklning 
logoterapiyasi, pozitiv psixologiya (Martin Seligman yetakchi eksponentlardan 
biri), C. R. Kloningerning farovonlik va xarakter rivojlanishiga yondashuvi[4], 
shuningdek, transpersonal psixologiya bilan bogʻliq. Ma'naviyat, oʻz-oʻzidan oʻtish,
oʻz-oʻzini anglash, oʻz-oʻzini amalga oshirish va eʼtiborlilik kabi tushunchalarni 
oʻzida mujassam etgan[5]. Kognitiv xulq-atvor psixoterapiyasida shunga oʻxshash 
atamalar ham kiritilgan boʻlib, ular tomonidan:
"Birinchi toʻlqin“ boshlangʻich xulq-atvor terapiyasi hisoblanadi;
„Ikkinchi toʻlqin“, Albert Ellisning kognitiv toʻlqini;
„Uchinchi toʻlqin“, qabul qilish va majburiyat terapiyasi bilan, insonning salbiy 
fikrlash sxemalariga qarshi turish oʻrniga qadriyatlarga, oʻz-oʻzini anglash 
usullariga, qabul qilish va psixologik moslashuvchanlikka intilishini taʼkidlaydi[6].
„Toʻrtinchi toʻlqin“ terapevt nuqtai nazariga bogʻliq boʻlgan heterojenligi va 
nazariy yoʻnalishi uchun baʼzi tadqiqotchilar tomonidan tanqid qilingan tarzda 
transpersonal tushunchalar va ijobiy gullashni oʻz ichiga olgan toʻlqin boʻladi.
„Beshinchi toʻlqin“ endi oldingi tushunchalarni birlashtiruvchi nazariyaga 
integratsiyalashga intilayotgan bir guruh tadqiqotchilar tomonidan taklif qilingan.
Zamonaviy psixologiyaga oʻtish
18 Psixologiyaning paydo boʻlgan intizomiga mesmerizmning samaradorligi 
(gipnozning kashshofi) va frenologiyaning ahamiyati atrofidagi munozaralar ham 
taʼsir koʻrsatdi. Birinchisi 1770-yillarda avstriyalik shifokor Frans Mesmer (1734-
1815) tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, u tortishish kuchidan, keyinroq „hayvon 
magnitlanishi“ dan turli jismoniy va ruhiy kasalliklarni davolash uchun 
foydalanishni daʼvo qilgan. Mesmer va uning davolanishi Venada ham, Parijda 
ham modaga aylangani sayin, u ham shubhali amaldorlar nazoratiga tusha 
boshladi. 1784 yilda Parijda qirol Lyudovik XVI tomonidan Amerika elchisi 
Benjamin Franklin, kimyogar Antuan Lavuazye va shifokor Jozef-Ignas Giyotin 
(keyinchalik gilyotinni ommalashtiruvchi) ishtirok etgan tergov topshirildi. Ular 
Mesmerning usuli foydasiz degan xulosaga kelishdi. Abbé Faria, hind-portugal 
ruhoniysi hayvonlarning magnitlanishiga jamoatchilik eʼtiborini jonlantirdi. 
Mesmerdan farqli oʻlaroq, Faria taʼsir bemorning kutish va hamkorlik kuchi bilan 
„ongda yaratilgan“ deb taʼkidladi. Garchi bahsli boʻlsa-da, „magnit“ anʼanasi 
Mesmerning shogirdlari va boshqalar oʻrtasida davom etdi va IXX asrda Angliyada 
shifokor Jon Elliotson (1791-1868) va jarrohlar Jeyms Esdayl (1808-1859) va Jeyms
Braidning (1795-1860) (u uni Mesmeristning „kuch“i emas, balki sub’ekt ongining 
mulki sifatida qayta kontseptsiyalashtirgan va uni „gipnoz“ deb atagan) ishlarida 
qayta tiklandi. Mesmerizm IXX asr davomida Angliyada kuchli ijtimoiy davom etdi. 
Fariyaning yondashuvi Nensi maktabining Ambroise-Auguste Liebeault va 
Hippolyte Bernxaymning klinik va nazariy ishlari bilan sezilarli darajada 
kengaytirildi. Fariyaning nazariy pozitsiyasi va Nensi maktabidagilarning keyingi 
tajribalari Emile Kuening keyingi avtotaklif texnikasiga katta hissa qoʻshdi. 
Parijdagi Salpetrier kasalxonasi direktori Jan-Martin Sharko (1825-1893) 
tomonidan isteriyani davolash uchun qabul qilingan.
