G’arbiy Yevropa davlatlarida XX asrning 80-90-yillarida ta’lim sohasidagi islohotlar
Mavzu: G’arbiy Yevropa davlatlarida XX asrning 80-90-yillarida ta’lim sohasidagi islohotlar K irish I.BOB. G’arbiy Yevropa davlatlarida XX asrning 80-90-yillarida ta’lim sohasidagi islohotlarning jadallashuvi.................................................................. 1. 1- §. 1980-1990-yillarda G’arbiy Yevropa mamlakatlarida ta’lim sohasidagi asosiy muammolar va uni bartaraf etishga urinish................................................. 1.2-§. Islohotlardan modernizatsiyagacha: XX asr oxirlarida Yevropa mamlakatlarida ta’lim sohasidagi yangi strategiyalar............................................ II. BOB . G’arbiy Yevropa davlatlarida ta’lim sohasini isloh qilishning boshlanishi va borishi (Buyuk Britaniya va Fransiya mamlakatlari misolida)... 2 . 1- § Buyuk Britaniyada ta’lim islohoti maktab va oliy ta’lim misolida................... 2.2- § Fransiyada ta’limni isloh qilishning muammo va yechimlari……………….. III. BOB. G’arbiy Yevropa davlatlari ta’lim tizimining integratsion jarayonlardagi ishtiroki……………………………………………………………. 3.1- § Oliy ta’limni rivojlantirishning Yevropa tendensiyalari.................................... 3.2- § Lissabon strategiyasi.......................................................................................... 3.3- § Bolonya jarayonining asosiy maqsadlari va bosqichlari……………………… Xulosa……………………………………………………………………………… Foydalanilgan adabiyotlar va manbalar ro’yxati……………………………….. 1
Kirish Ta’lim sifatini tubdan yaxshilash maqsadida , avvalo, o’quv dasturlari, o’qituvchi va domlalar uchun meto- dik qo’llanmalarini ilg’or xalqaro mezonlarga moslashtirishimiz lozim. 1 Mirziyoyev Sh.M. Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Betakror Ona-Vatanimiz istiqlolga erishishi natijasida jamiyatimizning barcha sohalarida tubdan o’zgarishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Vatanimiz va jahon tarixiga vatanparvarlik nuqtai nazaridan qiziqish ortmoqda. O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov «Tarixga murojaat qilar ekanmiz, bu xalq xotirasi ekanligini nazarda tutishimiz kerak. Xotirasiz barkamol kishi bo’lmaganidek, o’z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo’lmaydi” 2 - deb ta’kidlab o’tadi. Sobiq sho’ro saltanati yillarida eng qadimgi davrdan to XX asr oxiriga qadar bo’lgan tariximiz soxtalashtirildi. Endilikda, ya’ni istiqlol yillarida tarixshunosligimizda bir qator muhim ishlar amalga oshirildi. Vatanimiz va jahon tarixiga e’tibor borgan sari kuchayib bormoqda. Mamlakat kelajagi, barcha sohalar va loyihalar muvaffaqiyati bilimli insonlarga bog’liq. Shu bois oxirgi to’rt yilda ta’lim sifatini yaxshilash, o’qituvchilar mavqeini yuksaltirish bo’yicha ko’p ishlar qilindi. Endi mamlakatimiz yangi davrga qadam qo’ymoqda. Shunga mos ravishda ta’lim sohasini yanada rivojlantirish, uzluksiz ta’limni yo’lga qo’yish uchun Ta’lim to’g’risidagi qonunda, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida va boshqa 1 Mirziyoyev Sh.M. ” Yangi O’zbekistonda erkin va farovon yashaylik” Toshkent-2021. 13-bet. 2 Karimov I.A. O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li. – T.: O‘zbekiston, 1992. 71-b. 2
ta’limga oid normativ-huquqiy hujjatlarda berilgan vazifalarni bajarishda rivojlangan mamlakatlarning ta’lim va tarbiyaga oid islohotlarini hisobga olish juda muhim hisoblanadi. Ta’lim to’g’risidagi qonuning 67-moddasi ya’ni Ta’lim tashkilotlarining xalqaro hamkorligi kabi jihatlarini ham hisobga olingan. O’zbekistonning 2022-2026-yillarga mo’ljallangan taraqqiyot strategiyasida to’rtinchi ustuvor yo’nalish aynan ta’lim sohasini, inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgan . Davlatimiz rahbari bu hayot-mamot masalasi ekanini ta’kidladi . “ Bu sohadagi islohotlarni kechiktirishga haqqimiz yo’q. Maktab ta’limida poydevorni bugundan mustahkam qo’yishimiz kerak. Bunga barcha e’tiborimiz va resurslarimizni safarbar qilamiz. Qiyin yo’lni tanlayapmiz, lekin shu yo’l muammolarni yechadi,” 3 – dedi Shavkat Mirziyoyev. Davlatimiz rahbari maktab ta’limi sohasidagi islohotlar juda muhim ekanini ta’kidlab, mutasaddilarga xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda strategiya ishlab chiqish vazifasini qo’ydi. Shu asosda, Maktab ta’limini rivojlantirish dasturi qabul qilinishi belgilandi . Xususan, xalq ta’limini rivojlantirishda rivojlangan xorijiy mamlakatlarning (Buyuk Britaniya, Fransiya, Finlandiya, Germaniya, Yaponiya va boshqalar) ilg’or tajribalaridan foydalanish lozimligi ta’kidlandi. 1980-yil boshidan boshlab Yevropa mamlakatlarining aksariyati ta’lim tizimini isloh qilishga kirishdi. Bu jarayon bir necha o’n yillar davom etdi va shu kungacha yakunlangan emas. Bundan tashqari, bugun biz maktab yoki oliy ta’limni isloh qilish haqida emas, balki kapitalizm rivojlanishining postindustrial bosqichi - bilimlar iqtisodiyoti ehtiyojlarini 3 Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 28.01.2022 kuni maktab ta’limini rivojlantirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishidan. Toshkent-2022. 3
