logo

XX asr 90-yillarida teatr, kino va musiqa san’atining rivojlanishi.

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

129.5 KB
Mavzu: XX asr 90 - yillarida   teatr,   kino   va musiqa san’atining   rivojlanishi.
Reja:
1. Teatr, kino   va  m u si qa   san’atining   rivojlanishi.
2. Sharq taronalari festivalining tashkil etilishi.
3. Samarqand  -  musiqiy anjumanlar markazi.
4. Xalqaro anjumanlarning tashkil etilishi.
1 Teatr.
  Mustaqillik yillarida madaniy hayotda ham tub o‘zgarishlar yuz berdi. Bu avvalo
teatr   san’ati   rivojlanishida   yaqqol   sezila   boshlandi,   yangi   teatr   dargohlari   qurib
ishga   tushirildi.   1991-yilda   Farg‘ona,   1993-yilda   Xorazmda   davlat   qo‘g‘irchoq
teatrlari   ish   boshladi,   1994-yilda   Qashqadaryo   va   Namangan   viloyat   teatrlari
qoshida   qo‘g‘irchoq   guruhlari,   2001-yilda   Surxondaryo   viloyat   qo‘g‘irchoq   teatri
ochildi.   O‘zbek   davlat   akademik   drama   (2001-yil),   O‘zbekiston   akademik   rus
drama   teatrlari   (1999-yil)   kabi   poytaxt   hamda   viloyat   teatr   jamoalariga   yangi
binolar qurildi, ta’mirlandi. 2015-yilning oktabrida rekonstruksiya qilingan Alisher
Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat  akademik katta teatrining ochilish marosimi
bo‘lib o‘tdi. Nafaqat, mahalliy teatr va tomosha guruhlarining chiqishlariga, balki,
xorij   mamlakatlardan   tashrif   buyuradigan   jamoalar,   atoqli   artistlarning
chiqishlariga   ham   mo‘ljallangan   «Turkiston»   saroyi   1993-yilning   sentabrida   ish
boshladi. 
2009- yilda   « O ‘ zbekiston »   xalqaro   forumlar   saroyi ,   2011- yilda   Simpoziumlar
saroyi   va   Alisher   Navoiy   nomidagi   O ‘ zbekiston   Milliy   kutubxonasidan   tashkil
topgan   Ma ’ rifat   markazi   majmuasi ,   2014- yilda   Farg ‘ ona   viloyatida   Teatr - konsert
saroyi   kabi   ma ’ naviyat   maskanlari   ochildi .   O ‘ zbekiston   Respublikasi
Prezidentining   « O ‘ zbekiston   teatr   san ’ atini   rivojlantirish   to ‘ g ‘ risida » gi   (1998- yil )
farmoni   sahna   ijodiyotida   alohida   o ‘ rin   tutib ,   unga   muvofiq   ma ’ naviy - ma ’ rifiy
islohotlarda   teatr   arboblarining   faol   ishtirokini   ta ’ minlash ,   milliy   qadriyatlarni
tarannum   etuvchi   badiiy   barkamol   sahna   asarlari   yaratish   kabi   maqsadlarda
« O ‘ zbekteatr »   ijodiy - ishlab   chiqarish   birlashmasi   tashkil   etildi .   2017- yil   faoliyati
tanqidiy   o ‘ rganilib ,   « O ‘ zbekteatr »   birlashmasi   tugatilib ,   uning   funksiyalari
Madaniyat   vazirligiga   o ‘ tkazildi .   2001-yil O‘zbek davlat akademik drama teatriga
Prezident   farmoni   bilan   «Milliy   teatr»   maqomi   berildi.   2014-yilda   Prezident
«O‘zbek   milliy   akademik   drama   teatrining   100   yilligini   nishonlash   to‘g‘risida»
qaror qabul qildi. Ushbu qarorga muvofiq teatr ta’mirlandi va yubiley tadbiri bo‘lib
o‘tdi. Umuman, mustaqillik o‘zbek teatrlari  va san’atkorlarining dunyo sahnasiga
2 chiqishi   uchun   keng   yo‘l   ochdi.   Poytaxtdagi   respublika   teatrlari   qatorida   viloyat
jamoalari   ham   xalqaro   madaniy   munosabatlarda   qatnashib   kelmoqda.   Bu   borada
O‘zbekiston  Yoshlar  teatri, Ilhom  teatri  va Qashqadaryodagi  «Eski masjid» teatr-
studiyasi   faol   bo‘ldi.   1993-yilning   23–30-oktabr   kunlari   Toshkentda   o‘tkazilgan
«Teatr:   Sharq   va   G‘arb»   xalqaro   festivali   O‘zbekistonda   dunyoning   ko‘pgina
mamlakatlaridan   kelgan   sahna   san’atkorlari   qatnashgan   birinchi   yirik   tadbir
ekanligi bilan ahamiyatli bo‘ldi. 
Mustaqillikning   dastlabki   yillaridanoq   teatr   jamoalari   Amir   Temur   mavzusiga
murojaat   qilishdi.   Dastlab   Qashqadaryo   viloyat   musiqali   drama   va   komediya
hamda   O‘zbek   davlat   akademik   drama   teatrlarida   sohibqiron   hayoti   haqidagi
tarixiy   dramalar   sahnaga   qo‘yildi.   Bu   jamiyatda   milliy   iftixor   o‘sishi,   tarixiy
xotiraning   tiklanishi   borasida   olib   borilayotgan   keng   ko‘lamli   ishlar   bilan
hamohang bo‘lib, sahna ijodiyotida Imom al-Buxoriy, Ahmad al-Farg‘oniy, Mirzo
Ulug‘bek,   jadidlar   siymolarining   faoliyatiga   oid   asarlar   ham   yaratildi.   Milliy
mumtoz adabiyot namunalari, ayniqsa, Alisher  Navoiy dostonlari sahnalashtirildi.
Folklor-etnografik   manbalar   asosidagi   pyesalar   drama-turgiyaning   alohida
yo‘nalishini tashkil qildi. 
O‘zbek sirki .
  1992 yilda «O‘zbekdavlatsirk» respublika birlashmasining tashkil etilishi sirk
san’atining   rivojlanishida   muhim   ahamiyatga   ega   bo‘ldi.   Toshkent   sirki
zamonaviy   talablar   asosida   qayta   ta’mirlandi,   unga   O‘zbekiston   xalq   artisti
Toshkenboy   Egamberdiev   nomi   berildi.   An’anaviy   sirk   san’atining   unitilgan
turlari   tiklandi   va   rivojlandi.   Iste’dodli   yoshlarga   amaliy   yordam   berish
maqsadida   1996   yilda   estrada-sirk   kolleji   ochildi.   O‘zbekiston   sirkchilarining
chet   ellarga   gastrol   safarlariuyushtirildi.   Misr,   Iordaniya,   Falastin,   Pokiston,
Malayziya,  Hindiston,  Xitoy,  Suriya,  Livan,  Eron, Birlashgan  Arab  Amirligida
gastrol   safarlarida   bo‘lgan   respublikamiz   sirk   ustalari   o‘zbek   milliy   sirk
san’atini   namoyish   etdilar.   Olimjon   Toshkenboev   rahbarligidagi   «O‘zbekiston
3 dorbozlari» guruhi 1996 yildan boshlab Evropa mamlakatlarida gastrol safarida
bo‘lib,   2000   dan   ziyod   tomosha   ko‘rsatdilar.   15   yoshli   Karima   Zaripova   1997
yil   yanvarda   Parijdagi   Buglion   sirkida   bo‘lgan   yosh   sirk   artistlarining   xalqaro
festivalida   qatnashib,   «Plastik   etyud»   (besuyak   uyini)   janrida   festivalning   eng
oliy   mukofoti   –   oltin   medalni   qo‘lga   kiritdi.   1998   yilda   Toshkent   sirkida
iste’dodli   yoshlarga   ko‘maklashuvchi   bolalar   studiyasi   ochildi.   O‘zbek
sirkchilari 1999 yilda Birlashgan Arab Amirligining Dubay shahrida, 1999 yilda
Saratov   shahrida   bo‘lib   o‘tgan   Butunrossiya   sirk   festivalida,   2000   yilda
Xitoyning   Uxan   shahrida   bo‘lib   o‘tgan   xalqaro   sirk   festivalida,   2001   yil
yanvarda   Belgiyaning   Lej   shahrida   bo‘lib   o‘tgan   Evropa   sirklarining   10-
festivalida   muvaffaqiyatli   qatnashib,   sovrinli   o‘rinlarni   egalladilar.
Sirkchilarimizning sa’y-harakatlari natijasida O‘zbek sirkiga xos turli nomer va
attraksionlar xalqaro sirk dasturlaridan o‘rin egalladi. 
Kino san'ati.
Mustaqillik   yillarida   kino   san'ati   rivoj   topdi.   1996—   yilda   «O'zbekfilm»
tasarrufida 8 ta kinostudiya, 30 ga yaqin mustaqil ijodiy studiyalar faoliyat yuritdi.