19 Frenologiya nemis shifokori Frans Jozef Gall (1758-1828) tomonidan ishlab 
chiqilgan miya tuzilishi nazariyasi „organologiya“ sifatida boshlangan. Gallning 
taʼkidlashicha, miya juda koʻp funktsional „aʼzolarga“ boʻlinadi, ularning har biri 
insonning maʼlum aqliy qobiliyatlari va moyilliklari uchun javobgardir — umid, 
sevgi, ma'naviyat, ochkoʻzlik, til, ob’ektlarning hajmi, shakli va rangini aniqlash 
qobiliyati va hokazo. U bu organlarning har biri qanchalik katta boʻlsa, tegishli 
ruhiy xususiyatning kuchi shunchalik katta boʻlishini taʼkidladi. Bundan tashqari, u 
maʼlum bir odamning bosh suyagi yuzasini his qilish orqali organlarning 
oʻlchamlarini aniqlash mumkinligini taʼkidladi. Gallning miyaga nisbatan oʻta 
mahalliylashtirish pozitsiyasi tez orada hujumga uchradi. Ayniqsa fransuz anatomi 
Per Flourens (1794-1867), u ablasyon tadqiqotlarini (tovuqlar ustida) oʻtkazdi. Bu 
funktsiyaning juda kam yoki umuman yoʻqligini koʻrsatdi. Gall jiddiy (agar notoʻgʻri
yoʻnaltirilgan boʻlsa) tadqiqotchi boʻlsa-da, uning nazariyasini uning yordamchisi 
Iogann Gaspar Spursgeym (1776-1832) qabul qildi va tez orada, ayniqsa, 
Britaniyada mustaqil amaliyotchilar sanoati gullab-yashnagan, foydali, mashhur 
frenologiya korxonasiga aylandi. Shotlandiya diniy rahnamosi Jorj Komb (1788-
1858) qoʻlida (uning „Inson Konstitutsiyasi“ kitobi asrning eng koʻp sotilgan 
kitoblaridan biri boʻlgan) frenologiya siyosiy islohotlar harakati va tenglik 
tamoyillari bilan kuchli bogʻlangan. Tez orada Spursgeym frenologiyani Amerikaga 
ham tarqatdi, u erda sayohatchi amaliy frenologlar tayyor mijozlarning ruhiy 
farovonligini baholashdi.
Zamonaviy psixologiyaning rivojlanishi XVIII-XIX asrlarda psixiatriya bilan 
chambarchas bogʻliq boʻlgan, oʻsha paytda evropaliklar ularning patologik holatini 
birinchi marta koʻrib chiqqandan soʻng, ruhiy kasallarni xospislarda davolashda 
inqilob sodir boʻlgan. Maʼrifatparvarlik gʻoyalariga asoslangan ruhiy salomatlikni 
20 insonparvarlik va ilmiy davolashni birinchi boʻlib Gʻarbda amalga oshirgan fransuz 
begona olimlari psixopatologiyaning empirik kuzatishini ishlab chiqdilar, klinik 
sharoitlarni, ularning fiziologik munosabatlarini tavsiflab, ularni tasnifladilar. U 
ratsionalistik-empirik maktab deb ataldi, uning eng mashhur koʻrsatkichlari Pinel, 
Esquirol, Falret, Morel va Magnan edi. XIX asrning oxirida fransuz oqimi asta-sekin
nemis oʻrganish sohasi tomonidan engib oʻtildi. Dastlab, nemis maktabiga 
romantik ideallar taʼsir koʻrsatdi va aqldan koʻra koʻproq empatiyaga asoslangan 
aqliy jarayon spekulyatorlari qatorini keltirib chiqardi. Ular turli oqimlarni Reil 
(„psixiatriya“ soʻzini yaratuvchisi), Geynrot (birinchi boʻlib „psixosomatik“ 
atamasini ishlatgan) Ideler va Karuslar tomonidan taʼkidlangan Psixiker, mentalist 
yoki psixolog sifatida tanildi. Asr oʻrtalarida mentalizmning spekulyativ 
taʼlimotlariga qarshi „somatik reaksiya“ (somatiker) shakllandi va u 
neyroanatomiya va nevropatologiyaga asoslandi. Unda psixopatologik tasnifga 
muhim hissa qoʻshganlar Grisinger, Vestfal, Krafft-Ebbing va Kahlbaum boʻlib, ular 
oʻz navbatida Vernik va Meynertga taʼsir koʻrsatadi. Kraepelin sindromlardagi 
ruhiy kasalliklarning diagnostik jihatlarini birinchi boʻlib aniqlagan inqilobni amalga
oshirdi va Shnayder, Kretschmer, Leonhard va Yaspersning hissasi bilan psixologik 
tasniflash ishi zamonaviy sohada kuzatildi. 
II.BOB. Eksperimental psixologiya fanining maqsad va 
vazifalari
2.1. Eksperimental psixologiyaning tadqiqot meto-
dikalari
21   Eksperimental psixologiya fan sifatida XIX asr o‘rtalarida rivojlana boshladi. 
Eksperimental psixologiyaning maqsadi psixologik eksperiment o'tkazishning 
malaka va ko‘nikmalarini paydo qilish va rivojlantirishdan iborat.
Eksperimental psixologiyaning vazifalari:
1. Psixologiya fanida eksperiment o‘tkazishning qonunlari, tartibi va tamoyillari 
bilan tanishtirishdan iborat.
2. Turli metodikalar yordamida shaxsning psixik jarayonlari, holatlari va 
psixomotor rivojlanishini o'rganishdir.
Eksperiment nazariyani tekshirib ko‘rish uchun o'tkaziladi. Nazariya ichki 
bilishning nutqiy tizimiga izoh beradi. Nazariyaning mantiqiy qismlari bir-birini rad 
etadi. Nazariya asosida uning tushunarli obyektiv haqiqatlari yotadi.Mavjud 
ko‘plab shakllar nazariy bilish: qonunlar, tasniflar va turlar, modellar, chizmalar, 
farazlardan iborat. Har bir nazariya o‘z ichiga quyidagi tarkibiy qismlami oladi: 1. 