qondiradigan tubdan yangi ta’lim tizimini yaratish haqida gapirayapmiz. Bu islohotlarning butun davrini ikkita asosiy bosqichga ajratish mumkin. Birinchi bosqich (1980 - 1990 -yillar oxiri), biz shartli ravishda uni «bozor islohotlari» bosqichi deb belgilaymiz, «farovonlik davlati» ning jahon va milliy faoliyatining yangi sharoitlariga moslashuvi bilan bog’liq edi. Bretton -Vuds pul tizimi qulashi va 1970-yillarning boshlarida neft narxining keskin ko’tarilishidan keyin paydo bo’lgan iqtisodiyot. Ikkinchi bosqich - ta’limning «sanoat» modelini modernizatsiya qilish va bilimlar iqtisodiyoti talablariga javob beradigan va globallashuv sharoitida iqtisodiyot va jamiyat rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga oladigan yangi ta’lim tizimiga o’tish hisoblanadi. Bu bosqichning boshlanishini 1997-yil noyabr oyida qabul qilingan Yevropa Ittifoqining «Bilimlar Yevropasi tomon» deb nomlangan hujjat bilan boshlangan, deyish mumkin. Hujjatda «umrbod o’qish» XXI asrda «Bilimlar Yevropasi» ning rivojlanishining asosi ekanligi va Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarni bu g’oyani hayotga tatbiq etishga chaqirdi 4 . Keyingi barcha tashabbuslar - Lissabon strategiyasi (2000-yil), Boloniya jarayoni, Lissabon strategiyasining yangi versiyasi - “Yevropa 2020-yil. “Aqlli, barqaror va inklyuziv o’sish strategiyasi «- Yevropa mamlakatlarini umr bo’yi ta’lim tizimiga o’tishga va tegishli islohotlarni amalga oshirishga undadi. Tadqiqot obyekti va predmeti. Tadqiqot ishi G’arbiy Yevropa mamlakatlarida XX asrning 1980-yillaridan to 2000-yillar boshlarigacha bo’lgan davrdagi maktabgacha, maktab va oliy ta’lim sohasidagi islohotlarning mazmun- mohiyati haqida so’z boradi. Bu davrda biz bilamizki, Sovet Ittifoqi degan kommunistik jamiyat inqiroz yoqasiga kelib qolgan edi. Kommunistik tuzumning qulashi Yevropa davlatlarining ta’lim va tarbiya jarayonlariga ham o’zining salbiy va ijobiy jihatlari bilan o’z ta’sirini o’tkazmasdan qolmadi. G`arbiy Yevropa mamlakatlari, jumladan Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya Federativ Respublikasida ta’lim sohasidagi amalga oshirilgan 4 Towards a Europe of knowledge: Communication from the Commission to the Council, the European Parliament, the Economic and Social Committee and the Committee of the Regions (COM/97/0563 final). – Brussels, 1997. 4
islohotlar tadqiqot ishining obyekti, “Boloniya jarayoni” va “Lissabon strategiyasi” kabi hujjatlarning ta’lim sohasidagi islohotlarga ta’siri, maktab va oliy ta’lim tizimining asosiy ishtirokchilari bo`lmish – talabalar, maktab o`quvchilari, ilmiy xodimlarning jarayonlardagi ishtiroki bilan bog`liq muammolar va uning yechimlari tadqiqotning predmeti hisoblanadi. Tadqiqot maqsadi va vazifalari. Magistrlik dissertatsiyasining maqsadi XX asrning 80-90-yillarida G’arbiy Yevropa davlatlarida ta’lim sohasidagi islohotlar natijasida bo’lgan o’zgarishlarning muammo, kamchiliklar va yutuqlarini o’rganish. Mehnat bozorining yangi talablari maktab va oliy ta’limi oldiga yangi vazifalarni qo’ymoqda. Globallashuv va bilimlar iqtisodiyotining shakllanishi maktab va oliy ta’limning maqsad va vazifalarini o’zgartirishni taqozo etadi. An’anaga ko’ra, universitetlarning asosiy vazifasi tadqiqot va ta’lim faoliyati orqali yangi bilimlarni yaratish va tarqatish edi. Biroq, bugungi kunda oliy ta’lim bilimlar iqtisodiyotining bir qismi bo’lib, uning rivojlanishi va raqobatbardoshligini ta’minlovchi asosiy element sifatida bitiruvchilarni tayyorlash, ilmiy tadqiqotlar olib borish va yaratish uchun zarur ko’nikma va malakalarga ega bo’lgan malakali kadrlar tayyorlash orqali ta’minlanadi. Mazkur maqsadlardan kelib chiqqan holda quyidagilar magistrlik dissertatsiyasining vazifalari sifatida belgilab olindi: - XX asrning 80-90-yillarida G’arbiy Yevropa davlatlarida ta’lim sohasidagi islohotlarning ahamiyatini yoritib berish; - Ta’limdagi ilmiy bashoratlar va ularning amalga oshirilishi jarayonini tarixiy tadqiq qilish; - Maktab va oliy ta’limdagi islohotlarning mamlakat iqtisodiyotiga ta’sirini tahlil qilish; - Bilimga asoslangan jamiyatni muammo va kamchiliklarining hal etish yo’llari va uning natijalari borasida tarixiy xulosalar chiqarish; 5