1996—   yilda   tashkil   etilgan   «O'zbekkino»   davlat   aksionerlik   kompaniyasi ,   uning
davlat   tomonidan   moddiy   jihatdan   qo'llab-quvvatlanishi   kino   san'atining   rivojida
muhim   ahamiyatga   ega   bo'ldi.   1991-2002—   yillarda   60   ga   yaqin   badiiy   filmlar
yaratildi. «Temir xotin», «Dallol», «Sharif va Ma'rif», «Tilla bola», «Buyuk Amir
Temur», «Yulduzingni ber, osmon», «Kenja singil» va boshqa filmlarda milliylik
va zamonaviylik uyg'unligi yaqqol namoyon bo'ldi. 1997— yil 22-29 may kunlari
XII Xalqaro Toshkent  kinofestivali bo'lib o'tdi. Unda 32 ta davlat va 8 ta xafqaro
tashkilotdan   vakillar,   kino   san'ati   ustalari   qatnashdi.   «Buyuk   Amir   Temur»   filmi
ijodkori   R.Ibrohimovga   festival   bosh   sovrini   —   «Neksiya»   avtomobili   berildi.
Mustaqillik   yillarida   o'nlab   hujjatli   filmlar   yaratildi.   «O'zbekiston   bahorlari»,
«Ulkan   odim»,   «Ular   Germaniyada   o'qigan   edilar»,   «O'zbekiston   qahramonlari»,
«Umid qaldirg'ochi», «Istiqlol fidoyilari» va boshqalar shular jumlasidandir.
4 Musiqa san’ati.
Mustaqillik   yillarida   musiqa   san’atida   tub   burilish   asliga   qaytish,   an’anaviy
ohanglardan   bahramandlik   va   ta’sirlanishda   namoyon   bo‘ldi.   Buning   uchun   eng
avvalo, xalqqa yaqinlashish,   el orasida yurish , eng noyob xalq iste’dodlarini izlab
topish   zarur   edi.   Shu   maqsadda   1992-yili   bir   qancha   ko‘rik-tanlovlar   o‘tkazildi.
Jumladan,   Toshkent   shahrida   mart   oyida   milliy   soz   ijrochilarining   «Asrlarga
tengdosh navolar», aprel oyida mashhur san’atkorlar asarlari ijrochilarining «Boqiy
ovozlar», Xorazm viloyatida may oyida folklor jamoalarining, iyun oyida Qo‘qon
shahrida askiya, qiziqchi va masxarabozlarning va avgust oyida Toshkent shahrida
lapar,   yalla   ijrochilarining   ko‘rik-tanlovlari   tashkil   etildi.   Ular   bir   necha   o‘nlab
iste’dodlarni kashf qildi. Bu kabi tadbirlar, festivallar o‘tkazilishi an’anaga aylanib,
xalqaro miqyosda nomoddiy madaniy merosni asrash yuzasidan olib borilayotgan
harakatlar   bilan   uyg‘unlashib   ketdi.   Mustaqillik   davrida   professional   musiqa   va
raqsni rivojlantirish ishlariga ham e’tibor qaratildi. 1996-yil «O‘zbeknavo» gastrol-
konsert   birlashmasi   tashkil   etildi.   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   farmoni
bilan   1997-yil   Mukarrama   Turg‘unboyeva   nomidagi   «O‘zbekraqs»   milliy   raqs
birlashmasi   hamda   Toshkent   davlat   milliy   raqs   va   xoreografiya   oliy   maktabi
tuzildi.   Prezidentning   2001-yil   «O‘zbeknavo»   estrada   birlashmasi,   Milliy   estrada
san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi ish boshladi. Istiqlol davrida
tamomila   yangi   ko‘rik-tanlovlar,   festivallar   yuzaga   keldi.   1995-yilda   Vazirlar
Mahkamasi   «O‘zbekiston   –   Vatanim   manim»   mavzuida   ko‘rik-tanlov   o‘tkazish
yuzasidan   qaror   qabul   qildi.   1996-yil   mart   oyidan   o‘tkazilib   kelinayotgan
«O‘zbekiston – Vatanim manim» mavzuidagi ko‘rik-tanlovi mustaqillikni,   Vatanni
anglash , uni  ulug‘lash  yo‘lidagi  muhim  qadam  bo‘ldi. Shuning uchun  ham  1996-
yil   27-avgust   kuni   maxsus   farmon   qabul   qilindi.   Unda   har   yili   avgust   oyining
uchinchi yakshanbasi, «O‘zbekiston – Vatanim manim» qo‘shiq bayrami kuni deb
e’lon   qilindi.   Tanlov   mustaqillikni   madh   etuvchi   yuzlab   qo‘shiqlar   yaratilishiga
turtki  bo‘ldi. Vazirlar  Mahkamasining  1997-yildagi qarori  bilan har ikki yilda bir
5 marotaba Samarqand shahrida «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivali o‘tkazila
boshlandi. Birinchi festivalda dunyoning 31 mamlakatidan vakillar ishtirok etishdi.
Festivalning   hudud   qamrovi   ham   tobora   kengayib   bormoqda.   2015-   yili   X
festivalda 66 mamlakatdan vakillar qatnashdi. 
YUNESKO   tomonidan   yuritiladigan   insoniyatning   nomoddiy   madaniy   merosi
ro‘yxatidan Shashmaqom (2008), Boysun madaniy muhiti (2008), Navro‘z (2009),
Katta   ashula   (2009),   Askiya   (2014)   o‘rin   oldi.   2017-yilda   Prezident   qarori   bilan
O‘zbek   milliy   maqom   san‘ati   markazi   tashkil   etildi.   2018-yildan   boshlab
Shahrisabz   shahrida   har   ikki   yilda   bir   marta   Xalqaro   maqom   san’ati   festivalini
o‘tkazish   belgilandi.   1998-yili   mamlakatimizda   birinchi   marta   simfonik   musiqa
festivali   o‘tkazildi.   Mazkur   festivalda   dunyoning   20   ga   yaqin   mamlakatlaridan
ijrochilar ishtirok etishdi. Mustaqillik yillari musiqa san’atini akademik, an’anaviy
va zamonaviy yo‘nalishlarida rivojlanishiga zarur shart-sharoitlar yaratish qatorida
ta’limiga   ham   e’tibor   berildi.   2002-yilda   Toshkent   davlat   konservatoriyasi
O‘zbekiston   davlat   konservatoriyasiga   aylantirildi.   Konservatoriyaning   yangi
binosi  qurildi. Prezidentning qarori  bilan qabul  qilingan Bolalar  musiqa  va san’at
maktablarining   moddiy-texnik   bazasini   mustahkamlash   va   ularning   faoliyatini
yanada   yaxshilash   bo‘yicha   davlat   dasturi   ham   muhim   o‘rin   tutib,   106   uning
doirasida   2009–2014-yillarda   hududlarda   278   ta   musiqa   va   san’at   maktabi
foydalanishga topshirildi, ular 30 mingdan ortiq yangi musiqa asboblari, 61 ming
nusxada   o‘quv   qo‘llanma,   milliy   va   jahon   musiqasi   notalari   bilan   ta’minlandi.
«Nihol»,   «Zulfiya»   nomidagi   davlat   mukofotlari   ta’sis   etilishi,   «Kamalak
yulduzlari»   respublika   bolalar   ijodiyoti   festivali,   «Sozlar   navosi»   yosh   musiqa
ijrochilar   va   boshqa   ko‘rik-tanlovlar   o‘tkazib   kelinayotgani   yangi   iste’dodlarni
ro‘yobga chiqarish va qo‘llabquvvatlash maqsadlariga xizmat qiladi. 
Sharq Taronalari.
O’zbekiston   Respublikasining   Prezidenti   uchun   behisob   hurmat   va   e’tiborga
molik   inson   Islom   Abdug’aniyevich   Karimovning   tashabbusi   bilan   hamisha
6 navqiron,   go’zal   Samarqand   shahrida   -   Registon   maydonida   olamshumul   musiqa
bayramini   har   ikki   yilda   bir   marta   o’tkazish   xalqaro   hamkorlik   masalalarida
zaruriy voqyeylikka aylandi desam mubolag’a bo’lmaydi.
«Sharq   taronalari»   Xalqaro   musiqa   festivali   kunlari   o’tkazilayotgan   konsertlar,
ilmiy-ijodiy   uchrashuvlar,   anjumanlar   va   tanlovlar   turli   davlatlardan   kelgan
musiqashunos olimlar uchun boy va samarali muloqotga aylandi.
O’zbekiston   Respublikasining   Birinchi   Prezidenti   I.A.Karimov   xalqimizning
ma’naviyati, madaniyati, haqiqiy tarixi, milliy qadriyatlari qayta tiklashi va ularni
zamonaviy   ruh   bilan   boyitib   borishini   jamiyatimizni   yangilash   hamda   taraqqiy
ettirishdagi muhim omil, deb baholadilar.
Mamlakatimizda   madaniyat   sohasidagi   hamkorlikka   hamisha   katta   e’tibor
beriladi.   Binobarin   har   qanday   madaniyat   jumladan   musiqa   boshqa   davlat   va
mamlakatlar   madaniy   merosi   bilan   bog’lanmay   turib   rivojlana   olmaydi.