Empirik oqibatlar poydevori (dalillar, empirik qonun-qoidalar). 2. Asos - ko‘plab 
birlamchi sharoitlar (faraz, shart-sharoitlar farazi, aksioma), bu nazariyaning fikriy 
obyekti sifatida qaraladi. 3. Ko‘plab nazariyalar asosiy nazariy bilimlami 
mustahkamlaydi.Nazariy bilimlar tarkibiy qismlarining kelib chiqishi turlichadir. 
Nazariyaning empirik tuzilishi tadqiqot va eksperiment natijalari bilan izohlanadi. 
Nazariyaning ideallashtirilgan obyekti o ‘zi bilan (tanish) aniqlikning tanish-ramziy 
modelini yaratadi. Qonunlar nazariyani shakllantiradi, ayni paytda (aniqlikni) 
borliqni emas, ideal obyektni ta’riflaydi. Uslubiy qurilma aksiomani va gipotetik-
deduktiv nazariyalarni rivojlantiradi. Birinchidan, nazariyaning ramkasi bo‘lmish, 
isbot talab etmaydigan, zarur va yetarli bo‘lgan aksiomalardan qurilgan bo‘ladi. 
22 Ikkinchidan, farazlarning empirik, induktiv asoslari mavjudligi, nazariyalar 
matematik apparatning sifat qurilmasi tarzida, shaklan, rasmiy tomondan 
rivojlanadi. Sifat nazariy alami psixologiyada A. Maslouning qarashlari, L. 
Festinger, Dj. Gibsonning ekologik idrok qarashlarida ko‘rish mumkin. Shakliy 
nazariyalar qo‘llaniladigan matematik apparatning tuzilishida namoyon bo‘ladi. Bu
nazariya D. Xonsonning ishlarida o‘z aksini topgan, aqliy nazariya J. Piaje, motivlar 
nazariyasi K. Levin, D.Kelli tomonidan yaratilgan. Formal nazariyalar 
matematikada ishlatiladigan apparatda namoyon boMadi.Empirik yo‘nalish 
nazariyaning sifatini rivojlantiradi, haqiqatni yozish uchun lozim boMadi. Nazariya 
faqatgina borliqni aks ettirmaydi, balki uning tuzilishini ham ko‘rib chiqadi, 
eksperimental natijalar, nazariyaning holati va uning ta’sirini hisobga oladi.Mavjud
vaqtda o ‘tkazilgan eksperiment natijalarida faqat bitta emas, balki ikki yoki undan
ortiq nazariyalar isbotlanib tushuntiriladi. Masalan, psixofiziologiyada sensorning 
uzluksizligi haqida nazariya mavjud. Psixofiziologiyada shaxsning bir qancha 
sifatlari va empirik ta’sir etuvchi omillari isbotlangan. (G. Ayzenk modeli, R. Kettell 
modeli, «Katta beshlik»).Taniqli metodolog B. Feyerbend «Tirishqoqlik 
tamoyili»da eski nazariyalarni rad etmaslik lozim, hatto ularning aniq isbotlarini 
e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi, deb hisoblaydi. Ikkinchi uning tamoyili metodologik 
anarxizm tamoyili: «Fan o ‘zi bilan anarxistlikni vujudga keltiradi, nazariya 
qonunlar asosida har doim progressiv rivojlanishda... Bu tarixiy voqealarni analiz 
qiladi va isbot etadi, fikr va harakat orasidagi munosabatni mavhum tahlil qiladi. 
Asosiy tamoyil progressiyaga to‘sqinlik qilmaydi, bu «Hammani qo‘yib yuboramiz»
deb ataladi. Masalan, biz farazlami qoellashimiz mumkin, bular nazariyada 
ko‘rsatilgan va eksperiment natijalarida isbotlangan bo‘lishi lozim. Fanni 
konstruktiv harakatlar bilan rivojlantirish mumkin» (Feyerbend. 1986).
23 Muammo
Наг qanday vazifani muammo sifatida bayon etish mumkin. Hammasidan ajoyibi 
«Bolalar» savollari («Nima uchun osmon havo rang? Yoki nima kuchii? Kitmi? 
Filmi?») o ‘ylantiruvchi muammolami yaratmaydi. Ularga aniqlik kiritib isbotiashni 
talab etadi. Biri subyektivlikni oydinlashtirishdir. Hamma predmetlarni yaqqol 
deyish mumkin. Ular biz uchun kerak, tashlasak pastga tushadi. Lekin inson tanasi 
bundan farq qiladi, kosmik kemadagi holatni eslang. Qizil rang yashildan ozgina 
farq qiladi, ko‘k sariqdan, ammo rang ajratolmaslik kamchiligi boMgan odamlar 
ulami farqlay olishmaydi. Demak, inson yaxshi ishlashi uchun u har tomonlama b o
lish j lozim. Agar unda motivatsiyalari yuqori boMmasa, faoliyatida xatolar bo‘ladi,
bilim olishi sekinlashadi. Hayotiy va fan muammolari ta’lim atamalari bilan 
shakllanadi. U tahiiliy - tarkibiy bo'lishi lozim. « Nima uchun quyosh yoritadi?» — 
savol, lekin muammo emas, bu yerda ma’naviy metodlami ko‘rsatish 
lozim.«Shaxsni rivojlantirish, boshqalar bilan aloqasi, genetik determinlik, 
belgilarini va oilaviy totuvligini qanday tarbiyalash mumkin?- bu muammo. Bu 
muammoni hal etish uchun psixologik bilim va metodlarga tayanish 
lozim.Muammolar qo‘yishda farazlarni shakllantirish lozim. Muammolar qaerdan 
olinadi? Fanda muammolarni shakllantirish — yetishmovchiliklarning mavjudligi, 
ma’lumot uchun axborotlarning yetishmasligi yoki borliqni tushuntirish orqali 
bo‘ladi.Olamni ko‘proq aniq bilish bitta asosiy qo‘llovchi iste’dod bilan bog'liq. 
Zero, muammolarni bosqichlarga bo‘lish mumkin:
• borliqni bilish haqidagi bilimlaming yetishmasligini bartaraf etish;
• muammolarni til darajasiga ko‘tarish;
• muammolaming fandagi shakli. 
24 Muammo — bu ritorik so‘roq. Bunda izlanuvchi savol beradi, ammo u savolga 
o‘zijavob topadi.«Muammo» so‘ziga falsafiy ta’rif quyidagicha boMishi mumkin. 
«Muam m o» — bilishni rivojlantirishning obyektiv savoli yoki savollar to‘plamiki, 
amaliy hodisalar yoki nazariy qiziqishlar bilan ifoda etiladi.
Faraz
Faraz - bu tasdiqlanmagan va isbotlanmagan, nazariyadan chiquvchi ilmiy fikr.Fan 
metodologiyasida farazlar nazariy va empirik holatlar kabi eksperimental 
farazlarga ajratiladi. Nazariy farazlar ichki nazariyalar va nazariy bilimlar asosida 
vujudga keladi. Fan farazlari tugallanuvchi, davom ettiriluvchi xarakterga ega 
boMishi kerak.Ikkinchi tur farazlar eksperimental usullar bilan muammolarni hal 
etuvchi holatlardir. Eksperimental farazlar, albatta, nazariyaga asoslanishi shart 
emas.Insonning faolligi uning dunyosini muammosiz boMishini ta'minlaydi. 
Muammolar ruhiy faollik bilan ham bogMiq. Atrof olamga ko‘ra farazlami 3 ta 
turga ajratish mumkin. Birinchi turi nazariyalarga yoki borliq modellariga 
asoslanadi va ularni ochib beradi. Ikkinchi turi ta’limiy eksperimental farazlar, ular 
voqea va asoslar orasidagi munosabatni ifoda etadi. Ular Feyerbendning 
«Burehasi tasdiqlanadi» tamoyillari asosida shakllanadi. Uchinchi turi empirik 
farazlardir. Ular qandaydir model yoki nazariyalar asosida rivojlanadi va 
shakllanadi.Qadimgi variantda bunday farazlar Kozma Prutkovaning qarashlarida 
ifoda etiladi: «Burninga e’tibor ber, u tuklar bilan qoplangan», eksperimentdan 
keyin bunday faraz isbotlangan. Isbotlangan farazlami natijalariga ko‘ra ajratish 
mumkin:
a) hodisa;
b) hodisalar orasidagi aloqa;
d) hodisalar orasidagi aloqaning sabablari.
25 Farazning A turini ко4 rib chiqamiz bunda bitta odamda qancha ramziylik borligi 
ifoda etiladi. Farazning В turi bunda bola intellekti va ota-onalarning bunga 
boMgan munosabati tushuntiriladi. Farazning d turida sabablar 
tushuntiriladi.Gottsdanker farazlaming quyidagi eksperimental turlarini ajratadi:
• Kontr faraz—asosiy betaraflik avtomatik tarzda.
• Kontr eksperim ental farazlar faqat laboratoriya eksperimentidan iborat.
2.2. Eksperiment metodining ahamiyati
B.G.Ananevning fikriga ko'ra, psixologik kuzatish metodlari psixologik obyektlar 
bilan operatsiyalar tizimi bo'lib, fanning bilish obyektidir. Psixologiyada empirik 
metodlarni qo'llash muammosi ko'rib chiqilayotganda ularni psixologik metodlar 
tizimidagi o‘mini aniqlashdan boshlash kerak. Empirik metodlarni qo‘llashning 
beshta darajasini ajratish mumkin:
1. Metodika darajasi.
2 . Metodik qoMlanma darajasi.
3. Metod darajasi.
4. Tekshirishni tashkil qilish darajasi.
5. Metodologik yondashish darajasi.
To‘g'rl, «metod» atamasini turli darajada ishlatsa boMadi, maHlun, psixollzikada - 
o'rtacha xatolar metodi, chegara metodi bor; psixodiaguostikada - proektiv metod
(ikkinchi daraja); psixosemantlkada semantik differensial metod va repertuar 
kataklar metodi haqida gapiriladi (birinchi daraja); yosh davrlari psixologiyasida 
26 psixogenctik metod to‘g ‘risida bahs yuritiladi va uning turli xilligi - egizaklar 
mctodida (to‘rtinchi daraja) ko‘rsatilgan.Psixologik tadqiqotda qoMlaniladigan 
usullarning darajali bo'lishini G. D. Pirov taklif etgan. U metodlarni quyidagi 
guruhlarga bo‘lgan:
1) xususiy metod (kuzatuv, eksperiment, modellashtirish);
2) metodik qoMlanma;
3) metodik yondashuv.