Respublikamiz   Birinchi   Prezidenti   I.A.Karimov   «Sharq   taronalari»   Xalqaro
musiqiy   festivalini   o’tkazish   tashabbusi   bilan   chiqqani   ham   bejiz   emas.   Vazirlar
Mahkamasining qaroriga binoan Yunesko va xalqaro musiqiy kengash ishtirokida
o’tkaziladigan   bu   festival   Sharq   xalqlari   uchun   haqiqiy   musiqa   bayramidir.
Bizning mamlakatimizda o’tkazilayotgan bu san’at bayrami ham bir inson qalbida
ko’tarinkilik va mag’rurlik hislarini uyg’otadi.
«Sharq taronalari» boy madaniyatli xalqimizning qadriyatlari, buyuk o’tmishi va
porloq kelajagining rangin ohanglari, sadolari bo’lib qalbimizda muhrlanib qoladi.
Dunyoningko’ngligasen   berdihayot,   Ruhingdan   Ona-sharq   yaraldi   bayot,
Kuylamoq shavqida mohir o ‘zingsan, Hofizo’zingdirsan, shoir o’zingsan.
«Sharq   taronalari»   -   Xalqaro   musiqa   festivali   mustaqil   Vatanimizning   jahon
uzra taratayotgan erk va ozodlik navolaridir. Erkin va farovon hayot, fayz-tarovat
va   go’zal   navolar   og’ushida   boshlanib,   bir   hafta   davomida   mavj   urajak   anjuman,
mamlakatimiz - qadim Samarqandimiz hayotida o’chmas iz qoldiradi.
Festival   jarayonida   xalqimizning   turmushi,   urf-odatlari,   an’ana   va   marosimlari
namoyish   etiladi.   Eng   muhim   mehmonlar   mustaqil   O’zbekistonimizda   amalga
7 oshirilayotgan   buyuk   o’zgarishlar   bilan   tanishadilar.   Xalqimizning   o’tmishi,
yuksak madaniyati, boy ma’naviyati, urf-odatlari, an’ana va marosimlaridan voqif
bo’ladilar.
Sharq   xalqlarining   betakror   milliy   musiqasi   va   qo’shiqlarini   keng   miqyosda
targ’ib etish, milliy an’analarni saqlash, yosh avlodda san’atga bo’lgan muhabbatni
tarbiyalash,   xalqlar   o’rtasidagi   do’stlikni   mustahkamlash   hamda   ijodiy   hamkorlik
va   madaniy-ma’naviy   aloqalar   doirasini   kengaytirish   -   «Sharq   taronalari»
festivalining asosiy maqsadidir.
Go’zal   Samarqandimizda   har   ikki   yilda   o’tkazilib   kelinayotgan   bu   anjuman
dunyo xalqlarining san’atlarini, turli  millat  vakillarini  musiqiy ohanglar  vositalari
bilan birlashtirdi. Chunki  bu festivalda jahonning ko’plab mamlakatlaridan san’at
namoyondalari, mashhur xonanda va sozandalar qatnashadilar. Bu kabi tadbirlarda
san’atkorlarning o’zaro tajriba almashuvlari uchun keng imkoniyatlar tug’iladi.
Har   bir   ijrochi,  ijodkor   uchun   festival   o’zgacha   alohidalik   kasb   etgan.   Festival
konsertlarida   yangragan   rango-rang   sharq   kuy-qo’shiqlaridagi   nolalar   har   bir
tinglovchining   qalbiga   birday   yetib   boradi.   Bu   nolayu   ohanglar   goh   shiddatkor
jo’shqin tezkor bo’lsa, goh g’amgin, sokin, o’ychandir. Tinglovchi  qalbining tub -
tubiga   yetib   borib   odamlar   dilini   poklab   ularni   ruhan   yuksaltiradi.   Rang-barang
sharq   musiqiy   guldastasi   ichida   o’zbek   ijrochiligini   maktabi   alohida   o’rin   tutadi.
Festival   dunyo   madaniyatiga   ma’naviy   ozuqa   berib,   umumbashariy   qadriyatlarga
munosib hissa qo’shayotir. Jahon jamoatchiligi qalbidan munosib joy olgan ushbu
Xalqaro   anjuman   yangi   tashabbuslarga   ya’ni,   dunyo   miqyosida   sharq   musiqasiga
bag’ishlangan ko’plab anjumanlarning tashkil etilishiga ham turtki bo’lmoqda.
Uning   Yunesko   boshchiligida   o’tkazilayotganligi   fikrimizning   yaqqol   dalilidir.
Ushbu   festivalning   har   safar   milliy   musiqa   san’atimizning   muayyan   yo’nalishiga
bag’ishlanishi unga yanada jozibadorlik, o’ziga xoslik bahsh etadi.
Ma’lumki,   inson   hech   qachon   kuy,   qo’shiqsiz   yashay   olmaydi.   U
tug’ilganimizdanoq   jonga   tutash   bir   umr   hayotimizga   sherik   bizga   hamroh
yaxshilik, tinchlik, do’stlik elchilari, jangchilari sifatida yo’llarni yo’llarga, ellarni
8 ellarga,   dillarni   dillarga   bog’laydi,   elu-elatlarni   tinchlik,   totuvlik   va   birodarlikka
chorlaydi.   Mana  shunday  ijobiy  fazilatlarga  yetaklovchi,   chorlovchi  bunday   katta
imkoniyat   xalqaro   tanlov   dunyo   sivilatsiyasini   asosiy   markazlaridan   sanalgan
Samarqand   shahrida   o’tkazilishi   barcha   O’zbekistonliklarning   qalbida   g’urur
fahrini soladi.
Samarqand - jahonshumul musiqiy anjumanlar markazi.
Samarqand - dunyo tanilgan shahar. Uning bag’rida ne-ne olimu donishmandlar,
shoiru shuarolar, musiqashunos-rassom va arboblari yetishib chiqqan, ijod qilgan.
Asrlar   osha   sayqal   shaharda   badiiy   an’analar,   musiqa   san’ati   saqlanib   rivojlanib
kelgan.
Xususan   shaharning   o’ziga   xos   musiqa   san’atini   maqomlar,   marosim
qo’shiqlari,   asbobli   kuylar,   dostonlar,   qarsak   va   ashula   bezab   turgan.   Ularni   xalq
orasidan   yetishib   chiqqan   musiqachilar,   qo’shiqchilar,   hofizlar   va   baxshi-shoirlar
ijro   etishgan.   Abduqodir   Marog’iy,   Abdurahmon   Jomiy   kabi   bastakor,   olim-
nazariyachilar,   shuningdek,   qo’shiqchi   va   bastakor   Hoji   Abdulaziz   Abdurasulov
xalq   baxshilari   Ergash   Jumanbulbul   o’g’li,   Fozil   Yo’ldosh   o’g’li,   Po’lkan   shoir,
Islom Shoirlar bu borada Samarqand obro’siga obro’ qo’shganlar.
1997   yildan   buyon   Samarqand   shahrida   «Sharq   taronalari»   xalqaro   musiqa
festivali   o’tkazilishi   barobarida   yana   jahon   hamjamiyati   diqqat-e’tiborini   o’ziga
tortdi.
O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Islom   Karimov   tashabbusi   bilan
Samarqand   yuragida   -   Registon   maydonida   olamshumul   musiqa   bayramini
o’tkazish   xalqaro   hamkorlik   masalalarida   zarur   madaniy   voqelikka   aylandi.
Festival   doirasida   turli   xalqlar   ijrochilari,   musiqa   sohasi   ijodkorlari,   shuningdek
olimlar   o’rtasida   ijodiy   aloqalar   o’rnatish   imkonini   bergani   diqqatga   sazovordir.
Qolaversa,   bu   tadbir   turli   qit’alarda   bir   vaqtda   bo’lib   o’tayotgan   musiqiy
jarayonlarni   muvofiqlashtirish   imkonini   ham   berdi.   Jahonning   60-ga   yaqin
9 mamlakatlari,   jumladan,   Amerika,   Yevropa,   Osiyo   va   Afrika   davlatlari
musiqashunoslari   va   qo’shiqchilarining   ishtiroki   festivalning   ahamiyatini   yanada
oshirishga shubha yo’q.
«Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivali kunlarida o’tkazilayotgan konsertlar,
ijodiy   uchrashuvlar,   anjumanlar   va   tanlovlar   turli   davlatlardan   kelgan
musiqashunoslar uchun boy va samarali muloqotlarga aylanmoqda.