S. 1-. Rubinshteyn «Umumiy psbcologiya asoslari»da eng asosiy psixologik 
metodlar sifatida kuzatuv va eksperimentni ajratib ko‘rsatdi. Kuzatuv «tashqi» va 
«ichki»ga bo'lingan, eksperiment - laboratoriya ishi, tabiiy va psixologik-
pedagogik, qo‘shimcha metod uning asosiy modifikatsiyasida fiziologik 
eksperiment. Bundan tashqari, faoliyat mahsulini o‘rganishda suhbat va anketa 
usullarini ajratib o‘tdi. Tabiiyki, vaqt bu tasnifning qirralarini ta’kidladi. Shunday 
qilib, psixologiyaning falsafa bilan bog‘liqligi uni nazariy metodlaridan mahrum 
qildi, xuddi shunday yaqinlik pedagogika va fiziologiya bilan bu fanlarning 
psixologik ro'yxatga qo'shilishi bilan amalga oshirildi.Psixologik tekshiruvlarning 
keng ko'lamdagi ikkinchi tasnifini - bolgar psixologi G.D. Pirov tuzgan. U mustaqil 
metodlar sifatida taklif qilgan kuzatuv, eksperiment, modellashtirish, psixologik 
xarakteristikani, yordamchi metodlar maxsus metodik yondashuvlami ta’kidlab 
o‘tdi. Shu metodlaming har biri bir qancha turlarga bo‘linadi. Shunday qilib, 
masalan, kuzatish (aloqador) anketalar, so'rovnomalar, faoliyat mahsullarini 
o‘rganish va boshqalarga bo‘linadi.B. G. Ananev G.D.Pirov klassifikatsiyasini tanqid
ostiga olib, boshqasini taklif etdi. U mavjud barcha metodlarni:
1) tashkiliy;
27 2) empirik;
3) ma’lumotlami qayta ishlash usuli;
4) sharhlash metodlariga boMdi.
Tashkiliy metodlarga B.G.Ananev qiyosiy, longitsud va kompleks metodlarni 
kiritdi.Ikkinchi guruhga observatsion metodlar, eksperiment psixodiagnostik 
metod, faoliyat mahsullari, modellashtirish va biografik metodlar kiritildi.Uchinchi 
guruhga ma’lumotlami matematik-statistik tahlil qilish metodi va sifat tahlili 
kiritildi.Nihoyat, to‘rtinchi guruhni genetik va donalash metodi tashkil qildi. 
Ananev har bir metodni aniqroq tasvirlab berdi. Lekin uning chuqur tahlil qilishiga 
qaramay, ko'pgina yechilmagan muammolar uchraydi.Mulohaza va natijalar tahlili
kuzatuvni yakunlaydi. Eksperimental kuzatuvlarda faraz tasdiqlanadi yoki rad 
etiladi:«Agar A unda D».Kuzatuvchi o‘z mulohazalarini bildiradi va nihoyat u o ‘z 
xulosasini tahlil qiladi.Bu kuzatuvning oxirgi bosqichi hisoblanadi; qo‘lyozma, 
risola, monografiya, ilmiy jum al redaksiyasiga xat tayyorlanadi. Xulosa qilib shuni 
aytish mumkinki, eksperimental kuzatuv aniq chizma vositasida amalga oshiriladi. 
Uni o‘tkazishning asosiy bosqichi, muammoning tuzilishi va farazni oldinga surish, 
metodikaning tuzilishi, apparatura tanlash, sinaluvchilami tanlash, o‘zgaruvchilami
nazorat qilish rejasi, eksperiment o‘tkazish, natijalami qayta ishlash va tahlil qilish,
ilmiy hisobotga tayyorgarlik. Shundan so‘ng kuzatuv yakun topgan hisoblanadi. 
Ilmiy faraz tasdiqlandimi yoki rad etildimi, natija jam oa fikriga tashlanadi.Kuzatish
metodining asosiy afzalligi shundan iboratki, kuzatish tabiiy sharoitda o ‘tkaziladi, 
kuzatish kuzatilayotgan shaxslaming odatdagi xulq-atvorlarini o‘zgartirmaydi. 
Kuzatishni bitta odam ustida ham va bir guruh shaxslar ustida ham olib borish 
mumkin. Bu metod bolalar bog‘chasi guruhlaridagi yoki maktab sinfidagi bolalami 
o ‘rganish uchun qulaydir. Kuzatish metodining kamchiligi uning anchagina 
28 mehnat talab qilishidir. Tadqiqotchi psixologni xulq-atvoming istalgan qiyofada 
emas, balki anig tadqiqot vazifalari bilan bogMiq holda namoyon boMishigina 
qiziqtiradi. Shuning uchun kuzatiluvchi shaxs xususiyatlari va psixik holatlarining o 
‘ziga kerakli tarzda namoyon boMishini kutib turishi kerak. Bundan tashqari, psixik
xususiyatlarning yakka holda namoyon boMishini kuzatish va qayd qilish yetarli 
emas. Tadqiqotchi u yoki bu xususiyatlarning tipikligiga ishonch hosil qilishi kerak.
Eksperiment.  Eksperiment metodining asosiy farqi va afzalligi shundan iboratki, 
bunda tadqiqotchi o‘z xohishi bilan qandaydir psixik jarayon yoki xususiyatni 
yuzaga keltirib, psixik hodisaning tashqi sharoitga bog‘liqligini tekshirib ko'rishi 
mumkin. Eksperiment metodining ana shu afzalligi uning psixologiyada keng 
qoMlanilishi bilan tushuntiriladi. Empirik, ya’ni tajriba yoMi bilan qoMga kiritilgan 
faktlarning asosiy ko‘pchiligi psixologiyada eksperimental yoM bilanolingandir. 
Biroq har qanday tadqiqot qilinadigan vazifalarga eksperimentni qo‘llab 
bo‘lmaydi. Masalan, agarda psixik jarayonlar va fimksiyalar ko‘proq eksperiment 
yoMi bilan o ‘rganilsa, shaxsning birmuncha sodda xususiyatlari (temperament, 
ko‘pgina qobiliyatlari) ham shu metod yordamida o ‘rganiladi. Lekin xarakter va 
qobiliyatlaming murakkab turlarini eksperiment metodi bilan o‘rganib bo‘lmaydi.
Suhbat metodi  Bu metod tadqiqotning turli bosqichlarida qoMlaniladi: masalan, 
dastlabki tanishish bosqichida ham boshqa metodlar, ayniqsa, kuzatish metodi 
orqali qoMga kiritilgan xulosalami aniqlashda qoMlaniladi. Suhbat metodidan 
mohirlik bilan foydalanish juda qimmatli natijalarga erishishga yordam berishi 
mumkin.
Intervyu metodi  Psixologiya fanidagi bu metod sotsiologiyada keng 
koMlaniladigan anketa metodidan farq qiladi. Xuddi suhbat metodi kabi intervyu 
metodi ham savol-javob metodiga tegishlidir. Ko‘pincha intervyu uchun savollami 
29 sotsiologik anketalarga o ‘xshatib, ya’ni turli masalalar yuzasidan ko'plab javoblar 
olishni ko‘zlab tuziladi. Intervyu metodiga bunday tarzda yondashish tadqiqotning 
faqat birinchi bosqichiga, muammo bilan dastlabki tanishish bosqichiga to‘g ‘ri 
keladi. Biroq bilimlami va o‘rganilayotgan psixik xususiyatlarning tuzilishini 
hisobga olib tuzilgan savollar o‘rganilayotgan holatlar tuzilishi hamda darajalarini 
bundan keyin aniqlash uchun juda qimmatli natijalar berishi mumkin.
Ekspert baholash metodi.  Bu metod shaxs psixologiyasida keng qo‘llaniladi. 
Ekspertlar sifatida tekshirilayotgan kishilarni yaxshi biladigan shaxslar - bolalar 
bog‘chasi va maktab-intematlaming tarbiyachilarini, sinf rahbarlari, ishlab 
chiqarish-texnika bilim yurtlarining murabbiylari, ishlab chiqarishdagi murabbiylar,
ilmiy jam oa rahbarlari, harbiy komandirlar, sport trenerlari qatnashishlari 
mumkin. Ekspert baholarni ko‘proq xususiyatlarning sifat jihatidan namoyon 
boMishini tasvirlash emas (buni ekspertlar bilan qilinadigan kcyingi suhbatlarda 
o'tkazilsa ancha foydaliroq boMadi), balki o ‘rganilayotgan xususiyatlarning 
ifodalanishini miqdoriy baholash tarzida, ya’ni u yoki bu xususiyat yoki xulq-atvor 
elementlari darajalarini baholash tarzida o'tkazilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
                                            
30                             XULOSA 
   Eksperimental psixologiya — psixik hodisalar va jarayonlarni ilmiy metodlar 
yordami bilan tadqiq qilish. Psixologiyaning fan sifatida falsafadan ajralib 
chiqishida eksperimental tadqiqotlar oʻtkazish asosiy rol oʻynagan. 19-asrning 
oʻrtalarida ilk bor sezgi, idrok yuzasidan tadqiqotlar olib borilgan. Eksperimental 
psixologiyaning fan sifatida ajralib chiqishiga nemis olimi V. Vundt katta hissa 
qoʻshgan. Ilk eksperimental tadqiqotlar oʻzini oʻzi kuzatish uslubi yordami bilan 
shaxsning ichki mayllari, motivlari, fikr yuritishiga bagʻishlangan. Keyinchalik 
tekshirishlar turli hayvonlarda oʻtkazila boshlagan. Koʻp tadqiqotlarni AQShlik 
T.L.Morgan, E. L. Torndayk va boshqalar olib borganlar. Eksperimental psixologiya 
murakkab tadqiqot (koʻp shkalali, koʻp bosqichli) metodlari, metodikalari 
(ishonchliligi, kafolatliligi, test yoki retest xususiyatiga egaligi)dan tashqari 
31 elektron hisoblagichlar, texnik asboblar va moslamalar, sodda yoki murakkab 
tuzilgan maxsus apparatlar, zamonaviy texnika va texnologiyalarga asoslanadi. 
Eksperimental psixologiya yordamida psixik funksiyalargina emas, shu bilan birga 
shaxs hissiyoti, emotsiyasi, individual xususiyati, diqqat, xotira, idrok singari bilish 
jarayonlari ham tadqiq qilinadi. Eksperimental psixologiya tadqiqotlari natijalari 
psixologiya sohalari nazariyasini ishlab chiqishda asos boʻlib xizmat qiladi. 
             FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – Toshkent: “O‘zbekiston”, 2003. - 38 
b. 
2. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni, 1997 yil 29 avgustda 
qabul qilingan. “Barkamol avlod O‘zbekiston taraqqiyoti poydevori” –Toshkent: 
“Sharq” nashriyot-matbaa kontserni, 1997. – 20-29 b. 3. O‘zbekiston Respublikasi 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. –Toshkent: 1997. 
4. Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda. – Toshkent: “O‘zbekiston”, 1997.
- 35 b. 
5. Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik 
shartlari va taraqqiyot kafolatlari. –Toshkent: “O‘zbekiston”, 1998. -35 b. 
6. Karimov. I.A. Yuksak ma’naviyat-Yengilmas kuch. – Toshkent: “Ma’naviyat”, 
200. – 123 b.
32  7. Abdullaeva SH.A. O‘spirinlarning tarbiyalanganlik darajasini diagnostika qilish 
va xulqidagi nuqsonlarni korrektsiyalashning pedagogik asoslari: Pedagogika 
fanlari doktori darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya avtorefati. -O‘ZPFITI, 
2005. -15-20 b.
 8. Abu Ali ibn Sino. Tib qonunlari. 5 jildlik saylanma. 4-jildi. –Toshkent: “Xalq 
merosi”, 1993. -300-304 b.                               
                                  SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
PSIXOLOGIYA VA IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI
PSIXOLOGIYA YO ‘ NALISHI
209-guruh talabasi Kalonov Akbarxo‘janing "Eksperimental psixologiya
fanining rivojlanish tarixi" mavzusidagi kurs ishiga
T A Q R I Z
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
33 __________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
Ilmiy rahbar:   ________________________ PhD. Sh. B.Axmedova
            
34

Eksperimental psixologiya fanining rivojlanish tarixi MUNDARIJA: KIRISH..........................................................................4 I.BOB. EKSPERIMENTAL PSIXOLOGIYA FANINING SHAKLLANISHI............................................................5 1.1. Eksperimental psixologiya fanining falsafadan ajralib chiqishi.........................................................5-16 1.2. Eksperimental psixologiya fanining rivojlanish tarixi.......................................................................17-23 II.BOB. Eksperimental psixologiya fanining maqsad va vazifalari................................................ ..........24 2.1. Eksperimental psixologiyaning tadqiqot meto- dikalari....................................................................24-27 2.2. Eksperiment metodining ahamiyati...............28-34 XULOSA..................................................................34-35 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI.............36 1

KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi kunda psixologiya fani hayotimizda muhim rol o‘ynaydi. Psixologiya fani rivojlanib, falsafa fani tarkibidan ajralib chiqqandan keyin psixologiyaning birqancha turlari ham rivojlana boshlaydi. Bularga misol qilib, tibbiyot psixologiyasi, madaniyat psixologiyasi, eksperimental psixologiya kabi turlari shakllanadi. Eksperimental psixologiya fani ham psixologiya fanining muhim bir turi hisoblanib, bu fan orqali biz turli eksperimentlar yani tajribalar qilishimiz mumkin. Eksperimental psixologiya fani rivojiga birqancha olimlar o‘z hissalarini qo‘shadilar. Bular Vilgelm Vundt, Zigmund Freyd, Galton, Kettel, Ayzenklarni olishimiz mumkin. Ular psixologiya rivoji uchun qimmatli vaqtlarini ayamay turli fikrlar bildiradilar va turli metodikalari o‘ylab chiqadilar. Har bir fanning asosini metodika va metodlar tashkil qilganidek eksperimental psixologiya fanining asosini ham metodlar tashkil qiladi. Eksperimental psixologiya fanining asosiy metodlariga tajriba test intervyu suhbat bigrafik sotsigeometrik va Proyektiv metodikalar kiradi. Biz bir qatorda metodikalar orqali insonning shaxsiy sifatlarini, xususiyatlarini qiziqishlarini layoqatlarni o‘rganishimiz mumkin. Proyektiv metodikalar ham bu fanning asosini tashkil qiladi. Bu metodikalarga biz "Mavjud bo‘lmagan hayvon" "Zinaga zina" " Kaktus" "Qayiq" " Turnalar" va yana birmuncha metodikalari olishimiz mumkin. Biz psixologiyani bilibgina insonlarning shaxsiy sifatlarini aniq bilib olamiz. Kurs ishining obyekti. Shaxslarda psixologiya faniga bo‘lgan qiziqishlarni kuchaytirish. Eksperimental psixologiya fanining rivojlanish tarixini o‘rganish. Kurs ishining predmeti. Eksperimental psixologiya fani rivojlanishga hissa qo‘shgan olimlarning tadqiqotlari va metodikalari. Kurs ishining vazifalari:  Psixologiya fanining hayotimizdagi ahamiyatini aniqlash;  Eksperimental psixologiya fanining mustaqil fan sifatida rivojlanishini o‘rganish; 2