«Sharq   taronalari»   musiqiy   festivalining   O’zbekistonda,   aynan   Samarqandda
o’tkazilishiga asos bor deyiladi Prezidentimizning tabrik so’zida, - chunki,
Samarqand   jahon   sivilizatsiyasi   beshiklaridan   biri   hisoblanadi.   Turli   davrlarda
Amir   Temur,   Imom   Buxoriy,   Mirzo   Ulug’bek,   Xo’ja   Axrori   -   Vali,   Qozizoda
Rumiy,   Sharofiddin   Ali   Yazdiy,   Davlatshoh   Samarqandiy,   Nizomiy   Ganjaviy,
Alisher Navoiy, Abduraxmon Jomiy, Abdurazzoq Samarqandiy va boshqa o’nlab,
yuzlab ulug’ insonlar bu yerda yashaganlar, bo’lganlar, davlatni boshqarganlar va
ijod   qilganlar.   Samarqand   asrlar   osha   turli   xalq   va   madaniyat   vakillarini
tutashtiruvchi qo’rg’on vazifasini o’tagan.
«Sharq   taronalari»   festivalini   o’tkazishdan   maqsad   Sharq   xalqlarining
takrorlanmas   milliy   kuy   va   qo’shiqlarini   keng   ommaga   yetkazish,   yosh   avlodni
san’atga,   ayniqsa   musiqaga   mehr   qo’yib   tarbiyalashdek   ezgu   an’analarni   asrash,
do’stlikni va xalqlar o’rtasidagi ijodiy hamkorlikni mustahkamlash, ularni madaniy
aloqalar doirasida kengaytirishdir.
Songgi   yillar   davomida   Respublikamizda   madaniy   aloqalar   doirasida
hamkorlikka   katta   ahamiyat   berilmoqda.   Zero,   musiqiy   madaniyat   boshqa   davlat
va xalqlarning madaniy merosi aralashuvisiz rivojlana olmaydi. «Sharq taronalari»
festivalining ikki yilda bir marta - avgust oyi oxirida o’tkazilishi, musiqiy ijodiyot
doirasidagi   erishilgan   yutuqlarning   keng   almashuviga   hamda   o’zbek   (Sharq)
an’anaviy musiqasi bilan tanushuviga ko’mak beradi. Shu bilan birga, u zamonaviy
jahon musiqa madaniyatining yangi yutuqlarini namoyish etadi.
Festival   ish   tartibi   uch   yo’nalishdagi   ijro   tanlovi   va   konsertlarni   ichiga   oladi.
Jumladan,   xalq,   an’anaviy   qo’shiqchilik   (milliy   qo’shiqlarni   eng   yaxshi   ijrosi
10 tanlovi):   an’anaviy   milliy   musiqa   (milliy   Sharq   an’analarini   badiiy
mujassamlashtirish) kabi tanlovlar o’tkaziladi.
Sharq   musiqa   ijrochilari   festivali   sifatida   tashkil   etilgan   ushbu   anjuman
endilikda barcha qit’a musiqa san’ati ustalarini birlashtiradi.
Darvoqea, festival doirasida «Milliy qo’shiqlarning eng yaxshi ijrochisi» tanlovi
ham   o’tkazilmoqda.   Qatnashchilar   o’z   milliy   musiqa   san’ati   ijodiyotidan   eng
saralarini   namoyish   etishadi.   Tanlov   qatnashchilari   ijrosini   xalqaro   hakamlar
baholaydi.   Birinchi   va   ikkinchi   bor   o’tkazilgan   festivalga   Tokio   universiteti
professori   Xoruma   Koshiba   (Yaponiya),   uchinchi   festivalga   Seul   universiteti
professori   yangisida   Koreya   musiqa   akademiyasi   prezidenti   va   shunga   o’xshash
chet   davlatlar   vakillari,   hakamlar   hay’ati   a’zoligiga   Yevropa,   Osiyo   va   Amerika
musiqa madaniyati vakillari ham taklif etilmoqda.
Hozirgi   qo’shiqchilik   san’ati   o’zida   turli   ijodiy   yo’nalishlar   va   uslublarni,
jumladan,   xalq   qo’shiqlari,   an’anaviy   vocal   janri,   bastakorlik   va   kompozitorlik
usulida   qo’shiq   yaratish,   zamonaviy   Estrada   qo’shiqlari   (jaz,   pop   va   rok)   ni   o’zi
ichiga   olgan.   Bular   barchasi   dunyo   xalqlari   o’rtasida   o’zaro   madaniy
almashinuvlarni vujudga keltiradi.
Festival yakuniga ko’ra tashkilotchilar sahnada ijro etilgan eng yaxshi asarlarni
o’zida mujassam etgan SD disk chiqarishi ko’zda tutilgan.
Olti   asr   burun   buyuk   Amir   Temur   Samarqandni   dunyoning   eng   go’zal
shaharlaridan   biriga   aylantirib,   poytaxt   qilgandi,   uzoq   safarlardan   u   nafaqat
moddiy   boylik,   balki   bebaho   boyliklar-kitoblar,   san’at   asarlari   hamda   me’moru
muhandislarni   olib   kelgan.   Binobarin,   ustalar   mahalliy   hunarmandlar   bilan
hamkorlikda betakror me’morchilik maktabini yaratgan.
Amir   Temur   o’z   davlatida   yaratuvchilik   bilan   dong   taratdi.   U   rassomlar   va
shoirlar,   olimlar   hamda   donishmandlarga   alohida   e’tibor   qaratdi.   Bu   an’anani
uning nabirasi Mirzo Ulug’bek ham davom ettiradi.
Bugungi   Samarqand   zamonaviy   bir   maromda   rivojlanib   Respublikamizning
ikkinchi shahriga aylandi.
11 1997   yil   Registon   maydonida   O’zbekistonning   taniqli   san’atkorlari   ijrosida
madhiya   jarangladi   -   bu   «Sharq   taronalari»   xalqaro   musiqa   festivalining
ochilishidan   darak   bergandi.   Madhiya   musiqasining   muallifi,   asli   Samarqandlik
bo’lgan kompozitor Dilorom Omonullayevadir.
Mustaqillikka erishgach, O’zbekiston o’z kuch va imkoniyatlari bilan ma’naviy
boyliklarni yanada rivojlantirish uchun harakat qilmoqda. O’tmish buyuk keljakni
ko’rinmas rishtalar bilan bog’ladi. Unutilgan madaniyatimiz sarchashmalari - ulug’
olimlar,   faylasuflar,   donishmandlar   nomlarini   abadiylashtirish   natijasida   tarixiy
ildizlar qayta tug’iladi. Ma’rifiy, madaniy an’analar qaror topadi.
Musiqa   va   qo’shiq   -   dunyoda   tarjimasiz   yagona   san’at.   Turli   millat   vakillari
unnig   vositasida   bir-birlariga   qalb   izhorini   ifoda   etishadi.   Samarqandga   tashrif
buyurgan  san’atkorlar, festival   mehmonlari   bu aqidaning  hayotiy  ekanligiga yana
bir   bor   ishonch   hosil   qilindi.   O’tgan   davr   mobaynida   festival   xalqaro
hamjamiyatda   katta   obro’,   nufuzga   ega   bo’ldi.   Zero,   u   orqali   har   bir   millat   va
mamlakat o’z san’atini namoyish etmoqda. Festival xalqlar o’rtasida milliy san’at
durdonalarini targ’ib etish vositasiga aylandi.
Musiqa   san’atining   necha   ming   yillar   davomida   odamlar   qalbiga   yuksak   va
beg’ubor tuyg’ularni jo etib kelayotgani, bu yorug’ olamni yanada munavvar etib
ko’rsatuvchi   ilohiy   mo’jizaliligini   barchamiz   anglaganmiz.   Milliy   musiqamizni
targ’ib   qilish   sohasida   erishgan   yutuqlarni   namoyish   etish,   san’at   olami
yangiliklaridan jahon musiqa  ixlosmandlarini bohabar qilish maqsadida o’tkazilib
kelayotgan ushbu festivalning nufuzi yil sayin ortib borayotir.
Xalqaro   madaniyat   olamida   katta   yangilik   bo’ladigan   bu   tadbirning
Samarqandda   o’tkazilayotgani   tilaklar   va   maqsadlar   mushtarakligidan   dalolatdir.
San’atsevar   Sharq   xalqlari   azal-azaldan   eng   ezgu   umidlar   bilan   shu   ko’hna
zaminga   intilib   kelganlar.   Samarqand   tuprog’i   ko’plab   xalqaro   simpozium,
konferensiya va festivallarning guvohi bo’lgan.
«Sharq   taronalari»dek   go’zal   va   nufuzli   anjumanning   dunyoda   muqaddas
sanalgan 5ta shaharlaridan biri  bo’lgan qadim  Samarqandimizda o’tkazilishi  bejis
12 emas.   Chunki   o’zining   rang-barang   o’tmishi   va   madaniyatiga   ega   bo’lgan
Samarqand musiqa san’atining teran ildizlari uzoq asrlar qa’riga borib tutashadi.
Qadimiy Sug’diyonaning musiqa  san’ati   chuqur  ildizlarga ega  ekanligini   o’sha
davrlarda bu yerga tashrif buyurgan sayyohlar, elchilar ham ta’kidlab o’tdilar.
Masalan,   VII   asrlarda   Samarqandga   tashrif   buyukrgan   budda   monaxi   o’z
xotiralarida «Bu shaharning xalqi kuy-qo’shiq va sayillarni sevadi, ularning har xil
musiqa asboblari bordir» deb yozgan edi.