 Eksperimental psixologiya fanining vazifalari va maqsadini o‘rganish;  Bu fanning metodikalarni aniqlash;  Eksperiment metodining ahamiyatini aniqlash. Kurs ishining tarkibi: Kirish, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, 2 bob va 4 bo‘limdan iborat. I.BOB. EKSPERIMENTAL PSIXOLOGIYA FANINING SHAKLLANISHI 1.1. Eksperimental psixologiya fanining falsafadan ajralib chiqishi. Har bir mustaqil fan singari “Eksperimental psixologiya” fani ham o’zining rivojlanish tarixiga egadir. Eksperimental psixologiya mustaqil fan sifatida XIX asr o’rtalarida rivojlana boshladi. Psixologiyada eksperimental tadqiqotlarni qo’llanilishi va rivojlanishi bu fanning ilmiy-amaliy asosga ega ekanligini yana bir bor ko’rsatib berdi. Mashhur ingliz olimi F.Gal’ton 1884 –1885 yillar davomida bir necha seriyalardan iborat tajribalar o’tkazdi. Bunda 5 yoshdan 80 yoshgacha bo’lgan xohlovchilar arzimagan haq evaziga laboratoriyada o’z kuchi, reaktsiya tezligi; organizmning 3

xislatlarini 17 ko’rsatkich bo’yicha tekshirishlari lozim edi. Bu ko’rsatkichlar qatoriga shuningdek, bo’yi, og’irlik, o’pkaning tiriklik sig’imi, kaft va musht kuchi, harflarni eslab qolish qobiliyati, ko’rish o’tkirligi, rangni farqlash kabi ko’rsatkichlar ham kiritildi. To’liq dastur bo’yicha hammasi bo’lib 9337 kishi tekshirilib chiqildi. F.Gal’tonning fikriga ko’ra, testni o’tkazish eksperimentni talab etadi. Shunday qilib, eksperiment fanning haqiqiy asosi, poydevori deb qarala boshlandi. Bu haqida Dj.Kettell ham ta’kidlab o’tgan: qachonki asosini eksperiment va o’lchash, aniqlash tashkil qilar ekan, shundagina psixologiya haqiqiy va aniq fan bo’lishi mumkin. 1890 yilda nashr qilingan ilmiy ishida Dj.Kettell 50 turdagi laboratoriya testlarining ro’yxatini keltiradi. Hozirgi kunda ularni testdan ko’ra ko’proq topshiriqlar deb atash to’g’riroq bo’ladi. Bu topshiriqlar testlarga qo’yiladigan talablardan faqat ikkitasiga ega edi: uni qo’llash ko’rsatmasi mavjud hamda tadqiqotning (laborator) ilmiy tabiati ta’kidlangan edi. Bu talablarga ko’ra laboratoriya yaxshi jihozlanishi; testni o’tkazish vaqtida begonalar bo’lmasligi; barcha sinaluvchilarga bir xilda ko’rsatma berilishi, ya’ni ular nima qilishlari kerakligini yaxshi o’zlashtirib olishlari lozim edi. F.Gal’ton va Dj.Kettell dastlabki asarlari nashr etilgach, test metodi g’oyasi turli mamlakat olimlarining diqqatini o’ziga tortdi. Shu tariqa uning tarafdorlari va qarshi bo’lgan olimlar paydo bo’la boshladi. Bu metodni qo’llash tarafdorlariga quyidagilarni kiritish mumkin: Germaniyada – G.Myunsterberg, S.Krepilin, V.Onri, Frantsiyada – A.Bine, AQShda – Dj.Gilberd va boshqalar. Bu tadqiqotchilar yangi turdagi, ya’ni psixologiyani amaliyot ehtiyojlari bilan bog’lashga uringan olimlar edilar. Biroq amaliy tadqiqotlarga intilish psixologiyada fandan yiroqlashish deb baholanadi. Dj.Kettellning ta’kidlashicha, u o’zining dastlabki testlarini 4

laboratoriya tadqiqotlarida individual farqlarni aniqlash maqsadida 1885 yilda qo’llagan, ammo V.Vundtning qarshiligi tufayli ularni nashrdan chiqara olmadi. Ma`lumki, XIX asr fizika, biologiya, fiziologiya, kimyo va boshqa fanlarning rivojlanishi bilan tavsiflanadi. Fanda paydo bo’lgan eksperimental metodning keng qo’llanilishi bu fanning rivojlanishiga yordam berdi. XVIII asrning oxiri X1X asrning boshlaridayoq psixologlar o’rtasida psixik hodisalarni o’rganishda eksperimentni tatbiq qilish mumkin emasmikan, degan muammo paydo bo’ldi. Bu muammo bo’yicha faylasuf Kant o’z fikrini bildirdi. Uning fikricha, psixologiyada eksperimentning bo’lishi mumkin emas, chunki psixik hodisalarni o’lchash mumkin emas, ularga matematikani tadbiq qilish ham mumkin emas. Psixik hodisalarni o’lchashning mumkinligi, binobarin, psixologiyada eksperimentning bo’lishi mumkinligi haqida nemis psixologi I.Gerbart (1776-1841) ijobiy fikr bildirgan. U «psixologiyada matematikani tadbiq qilish mumkin va zarurligi haqida» shunday degan: «Mening tadqiqotlarim amalda faqat psixologiyaning o’zi bilan cheklanib qolmasdan, balki fizikaga va umuman tabiat fanlariga ham qisman aloqadordir». Gerbartning fikricha, asosiy psixofizik element tasavvurdir, qolgan barcha jarayonlar – hissiyot, iroda, tasavvurlar majmuasidan va munosabatlaridan iboratdir. Ruhiy holatlar doimo o’zgarish jarayonida bo’ladilar. Tasavvurlarning bu doimiy o’zgarish va almashish jarayonida ma`lum darajada doimiylik, qonuniyat bor. Bu doimiylikning miqdor tomonini o’lchash mumkin. Shuning uchun ham, Gerbartning fikricha, psixologiyaga matematikani tatbiq qilish mumkin. 5