Sug’diyonaning   yuksak   musiqa   san’ati   VII-VIII   asrlarda   bu   yerga   kelgan
arablarga   ham   yoqib   qolgan.   Arablar   Sug’dlarning   ko’pgina   musiqa   asboblarini
o’zlashtirib olganlar. O’rta asrlarda Yevropa xalqlari orasida juda mashhur bo’lgan
Lyutnya   nomli   musiqa   asbobining   vatani   ham   aynan   Sug’diyona   -   Samarqand
ekanligini   dunyo   olimlari   tan   olgan.   Sug’diyonada   mashhur   bo’lgan   cholg’u
asboblarining   shohind   dastlab   arab   mamlakatlariga   o’tdi,   so’ngra   arablar   orqali
Yevropaga tarqalib Lyutnya nomi bilan mashhur bo’lib ketdi.
Xitoylik   olimlarning   fikrlaricha   hozirgi   Xitoydagi   ayrim   musiqa   asboblari
Sug’diyonadan   borib   qolgan   va   Xitoyliklar   tomonidan   shu   darajada   qabul
qilinganki, bu asboblari Xitoyliklar uchun keltirilganligiga ko’plchilik ishonmaydi
ham.
O’tmishni   unutgan   xalqning   kelajagi   bo’lmaydi.   O’zbek   xalqining   esa   o’tmish
madaniyati   boy.   Mustaqillik   sharofati   bilan   bu   umrboqiy   qo’shiqlar,
qadriyatlarimiz   xalqimizga   qaytdi.   Yanada   e’zozlanib,   sayqallanib   borayotir.
Folklor qo’shiqlarimiz ham ana shunday ardoqli qadim san’atlarimizdan biridir.
«Sharq   taronalari»   IV   Xalqaro   musiqa   festivali   munosabati   bilan   Akmal
Ikromov nomidagi O’zbekiston xalqlari madaniyati tarixi muzeyida o’zbek musiqa
san’ati ko’rgazmasi tashkil etildi.
O’zbek   musiqa   san’ati   va   cholg’u   asboblari   o’zining   boy   o’tmishi   va   tarixiga
ega   -   deydi   muzey   direktori   No’mon   Mahmudov   -   ko’rgazmani   tashkil   etishdan
ko’zlangan   asosiy   maqsad   ham   san’atimiz   tarixi   bilan   festival   mehmonlarini
tanishtirishdan   iborat.   Ko’rgazmada   O’zbekistonlik   ustalar   tomonidan   yasalgan
13 nay,   rubob,   dutor,   g’ijjak,   qo’biz   singari   musiqa   asboblari   namoyish   etiladi.
Bundan tashqari ko’rgazmadi XX asrning 30-40 yillarida mashhur hofizlar domla
Halim Ibodov, Gabriel  Mullaqandov tomonidan mahorat  bilan ijro etilgan o’zbek
mumtoz   qo’shiqlarining   magnit   tasmasi   qo’yiladi.   Shuningdek,   Samarqandda
bo’lib   o’tgan   barcha   musiqa   festivallari   tarixi   aks   etgan   fotosuratlar,   dasturlar
namoyish etildi.
Qisqacha   aytganda   ko’rgazmada   o’zbek   xalqi   ma’naviy   merosining   barcha
qirralari aks etgan. Bu ko’rgazma vaqtida bu yerga tashrif buyurgan barcha dunyo
vakillari   bizning   ma’naviy   merosimizdan   bahramand   bo’ldilar.   Kundan-kunga
rivojlanib, gurkirab borayotgan mustaqil O’zbekistonimiz qadim Samarqandimizda
bo’lib   o’tadigan   ushbu   «Sharq   taronalari»   Xalqaro   musiqiy   festivali   o’zbek
madaniyati, milliy urf-odatlari, ma’naviy qadriyatlarini dunyo xalqlariga namoyish
etishda   keng   imkoniyatlar   yaratadi.   Bir   necha   ming   yillik   tarixga   ega   bo’lgan
musiqa   san’atimizni   yanada   yuksak   cho’qqilarga   ko’tarilishiga   yangicha
zamonaviy ohanglar bilan boyitishga xizmat qiladi. Shunday musiqiy anjumanning
boshqa   mamlakatda   emas,   faqatgina   bizning   mamlakatimizda   go’zal   va   hamisha
navqiron Samarqandimizda bo’lib o’tishi g’urur bilan ta’kidlamog’imiz joizdir.
«Sharq   taronalari»   IV   Xalqaro   musiqa   festivaliga   tashrif   buyurgan   Avstriyalik
Norimon   Hujjati   o’zining   Samarqand   to’g’risidagi   taassurotlarida   shunday   degan
edi:
-   Men   Eronda   tug’ilib   o’sganim   uchun   Markaziy   Osiyo,   xususan,   Samarqand
qalbimga   nihoyatda   yaqindir.   Mening   nazarimda,   bugungi   O’zbekiston   bokira   va
butunlay   yangi   bir   dunyo.   Samarqandning   havosi   toza,   odamlari   samimiy,
to’g’riso’z.   Tabiati   esa   nihoyatda   so’lim.   Bu   menga   yaxshi   ta’sir   qildi,   ko’nglim
yayradi.   Menga   qolsa,   jon   deb   Samarqandda   yashagan   bo’lardim.   Meni   umuman
olganda,   O’zbekistonda   yashayotgan   turfa   xalqlarning   totuvligi,   o’zaro   inoqligi
hayratga   soldi.   Bundan   dunyoning   turli   burchaklaridagi   boshqa   xalqlar   ibrat   olsa
arziydi. Men bu jihatlarning festival kunlari yaqqol namoyon bo’layotganini ko’rib
quvondi.
14 «Sharq   taronalari»   IV   Xalqaro   musiqa   festivali   hakamlar   hay’ati   a’zosi   Oqoyi
Murtazo   Varinshoh   ham   Samarqand   to’g’risida   shunday   fikrlar   bildirgan   edi   -
«Ushbu   festivalning   qadim   va   navqiron   Samarqand   shahrida   o’tkazilayotganidan
mamnunman.   Men   ko’plab   xalqaro   festivallarda   ishtirok   etganman,   yer   yuzining
gavhari   bo’lgan   Samarqandning   yuragida   joylashgan   Registon   maydonida
o’tkazilayotgan ushbu festival juda jozibalidir».
Do’stlikni,   inoqlikni,   millatlararo   totuvlikni   behad   qadrlaydigan   jojajon
O’zbekistonimizning   har   bir   fuqarosi   qalbida   o’zga   millat   vakillari   aytgan   ushbu
fikrlar   g’ururlanish,   faxrlanish   tuyg’ularini   vujudga   keltiradi.   Darhaqiqat,   biz
yoshlar   ayniqsa   shunday   go’zal,   maqtovga   arzigulik   serquyosh   Vatanda
yashayotganimizdan, shunday mamlakatning farzandi ekanligimizni yuksak iroda,
faxr   bilan   ta’kidlamog’imiz,   xalqimizning   urf-odatlari,   ma’naviy   merosini   asrab-
avaylamog’imiz lozim.
«Sharq   taronalari»   xalqaro   musiqa   festivali   ana   shu   baynalmilal   ruhiyatning
yorqin   namoyishidir   va   mamlakatimizning   ulkan   salohiyati,   xalqimizning   boy
ma’naviyati va san’atga dunyo xalqlarining, xususan, san’at ahlida yuksak ehtirom
ifodasidir.
Janubiy Koreya Respublikasi musiqa akademiyasi prezidenti jano Kim Shin
Van:
«Samarqand   -   dunyoning   yulduzsifat   shaharlaridan   biri,   ta’bir   joiz   bo’lsa,
ularning   eng   yorqini   va   nurafshonidir.   Tarixdan   yaxshi   bilamiz,   bu   shahar   ma
‘rifat, madaniyat va ezgulik beshigi sifatida ham ma’lum va mashhurdir.
Mumtoz   san’at   bayrami   aynan   shu   maskan,   Registon   majmuasida
o’tkazilmoqda.   Ezgulik   qo’shiqchilik   mahorati   tanloviga   bu   qadar   katta   e’tibor
berayotgan   O’zbekiston   xalqi   va   uning   yurtboshisi   I.A.Karimov   janobi   oliylariga
cheksiz   hurmatimni   bildiraman»   -   deb   Samarqand   to’g’risida   o’z   fikrlarini
bildirgan edi.
15 Ushbu   «Sharq   taronalari»   festivalining   o’tkazilishi   musiqiy   madaniyatimizni
rivojlantirishda   juda   muhim   o’rin   tutadi.   Ushbu   festivalni   Samarqand   shahrida
o’tkazilishi nur ustiga a’lo nurdir.
«Sharq taronalari» musiqiy festivalining aynan Samarqandda bo’lib o’tayotgani
har   bir   tinglovchi   ishtirokida   har   bir   tomoshabin   uchun   taqdirning   sovg’asidir.
Mazkur   qadimiy   shaharning   betakror   ko’rinishi   uning   arxitektura   yodgorliklari
buyuk   bir   tarixning   guvog’i   o’laroq   -   musiqani   nozik   qabul   qilish,   uning
manbalarini chuqur anglab yetish, inson qalbini yashovchanlik bilan boyitish kabi
hislarni uyg’otuvchi o’ziga xos ruh bag’ishlaydi.
Ko’hna   tariximizdagi   ne-ne   buyuk  va   unutilmas   voqealarning  guvohi   bo’lmish
bu muazzam shaharda bo’lib o’tadigan ushbu san’at anjumani millatlar va insonlar
qalbiga   azaldan   yashab   kelayotgan   ezgulik   va   nafosatga   intilish   tuyg’usini,
bugungi kunda turli xalqlar sivilizatsiyalari o’rtasida o’zaro muloqot, hamkorlikka
bo’lgan ehtiyojning nechog’lik katta ekanini yaqqol namoyon etib turadi.
Samarqandning   musaffo   osmoni,   moviy   gumbazlari   ostida   o’tadigan   ushbu
nafosat   bayram   san’atni   teran   tushunadigan,   san’atkorni   yuksak   qadrlaydigan
xalqimiz vakillari bilan bo’ladigan muloqotlar, uchrashuv va suhbatlar insonlarda
o’chmas taassurot qoldiradi.
Darhaqiqat,   Samarqand   shahri   -   O’zbekiston   yuragi   deya   e’tirof   etilishi   bejiz
emas.   Shuningdek,   Samarqand   shahonshumul   musiqiy   anjumanlar   markazi   deb
ham ta’kidlanadi. Hammamizga ma’lumki, Samarqand azaldan ilm, fan, madaniyat
markazi sifatida butun dunyoga shuhrat qozongan va bugungi kunda ham shuhrati
keng qanot yechib kelmoqda. Hurmatli Prezidentimiz Islom Karimov tashabbuslari
bilan   1997,   1999,   2001,   2003,   2005,   2007,   2009,2011,2013,   va   2015-yillarda   10
marotaba o’tkazildi.
«Sharq   taronalari»   musiqiy   festivali,   1978,   1981,   1984,   1987-yillar   davomida
«Uzoq   va   Yaqin   Sharq   xalq   og’zaki   ijodiyoti   va   zamonaviylik»   mavzularida
xalqaro simpoziumlar Samarqandimizni yana ham butun dunyoga dog’ini taratgan
va bu an’analar hozirgacha davom etib kelmoqda.
16 Xalqimiz tomonidan yaratilgan xalq musiqiy ijodiyotini Samarqandliklar XX asr
II-yarmisida   laparchi   Qurbonxon   va   undan   keyin   Hoji   Abdul   Aziz   Abdurasulov,
Gavriyel   Mullaqandov,   Hoji   Tamtam,   Tolmasovlar   avlodlari,   Sharifjon
Akramovlar   davom   ettirib   bu   tabarruk   ustozlarning   musiqiy   san’atlarini   hozirda
ko’zga   ko’ringan   san’atkorlar   ijro   etib   butun   dunyo   tinglovchilariga   va   xalqimiz
e’tiboriga   havola   etmoqdalar.   Jahon   shumul   anjumanlarda   ubu   ustozlarimizning
ijodini yuqori saviyada anjuman ishtirokchilariga ijro etadilar.
Bularning   musiqiy   ijodiyotini   namoyish   etibgina   qolmasdan   ma’naviy
merosimizni   rivojlantirishda   ham   hissa   qo’shadilar   va   ma’naviy   merosimiz
durdonalari bilan butun dunyo ahlini tanitadilar.
Abadiy   go’zallikka   chulg’angan   ko’hna   va   hamisha   navqiron   Samarqandga
bayramlar yarashadi.
Xalqaro musiqiy anjumanlarning tashkil etilishi va uning o’smir  -   yoshlar
tarbiyasida tutgan o’rni.
O’zbek   xalqi   qadimdan   o’zining   boy   musiqiy   merosi,   ma’naviy   qadriyatlariga
ega   bo’lib   kelgan.   Bu   bisot   turli   yo’nalish   va   janrlarda   allomalarimiz   yaratgan
musiqiy   risolalar,   qo’lyozmalar,   yaratilgan   cholg’u   asboblari,   qo’shiq,   kuy,
baxshichilik, usta shogirdlik an’analari, to’y marosimlari, turli an’anaviy yig’inlar,
bayramlar,   sayillar   va   boshqa   elning   yaxshi-yomon   kunlarida   kuylanadigan
ashulalari   chalinadigan   cholg’u   kuylari   tarzida   o’z   ifodasini   topagan.   Bu
qadriyatlarni   xalqimizning   hozirgi   kundagi   avlodiga   yetkazish,   uning   ongiga
singdirish,   uning   ma’naviy   ehtiyojiga   aylantirish,   ularni   bu   yo’nalishda   ma’naviy
kamolotga   erishtirish   uchun   bir   qancha   festivallar,   anjumanlar,   simpoziumlar,
konferensiyalar,   tanlovlar   o’tkazilib   kelinmoqda.   Shunday   festivallardan   biri
«Sharq taronalari» musiqa festivalidir.
17 «Sharq   taronalari»   nafaqat   o’zbek   milliy   musiqa   madaniyatimizni,   balki   butun
dunyo   musiqa   madaniyatini   rivojlantirish   yo’lida   xizmat   qiladi.   Chunki   «Sharq
taronalari» festivalida butun dunyo musiqa merosining durdona asarlari kuylanadi.
Musiqa ming yillar mobaynida insonlar qalbini ezgulikka chorlab kelmoqda. U
jahon   madaniyatini   boyitib,   umuminsoniy   qadriyatlar   xazinasiga   munosib   hissa
qo’shadi.   «Sharq   taronalari»   xalqaro   musiqa   festival   ajoyib   qo’shiq   namunalarini
namoyish   etib,   yosh   avlodga   xalq   musiqasiga   bo’lgan   muhabbatni   tarbiyalashga
xalqlar o’rtasidagi madaniy va ma’rifiy aloqalarni, mushtaraklikni mustahkamlash
va kengayishiga olib keladi. Musiqa eng ta’sirli va eng ommaviy ozuqa vositasidir.
Musiqa   ayniqsa,   o’smir   yoshlarda   vatanparvarlik   hissini,   mardlik,   qat’iylik,
mehribonlik,   insonparvarlik   singari   ma’naviy   sifatlarni   shakllantirishda   ta’sirchan
vosita   bo’lib   xizmat   qiladi.   Yorqin   jozibador   hamda   chuqur   mazmunga   ega
bo’lgan   kuy   va   qo’shiqlar   yoshlarda   ona-Vatanga   muhabbat,   mehr-oqibat   va
mehnatni sevish kabi ajoyib fazilatlarni tarbiyalashda yordam beradi.
Xalqaro   musiqiy   anjumanlarni   tashkil   etish   va   o’tkazish   yoshlar   tarbiyasida
alohida   ahamiyatga   ega.   Chunki,   ko’pgina   o’smir-yoshlar   jahon   xalqlari
musiqalariga qiziqishadi. Ushbu «Sharq taronalari» musiqiy anjumanida esa faqat
milliy   musiqalar   ijro   etiladi.   Festivalning   musiqalarini   tinglagan   o’smir-yoshlar
jahon   xalqlarining   milliy   musiqalari   bilan   tanishadilar.   Festivalda   rang-barang
yo’llarda   ijro   etilgan   kuy-qo’shiqlar   yangraydi.   Xitoy,   Hindiston,   Eron,
Indoneziya,   Turkiya,   Isroil,   Bangladesh,   Malayziya,   Pokiston,   Misr,   Koreya
Respublikasi,   Mongoliya,   Vetnam   hamda   yaqin   qo’shnilarimiz   Qozog’iston,
Qirg’iziston,   Turkmaniston,   Tojikiston,   Ozarbayjon   va   boshqa   xalqlarning
qo’shiqlari, ular bilan bir qatorda turli xalqlarning ajoyib milliy liboslari va milliy
cholg’u asboblari namoyish etiladi.
«Sharq taronalari» festivali bizga shuning uchun ham qadrliki, unda faqat milliy
qo’shiqlar   jonli   ovozda   ijro   etiladi.   O’smir-yoshlar   esa   jahon   xalqlarining   milliy
madaniyatidan   voqif   bo’ladilar.   Shu   bilan   birga   o’z   milliy   madaniyatimizni
e’zozlashni,   qadrlashni   o’rganadilar.   «Sharq   taronalari»   kabi   xalqaro   festivallar
18 o’smir-yoshlarimiz   qalbida   Vatanga   bo’lgan   muhabbat,   sadoqat,   vatanparvarlik
kabi   his-tuyg’ularni   milliy   ma’naviyatimizga   bo’lgan   hurmatni   oshiradi.   Chunki
biz   dunyo   xalqlariga   o’zbek   milliy   madaniyatimiz,   urf-odatlarimiz,
mehmondo’stligimiz, o’zligimizni namoyish etamiz.
Zero,   Prezidentimiz   I.A.Karimov   ta’kidlaganlaridek:   «Yangi   asr,   yangi   ming
yillikka  asrab-avaylab  olib o’tilgan noyob  boylik -  insoniyat  tafakkurining  buyuk
mo’jizasi   bo’lgan   «Sharq   musiqiy   merosi   odamlar   qalbida   ezgulik,   birodarlik,
mehr-shavqat   tuyg’ularini   kamol   toptirishga   xizmat   qilishi   shubhasiz».
Yurtboshimiz   asos   solgan   har   ikki   yilda   bir   marta   bo’lib   o’tayotgan   mashhur
festival   ulkan   ulug’   bir   maqsad   yo’lida   xizmat   qilayotir.   Birinchidan,   o’zbek
mumtoz musiqa madaniyatini jahonga tanitmoqda. Ayni paytda ega dunyo musiqa
madaniyati   bilan   xalqimizni   oshno   etmoqda.   Shuning   uchun   ham   Yunesko   bu
anjumanni o’z rahnamoligiga olgan. Bugun xalqaro hamjamiyatga festivalning o’z
o’rni   bor.   U   xalqaro   munosabatlarda   birodarlik   va   do’stlikni   targ’ib   etuvchi
vositadir.   Yosh   musiqashunos   Iroda   G’aniyeva:   «Musiqa,   avvalo,   xalqlarni
birlashtiradi.   Qolaversa,   mana   shunday   ajoyib   anjumanlar   tufayli   yoshlarning
milliy   san’atimizga   bo’lgan   mehru-e’tibori   yanada   oshadi»,   deya   musiqa
san’atining   inson   kamolotiga   tutgan   roli   haqida   fikr   bildirgan   edi.   Darhaqiqat,
musiqa o’smir-yoshlar tarbiyasida muhim o’rin tutadi.
Musiqaning milliyligi millatning ruhi ichki dunyosining aks etganligi nur ustiga
a’lo nurdir.
2003   yilda   bo’lib   o’tgan   «Sharq   taronalari»   IV   xalqaro   musiqa   anjumanida
sahnaga   Olmoniyalik   mehmonlar   chiqib   kelishdi.   Dastlab   o’zbek   xalq   kuyi
yangradi.   Daniel   Mitxen   rubobda   bu   kuyni   shunday   qiyomiga   yetkazib   chaldiki,
beixtiyor   o’ylanib   qoladi   kishi:   xorijliklar   bizning   milliy   qo’shiqlarimizni,
kuylarimizni   o’rganib,   uni   katta   zavq   bilan   ijro   etayotgan,   milliy   qo’shiqchilik
san’atimizga dunyoda e’tibor nihoyatda oshayotgan bir paytda bizning ayrim yosh
xonandalarimiz   she’ri   sayoz,   mujmal   ifodalar   bilan   to’lib-toshgan   narsalarni
qo’shiq   qilib   kuylayotgani   kishini   ajablantiradi.   Yengil-yelpi   qo’shiqlar   o’smir-
19 yoshlar   tarbiyasiga   salbiy   ta’sir   ko’rsatishi   mumkin.   Yoshlarimiz   milliy
madaniyatimizdan   uzoqlashib,   chet   el   qo’shiqchilik   yo’nalishi   bilan   aralashib
ketgan   allaqanday   faqat   shovqin,   taraqa-turuqdan   iborat   qo’shiqlarni   tinglashi,
milliy o’zligini unutish, ma’naviyatimiz urf-odatlari, an’analarimizdan yiroqlashish
kabi salbiy oqibatlarga olib keladi. Millat kelajagi yoshlar qo’lida ekan, demak, biz
o’zligimizni,   buyuk   bobokalonlarning   avlodlari   ekanligimizni   anglab,   milliylikni
qalbimizga jo etib harakat qilmog’imiz lozim.
20 XULOSA
Xulosa  qilib aytganda,  bizning  musiqa  san’atimiz o’zining boy  va  rang-barang
o’tmishiga   egadir.   Ammo   XX   asrlarda   musiqa   san’atimiz   ham   milliy
madaniyatimizning boshqa sohalari kabi og’ir davrlarni boshidan kechirdi.
Milliy   musiqa   san’atimizning   rivojiga   unchalik   rag’bat   ko’rsatilmadi.   Tanbur,
dutor   kabi   musiqa   asboblaridan   nafis   ohanglari   baxshilarimiz   ijro   etadigan
dostonlarni   anglashdan   biroz   mahrum   bo’ldik.   Ular   estetik   sarqitlari   sifatida
qaradi.   Bir   umidki,   har   ikki   yilda   qadimiy   Samarqandda   bo’lib   o’tadigan   «Sharq
taronalari»   xalqimizning   bir   necha   ming   yillik   tarixiga   ega   bo’lgan   musiqa
san’atimizni   yanada   yuksak   cho’qqilarga   ko’tarilishiga   yangicha,   zamonaviy
ohang bilan boyitishga xizmat qiladi.
21 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. Toshkent.         Ma’naviyat,
2008 yil.
2.   Karimov   I.A.   «Bolalar   musiqasi   va   san’at   maktablarining         moddiy-texnik
bazasini   mustahkamlash   va   ularning   faoliyatini       yanada       yaxshilash       bo’yicha
2009-2014   yillarga   mo’ljallangan         Davlat     dasturini     tayyorlash     to’g’risidagi
chora-tadbirlar».   Farmoyish. Toshkent, 2008 yil.
3. Karimov I.A. Barkamol avlod orzusi. Toshkent, 1999 yil.
4.   Karimov   I.A.   Yuksak   malakali   mutaxassislar   -   taraqqiyot   omili.       Toshkent.
O’zbekiston, 1995 yil. 21-25 betlar.
5. Mavlonova R., To’rayeva O. Pedagogika. Toshkent. O’qituvchi, 2005 yil.
6. Matyoqubov O. Shashmaqom saboqlari (ikki qism). Toshkent, 2005 yil.
7. Matyoqubov O. Dodekagramma. Toshkent. Istiqlol, 2005 yil.
8.   Mirzayev   L.,   Shukurov   H.   Sharq   taronasi   -   yurt   shodiyonasi.   Samarqand.
Zarafshon, 2005 yil.
10.   Musurmonova   O.   Ma’naviy   qadriyatlar   va   yoshlar   tarbiyasi.   Toshkent.
O’qituvchi, 1996 yil.
11. Solomova T.E. O’zbek musiqasi tarixi. Toshkent, 1981 yil.
12.   Sharq   taronalari.   Ro’znoma   va   jurnallardagi   maqolalar.   1997,   1999,   2001,
2003, 2005, 2007, 2009.
14. Hasanova K. Oila odobi. Toshkent. O’qituvchi, 2003 yil.
15.   Hamidov   H.   O’zbek   an’anaviy   qo’shiqchilik   madaniyat   tarixi.   Toshkent.
O’qituvchi. 1996 yil.
22

Mavzu: XX asr 90 - yillarida teatr, kino va musiqa san’atining rivojlanishi. Reja: 1. Teatr, kino va m u si qa san’atining rivojlanishi. 2. Sharq taronalari festivalining tashkil etilishi. 3. Samarqand - musiqiy anjumanlar markazi. 4. Xalqaro anjumanlarning tashkil etilishi. 1

Teatr. Mustaqillik yillarida madaniy hayotda ham tub o‘zgarishlar yuz berdi. Bu avvalo teatr san’ati rivojlanishida yaqqol sezila boshlandi, yangi teatr dargohlari qurib ishga tushirildi. 1991-yilda Farg‘ona, 1993-yilda Xorazmda davlat qo‘g‘irchoq teatrlari ish boshladi, 1994-yilda Qashqadaryo va Namangan viloyat teatrlari qoshida qo‘g‘irchoq guruhlari, 2001-yilda Surxondaryo viloyat qo‘g‘irchoq teatri ochildi. O‘zbek davlat akademik drama (2001-yil), O‘zbekiston akademik rus drama teatrlari (1999-yil) kabi poytaxt hamda viloyat teatr jamoalariga yangi binolar qurildi, ta’mirlandi. 2015-yilning oktabrida rekonstruksiya qilingan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Nafaqat, mahalliy teatr va tomosha guruhlarining chiqishlariga, balki, xorij mamlakatlardan tashrif buyuradigan jamoalar, atoqli artistlarning chiqishlariga ham mo‘ljallangan «Turkiston» saroyi 1993-yilning sentabrida ish boshladi. 2009- yilda « O ‘ zbekiston » xalqaro forumlar saroyi , 2011- yilda Simpoziumlar saroyi va Alisher Navoiy nomidagi O ‘ zbekiston Milliy kutubxonasidan tashkil topgan Ma ’ rifat markazi majmuasi , 2014- yilda Farg ‘ ona viloyatida Teatr - konsert saroyi kabi ma ’ naviyat maskanlari ochildi . O ‘ zbekiston Respublikasi Prezidentining « O ‘ zbekiston teatr san ’ atini rivojlantirish to ‘ g ‘ risida » gi (1998- yil ) farmoni sahna ijodiyotida alohida o ‘ rin tutib , unga muvofiq ma ’ naviy - ma ’ rifiy islohotlarda teatr arboblarining faol ishtirokini ta ’ minlash , milliy qadriyatlarni tarannum etuvchi badiiy barkamol sahna asarlari yaratish kabi maqsadlarda « O ‘ zbekteatr » ijodiy - ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etildi . 2017- yil faoliyati tanqidiy o ‘ rganilib , « O ‘ zbekteatr » birlashmasi tugatilib , uning funksiyalari Madaniyat vazirligiga o ‘ tkazildi . 2001-yil O‘zbek davlat akademik drama teatriga Prezident farmoni bilan «Milliy teatr» maqomi berildi. 2014-yilda Prezident «O‘zbek milliy akademik drama teatrining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida» qaror qabul qildi. Ushbu qarorga muvofiq teatr ta’mirlandi va yubiley tadbiri bo‘lib o‘tdi. Umuman, mustaqillik o‘zbek teatrlari va san’atkorlarining dunyo sahnasiga 2

chiqishi uchun keng yo‘l ochdi. Poytaxtdagi respublika teatrlari qatorida viloyat jamoalari ham xalqaro madaniy munosabatlarda qatnashib kelmoqda. Bu borada O‘zbekiston Yoshlar teatri, Ilhom teatri va Qashqadaryodagi «Eski masjid» teatr- studiyasi faol bo‘ldi. 1993-yilning 23–30-oktabr kunlari Toshkentda o‘tkazilgan «Teatr: Sharq va G‘arb» xalqaro festivali O‘zbekistonda dunyoning ko‘pgina mamlakatlaridan kelgan sahna san’atkorlari qatnashgan birinchi yirik tadbir ekanligi bilan ahamiyatli bo‘ldi. Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq teatr jamoalari Amir Temur mavzusiga murojaat qilishdi. Dastlab Qashqadaryo viloyat musiqali drama va komediya hamda O‘zbek davlat akademik drama teatrlarida sohibqiron hayoti haqidagi tarixiy dramalar sahnaga qo‘yildi. Bu jamiyatda milliy iftixor o‘sishi, tarixiy xotiraning tiklanishi borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar bilan hamohang bo‘lib, sahna ijodiyotida Imom al-Buxoriy, Ahmad al-Farg‘oniy, Mirzo Ulug‘bek, jadidlar siymolarining faoliyatiga oid asarlar ham yaratildi. Milliy mumtoz adabiyot namunalari, ayniqsa, Alisher Navoiy dostonlari sahnalashtirildi. Folklor-etnografik manbalar asosidagi pyesalar drama-turgiyaning alohida yo‘nalishini tashkil qildi. O‘zbek sirki . 1992 yilda «O‘zbekdavlatsirk» respublika birlashmasining tashkil etilishi sirk san’atining rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Toshkent sirki zamonaviy talablar asosida qayta ta’mirlandi, unga O‘zbekiston xalq artisti Toshkenboy Egamberdiev nomi berildi. An’anaviy sirk san’atining unitilgan turlari tiklandi va rivojlandi. Iste’dodli yoshlarga amaliy yordam berish maqsadida 1996 yilda estrada-sirk kolleji ochildi. O‘zbekiston sirkchilarining chet ellarga gastrol safarlariuyushtirildi. Misr, Iordaniya, Falastin, Pokiston, Malayziya, Hindiston, Xitoy, Suriya, Livan, Eron, Birlashgan Arab Amirligida gastrol safarlarida bo‘lgan respublikamiz sirk ustalari o‘zbek milliy sirk san’atini namoyish etdilar. Olimjon Toshkenboev rahbarligidagi «O‘zbekiston 3

dorbozlari» guruhi 1996 yildan boshlab Evropa mamlakatlarida gastrol safarida bo‘lib, 2000 dan ziyod tomosha ko‘rsatdilar. 15 yoshli Karima Zaripova 1997 yil yanvarda Parijdagi Buglion sirkida bo‘lgan yosh sirk artistlarining xalqaro festivalida qatnashib, «Plastik etyud» (besuyak uyini) janrida festivalning eng oliy mukofoti – oltin medalni qo‘lga kiritdi. 1998 yilda Toshkent sirkida iste’dodli yoshlarga ko‘maklashuvchi bolalar studiyasi ochildi. O‘zbek sirkchilari 1999 yilda Birlashgan Arab Amirligining Dubay shahrida, 1999 yilda Saratov shahrida bo‘lib o‘tgan Butunrossiya sirk festivalida, 2000 yilda Xitoyning Uxan shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro sirk festivalida, 2001 yil yanvarda Belgiyaning Lej shahrida bo‘lib o‘tgan Evropa sirklarining 10- festivalida muvaffaqiyatli qatnashib, sovrinli o‘rinlarni egalladilar. Sirkchilarimizning sa’y-harakatlari natijasida O‘zbek sirkiga xos turli nomer va attraksionlar xalqaro sirk dasturlaridan o‘rin egalladi. Kino san'ati. Mustaqillik yillarida kino san'ati rivoj topdi. 1996— yilda «O'zbekfilm» tasarrufida 8 ta kinostudiya, 30 ga yaqin mustaqil ijodiy studiyalar faoliyat yuritdi. 1996— yilda tashkil etilgan «O'zbekkino» davlat aksionerlik kompaniyasi , uning davlat tomonidan moddiy jihatdan qo'llab-quvvatlanishi kino san'atining rivojida muhim ahamiyatga ega bo'ldi. 1991-2002— yillarda 60 ga yaqin badiiy filmlar yaratildi. «Temir xotin», «Dallol», «Sharif va Ma'rif», «Tilla bola», «Buyuk Amir Temur», «Yulduzingni ber, osmon», «Kenja singil» va boshqa filmlarda milliylik va zamonaviylik uyg'unligi yaqqol namoyon bo'ldi. 1997— yil 22-29 may kunlari XII Xalqaro Toshkent kinofestivali bo'lib o'tdi. Unda 32 ta davlat va 8 ta xafqaro tashkilotdan vakillar, kino san'ati ustalari qatnashdi. «Buyuk Amir Temur» filmi ijodkori R.Ibrohimovga festival bosh sovrini — «Neksiya» avtomobili berildi. Mustaqillik yillarida o'nlab hujjatli filmlar yaratildi. «O'zbekiston bahorlari», «Ulkan odim», «Ular Germaniyada o'qigan edilar», «O'zbekiston qahramonlari», «Umid qaldirg'ochi», «Istiqlol fidoyilari» va boshqalar shular jumlasidandir. 4

Musiqa san’ati. Mustaqillik yillarida musiqa san’atida tub burilish asliga qaytish, an’anaviy ohanglardan bahramandlik va ta’sirlanishda namoyon bo‘ldi. Buning uchun eng avvalo, xalqqa yaqinlashish, el orasida yurish , eng noyob xalq iste’dodlarini izlab topish zarur edi. Shu maqsadda 1992-yili bir qancha ko‘rik-tanlovlar o‘tkazildi. Jumladan, Toshkent shahrida mart oyida milliy soz ijrochilarining «Asrlarga tengdosh navolar», aprel oyida mashhur san’atkorlar asarlari ijrochilarining «Boqiy ovozlar», Xorazm viloyatida may oyida folklor jamoalarining, iyun oyida Qo‘qon shahrida askiya, qiziqchi va masxarabozlarning va avgust oyida Toshkent shahrida lapar, yalla ijrochilarining ko‘rik-tanlovlari tashkil etildi. Ular bir necha o‘nlab iste’dodlarni kashf qildi. Bu kabi tadbirlar, festivallar o‘tkazilishi an’anaga aylanib, xalqaro miqyosda nomoddiy madaniy merosni asrash yuzasidan olib borilayotgan harakatlar bilan uyg‘unlashib ketdi. Mustaqillik davrida professional musiqa va raqsni rivojlantirish ishlariga ham e’tibor qaratildi. 1996-yil «O‘zbeknavo» gastrol- konsert birlashmasi tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan 1997-yil Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi «O‘zbekraqs» milliy raqs birlashmasi hamda Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi tuzildi. Prezidentning 2001-yil «O‘zbeknavo» estrada birlashmasi, Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi ish boshladi. Istiqlol davrida tamomila yangi ko‘rik-tanlovlar, festivallar yuzaga keldi. 1995-yilda Vazirlar Mahkamasi «O‘zbekiston – Vatanim manim» mavzuida ko‘rik-tanlov o‘tkazish yuzasidan qaror qabul qildi. 1996-yil mart oyidan o‘tkazilib kelinayotgan «O‘zbekiston – Vatanim manim» mavzuidagi ko‘rik-tanlovi mustaqillikni, Vatanni anglash , uni ulug‘lash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi. Shuning uchun ham 1996- yil 27-avgust kuni maxsus farmon qabul qilindi. Unda har yili avgust oyining uchinchi yakshanbasi, «O‘zbekiston – Vatanim manim» qo‘shiq bayrami kuni deb e’lon qilindi. Tanlov mustaqillikni madh etuvchi yuzlab qo‘shiqlar yaratilishiga turtki bo‘ldi. Vazirlar Mahkamasining 1997-yildagi qarori bilan har ikki yilda bir 5